logo

Kompyuter grafikasi va uning turlari.Grafik dasturlarning asosiy vazifalari va yo’nalishlari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2191.794921875 KB
Kompyuter grafikasi va uning turlari.Grafik
dasturlarning asosiy vazifalari va yo’nalishlari
Reja:  
           I. KIRISH
1. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha.
II. ASOSIY QISM
1. Kompyuter grafikasi turlari.
2.  Ikki va uch o’lchovli grafika.
3. Kompyuter grafikasi turkumlari.
4. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari.
III. XULOSA
         IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR            I. KIRISH
Kompyuter grafikasi haqida tushuncha .
Inson   tashqi   dunyo   haqidagi   axborotning   asosiy   qismini   ko‘zlari   yordamida   qabul
qiladi.   Ko‘rish   tizimi   turli   obyektlaming   tasvirini   qabul   qilib   ola-   di.   Ular   yordamida
insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasawur paydo bo‘ladi.
Obyektlaming tasvirini yaratish, ulami saqlash, qayta ishlash va tasvirlash qurilmalarida
tasvirlab   berish   kompyuteming   eng   qiyin   va   asosiy   masalalaridan   biridir.   Kompyuterga
hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak
bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi.
Kompyuteming   ekranida   paydo   bo‘ladigan   tasvirlar   uning   videokarta   deb   ataluvchi
qurilmasi   yordamida   yaratiladi   va   ekranga   chiqariladi.   Videokartalar   uchun   maxsus
videoprotsessorlar   ishlab   chiqariladi.   Videoprotsessorlar   kompyuteming   asosiy
protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlari- ni bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib
ketgan.
Kompyuter   ekranida   tasvir   qanday   yaratilishi   bilan   tanishib   chiqamiz.   Kompyuteming
ma’lumotlami   elektron   ko'rinishda   tasvirlash   qurilmasi   monitor   (monitor   -   kuzatish,
nazorat) deb ataladi. Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish,
chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.
Kompyuterda   bo‘layotgan   jarayonlami   monitor   orqali   kuzatish   mumkin.   Monitoming
tasvirlar   ko‘rsatiladigan   qismi,   ya’ni   ekrani   displey   (display   -   tasvirlamoq)   deb   ataladi.
Hozirgi   paytda   alohida   korpusda   yig‘ilgan   tasvirlash   qurilmalari   kompyuter   monitori,
kompyuter bilan birga joylangan tasvirlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda
telefonlarda) displey deb atalmoqda.
Displey to‘g‘ri  to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning tomonlari  nisbati  odatda 16 ga 9
kabi   bo‘ladi.   Bundan   tashqari,   displey   tomonlari   nisbati   16   ga   10,   4   ga   3,   5   ga   4   kabi
bo‘lishi   ham   mumkin.   So‘nggi   paytda   21   ga   9   nisbat-   dagi   displeylar   ishlab   chiqarila
boshlandi.   16x9   va   16x10   nisbatli   displeylar   keng,   21x9   nisbatlilari   o‘ta   keng,   5x4
nisbatlilari kvadrat displeylar deb ata- ladi.
Piksellar   soni   bo‘yicha   displeylardan   keng   tarqalganlari   va   ulaming   nom-   lari   quyida
keltirilgan: 320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma);
640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma);
800x600 SVGA (Super VGA);
1024x768 XVGA (eXtended VGA - kengaytirilgan VGA);
1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik);
1280x800 HD+ (HD dan ko‘proq);
1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA);
1440x900 IID++ (HD dan yanada ko‘proq);
1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko‘proq);
1920x1080 FHD (Full HD - to‘liq HD);
2560x1440 QHD (Quadra HD - to‘rtlangan HD);
3840x2160 4K (4 kilo - to‘rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o‘ta HD).
Displey   ekrani   satrlarga   va   ustunlarga
ajratib   ~   flfe'   4   chiqilgan   bo‘lib,   har   bir
qator   va   ustun   kesishgan   joy-   mZG   da
piksel   deb   ataluvchi   juda   kichik   tasvir
bo‘laklari joylashgan. Piksellaming har biri
alohida   manzilga   1   -   ega   va   mustaqil
boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun
xotirada   bir   baytdan   to‘rt   baytgacha   joy   ajratilishi   mumkin.   Demak,   har   bir   piksel   256
tadan 4 milliardgacha bo‘lgan ranglardan birida bo‘lishi mumkin.
Ekrandagi har bir pikselning o‘zi uchga bo‘linadi. Ulardan biri qizil, ikkinchisi  yashil,
uchinchisi   ko‘k   rangda   porlaydi.   Bu   ranglar   asosiy   ranglar   deb   ataladi   va   turli   nisbatda
qo‘shilib, tabiatda uchraydigan ranglaming de- yarli barchasini yarata oladi.
Kompyuter   grafikasi   faoliyatning   shunday   turi-ki,   unda   kompyuter   va   maxsus
yaratilgan   dasturlardan   foydalanib,   tasvirlar   yaratiladi,   mavjudlari   raqamli   ko‘rinishga
o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinish- da tasvirlanadi.
Kompyuter grafikasi o‘tgan asming 70 - 80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi.
Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish
kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san’at va sportga ham tegishli bo‘lib, barcha
sohalarda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har yili ko‘plab konferensiyalar
o‘tkaziladi,   ilmiy   jumallar   va   o‘quv   qo‘llanma-   lar   chop   etiladi,   dissertatsiyalar   himoya
qilinadi.
Har   yili   bir   necha   yuz   milliard   dollarlik   kompyuter   grafikasi   mahsulot-   lari   ishlab
chiqariladi   va   sotiladi.   San’at   durdonalari   yaratiladi.   Kompyuter   grafikasi   asosida
yaratilgan   elektron  o‘yinlar   bo'yicha  jahon  birinchiliklari  o'tkaziladi  va   ularda  millionlab
qatnashchilar ishtirok etadilar.
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- larga ajratiladi:
1) statsionar (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia.
Oddiy grafika vaqt o'tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlami yaratish bilan shug‘ullanadi.
Ularga   misol   sifatida   rasmlar,   fotosuratlar,   chizmalami   kelti-   rish   mumkin.   Kompyuter
animatsiyasi   vaqt   o‘tishi   bilan   o'zgaradigan   tasvir-   lar   yaratadi.   Masalan,   multfilmlar,
videoklip va videoroliklar.
Multimedia   mahsulotlari   rasmlar   va   animatsiya   bilan   birga   boshqa   turda-   gi
axborotlami, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedia- ning o‘ziga xos
jihati   uning   interfaolligi   bo'lib,   unda   bir   joydan   ikkinchi   joyga   o'tish   imkoniyati   ko‘zda
tutilgan   bo‘ladi.   Multimediaga   yorqin   misol   sifatida   butun   olam   to‘ri   -   wwwni,   undagi
www-saytlar va www-sahifalami keltirish mumkin. II. ASOSIY QISM
Kompyuter grafikasi turlari. 2 va 3 o’lchovli grafika.
Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi:
1) 2D (inglizeha two dimension - ikki oTchamli jumlasidan olingan).
2)   3D   (inglizcha   three   dimension   -   uch   oTchamli   jumlasidan   olingan).   Ikki   oTchamli
grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar boTib,
ularga   misol   sifatida   printerda   qog‘ozga   chop   etilgan   fotosurat,   rassom   tomonidan   xolst
(maxsus  mato)da chizilgan rasmlami  keltirish mumkin. Ikki o‘lchamli  grafikaning turlari
bilan keyingi sahifada batafsil tanishamiz.
Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda
egallagan o‘mi mayda kublar bilan to‘ldiriladi. Agar bu kub- lar yetarlicha kichik bo‘lsa,
inson   ko‘zi   ulami   ilg‘amaydi   va   kublar   yaxlit   bir   jism   sifatida   ko‘z   o‘ngimizda
gavdalanadi.
Lekin hozirgi paytda boshqacha yo‘l tutiladi. Jismning o‘zi emas, balki uning chegarasini
tashkil   etuvchi   sirt   shakllantiriladi.   Natijada   ko‘zlarimiz   oldida   jismning   o‘zi   namoyon
bo‘ladi. Bunda   jism   sirti   mayda   uchburchaklar   bilan   qoplab   chiqiladi.   Agar   bu   uchbur-   chaklar
yetarlicha   kichik   bo‘lsa,   ko‘z   bu   uchburchaklardan   iborat   to‘mi   ilg‘amaydi   va   jism   bir
butun holda shakllanadi.  
To‘r   ko‘zga   tashlanmasligi   uchun   jism   sirti   bo‘yab   chiqiladi.   YomgTik   manbalari   jism
sirtini   yoritishini   va   jismning   soyasi-   ni   inobatga   olsak,   uch   oTchamli   jismning   sirtini
bo‘yash katta hajmdagi hisob-kitob- lami bajarishga olib kelishi maTum boTadi.
Uch   oTchamli   grafikadan   animatsiya,   kompyuter   o‘yinlari   va   virtual   (xayoliy)   borliq
yaratishda   keng   foydalaniladi.   Virtual   borliq,   asosan,   maxsus   bosh   kiyim   -   shlemlarda
tasvirlanadi.   Bunda   har   bir   ko‘z   uchun   alohida   tasvir   yaratiladi.   Ular   birgalikda   tasvimi
uch oTchamda ko‘rish imkonini yaratadi.
Uch   o’lchamli   grafikadan   ikki   o’lchamli   grafikada   ham,   ayniqsa,   animatsiyada   keng
foydalaniladi.
Ikki o‘lchamli kompyuter grafikasi quyidagi turlarga ajratiladi:
1) rastrli grafika; 2) vektorli grafika; 3) fraktal grafika.
Rastr   so‘zi   informatikaga   televideniyedan   kirib   kelgan   bo‘lib,   lotin   tilidagi   rastrum   -
xaskash,   omoch   so‘zidan   olingan.   Monitor   ekranida   tasvir   televizor   ekranidagi   kabi
yaratiladi.   Hozirgi   paytda   ekrandagi   tasvir   ham   raqamli   ko‘rinishda   yaratiladi:   tasvir
qatorlar va ustunlarga bo‘linadi, tasviming mayda bo‘laklari - piksellardan iborat bo‘ladi.
Rastrli   tasvirlar   skanerlar,   raqamli   fotoapparatlar,   shu   jumladan,   telephoning
fotokameralarida yaratiladi. Kompyuter ekranidagi tasvirdan nusxa olin- ganda ham rastrli
tasvir paydo bo‘ladi.
Printerlarda chop etilgan tasvirlar ham rastrlar orqali yaratiladi. Rastrli   tasviming   o‘lchami   deganda
undagi   ustunlar   va   satrlar   soni
tushuniladi.   Masalan,   3200x2400
o‘lchamli   tasvirda   7   million   680   ming-
ta,   1920x1080   o‘lchamlisida   2   million
73 ming 600 ta piksel bor.
Rastrlar   zichligi   deganda   uzunlik
birligiga   mos   keladigan   piksellar   soni
tushuniladi   va   dpi   (dots   per   inch   -   bir
dyuymdagi   nuqtalar)   da   o‘lchanadi.   Masalan,   3200x2400   o‘lchamli   tasvimi   300   dpi
zichlikda   chop   etish   uchun   11x8   dyuym2   yoki   27x20   sm2   o‘lchamli   qog‘oz   kerak
bo‘ladi.Rastrli grafikaning afzalliklari: har qanday tasvimi saqlay olishi, tas- viming sifatli
bo‘lishi,   deyarli   barcha   qurilmalar   u   bilan   ishlay   olishi-   dir.   Kamchiliklari:   uni   saqlash
uchun katta hajmdagi xotira kerakligi, masshtab kattalashtirilganda tasvir sifati pasayishi,
ba’zi amallami bajarish ko‘p hisobkitoblar talab qilishidir. Shunga qaramay, rastrli grafika
kompyuter grafikasining barcha sohalarida keng qo‘llaniladi.
Oddiygina 500x500 o‘lchamli kvadratni saqlash uchun 250 mingta piksel  va 0,25 -1 MB
xotira   kerak   bo‘ladi.   Lekin   biz   bu   kvadratni   Pascal   dasturlash   tilida   Rectangle
(0,0,500,500)   buymg‘i   orqali   osongina   yarata   olamiz   va   bunda   bizga   bor-yo‘g‘i   22   bayt
kerak bo‘ldi.  
Tasvirlami oddiy grafik shakllar yordamida yaratish vektor grafikasining asosini  tashkil
etadi.   Vektor   grafikasida   tasvir   oddiy   shakllaming   yig‘indisi   ko'rinishi   ifodalanadi,
saqlanadi   va   tasvirlanadi.   Natijada   tas-   virlami   yaratish,   qayta   ishlash,   saqlash   va
tasvirlash   osonlashadi.   Ulami   saqlashga   kam   joy   talab   qilinadi,   tasviming   masshtabi
kattalashtirilgan-   da   uning   sifati   yomonlashmaydi.   Lekin   vektor   grafikasi   yordamida
fotosuratlami saqlashning iloji yo‘q.
Vektor   grafikasidan   chizmalar,   animatsiyalar   yaratishda   keng   foydalaniladi.   Operatsion
tizimdagi   shriftlar   vektor   grafikasi   asosida   yaratil-   gan   va   ulaming   yuqori   sifati   barcha
tomonidan   e’tirof   etilgan.Fraktal   so‘zi   lotincha   fractus   so'zidan   olingan   boTib, maydalangan,   boTib   chiqilgan   degan   ma’noni   bildiradi.   Fraktallar   deb   o‘ziga   o‘xshash
qismlardan iborat boTgan geometrik shakllarga aytiladi.
Fraktal   atamasi   fanga   1975-yili   kiritilgan   boTib,   u   qisqa   vaqt   ichi-   da   juda
ommaviylashib   ketdi.   Fraktallar   oddiy   matematik   formulalar   yordamida   ajoyib   tasvirlar
yaratish   imkonini   beradi.   Ular   yordamida   daraxtlar,   o'rmonlar,   bulutlar,   mavjlanayotgan
dengiz,   alanga   va   tutun,   oqayotgan   suyuqlik   kabi   tasvirlami   yaratish   mumkin.
Fraktallardan vir- tual borliq, animatsiya, kompyuter o‘yinlari va matematik modellashti-
rishda   keng   foydalaniladi.   ompyuter   grafikasi   –   informatikaning   mahsus   qismi   bo’lib,
dasturiy-apparat   hisoblash   komplekslari   yordamida   tasvirlarni   yaratish   va   qayta   ishlash
usullari   va   vositalarini   o’rganadi.Virtual   fazoda   xajmli   ob’ektlarni   yaratish   usullarini
o’rganuvchi   soha   uch   o’lchovli   (3D)   grafika   deb   nomlanadi.   Odatda   unda   tasvir
yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
To’zilishiga   ko’ra   tasvirlar   rastrli   yoki   vektorli   bo’lishi   mumkin.   Masalan   tasvir   xosil
qilishda   skaner   uni   ko’pgina   mayda   elementlar   (piksellar)ga   bo’lib   chiqadi   va   ulardan
rastrli   surat   xosil   qiladi.Piksel   –   bu   rastrli   tasvirning   eng   kichik   elementi   bo’lib,   uning
rangi   kompyuter   xotirasiga   bitlarning   ma’lum   bir   miqdori   vositasida   kiritiladi.   Masalan
800x600 suratda bu sonlar gorizontal bo’yicha (800) va vertikal bo’yicha (600) piksellar
sonini   belgilaydi.   Piksellar   soni   qanchalik   ko’p   bo’lsa   tasvirning   ekrandagi   va   qoq’ozda
chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori bo’ladi.Vektorli grafikada tasvirlar matematik
egri   chiziqlarni   rangi   va   bo’yalish   rangini   ko’rsatish   orqali   xosil   qilinadi.   Masalan   oq
fondagi   qizil   ellips   bor   yo’q’i   ikki   formula   –   to’q’ri   to’rtburchak   va   ellipsning   ranglari,
o’lchamlari   va   joylashuvini   aniqlovchi   formulalari   orqali   tasvirlanadi.   Demak,   bunday tasvirlash   kompyuter   xotirasida   rastrli   rasmdan   ko’ra   kamroq   joy   egallaydi.Vektorli
tasvirlarning  yana   bir  afzalligi  –  ularning  sifatini   yo’qotmagan  xolda  kattalashtirish   yoki
kichiklashtirish   imkoniyatidir.   Ob’ektlarni   masshtablash   matematik   formulalardagi   mos
koeffisientlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish orqali amalga oshiriladi.Shunday qilib
rastrli   yoki   vektorli   formatni   tanlash   tasvir   bilan   ishlash   maqsad   va   vazifalaridan   kelib
chiqqan xolda amalga oshiriladi. Rangni o’zatishning fotografik aniqligi talab etilgshanida
rastrli   formatdan   foydalanish   lozim.   Logotip,   sxemalar   va   chizmalarni   tasvirlashda
vektorli   formatdan   foydalanish   maqsadga   muvofiq.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   rastrli   va
vektorli   tasvirlashda   (matn   ham)   grafika   ekranga   yoki   chop   etish   qurilmasiga   nuqtalar
jamlanmasi sifatida o’zatiladi. Kompyuter grafikasi turkumlari.
   Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
● tijoratga oid
● namoyishlarga oid
● muhandislikka oid
● ilmiy
● ko’rgazmaviy
● animatcion
Tijoratga oid grafika     elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni
aks   ettirish   uchun   xizmat   qiladi.   Bu   axborotlar   ShEHM   monitor   ekranida   grafik,
gistogramma,   diagramma   va   xoxlagan   boshqa   ko’rinishlarda   aks   ettirilishi   mumkin.
Bunda grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda shartli belgili izohlar bilan ta`minlanadi.
Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va
qulay   ifodalashga   qaratilgan,   chunki   tijorat-chining   asosiy   maqsadi   axborotlarni   qayta
ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan
iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika
shaklida   tasvirlash   imkoniyati   kiritilgan.   Bu   esa   o’z   navbatida   barcha   turdagi   tasvirlarni
ekranda   birgalikda   ko’rib,   tahlil   qilish   imkoniyatini   oshiradi.   Bu   paketlarning   eng
ahamiyatli   tomoni   shundaki,   ular   tasvirlarni   turli   xil   shaklda   berishdan   tashqari   aks
ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli
xil   matematik   tahlil   usullari,   jumladan       statistik   tahlil,   ehtimollar   nazariyasi,   iqtisodiy
jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to’plamini tahlil qilish
imkonini beradi.
Namoyish qilish grafikasi   - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy tasvirini
hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa
-   yuqori   sifatli   va   chiroyli   ko’rinishdagi   tasvirlar   hosil   qilishdan   iborat.   Bu   turdagi grafikalarning eng  afzal  tomoni   shundaki,  undagi  tasvirlar   to’plami   va ko’rinishini  tezda
o’zgartirish mumkin.
Injenerlik   grafikasi   -   bunday   grafika   chizmachilik,   loyihalash   va   konstruktorlik
ishlarini   avtomatlashtirishda   keng   qo’llaniladi.   Injener-lik   grafikasi   analiz,   sintez,
modellashtirish,   chizmachilik,   boshqarish   va   shu   kabi   loyixalashni   ishlarini
avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.
Ilmiy grafika   - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va
boshqa   jarayonlarni   tadqiq   qilishda   qo’llaniladi.   Ilmiy   grafikaning   eng   asosiy   maqsadi
ilmiy   izlanishlarda   hosil   bo’ladigan   axborotlarni   vizuallashtirish   -   ko’zga   ko’rinarli
shaklda   ifodalashdir.   Ayniqsa   bu   yo’nalish   atom   energiyasi   manbalarini   tadqiq   qilishda,
kosmonavtika,   samolyotsozlikda,   geografiyada   va   okeanologiyada   -   xulas   qamrovi   katta
bo’lgan,   tez   kechadigan   jarayonlarni     o’rganishda   juda   keng   qo’llaniladi.   Shuningdek,
ilmiy   izlanishlar     natijalarini   kerakli   shaklda   diagrammalar,   xaritalar,   jadvallar   va   turli
matematik formulalar shaklida tasvirlashdaishlatilishi mumkin.
Ko’rgazmaviy grafika   - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala
grafika   imkoniyatlarini   yig’indisi   integratciyasini   tashkil   etadi.   Bu   grafika   ayrim
grafikalarini  slaydlar  ketma-ketligidan iborat  slaydfilm  qilib yaratib, so’ngra  uni  ma`lum
vaqt   ichida   ekranda   ketma-ket   ko’rgazma   shaklida   namoyish   etadi.   Har   bir   slaydning
ekrandagi   tasviri   ovoz   va   vizual   effektlar   bilan   qo’shib   olib   borilishi   mumkin.   Undan
tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyat ham mavjud.
Animatcion   grafika   -   rang   bilan   ishlashdagi   muvaffaqiyatlarni   injenerlik
grafikasidagi   uch   o’chovli   ob`ektlarni   modellashtirishdagi   yutuqlar   bilan   (masalan
reklama   e`lonlari   va   teleko’rsatuvdagi   bir   tasvirni   ichiga   ikkinchisini   kiritish)   qo’shib
uyg’unlashtirilgan.
  Mashina   grafikasi   -   bu   kompyuter   yordamida   ob`ekt   shakllari,   uning   modelini
yaratish   va   saqlash   uchun   xizmat   qiluvchi   kompyuter   grafiksining   bir   bo’limi.
Kompyuterda   turli   grafik   tasvirlarni   hosil   qilish   mumkin,   biroq   ular   bir   –   biridan
farqlanadi,   chunki   hozirgi   zamon   kompyuterlari   o’tgan   asrning   90-yillardagi     tizimlarga nisbatan   shakllarni   aniq   tasvirlash   imkoniyatiga   ega   bo’lgan   va   maxsus   dastur   bilan
kengaytirilagan tizimlar yaratildi. Interfaol grafika – bu mashina grafakasi sanaladi.
Interfaol   garafika   -   kompyuter   grafikasining   eng   asosiy   bo’limlari-dan   biri   bo’lib,
unda   foydalanuvchi   tasvirni   dinamik   boshqarish   imkoniga   ega   bo’ladi,   ya`ni   tasvirning
shakli,   o’lchamlari   va   monitor   yuzasidagi   ranglarni   o’zaro   ta`sir   qiluvchi   moslama
(klaviatura  yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
Kompyuter   grafikasida   aniq   va   mavhum   ob`ektlar   tasvirini   yaratish   mumkin   va   bu
tasvirlarni ikki ko’rinishda kuzutish mumkin:
Kuzatuvchi   qo’zg’almas   bo’lib   oldidagi   ob`ektni   xohlaganicha   aylantirib   kuzatishi
mumkin - bu panorama effekti;
Ob`ekt   qo’zg’almas   bo’lib   kuzatuvchi   uning   atrofida   aylanib     tomosha   qilishi
mumkin - bu kamera effekti.
Interaktiv   grafika  yaratilgandan   keyin,   televidenie  va   fotografiyada   tasvirni   yaratish
va tayyorlashdagi eng asosiy  texnik moslamalardan biri bo’lib qoldi. Uning yutuqlaridan
biri   sintezlangan   abstrakt   ob`ektlarini,   tasvirlarni   EHM   yordamida   hosil   qilishdir.   Inson
mashina   grafikasidan   foydalanish   vaqtida   juda   ko’p   zerikarli   va   har   xil   mayda   ishlardan
(juda ko’p mikdorda tekstli varaqalar va sonli materiallarini ko’rib chiqishdan) qutildi.
Statik   tasvirlar   infomatciyalarni   etkazib   berishda   yaxshi   bo’lishiga   qaramay   ko’p
holatlarda   dinamik   o’zgaruvchi   tasvirlar   ulardan   ustun   turadi.   Hayotda   asosan   jarayon
vaqtida o’zgarib turuvchi tasvirlar - dinamik o’zgaruvchan tasvirlar (tovushdan tezlikdan
tez uchar samolyot qanotining egilishi yoki inson yuzini uning hayoti mobaynida o’zgarib
turishi).  Dinamik harakatlar qo’zg’almay turgan tomoshabinga ob`ektlarning sirpanishi va
harakatlanishini   ko’rishga   yordam   beradi.   Bunda   ob`ekt   qismlarni   boshqa   ob`ektga
yaqinlashtirish   yoki   uzoqlashtirish   va   ob`ekt   detallarini   kattalashtirib   yoki   kichraytirib
ko’rish mumkin. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar.
Xozirgi kunga kelib kompyuter grafikasi va animasiyasi vositalari kirib bormagan soxani
topish qiyin.
Кompyuter   grafikasi   va   animasiyasi   vositalarini   qo’llanish   soxasiga   ko’ra   quyidagi
guruxlarga ajratish mumkin:
·    poligrafiya ishlari uchun mo’’ljallangan kompyuter grafikasi dasturlari;
·    ikki o’lchamli rang tasvir kompyuter grafikasi;
·    taqdimot ishlari uchun mo’’ljallangan dasturlar;
·    ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
·    uch o’lchamli animasiya dasturlari;
·    ikki o’lchamli animasiya dasturlari;
·    ikki o’lchamli va uch o’lchamli animasiya dasturlari;
·    videotasvirlarni qayta ishlovchi komplekslar;
·    ilmiy vizuallashtirish ishlarini bajaruvchi dasturlar.
Кompyuter   grafikasi   va   animasiyasi   dasturlari   rassom   va   dizaynerlar,   poligrafchi   va
kinematografchilar,   kompyuter   o’yinlari   va   o’qitish   dasturlari   yaratuvchilari,   klipmeyker
va olimlar, shuningdek o’z faoliyatida turli formatdagi tasvirlardan foydalanuvchi barcha
mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg’otadi.
Poligrafiya   ishlari   va   rasm   chizish   uchun   mo’ljallangan   kompyuter   grafikasi   dasturlari
matnni   turli   ko’rinishdagi   illyustrasiyalar   bilan   to’ldirish,   saxifalar   dizaynini   yaratish,
hamda   yuqori   sifatli   poligrafiya   maxsulotlarini   chop   ettirish   imkoniga   egadirlar.   Bunday dasturlarga   misol   qilib,   tasvirlarni   qayta   ishlash   imkonini   beruvchi   Adobe   Photoshop
rastrli   paketini   keltirish   mumkin.   Bu   va   sho’nga   o’xshash   paketlar   rastrli   tasvirlarni
taxrirlash va montaj qilish uchun zarur bo’lgan vositalardan: skanerlangan tasvirlar rangini
korreksiyalash,   fotosuratlarni   «tekislash»,   maxsus   effektlar   va   maskalardan   foydalanish
imkonini   beradi.   Paketning   so’nggi   versiyalari   tasvirlarning   ko’p   qatlamli   to’zilmasini
qo’llash   vektorli   konturlarni   yaratish   va   taxrirlash   imkoniyatlariga   ham   ega.   Paket
tarkibiga   turli   maskalar,   ko’p   sonli   filtrlardan   tashqri   rang   bilan   ishlash   va   maxsus
effektlarni yaratishga mo’’ljallangan vositalar majmui kiritilgan.
Rastrli   paketlardan   tashqri   poligrafiya   ishlari   uchun   mo’ljallangan   vektorli   kompyuter
grafikasi   dasturlari   ham   mavjud.   Bulardan   Windows   tizimi   uchun   mo’ljallangan   Adobe
Illustrator   va   Corel   Draw   dasturlari   haqida   aytib   o’tish   lozim.   Illstrator   illyustrasiyalar
yaratish,   sahifalarning   umumiy   dizaynini   ishlab   chiqish   hamda   tayyor   tasvirni   yuqori
sifatda   chop   etishga   mo’ljallangan.   Paket   ihtiyoriy   shakldagi   simvollar   va   figuralarni
yaratib,   so’ng   ularni   masshtablash,   aylantirish(o’z   uqi   atrofida)   va   deformasiyalash
imkoniyatlaridan tashqari matn va ko’p varaqli xujjatlarni qayta ishlash vositalariga ega.
Corel Draw vektorli paketi rasm  chizishdan tashqari  turli grafiklarni tayyorlash va rastrli
tasvirlarni   taxrirlash   ishlarini   bajara   oladi.   Bu   dastur   fayllarni   boshqarish,   kompyuter
displeyida   slayd-filmlar   namoyish   etish,   «qo’lda»   chizish   va   tasvir   qatlamlari   bilan
ishlash,   uch   o’lchamli   maxsus   effektlarni   qo’llash,   matnni   qayta   ishlash   vositalari   bilan
ta’minlangan. Bulardan tashqari Windows muxitida ishlovchi Adobe PhotoStyler, SGI va
Macintosh kompyuterlari uchun mo’ljallangan Barco Creator, Live Picture, Scitex Blaze,
Linotype Da Vinci, Eclipse, Pixelfx dasturlari ham keng tarqalgan. Barco Creator dasturi
o’zining ishlash tezligi, hamda keng funksional imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Taqdimot ishlari dasturlari.
Makintosh   va   Windows   muxitlarida   ishlatiluvchi   taqdimot   dasturlar   paketidan   anchadan
buyon mavjud dasturlar guruxini ajratib ko’rsatish mumkin. Bu guruxga Lotus firmasining
Freelance   Graphics,   Software   Publishing   firmasining   Harvard   Graphics,   Microsoft
korporasiyasining Power Point dasturlari kiradi. Bu dasturlarni ishlab chiquvchilari xar bir yangi   versiyasi(rusumi)da   ishlatiladigan   vositalarni   ko’paytirib   imkoniyatlarini
kengaytiradilar.
Makintosh va Windows muxitlaridagi yangi turdagi taqdimot dasturlari paketi multimedia
vositalarini yanada to’liq ishlatishga mo’’ljallangan. Bu dasturlar video a tovushli fayllarni
qulay o’zatish (improt qilish), diagrammalarda annimasiya vositalaridan keng foydalanish
imkonini beradi .
Yangi   turdagi   taqdimot   dasturlar   katoriga   Makromedia   firmasining   Action   hamda   Gold
Disk firmasining Astound dasturlar paketi (tuplami) kiradi.
Power   Point   dasturi   MS   OFFICE   dasturlar   to’plami   tarkibiga   kiradi.   Undan   foydalanish
oson, qulay. Dasturda o’rgatuvchi  o’quv dasturi, tayyor taqdimot namunalari, matn bilan
ishlash vositalari, boshlovchilar uchun foydali yordam tizimi mavjud .
Power   Point   dasturida   ichki   multimedia   vositalari   bo’lmasada,   bu   vositalarni   OLE-
2(Object   Linking   and   Embedding)   texnologiyasi   yordamida   kengaytirish   va   to’ldirish
mumkin.
Astound   dasturi(   paketi)   yangi   taqdimot   dasturlari   ichida   eng   yaxshilaridandir.   U
ishlatilishi   soddaligi   bilan   ajralib   turadi.   Tovushli   kliplar,   harakatli   tasvirlar   va
multimedianing   boshqa   elementlaridan   bir   vaqtning   o’zida   baravar   (sinxron)   ishlatishga
imkon beradi.
lmiy vizuallashtirish dasturlari
Ilmiy   vizuallashtirish   dasturlari   nafaqat   maxalliy   rejalashtirish   masalalarini   hal   qilishga,
balki quyosh portlashlarini vizualashtirish masalalarini hal qilishgacha mo’ljallangan.
ShК   da  ishlatiladigan   ilmiy  va   muxandislik   grafikasi   dasturlari   ichidan   Golden   Software
firmasining   Surfer   va   Grapher,   MapViewer   dasturlarini   aloxida   ko’rsatish   mumkin.   Bu
dasturlar   tekislik   va   grafiklar   hamda   rangli   kartalar(xaritalar)   yaratish   uchun
mo’ljallangan. Ular DOS va Windows muxitlarida ishlaydi. Rangli grafik va xaritalarni bu
dasturlar yordamida ixtiyoriy monitor yoki tashqi qurilmalarga chiqarish mumkin. Surfer
paketi  z=f(x,y)   ko’rinishdagi   funksiyalar  bilan  aniqlanadigan  ikki   o’lchovli   berilganlarga
ishlov berish va vizuallashtirishga mo’ljallangan. U tekislikning raqamli modelini ko’radi, yordamchi   amallarini   bajaradi   hamda   natijalarni   vizuallashtiradi.   Grapher   dasturi   y=f(x)
ko’rinishdagi   funksiyalarga   ishlov   berish   va   grafiklarini   yasashga   mo’ljallanagan.   Unda
bir rasmdagi grafiklar soni va grafiklardagi egri chiziqlar soni cheklanmagan. Xar bir egri
chiziq 32000 tagacha nuqtadan iborat bo’lishi va bir grafikda xar hil o’lchovli, masshtabli
bir   nechta   koordinata   o’qlari   bo’lishi   mumkin.   MapViewer   paketi   kartalarni   kiritish
taxrirlash-masshtablarni   o’zgartirish,   koordinatalarni   o’zgartirish   hamda   kartalar   bilan
bog’lik   raqamli   axborotga(   masalan-   demografik   ma’lumotlarga)   ishlov   berish   va   grafik
ko’rinishda chiqarish imkonini beradi.
Video va komponovka bilan ishlash tizimlari.
Raqamli   videotasvirlarga   ishlov   berish   dasturlari   hamda   ikki   o’lchovli   va   uch   o’lchovli
grafikadan foydalangan holda ko’pqatlamli kompozisiyalarni yaratish, murakkab(syomka)
suratga   olish   jarayoni   o’rnini   egallashi,   kompyuter   grafikasi   yordamida   suratga   olingan
materiallarga   ishlov   berish,   suratga   olingan   materiallarni   kompyuter   animasiyasi   bilan
qo’shish, natijalarni kino va videotasmalarga chiqarish mumkin.
Windows   va   Macintosh   muxitlarida   ishlovchi   videotasvirlarni   taxrirlash   dasturi   Adobe
Premier   raqamlashtirilgan   videoni,   statik   tasvirlarni   va   tovushli   fayllarni   montaj   qilish
imkonini   beradi.   Paketning   eng   oxirgi   versiyasi   (rusumi)   turli   usullar   bilan   bir   nechta
mustaqil videoroliklarga ishlov berish, ko’pgina filtrlardan foydalanish, maxsus effekt va
shriftlarni xosil qilish imkoniga ega. Bu dasturning raqobatchilari sifatida ATI firmasining
MediaMerge dasturini, eng kuchli dasturlardan yuqoridagi Adobe firmasining CoSA After
Effects   dasturini   ko’rsatish   mumkin.   SGI   muxitida   ishlovchi   Composer   dastur
Alias/Waferfront   firmasining   maxsulotidir.   Bu   dastur   maxsus   effektlarni   yaratish,
videoyozuv   vositalari,   kompleks   saxnalarni   xosil   qilish   uskunalaridan   foydalanish
imkoniga   ega   .Shular   yordamida   yuqori   sifatli   video   maxsulotlarni   yaratish,   yozish,
taxrirlash,   mumkin.   Bulardan   tashqari   alohida   kadrlarni   va   animsiyali   kliplarni
kompanovka   qilish,   aralashtirish   (mikshirovat),   ularga   maxsus   effektlarni   matnlarni
qo’shish   mumkin.   Paket   (dastur)   nafaqat   videoyozuvning   oxirgi   natijasini,   balki   oraliq
kadrlarni (natijalarni) quyi imkoniyati kichik ekranlarda ko’zatish, ko’rish mumkin.
Modellashtirish 2 o’lchovli va 3 o’lchovli (2D va 3D). 2   o’lchovli   va   3   o’lchovli   modellashtirish   dasturlari   dizaynerlik   va   muxandislik
ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli animasiya,
poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
Modellashtirish   dasturlari   ichida   WINDOWS   muxitida   ishlatiluvchi   eng   kuchli
avtomatlashtirilgan   loyixalash   tizimi   sifatida   Autodesk   firmasining   AutoCad   dasturini
olish   mumkin.   Odatda,   AutoCad   ni   avtomatlashtirilgan   loyixalash   tizimi(SAPR)ning
grafik   yadrosi   sifatida   qabul   qiladilar.   Dastur   yordamida   turli   chiziq,   yoy,   matnlar   xosil
qilish, taxrirlash, 2D va 3D modellarni yaratish, loyixalash jarayonida vujudga keladigan
ko’pgipa   muammolarning   yechimini   avtomatlashtirish,   xususiy   ssenariy   va
makrokomandalar yaratib, aniq(konkret) masala va ilovalarga tizimni sozlash, adaptasiya
qilish mumkin.
AutoCad   paketi   Auto   LISP   ichki   dasturlash   tiliga   ega   bo’lib,   uning   yordamida
foydalanuvchi   yangi   buyruqlarni   xosil   qilishi   va   xatto   yuqori   darajadagi   dasturlash
tillaridan foydalanishi mumkin.
IBM   va   Macintosh   muxitlarida   uch   o’lchovli   modellashtirish   uchun   ko’pincha   Alias/
Wavefront   firmasining   splaynli   modellashtirish   dasturi   Sketch!   ishlatiladi.   Bu   dastur
yuqori   sifatli   vizuallashtirish   imkonini   beradi.   Ray   Dream   Designer   dasturi   esa   maxsus
modellashtirish   vositalari   to’plamiga   ega   bo’lib,   tasvirning   fotorealistik   sifatiga   erishish
imkonini beradi.Macromedia firmasining MacroModel paketi va Auto.des.sys firmasining
Form.Z   dasturi   uch  o’lchovli   ob’ektlarni   modellashtirish   va   deformasiyalash   vositalariga
ega.
IBM   ga   mos   kompyuterlarda   yana   Crystal   Graphics   firmasining   Crystal   3D   Designer
dasturidan   foydalanish   mumkin.   Bu   dastur   vizuallashtirish,   soyali   effektlar   hosil   qilish,
yuzalarga materiallarni joylashtirish (nalojenie materialov na poverxnosti) vositalariga ega
.   Silicon   Graphics   ning   ishchi   stansiyalarida   ishlatiluvchi   eng   kuchli   modellashtirish   va
dizayn   dasturlari   qatoriga   Alias/   Wavefront   firmasining   Designer,   Studio   va   AutoStudio
dasturlarini   kiritish   mumkin.   Bu   dasturlar   yordamida   bir   vaqtning   o’zida   2D   va   3D
modellar   bilan   ishlash   hamda   mavjud   avtomatlashtirilgan   loyixalash   tizimlari   bilan
mujassamlashish masalasining yechimini topish mumkin. Designer   dasturi   splaynlar   asosida   yuqori   darajada   modellashtirishni   qo’llash   bilan   birga
geometrik ob’ektlar xususiyatlarini baxolashning yetarli vositalariga, animasiyaning qulay
uskunalariga hamda renderingning sifatli moduliga ega.
Designer   imkoniyatlarini   to’ldirib,   kengaytirib   Studio   ga   aylantirish   mumkin.   Studio
dasturi   modellashtirish   imkonining   yuqoriligi,   yo’zalar   va   egri   chiziqlar   bilan   ishlash
tizimining   mukammalligi,   geometrik   ob’ekt,   rendering   va   rasm   chizishni   baxolashning
qo’shimcha imkoniyatlari bilan Designer dan farq qiladi. AutoStudio esa Studio dasturiga
avtomobil   dizaynerlari   uchun   maxsus   ishlab   chiqilgan,   modellar   va   animasiyani
taxrirlovchi maxsus vositalar qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. 
XULOSA
Кompyuter grafikasida 2 va 3 o’lchovli grafikaning ahamiyati.
2 o’lchovli va 3 o’lchovli modellashtirish dasturlari dizaynerlik va muxandislik
ishlanmalari uchun qo’l keladi. Bulardan tashqari bu dasturlarni uch o’lchovli 
animasiya, poligrafik, taqdimot paketlari bilan to’ldirish mumkin.
2 o’lchovli va 3 o’lchovli grafikaning  turli hil kasblarda ishlatiladi va ulardan 
ko’plab kino yaratuvchilar keng foydalanishadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.     S.I. Raxmonqulova «IBM PC shaxsiy kompyutеrlarida ishlash». T.: NMK «Sharq-
instar» 1996
2.   Ливингестон Б. “ E шё  о  Секретах   WINDOWS » 1995
A.   Axmеdov, N. Toyloqov . «Informatika». T. «O`zbеkiston». 2001 y.
3.       Sattarov,   B.   Kurbonboеv   «Informatika   va   hisoblash   tеxnikasi   asoslari».             T.:
«O`qituvchi» 1996
4.   Asadulina R. Kuvasoy  «Informatika». 2000 y.
5.   Polvonov F.Farg`ona. «Informatika». 2002 y
6.   Holmatov T.  «Informatika» Toshkеnt. 2000 y.
7.  “ Informatika va axborot texnologiyalari” 11-sinf.Toshkent-2018.

Kompyuter grafikasi va uning turlari.Grafik dasturlarning asosiy vazifalari va yo’nalishlari Reja: I. KIRISH 1. Kompyuter grafikasi haqida tushuncha. II. ASOSIY QISM 1. Kompyuter grafikasi turlari. 2. Ikki va uch o’lchovli grafika. 3. Kompyuter grafikasi turkumlari. 4. Кompyuter grafikasi bilan ishlovchi dastur sinflari. III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

I. KIRISH Kompyuter grafikasi haqida tushuncha . Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy qismini ko‘zlari yordamida qabul qiladi. Ko‘rish tizimi turli obyektlaming tasvirini qabul qilib ola- di. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida tasawur paydo bo‘ladi. Obyektlaming tasvirini yaratish, ulami saqlash, qayta ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuteming eng qiyin va asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda, ya’ni bekor turganida ham ekranida ko‘rinishi kerak bo‘lgan tasvimi sekundiga o‘nlab marta qayta ishlab ko‘rsatadi. Kompyuteming ekranida paydo bo‘ladigan tasvirlar uning videokarta deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga chiqariladi. Videokartalar uchun maxsus videoprotsessorlar ishlab chiqariladi. Videoprotsessorlar kompyuteming asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash ishlari- ni bajarish tezligi bo‘yicha ortda qoldirib ketgan. Kompyuter ekranida tasvir qanday yaratilishi bilan tanishib chiqamiz. Kompyuteming ma’lumotlami elektron ko'rinishda tasvirlash qurilmasi monitor (monitor - kuzatish, nazorat) deb ataladi. Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir. Kompyuterda bo‘layotgan jarayonlami monitor orqali kuzatish mumkin. Monitoming tasvirlar ko‘rsatiladigan qismi, ya’ni ekrani displey (display - tasvirlamoq) deb ataladi. Hozirgi paytda alohida korpusda yig‘ilgan tasvirlash qurilmalari kompyuter monitori, kompyuter bilan birga joylangan tasvirlash qurilmalari (masalan, noutbuk, planshet hamda telefonlarda) displey deb atalmoqda. Displey to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lib, uning tomonlari nisbati odatda 16 ga 9 kabi bo‘ladi. Bundan tashqari, displey tomonlari nisbati 16 ga 10, 4 ga 3, 5 ga 4 kabi bo‘lishi ham mumkin. So‘nggi paytda 21 ga 9 nisbat- dagi displeylar ishlab chiqarila boshlandi. 16x9 va 16x10 nisbatli displeylar keng, 21x9 nisbatlilari o‘ta keng, 5x4 nisbatlilari kvadrat displeylar deb ata- ladi. Piksellar soni bo‘yicha displeylardan keng tarqalganlari va ulaming nom- lari quyida keltirilgan:

320x240 CGA (Color Graphic Adapter - rangli grafik qurilma); 640x480 VGA (Video Graphic Adapter - video grafik qurilma); 800x600 SVGA (Super VGA); 1024x768 XVGA (eXtended VGA - kengaytirilgan VGA); 1280x720 HD (High Definition - yuqori aniqlik); 1280x800 HD+ (HD dan ko‘proq); 1366x768 WXVGA (Wide XVGA - keng XVGA); 1440x900 IID++ (HD dan yanada ko‘proq); 1600x900 HD+++ (HD dan yanada ko‘proq); 1920x1080 FHD (Full HD - to‘liq HD); 2560x1440 QHD (Quadra HD - to‘rtlangan HD); 3840x2160 4K (4 kilo - to‘rt ming ustun) yoki UHD (Ultra HD - o‘ta HD). Displey ekrani satrlarga va ustunlarga ajratib ~ flfe' 4 chiqilgan bo‘lib, har bir qator va ustun kesishgan joy- mZG da piksel deb ataluvchi juda kichik tasvir bo‘laklari joylashgan. Piksellaming har biri alohida manzilga 1 - ega va mustaqil boshqarilishi mumkin. Har bir piksel uchun xotirada bir baytdan to‘rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak, har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo‘lgan ranglardan birida bo‘lishi mumkin. Ekrandagi har bir pikselning o‘zi uchga bo‘linadi. Ulardan biri qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko‘k rangda porlaydi. Bu ranglar asosiy ranglar deb ataladi va turli nisbatda qo‘shilib, tabiatda uchraydigan ranglaming de- yarli barchasini yarata oladi. Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turi-ki, unda kompyuter va maxsus yaratilgan dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi, mavjudlari raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko‘rinish- da tasvirlanadi. Kompyuter grafikasi o‘tgan asming 70 - 80-yillaridan boshlab ommaviylasha boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi shu qadar rivojlanganki, uning ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san’at va sportga ham tegishli bo‘lib, barcha sohalarda keng qo‘llaniladi. Kompyuter grafikasi bo‘yicha har yili ko‘plab konferensiyalar o‘tkaziladi, ilmiy jumallar va o‘quv qo‘llanma- lar chop etiladi, dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter grafikasi mahsulot- lari ishlab chiqariladi va sotiladi. San’at durdonalari yaratiladi. Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o‘yinlar bo'yicha jahon birinchiliklari o'tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar. Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinf- larga ajratiladi: 1) statsionar (o‘zgarmas) yoki oddiy grafika; 2) kompyuter animatsiyasi; 3) multimedia. Oddiy grafika vaqt o'tishi bilan o‘zgarmaydigan tasvirlami yaratish bilan shug‘ullanadi. Ularga misol sifatida rasmlar, fotosuratlar, chizmalami kelti- rish mumkin. Kompyuter animatsiyasi vaqt o‘tishi bilan o'zgaradigan tasvir- lar yaratadi. Masalan, multfilmlar, videoklip va videoroliklar. Multimedia mahsulotlari rasmlar va animatsiya bilan birga boshqa turda- gi axborotlami, masalan, ovoz va matnni ham o‘z ichiga oladi. Multimedia- ning o‘ziga xos jihati uning interfaolligi bo'lib, unda bir joydan ikkinchi joyga o'tish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Multimediaga yorqin misol sifatida butun olam to‘ri - wwwni, undagi www-saytlar va www-sahifalami keltirish mumkin.

II. ASOSIY QISM Kompyuter grafikasi turlari. 2 va 3 o’lchovli grafika. Yaratish usuliga ko'ra kompyuter grafikasi ikki guruhga ajratiladi: 1) 2D (inglizeha two dimension - ikki oTchamli jumlasidan olingan). 2) 3D (inglizcha three dimension - uch oTchamli jumlasidan olingan). Ikki oTchamli grafika yassi va tekis sirtlarda yaratilgan tasvirlar boTib, ularga misol sifatida printerda qog‘ozga chop etilgan fotosurat, rassom tomonidan xolst (maxsus mato)da chizilgan rasmlami keltirish mumkin. Ikki o‘lchamli grafikaning turlari bilan keyingi sahifada batafsil tanishamiz. Uch o‘lchamli grafika yordamida hajmga ega jismlar tasvirlanadi. Bunda jismning fazoda egallagan o‘mi mayda kublar bilan to‘ldiriladi. Agar bu kub- lar yetarlicha kichik bo‘lsa, inson ko‘zi ulami ilg‘amaydi va kublar yaxlit bir jism sifatida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Lekin hozirgi paytda boshqacha yo‘l tutiladi. Jismning o‘zi emas, balki uning chegarasini tashkil etuvchi sirt shakllantiriladi. Natijada ko‘zlarimiz oldida jismning o‘zi namoyon bo‘ladi.