Yuzni o`rta qismi suyaklarining sinishi. Burun suyaklarining sinishi
Yuzni o`rta qismi suyaklarining sinishi. Burun suyaklarining sinishi. Peshona bo`shlig`i va suyagining sinishi. Kalla-yuz suyaklarni sinishi. Politravma. Jag`larning sinishida vaqtinchalik va doimiy immobilizatsiya usullari. Operativ davolash usullari. Yuz yumshoq to`qimalari jarohatlari. Yuz yumshoq to`qimalari jarohatlarini maxsus davolash. Mustaqil ish mavzusi
Burun suyaqlari ko`pincha yon tomondan bo`lgan zarbalar natijasida sinadi. Bunda bo`laqlar ichki tomonga siljiydi (o`rta chizikka qarab). Burun yon devori egrilanishi va yapaloqlanishi natijasida burunda deformatsiya kuzatiladi. Burun suyaqlarini sinishining Y U.I.Volk ov (1958 y il) bo`yicha tasnifi: • burun suyaqlarining siniqlar siljimasdan va tashqi burunning deformatsiyasiz kechadigan burun sinishlari (ochiq va yopiq sinishlar). • burun suyaqlarining siniqlari siljishi va tashqi burun deformatsiyasi bilan kechadigan burun sinishlari (ochiq va yopiq) • burun to`sig’i sinishlari Burun suyaklarining sinishi
Burun suyaqlari sinishda bemorlar og’riqga kosmetik nuqsonga, burundan nafas olish qiyinlashuvi, gohida bosh aylanishi va ko`ngil aynishiga shikoyat qiladi. Burun suyaqlari sinishi natijasida bosh miya chaykalish mumkin. SHuning uchun travmaning holati va undan keyin bo`ladigan asoratlarni aniqlash kerak. Klinik belgilaridan eng asosiy belgi bu burundan qon ketish hisoblanadi. Tashqi tomondan ko`rilganda, burun to`qimalari shishgan, shishning pastki qovoqga tarqalganligini, ba`zan burun teri osti kletchatkasida, pastki va yuqori qovoq kon`yo’ktiva sohasidagi qon quyilishlarini ko`rish mumkin. Burun suyaqlarining ochiq sinishlarida burun sohasi teri sathi butunligi bo’zilgan bo`ladi. Pal’patsiyada suyak singanini aniqlash mumkin. Burun shilliq qavati shikastlanishida teri osti emfizemasi kuzatiladi. Burun to`qimalarining shishi ba`zan burun suyaqlari pal’patsiyasida qiyinchilik tug’diradi. SHu bilan birga yuqori jag’ning oldingi yuzasi, noksimon teshik, ko`z kosasining pastki qirrasi paypaslab ko`riladi. Qon ketayotgan sohani aniqlash, shilliq qavat holatini ko`rish, burundan nafas olish qiyinlashuvi sababini aniqlash, burun to`sig’i deformatsiyasi va chig’anoqlar holatini ko`rish uchun old rinoskopiya qo`llaniladi.
Burun siniqlarining muvaffaqiyatli repozitsiyalash uchun birinchi navbatda yaxshi og’riqsizlantirish usuli tanlanishi kerak. Burun shilliq qavatiga 1-2% li dikain eritmasi yoki 5% li kokain eritmasi surtiladi va singan suyaqlar sohasi yumshoq to`qimalari infil’tratsion og’riqsizlantiriladi. Siniqlar repozitsiyasi bosh barmoq bilan burun suyagi sinig’ining bo`rtib turgan joyidan qarama-qarshi yo`nalishda bosib repozitsiyalash mumkin.(Rasm – 37 a) Burun devorlari tyokislashganda yoki uning yon tomonlari ichkariga siljishida maxsus Volkov metal elevatori, Koxer qisqichidan foydalaniladi. Qisqich uchiga rezinali naycha kiritiladi. Instrument yuqori burun yo`liga kiritilib va uchi bilan siljigan suyak bo`laqlari ko`tariladi. Bu barmoqlar bilan nazorat qilib turiladi. Bo`laqlar repozitsiya qilingandan keyin burun to`sig’i holatiga baho beriladi. Pastki burun yo`liga burun- halqum ventilyatsiyasini ta`minlash maqsadida yodoform dokaga o`ralgan xlorvinilli trubka kiritiladi. O`rta va yuqori burun yo`llari 7-8 kunga yodoform shimdirilgan turundalar bilan tamponada qilinadi. Tashqaridan burunning yon devorlariga dokali qattiq valiklar quyilib, yopishqoq plastir bilan fiksatsiyalanadi. Davolanish usullari