logo

”Yuzlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

101.05078125 KB
”Yuzlik”  mavzusida sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi va ular ustida
amallar bajarish metodikasi
Reja 
1)”Yuzlik”  mavzusida sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi
2)  « Yuzlik»  ichida arifmetik amallarni o`rganish
3)100 ichida ko`paytirish va bo`lish. O`nlik», xona, xona birligi, 2 xonali  sonlarni o`qi shva  yozish qoidalari, son
Bilan   raqam   farqi,   sonlarni   biriktirish   orqali   qo`shish   va   ayirish   usullari,
distyemetr, metr, soat, minut, 20 tiyin, 90 tiyin, 1 so`m maydalash va hosil qilish,
taqqoslash,     x,:   belgilari,   og`zaki   va   yozma   nomerlash,   abak,   geometrik   shakllari
chizish, yasash.
100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda o`qituvchining vazifasi:
-o`quvchilarga predmetlarni bittalab va guruhlab sanashga o`rgatish;
-100 ichida sonlarni o`qish va yozishga o`rgatish;
-o`ngdan chapga hisoblaganda birliklar va o`nliklar qaysi o`ringa yozilishini
o`rgatish;
-u    yoki bu xona birliklari yo`qligini qanday belgilashni ko`rsatish;
-birinchi   va   ikkinchi   xona   birliklari,   xona   soni,   xona   qo`shimchalarining
yig`indisi, bir xonali sonlar, ikki xonali sonlar kabi yangi tushuncha va terminlarni
o`quvchilar o`zlashtirib olishlariga erishish kerak.
Nom   erlashni o`rganishda ikki bosqich ajratiladi: 
11-20 va 21-100 sonlarni nomerlash.
20 gacha bo`lgan va 21-100 gacha ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga
printsipial   o`xshash:   bu   sonlarni   og`zaki   va  yozma   nomerlash   sanoqda   birliklarni
o`ntalab   guruhlashga   va   sonlarni   yozishda   raqamlarning   o`rin   qiymatlari
printsipiga   asoslanadi.   Shu   sababli   ikkinchi   o`nlik   sonlarining   o`nli   tarkibini
o`zlashtirish   va   bu   sonlarni   yoza   olish   ishi   100   ichida   sonlarni   o`rganishga
tayyorgarlik bosqichi bo`lib xizmat qiladi. 
11-20   va   21-100   sonlar   bilan   tanishtirish   quyidagicha   reja   asosida     amalga
oshiriladi; 
-tayyorgarlik ishi
-og`zaki nomerlash
-yozma nomerlashni o`rganiladi.
11-20   sonlarni   nomerlashni   o`rganishdagi   tayyorgarlik   ishi   «O`nlik»
mavzusini   takrorlashda   o`tkaziladi.   Shu   maqsadda   narsalarni   10   dan   oshirib
sanashga   doir   mashqlar   (11,12…..)     shuningdek   narsalarni   guruhlab   sanash (juftlab)   kiritiladi.   Bunday   mashqlar   o`quvchilarni   birinchi   o`nlik   sonlaridan
tashqari   ham   sonlar   mavjud   ekanligiga,   ularni   ko`pligiga,   ularni   belgilash,   atash,
hosil   bo`lish,   qatorida   kelish   tarkibida   bolalarga   tanish   bo`lgan   sonlar   orasida
ma'lum o`xshashlik borligiga ishontiradi.
2 o`nlik sonlarni og`zaki  nomerlashni o`rganishni  10 haqidagi tushunchani
shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho`plardan 10 tadan  qilib bog`lab, 10 ta bir
bitta   unlikni   hosil   qilishini     ko`radilar.   So`ngra   ular   o`ntalik   cho`plarni   sanash
mashqlarini,   o`nliklarni   qo`shish   va   ayirishni   bajaradilar   (2o`n+3o`n=5o`n,   7o`n-
3o`n, 4o`n-2o`n). Shunday mashqlar asosida o`quvchilar o`nliklarni oddiy birliklar
kabi sanash, qo`shish va ayirish mumkin ekan, degan xulosa chiqarishadi.  
So`ngra  11-20  sonlarining hosil bo`lishiga doir ishlar bajariladi.
Amaliy ish:    10 ta cho`pni sanang, sizda  qancha cho`p borligini boshqacha
qanday atash mumkin? (1 o`nlik). Cho`plarni bog`lang, ustiga bitta cho`p qo`ying.
Hammasi   qancha   bo`ldi   (11)   11   sonda   nechta   o`nlik   va   nechta   birlik   bor?
Navbatdagi   sonlar   ustida   ishlash   ham   shunga   o`xshash   olib   boriladi,   bunda
o`quvchilar   2-o`nlik   sonlarining   o`nlik   tarkibi   va   sanoqdagi   tartibini
o`zlashtiradilar.
Uzunliklarni o`lchashning yangi birligi -   dm   bilan tanishish, kesmalarni sm
va   dm   bilan   o`lchashga   oid   mashqlar   ikkinchi   o`nlik   sonlarni   nomerlashni
o`zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o`lchov birligi bilan o`lchash o`quvchilarga
sonlarning o`nlik va birliklarda hosil bo`lishini o`zlashtirishga yordam beradi: agar
kesmaning   uzunligi   1   dm   3   sm   bo`lsa,   demak   unga   bir   o`nlik   sm   va   yana   3   sm
sig`adi degan so`zdir.
Og`zaki nomerlashni o`rganishda, so`ngra yozma nomerlashda sonlarni xona
qo`shiluvchilariga   ajratishga   keltiriladigan   qo`shish   va   ayirish   hollari   qaraladi.
(10+7,    18-10, 15-5). 10 dan katta sonlarni   yozma nomerlash   sanoqda birliklarni
o`nlik   guruhlashga   va   raqamlarning   o`rin   qiymatlari   printsipini     qo`llanishga
asoslangan:   o’ngdan   chapga   qarab   sanalganda   birliklar   birinchi   o`ringa,   o`nliklar
ikkinchi o`ringa  yoziladi. Yozma   nomerlashni   o`rganishda   abak   alohida   ahamiyatlidir:   bir   bo`lak
karton   tik   chiziq   bilan   ikkiga   bo`linadi,   bu   qismlarning   har   birga   ikki   qatordan
cho`ntaklar   yopishtiriladi:   yuqori   qatorda   cho`ntaklari   cho`plar   yoki   boshqalarni
qo`yish uchun, pastki chuntak esa bosma raqamlar yozilgan kartochkalarni qo`yish
uchun   mo`ljallangan.   Yuqoridagi   cho`ntaklarning   o`ngdan   birinchisiga   sanoq
cho`plari,   ikkinchi   o`ringa   esa   cho`plarning   o`ntalik   dastalari   qo`yiladi:   pastki
cho`ntaklarga   esa   raqamlar-o`ngdan   birinchisiga   birliklar,   ikkinchisiga   o`nliklarni
ifodalovchi raqamlar qo`yiladi. 
Sonlarni   yozish   malakasini   mustahkamlash   uchun   individual
qo`llanmalarning           ustiga   «o`nlik»,   «birlik»     lar   yozilgan   xonalar   jadvaldan,
shuningdek  ikki  qator  so`rilma raqamlari  bo`lgan  jadvaldan foydalanish  mumkin.
Bunda og`zaki nomerlash ham takrorlanadi.
11-20   sonlarni   o`rganishda   o`quvchilar   bir   xonali   son,   va   ikki   xonali   son
tyerminlari    bilan tanishtiriladi.  
  Topshiriqlar:
1. Ushbu sonlar qatoridan oldin bir xonali, keyin 2 xonali sonlarni yozig: 2, 13, 8,
17, 15, 6, 11.
2.   4   ta   bir   xonali   sonlarni   yozing   va   har   bir   sonni   10   ta   orttiring,   qanday   sonlar
qosil bo`ladi?
3. 1 va 2 raqamlari yordamida oldin bir, keyin ikki xonali sonlarni yozing.
      21-100 sonlarini nomerlashni o`rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
1. O`nliklar sanog`i, 10,20,30… sonlar hosil bo`lishi va atalishi.
2. Sonlarning o`nliklar va birliklardan hosil bo`lishi. Ikki xonali sonlarning o`nlik
tarkibi, 100 ichida sonlarning natural ketma-ketligi.
3. Ikki xonali sonlarni yozma nomerlash, yozish, o`qish, birinchi va ikkinchi xona
birliklari.
4. Sonlarni nomerlashni bilishga asoslangan qo`shish va ayirish usullari   (73± 1),
shuning   ikki   xonali   sonlarning   o`nli   tarkibini   birganlik   asosidagi   qo`shish   va
ayirish usullari (40+7, 68-8, 39-9…).
5. Ikki xonali sonni xona  sonlarining yig`indisi bilan almashtirish. (73=70+3). Demak,   ko`rinib   turibdiki,   21-100   va   11-   20   ichida   sonlarni   nomerlashni
o`rganish   ko`pgina   o`xshashliklarga   ega   ekan.   Bunda   xona   va   xona   sonlari ni
tarkib toptirsh yanglikdir. (Xona soni - biror xona birliklaridan iborat bo`lib, ular 9
ta   dan   ortmaydi;   100   ichida   esa   bu   sonlar   yo   faqat   birliklardan   yoki   faqat
o`nliklardan   tuzilgan   sonlardan   iborat).   I   xona   birliklari   va   II   xona   birliklari
sonlarning o`nli tarkibini tahlil qilish jarayonida ta'rifsiz, amaliy ravishda kiritiladi.
Masalan:   46   sonda   4   o`nlik   va   6   birlik   bor   deyiladi.   Buni   boshqacha:   46   son   I
xonaning 6 birligi va II xonaning 4 birligidan tashkil topgan deyish  ham  mumkin.
Xona soni tushunchasini  egallab olish uchun o`quvchilar bilan 1, 2, 3…. 9,
10,   20….   90   kabi   xona   sonlari   yozilgan   kartochkalar   yasash   foydali.   Bu
kartochkalar  yordamida istalgan ikki xonali sonni  belgilash mumkin.   Masalan:   7
soni yozilgan kartochkani 10 sondagi birlik ustida qo`yib 17 sonini hosil qilinadi.
Teskari   topshiriqlar   ham   berish   mumkin:   42   va   24   qaysi   xona   sonlaridan   tashkil
topgan?
 (42=40+2, 24=20+4) 
  50+7,   48-40,   37-7   kabi   qo`shish   va   ayirish   hollari   uchun   ham   kartochkalarni
qo`llash mumkin.
Kartochkalar bilan bajariladigan bunday amaliy ishlar har qanday sonni xona
sonlarining   yig`indisi   shaklida   tasvirlashdek   muhim   operatsiyani   o`zlashtirib
olishning   asosi   bo`lib   qoladi     (67=60+7,…).   Shuni   aytib   o`tish   kerakki,   bu
bosqichda   sonlar   ikki   sonning   yig`indisiga   namunaga   qarab   almashtiriladi,   xona
qo`shiluvchilari   tyermini   keyin   kiritiladi.   Bu   bilimlar   qo`shish   va   ayirishni
o`rganishda mustahkamlanadi.
100   ichida   sonlarni   nomerlashni   o`rganish   natijasida   o`quvchilar   quyidagi
bilim, malaka va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak:
1.   100   ichida   sonlarning   nomlarini   o`zlashtirish;   ular   o`nlik   va   birliklardan
qanday hosil bo`lishini tushunish:
2.  Sanoqda sonlarning kelish  tartibini bilish; sonlarni taqqoslay olish:   5       0 7 5 7 3.     100   ichida   sonlarni   yozish   va   o`qiy   olish;     o`ngdan   chapga   sanalganda
birlik va o`n м liklar qaysi o`ringa yozilishini o`zlashtirish.
                 4.   Natural  ketma-ketlikni  bilganlik asosida  sonlarni qo`shish va ayirishni
bilish   (39+1,50-1…),   shuningdek   sonlarning   o`nli   tarkiblarini   bilganlik   asosida
qo`shish   va   ayirishni   bilish     (60+5,   85-5,   54-50   …),   sonlarni   xona
qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan almashtirish malakasini  egallab olish kerak.
« Yuzlik»  ichida arifmetik amallarni o`rganish.
Boshlang`ich   sinflar   uchun   dastur   talablariga   binoan   100   ichida   sonlarni
qo`shish  va ayirishni  o`rganishda o`quvchilar hisoblash usullari bilan bir  qatorda,
nazariy bilimlarning ham ma'lum komplyeksini o`rganishlari kerak. O`quvchilar 1-
sinfda o`rgangan amal xossalari asosida, 100 ichida qo`shish va ayirishning barcha
hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi. Xossalar va tegishli hisoblash usullarini
ochib  berishda  avval  tayyorgarlik  ishini   bajarish  kerak.  Bunda   o`quvchilar  sonlar
yig`indisi   va   sonlar   ayirmasi   ifodalarini   o`zlashtirib,   qo`sh   tengliklar   bilan
tanishadilar,   ifodalarni   qavslar   yordamida   yozishni   o`rganishadi,   shuningdek,   2
xonali   sonlarni   ularning   xona   qo`shiluvchilari   yig`indisiga   almashtirishni   bilib
olishadi. 
10   ichida   qo`shish   va   ayirishni   o`rganishdayoq   hisoblash   usullari   yozma
tushintirish   maqsadida   ikkita   tenglik   ishoralari   bilan   yozishdan   foydalanish
maqsadga   muvofiq.   M:     5+4=5+2+2=9,   8-3=8-2-1=5,   bunday   yozish   keyinchalik
xossalarni   va   hisoblash   usullarni   asoslashning   yozilishini   tushunishga,
tayyorlashga hizmat qiladi.34+4=(30+4)+4=30=(4+4)=38 
Qavs   belgisini   tushuntirishda   bunday   ish   tutiladi:     “5   va   3   sonlarning
yig`indisiga   2   ni   qo`shing”!   sonni   aytilgan   yig`indiga   qo`shish   kerakligini
ko`rsatish uchun yig`indini qavslar ichiga olish kerak: (5+3)+2. 
O`quvchilarni   qavsli   ifodalarni   to`g`ri   o`qish   va   didaktik   ostida   yozishga
o`rgatish kerak: 10-(3+4)-10 sonidan 3 va 4 sonlar yig`indisini ayirish kerak. 
Shu   vaqtda   o`quvchilarni   ikki     xonali   sonlarni   ularning   xona   qo`shiluvchilari
yig`indisi bilan almashtirish o`rgatiladi: 35=30+5…… Bu   materiallarni   o`zlashtirib   olish   hisoblash   usullarini   ochib   berishga   asos
bo`ladigan qoidalarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishga zaruriy sharoit yaratadi. 
Qo`shish va ayirishni o`rganish quyidagi tartibda olib boriladi.
-nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish.
-sonni yig`indiga qo`shish va  shunga mos hisoblash usullari.
-sonni yig`indisidan ayirish, yig`indini songa qo`shish va yig`indini sondan ayirish.
Nol   bilan   tugaydigan   ikki   xonali   sonlarni   qo`shish   va   ayirishni   ochib
berishda,   bir   xonali   sonlarni   qo`shish   va   ayirish   takrorlanib,   u   shunga   o`xshash
bajarilishi ko`rsatiladi.  Masalan:  60+20yig`indini topish uchun 6 ta o`nlikka   2 ta
o`nlikni qo`shish yetarli, 60-20 ayirmani topish uchun 6 ta o`nlikdan 2 ta o`nlikni
ayirish yetarli: 
Ya'ni:    60+20=?         60-20=?
           6 o’n +2 o’n= 8o’n.             6 o’n-2 o’n=4 o’n
                    60+20=80  60-20=40
Xossa (qoida) ni o`rganish quyidagicha o`rganiladi. 
1-bosqichda   Obyektlar   to`plamlari   ustida   amallar   bajarish   «xossa»   ochiladi,
ifodalanadi. 
2-bosqichda   xossani   maxsus     tanlangan   misollarni   har   xil   usullar     va   xususan
qulay usul bilan yechishga tatbiq qilinadi.
3 –bosqichda  arifmetik amallar xossalari asosida chiqariladigan hisoblash usullari
o`rganish Obyekti bo`lib xizmat qiladi.
4-bosqichda   o`rganilgan   xossa   va   hisoblash   usullarini   taqqoslash   natijasida
umumlashtirishning yuqori darajasigi erishiladi.
Endi bu bosqichlarda ishlash metodikasini yoritamiz.
1-bosqichda   sonni   yig`indiga   qo`shish   qoidasini   ochib   berishda   bolalar   ongiga
yig`indiga sonni 3 ta har xil usul bilan qo`shish mumkinligi va ularning hammasida
bir   xil   natija   chiqishini   yetkaziladi.   O`zlashtirish   tushungan   holda   bo`lishi   uchun
Ko`rsatmali vositalardan foydalanish kerak. (myevalar, otkrita…) taxtada  (5+2)+3
yozilgan. Bu ifodaning qiymatini 3 xil usul bilan topish talab qilinadi. Bundan  oldin  o`quvchilar   yig`indini   hisoblab,  natijaga   sonni   qo`shish  usuli
bilan   tanishgan,   lekin   ular   boshqa   usulni   bilmay   qiyinchilikka,   muammoli
vaziyatga  duch  keladilar.  O`qituvchi   bunday  ish  qiladi:  U  bir   stakanga         5  ta  va
yana 2 ta qalam, boshqa stakanga 3 ta qalam qo`yadi.  Shundan keyin qalamlarning
umumiy sonini har xil usullar bilan topishni so`raladi. Muammoni bunday qo`shish
tushunarli   bo`lib,   o`quvchilar   o`qituvchi   boshchiligida   sonni   yig`indiga
qo`shishning mumkin bo`lgan usullarini topadilar:
(5+2)+3=7+3=10            (5+2)+3=(5+3)+2=10                   (5+2)+3 =5+ (3+2)=10
Bunga   o`xshash   bir   qator   mashqlar   bajaridgandan   keyin   umumlashtirish
aniqlanadi:   sonni   yig`indiga   qo`shish   uchun   yig`indini   hisoblash   va   natijamini
songa qo`shish mumkin, sonni birinchi qo`shiluvchiga qo`shish va natijani ikkinchi
qo`shiluvchiga qo`shish va natijani birinchi qo`shiluvchiga qo`shish mumkin.
Bu qoidani o`quvchilardan so`rash kerak emas, ulardan misollar yechilishini
tushuntirib   berishni   so`rash   yetarli.   O`quvchilar   yechish   usullarini
tushuntirayotganlarida   tegishli   terminlarni   ishlata   olishlari   juda   muhimdir:
Masalan:   (5+2)+3=(5+3)+2=10. «3 sonining birinchi qo`shiluvchi 5 ga qo`shamiz
va chiqqan natijani ikkinchi qo`shiluvchi 2 ga qo`shamiz».   Shuni esda tutingki, u
yoki   bu   usulga   biror   nomyer   belgilab   qo`yish   kerak   emas.   Muhimi,   o`quvchilar
natijani har qanday usul bilan tlpa olishsin. 
2-bosqichda   maxsus   mashqlar   bajarish   yo`li   bilan   xossalarni   o`zlashtirishga   oid
ishlar   amalga   oshiriladi.   Mashqlar   o`qituvchi   rahbarligida,   so`ngra   esa   mustaqil
bajariladi.  Misol:   
I.     Misolni o`qing va natijani har xil usul bilan hisoblang    : (4+2)+3
Yechilishi:  1) (4+2)+3=6+3=9 yig`indini hisoblaymiz va unga 3 ni qo`shamiz. 
2) (4+2)+3=(4+3)+2=9 3 ni birinchi qo`shiluvchiga qo`shamiz va natijaga ikkinchi
qo`shiluvchini qo`shamiz. 
3)   (4+2)+3=4+(2+3)=9       3   ni   ikkinchi   qo`shiluvchiga     qo`shamiz   va   natijada
birinchi qo`shiluvchini qo`shamiz.
II. QULAY USUL BILAN HISOLANG : (8 + 6) + 4  (30 + 3) + 5    (40 + 2) + 30 Bunday   mashqlarni   bajarishda   o`quvchilar   natijani   topishning
uchchala   usulini   xayolan   tiklashlari   va   eng   qulayini   tanlab   olishlari   kerak,
hamda tanlagan usulning Nega qulay ekanini asoslab berishlari kerak.
III. Yozuvni tamomlang:
 (40+7)+2=40+(….)     (50+1)+20(50+30)…
IV. Amallarga xossalariga asoslangan masalalarni har xil usullar bilan yechish.
Masala: Zuhrada 5 ta katakli va 3 ta chiziqli daftar bor.   U 2 ta daftarni o`rtog`iga
berdi. Zuhrada nechta daftar qoldi. Bu masala Ko`rsatmalilik asosida  har  xil  usul
bilan yechiladi.
      (5+3)-2=8-2=6     (5+3)-2=(5-2)+3=3+3=6      (5+3)-2=5+(3-2)=5+1=6
O`qituvchi yechimlarni taqqoslashni va necha javoblar bir xil chiqqanini so`raydi.
O`quvchilar Zuhra 2 ta daftarni berdi, ammo u bu 2 ta daftarni       yo katakli yoki
chiziqli holda berishi mumkin deb aytishadi.
Sonni yig`indidan ayirish xossasi tushuntirilayotgan o`quvchilarga har doim
ham natijani uch xil usuli bilan topish mumkin bo`lavyermasligini ko`rsatish kerak
agar ikkala qo`shiluvchi ham ayriluvchi sondan kichik bo`lsa, yechishni bir xil usul
bilan     bajarish   mumkin   bo`ladi;   agar   ikkala   qo`shiluvchilardan   biri   ayriluvchi
sondan   kichik   bo`lsa,   yechishni   ikki   usul   bilan   bajarish   mumkin:   (60+4)-30
(6+4)-7  masalalar orqali ham tushuntirish mumkin.
3-bosqichda  tegishli qoidaga asoslangan hisoblash usullari ustida ish olib boriladi.
Har bir usulni yoki usullar guruhini o`rganish yagona reja asosida tuziladi:   avval
tayyorgarlik   ishi   olib   boriladi;   so`ngra   ko`rsatma-qo`llanmalar   yordamida
hisoblash   usuli   ochib   beriladi;   nihoyat   hisoblash   usullarini   bilganlikni
mustahkamlashga   va   hisoblash   ko`nikmalarini   shakllantirishga   oid     mashqlar
bajariladi.  Sonni  yig`indiga qo`shish  xossalari   o`rganilgandan  keyin 34+2,  34+20
hollarga doir usullar qaraladi. 
Bu kabi misollarni yechishga tayyorgarlik maqsadida ikki xonali sonni  xona
qo`shiluvchilarining   yig`indisi   shaklida   tasvirlash,   shuningdek,   (50+4)+2,
(50+4)+20    misollarni qulay usul bilan yech iladi. Yechish davomida o`quvchilar
birliklarni birliklarga, o`nliklarni o`ngliklarga qo`shish qulay ekanini bildiradi.  Usulni yechib berishga maxsus dars bag`ishlanadi. 46+30 yoziladi.
-46   sonini   xona   qo`shiluvchilari   yig`indisi   bilan   qanday   almashtirish   mumkin?
(40+6)   Demak, 46+30=(40+6)+30
-O`ngdagi ifodani o`qing? 40 va 6 sonlari yig`indisiga 30 ni 
-Bunda sonni yig`indiga qanday qo`shish qulay? 30 ni 40 ga.
-Natijani hisoblang. Yozuv bunday ko`rinishda bo`ladi:
46+30=(40+6)+30=(40+30)+6=76
46+3 holi ham shunga o`xshash qaraladi. 
46+3=(40+6)+3=40+(6+3)=49
Yozuvlarnni taqqoslash va usullar nimalari bilan o`xshash (ikkala holda ham
birinchi   qo`shiluvchini   xona   qo`shiluvchilari   bilan   almashtirildi)   va   nimasi   bilan
farqli   (birinchi   misolda   30   ni   birinchi   qo`shiluvchiga,   ikkinchi   misolda   esa   3   ni
ikkinchi   qo`shiluvchiga   qo`shdik,   chunki   birliklarni   birliklarga,   o`nliklarni
o`nliklarga qo`shish qulay) shundan keyin o`quvchilar 34+20,   34+2 misollarning
to`la  yechilishini tushunib bajaradilar. 
Demak, o`quvchilar   quyidagi xulosaga kelishadi oldin sonni  yig`indi bilan
almashtiramiz, so`ngra eng qo`lay usul bilan yechamiz. Xossaga asoslangan holda
yechimni   tushuntirishni   bunday   olib   borish   malakasini   tarkib   toptirish   juda
muhimdir, chunki keyinroq 100 ichida qo`shish va ayirishning o`rganish ham shu
kabi amalga oshiriladi. Natijada o`quvchilarning mustaqil faoliyatlari ta'minlanadi.
O`quvchilarda   ko`nikma   hosil   qilish   uchun   qisqa   tushuntirish   bilan   tanishtiriladi.
Sonni   yig`indi   bilan   fikringizda   almashtiramiz,   hosil   bo`lgan   misolni   o`qib   sonni
yig`indiga qanday qo`shish qulayligini ayting, natijani ayting.
Misol:  43+30, 40 ga 30 ni  qo`shamiz, 70 chiqadi, 3 ni qo`shamiz 73 hosil bo`ladi.
43+30=73 so`ngra 54+6, 3+45 hollar   uchun hisoblash usullari ochib beriladi. Bu
hollar   oldingisidan   unchalik   farq   qilmaydi,   1-holda   birliklar     yig`indisi   o`nlikni
tashkil   qiladi,   uni   o`nliklarga   qo`shish   kerak.   54+6=(50+4)+6=60   2-holda   o`rin
almashtirish  xossasidan  foydalanish  kerak.    48-30,  48-3  hollari,  30-6  holi. 48-30,
48-3 ni yechish usullari oldingilarga  o`xshash tarzda ochiladi. 30-6   holi   shu   bilan   oldingilardan   farq   qiladiki,   bunda   kamayuvchi   xona
sonidir   va   uni   «qulay   qo`shiluvchilar»   bilan   almashtirish   (20+10)   kerak   ya'ni
30=20+10, 40=30+10, 90=…. 50=….. 30-6 ni ch`plar orqali tushuntiriladi, bunda
har birida           10 tadan cho`p bo`lgan uch bog` cho`pdan foydalaniladi. Bir bog`
cho`p   yechilib,   undan             6   ta   cho`pni   olinadi,   4   ta   cho`p   qoladi.   Bu   cho`plar
qolgan 20 ta cho`pga qo`shiladi.
30-6=(20+10)-6=20+(10-6)=24 
Yig`indini songa qo`shish xossasi o`rganilgandan keyin o`ndan o`tib qo`shishning
jadval   hollari   kiritiladi.   (7+5,   9+8…).   O`quvchilar   qo`shishning   umumiy   usulini,
ya'ni birinchi sonni 10 ga to`ldirish va ikkinchi qo`shiluvchining qolgan birliklarini
qo`shishning   o`rganib,   shunga   mos   ravishda   ikkinchi   qo`shiluvchini   shunday
qo`shiluvchilar   yig`indisi   bilan   almashtirishni   bilishlari   kerakki,   bu
qo`shiluvchilardan biri birinchi sonni 10 ga to`ldirsin.
Buni o`rganish uchun quyidagicha mashqlar zarur.
-sonlarning har birini 10 ga to`ldiring: 5,6, 7, 8, 9 
-7+5   holda   5   ni   ikki   qo`shiluvchiga   ajrating   ularning   biri   7   ni   10   ga   to`ldirsin.
(3+2)
-hisoblashlarni qulay usul bilan bajaring.  
 6+(4+3), 7+(3+1), 9+(6+1),….
-hisoblashni namuna bo`yicha bajaring.
7+5=7+3+2       7+6=7+3+          7+7=7+3+        7+8=7+    +      7+9=7+     +
Jadval natijalari asta-sekin eslab qolinadi. Oldin teng qo`shiluvchilar hollari (6+6,
7+7….),   so`ngra   boshqa   hollar   o`rganiladi,   hamda   o`nlikdan   o`tish   bilan
qo`shishning barcha hollari jadvali tuziladi.
9+2=11            8+3=11                7+4=11             6+5=11
9+3=12            8+4=12                7+5=12             6+6=12
9+4=13            8+5=13                7+6=13  
9+5=14            8+6=14                 7+7=14
9+6=15            8+7=15
9+7=16            8+8=16 9+8=17
9+9=18
Bu jadvalni yaxshi esda saqlash uchun bunday topshiriq bajarilishi foydali.
-jadvaldan javobi 11 chiqadigan, 12….chiqadigan misolarni toping.
-11 soni qanday qo`shiluvchilar yig`indisidan iborat.  Mashqlar davomida  13-9….
hollari uchun ayirish ko`nikmalarini ham mustahkamlash mumkin. 13 bu –9 va  4,
demak, 13-9=4 
14-6   holi   ayriluvchini   qulay   qo`shiluvchilar   yig`indisi   bilan   almashtirishga
asoslanadi.   Buni   Ko`rsatmali   qurolar   yordamida   bajariladi.   6   ni   qulay
qo`shiluvichlar                           4 va 2 ning yig`indisi bilan almashtiriladi, oldin birinchi
qo`shiluvchini, so`ngra chiqqan natijadan ikkinchi qo`shiluvchini ayriladi. Taxtada
bunday yozuv hosil bo`ladi.
14-6=14-(4+2)=(14-4)-2=8
Boshqa usullarni  ham  qarash mumkin.
14-6=(10+4)-6 =(10-6)+4=8                14-6=(8+6)-6=8+(6-6)-8
Shundan   keyin   qo`shish   va   ayirishga   doir   misollar   juftlari   taqqoslash   uchun
kiritiladi: 
1) 25+8, 25-8;           2) 50+12 va 50-12;       3) 63+18va 63-18
1) 25+8=25+(5+3)=(25+5)+3=33
25-8=25-(5+3)=(25-5)-3=17
2) 50+12=50+(10+2)=(50+10)+2=62
50-12=50-(10+2)=(50-10)-2=38
3) 63+18=63+(10+8)=(63+10)+8=81
63-18=63-(10+8)=(63-10)-8=45
Shunday  qilib,  bu  o`rganilgan  qoidalarni   bilish   o`quvchilarga  100  ichida  sonlarni
qo`shish va ayirishni hisoblash usullarini asoslash imkonini beradi.
Demak, hisoblash usullari quyidagi tartibda guruhlanadi .
I.Yig`indini songa qo`shish.
34+20=(30+4)+20=(30+20)+4=54
34+2=(30+4)+2=30+(4+2)=36 54+6=(50+4)+6=50+(4+6)=60
  II.Yig`indidan sonni ayirish.
 48-30=(40+8)-30=(40-30)+8=18
 48-3=(40+8)-3=40+(8-3)=45
 30-6=(20+10)-6=20+(10-6)=24 
III.Songa yig`indini qo`shish.
  9+5=9+(1+4)=(9+1)+4=14
  36+7=36+(4+3)=(36+4)+3=43
  40+16=40+(10+6)=(40+10)+6=56
  45+18=45+(10+8)=(45+10)+8=63
IV.Sondan yig`indini ayirish.
  14-6=14-(4+2)=(14-4)-2=8
  45-12=4 5-(10+2)=(45-10)-2=33
  36-7 =36-(6+1)=(36-6)-1=29
  45-18=45-(10+8)=(45-10)-8=27
  40-16=40-(10+6)=(40-10)-6=24
      4-bosqichda   amallar   xossalarini   umumlashtirish   va   bu   bilimlarni
diffyeryentsiallash   imkonini   beruvchi   maxsus   mashqlar   bajarish   najarda   tutiladi.
Bunday mashqlar xossalar va hisoblash usullarini yaxshi o`zlashtirish bilan birga,
ko`p   xatolarning   ham   oldini   olish   imkonini   beradi.   Masalan   (40+20)-4   va   40-
(20+4),   63-20   va   63-23   O`xshash   misollarni,   taqqoslashni   talab   qilmasdan
aralashtirib berish foydali, natijada o`quvchilar taqqoslashni mustaqil bajarishni va
misolni yechish uchun eng ratsional usulni tanlashni o`rganadilar.
Yig`indiga yig`indini qo`shish va yig`indini yig`indidan ayirish qoidalaridan
foydalanib   ikki   xonali   sonlarni   xonalab   qo`shish   va   ayirish   usullari   kiritiladi.
Bunda misollarning yechimlari tushuntirishlar bilan quyidagicha yoziladi.
36+23=(30+6)+(20+3)=(30+20)+(6+3)=59.
65-21=(60+5)-(20+1)=(60-20)+(5-1)=44.
Navbatdagi   darslarda   bunday   misollar   qisqa   tushuntirishlardan   foydalanib
yechiladi va to`la yozilmaydi.  100 ichida ko`paytirish va bo`lish.
Bu   mavzu   ustida   ishlashda   o`qituvchi   oldida   turgan   asosiy   vazifalar
quyidagilardan iborat: 
-o`quvchilarni   ko`paytirish   va   bo`lish   arifmetik   amali   ma'nosi   bilan   tanishtirish;
ularning   ba'zi   xossalari va ular orasidagi mavjud bog`lanishlar bilan bu, amallar
komponentalari bilan natijalari orasidagi o`zaro bog`lanishlar bilan tanishtirish;
-ko`paytirish   jadvalini   puxta   bilishni   va   undan   bo`linmani   topishda   foydalana
olishni ta'minlash;
-o`quvchilar   jadvaldan   tashqari   ko`paytirish   va   bo`lish   usullari   bilan,   0   va   1   ga
ko`paytirish va bo`lish hollari, qoldiqli bo`lishning jadval hollari bilan tanishtirish.
100 ichida ko`paytirish va bo`lishni 4 bosqichda o`rganiladi.
I.Tayyorgarlik   bosqichi.   II.   Ko`paytirish   va   bo`lishning   jadval   usulini   ongli
o`zlashtirish   uchun   asos   bo`ladigan   nazariy   materiallarni   qarash.     III.
Ko`paytirish   va   bo`lishning   jadval   hollari.   IV.   Ko`paytirsh   va   bo`lishning
jadvaldan  tashqari hollari.
  I.   Bosqich.   Ko`paytirish   va   bo`lishga   tayyorgarlik   nomerlashni,   qo`shish   va
ayirishni o`rganishdan boshlanadi.  
Dasturda   nazarda   tutilgan   tayyorgarlik   ishining   mohiyati   har   xil
topshiriqlarni   Ko`rsatmalilik   asosida   bajarishdan   iborat.   Bu   topshiriqlar   bir   xil
qo`shiluvchilar yig`indisini topish va sonni bir xil qo’shiluvchilar yig’indisi   bilan
almashtirishni   talab   qiluvchi   bo`ladi.   Chunonchi   sanashni   o`rganishdayoq
o`quvchilar   ikkitalab,   uchtalab,   beshtalab   sanashni   mashq   qiladilar.   100   ichida
sonlarni   nomerlashni   o`rganishda   teng   sonli   Chekli   to`plamlar   sonini,   bir   xil
qo`shiluvchilar yig`indisini topish bilan aniqlash malakalarini shakllantiriladi.
Masalan:  -3 marta 2 tadan doira qo`ying. Hisoblang.
2+2+2=6….   har   biri   3,4,   5…ga   teng   qo`shiluvchilar   yig`indisi   ham
shunga o`xshash topiladi.  
10 ichida qo`shish va ayirishning jadvallarini o`rganishda berilgan songa   2
tadan   qo`shib   sanash   mashqlari   bajariladi   (3   tadan,   4   tadan).   Hamda   bir   xil
qo`shiluvchilar   yig`indisini   topish   bilan   bog`liq   bo`lgan   misol   va   masalalar kiritiladi.   Masalan :   1+2+2+2;     2+3+3;   natijada   bolalar   «shuncha   marta   shuncha
olish»   degan   ifoda   mazmunini   tushunib   olishadi.   Bolalarning   e'tibori   har   gal
qo`shiluvchilar   bir   xil   ekaniga   qaratiladi,   qo`shiluvchilar   qancha,   ularning
yig`indisi   nimaga   teng   ekani   aniqlanadi.   Masalalarga   ham   shunday   savollar
qo`yiladi. 
O`quvchilarda sonlarning tarkibi haqidagi bilimlari ortgan sari, ularning bir
xil   qo`shiluvchilar   yig`indisini   topishga   doir   har   xil   topshiriqlarni   bajarish
imkoniyatlari ortib boradi.  Masalan,  -16 ichida 2 tadan 8 marta bor, yoki  4 tadan
4 marta bor, yoki    8 tadan   2 marta bor.
-sonni bir xil qo`shiluvchilar yig`indisi ko`rinishida tasvirlang.
12=      +     +           12=     +                     18=       +   
 15=     +     +                             15=     +                      14=      +
Bo`lish amalini o`rganishga tayyorlash maqsadida amaliy mashqlar bajariladi.
Chunonchi,  8 ta  doiracha  oling,  ularni   2 tadan  qilib qo`yib chiqing.  Necha  marta
2 tadan  doiracha hosil bo`ladi? savolga o`quvchilar sanashdagi bilimlarga tayanib
javob   berishadi.   Keyinchalik   Ko`rsatmalilik   asosida   mazmuniga   ko`ra   bo`lish   va
teng qismlarga bo`lishga doir masalalar yechiladi.
II.   Bosqich .   Bu   bosqichda   bolalar   ongiga   bir   xil   qo`shiluvchilar   yig`indisini
ko`paytirishga doir misollar bilan almashtirish mumkinligini  yetkazish muhimdir.
Ko`paytirish     amalining   konkreti   mazmunini   ochishni   bir   xil   qo`shiluvchilar
yig`indisini topishga doir masala yechishdan boshlash maqsadga muvofiq. Masala
yechishda   foydalaniladigan   Ko`rsatmalilik   bolalarga   har   bir   konkreti   holda   qaysi
qo`shiluvchi takrorlanayotganligini va necha marta takrorlanayotganligini tushinib
olishga yordam beradi.  Masalan sharti  rasmini chizing  va yeching: 
«Har   qaysi   taqsimchada   5   tadan     olma   bor   3   ta   taqsimchada   nechta   olma
bor? o`quvchilar   rasmni   chizib,   yechimini   5+5+5=15     holda   bajarishadi.   Shunga
o`xshash   masalalarni   yechish   bir   xil   qo`shiluvchilar   yig`indisini   topishning   oson
usulini aniqlash zaruratiga:
-yangi   arifmetik   amalning   paydo   bo`lishiga   olib   boradi.   O`qituvchi,-   bir   xil
sonlarni qo`shish ko`paytirish deb ataladi deb aytadi. Bajarilgan yozuvni 5 tadan 3
marta   olish   kerak   15   chiqadi,   bu   ko`paytirish   amali   belgisi   yordamida   bunday
yoziladi: 5x3=15-5 ni  3 ga ko`paytirilsa,  15 chiqadi  deb o`qiladi. Qo`shish   bilan
ko`paytirish   orasidagi   bog`lanishni   ongli   o`zlashtirish   maqsadida   quyidagicha
mashqlar bajariladi:
- Qo`shishga oid misollarni ko`paytirish bilan almashtiring, 3+3+3+3=      6+6+ 6=
-   Natijalarni   hisoblang,   mumkin   bo`lgan   o`rinlarda   qo`shishga   oid   misollarni
ko`paytirish bilan almashtiring. 2+2+2=          2+3+3= 
 - Ko`paytirishni qo`shishga doir misol bilan almashtiring va natijalarni hisoblang:
4x3,  5x2,       3x6,….
-Ifodalarni taqqoslang:   4+4+4+4+4 g’ 4x3          7x5 g’  7+7+7+7
-Birinchi misol natijasi bo`yicha ikkinchi misol natijasini toping:
5x7=35       5x8=5x7+5     8x3=24      8x4=8x3+8
Bo`lishning   konkreti   ma'nosi   oldin   mazmuniga   ko`ra     bo`lishga   doir
masalalar   yechishda,   so`ngra   teng   qismlarga   bo`lishga   doir   masalalar   yechishda
ochib  beriladi.   Masalan,   berilgan   buyumlar   to`plamini   2  tadan,   3,4  tadan   bo`lish,
teng bo`laklarga bo`lish va ularni yozishni o`rganish shakklanadi.
18:3=6,   18:9=2     «18 ni 3 ga bo`linsa, 6 hosil bo`ladi» deb o`qiladi. Bo`lishning
natijalari   bu   bosqichda   yod   olinmaydi   keyinchalik   mashqlar   biroz
murakkablashadi: 
-Bir   xil   ko`payuvchili   (3x4   va   3x5)   yoki   bir   xil   ko`paytiruvchili   (6x5   va   7x5)
misollar juftini taqqoslang.
-Ikki usul bilan yeching. 6x4+6, 6x4-6, 6x8+6x2.
I.  6x4-6=24+6=30   II.  6x4+6=6+6+6+6+6=30 Endi o`quvchilarni amallar nomi, ko`paytirish va bo`lish komponentalari va
natijalari   bilan   tanishadilar:   kamayuvchi,   ko`paytiruvchi   (ko`paytuvchilar),
ko`paytma; bo`linuvchi,  bo`luvchi, bo`linma.
Bu atamalarni jadvalda ko`rsatish foydali.
Ko`paytirishning   o`rin     almashtirish   xossasini   bilish   avvalo   ko`paytirish
amalini   mukammal   tushunish   uchun   va   o`quvchilar   yoddan   bilishi   zarur   bo`lgan
hollar   sonini   ikki   marta   qisqartirish   uchun   imkon   yaratadi.   Bu   xossani   kataklar,
doirachalar, tugma kabi ko`rsatmalar bilan tushuntiriladi. 
Masalan:           chizmada nechta kvadrat bor? 
Yechish:  5x3=15, 3x5=15
 
  Shunday   keyin,   bu   masalalarni   taqqoslab,   ular   nimasi   bilan
o`xshash   va   nimasi     bilan   farq   qilishi   aniqlanadi.   Shunga   o`xshash
mashqlardan   keyin   xulosa   ifodalanadi.   Ko`paytiruvchilarning   o`rnini
almashtirishdan ko`paytma o`zgarmaydi. Mazkur xossa umumiy holda
harflar yordamida quyidagicha yoziladi:  axb=bxa 
Bu   xossani   o`zlashtirish   maqsadida   turlicha   mashqlar   bajariladi.   Ko`paytirish   va
bo`lishning   jadval   holini   o`rganishga   sharoit   yaratish   maqsadida   ular   orasidagi
bog`lanish tushuntiriladi. 
Keyin   o`quvchilar   misollarni   taqqoslashadi   va   xulosa   qilinadi:   agar   ikki
sonning   ko`paytmasi   ko`paytuvchilardan   biriga   bo`linsa,   u   holda   ikkinchi
ko`paytuvchi   hosil   bo`ladi.   Ko`paytirish   va   bo`lish   orasidagi   bu   bog`lanishni
o`zlashtirishga erishish uchun mashqlar bajariladi.
O`quvchilar   tegishli   usullarni   o`zlashtirib   olganlaridan   keyin   1   va   10   ga
ko`paytirish   va   bo`lish   natijalarini   tez   topishni   o`rganadilar.   Shuning   uchun   bu
natijalarni yod olish zarurati qolmaydi. Avval 1 ni songa ko`paytirish holi qaraladi,
natija   qo`shish   bilan   topiladi.   Masalan,   1x2=1+1=2,   natijada   quyidagicha   xulosa
chiqarilishi   muhimdir:   agar   ko`payuvchi   1   ga   teng   bo`lsa,   u   holda   ko`paytma ko`paytiruvchiga   teng   bo`ladi.   1xa=a   keyin   1ga   ko`paytirish   qoidasi   bilan
tanishtiriladi: agar ko`paytiruvchi 1 ga teng bo`lsa, ko`paytma ko`payuvchiga teng
bo`ladi.   ax1=a   bo`linuchiga   teng   bo`lgan   songa   bo`lish   (4:4=1),   bo`lishning   aniq
ma'nosi   asosida   ochib   beriladi;   Birga   bo`lish   ko`paytirish   va   bo`lish   orasidagi
bog`lanish asosida kiritiladi; 1x4=4 dan 4:1=4
10 ni ko`paytirishda (10x2=20) hisoblash usulidan foydalaniladi, 10 ni 2 ga
ko`paytirish uchun 1 o`nlikni 2 ga ko`paytirish mumkin, natijada 2 o`nlik yoki 20
hosil   bo`ladi.   10   ga   ko`paytirganda   o`rin   almashtirish   xossasidan   foydalaniladi.
Bo`lishda   ko`paytirish   va   bo`lish   orasidagi   bog`lanishga   asoslanadi.   Masalan,
20:2=10, 20:10=2.  20=10x2,    20=2x10.
III.   Bosqich.     Oldingi   bosqichda   olingan   bilimlarga   tayangan   holda   jadvalda
ko`paytirish   va   bo`lish   o`rganiladi.   Lekin   shuni   esda   saqlash   kerakki,   bir-biriga
singib   o`rganiladi.   O`quvchilar   ko`paytirish   jadvalini   bilibgina   qolmay,   balki
jadvalning tuzilish jarayonini ham bilishi muhimdir. Har bir son bilan ko`paytirish
va bo`lishning jadval hollari taxminan bir xil reja asosida o`rganiladi. Ko`paytirish
va bo`lish jadvalining har bir holini o`rganish ishi o`zgarmas birinchi ko`paytuvchi
bo`yicha jadval tuzishdan boshlanadi.
Bu   holda   jadval   tuzishda   har   bir   keyingi   misolning   natijasini   oldingisidan
foydalanib   hosil   qilish   oson.   (Masalan,   agar   3x2=6   bo`lsa,   3x3=3x2+3   bo`ladi).
Jadvalda tuzishda boshqa usullardan ham foydalaniladi:
1) Bir xil qo`shiluvchilarni topish 2x3=2=2=2
2) Ko`paytirishning qo`shishga nisbatan taqsimot xossasidan foydalanish: 
4x5=4+4+4+4+4=4x3+4x2=12+8=20 
3) O`rin almashtirish xossasidan foydalanish 4x5=5x4 2 sonini ko`paytirish jadvali
bilan   tanishishda   o`qituvchi   taxta   2x2=4,   2x3=6,   2x4=8   yozuvini   yozadi.
O`quvchilar   o`qishadi.   «2   ni   2   ga   ko`paytirish,   2   ni   3   ga   ko`paytirish,   2   ni   4   ga
ko`paytirish».   O`qituvchi:   “Biz   bu   misollarning   natijalarini   hisoblab,   2   ni
ko`paytirish   jadvalni   tuzamiz”   2x2=2+2=4,   demak,   2   ni   2   ga   ko`paytirilsa   hosil
bo`ladi, 2x2=4; 2x3=2+2+2=6 demak, 2 ni 3 ga ko`paytirilsa 6 hosil bo`ladi 2x3=6 bu   natijani   oldingisidan   foydalanib   ham   hosil   qilish   mumkin,   ya'ni   2x2=4,
2x3=2x2=2+6, 2x4=2x3+2=8. 
2 ni 5, 6, 7, 8, 9 ga ko`paytirish jadvalini tuzishda boshqa usullar ham ko`rsatiladi.
Natijada  2 ga ko`paytirishning to`liq jadvali hosil qilinadi:
2+2          2x2=
2+2+2    2x3=
2+2+2+2           2x4=
2+2+2+2+2 2x5=
2+2+2+2+2+2 2x6=
2+2+2+2+2+2+2 2x7=
2+2+2+2+2+2+2+2 2x8=
2+2+2+2+2+2+2+2+2 2x9=
3; 4; 5; 6; 7; 8; 9 ga ko`paytirish jadvalari ham shunga o`xshash tuziladi. Har bir
yangi jadval ikkita bir xil sonlarni ko`paytirish holidan boshlanadi, chunki berilgan
sonni   ko`paytirishning   oldingi   hollari   tanish   hisoblanadi   ularni   ilgari   qaralgan
jadvallarda ko`paytuvchilar o`rinlarini almashtirish yo`li bilan hosil qilish mumkin.
Hisoblash   usullari   bolalarga   to`la   tushunarli   bo`lishi   uchun   ularni   ko`rsatma-
qo`llanmalar   yordamida   aniqlashtirish   maqsadga   muvofiq,   bunda   buyumlarning
rasmlari ikkitadan, uchtadan…. qilib chizilgan kartochkalardan, sonli figuralardan,
kvadrat   Santimetrlarga   bo`lingan   kvadrat   ditstimetrlardan   foydalanish   mumkin.
Ayniqsa, bunda kataklarga bo`lingan to`g`ri turtburchak tasvirlangan moslamadan
foydalanish yaxshi natija beradi. 
6
71 2 3 4 5 6 7 8 9 10
  2
3  
4
5
6
7
8
9
10 Bu   jadvalda   6x5   tasvirlangan.   Burchak   yuz   tomoniga   cho`ntak   qilish   kerak,
unga kerakli son yozilgan kartochka qo`yiladi.
So`ngra   har   bir   misoldan   ko`paytirishga   doir   yana   bitta   misol   va   bo`lishga   doir
ikkita misol tuziladi.  Masalan,  
3x2=6  2x3=6 6:3=2 6:2=3
3x5=15   2x3=15 15:3=5  15:5=3
Har   bir   ko`paytirish   jadvalini   va   bo`lishning   shunga   mos   hollarini   qarab
chiqilgandan keyin, bularni xotirada saqlash kerak bo`lgan ko`paytirish jadvalining
asosiy hollari quyidagicha bo`ladi.
2x2
3x2  3x3
4x2   4x3  4x4
5x2  5x3   5x4  5x5
6x2  6x3  6x4  6x5  6x6
7x2  7x3  7x4  7x5  7x6  7x7
8x2  8x3  8x4  8x5  8x6  8x7  8x8
9x2   9x3  9x4  9x5   9x6  9x7  9x8
9x9
Bu   jadvalda   bir   xil   ko`paytuvchili   holdan   faqat   bittasi   kiritilgan.   Jadvalda
ko`paytirish va  bo`lish ko`nikmalarini  hosil  qilishning asosiy  vositasi  o`quvchilar
mustahkamlovchi mashqlarni bajaradilar:
- Ko`paytirish va bo`lishga doir bir xil sonli 4 ta misol tuzing: 
4x3=12, 3x4=12, 12:4=3, 12:3=4.
- Berilgan ko`paytirishga mos ko`paytuvchilar tanlang:  24=3x8, 24=6x4
- Jadvaldan foydalanib, 15:3, 28:7, 56:8 bo`linmalarni toping. - Ushbu 2, 6, 4, 3, 8, 7 sonlarining har birini 2, 3, 4 marta orttiring.
Didaktik   o`yinlardan   “Narvoncha”,   “Yaxshi   hisobchi”,   “Doiraviy   misollar”,
“Arifmye-tik   loto”   kabilar   ko`paytirish   va   bo`lish   malakalarini   shakllantirishda
xizmat qiladi. 
Jadvalda   ko`paytirish   va   bo`lish   hollari   o`rganilgandan   keyin   nol   (0)   bilan
ko`paytirsh   va   bo`lish   hollari   o`rgatiladi.   (0x4,   0x3,   4x0,0:4).   Avvalo   nolni
ko`paytirish   o`rganiladi.   (0x4,   0x5…)   natijada   ko`paytirsh   amalining   aniq
ma'nosini   bilganlikka   asoslanib   topiladi.   M:   0x2=0+0=0   shunday   misollardan
yechilgandan   keyin   o`quvchilar   nolni   har   qanday   songa   ko`paytirilganda
ko`paytma nolga teng bo`lishi aniqlanadi: 0xa=0. Agar   ko`paytiruvchi nolga teng
bo`lsa, uni qo`shish bilan topib bo`lmaydi va qoida aytiladi. ”Istalgan sonni nolga
ko`paytirganda ko`paytma nolga teng bo`ladi” ax0=0 jumladan 0x0=0. Nolni nolga
teng   bo`lmagan   istalgan   songa   bo`lish   ko`paytirsh   bilan   bo`lish   orasidagi
bog`lanishga   asoslanib   o`rganiladi.   Masalan:   0:6,   yechishda   bunday   mulohaza
qilinadi:   nolni   6   ga   bo`lish   uchun   shunday   sonni   topish   kerakki,   uni             6   ga
ko`paytirganda nol qosil bo`lsin. Bu 0x6=0, 6x0=0 demak, 0:6=0 shunga o`xshash
misollarni   yechishda   o`quvchilar   bo`linma   doimo   nolga   teng   bo`lishini
aniqlashadi.
Shundan   keyin,   o`qituvchi   bolalarga   berilgan   sonni   nolga   bo`lish   (2:0,
3:0…)   mumkin   emasligini   aytadi.   Haqiqatdan   ham,   bo`linmada   har   qanday   son
olinganda   ham   uni   nolga   ko`paytirilsa   (2,   3….)   emas   nol   chiqadi.   Bu   bilimlarni
mustahkamlash maqsadida, har doim 0 bilan bajariladigan amallarga doir mashqlar
bajarib turilishi kerak.
-javobida 0 chiqadigan misollar tuzing: 
-hisoblashlarni bajaring: 54x0, 0x(97-93)   (73-73) :16, 0x0:71
IV.   Bosqich .   Jadvaldan   tashqari   ko`paytirish   va   bo`lish   hollarini   o`rganishda
dastlab   sonni   yig`indiga   va   yig`indini   songa   ko`paytirish   hollari,   ya'ni
ko`paytmaning yig`indiga nisbatan taqsimot qonuni, keyinroq esa yig`indini songa
bo`lish   xossasi   qaraladi.   Bu   esa   bir   va   2   xonali   sonlarga   ko`paytirish   usulini o`rganish   uchun   asos   bo`lib   xizmat   qiladi.   Bu   usullar   bilan   tanishtirish   uchun
quyidagi rasmdan foydalanish mumkin.
Bunda   o`quvchilar   har   bir   qatorda   hammasi   bo`lib   (3+2)   ta
doira berilganini qatorlar esa   4 ta   ekanini aniqlashadi.  4 ta
qatorda hammasi bo`lib  (3+2)x 4 ta doiracha bor. Shu rasmga
asoslanib,   boshqa   usuldan   foydalanish   mumkin:   oldin   oq
doiralar   qancha   ekanini   (3x4),   so`ngra   qora   doiralar   qancha
ekanini   (2x4)   va   nihoyat   hamma   doiralar   qancha   ekanini
bilishadi. 
Yozilishi: (3+2)x 4=5x4=20.        (3+2)x4=3x4+2x4=12+8=20
O`quvchilar   har   xil   usullar   bilan   misolni   yechishda   natijalarni   taqqoslab,   bir
xil   ekanini   ko`rishadi.   Shu   rasmning     o`zidan   foydalanib   keyinchalik   yig`indini
songa bo`lish xossasini tushuntirish mumkin.   Rasm 12 va 8 sonlari yig`indisini 4
ga bo`lishning ikkita har xil usulini topishga yordam beradi: Shu 20 ta doirani teng
4 qismga bo`lamiz har bir qismda 5 tadan doiracha bo`ladi: 
Yechilishi:   (12+8):4=20:4=5       (12+8):4=12:4+8:4=3+2=5
Bu xossalarni o`zlashtirish uchun mustahamlovchi mashqar tizimi bajarishadi.
- Natijani har xil usul bilan hisoblang.
       (5+2)x9       (5+2)x9
- Natijani qulay usul bilan hsoblang.
      (3+7)x8       (5+10)x4
- Kattaklar o`rniga mos raqmalar qo`ying.
   (7+5)x4=     x4=5x           8x5=7x5=(      +      )x
- Masalani har xil usul bilan yeching.
  Har   20  so`mdan  4  ta  daftar  va  har  biri   10  so`mdan  4  ta  qalam  sotib  olindi.
Olingan hamma narsa uchun qancha to`lashgan?
Jadvaldan   tashqari   ko`paytirish   va   bo`lishni   o`rganishda   nol   bilan   tugaydigan
sonlarni   ko`paytirish   va   bo`lishga   alohida   e'tibor   beriladi.   Unda   jadvalda   keltirib
hisoblashni bajarish mumkin:
     20x3 80:4   2 o’nl x3=6 o’nl          8 o’nl :4 =2 o’nl
    20x3=60 80:4=20
  Bir   xonali   sonlarni   nol   bilan   tugaydigan   2   xonali   songa   ko`paytirishda
ko`paytmaning o`rin almashtirish xossasidan foydalaniladi.
3x20=20x3=60
                  80:20  kabi   hollar  ko`paytirishning   komonyentlalari   va  natijalari  orasidagi
bog`liqlikni   bilganlik   asosida   bo`linmani,   tanlash   usuli   bilan   bajariladi,   ya'ni
Quyidagicha   mulohaza   yuritiladi:   «80   hosil   bo`lishi   uchun   20   ni   qanday   songa
ko`paytirish kerak?» izlab 4 ni topamiz, uni 20 ga ko`paytirsak 20x4=80 bo`ladi.
Demak, 80:20=4 shundan keyin yig`indini songa ko`paytirish xossasiga  asoslanib
ikki xonali songa ko`paytirish usuli qaraladi.
13x2=(10+3)x2=10x2+3x2=20+6=26
Bu misolni ko`rgazmali vositalardan ham foydalanib ko`rsatish mumkin.
Bir   xonali   sonni   2   xonali   songa   ko`paytirishda   sonni   yig`indiga   ko`paytirish
xossasidan va o`rin almatirish xossasidan foydalanish mumkin:
3x15=3x(10+5)=3x10+3x5=30+15=45
3x15=15x3=45
Ikki   xonali   sonni   bir   xonali   songa   bo`lish   usullari   yig`indini   songa   bo`lish
xossasiga asoslanadi.
48:4=(40+8):4=40:4+8:4=10+2=12
Shundan   keyin   42:3,   50:2     ko`rinishdagi     jadvaldan   tashqari   bo`lish   hollari
qaraladi. Bunda bo`linuvchini xona qo`shiluvchilari yig`indisi shaklida emas, balki
qo`lay bo`linuvchilar yig`indisi shaklida ifodalash o`rganiladi:
42:3=(30+12):3=30:3+12=10+4=14
Ikki   xonali   sonni   2   xonali   songa   bo`lishda   ham   ko`paytirish   amali
komponentalari   va   natijasi   orasidagi   bog`lanishga   asoslangan   bo`linmani   tanlash usulidan   foydalanidladi.   Masalan:   81:27     ni   yechishdagi   mulohaza:   27   ga
ko`paytirganda                   81 chiqadigan sonni izlab topamiz (3), uni 27 ko`paytirsak,
81 chiqadi. Demak, 81:27=3 ko`paytirish va bo`lishni tekshirish ham muhimdir.
M: 27x3=81 tek.  81:3=27
      64:4=16  tek. 16x4=64
Qoldiqli bo`lish.
Bu   mavzuni   o`zlashtirishda   oldin   o`rganilgan   bo`lishi,   bo`lishning   jadval
hollari muhim ahamiyatga ega.
Qoldiqli bo`lishning ma'nosi bilan tanishtirish quyidagicha amaliy mashqlar
misolida   tushuntirish   maqsadga   muvofiq.   O`qituvchi   3   o`quvchini   chaqirib,
ularning biriga 12 ta daftarni  berib, qolgan 2 o`quvchiga teng bo`lib berishni taklif
qiladi. Natija yoziladi. 12:2=6
So`ngra   shu   o`quvchining   o`zi   13   ta   daftarni   2   o`quvchiga   bo`lganda   1   ta   daftar
ortib   qolishini   tushuntiradi.   Natija   yoziladi.   13:2=6   (1   qoldiq).   Mustahkamlash
uchun   shunga   o`xshash   mashqlar   bajariladi,   bunda   o`quvchilar   bo`lish   natijasida
hosil   bo`ladigan   qoldiq   bo`luvchidan   kichik   bo`lishi   kerak,   degan   xulosaga
kelishadi.
-10, 11, 12, 13, 4, 15 sonlarini 2 ga, 3 ga, 4 ga bo`ling.
-agar bo`luvchi 5, 7, 9 bo`lsa, qanday qoldiqlar hosil bo`lishi mumkin?
-7 ga. 8 ga bo`lganda eng katta qoldiq qanday songa teng bo`ladi?
-misollar   orasidan   qoldiq   4   dan   katta   bo`lmaganlarini   tanlang.   16:6,   25:8,   22:3,
28:5 o`quvchilar  bunday mashqlarni  o`qish va  yozish bilan qancha  borib qoldiqli
bo`lish algoritmini o`zlashtiradilar: 60:8
1.  Bo`linuvchidan kichik va bo`luvchiga qoldiqsiz bo`linadigan, bo`linuvchiga eng
yaqin sonni topish kerak. Bu 56 soni.
2.  56:8=7 
3.  qoldiqni bilamiz. Buning uchun 60-56=4 ni topamiz, demak qoldiq-4
4.   qoldiqni   bo`luvchi   bilan   taqqoslaymiz.   qoldiq   bo`luvchidan   kichik.   Demak,
bo`luvchi to`g`ri. 
Yechilishi:   60 : 8 = 7(qold - 4)                   -  56
                         4 
Bu   yyerda   ko`paytirish   jadvalini   bilish   juda   zarur.  qoldiqni   bo`luvchi   bilan
taqqoslash   ham   ancha   qiyindir.   Ular   nima   uchun   bo`linuvchiga   eng   yaqin   songa
bo`lish   mumkinligini   tushunishlari   kerak.   Agar   o`quvchilar   mustaqil   bajarishga,
o`rgatilsa, bo`lishni bajarishdagi ko`p xatolarning oldi olinadi.
Shunday   qilib,   qoldiqli   bo`lishni   o`rganish   bo`lish   haqidagi   tushunchani
kengaytirishga olib keladi, o`quvchilar ko`p xonali sonlarni bo`lishga tayyorlaydi.
Bundan   tashqari,   bu   mavzu   bolalarni   matematik   bilimlarni   turli   xil   amaliy
masalalarni   yechishga   tatbiq   etish   va   o`qitishni   turmush   bilan   bog`lash   imkonini
beradi.  Asosiy adabiyotlar
1. Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda o`qitish metodikasidan 
praktikum. (O O`Y uchun o`quv qo`llanma ) Toshkent. “O`qituvchi”
2004 .
2. Jumayev M.E, Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish 
metodikasidan laboratoriya mashg`ulotlari. (O O`Y uchun o`quv 
qo`llanma) Toshkent. “Yangi asr avlodi” 2006.
3. Tadjiyeva Z.G’. Boshlang’ich sinflarda fakultativ darslarni tashkil 
etish.-T.: 2005, 68- bet.
4. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z   „Boshlang’ich sinflarda matematika 
o’qitish metodikasi“  Toshkent .: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.
5. X.Nazarov,  G.Eshqobilova. Matematika o’qitish metodikasi. 
Samdu, 2022y
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
6. N.U.Bikbaeva, R.I.Sidel’nikova, G.A.Adanbekova „Boshlang’ich 
sinflarda matematika o’qitish metodikasi“  Toshkent .: O’qituvchi, 
1996 yil 74-240 betlar
7. “Matematika”  umum o’rta ta’lim maktablarining 1 – sinf uchun 
darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi nashrga 
tavsiya etgan   TOSHKENT – 2021
8. “Matematika” umum o’rta ta’lim maktablarining 2 – sinf uchun 
darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi nashrga 
tavsiya etgan   TOSHKENT – 2021

”Yuzlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi va ular ustida amallar bajarish metodikasi Reja 1)”Yuzlik” mavzusida sonlarni nomerlashni o’rgatish metodikasi 2) « Yuzlik» ichida arifmetik amallarni o`rganish 3)100 ichida ko`paytirish va bo`lish.

O`nlik», xona, xona birligi, 2 xonali sonlarni o`qi shva yozish qoidalari, son Bilan raqam farqi, sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish usullari, distyemetr, metr, soat, minut, 20 tiyin, 90 tiyin, 1 so`m maydalash va hosil qilish, taqqoslash, x,: belgilari, og`zaki va yozma nomerlash, abak, geometrik shakllari chizish, yasash. 100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda o`qituvchining vazifasi: -o`quvchilarga predmetlarni bittalab va guruhlab sanashga o`rgatish; -100 ichida sonlarni o`qish va yozishga o`rgatish; -o`ngdan chapga hisoblaganda birliklar va o`nliklar qaysi o`ringa yozilishini o`rgatish; -u yoki bu xona birliklari yo`qligini qanday belgilashni ko`rsatish; -birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo`shimchalarining yig`indisi, bir xonali sonlar, ikki xonali sonlar kabi yangi tushuncha va terminlarni o`quvchilar o`zlashtirib olishlariga erishish kerak. Nom erlashni o`rganishda ikki bosqich ajratiladi: 11-20 va 21-100 sonlarni nomerlash. 20 gacha bo`lgan va 21-100 gacha ikki xonali sonlarni nomerlash bir-biriga printsipial o`xshash: bu sonlarni og`zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`ntalab guruhlashga va sonlarni yozishda raqamlarning o`rin qiymatlari printsipiga asoslanadi. Shu sababli ikkinchi o`nlik sonlarining o`nli tarkibini o`zlashtirish va bu sonlarni yoza olish ishi 100 ichida sonlarni o`rganishga tayyorgarlik bosqichi bo`lib xizmat qiladi. 11-20 va 21-100 sonlar bilan tanishtirish quyidagicha reja asosida amalga oshiriladi; -tayyorgarlik ishi -og`zaki nomerlash -yozma nomerlashni o`rganiladi. 11-20 sonlarni nomerlashni o`rganishdagi tayyorgarlik ishi «O`nlik» mavzusini takrorlashda o`tkaziladi. Shu maqsadda narsalarni 10 dan oshirib sanashga doir mashqlar (11,12…..) shuningdek narsalarni guruhlab sanash

(juftlab) kiritiladi. Bunday mashqlar o`quvchilarni birinchi o`nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ularni ko`pligiga, ularni belgilash, atash, hosil bo`lish, qatorida kelish tarkibida bolalarga tanish bo`lgan sonlar orasida ma'lum o`xshashlik borligiga ishontiradi. 2 o`nlik sonlarni og`zaki nomerlashni o`rganishni 10 haqidagi tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho`plardan 10 tadan qilib bog`lab, 10 ta bir bitta unlikni hosil qilishini ko`radilar. So`ngra ular o`ntalik cho`plarni sanash mashqlarini, o`nliklarni qo`shish va ayirishni bajaradilar (2o`n+3o`n=5o`n, 7o`n- 3o`n, 4o`n-2o`n). Shunday mashqlar asosida o`quvchilar o`nliklarni oddiy birliklar kabi sanash, qo`shish va ayirish mumkin ekan, degan xulosa chiqarishadi. So`ngra 11-20 sonlarining hosil bo`lishiga doir ishlar bajariladi. Amaliy ish: 10 ta cho`pni sanang, sizda qancha cho`p borligini boshqacha qanday atash mumkin? (1 o`nlik). Cho`plarni bog`lang, ustiga bitta cho`p qo`ying. Hammasi qancha bo`ldi (11) 11 sonda nechta o`nlik va nechta birlik bor? Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shunga o`xshash olib boriladi, bunda o`quvchilar 2-o`nlik sonlarining o`nlik tarkibi va sanoqdagi tartibini o`zlashtiradilar. Uzunliklarni o`lchashning yangi birligi - dm bilan tanishish, kesmalarni sm va dm bilan o`lchashga oid mashqlar ikkinchi o`nlik sonlarni nomerlashni o`zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o`lchov birligi bilan o`lchash o`quvchilarga sonlarning o`nlik va birliklarda hosil bo`lishini o`zlashtirishga yordam beradi: agar kesmaning uzunligi 1 dm 3 sm bo`lsa, demak unga bir o`nlik sm va yana 3 sm sig`adi degan so`zdir. Og`zaki nomerlashni o`rganishda, so`ngra yozma nomerlashda sonlarni xona qo`shiluvchilariga ajratishga keltiriladigan qo`shish va ayirish hollari qaraladi. (10+7, 18-10, 15-5). 10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`nlik guruhlashga va raqamlarning o`rin qiymatlari printsipini qo`llanishga asoslangan: o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o`ringa, o`nliklar ikkinchi o`ringa yoziladi.

Yozma nomerlashni o`rganishda abak alohida ahamiyatlidir: bir bo`lak karton tik chiziq bilan ikkiga bo`linadi, bu qismlarning har birga ikki qatordan cho`ntaklar yopishtiriladi: yuqori qatorda cho`ntaklari cho`plar yoki boshqalarni qo`yish uchun, pastki chuntak esa bosma raqamlar yozilgan kartochkalarni qo`yish uchun mo`ljallangan. Yuqoridagi cho`ntaklarning o`ngdan birinchisiga sanoq cho`plari, ikkinchi o`ringa esa cho`plarning o`ntalik dastalari qo`yiladi: pastki cho`ntaklarga esa raqamlar-o`ngdan birinchisiga birliklar, ikkinchisiga o`nliklarni ifodalovchi raqamlar qo`yiladi. Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo`llanmalarning ustiga «o`nlik», «birlik» lar yozilgan xonalar jadvaldan, shuningdek ikki qator so`rilma raqamlari bo`lgan jadvaldan foydalanish mumkin. Bunda og`zaki nomerlash ham takrorlanadi. 11-20 sonlarni o`rganishda o`quvchilar bir xonali son, va ikki xonali son tyerminlari bilan tanishtiriladi. Topshiriqlar: 1. Ushbu sonlar qatoridan oldin bir xonali, keyin 2 xonali sonlarni yozig: 2, 13, 8, 17, 15, 6, 11. 2. 4 ta bir xonali sonlarni yozing va har bir sonni 10 ta orttiring, qanday sonlar qosil bo`ladi? 3. 1 va 2 raqamlari yordamida oldin bir, keyin ikki xonali sonlarni yozing. 21-100 sonlarini nomerlashni o`rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 1. O`nliklar sanog`i, 10,20,30… sonlar hosil bo`lishi va atalishi. 2. Sonlarning o`nliklar va birliklardan hosil bo`lishi. Ikki xonali sonlarning o`nlik tarkibi, 100 ichida sonlarning natural ketma-ketligi. 3. Ikki xonali sonlarni yozma nomerlash, yozish, o`qish, birinchi va ikkinchi xona birliklari. 4. Sonlarni nomerlashni bilishga asoslangan qo`shish va ayirish usullari (73± 1), shuning ikki xonali sonlarning o`nli tarkibini birganlik asosidagi qo`shish va ayirish usullari (40+7, 68-8, 39-9…). 5. Ikki xonali sonni xona sonlarining yig`indisi bilan almashtirish. (73=70+3).

Demak, ko`rinib turibdiki, 21-100 va 11- 20 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish ko`pgina o`xshashliklarga ega ekan. Bunda xona va xona sonlari ni tarkib toptirsh yanglikdir. (Xona soni - biror xona birliklaridan iborat bo`lib, ular 9 ta dan ortmaydi; 100 ichida esa bu sonlar yo faqat birliklardan yoki faqat o`nliklardan tuzilgan sonlardan iborat). I xona birliklari va II xona birliklari sonlarning o`nli tarkibini tahlil qilish jarayonida ta'rifsiz, amaliy ravishda kiritiladi. Masalan: 46 sonda 4 o`nlik va 6 birlik bor deyiladi. Buni boshqacha: 46 son I xonaning 6 birligi va II xonaning 4 birligidan tashkil topgan deyish ham mumkin. Xona soni tushunchasini egallab olish uchun o`quvchilar bilan 1, 2, 3…. 9, 10, 20…. 90 kabi xona sonlari yozilgan kartochkalar yasash foydali. Bu kartochkalar yordamida istalgan ikki xonali sonni belgilash mumkin. Masalan: 7 soni yozilgan kartochkani 10 sondagi birlik ustida qo`yib 17 sonini hosil qilinadi. Teskari topshiriqlar ham berish mumkin: 42 va 24 qaysi xona sonlaridan tashkil topgan? (42=40+2, 24=20+4) 50+7, 48-40, 37-7 kabi qo`shish va ayirish hollari uchun ham kartochkalarni qo`llash mumkin. Kartochkalar bilan bajariladigan bunday amaliy ishlar har qanday sonni xona sonlarining yig`indisi shaklida tasvirlashdek muhim operatsiyani o`zlashtirib olishning asosi bo`lib qoladi (67=60+7,…). Shuni aytib o`tish kerakki, bu bosqichda sonlar ikki sonning yig`indisiga namunaga qarab almashtiriladi, xona qo`shiluvchilari tyermini keyin kiritiladi. Bu bilimlar qo`shish va ayirishni o`rganishda mustahkamlanadi. 100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak: 1. 100 ichida sonlarning nomlarini o`zlashtirish; ular o`nlik va birliklardan qanday hosil bo`lishini tushunish: 2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish; sonlarni taqqoslay olish: 5 0 7 5 7