O‘ZBEKISTONDA KONCHILIK SANOATINING ENG QADIMGI DAVRLARIDAN XOZIRGA QADAR TARIXI HAQIDA
O‘ ZBEKISTONDA KONCHILIK SANOATINING ENG QADIMGI DAVRLARIDAN XOZIRGA QADAR TARIXI HAQIDA Mundarija Betlar Kirish 3-8 I Bob O ‘ ZBEKISTONDA KONCHILIK SANOATINING ENG QADIMGI DAVRLARIDAN XOZIRGA QADAR TARIXI HAQIDA 9-3 4 I. 1. O‘zbekistonda qadimgi va o‘rta asrlar kon- metallurgiya sanoati yozma manbalarda 9-15 I. 2. O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoati bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar. 15-2 5 I. 3. O‘zbekistonda konchilik sanoatining tarixiy ildizlari. Metallurgiyaning paydo bo‘lishi 2 5 -3 4 II Bob O‘ZBEKISTON KONCHILIK YODGORLIKLARI VA ULARNING TAVSIFI 3 5 -4 6 II. 1. 2.1. O‘zbekistonning sharqiy hududlaridagi kon-metallurgiya yodgorliklari (Farg‘ona, Talas-S h elji, C h och) 3 5 -4 0 II . 2. O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi kon- metallurgiya yodgorliklari (So‘g‘d va Baqtriya ). 4 0 -4 6 III Bob QADIM VA O‘RTA ASRLARDA KONCHILIK ISHLAB CHIQARISHNING TARIXIY BOSQICHLARI 4 6 - 67 III. 1. Bronza va qadimgi davrlarda kon- metallurgiya 4 6 - 49 III . 2. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda kon- metallurgiya 49 -6 4 III . 3. O‘rta Osiyo ko nchilk sanoatining shakllanishi va rivojlanishida O‘zbekistonning o‘rni va roli 6 4 - 6 7 Xulosa 68 -7 0 Qisqartmalar 7 0-71 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 7 2 -8 3 1
Illyustrativ albom KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Vatanimiz o‘tmishini xolisona baholash va tiklash tarixchi va arxeolog olimlarning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishishi bilan o‘zbek xalqining tarixini q aytadan yaratish va uni xolisona o‘rganish yosh avlodda tarixiy dunyoqarash va milliy g‘ururni shakllantirish masalalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Y u rtimiz tarixiga bo‘lgan munosobat tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Respublikasi birichi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli risolasida va boshqa bir qator asarlarida tariximizning dolzarb masalalari belgilab berildi 1 . Ushbu asarlar arxeolog va tarixchi olimlarning Vatanimiz tarixini to‘liq va ob’ektiv yoritishlarida dasturi amal vazifasini o‘tamoqda. O‘zbekiston hududida tog‘-kon ishlab chiqarishning shakllanishi va rivojlanishi tarixini yoritish muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Bu hudud qadim va o‘rta asrlardayoq O‘rta Osiyoning turli minerallar, rangli va nodir metallar (oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshi)ga boy hudud sifatida mashhur bo‘lib, tog‘-kon ishlab chiqarish rivojida muhim o‘rin tutgan. Tarixning dastlabki bosqichlaridanoq, ya’ni jamiyat sivilizatsiyasi va davlatchilik rivojlanishida muhim qadam deb, metall davrini ko‘rsatish mumkin 1 . O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoatining zamonaviy asoslarda rivojlantirilishida, mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy qudratini yuksalishini ta’minlashda ajdodlarimizning bu sohada to‘plagan boy tajribalari muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Bu biz tanlagan mavzuning dolzarbligini bildiruvchi muhim xususiyatdir. 1 Каримов И . А . Тарихий хотирасиз келажак йýқ // Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 1999. – Б. 132-154; Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. Б–176. 1 Чайлд Г.В Древнейший Восток в свете новых раскопок. Москва. 1956. – С. 38; Кабо А.Е. Актепинское сереброрудное поле в Узбекистане –Новый объект пятиэлементной формации М., 2010. – С. 284; Бубнова М.А. Добыча серебро - свинцовых руд в Шельджи в IX - XII вв. // Археологические памятники Таласской долины. Изд. АН Кирг. Фрунзе. 1965. – С. 225-226; Бубнова М.А. Древние рудознатцы Памира. Изд. Далины. Душанбе. 1993. – С. 174; Буряков Ю. Из истории горного дело и металлургии средневековья Илака. V -начало V III вв. Изд. Наука. М. 1974. – С. 140; Дудаков С.А. История горнорудного дела средневекова Ферганы. Авт. дис. к.и.н.,Таш кент. 1996. – С. 34; Турганов Б.К. Металлообрабатывающее ремесло средневекового Хорезма. (по археологические материалам VIII - XIV вв.). Авт. дис c . к.и.н. Самарканд. 2009. – С. 24; Папахристу О.А. Черная металлургия Северной Ферганы (по материалом археологического исследования городища Ахсикент IX - нач. XIII вв). Авт. дисс. к.и.н. М. 1985. – С. 24; Сверчков Л.М. Железорудная база Северо-Западнее Уструшаны // Древнейшие этапы развития горно- геалогических знаний в Средней Азии. Душанбе. 1991. – С. 40; Сверчков Л.М. Источник по истории средневековой Уструшаны. Авт. дис. к. и. н. Самарканд. 1991. – С. 22; Рузанов В.Д. История древней металлургии и горного дела Узбекистана в эпоху бронзы и раннего железа. Авт. дисс. к. и. н. М. 1982. – С. 22. 2
So‘nggi 20 yil ichida O‘zbekiston hududlarida bir qancha xalqaro arxeologik ekspeditsiyalar va tadqiqotlar olib borildi. Xususan, 1997-1999 yillarda O‘zbekiston-Olmoniya, O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya instituti, Boxumdagi kon ishlari muzeyi va Olmoniya arxeometallurgiya kon akademiyasi, 2006 yildan hozirgi kungacha Fransiyaning Ilmiy Tadqiqotlar Milliy Markazi (CNRS) olimlari O‘zbekiston arxeologlari bilan hamkorlikda metallurgiya yodgorliklarida arxeologik qazishmalar olib borib, Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi tarixini muhim kashfiyotlar, ilmiy yangiliklar bilan to‘ldirdilar. Ma’lumki, qadimgi davr aholisining xo‘jaligi va kundalik turmush tarzini metallsiz tasavvur qilish mumkin emas. Afsuski, klassik davrlar bo‘yicha arxeologik tadqiqotlar asosan, saroy, ibodatxona, mudofaa devorlari, mahobatli inshootlar, sopol buyumlar, din va qadimgi sivilizatsiyalar tarixini o‘rganishga qaratilgan. Kundalik turmush tarzi uchun nihoyatda zarur hisoblanadigan, konlar, metallsozlik, metal qazib olish, metall buyumlar maxsus tadqiqotlar ko‘lamidan chetda qolib ketmoqda. Kundalik hayotda zarur bo‘lgan metall buyum va asbob- uskunalarning ishlab chikarishiga qarab, antik davr aholisining ijtimoiy hayotini va unda ba’zi bir o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Bu borada boshqa bir omil, ya’ni metall buyum va asbob-uskunalarning marhumlar bilan qabrga qo‘yilishi ham aholining ijtimoiy holatini ko‘rsatib turadi. Qabrlardan topilgan metall buyumlar shu mintaqada kon-metallurgiya hunarmandchiligi birlashgan tarzda faoliyat ko‘rsatganligini belgisidir. Kon-metallurgiya tarixi qadim ajdodlarimizning ijtimoiy - iqtisodiy hayotida rangli va nodir metallarning o‘rni to‘liq va har tomonlama tadrijiy o‘rganilmagan. Ayniqsa, bu muammoni yozma manbalar, arxeologik - geologik tadqiqotlar natijalari hamda xo‘jalik va dafn marosimlaridagi metall buyumlar, asbob-uskunalar, urf - odatlar bilan kompleks tadqiq qilish ushbu mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Mavzuni o‘rganishda O‘zbekiston hududida XX asr davomida olib borilgan arxeologik-geologik tadqiqotlar natijalari hamda qadimgi yozma manbalar muhim o‘rin tutadi. O‘zbekistonning iqtisodiy hayotida kon-metallurgiya sanoati rivoji muhim o‘rin tutishi sababli, XX asrda O‘zbekiston hududida keng ko‘lamda geologik qidiruv ishlari hamda tarixiy arxeologik tadqiqotlar olib borildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Toshkent (Choch-Iloq) vohasida, Farg‘ona vodiysida, Zarafshon, Xorazm, Surxon va Qashqadaryo vohalarida tog‘-kon ishlab chiqarishining shakllanishi va rivojlanishi masalasiga oid muhim 3
ilmiy ma’lumotlar to‘plandi. Bu sohada ayniksa, M.E. Masson 2 , E.B. Pruger 3 , Yu.F. Buryakov 4 , A.A. Asqarov 5 , R.H. Sulaymonov 6 , V. D. Ruzanov 7 va boshqa tarixchi-arxeolog olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Mustaqil O‘zbekistonda tarix fani rivoji bugungi kunda kun tartibiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqsak, biz tanlagan mavzu yetarlicha yoritilmaganini va bu masala o‘z yechimini kutayotgan muhim tarixiy vazifalardan biri ekanligini ko‘ramiz. Chunki, O‘zbekiston hududida qadimgi va o‘rta asrlarda kon-metallurgiya sanoatining shakllanishi va rivojlanishi masalasi tarixiy-arxeologik tadqiqotlar, geologik qidiruvlar natijalari va yozma manbalardagi mavjud ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kompleks ravishda hozirgacha ko‘rib chiqilmagan. Vatanimizning O‘rta Osiyoda kon-metallurgiya ishlab chiqarishi rivojiga qo‘shgan hissasi yetarlicha ochib berilmagan. Ayniqsa, bu mavzuda davlat tilida biror bir yirik ilmiy asar yozilmaganligi ham, bu muammo zamonaviy o‘zbek tarixshunosligida yetarli yoritilmaganligini ko‘rsatib turibdi. Shu bilan bir qatorda, ma’lum metallar tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan xronologiya doirasida asosan, dastlabki davr tarixi ya’ni tarixiy tadqiqotlar deyarli yozma manbalar ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, arxeologik ma’lumotlar tahlili chegaralangan darajada berilgan 8 . 2 Массон М.Е. К истории горного дела на территории Узбекистана. Узбекистан. Ташкент. 1953. – С. ; Массон М.Е. К истории горной промышленности Карамазара. Труды Таджикской базы. Л. 1935. -15 3 С. ; Пругер Е. Б. Древнoсти гoрнoй прoмышленности при-Тaшкентскoгo рaйонa (К динaмике рaзвития зoлoтoдoбывaюшей oтрaсли). Мaтериaлы пo aрxеoлoгия Средней Aзии: Сб. нaуч. трудoв. ТaшГУ. №707. Т. 1983. – С. .53-67; Баскаков Ю.Ф., Абрамов Ю.Р., Пругер Е.Б. Древние медно-шлаковые плавильни в Кызылкумах // Узбекский геологический журнал. №4. 1974. – С. ; Пр угер Е.Б. Древнoсти гoрнoй прoмышленности при-Тaшкентскoгo рaйонa (К динaмике рaзвития зoлoтoдoбывaюшей oтрaсли). Мaтериaлы пo aрxеoлoгия Средней Aзии: Сб. нaуч. трудoв. ТaшГУ. №707. Т. 1983. – С. 53-67; Пругер Е.Б. Гoрная прoмышленность Южнoгo Сoгдa – Кешa. –Т. 1986. – С. ; Пругер Е.Б. К проблеме Кызылкумов - одного из локальных, древних горнопромышленных регионов Узбекистана // Материалы по истории историографии и археологии. №556.Ташкент. 1978. – С. 120. 4 Б уряков Ю.Ф. История производства цветных металлов в Узбекистане в древности и средневековье.// Добыча благородных металлов в средневековой Средней Азии. Қадимги давр кон-металлургия тарихи: ўтмиши ва бугуни (Республика миқёсида илмий-амалий анжуман материаллари, 31 май 2007 й). - Ўрта Осиёда кон-металлургия тарихи. Навоий. 2007. – С. 252. 5 Асқаров А.А., Ширинов Т.Ш. Ранняя городская культура эпохи бронзы юга Средней Азии. Самарканд. 1993. - С. ; Асқаров А.А. Сапаллитепа. «Фан», Ташкент. 1973 .- С. 172. 6 Сулаймонов Р.Х. Нахшаб – унитилган тамаддун сирлари. Тошкент. «Маънавият», 2004. – Б. 48. 7 Рузанов В.Д. История древней металлургии и горного дела Узбекистана в эпоху бронзы и раннего железа. Авт. дисс. кан. ист. наук. М. 1982. – С. 22; Рузанов В.Д. Металлургия Согда в эпоху энеолита и бронзы // Цивилизации и культуры Центральная Азии в единстве и многообразии. Самарканд. Ташкент. 2010. – С. 330; Рузанов В.Д. Миграции племен Узбекистана в эпоху полеометалла. часть №1. // Археология Узбекистана №1. Самарканд. 2011. – С. 154; Пидаев Ш.Р., Рузанов В.Д. Некоторые аспекты развития цветной металлообработки на юге Узбекистана в античное время. Ўрта Осиёда кон-металлургия тарихи. Навоий. 2007. – Б. 252. 8 Чайлд Г.В. Древнейший Восток в свете новых раскопок. Москва. 1956. - С. 38. 4
O‘zbekiston konchilik ishlari tarixining umumiy tavsifi yagona, uncha katta bo‘lmagan M.E. Masson asarida keltirilgan 9 . Bu asar O‘zbekistonda arxeologlarning keng ko‘lamda olib borgan tadqiqotlaridan oldin yozilgan bo‘lib, bu sohadagi keyingi ma’lumotlar keltirilmagan. Bundan tashqari, ushbu asarga yarim asrdan ko‘prok vaqt o‘tgan. Hozirda mustaqil O‘zbekiston tarixini yangicha baholaydi. Buning uchun iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi sohalar tarixining hamma davrlari bo‘yicha aniq, xolisona yozilgan ma’lumotlar kerak bo‘ladi. SHu sababli, Respublikamizning kon-metallurgiya sohasining iqtisodiyotdagi o‘rnini yangi ilmiy baza asosida to‘liq yoritib berish dolzarbdir. Ushbu mavzu keng qamrovli bo‘lib, temir ishlab chiqarish tarixini o‘rganish arxeologlar fikricha, alohida yo‘nalish hisoblanadi. Shuning uchun, bizning ishimizda asosiy diqqat rangli va nodir metallar (ko‘p metalli konlar) ishlab chiqarish tarixini o‘rganishga qaratilgan. Kon-metallurgiya sanoati tarixini o‘ rganish Respublikamizning hozirgi zamon konchilik sanoati uchun ham qimmatlidir. -birinchidan, qadimgi qazilgan konlarni joyini aniqlash va uni chuqur o‘rganish; -ikkinchidan, yangi konlarni izlab topish va ani q bir mezon asosida bashoratlash; Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni o‘rganish, ya’ni konni bashoratlashda ishonarli faktorlardan hisoblanadi. Tadqiqotning davriy chegarasi. Mil. av. IV ming yillikdan XV-asrlarni o‘z ichiga oladi. Bu davr konchilik hamda metallurgiyaning shakllanishi va hunarmandchilikning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Tadqiqotning maqsadi. Qadim va o‘rta asrlarda Respublikamiz hududidagi jamiyat sivilizatsiyasi va davlatchiligi iqtisodiy bazasining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan konchilik va metallurgiya xususan, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish tarixini kompleks tadqiq qilish va kon-metallurgik yodgorliklaridan topilgan metall eritish bilan bog‘liq qurilmalar va metall buyumlar tipologiyasini yaratish hamda ularning qadimgi xalqlar ijtimoiy - iqtisodiy hayotida tutgan o‘rnini aniqlash, dissertatsiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarishga to‘g‘ri keladi: - ko‘p yillik ilmiy izlanishlar hamda dala tadqiqotlari davomida qo‘lga kiritilgan, kon-metallurgik yodgorliklarning juda kam o‘rganilgan, ammo, 9 Массон М.Е. К истории горного дела на территории Узбекистана. Ташкент. 1953. – С.14 . 5