O’rta asrlarda Amerikada ispan kolonizatsiyasi
Mazvu:O’rta asrlarda Amerikada ispan kolonizatsiyasi Reja; Kirish 1.Amerikanimg ispanlar tomonidan ochilishi 2.Ispan kolonial siyosati boshlanishi 3.Amerika va Karib xavzasidagi koloniyalar 4.Mavzuni o’tishda interfaol metodlardan foydalanish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish XV asrga kelib Yevropada dengizchilar dengizni o‘rganish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Yevropalik dengizchilar uchun uzoq masofaga suzuvchi maxsus ishlab chiqarilgan kemalar paydo bo‘ldi. XV asrga kelib kompas takomillashtirildi va dengiz xaritalari tuzildi. Bular esa yangi yerlarni kashf qilish va o‘rganish imkoniyatini yaratadi. XV-XVII asrlardagi Buyuk geografik kashfiyotlar Yevropada kapitalning dastlabki jamg‘arilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan, bunga sabab yangi savdo yo‘llarining ochilishi, kashf etilgan yerlarning o‘zlashtirilishi va u yerlardagi boyliklarning talanishi bu jarayonni tezlashtirdi, mustamlaka tizimining shakllanishini boshlab berdi, jahon bozorining tarkib topishiga Yevropada savdo kapitallari o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlandi, jahon savdosi O‘rta dengizdan Atlantik okeaniga ko‘chdi. Salib yurishlaridan keyinroq Sharq bilan o‘rnatilgan jadal savdo aloqalari natijasida hind, arab va fors matolari zargarlik va hasham buyumlarining Yevropaga oqib kelishi geografik kashfiyotlarning iqtisodiy asoslarini tashkil qiladi.Amerikaning tub aholisini shafqatsiz talon-taroj qilish va bo'ysundirish bilan birga keldi. Tarixchilarning fikriga ko'ra, ispan bosqinining birinchi o'n yilligida Karibning bir million tub aholisi import qilingan va shafqatsiz samarali mehnat tufayli behuda yaxshi yo'q qilingan.
1.Amerikaning ispanlar tominidan ochilishi Amerikada kolonial siyosatning boshlanishi buyjk geografik kashfiyotlarga borib taqaladi. Buyuk geografik kashfiyotlarda Ispaniya ishtiroki masalasiga kelsak quydagilarni ta’kidlash lozim: 1479 yilda Pireney yarim orolidagi ikkita yirik davlat Kastiliya va Aragoniyaning birlashishi yagona Ispaniya davlatiga asos soldi. 1492 yilda ispanlar Granada amirligini bosib olgach, rekonkista harakati tugadi. Endi ispan risarlarining ko’pchiligi (idalgo yoki gidalgolar) ishsiz qolib, absolyut hokimiyat o’rnatishga harakat qilayotgan hukmron tabaqa uchun xavfli bo’lib qoldilar. Buning qanchalik xavfli ekanligini mamlakatda dvoryan – qaroqchilar toifalarining mavjudligidan ham bilib olamiz. Bu xavfdan qutilish uchun qirol hokimiyati ishsiz qolgan dvoryan – qaroqchilarni «oltin va kumush» lar bilan boy mamlakatlar bilan savdo qilishga undaydi. Xuddi shu vaqtlari Xristofor Kolumb Ispaniyaga o’z loyihasi bilan tashrif buyurgan edi.Ispaniyaning dengiz ortiga safar qilishga izchillik bilan intilishiga yana bir sabab, bu yerdagi diniy fanatizmining yuqoriligi edi. Ko’p asrlar davomida xristianlar va musulmonlar o’rtasida bo’lib kelgan jang har doim diniy jamoalar, ruhoniylar va dindor zodogonlar tomonidan kuchaytirib kelingan. 1480 – 1485 yillarda qirollik hokimiyati inkvizisiyani o’z qo’liga qurol qilib olgach, u cherkov yordamida dengiz ortiga qilinadigan safarlarni qonunlashtirib, ispan idalgolarini muqaddas ishlarga da’vat qila boshladi.Ammo Ispanlarning okean ortidagi ekspansiyasida diniy fanatizmning roli va ahamiyati o’ta katta deb o’ylash noto’g’ridir. Xristianlashtirish bilan faqat ruhoniylarning bir qismi va ayrim ikkinchi darajali konkistadorlar (bosqinchilar) shug’ullanar edi. Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishining asosiy omillaridan biri, so’zsiz, bu XV – XVII asrlarda butun Yevropada tarqalgan oltin vasvasasi edi. Savdoning rivojlanishi bilan umumiy almashinuv sifatida pul muhim rol o’ynaydi va unga
ehtiyoj keskin oshadi. Ko’plab kishilar o’z yurtlarini tashlab, oltin topish maqsadida boshqa yurtlarga bosh olib keta boshlagan edilar. Ular hayollarida Osiyo mamlakatlarida oltinlar keraksiz buyumdek ko’chalarda yotardi. Shu sababli «Indiy» ga – Hindistonga intilish oshadi.Xullas, yangidan – yangi dengiz savdo yo’llarining ochilishiga asosiy sabablar quyidagilar edi, birinchi; turklarning Konstantinopolni bosib olishi va buning natijasida Yevropa uchun Osiyo bilan bo’ladigan savdoning foydasiz bo’lib qolishi; ikkinchidan; dengiz sayohatlari va kemasozlikning rivojlanishi, ya’ni tez suzar yengil yelkanli kemalar – karavellalarning ixtiro qilinishi bo’lib, ular dengiz va okeanlarda faqat shamol yurgan tomonga emas, balki kelayotgan tomonga ham yura olardi; uchunchidan; kompas, o’q dorining va jahon xaritasining yaratilinishi; to’rtinchidan; Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi va katta korxonalarning paydo bo’lishi bilan savdo – sotiqning kengayishi; beshinchidan; yevropaliklar tomonidan anchadan buyon Sharq bilan savdoni o’z qo’liga olgan, Sharq tovarlarini 10 – 15 barobariga qimmat qilib, Yevropaga sotayotgan arablarni savdodan siqib chiqarib, Sharq bilan savdoni o’z qo’llariga olish uchun harakat edi.Buyuk geografik shuningdek fanlar rivojida ham muhim ro`l o`ynadi.Bu kashfiyotlar yangi savdo dengiz yo`llari ochildi.o`rta yer dengizi orqali o`tadigan savdo yo`li global svilizatsiya asosini tashkil qildi 1 Yangi hududlarni egallash o’z navbatida aqlli ,qo’rqmas ,shijoatkor insonlarni talab etardi.Shunday kishilardan biri mashxur dengiz sayyohi Xristofor Kolumb edi. Dengizda yaxshi suzish malakasini O’rta Yer dengizida o’rganadi. Shuningdek, u xarita chizish va tuzishni, geografiya, matematika va astronomiyani qunt bilan o’rgandi. Xuddi shu davrda Xristofor uzoq dengiz safarining rejalarini tayyorladi. U o’z safarini amalga oshirish maqsadida Yevropada birinchi bo’lib jahon xaritasini tuzgan florensiyalik Paolo Toskanello bilan aloqa o’rnatdi. Toskanello unga xat orqali o’zi tuzgan xaritaning bir nusxasini yuboradi. Kolumb bu xaritani o’rganib chiqdi va 1481 yil oxiri – 1482 yil boshlarida Toskanelloga katta hayajon bilan xat yozib, yana ham ko’proq ma’lumotlar yuborishni 1 1 farbitus.ru
so’raydi.Xristofor Kolumbning istaklari o’sha davrdagi Ispaniya va Portugaliya qirollari manfaatiga mos tushgan edi. Bu davlatlar xukmdorlari ham geografik kashfiyotlar natijasida yangi yerlarga ega bo’lish va xazinani oltinga to’ldirishni orzu qilardilar. Shu maqsadda ispan va portugal kemalari Afrika qirg’oqlarini kezib yurardilar. 1484 yil Portugaliyada «matematiklar kengashi» tuzilib, unga rejalashtirilgan dengiz sayohatlarining loyihalarini muhokama qilish va amalga oshirish vazifasi yuklatildi. Xristofor Kolumb ham afsonaviy Sipanga (Yaponiya) va Hindiston orollariga G’arbiy Okean orqali sayohat qilish loyihasini tuzdi va o’z loyihasini Portugaliya qiroli Juan II ga taqdim etdi. Juan II bu loyihani «matematiklar kengashi» ga yubordi. Kengash Kolumbni hayolparst deb loyihasini qaytardi. Bundan tashqari Portugaliya qiroli Juan II ga Kolumbning o’zi uchun katta mukofot talab qilishi ham yoqmagan edi. Bundan ranjigan Xristofor Kolumb o’z rejalarini Ispaniya qiroli yordamida amalga oshirish maqsadida 1485 yilda Ispaniyaga ko’chib ketdi. Bundan tashqari u yerni dumaloq degani uchun din ahllari tomonidan ham ayblanishi Kolumbning ko’chishini tezlashtirgan omillardan biri bo’ldi. 1486 yilda Kordovada yashagan yillari Kolumb boy dehqonning qizi-Anna Nunyes Arama bilan tanishib, undan Fernando ismli o’g’il ko’radi. Fernando keyinchalik yirik kosmograf va «Admiral Xristofor Kolumbning hayoti va ishlari tarixi»ning muallifi bo’ldi. Ispaniyaga kelgan Kolumb 1492 yilda o’z loyihasini Ferdinand va Izabellaga taklif qildi. Loyiha Ispan hukmdorlariga ma’qul keldi. Ispan hukmdorlari tomonidan 1492 yil aprel oyida Kolumbga dvoryanlik unvoni berildi va shu paytdan e’tiboran «don Kristoval Kolon» degan ism oldi. Ispan qirollari «Dengiz va okeanlarning xo’jayinlari sifatida Kolumbni» «o’zi kashf etgan barcha orol va materiklarning admirali»vise – qirol deb e’lon qiladilar va bu unvonni abadiy uning vorislariga berishga ham rozilik bildirdilar. Buning evaziga Kolumb kashf qilgan joylaridan topilgan oltin va qimmatbaho buyumlarning o’ndan to’qqiz