”Minglik” mavzusida sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi
”Minglik” mavzusida sonlarni nomerlashga o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi REJA 1-§. «Minglik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi. 2-§. 1000 ichida sonlarni og`zaki nomerlash bosqichlari. 3-§. 1000 ichida sonlarni yozma nomerlash.
«Yuzlik», III xona birligi, 3 xonali sonlarni qo`shish va yozish, raqamlarning o`rin qiymati printsipi, 3 xonali sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish, taqqoslash, 3 xonali sonni yuzlik, o`nlik, birliklar yig`inidsi ko`rinishida yozish. mm, km, kun, oy, yil, sekund, asr, vaqt, diametr, dm kub, m kub, narx, ularni boshqa birlikda ifodalash, geometrik shakllarni o`lchash, qismlarga bo`lish, taqqoslash. 1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rgatishda o`qituvchining vazifasi o`quvchilarni quyidagilarga o`rgatishdan iborat: a) narsalarni bittalab, o`ntalab, yuztalab gruppalarga birlashtirib sanash; b) 1000 ichida sonlarni o`qish va yozish, hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish; v) sonlarni yuzlik, o`nlik va birliklardan hosil qila olish; g) o`ngdan chapga hisoblanganda birlik, o`nlik va yuzliklar qaysi o`ringa yozilishini aniqlash; d) sonni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish; 1000 ichida sonlarni og`zaki nomerlashni 5 bosqichga bo`lishi mumkin. I. Tayyorgarlik bosqich . Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida nomerlashga doir materialdan 1000 ichida sonlarni nomerlashga yordam beradigan qismini takrorlashdan iborat: 1) Sonlarni tartib bilan sanang; 15…, 26…, 67…; 2) Sanashni davom ettiring; 86, 87…, 60, 70…; 3) 7 o`nlik va 2 birlikdan iborat sonni ayting, undan oldingi va keyingi sonni ayting. Bu sonni yozish uchun nechta raqam kerak bo`ladi? 72 sonini qanday xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan tasvirlash mumkin? 4) 69 soni qanday qo`shni sonlar orasida turadi? 5) 10 sonidan boshlab, bittalab, (5,10) qo`shib sanang. 6) 100 da nechta o`nlik bor? O`nlik yuzlikdan nechta marta kam? 7) Birinchi xonaning 3 birligi va ikkinchi xonaning 5 birligidan iborat sonni ayting.
8) 50, 100 sonlarining yozilishida nechta raqam qatnashadi? II. Bu bosqichda o`quvchilarni yangi sanoq birligi – «minglik» bilan tanishtirish kerak. Buni ko`rsatma qo`llanmalar, jumladan cho`plar, cho`plar dastalaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Yangi sanoq birligi « minglik» bilan tanishtirish quyidagicha bajariladi: O`quvchi 1 dan 10 gacha alohida cho`plarni sanaydi va 10 ta cho`pni rezina bilan bir bog` - o`nlik qilib bog`lanadi. So`ngra o`qituvchi oldindan tayyorlab quyilgan 9 bog` «o`nlik» cho`plarni oladi. Boshqa o`quvchiga 10 talab sanashni buyuradi. (1 o`nlik, 2…,). Bu dastalarda qancha birlik borligini aniqlaydi. (10, 20). Minglik sonlari ham og’zakizma nomerlanadi. Ma’lumki, o’quvchilar bir o’nlikda 10 ta birlik borligini, 100 likda esa 10 ta o’nlik borligini biladilar. Lekin o’quvchilarga murakkab sanoq birligi sifatida yuzlikning ahamiyati ochiq anglashilgani yo’q. Yuzlikning bu ahamiyati 1000 ichida yaxlit yuzliklar bilan sanashda ochiq aniqlanadi. Lekin minglikni yaxlit yuzliklarni sanash bilan boshlash to’g’ri emas. Chunki yaxlit sonlarni yani yuzliklarni sanash yaxlit o’nliklarga o’xshash bo’lsada o’quvchilarga tushunarli bo’lmaydi. Mana shuning uchun oldin o’quvchilarga minggacha bittadan sanashni o’rgatish, so’ngra yaxlit yuzliklar bilan sanashga o’tish kerak. Og’zaki nomerlashni o’rganish quyidagicha olib boriladi: 1. 1000 gacha sanash va yaxlit yuzliklarning hosil bo’lishi. O’quvchilar lentada 1000 gacha sanaydilar. Birinchi yuzlikni bittadan sanab chiqishning keragi yo’q. O’quvchilar lentada yuzni ko’rsatib, ikkinchi yuzlik ichida uch xonali sonlarning tuzilish prinsiplarini tushunib olgunlaricha bittadan sanashni aytmasdan faqat yuzliklar bilan 1000 gacha sanashni bir necha marta taklif qilish mumkin. Bunvchilar yaxlit yuzliklarni maydalaydilar. Teskarisinga birliklardan yaxlit yuzliklarni tuzadilar. Uch xonali sonlarning o’nlik tarkiblarini o’rganish uchun qiyidagi ikki gruppa mashqlardan foydalaniladi:
a) Uch xonali sonning yuzliklar, o’nliklar va birliklardan tuzilishini ko’rsatuvchi mashqlar; b) Uch xonali sonning yuzliklar, o’nliklar va birliklarga ajralishini ko’rsatuvchi mashqlar. Birinchi gruppa mashqlarda yuzlikni o’nliklar va birliklarga maydalash bilan bog’liq mashqlar, ikkinchi gruppa esa birliklar va o’nliklarni yuzliklarga aylantirish bilan bog’liq mashqlar. O’qituvchi o’quvchilardan biriga “minglik lenta” da 2 yuzlik va 6 o’nlikni ko’rsatishni so’raydi. Quyidagi yo’naltiruvchi savollarga javob berishadi: Masalan: 2 ta yuzlik nima deb aytiladi? (ikki yuz) 6 ta o’nlikni nima deb aytiladi? (oltmish) Shu sonlarning hammasini qanday aytiladi?(ikki yuz oltmish) So’ngra quyidagi sonlarnitaqqoslash maqsadga muvofiq. Masalan: uch yuz besh bilan uch yuz ellikni, uch yuz besh bilan besh yuz uchni, uch yuz ellik bilan besh yuz o’ttizni, besh yuz o’ttiz bilan besh yuz uchni va hokazo. Shundan keyin 10 bog` o`nliklar rezina bilan bir bog` yuzlik qilib bog`lanadi. O`qituvchi oldindan tayyorlangan 100 lik bog`lamlardan 100 talab sanashni o`zlashtirishda foydalaniladi. O`quvchilar e'tiborini sonlar (100,200…) qanday hosil bo`lishiga qaratib, o`quvchilarga 5 yuzlikni, 7 yuzlikni qanday atash mumkinligini mashq qiladilar. Bundan tashqari, 1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda «kvadrat va poloskalar» dan ham foydalanish mumkin. Qo`llanmani o`quvchilar o`zlari tayyorlashlari mumkin. Bunda birliklar kvadratlar bilan belgilanadi, o`nliklar har qaysisida 10 tadan kvadrat bo`lgan poloskalar bilan belgilanadi, yuzliklar esa
har birida 10 tadan poloskalar bo`lgan kvadratlar bilan belgilanadi: III. Bu bosqichda 100 dan 1000 gacha bo`lgan sonlar bilan tanishtiriladi. O`quvchilar 0 lar bilan tugaydigan (100, 200,…900) uch xonali sonlar bilan oldindan tanish bo`lganligi uchun har ikki qo`shni sonlar orasidagi bo`shliqni to`ldirish kerak. Shu maqsadda eng oldin qatorda navbatdagi har bir son qanday hosil bo`lishini, bir necha mashq bajarish yo`li bilan takrorlash kerak. a) Yuzlikda nechta birlik bor? 4 yuzda-chi? b) 100 da nechta o`nlik bor? 400 dachi? v) 1000 da nechta yuzlik bor? 5000 dachi g) 200 so`mda necha tiyin bor? 300 so`mdachi? d) 200 sm necha metrni tashkil qiladi? 600 sm chi? Shundan keyin bolalarga qatorg a 100 sondan keyin keladigan sonlarning hosil bo`lishini (101, …) ko`rsatish kerak, hamda bir sondan ikkinchi songa o`tishning qiyin hollari… 198, 199, 200, 201… hollarini oydinlashtirib olish kerak. Ko`rsatma qo`llanma sifatida “ming lentasi” va ruletkadan ham foydalanish mumkin. IV. Bosqichda uch xonali sonlar o`nli tarkiblarini, ya'ni ularning yuzliklaridan, o`nlik va birliklardan hosil bo`lishini qarash kerak. Ko`rsatma qo`llanma sifatida «cho`p va cho`plar dastasi», «kvadratlar va poloskalar» dan foydalanish mumkin. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga 3 ta kichkina kvadrat (birlik) 2 ta poloska (o`nlik), 5 ta katta kvadrat olishni buyuradi va hosil bo`lgan sonni aytishni so`raydi. (523) yoki teskari mashqlar bajariladi: 231 aytiladi, o`quvchilar tegishli poloska va kvadratlarni qo`yishadi. Bu mashqlarni bajarish natijasida o`quvchilar quyidagicha savollarga javob berishni o`rganib olishlari kerak: 1) Quyidagilardan iborat sonni ayting. 4 yuzlik 5 o`nlik 2 birlik. 2) 452 sonida nechta yuzlik, o`nlik va bi rlik bor?