logo

Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

47.46484375 KB
Asosiy        miqdorlar        ustida        ishlash        metodikasi    .  
Reja
1   §.   Asosiy   miqdorlar   va   ular   o ` lchovlarini   o ` rgatishning   umumiy
metodikasi .
2 §.  Uzunlik   va   ularning   o ` lchov   birliklarini   o ` rganish   metodikasi .
3   §.   Massa   va   hajm   hamda   ularning   o ` lchov   birliklarini   o ` rganish
metodikasi .
4 §. Vaqt va ularning o`lchovlarini o`rganish metodikasi. 1   §.   Asosiy   miqdorlar   va   ular   o`lchovlarini   o`rgatishning   umumiy
metodikasi.
Miqdor   yoki   kattalik   tushunchasi   matematikada   asosiy   tushunchalardan
biridir. 
Boshlang`ich   sinflarda   uzunlik,   massa   va   hajm ,   vaqt ,   figuraning   yuzi   kabi
miqdorlar   o`rganiladi.   Boshlang`ich   sinflarda   bu   miqdorlar   asosiy   miqdorlar   deb
ataladi.   Bundan   tashqari   ba'zi   hosilaviy   miqdorlar,   masalan   tyekis   harakat   tezligi
bilan ham tanishadilar.
Boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o`rganish arifmetik material bilan
uzviy   bog`liqlikda   amalga   oshiriladi.   Jumladan   «O`lchashni   o`rgatish,   sanashni
o`rganish   bilan   bog`lanadi;   yangi   o`lchov   birliklari   tegishli   sanoq   birliklari
o`rganilgandan   so`ng   kiritiladi;   ismli   sonlarning   hosil   qilinishi,   yozilishi   va
o`qilishi   mavhum   sonlarni   nomerlash   bilan   bir   vaqtda   o`rganiladi;   arifmetik
amallar mavhum sonlar ustida va ismli sonlar ustida bajariladi».
Miqdorlar   haqida   va   ularni   o`lchash   haqida   yuqorida   ko`rsatib   o`tilgan
tasavvurlarni   tarkib   toptirish   matematikaning   hayot   bilan   bog`liqligini   ta'limning
polityexnik   yo`nalganligini   mustahkamlashga   imkon   beradi.   O`quvchilarda   puxta
o`lchash   va   grafik   ko`nikmalarni   shakllantirish   polityexnik   ta'lim   sharoitida
matematika   o`qitishda   ham,   myehnat   ta'limi   va     bir   qator   matematikaga   qo`shni
fanlarni o`rganishda ham alohida kasb egallaydi.
Turli   hisoblashlar   va   yasashlarni   bajarishda   aniqlik   va   batartiblikka   amal
qilish     o`quv   ahamiyatidan   tashqari   tarbiyaviy   ahamiyatga     ham   ega.   Batartib
bajarilgan   o`lchash   va   grafik   ishlar   bolalarning   estyetik   tarbiyalash   imkonini
beradi, ularning charchashlarini kamaytiradi, e'tiborini orttiradi.
Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda asosan amaliy metodlar va
labaratoriya   ishlaridan   foydalaniladi.   Bunday   ishlarni   bajarishda   syezgi
organlaridan   va   ayniqsa,   qo`lning   xarakatlantirish   apparatidan   foydalanish
o`quvchilarning predmetga qiziqishini uyg`otadi, ish kayfiyatini yaratadi, faollikka
undaydi.   Bu   esa   pedagogika   nuqtai   nazardan   qimmatlidir.   Amaliy   ishlar
o`tkazishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi. Atrof   -   borliqni   o`z   « K ashfiyotlari»   orqali   bilib   olish   bolalar   uchun
qiziqarlidir. O`quvchilarni kichik tadqiqotchi o`rniga qo`ya olgan, o`quvchilarning
shaxsiy   fikrini   uyg`ota   olgan   o`qituvchi   keyin   ishda   samarali   natijalarga   erisha
oladi. Muammoli o`qishning maqsadi ham, mazmuni ham shundan iborat.
  Miqdorlar   haqidagi   tasavvurlarni   to`g`ri   va   puxta   shakllantirishda
ko`rgazmalilikning turli vositalari asl nusxalar, modellar, chizmachilik va o`lchash
asboblari, plakatlar, rasmlardan keng foydalanish kerak.
2 §.  Uzunlik va uzunlik o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi.
Dastlab   kesma   uzunlik   tushunchasi   haqida   tasavvurlar   tarkib   toptiriladi.
Kesma   uzunligi   tushunchasi   narsalarni   uzunligi   bo`yicha   taqqoslash   asoasida
kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak tasmani yoki qog`oz poloskalar
va   boshqalarni   ustma   –   ust   qo`shish   yo`li   bilan   taqqoslashni   (qisqa,   uzun)   taklif
qiladi.   Amaliy   ishlar   taqqoslashlarni   so`zlar   yordamida   ifodalash   bilan
mustahkamlanadi.   «Uzunliklar   bo`yicha   teng»,   «Uzunliklar   bo`yicha   teng   emas»
so`zlarining   mazmunlari   « b ir   xil»,   «uzun»,   «qisqa»   kabi   so`zlar   bilan
almashtiriladi. 
Shundan   keyin,   yana       amaliy   ishlar   asosida,   tasma   yoki   poloskalar
yordamida   taqqoslash,   ya'ni     kesmalardan   birini   ikkichisining   ustiga   bevosita
qo`yib   bo`lmaydigan   holatlar   o`rgatiladi.   Shu   maqsadda   o`quvchilar   qog`oz
poloska chyetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar, so`ngra
poloskani boshqa  kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini taqqoslashni
ko`pincha shunday usul bilan amalga oshiriladi.
Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning
amaliy tajribasi  to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkre ti hayotiy misollar
asosida   masalan,   ma'lum   uzunlikda   tasma   sotib   olish   kerak   bo`lganda   va   shunga
o`xshash   xolatlarda   kesmalarni   taqqoslash   uchun   uzunlik   o`lchov   birligidan
foydalanish   zaruriyatiga   o`quvchilar   fikrini   olib   keladi.   Bu   yerda   amaliy   ishni quyidagicha   o`tkazish   foydali:   har   bir   o`quvchiga   sanoq   cho`pi     uzunligini
o`lchashni taklif qilinadi.
Bunining  uchun  oldin  o`lchov  (birlik  kesma)   -   qog`oz  poloskani   (tasma…)
tanlab   olish   kerak.   Har   qaysi   o`quvchi   o`zida   bor   poloskalaridan   o`z   o`lchovini
tanlaydi.   Natijada   har   xil   sonlar   hosil   bo`ladi,   chunki   o`quvchilar   bir   miqdor
qiymatini   topish   uchun   turli   xil   o`lchov   tanlab   oldilar.   Bunday   amaliy   ishlar
natijasida   bolalarda   o`lchash   jarayoni   haqida   dastlabki   tasavvurlar   hosil   bo`ladi,
hamda   ularni   uzunlik   birligi   sifatida   har   qanday   kesma   uzunligini   olish   mumkin,
degan xulosaga olib keladi. Shu sababli, kesmalarni taqqoslash uchun  a niq o`lchov
yordamida o`lchashlardan foydalaniladi.
O`lchashlar   oldin   uncha   katta   bo`lmagan   narsalar   masalan,   qalam,   ruchka,
cho`plar   va   boshqalarning   uzunliklarini   topishni   o`rganib   olamiz.   Buning   uchun
aniq,   umumiyat   tomonidan   qabul   qilingan   uzunlik   birligi   Santimetrdan
foydalaniladi. 
O`quvchilar   Santimetr   haqida   ayoniy   tasavvurlarni   olish   uchun   o`qituvchi
rahbarligida   Santimetr   modellarini   tayyorlashlari   lozim.   Buning   uchun   katakli
qog`oz varag`idan bir nechta 1 smli poloskalar qirqib olinadi. Poloskalarni ustma –
ust qo`yib ularning o`zaro teng ekanligi aniqla           nadi. Qirqilgan   poloskalarning
har biri Santimetr modeli hisoblanadi.
Santimetr modeli yordamida o`quvchilar: 
1)   berilgan kesm alarni o`lchash .
2)   berilgan   uzunlikdagi   kesmani   yasash   va   chizish   malakasini   egallb
olishadi. O`lchash va yasashning ikkita usuli ajratiladi.
1-   usul   –   ustiga   qo`yish   usuli.   Bu   usulning   mohiyati   shundan   iboratki,
o`lchanayotgan   yoki   ajratib   olinayotgan   kesma   Santimetr   modellari   bilan
qoplanadi va ularning soni sanab chiladi, necha model  bo`lsa shuncha sm bo`ladi
deb   tushuntiriladi.   Bunday   amaliy     ish   bolalarning   har   bir   Santimetrni
«payqashiga»,   «sezishiga»   yordam   beradi.   Bu   metodni   kiritishdan   oldin
o`quvchilarga quyidagicha ko`rinishdagi mashqlarni bajarish kerak:  -   sm   modellarini   ketma   –   ket   qo`ying.   Qanday   uzunlikdagi   poloska   hosil
bo`ldi?
2-usul   -   qo`yib   borish   usuli.   O`qituvchi   o`quvchilarga   berilgan   kesmani
o`lchashni   o`rgatishda,   ularning   har   biri   sm   modeli   oxirini   o`lchanayotgan
kesmaga   qalam   bilan   modelning   ikkinchi   uchini   belgilashlarini;   hosil   bo`lgan
nuqtaga   model   oxirini   yana   bir   marta   qo`yishlarini   va   kesmaga   yana   bitta     belgi
qo`yishlarini   kuzatib   boradi.   Ikkinchi   belgi   2   sm   ajratib   sanalganini   bildiradi.
Shunga o`xshash  ish qo`yilayotgan  belgilardan oxirgisi  o`rganayotgan  kesmaning
keyingi uchi bilan ustma – ust tushganicha davom etilavyeradi.  Natijada o`quvchi
kesmaga qo`yilgan  sm lar sonini sanab, Santimetrlarning butun sonini topadi. Agar
belgilar oxirgisi ustma – ust tushmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 6 sm
– ga, 6 sm dan biroz ortiq, kam.
Berilgan   uzunlikdagi   kesmani   Santimetr   modeli   yordamida   yasashda   ish
bunday amalga oshiriladi:  - o`quvchi  oldin to`g`ri chiziq chizadi;  to`g`ri  chiziqda
nuqta (kesma  uchlaridan  biri   belgilansin);  shu  nuqadan  boshlab  biror   yo`nalishda
Santimetrlarni keragicha sonda qo`yib chiqsin (har gal belgi qo`yiladi);  kesmaning
ikkinchi uchi belgilanadi.
Shuni e'tiborga olish kerakki, berilgan kesmani o`lchashda ko`pincha ozmi –
ko`pmi   syezilarli   qoldiqlar   chiqishi   mumkin.   Natijada   bajarilayotgan   ish
mohiyatini   tushunish   qiyinlashadi.   Shu   sababli   kesmani   o`lchashni   ko`rsatilgan
ikkala  usul bilan bajarish maqsadga muvofiq.
Kesmallarni   o`lchashning   puxta   ko`nikmalarini   shakllantirish   m a qsadida
o`quvchilarni   faqat   qog`ozda   chizilgan   kesmalarni   o`lchash   bo`yicha   m ashq   qilib
qolmasdan,   balki   bu   maqsadga   uncha   katta     bo`lmagan   boshqa   narsalarni
qalamdon,   daftar   kabilarni   ham   o`lchashga   o`rgatish   foydali.   Ko`pburchak
tomonlari ham o`lchash ob'yekti bo`lishi muhimdir. 
Shundan   keyin,   o`lchash   va   yasashda   chizg`ich dan   foydalanishga   o`tish
tasiya   etiladi     chizg`ichni   o`quvchilar   o`zlari   qog`ozdan   yasashlari   mumkin.
Bunday   chizg`ich   yasash   uchun   o`qituvchi   katak   daftarning   bir   necha   varag`ini poloskalar shaklida qirqadi va o`quvchilarga tarqatadi, unda Santimetrlarni qanday
belgilashni ko`rsatadi. (sm modeli yoki ikki katak bir sm ekanligidan foydalanib).
1   sm   li   kesma   poloskaga   10   marta   ketma   –   ket   qo`yilib   kesiladi.   Uzunligi
10   sm   =   1   dm   bo`lgan   poloskaning   oxirlari   kesilishidan   hosil   bo`lgan   qog`oz
polosa   chizg`ichning   modeli   bo`ladi.   Bunday   chizg`ichning   Santimetrli   shkalasi
bo`linishlarini   raqamlar   bilan   betlash   tavsiya   etilmaydi.     Bu   sanoq   va   o`lchash
jarayonlarini birlashtirish uchun ham, kesma uzunligi bilan son orasidagi moslikni
tushunish uchun ham foydali.
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`lchashga oid birinchi mashqlarni   raqamlar
qo`yilmagan  chizg`ich yordamida ham, Santimetr modeli yordamida ham bajarish
foydali   ekan.   Natijada   bolalar   amalda   chizg`ichdan   foydalanishning   afzalligini,
ko`radi,  bir   xil   modeldan  foydalanishda  boshqa   modeldan foydalanishga  uzluksiz
va to`la qonuniy o`tishni amalga oshirish imkonini beradi.
Raqamlangan   shkalali   chizg`ich   bilan   o`lchashga   o`tishga   shoshilmaslik
kerak.   Aks   holda   shunday   xatoga   yo`l   qo`yish   mumkinki,   bunda   kesma   yasash
yoki o`lchashda sannoq boshini chizg`ichda noldan emas, balki birdan boshlanadi.
Shunday xatolarga yo`l qo`yuvchi o`quvchilarga Santimetr modeli yoki Santimetr
shkalali qog`oz poloskadan foydalanish zarur.
O`quvchilar   o`lchashda   chizg`ichdan   chiziqchalarni   emas,   balki   kesmaga
o`lchov   necha   marta   joylashishini   o`rganib   olganlaridan   keyin   Santimetrli
bo`laklarni raqamlari bilan  belgilashlari mumkin. 
O`qituvchi   o`quvchilarning   e'tiborini   har   gal   o`lchashda   Santimetrlarni
sanash juda noqulay ekaniga qaratadi va ularga bunday savol beradi: «O`lchashni
tezlatish   va   osonlashtirish   uchun   nima   qilish   kerak?»   Odatda   o`quvchilar   bunday
javob   berishi   mumkin:   bo`linishlarni   raqamlar   bilan   belgilash   kerak.   O`qituvchi
chiziqlarni   emas,   balki   kesmalarni   –   Santimetrlarni   sanash   kerakligini   yana   bir
marta ta'kidlaydi. Sanoq boshlanadigan chiziqcha 0 raqami bilan belgilanadi.
Chizg`ichdan   foydalanish   qoidasi:   chizg`ichning   bo`linishlari   tushirilgan
qirrasi   faqat   o`lchashlar   uchun   xizmat   qiladi,   to`g`ri   chiziq   kesmalarini   chizishda
shkalali qirrasiga qarama - qarshi qirrasidan foydalaniladi. Chizish odatda qalamda bajariladi. Chizg`ich qog`ozdan shunday joylashishi  kerakki, o`lchanayotgan yoki
chizilayotgan kesma uning yoritilgan qirrasi tomonida bo`lsin.
O`quvchilarni   uzunlik   yangi   birligi   -   detsimetr   bilan   tanishtirish   ikkinchi
o`nlikni   o`rganish   bilan   birga   boshlanadi.   Yuqorida   o`quvchilar   tayyorlagan
chizg`ich   (qog`oz   poloska)   aslida   detsimetrning   modelidir.   O`quvchilar   detsimetr
modeli   bilan   ham   Santimetr   modeli   kabi   o`lchashlar   va   yasashlarni   bajarishadi.
Topshiriqlar namunalari:
dm ning uchta modelini bir qatorga qo`ying.
1.  Qanday uzunlikdagi poloska hosil bo`ldi?
2.  Tasmadan uzunligi 3 dm ni o`lchang va qirqing.
3.   To`g`ri   chiziqda   nuqta   belgilab,   ikki   marta   detsimetr   qo`ying.   Hosil
bo`lgan kesma uzunligi qancha?
4.   Daftar   uzunligini,   parta,   stol   enini   o`lchang.   Agar   o`lchashda   dm   butun
son marta  joylashmasa, o`lchash natijasi taqriban  ifodalanadi:  3 dm – cha,  3 dm
dan kamroq yoki ortiq. Shundan so`ng dm va sm modellari yordamida o`lchash va
yasashlarga doir mashqlar bajariladi:
1. 2 dm 3 sm necha sm ga teng.
2. Uzunligi 5 dm bo`lgan kesma necha sm bo`ladi?
3. Uzunligi 35 sm bo`lgan kesma necha dm va sm bo`ladi?
100   ichida   nomerlashni   o`rganilayotganda   yangi   chiziqli   birlik   –   metr
o`rganiladi.   O`qituvchi   sinfga   bunday   savol   bilan   murojat   qiladi:   sinf   xonasining
bo`yi   va   enini   dm   yoki   sm   bilan   o`lchash   qulaymi?   Nega   noqulay?   B   unday
hollarda   yirikroq   chiziqli   birlik   –   metrdan   foydalaniladi-   deydi   va   1   metr li
chizg`ich   modelini   ko`rsatadi.   Metr   bilan   tanishtirishda,   metr   bilan   qanday
o`lchashni   ko`rsatishi,   ya'ni   sinf,   doska,   eshik   …larning   eni   va   bo`yini   mustaqil
ravishda topa oladigan bo`lishlari muhimdir. Buning uchun ularning har birida 1 m
modeli   bo`lishi   kerak.   Metr   modelini   hosil   qilish   uchun   uzunligi   10   dm   bo`lgan
tasma olinib uni  detsimetrlarga bo`linadi.  Har  bir  ditsimetrdan keyin chiziqchalar
qo`yiladi. Bu chiziqchalar bo`yicha tasma buklanadi  va «garmoshka»  qilib taxlab
qo`yiladi.   –   Yig`ma   metr   hosil   bo`ladi.   Metrni   yaxshi   tasavvur   qilish   uchun o`quvchilarga   quyidagi   ma'lumotlarni   aytish   foydali:   8-9   yoshli   bolalar   qo`llari
ikki   yon   tomonga   cho`zilganda   bir   qo`lning   uchidan   boshqa   qo`l   tirsagigacha
bo`lgan   masofa   bir   metrga   teng.   Poldan   ko`rakgacha   bo`lgan   masofa   ham   bir
metrga teng.
Mustahkamlovchi mashqlar quyidagicha bo`ladi:
- metr yordamida 3 m ni o`lchang;
- sinf bo`yini toping.
Bu   ish   o`quvchilarni   qiziqtirishi   uchun   metrli   o`lchamlarni   ko`zda
chamalab o`lchab chamalab aytib, so`ngra metr bilan o`lchab ko`radilar. Shu yo`l
bilan ular masofani  ko`zda chamalash malakavini egallash bilan birga, metr bilan
o`lchashni ham mashq qilishadi.
O`quvchilarni   millimetr   bilan   tanishtirish   uzunlik   o`lchov   birliklari
ichida   eng   murakkabi   hisoblanadi.   Tanishtirishni   Santimetrga   qaraganda   ancha
mayda   bo`lgan   yangi   o`lchov   birligini   kiritish   zaruratini   ko`rsatishdan   boshlash
kerak. Bunda o`quvchilarga Santimetrlarga bo`lingan qog`oz poloskalar yordamida
oldindan chizilgan   8 sm  9 mm, 9 sm  2 mm bo`lgan kesmalarni  o`lchashni  taklif
qilib   amalga   oshirish   mumkin.   Kesmallar   tagma-tag   chizilgan   bo`lib,   bir   xil
emasligi ko`rinib turadi. Buning ustiga sm da hisoblangan uzunlik bir sonning o`zi
bilan   ifodalanadi,   bu   son   taxminan           9   ga   teng.   Dyemak,   aniqroq   o`lchashlar
uchun Santimetrga qaraganda kichikroq o`lchov birligi zarur degan xulosaga olib
kelinadi.
Ko`pincha,   masshtabli   bo`linishlarga   qarab,   o`qituvchi   bita   mayda
bo`linish,   ya'ni   chizg`ichning   ikkita   chiziqchasi   orasidagi   masofa   millimetr   deb
atalishini aytadi. O`quvchilar chiziqchalarni sanab 1 smda 10 mm borligini ayoniy
ishonch   hosil   qiladilar.   Shundan   keyin   o`quvchilar   o`lchamlarni   bajarishadi.
Darslikda   berilgan   kesmalar   va   figuralarning   tomonlarini   o`lchaydi.   Oldin   bita
asosiy   operatsiya   –   bo`linishlarni   hisoblash   o`zlashtiriladi.   O`qituvchi   1   m   li
chizg`ichdagi  kabi   (qulay  bo`lishi  uchun),  o`quvchilar  chizg`ichda  har  5  mm  dan
keyin kattaroq chiziqcha qo`yilishini tushuntiradi. Eng   muhimi   shuki,   o`quvchilar   sana   shvaqtida   ko`zni   to`g`ri
joylashtirish   malakasini   egallab   olishlariga   erishish   kerak.   Nol   belgili   nuqtani
kesma oxiri bilan ustma-ust tushirishda va millimetrli bo`linishlarni hisobga olida
parallaks   hodisasini   ta'sirini   yo`qotish   uchun   ko`z   bilan   shunday   qarash   kerakki,
har   qanday   holda   ham   ko`zni   o`lchanayotgan   kesmaga   shu   kesma   oxiridan
o`tkazilgan   pyerpyendikulyarga   tiqilib   turish   kerak.   Bu   esa   ishning   muhim   va
tushuntirish   uchun   qiyin   bo`lgan   elyemyentdbir.   Buning   qanchalik   muhim
ekanligini   shundan   ham   bilsa   bo`ladiki,   millimetr   bilan   hisoblashda   o`lchashni
ko`zning   perpendikulyardan   5sm   gina   chyetlashishi   0,6   mm   xatoga   yo`l   qo`yish
sabab   bo`ladi.   Tushuntirishning   qiyinligi,   o`quvchilar   hali   pyerpyendikulyar
tushunchasi   bilan   tanish   emas.   Shu   sababli   o`ituvchi   bir   muncha   boshqacharoq
ko`rsatmalar   berishiga   to`g`ri   keladi.   Masalan,   «Kesmal   oxiriga   qaraganda
ko`zingizni   shu   nuqta   ustiga   aniq   tikiling».   «Millimetrli   bo`linishlarni
hisoblayotganda yon tomondan qaramang»…
Uzunlik   o`lchovining   yangi   birligi   –   kilometr   bilan   tanishtirishda   bu
birlik   haqidagi   tasavvurlarni   shakllantirish   maqsadida   tashqarida   amaliy   ishlar
o`tkazish   maqsadga   muvofiq.   Buning   uchun  o`quvchilar   bilan   birga   1  kmga   teng
masofani   qancha   vaqtda   yurib   o`tish   mumkinligini   Aniqlash   foydali.   O`tilgan
masofani,   yoqadamlar   bilan   (taxminan   2   qadam=1m)   yoki   rulyetka,   o`lchov
lyentasi   bilan   o`lchanadi.   O`lchash   davomida   o`quvchilar   ko`zda   chamalashni
mashq   qiladilar.   Agar   imkolni   bo`lsa,   sal   uzoqroq   masofalarga   ekskursiya
uyushtirish   ham   muikn.   Olingan   ma'lumotlar   esa   keyingi   darslarda   masalalar
tuzishda kerak bo`ladi.
Uzunlik   o`lchov   birliklari   orasidagi   munosabatlarni   yaxshi
o`zlashtirish maqsadida uzunlik o`lchovlari jadvali mustahkamlanadi:
1 km= 1000 m 1 dm = 10 sm
q-1 m   = 10 dm  1 sm  = 10 mm
1 m = 100 sm  = 1000 mm
Bu   jadvalni   yodlab   olish   yaxshi   natija   beradi.   Uzunlik   jadvaliga   oid
bilimlardan o`quvchilar har xil mashqlarni bajarishlarida foydalanishlari kerak: 1) 1 m 1 smdan necha marta katta?
    1 dm 1 m dan necha marta katta?
2) 1 mm 1 sm ning qanday qismini tashkil qiladi?
    1 dm 1 m ning qanday qismini tashkil qiladi?
3) Sonlarni kilometr va metrlarda ifodalang?
           27346 m, 47239m ...
3   §.   Massa   va   hajm,   hamda   ularning   o`lchov   birliklarini   o`rganish
metodikasi.
Boshlang`ich   sinflarda   o`rganiladigan   asosiy   miqdorlardan   biri   –   jism
massasi va idishlar hajmidir.
Bu miqdorlarni o`rganishning asosiy vazifalari:
- jism massasi va idishlar hajmi haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish.
-   o`quvchilarni   massa   birliklari   (kg,   G,   s.t)   va   hajm   birligi   –   litr   bilan
tanishtirish.
-   bir   nomda   ifodalangan   massani   boshqa   nomdagi   birlikka   o`tkazish
malakasini shakllantirish.
-   ikki   turli   nomda   ifodalangan   massani   qo`shish   va   ayirish   hamda   massani
songa ko`paytirish va bo`lish malakasini shakllantirishdan iborat.
Maktabgacha   bo`lgan   yoshdayoq   o`quvchilar   his   va   tuyg`ular   asosida
jismning   massasi   haqida   dastlbaki   tasavvurlarni   olishgan.   Massa   tushunchasini
shakllantirishda   «bariy»   hisga   (gryekcha   –   «baros   –   og`irlik»)   tayaniladi.   Har
qanday   jism   yerga   totilishi   natijasida   tayanchga   bosim   beradi   yoki   osilgan   ipni
taranglaydi. Kaftga, gavdaga beriladigan bunday bosim bizga «bariy» hisni beradi.
Birlik   bosim   miqdori   massaga   to`g`ri   proportsional   jism   massasi   qancha   katta
bo`lsa,   og`irlik   hissi   shunchalik   katta   bo`ladi.   Og`irlik   kuchining   massaga
proportsionalligi   sababli,   ko`pincha   bu   ikki   tushuncha:   massa   va   og`irlik
chalkashtirib   ishlatiladi.   O`quvchilar   ham   ko`pincha   «massa»   o`rniga   «og`irlik»
atamasini qo`llaydilar. Bular fizik tushunchalar bo`lib turlichadir.
Og`irlik   –   vektor   miqdor.   Og`irlik   -     bu   jism   tayanchga   bosadigan   yoki
ilmoqni   tortadigan   kuchdir.   Og`irlik   tayanchning   holatiga   bog`liq.   Agar   tayanch vertikal   yo`nalishda   tezlanish   bilan   harakatlansa,   u   holda   jism   zo`riqish   yoki
vaznsizlik holatida bo`lishi mumkin.
Og`irlik   prujinal   dinamometr   bilan   o`lchanadi.   Og`irlikning   o`lchov   birligi
nyuton.
Massa – skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani enyergiyaning o`zgarishi
o`lchov   sifatida   ochib   beradi.   Massa   richali   (pallali`)   tarozilarda     o`lchanadi.
Massaning   o`lchov   birligi   –   kilogrammdir .   Massani   yerga   tortilish   qobiliyati
bo`yicha qabul qilish o`rganishga eng osondir.
Boshlang`ich   maktabda   faqat   jismning   massasi   o`rganilagdi     shu   sababli
«og`iroq»,   «og`irligini   tortish»,   «og`irlik   toshlari»   kabi   so`zlarni   iloji   boricha
ishlatmay,   «massa»,   «jismlarning   massasini   o`lchash»,   «massa   o`lchagich»   kabi
so`zlardan foydalanish kerak.
Narsalarni   massasi   bo`yicha   farqlay   olish   qobiliyati   turli   massali   narsalarni
«og`ir», «yengil» so`zlari bilan belgilash natijasida amaliy turmush asosida paydo
bo`lgan. 
1   kg   li   massa   haqidagi   tasavvurni   amaliy   ishlar   orqali   olish   mumkin.
O`quvchilar massalari  1 kg ga teng bo`lgan jismlarni qo`llarida ushlab ko`rishlari
va   bu   jismlarni   boshqa   massali   jismlar   bilan   taqqoslashlari   kerak.   Bunday
taqqoslashlar natijasida ular  1 kg li massa haqida aniq  tuyg`uni his qiladilar.
Darsda   pallali   tarozida   tuli   xil   jismlarni   (1   kg,   2   kg,   3   kg…)   1,   2,   5   kg   li
toshlardan foydalanib, amaliy ishlar bajarish foydali tortish jarayonida o`quvchilar
o`zlari  qatnashish muhimdir. Albatta bunda o`qituvchi tarozida tortish qoidalarini
o`rgatish lozim. Tortish natijalarini yozib borish kerak.
«Idishlarning   sig`imi»   va   «litr»   tushunchalari   narsalarning   xossalari   haqida
fazoviy   tasavvurlarning   shakllanishga   xizmat   qiladi.   Litr   bilan   tanishtirishda
idishlar, hamda boshqa hajmdagi idishlar (chyelak kastryulka) bo`lishi ahamiyatli.
Oldin   narsalarning   hajmiy   xossalari   haqidagi   tasavvurlarni   shaklanishiga
yordam beradigan quyidagi mashqlarni bajarish kerak:
1. Qaysi shar (kub) katta.
2. Bolalar qumli maydonchada o`ynashmoqda. Qoliplar bilan figuralar yasashmoqda. Qaysi qolipga ko`p qum sig`adi?
3.   Choy   va   osh   qoshiqlarda   bir   stakan   qum     o`lchab   sol.   Necha   bir   xil
miqdordagi qum turli sonlar bilan ifodalanadi? O`lchovlar soni o`lchovning o`ziga
qanday bog`liq?
Shunday keyin darsda so`hbat asosida litr tushunchasi o`zlashtiriladi.
O`qituvchi:   biz sochiluvchan narslarni o`lchashni bilamiz. Shunga o`xshash
o`lchovlarning o`zidan suyukliklarni o`lchashda ham foydalanish mumkin. 
Siz qanday suyukliklarni bilasiz?
O`quvchilar:  suv, sut, sho`rva, qatiq, koptok, yog`, benzin.
O`qituvchi   stolida   ikkita   myenzurka   bor.   Biri   kengroq,   ikkinchisi   tor.
Ikkalasida ham  suv sathi bir xil. Ikkita o`lchov staqanchalar ham bor.
O`qituvchi : qaysi idishda suv ko`pligini qanday bilish mumkin.
O`quvchi:  birinchi idish kengroq, unda suv ko`p. 
O`qituvchi : Shakl har xil idishlarda suyuqlik ko`pligini qanday aniqlaymiz?
O`quvchilar   chamalashga   harakat   qiladi.   O`qituvchi   o`lchov   stakan   bilan
o`lchash   kerak   degan   xulosaga   olib   keladi.   Bir   idishda   5   ta   o`lchov,   ikkinchi
idishda esa 3 ta shunday o`lchov bo`lsa 5>3, degan xulosa olinadi.
Ikkinchi   o`lchov   bilan   esa   o`lchab   10>6   aniqlanadi.   Natijada   o`quvchilar
idishlardagi suyukliklarni miqdorini o`lchash uchun bir xil o`lchovdan foydalanish
kerak degan xulosaga kelishadi.
  Yangi   massa   birlik   gramm   haqida   aniq     tasavvur   hosil   qilish   uchun
o`quvchilar   massasi   1   g   bo`lgan   toshni   ushlari   va   uning   og`irligini   boshqa
narsalarning   og`irliklari   bilan   taqqoslashlari   kerak.   Bunda   1   tiyinlik   tanganing
massasi 1 g, 2,3,5 tiyinliklar mos ravishda o`rnida foydalanish mumkinligini aytish
foydali. 
Sinfga   dorixona   tarozini   olib   kirish   va   dorilarni   shu   tarozida   tortilishi
o`quvchilarga aytiladi. Dorilarni o`lchash uchun 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 20 g, 50 g, 100
g, 500 g li mayda toshlar ishlatiladi. Bundan tashqarii oziq - ovqat mahsulotlarini
tortishda   ishlatiladigan   syefyerblatli   tarozi   bilan   tanishtirish   kerak.   Bunda   amaliy ishlar   orqali   1   kg   dan   ortiq   yoki   kam   bo`lgan   yuklarni   qanday   o`lchash
tushuntiriladi. Tortishni o`quvchilarning o`zlari bajarishi muhimdir.
Hozirgi   paytda   zamonaviy   elyektron   tarozilari   bilan   ham   tanishtirish
mumkin. Bunday tarozilar tovar massasi bilan birga narxini ham ko`rsatadi. 
Sochiluvchan jismlar va suyuqliklarning o`lchanishi qoidasi:
- ikkinchi pallaga bo`sh idish qo`yiladi.
- birinchi pallada u tosh bilan muvozanatlanadi.
-   idishning     massasi   aniqlanib,   jami   massadan   idish   massasi   chiqarib
hisoblanadi. 
Syentnyer va tonna bilan tanishish o`quvchilarning massa o`lchov birliklari
haqidagi bilimlarini kengaytiriladi. Bu o`lchov birliklari haqida aniq tasavvur hosil
qilish   uchun   aniq   misollar   keltirish   lozim:     2   qop   kartoshkaning,   2   qop   unning
massasi   taxminan  1 s  ga  teng. Yengil   mashinaning  massasi  1  t  ga  teng. Shundan
so`ng   o`rganilgan   massa   birliklari   orasidagi   munosabatlarni   ko`rsatadigan   massa
o`lchov birliklari jadvali tuziladi va uni eslab qolish tavsiya qilinadi.
Sodda va murakkab masalalarni  yechishda  o`quvchilar massaning  xossalari
bilan tanishtiriladi.
- agar jism bir necha qismlardan iborat bo`lsa, u holda uning jami massasi bu
qismlar massalarining yig`indisiga teng.
- bir – birini muvozanatlaydigan jismlarning massalariga teng.
Massa   birliklari   o`nlik   sannoq   sistemasining   xona   birliklari   bilan   mos
qo`yiladi.            1  kg  birlar  bilan.  1  t  minglar   sinfi   bilan  mos  qo`yiladi.  Bir   nomda
ifodalangan   massani   boshqa   nomdagi   birlikka   aylantirish   katta   xona   birliklarini
kichik   xona   birliklari   bilan   va   kichik   xona   birliklarini   katta   xona   birliklari   bilan
ifodalashga mos qo`yiladi.
M: 2000 kg=2 t.        30 s=3000 kg.
Ikkita   turli   nomda   ifodalangan   miqdorlar   bir   xil   miqdorlarga   aylantirilib,
so`ngra o`nlik sannoq sistemasida natural sonlar ustidagi tegishli amallar bilan mos
kelgan holda qo`shiladi va ayiriladi.
Masalan:      2 t   +3146   kg    2 t   =2000   kg.                       2000 kg   + 3146 kg   = 5146   kg.  
4   §.   Vaqtga   oid   tasavvurlarni   tarkib   toptirish,   vaqt   o`lchovlarini
o`rganish   hamda   tegishli   malaka   va   ko`nikmalarni   tarkib   toptirish
metodikasi.
Boshlang`ich   sinflarda   «Vaqt   o`lchovlari   temasini   o`rganishda   bolalar   vaqt
o`lchovining   asosiy   birliklari»   haqida   konkreti   fikrlarga   ega   bo`lishlari   kerak.
Bular   yil,   oy,   hafta,   sutka,   soat,   minut.   O`qituvchining   vazifasi   o`quvchilarni
vaqtini   aniqlashlarida   soatdan   amalda   foydalanishga,   shuningdek,   hodisaning
qancha   vaqt   davom   etganligini,   boshlanishi   va   oxirini   aniqlash   bilan   bog`liq
bo`lgan   har   xil   masalalarni   yechishda   tabel   –   kalindardan   foydalanishga
o`rgatishdan iborat.
Ma'lumki vaqt o`lchovlari, o`lchovlarning metrik sistemasidan farqli o`laroq
bevosita o`lchash imkoniyatini bermaydi. Bu hol turli ko`rsatma va ko`nikmalrdan
keng foydalanish kerakligini ko`rsatadi. Bu tyemani o`rganishda quyidagi eng ko`p
tarqalgan ko`rsatma qo`llanmalardan foydalaniladi:
1.Tabel   –   kalendar .   Bu   har   bir   o`quvchida   bo`lish   kerak.   Joriy   yil   uchun
bunday   tabel   –   kalendarni     o`quvchilarning   o`zlari   o`qituvchilar   rahbarligida
tayyorlaydilar.
2.   Soatning   demontstratsion   modeli .   Darslikda   berilgan   mashqlarning
ko`pchilik bilan ishlashni  talab qilganligi uchun har bir o`quvchi soat  modellarini
tayyorlangan bo`lishlari kerak.
3.«Maktab o`quvchisining kundalik rejimi» jadvalari.    «Vaqt o`lchovlari»
temasini o`rganish vaqtiga qadar o`quvchilar hafta bilan tanish bo`ladilar. Yildagi
oylarning   nomlarini   va   ularning   kelish   tartibini   bilib   olgan   bo`ladilar.   Bolalarda
yig`ilgan bunday tasavvurlar boshlang`ich sinfda vaqt o`lchovlarini bilishga zamin
bo`ladi.
Endi   vaqt   o`lchovlari   bilan   bog`liq   bo`lgan   asosiy   tushunchalar   qanday
kiritilishi,   bolalarda   tegishli   tushunchalarning   shakllanishi   nimaga   asoslanishi
masalani   qarab   chiqamiz.   Berilgan   tyemani   o`rganishga   bag`ishlangan   birinchi darsda   bolalarda   yil,   oy,   hafta   haqida   tasavvurlarni   shakllantirishga   doir   ishlar
bajariladi.   Bolalarni   yil,   oy,   hafta   bilan   tanishtirishda   o`qituvchi   tabel   –
kalendardan   foydalanadi.   Bolalar   bir   yilda   12   oy   borligini   o`zlashtiradilar   va
birdaniga   davomiyligi   bir   xil   bo`lgan   oylarni   ajratadilar,   apryel,   iyun,   syentyabr,
noyabr, 30 kundan qolgan 7 oy esa 31 kundan iborat. 
Oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisi yilning fevrali esa 29 kundan iborat.
O`quvchilar   kalendardan   oyning   tartib   nomerini   aniqlaydilar.   Agar   oy   va   kun
ma'lum   bo`lsa,   haftaning   kunnini   aniqlaydilar   va   aksincha,   haftaning   kunlari
ma'lum bo`lsa, bu kun oyning qaysi kuniga to`g`ri kelishini aniqlaydilar va hakozo.
Tabel     -   kalendarning   qanday   tuzilganini   qarab   chiqqandan   keyin   bugungi
kunni va haftaning shu kunigina bilgan holda o`quvchilarga mustaqil ravishda shu
kalendar namunasida o`tayotgan oy uchun kalendar tuzishni  topshirish foydalidir.
Bunday   ish   bolalarning   joriy   yil   kalendarini   mustaqil   tuzishlarini   osonlashtiradi.
Bolalar tuzilgan kalendar bo`yicha quyidagi savollarga javob beradilar:
-   Bu   yil   1   yanvar,   1   may,   7   noyabr   haftaning   nechanchi   kuniga   to`g`ri
keladi?
- Yanvar, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda uchinchi bo`lib keluvchi oyning nomi nima?
-   Yozgi   ta'tillar   1   iyundan   boshlanib,   1   syentyabrgacha   davom   etadi.
Kalendardan bilingchi yozgi ta’tillar necha kun davom etarkan?
Bunday   savolarni   yana   davom   ettirish   mumkin.   Yilda   oylarning   kelish
tartibini mustahkamlash maqsadga rim raqamlar (I-XII) yozish kiritiladi.
Sutka   tushunchasi.   Sutkaning   bolalarga   tanish   bo`laklari   bo`lgan   ertalab,
kunduzi,   kechqurun,   tun   tushunchalari   orqali     kiritiladi.   Undan   tashqarii
vaqtinchalik   ushbu   ketma   –   ketlikka   asoslanadilar:   o`tgan   kuni,   kecha,   bugun,
ertaga, ertadan keyin.
O`qituvchi  yana  tabel  – kalendarni  qarashga qaytib, bolalarga kalendardagi
sanalar   sutkalarni   ifodalashni,   sutkalar   kechasi   soat   12   da   boshlanishini
tushuntirishi kerak. Shundan keyin  soat  va  minut  qaraladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqida
konkreti   tasavvurlari   ularning   amaliy   faoliyatlari,   kuzatishlari   asosida
shakllantiriladi.   Masalan,   bir   soat   bitta   dars   bilan   katta   tanaffuzning   davom
etishidir.   1   minutning   qancha   davom   etishini   shaklantirish   uchun   shunday
mashqlar   kiritiladiki,   bu   mashqlar       yordamida   bolalar   1   minutda   nima   qilishga
ulgurish  mumkinligini  bilib oladilar. Qaysi  songacha  sanay  olasan?  Nechta misol
yecha   olasan?   O`rtacha   qadam   bilan   bir   minutda   necha   metr   bosish   mumkin?   va
hakozo.
 Mamlakatimiz hayotdan  olingan misollar, zavod va fabrikalar   1 minutda,
1   kunda   qancha   mahsulot   ishlab   chiqishlari   haqidagi   son   ma'lumotlar   katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Soat va minut bilan tanishishga bag`ishlangan birinchi
darsdayoq vaqt o`lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: Bir sutka 24 soatdan, 1
soat 60 minutdan iborat.
Bu   bosqichda   soat   bilan   tanishtirish   asosiy   bo`lib   hisoblanadi.   Yuqorida
aytilgandek,   myehnat   darslarida   harakatlanadigan   apryelkali   sifyerblot   yasash
lozim.   Sinfda   katta   demonapratsion   model   bo`lishi   kerak.   O`qituvchi   bolalarga
hamma soatlar shunday yasalganligini, ya'ni katta stryelka bir kichik chiziqchadan,
ikkinchi  kichik chiziqchadan   1 minutda o`tishini, katta chiziqdan  kichik  stryelka
ikkinchi katta chiziqgacha 1 soatda o`tishini  aytadi. Shuning uchun katta stryelka
minut   stryelkasi,   kichik   stryelkani   esa   soat   strelkasi   deyiladi.   Shunday   keyin
o`qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdan boshlanishini aytadi.
Bunday ikkala stryelka 12 ni ko`rsatadi.
«Vaqt o`lchovlari» tyemaisga doir masalalar tabel- kalendar va soat modeli
yordamida   yechiladi.   Boshlang`ich   sinflarda   vaqtni   hisoblashga   doir   quyidagi
ko`rinishdagi masalalar qaraladi:
1.   Hodisaning   boshlanish   va   qancha   davom   etgani   berilgan   bo`lsa,   uning
tugash paytini topishga doir masalalar. Masalan: «Dars soat 11 da boshlanadi va 45
minut davom etadi. Soat modelida dars qachon tugaganini ko`rsating».
2.   Hodisaning   boshlanish   va   tamom   bo`lish   vaqtining   berilishiga   qarab,
uning qancha  davom   etishni   topishga  doir   masalalar.  Masalan,   «O`quvchi   uyidan soat 8 –u         30 minut o`tganda chiqdi va maktabga 8 – u 50 minut o`tganda yetib
keldi. O`quvchi yo`lda qancha minut yurganini soat modeli yordamida bil».
3. Keyinchalik o`quvchilar o`zlari uchun yangi vaqt   birliklari –   sekund   va
asr   bilan   tanishadilar.   Syekundning   davomiyligi   haqida   konkreti   tasavvurga   ega
bo`lish uchun bolalar, masalan, 1 sekundda 1 - 2 qadam bosish ya'ni 1 metr o`tish
mumkinligini aniqlashdi va hakazo.
Keyinchalik shunday mashqlar bajariladiki, ular yordamida vaqt o`lchovlari
haqidagi bilimlar qo`llaniladi va puxta o`zlashtiriladi.
«Vaqt o`lchovlari» mavzusini o`rganish vaqt o`lchovlari jadvalini  tuzi shva
uni o`zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr   = 100 yil 1 sutka   = 24 soat
1 yil  = 12   oy            1 soat  = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31   kun 1 minut = 60   sekund.
Oddiy yil 365 kun, kabisa yili 366 kun.
Asosiy   birliklar   –   yil   va   sutka.   Darsni   o`rganish   jarayonida   jadval   bilan
ishlash   foydali.   Bu   jadval   bo`yicha   oylar   haqidagi   bolalarga   ma'lum   bo`lgan
bilimlarni takrorlash mumkin, ya'ni oylar ketma -  ketligi, har oydagi sutkalar  soni
haqidagi  ma'lumotlarni takrorlash mumkin.
Bu   mavzuga   oid   darslarda   yirikroq   vaqt   o`lchovlarini   maydaroq   vaqt
o`lchovlariga almashtirishga oid va aksincha mashqlarga katta   e'tibor beriladi. Bir
necha   dars   vaqt   o`lchovlari   qatnashgan   ismli   sonlarni   qo`shish   va   ayirish   bilan
bolalarni   tanishtirishga   bag`ishlanadi.   Bunda   hisoblashlar   ismli   sonlarni   bir   xil
birlikka almashtirmay turib bajariladi:
    12 soat     45   minut                             48   minut    56 sekund
+  10   soat     35   minut                           - 16   minut    32 sekund  
    22  soat    80 minut                              32 minut    24 sekund 
    23 soat     20 minut   ADABIYOTLAR:ADABIYOTLAR:
1.1.
  
Jumayeva   M.E,   Tadjiyeva   Z.G`.   “Boshlang`ich   sinflarda   matematika   o`qitishJumayeva   M.E,   Tadjiyeva   Z.G`.   “Boshlang`ich   sinflarda   matematika   o`qitish
metodikasi”.  (O O`Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiya” 2005.metodikasi”.  (O O`Y uchun darslik.) Toshkent. “Fan va texnologiya” 2005.
  2.   Jumayev   M.E,     Boshlang`ich   sinflarda       o`qitish   metodikasidan   praktikum.     (O   O`Y  2.   Jumayev   M.E,     Boshlang`ich   sinflarda       o`qitish   metodikasidan   praktikum.     (O   O`Y
uchun uchun 
o`quv qo`llanmao`quv qo`llanma
 ) Toshkent. “O`qituvchi” 2004 .  ) Toshkent. “O`qituvchi” 2004 . 
3. Jumayev  M.E,   Boshlang`ich   sinflarda  matematika  o`qitish  metodikasidan   laboratoriya3. Jumayev  M.E,   Boshlang`ich   sinflarda  matematika  o`qitish  metodikasidan   laboratoriya
mashg`ulotlari.  (O O`Y uchun mashg`ulotlari.  (O O`Y uchun 
o`quv qo`llanmao`quv qo`llanma
) Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2006.) Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2006.
Qo`shimcha adabiyotlarQo`shimcha adabiyotlar
        1.         1. 
Karimov .I.A.  “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.  Toshkent: Ma’naviyat, 2008 yilKarimov .I.A.  “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.  Toshkent: Ma’naviyat, 2008 yil
2.   Mirziyoyev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil   qatiy   tartib-intizom   va   shaxsiy   javobgarlik-har   bir   rahbar2.   Mirziyoyev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil   qatiy   tartib-intizom   va   shaxsiy   javobgarlik-har   bir   rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak Toshkent, “O’zbekiston” 2017 yil faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak Toshkent, “O’zbekiston” 2017 yil 
3.3.
Axmedov   M.   N.   Abduraxmonova   va   boshqalar.   «Matematika   1-darslik».   Toshkent:Axmedov   M.   N.   Abduraxmonova   va   boshqalar.   «Matematika   1-darslik».   Toshkent:
«turon - iqbol»-2019 yil.«turon - iqbol»-2019 yil.
4.4.
4.   Bikboyyeva   N.U.   va   boshqalar.   «Boshlang`ich   sinflarda   matematika   o`qitish4.   Bikboyyeva   N.U.   va   boshqalar.   «Boshlang`ich   sinflarda   matematika   o`qitish
metodikasi». O`quv qo`llanma. Toshknt: «O`qituvchi» - 1996 yil.metodikasi». O`quv qo`llanma. Toshknt: «O`qituvchi» - 1996 yil.
5.5.
5.   Abduraxnonova   N.U.   va   boshqalar.   «Matematika   2-darslik».   Toshkent:   «5.   Abduraxnonova   N.U.   va   boshqalar.   «Matematika   2-darslik».   Toshkent:   «
  
Yangiyo‘lYangiyo‘l
Poligraf ServisPoligraf Servis
» - 2018yil.» - 2018yil.
6.6.
6. S. Burxonova va boshqalar. «Matematika 3-darslik». Toshkent: «Sharq» - 2019 yil.6. S. Burxonova va boshqalar. «Matematika 3-darslik». Toshkent: «Sharq» - 2019 yil.
7.7.
7.   Bikboyyeva   N.U.   va   boshqalar.   «Matematika   4-darslik».   Toshkent:   «O`qituvchi»   -7.   Bikboyyeva   N.U.   va   boshqalar.   «Matematika   4-darslik».   Toshkent:   «O`qituvchi»   -
2020 yil.2020 yil.
8.8.
Gardner, H. "Testing for Aptitude, Not for Speed." Gardner, H. "Testing for Aptitude, Not for Speed." 
New York TimesNew York Times
  
18 July 2002.18 July 2002.
9.9.
Gathercoal, F. Gathercoal, F. 
judicious Discipline.judicious Discipline.
  
San Francisco, CA: Caddo Gap Press, 1997.San Francisco, CA: Caddo Gap Press, 1997.
10.10.
Ginsberg, M. Ginsberg, M. 
Motivation Matters: A Workbook for School Change.Motivation Matters: A Workbook for School Change.
  
San Francisco, San Francisco, 
CA: Jossey Bass, 2004.CA: Jossey Bass, 2004.

Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi . Reja 1 §. Asosiy miqdorlar va ular o ` lchovlarini o ` rgatishning umumiy metodikasi . 2 §. Uzunlik va ularning o ` lchov birliklarini o ` rganish metodikasi . 3 §. Massa va hajm hamda ularning o ` lchov birliklarini o ` rganish metodikasi . 4 §. Vaqt va ularning o`lchovlarini o`rganish metodikasi.

1 §. Asosiy miqdorlar va ular o`lchovlarini o`rgatishning umumiy metodikasi. Miqdor yoki kattalik tushunchasi matematikada asosiy tushunchalardan biridir. Boshlang`ich sinflarda uzunlik, massa va hajm , vaqt , figuraning yuzi kabi miqdorlar o`rganiladi. Boshlang`ich sinflarda bu miqdorlar asosiy miqdorlar deb ataladi. Bundan tashqari ba'zi hosilaviy miqdorlar, masalan tyekis harakat tezligi bilan ham tanishadilar. Boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o`rganish arifmetik material bilan uzviy bog`liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan «O`lchashni o`rgatish, sanashni o`rganish bilan bog`lanadi; yangi o`lchov birliklari tegishli sanoq birliklari o`rganilgandan so`ng kiritiladi; ismli sonlarning hosil qilinishi, yozilishi va o`qilishi mavhum sonlarni nomerlash bilan bir vaqtda o`rganiladi; arifmetik amallar mavhum sonlar ustida va ismli sonlar ustida bajariladi». Miqdorlar haqida va ularni o`lchash haqida yuqorida ko`rsatib o`tilgan tasavvurlarni tarkib toptirish matematikaning hayot bilan bog`liqligini ta'limning polityexnik yo`nalganligini mustahkamlashga imkon beradi. O`quvchilarda puxta o`lchash va grafik ko`nikmalarni shakllantirish polityexnik ta'lim sharoitida matematika o`qitishda ham, myehnat ta'limi va bir qator matematikaga qo`shni fanlarni o`rganishda ham alohida kasb egallaydi. Turli hisoblashlar va yasashlarni bajarishda aniqlik va batartiblikka amal qilish o`quv ahamiyatidan tashqari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Batartib bajarilgan o`lchash va grafik ishlar bolalarning estyetik tarbiyalash imkonini beradi, ularning charchashlarini kamaytiradi, e'tiborini orttiradi. Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda asosan amaliy metodlar va labaratoriya ishlaridan foydalaniladi. Bunday ishlarni bajarishda syezgi organlaridan va ayniqsa, qo`lning xarakatlantirish apparatidan foydalanish o`quvchilarning predmetga qiziqishini uyg`otadi, ish kayfiyatini yaratadi, faollikka undaydi. Bu esa pedagogika nuqtai nazardan qimmatlidir. Amaliy ishlar o`tkazishda muammoli vaziyatlar yaratish uchun yaxshi sharoitlar yaratiladi.

Atrof - borliqni o`z « K ashfiyotlari» orqali bilib olish bolalar uchun qiziqarlidir. O`quvchilarni kichik tadqiqotchi o`rniga qo`ya olgan, o`quvchilarning shaxsiy fikrini uyg`ota olgan o`qituvchi keyin ishda samarali natijalarga erisha oladi. Muammoli o`qishning maqsadi ham, mazmuni ham shundan iborat. Miqdorlar haqidagi tasavvurlarni to`g`ri va puxta shakllantirishda ko`rgazmalilikning turli vositalari asl nusxalar, modellar, chizmachilik va o`lchash asboblari, plakatlar, rasmlardan keng foydalanish kerak. 2 §. Uzunlik va uzunlik o`lchov birliklarini o`rganish metodikasi. Dastlab kesma uzunlik tushunchasi haqida tasavvurlar tarkib toptiriladi. Kesma uzunligi tushunchasi narsalarni uzunligi bo`yicha taqqoslash asoasida kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak tasmani yoki qog`oz poloskalar va boshqalarni ustma – ust qo`shish yo`li bilan taqqoslashni (qisqa, uzun) taklif qiladi. Amaliy ishlar taqqoslashlarni so`zlar yordamida ifodalash bilan mustahkamlanadi. «Uzunliklar bo`yicha teng», «Uzunliklar bo`yicha teng emas» so`zlarining mazmunlari « b ir xil», «uzun», «qisqa» kabi so`zlar bilan almashtiriladi. Shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, tasma yoki poloskalar yordamida taqqoslash, ya'ni kesmalardan birini ikkichisining ustiga bevosita qo`yib bo`lmaydigan holatlar o`rgatiladi. Shu maqsadda o`quvchilar qog`oz poloska chyetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar, so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini taqqoslashni ko`pincha shunday usul bilan amalga oshiriladi. Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning amaliy tajribasi to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkre ti hayotiy misollar asosida masalan, ma'lum uzunlikda tasma sotib olish kerak bo`lganda va shunga o`xshash xolatlarda kesmalarni taqqoslash uchun uzunlik o`lchov birligidan foydalanish zaruriyatiga o`quvchilar fikrini olib keladi. Bu yerda amaliy ishni

quyidagicha o`tkazish foydali: har bir o`quvchiga sanoq cho`pi uzunligini o`lchashni taklif qilinadi. Bunining uchun oldin o`lchov (birlik kesma) - qog`oz poloskani (tasma…) tanlab olish kerak. Har qaysi o`quvchi o`zida bor poloskalaridan o`z o`lchovini tanlaydi. Natijada har xil sonlar hosil bo`ladi, chunki o`quvchilar bir miqdor qiymatini topish uchun turli xil o`lchov tanlab oldilar. Bunday amaliy ishlar natijasida bolalarda o`lchash jarayoni haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo`ladi, hamda ularni uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Shu sababli, kesmalarni taqqoslash uchun a niq o`lchov yordamida o`lchashlardan foydalaniladi. O`lchashlar oldin uncha katta bo`lmagan narsalar masalan, qalam, ruchka, cho`plar va boshqalarning uzunliklarini topishni o`rganib olamiz. Buning uchun aniq, umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi Santimetrdan foydalaniladi. O`quvchilar Santimetr haqida ayoniy tasavvurlarni olish uchun o`qituvchi rahbarligida Santimetr modellarini tayyorlashlari lozim. Buning uchun katakli qog`oz varag`idan bir nechta 1 smli poloskalar qirqib olinadi. Poloskalarni ustma – ust qo`yib ularning o`zaro teng ekanligi aniqla nadi. Qirqilgan poloskalarning har biri Santimetr modeli hisoblanadi. Santimetr modeli yordamida o`quvchilar: 1) berilgan kesm alarni o`lchash . 2) berilgan uzunlikdagi kesmani yasash va chizish malakasini egallb olishadi. O`lchash va yasashning ikkita usuli ajratiladi. 1- usul – ustiga qo`yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o`lchanayotgan yoki ajratib olinayotgan kesma Santimetr modellari bilan qoplanadi va ularning soni sanab chiladi, necha model bo`lsa shuncha sm bo`ladi deb tushuntiriladi. Bunday amaliy ish bolalarning har bir Santimetrni «payqashiga», «sezishiga» yordam beradi. Bu metodni kiritishdan oldin o`quvchilarga quyidagicha ko`rinishdagi mashqlarni bajarish kerak:

- sm modellarini ketma – ket qo`ying. Qanday uzunlikdagi poloska hosil bo`ldi? 2-usul - qo`yib borish usuli. O`qituvchi o`quvchilarga berilgan kesmani o`lchashni o`rgatishda, ularning har biri sm modeli oxirini o`lchanayotgan kesmaga qalam bilan modelning ikkinchi uchini belgilashlarini; hosil bo`lgan nuqtaga model oxirini yana bir marta qo`yishlarini va kesmaga yana bitta belgi qo`yishlarini kuzatib boradi. Ikkinchi belgi 2 sm ajratib sanalganini bildiradi. Shunga o`xshash ish qo`yilayotgan belgilardan oxirgisi o`rganayotgan kesmaning keyingi uchi bilan ustma – ust tushganicha davom etilavyeradi. Natijada o`quvchi kesmaga qo`yilgan sm lar sonini sanab, Santimetrlarning butun sonini topadi. Agar belgilar oxirgisi ustma – ust tushmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 6 sm – ga, 6 sm dan biroz ortiq, kam. Berilgan uzunlikdagi kesmani Santimetr modeli yordamida yasashda ish bunday amalga oshiriladi: - o`quvchi oldin to`g`ri chiziq chizadi; to`g`ri chiziqda nuqta (kesma uchlaridan biri belgilansin); shu nuqadan boshlab biror yo`nalishda Santimetrlarni keragicha sonda qo`yib chiqsin (har gal belgi qo`yiladi); kesmaning ikkinchi uchi belgilanadi. Shuni e'tiborga olish kerakki, berilgan kesmani o`lchashda ko`pincha ozmi – ko`pmi syezilarli qoldiqlar chiqishi mumkin. Natijada bajarilayotgan ish mohiyatini tushunish qiyinlashadi. Shu sababli kesmani o`lchashni ko`rsatilgan ikkala usul bilan bajarish maqsadga muvofiq. Kesmallarni o`lchashning puxta ko`nikmalarini shakllantirish m a qsadida o`quvchilarni faqat qog`ozda chizilgan kesmalarni o`lchash bo`yicha m ashq qilib qolmasdan, balki bu maqsadga uncha katta bo`lmagan boshqa narsalarni qalamdon, daftar kabilarni ham o`lchashga o`rgatish foydali. Ko`pburchak tomonlari ham o`lchash ob'yekti bo`lishi muhimdir. Shundan keyin, o`lchash va yasashda chizg`ich dan foydalanishga o`tish tasiya etiladi chizg`ichni o`quvchilar o`zlari qog`ozdan yasashlari mumkin. Bunday chizg`ich yasash uchun o`qituvchi katak daftarning bir necha varag`ini