”O’nlik” mavzusida sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi
”O’nlik” mavzusida sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi Reja 1.«O`nlik» ichida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi . 2. Arifmetik amallarni o`rganish metodikasining umumiy masalalari. 3. “O`nlik” ichida arifmetik amallarni o`rganish.
10 ichida nomerlash va oraliq arifmetik amallar ba'zi bir o`ziga xos tomonlariga ega. 10 - o`nlik sanoq sistemasining asosi, shu sababli 1-10 sonlari oddiy birikmalarni sanash natijasidir. Shu munosabat bilan 1-10 sonlarining har birini belgilash uchun og`zaki ifodalashda alohida so`z, yozuvda esa maxsus belgi ishlatiladi. 10 ichida qo`shish va ayrish sanash bilan uzviy bog`langan. Hisoblashlarda har gal sanashga hojat bo`lmasligi uchun, amallarning natijalarini yod olish kerak. Uncha katta bo`lmagan sonlar o`quvchilarda matematik tushunchalarni o`zlashtirish uchun yaxshi sharoitlar yaratadi. Bolalar bog`chalari va tayyorlov sinflarida sonlarni va arifmetik amallarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan bir qator masalalarni qaraladi: - 10 ichida sanash ko`nikmalarini o`zlashtirish; - tartib va sanoq sonlar birliklari tarkibi; - sonning ikkita kichik sondan iborat tarkibi; - qo`shni sonlar orasidagi munosabatlar; - to`g`ri va teskari sanoq;… 10 ichida sanash sanashni egallash asosi chunki boshqa xona birliklari ham xuddi oddiy birlar kabi sanaladi. Birinchi o`nlik sonlarning nomlari va belgilanishi boshqa istalgan ko`p xonali sonni o`qish va belgilash uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Shu sababli o`qituvchining birinchi navbatdagi vazifasi 1-sinfga kelgan bolalarning matematik tayyorgarligi darajalarini aniqlashdan iborat. Bunday tekshirishni bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida, yoki dastlabki mashg`ulotlar davomida amalga oshirish mumkin. Bilimlarni tekshirishda atmosfyera samimiy bo`lishi kerak. Bolalarning bilimlarini va malakalarini aniqlash uchun quyidagicha ish olib borish lozim. 1. Sen sanay olasanmi? Sanachi. 2. Bu doirachalarni sana. Doirachalar qancha (7-9ta). 3. Stolda nechta qalam bo`lsa, chap qo`lingga shuncha qalam ol. (4-7 dona).
4. Qaysi doirachalar ko`p: qizillarmi yoki ko`klarmi (6 ta qizil, 7 ta kichik ko`k doiracha). 5. Rasmga qara («Sholg`om» ertagi) va kuchukcha oldida mushukdan keyin, nyevara bilan mushuk orasida nimalar (kimlar) turibdi? Tekshirishning borishida bolalar geometrik figuralarni taniy olishlari va farq qila olishlarini, sodda misol va masalalarni yecha olishlarini aniqlash maqsadga muvofiq. Natijalarni jadval ko`rinishida bunday rasmiylashtirish mumkin. № Vaqti F.I.Sh… gacha sanaydi Predm etrar Q ancha bo’lsa Qaysinisi ko’p (kam) Fazoviy munosabatlar Cham alab sanash Q ayta sanash Taqqoslas h m os Chapdan Y uqorida Pastda 1 25 / VIII Axmedova M 9 + + - + + + + - 2 25 / VIII Botirova I 15 - + - + - + + + Birinchi o`nlik sonlarni o`rganishda tayyorgarlik davri va raqamlari haqida sonlar bilan tanishtirish davri ajratiladi. Tayyorgarlik davri ning asosiy vazifasi o`nlik ichida nomerlashda zarur bo`ladigan bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni aniqlash, ularni to`ldirish va sistemalashtirishdan iborat. Tayyorgarlik davri mashqlari quyidagicha ko`rinishda bo`lishi mumkin. 1 . Predmetlar , tovush va harakatlarni sanash . Birinchi mashqlar sinfda mavjud bo ` lgan predmetlar , eshik , deraza , parta , stol , stul , bir hatordagi bolalar … kabilarni sanash doir bo ` ladi . Shundan keyin qo ` lga olib , k urib sanash uchun mayda predmetlardan foydalanish zarur . Har bir o ` quvchida 20 tadan sanoq cho ` pi bo ` lsa , sanashni tashkil qilish oson bo ` ladi .
Bundan tashqari sanash uchun predmet rasmlardan , darslik boshidagi sahifalarda berilgan rasmlardan foydalanish foydali . Shu bilan birga bolalarni tovushlarni sanash bo ` yicha va harakatlarni ( qadam ) sanash bo ` yicha ham mashq qildirish kerak . Sanash jarayonida bolalarni « qancha » so ` zi bilan savollar ho ` yishga mashq qildirish muhimdir , bunda sanoqda oxirgi aytilgan son sanalayotgan predmetlar « qancha » deb qo ` yilgan savolga javob bo ` lishini tushuntirish kerak . Shuningdek , predmetlarni o ` ngdan chapga yoki chapdan o ` ngga , pastdan yuhoriga , yuhoridan pastga qarab sanaganda sanoq natijasi o ` zgarmasligi , asosan ulardan birortasini ikki marta qoldirmasdan sanamaslik va qoldirmasdan sanash kerakligini o ` rgatish lozim . Predmetlarni sanashga bag ` ishlangan darslarda ikkitalab , uchtalab , beshtalab … sanashga ham o ` rgatish kerak . 2. Ikkita to ` plamni ularni hosil qilingan elementlarining soni bo ` yicha taqqoslash va tenglashtirish . Mashqlar bajarishda katta , ortiq , ko ` p , kichik , kam , oz , shunga , teng munosabatlarining ma ' nosi bo ` lishi kerak . Bunda narsalar guruhlarini taqqoslashga doir amaliy mashqlarga ko ` proq e ' tibor berish kerak . M: a) Stol ustiga bir nechta doiracha qo`ying. Doirachalarni sanamasdan turib, shuncha kvadrat qo`ying. Buni qanday bajarish mumkin? b) Paketda yong`oqlar va konfyetlar bor. Undagi yong`oq yoki konfyetlar ko`pligini qanday bilish mumkin? Predmetlarning rasmda tasvirlangan ikki to`plamini taqqoslashda juftlar hosil bo`lishi imkoniyatini ko`rsatish yaxshi natija beradi. Bunda ustiga qo`yib juftlar hosil qilib bo`lmaydi. Shuning uchun taqqoslanayotgan to`plamlarning elementlari orasida ularni bog`lovchi chiziqlardan foydalanib, moslik o`rnatish usulini o`rgatish foydali. Savol: 1) Sanoqdan goydalanmasdan, 1 yoki 2 rasmda predmetlar ko’pligini qanday bilsa bo’ladi?
2) Qaysi rasmda uchburchaklar ko’p? Predmetlarning ikki to`plamini taqqoslash malakasini hosil qilishda o`quvchilarni to`plamlarning biridan predmetlar ikkinchisiga qaraganda qancha ortiq yoki kam ekanini aniqlashga va shu asosida ikki to`plamdagi predmetlar sonini tenglab (kamini qo`shish yoki ortiqchasini olish bilan) masalani ikki usul bilan yechishga o`rgatish kerak. -Qaysi geometrik figuralar ko`p va qancha ko`p? -Figuralar teng bo`lishi uchun nima qilish kerak? Bunday mashqlar qo`shish va ayrish amallari mazmunini yechishga tayyorgarlik bo`lib xizmat qiladi, tenglik, tengsizlik, sonlarni taqqoslash tushunchalarini tarkib toptirish imkonini beradi, o`quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantiradi. 3. Tartib munosabatlari va sonlarning tartib qiymatlari. O`nlik ichida sonlarni o`rganishda «oldida», «keyin», «orasida» kabi tartib munosabatlarini h am o`rganish zarur. M: sinfda bolalarni saf qilib: Sodiqdan oldin, keyin kim turibdi? Sodiq bilan Lola orasida kim turibdi? kabi mashqlar bajariladi. Sonlarning tartib qiymatlarini qarashda, uning predmetlarni nomerlashda, ya'ni shu predmet qaralayotgan predmetlar qatorida tartib bo`yicha nechanchi o`rinni egalab turganini aniqlashga asosiy e'tibor qaratiladi. M: qizil doira sanoq bo`yicha nechanchi? yoki predmetlar bir, ikki, uch…deb nomerlashni taklif qilish mumkin. 4.Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash. Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash maqsadida ikki to`plamni birlashtirish va qismini ajratishga doir mashqlar bajarish kerak. M: 1) Partaga 3 ta uchburchak va 2 ta kvadrat qo`ying. Ularni yaqinlashtiring, hammasi qancha bo`lganini aniqlang.