logo

VALENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING KO’RINISHLARI HAQIDA MALUMOT

Yuklangan vaqt:

11.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3892.8359375 KB
VALENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING 
KO’RINISHLARI HAQIDA MALUMOT
• Valentlik nazaryasi 
•
Sintaktik valentlik.
•
Lug’aviy valentlik. 
•
Grammatik shakl valentligi. Valentlik  aslida ximiyaviy atama, tilshunoslikda lisoniy 
birliklarning yuzaga chiqmagan birikuvchanlik-
biriktiruvchanlik imkoniyati sifatida qaraluvchi lisoniy 
hodisaga nisbatan qo‘llanadi. Valentlikning ximiyaviy tavsifi 
quyidagicha. Masalan, kislorod (O) atomi boshqa turdagi 
yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega. Bu uning 
elektron qavatidagi ikkita atomning bo‘sh o‘rniga qarab 
belgilanadi. Suv molekulasi (N2O) da bu bo‘sh o‘rinlar 
to‘ldirilgan. Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod (N) 
ham valentlikka ega bo‘lib, uning bo‘sh o‘rni bitta. Demak, 
ko‘rinadiki, suv molekulasida kislorodning ham, 
vodorodning ham valentlik imkoniyati voqelikka aylangan 
bo‘lib, ular kislorodda biriktiruvchi, vodorodda esa 
birikuvchi tabiatga ega. Har ikkala atom (vodorod va 
kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo‘lgandagina birikma 
hosil qilishi mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari 
birikib, molekula hosil qila olmaydi. Sintakt
ik 
valentli
k Lug’avi
y 
valentli
k Grammati
k shakl 
valentligiValentlikning turlari Bunda so‘roq 
olmoshlari  o‘qi  leksemasiga birikish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan so‘zlarga 
ishora qiladi. Bu imkoniyat bevosita 
kuzatishda berilmagan 
bo‘lib,  o‘qi  leksemasining mohiyatida 
yashiringan. Lekin  kitobni o‘qimoq ,  har 
kuni o‘qimoq ,  ko‘p o‘qimoq  nutqiy 
birikuvlarida bu imkoniyatlar bitta-bitta 
voqelangan. Quyidagi birikuvlarning 
birinchisida bir vaqtning o‘zida bu 
imkoniyatdan ikkitasi, ikkinchisida esa 
uchtasi voqelikka aylangan, so‘z 
birikmasi hosil qilingan: O‘qi  leksemasining ongdagi 
birikish imkoniyati valentlik 
ekan, uning nutqiy voqelanishi 
sintaktik aloqa hisoblanadi. 
Demak, valentlik lisoniy, 
sintaktik aloqa esa nutqiy 
hodisa sifatida qaraladi. Ular 
lison va nutqning barcha 
qarama-qarshi belgilarini 
o‘zida aks ettiradi. 08   o‘qi
diNima
ni
К img
a Qanda
y Qacho
nQanch
aNega
К imDilsh
od  
Kitobni Ko’p
Tunda  Sintaktik valentlik. Sintaktik valentlik 
leksema valentligining ikkinchi tomoni, u 
hokim mavqedagi leksemaning tobe 
leksemalarni o‘ziga tortish uchun 
ularning ma’lum bir sintaktik shaklda – 
kelishik, ko‘makchi, ravishdosh, sifatdosh 
qo‘shimchasini olishini talab qilishi. Bu 
hokim leksemaning sintaktik mavqei, 
grammatik shakli tomonidan belgilanadi. 
Masalan,  Xatni yozdi, Xat yozildi  sintaktik 
qurilmalaridagi ( xatni ) va ( xat ) 
so‘zlarining grammatik shakli bosh 
so‘zning grammatik shakli bilan 
belgilangan. Lug‘aviy va sintaktik valentlik o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, 
ular tez-tez o‘zgarishga uchrab turadi. 
Masalan,  Ashulachi «hangradi»  birikuvida sintaktik 
valentlik o‘zgarmasdan voqelangan, ammo lug‘aviy 
valentlik yangilangan holda yuzaga chiqqan. Bunday 
hol ko‘chma ma’no yuzaga chiqqanidan dalolat 
beradi.  Xat yozildi ,  Xatni yozdi  birikuvlarida ma’noviy 
valentlik joyida, biroq sintaktik valentlik o‘zgargan. 
Bu turlicha sintaktik shakllar voqelanganligini 
ko‘rsatadi. Biroq aytilgan har ikkala o‘zgarish ham 
bir yoqlama – yo ma’noviy, yo sintaktik tabiatga ega. 
Agar o‘zgarish birdaniga ikki tomonlama – ham 
lug‘aviy, ham sintaktik bo‘lsa-chi? Bunda derivatsiya 
sodir bo‘ladi.    
Katta 
Qiziqarli 
Badiiy 
O’nta
Ko’p
Foydali   Kitob   Gammatik shakl valentligi. Leksemaga grammatik 
shakl qo‘shilganda ularning birikuvchilari sirasida 
jiddiy o‘zgarish yuz beradi.  Shoirman  so‘zshakli – -
man  shaxs-son qo‘shimchasi bilan birikmasdan 
oldin, ya’ni  shoir  leksemasi sifatida  men  olmoshi 
bilan birikish ehtiyojiga ega emas edi. Shaxs-son 
ma’nosini ifodalovchi (- man ) qo‘shimchasini qabul 
qilgach, shunday ehtiyoj tug‘ildi. Bu ehtiyoj, zarurat 
- man  qo‘shimchasida mujassam, u II shaxs birlik 
son shaxs/son qo‘shimchasining sintaktik ehtiyoji, 
kengayish talabi, ya’ni valentligi. . rammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan 
leksemaning lisoniy (ma’noviy va sintaktik) 
valentligini yo kengaytiradi, yoki cheklaydi. 
Masalan, egalik qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilib 
kelgan ism turkumiga mansub so‘zga qaratqich 
kelishigi shaklida turgan boshqa ism bilan 
qaralmish-qaratuvchi aloqasiga kirishish 
imkoniyatini beradi. Demak, o‘zi qo‘shilib kelgan 
so‘zning sintaktik imkoniyatini kengaytiradi. 
So‘zshakl ma’noviy va sintaktik valentligi shu 
so‘zshakl uchun asos bo‘lgan leksema lisoniy 
valentligidan keng. Shunday hodisani orttirma 
nisbat morfemasi bilan o‘timsiz fe’l leksema 
birikishida ko‘rish mumkin. Qiyoslang:  Mashina 
yurdi .  Bola uxladi .  uxla ,  yur  fe’llari vositasiz 
to‘ldiruvchi bilan birika olmaydi. 
Lekin  Haydovchi mashinani yurgizdi, Ona bolani 
uxlatdi  me’yoriy birikma. Vositasiz to‘ldiruvchi 
bilan birika olish valentlik 
qobiliyatini  yur ,  uxla  leksemalariga orttirma 
nisbat morfemasi berdi,  boshqacha   aytganda , bu 
fe’lga qo‘shilib kelgach, u morfema o‘z 
valentligini olib keldi. Ayrim grammatik shakl 
o‘zi qo‘shilib kelgan leksemaning lisoniy 
valentligini toraytiradi. Leksik-Grammatik vositalar Demak, o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik 
imkoniyatini kengaytiradi. So‘zshakl ma’noviy va 
sintaktik valentligi shu so‘zshakl uchun asos bo‘lgan 
leksema lisoniy valentligidan keng. Shunday hodisani 
orttirma nisbat morfemasi bilan o‘timsiz fe’l leksema 
birikishida ko‘rish mumkin. Qiyoslang:  Mashina 
yurdi .  Bola uxladi .  uxla ,  yur  fe’llari vositasiz to‘ldiruvchi 
bilan birika olmaydi. Lekin  Haydovchi mashinani 
yurgizdi, Ona bolani uxlatdi  me’yoriy birikma. Vositasiz 
to‘ldiruvchi bilan birika olish valentlik 
qobiliyatini  yur ,  uxla  leksemalariga orttirma nisbat 
morfemasi berdi,   boshqacha   aytganda , bu fe’lga 
qo‘shilib kelgach, u morfema o‘z valentligini olib keldi. 
Ayrim grammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan 
leksemaning lisoniy valentligini toraytiradi. Ayon bo‘ladiki, yuqoridagi 
jadvalda  kitob  leksemasining 
birikuv imkoniyati ko‘plik son 
shakli  -lar  va kichraytirish 
qo‘shimchasi  -cha  hisobiga 
toraygan. Quyidagi gaplarda esa 
leksemaning biriktirish imkoniyati 
kengayganligiga amin bo‘lamiz:  1. 
Halim kitob o‘qidi. 2. Halim 
ukasiga kitob o‘qitdi. 14
Ғ уломов А, Асқарова М. Хозирги ŷзбек тили 
(синтаксис)   У қ итувчи – Ташкент :  1965-й  12-17 -
бет

Махмудов Н, Нурмонов А. Узбек тилининг 
назарий грамматикаси   Уқитувчи – Ташкент :  
1995-й   8-18- бет

Sayfullayeva R.  Hozirgi o`zbek abadiy tili Toshkent: 
2009 290-295-betlar 
\ ADABIYOTLAR

VALENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING KO’RINISHLARI HAQIDA MALUMOT • Valentlik nazaryasi • Sintaktik valentlik. • Lug’aviy valentlik. • Grammatik shakl valentligi.

Valentlik  aslida ximiyaviy atama, tilshunoslikda lisoniy birliklarning yuzaga chiqmagan birikuvchanlik- biriktiruvchanlik imkoniyati sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo‘llanadi. Valentlikning ximiyaviy tavsifi quyidagicha. Masalan, kislorod (O) atomi boshqa turdagi yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega. Bu uning elektron qavatidagi ikkita atomning bo‘sh o‘rniga qarab belgilanadi. Suv molekulasi (N2O) da bu bo‘sh o‘rinlar to‘ldirilgan. Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod (N) ham valentlikka ega bo‘lib, uning bo‘sh o‘rni bitta. Demak, ko‘rinadiki, suv molekulasida kislorodning ham, vodorodning ham valentlik imkoniyati voqelikka aylangan bo‘lib, ular kislorodda biriktiruvchi, vodorodda esa birikuvchi tabiatga ega. Har ikkala atom (vodorod va kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo‘lgandagina birikma hosil qilishi mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari birikib, molekula hosil qila olmaydi.

Sintakt ik valentli k Lug’avi y valentli k Grammati k shakl valentligiValentlikning turlari

Bunda so‘roq olmoshlari  o‘qi  leksemasiga birikish imkoniyatiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi. Bu imkoniyat bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib,  o‘qi  leksemasining mohiyatida yashiringan. Lekin  kitobni o‘qimoq ,  har kuni o‘qimoq ,  ko‘p o‘qimoq  nutqiy birikuvlarida bu imkoniyatlar bitta-bitta voqelangan. Quyidagi birikuvlarning birinchisida bir vaqtning o‘zida bu imkoniyatdan ikkitasi, ikkinchisida esa uchtasi voqelikka aylangan, so‘z birikmasi hosil qilingan:

O‘qi  leksemasining ongdagi birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqiy voqelanishi sintaktik aloqa hisoblanadi. Demak, valentlik lisoniy, sintaktik aloqa esa nutqiy hodisa sifatida qaraladi. Ular lison va nutqning barcha qarama-qarshi belgilarini o‘zida aks ettiradi. 08