Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi
![Reja:
1Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi
2.Etnologiya fanining maqsad va vazifalari
Etnologiya fanining rivojlanishiga hissa
qo’shgan olimlar ETNOLOGIYA FANINING PAYDO
BO’LISH TARIXI](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_1.png)
![
Etnologiyaning fan sifatida paydo bo‘lish tarixi. Har qanday ilm
sohasining fan sifatida shakllanishi odamlar ehtiyojlari bilan
chambarchas bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiyaga ham
taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashab
o‘tgan barcha etnoslar o ‘ziga xos turmush tarzi, urf-odat va
an’analari bilan bir-biridan ajralib turganlar.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_2.png)
![
Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o ‘zlarining, balki
shu bilan birga tevarak-atroflari va uzoq yurtlarda yashovchi el-
uluslarning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqqanlar. Ular
to‘g‘risida o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat
qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni
yig'ishga, turli-tum an xalqlarning xo'jalik va madaniy belgilariga
qarab tavsiflash va tasniflashga intilganlar.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_3.png)
![
Etnologiya — qadimiy fan. Uning zamonaviy yevropacha nazariy asoslari xalqlar
to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o‘rtalarida shakllangan. Buning o‘ziga xos
sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy
aloqalar jadallashuvi yuz bergan. Boshqa tomondan, bu davrda mustamlakachilik
siyosati kuchaya boshlagan. Chunonchi, yangiyangi mustamlakalarga ega bo'lish
hamda istilochi davlatlarning o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga
intilishlari u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to ‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga
ega bolishni talab qilar edi. Qolaversa, buyuk geografik kashfiyotlar natijasida
dunyoning turli mintaqalari orasida etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlar,
boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va
ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning m a’lum davrlarida u yoki bu
xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda
tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarning kun tartibiga qo'yilishiga
sabab bo‘lgan.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_4.png)
![
Yevropa mamlakatlarida etnologiya maktablarining shakllanishi. Yuqorida
ta’kidlab o‘tilganidek, Yevropada etnologiya mustaqil fan sifatida dastlab
Fransiyada “ Parij etnograflar jam iyati”ning tuzilishi bilan o‘z tasdig‘ini topgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropadagi boshqa yirik davlatlar singari
Fransiya siyosiy doiralari tomonidan mustamlakachilik siyosatining kuchayishi
va mustamlakalarni boshqarish mexanizmining murakkablashuvi, o‘z~o‘zidan
qaram xalqlar to ‘g‘risida kengroq ma’lumotlarga ega bo'lish, ularning milliy
xususiyatlari, o‘tmish tarixi, turmush tarzi, madaniyati va an’analari haqida
batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lishni talab qila boshlagan.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_5.png)
![
Fransiyada mazkur termin XIX asr oxirigacha ilmiy iste’mol doirasida
bo'lgan. XX asr boshlarida fransuz tadqiqotchilari etnografiyaga
tarixiy va nazariy materiallarni jalb etgan holda izlanishlar olib
borishlari natijasida etnografiya etnologiyaga aylangan va hozirda
fransuz olimlari tomonidan asosan etnologik tadqiqotlar olib
borilmoqda.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_6.png)
![
Xalqlar to‘g‘risidagi fan — etnologiya nomi bilan shakllangan
mainlakatlardan yana biri Germaniya hisoblanadi. 1789-yilda
(icrmaniyada yevropalik bo£lmagan xalqlar va ularning
madaniyatlarini o‘rganuvi “Yolkerkunde” deb yuritiluvchi ilmiy
maktabga asos solingan. XIX asrning 30-yillarida nemis sayyohlari
va tadqiqotchilari tomonidan barcha xalqlar haqidagi tadqiqotlarga
nisbatan «etnologiya» terminini qo'shib tadbiq qilish rasm bo'lgan.
XIX asrning o'rtalariga kelib esa, «Yolkerkunde» va «etnologiya»
iboralari bir xil ma’noda, ya’ni insoniyat madaniyatini tadqiq
qiluvchi fan sifatida qo‘llana boshlagan.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_7.png)
![
XX asrning so‘nggi choragidan boshlab Germaniyada etnologik
yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlar ancha samarali natijalar
bera boshlagan. Ayniqsa, bu borada Maks Plank nomidagi
Etnologiya va antropologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan olib
borilayotgan izlanishlar alohida e’tiborga sazovordir](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_8.png)
![
Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlar orasida etnologiyaning fan sifatida
shakllanishi birmuncha boshqacharoq kechgan. Avvalo, inglizzabon
mamlakatlarda xalqlar to ‘g‘risidagi fan antropologiyaning bir qismi
sifatida o'rganilgan. Shu o ‘rinda qavd etish kerakki,
antropoiogiyaning insoniyat tabiatiga oid biologik fan tarzida
paydo bo‘lishini ayrim tadqiqotchi olimlar O. Gosmanning 1596-
yilda aynan shu nomdagi kitobining nashr etilishi bilan bog‘lavdilar.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_9.png)
![
XVIII asrda dunyo miqyosida mustamlakachilik siyosati, irqchilik
hamda demografik jarayonlarning kuchayishi antropoiogiyaning
juda jadallik bilan rivojlanishiga olib kelgan. Natijada, XIX asrga
kelib Yevropa mamlakatlarida «orqada qolgan» ibtidoiy xalqlarni
o‘rganuvchi qator antropologik jamiyatlar tuzila boshlagan. 1906-
yilda ingliz etnologiya maktabining asoschilaridan biri J. Frezer
tomonidan «Ijtimoy antropologiya» nomli yangi yo‘nalishga asos
solindi.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_10.png)
![
Mazkur yo‘na!ish orqali mashhur ingliz tadqiqotchisi o‘zining
mustaqil maktabini yaratgan. Natijada u o‘z qarashlarini “madaniy
antropologiya” nomi bilan yuritiluvchi E. Taylor qarashlaridan
ajratib olishga muyassar bo'lgan. Darhaqiqat, «ijtimoy
antropologiya» atamasi dunyo bo‘yichajudatezlikda tarqalgan va
keyinchalik etnologiyaning inglizcha sinonimiga aylangan.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_11.png)
![
AQShda etnologiya fanining taraqqiyoti. Amerikada dastlabki
etnologlarjamiyati 1842-yiIda tuzilgan bo‘lsa-da, etnologiya
maktablari Yevropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda amalda
birmuncha kechroq shakllangan. Negaki, qit’a aholisining etnik
rang-barangligi va uzoq yillar mobaynida mazkur qit’ada davom
etgan irqchilik siyosati natijasida jismoniy antropologiyaning irqiy
va madaniy farqlarigina o'rganib kelingan.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_12.png)
![
Rossiya etnologiya maktabining shakllanishi. 1846-yilda Rus
geografiya jamiyat ini ng tuzilishi natijasida Rossiyada etnografiya
yo‘nalishidagi dastlabki tadqiqotlarga asos solingan. Ushbu
jamiyatning asosiy maqsadlaridan biri Rossiyaning mustamlaka
mintaqalari tabiati, tabiiy boyliklari, o ‘tmish tarixini tadqiq etish
bilan birga mazkur mintaqalarda yashovchi xalqlarning etnik
xususiyatlarini, milliy qadriyatlarini o'rganish boMgan.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_13.png)
![
O‘zbekiston hududidagi dastlabki etnografik tadqiqotlar. O ita Osiyo xalqlari,
shu jumladan, o‘zbek xalqi etnografiyasi haqidagi dastlabki ma’lumotlar
arxeologik yodgorliklar, ilk yozma manbalar va turli qadimiy tarixga oid
materiallardan m a’lum. Qadimgi davrlarda va O lrta asrlarda Amudaryo va
Sirdaryo bo‘ylarida yashagan xalqlar etnologiyasini o‘rganishda zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi — “Avesta”, qadimgi turkiy bitiklar va so‘g‘diy
yozuvlar, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”,
M ahmud Qoshg'ariyning “Devonu lug‘atit-turk”, Abu Bakr Narshaxiyning
“Buxoro tarixi”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” hamda “Nasabnomai
o‘zbek”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” , HofizTanish
Buxoriyning “Abdullanoma” , Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarai turk”«,
Muhammad Solihning “Shayboniynoma” kabi asarlari katta ahamiyatga ega.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_14.png)
![
XX asrning 20 — 30-yillariga qadar etnografiya muammolari bilan
ko‘proq rusiyzabon olimlar shug‘ullangan boisalar, 30- yillar oxiriga
kelib M.A. Bikjanova, Sh. Inog‘omov, T. Mirgiyosov, M. Yusupov, H.
Husanboyev, G. Alimov, A. Boltayev, M. Saidjonov kabi mahalliy
mutaxassis-etnograflarning yangi avlodi shakllangan. Bu davrda
yaratilgan tadqiqotlar muzeylarda va ilmiy markazlarda bajarilgan
boiib, ularning asosiy ilmiy natijalari, asosan, turli jurnallarda
maqolalar tarzidagina e’lon qilingan.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_15.png)
![
Etnografiya fani tarixshunosligi bilimdonlaridan biri tarix fanlari
doktori A. Doniyorovning yozishicha, o‘sha yillarda etnograf va
tarixchilar o ‘zbek ham da qoraqalpoq xalqlari va ular ajdodlarining
kelib chiqishi — etnogenezi muammosini faol o ‘rganishga
kirishganlar1.](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_16.png)
![MANBALAR
Ahirov A etnologiya
Iso jabborov jahon etnologiyasi
Jahon xalqlari etnologiyasi t.Salimov
Google
Arxiv.uz
wikipedia](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_17.png)
![E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT](/data/documents/ee4e53b2-8660-4556-8825-5b4987b60d1b/page_18.png)
Reja: 1Etnologiya fanining paydo bo’lish tarixi 2.Etnologiya fanining maqsad va vazifalari Etnologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar ETNOLOGIYA FANINING PAYDO BO’LISH TARIXI
Etnologiyaning fan sifatida paydo bo‘lish tarixi. Har qanday ilm sohasining fan sifatida shakllanishi odamlar ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shubhasiz, bu holat etnologiyaga ham taalluqlidir. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida yashab o‘tgan barcha etnoslar o ‘ziga xos turmush tarzi, urf-odat va an’analari bilan bir-biridan ajralib turganlar.
Eng qadimgi davrlardan boshlab kishilar nafaqat o ‘zlarining, balki shu bilan birga tevarak-atroflari va uzoq yurtlarda yashovchi el- uluslarning madaniyati, an’ana va marosimlariga qiziqqanlar. Ular to‘g‘risida o‘zlariga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishga harakat qilganlar. Antik davr mualliflari ko‘plab empirik materiallarni yig'ishga, turli-tum an xalqlarning xo'jalik va madaniy belgilariga qarab tavsiflash va tasniflashga intilganlar.
Etnologiya — qadimiy fan. Uning zamonaviy yevropacha nazariy asoslari xalqlar to‘g‘risidagi mustaqil fan sifatida XIX asr o‘rtalarida shakllangan. Buning o‘ziga xos sabablari mavjud. Avvalo, bu davrda dunyo qit’alari orasida iqtisodiy, madaniy aloqalar jadallashuvi yuz bergan. Boshqa tomondan, bu davrda mustamlakachilik siyosati kuchaya boshlagan. Chunonchi, yangiyangi mustamlakalarga ega bo'lish hamda istilochi davlatlarning o‘z mustamlakalarini osonlik bilan boshqarishga intilishlari u yerlarda yashovchi mahalliy xalqlar to ‘g‘risida batafsil ma’lumotlarga ega bolishni talab qilar edi. Qolaversa, buyuk geografik kashfiyotlar natijasida dunyoning turli mintaqalari orasida etnomadaniy taraqqiyotdagi o‘zaro farqlar, boshqa ellarda yashovchi etnik guruhlarning o‘ziga xos etnopsixologiyasi va ularning etnik o‘zlikni anglash mexanizmi, tarixning m a’lum davrlarida u yoki bu xalqning tutgan o‘rni, sivilizatsiyalar va madaniyatlar taraqqiyoti hamda tanazzulida etnik omilning o‘rni kabi muammolarning kun tartibiga qo'yilishiga sabab bo‘lgan.
Yevropa mamlakatlarida etnologiya maktablarining shakllanishi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Yevropada etnologiya mustaqil fan sifatida dastlab Fransiyada “ Parij etnograflar jam iyati”ning tuzilishi bilan o‘z tasdig‘ini topgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropadagi boshqa yirik davlatlar singari Fransiya siyosiy doiralari tomonidan mustamlakachilik siyosatining kuchayishi va mustamlakalarni boshqarish mexanizmining murakkablashuvi, o‘z~o‘zidan qaram xalqlar to ‘g‘risida kengroq ma’lumotlarga ega bo'lish, ularning milliy xususiyatlari, o‘tmish tarixi, turmush tarzi, madaniyati va an’analari haqida batafsilroq ma’lumotga ega bo‘lishni talab qila boshlagan.