logo

Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

62.76171875 KB
MAVZU:  Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv
ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni.
REJA: 
1.MTTda-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida
2.Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli.
3.Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari
4.Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
5.Ijimoiy  pedagog faoliyatining valeologik modeli.
6 .Ijtimoiy     pedagogning   kasbiy   maqomi     yangi   ijtimoiy   –   iqtisodiy,   huquqiy   va
psixologik omillar bilan belgilanganligi.
7.Ta’lim   muasasasida   ijtimoiy     pedagog   faoliyatining   boshqaruv,   tarbiyaviy   va
tashkiliy jihatlari.
8.Ta’lim   muassasasi,   oila   va   ijtimoiy   muhit   bilan   ishlash   ijtimoiy   pedagog
faoliyatining asosiy yo’nalishla
  Sotsiumda   insonparvarlik   munosabatlarni   shakllantirish   ijtimoiy   pedagogik
faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.
Ko`pchilik   mamlakatlarda   shaxsning   insonparvarlik   g`oyalari   asosida
ijtimoiylashtirish   kontseptsiyasi     asosida   faoliyat   yuritayotgan   maktablar   mavjud.
Germaniyadagi   xolistik   maktablarning   pedagogik   kontseptsiyasi,   Shvettsiya   va
Amerikadagi     hamda   Rossiyadagi   “Kichik   tumonlar   maktabi”   (“Maktab
mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va
kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari
mumkin.   Bu   maktablar   oila,   ma'naviy-ma'rifiy   tashkilotlar,   ish   joylari,   mahalliy
hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi. 
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi;
maktab   bolaning   rivojlanishi   uchun   barcha   sharoitlarni   yaratib   beradi.   Ochiq
maktablar strukturasida  yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi.  U
shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪ sotsiumning   imkoniyatlarida   foydalanib,   ota-onalarning   umummadaniyatini
rivojlantirish:
▪ ijtimoiy foydali  madaniy dam  olishini  tashkil  etishga doir  o`z  faoliyatlarini
olib boradi.
                  Bolalarga  qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik  modeli
Maktabdan   tashqari   qo`shimcha   ta'lim   muassasalari   ijtimoiy   tarbiyalash
institutlaridan   biri   sifatida,   bolalarning   bo`sh   vaqtini   tashkil   etishda   muqim
ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:
▪ bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,
▪ sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,
▪ nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.
qo`shimcha     ta'lim   muassasalarida   asosan,   bolalarni   o`qitish   quyidagi   shakllarda
olib   boriladi;   nazariy(ma'ruzalar   o`qish,   suhbatlar,   disputlar   tashkil   etish   va   h.k) hamda   amaliy(ekspeditsiyalar,   sayohatlar   tashkil   etish,   konferentsiyalar,   slyotlar
o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga
bilim berish, 
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning
dolzarb   muammolarini   tushunishga,   muammolarni   mustaqil   tarzda   qal   etishga
o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy-
pedagogik   faoliyat   jarayonida   quyidagi   tamoyillarga   asoslanish   maqsadga
muvofiqdir:
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3.Tabiatga mos yondoshuv
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va
muloqatni   o`zgartirish   metodi,   munosabatlarni   o`zgartirish   kabi   metodlardan
foydalanish mumkin. 
Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic faoliyati
modeli quyidagi shakilda amalgam oshiriladi. Bolalarni ijtimoiy qimoyalash mikro-(kichik) markazlari.
Ijtimoiy   pedagog   faoliyati   qishloq   joylarda   o`ziga   xos   xususiyatga   ega.
Uning   asosiy   maqsadi   qishloq   aholisini   ijtimoiy-pedagogik   qimoyalash   sog`ligini
himoyalashga,   hayot   tarzini   yaxshilashga   yordamlashishdan   iboratdir.   qishloq
joylarda   u   aholining   turli   yoshdagi   (bolalar,   yoshlar,   qariyalar,   nogironlar,   yosh
oilalar  va h.k)  guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini
topishga   yordam   beradi.   Uning   asosiy   ob'ekti     shakllangan   shaxs   bo`lib,
mikromuhit esa shaxsni  tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi.
Bolalar   esa   shu   aholining  eng   nozik  vakili   bo`lib,   ular   birinchi   navbatda   ijtimoiy
muhofazalanish   bilan   birga   ijtimoiy   va   ijtimoiy   pedagogik   yordam   berishni   talab
etadi.
Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Ijtimoiy   hayotda   ob'ektiv   sabablarga   ko`ra   noto`liq   oilalar   mavjud.   Ota-
onalarning   ajralishlari,   nikohsiz   farzand   ko`rish,   o`rta   yoshdagi   insonlarning
orasidagi  o`limning ko`payishi, bolasidan  voz kechish  bunga asos  yaratmoqdalar. Kirish: Bolalarni ijtimoiy himoyalashga bo`lgan ijtimoiy
talab
IPF tamoyillari Ijtimoiy pedagogic faoliyat (IPF) maqsadi va vazifalari
IPFning o`ziga xosliklari IPF mazmuni
Shakillari Metodlari
IPFIjtimoiy pedagogik
Vositalar
Dasturlar bosqichi
Bolalar va o`smirlar: ularning ijtimoiylashganlik va
rivojlanganlik darajalari
Chiqish: Ijtimoiylashgan bola   So`nggi   yillarda   ko`plab   oilalar   moddiy   yetishmovchilik   holatiga   duch
kelmoqdalar. Bu holat, albatta, 
bolaning  ruhiy  olamiga  o`z  ta'siri  o`tkazadi.  qarovsiz   bolalar-oilalarning  buzilishi
natijasidir.internat   shaklidagi   muassasalarda   tarbiyalanuvchi   bolalar   psixologik,
hissiy deprivatsiyaga uchraydi, ya'ni qiynaladi, sesorli ochlikni boshidan o`tkazadi,
real   qayotdan   uzoqlashadi,   ijtimoiy   izolyatsiyada   bo`ladi.   Maktab   internatlar
nafaqat   ta'lim-tarbiya   maskani,   balki   shaxsning   ijtimoiylashuviga   ko`maklashadi.
Internatlarda 
bajaradigan ijtimoiy pedagogning vazifalari quydagilardan iborat;
▪ tarbiyalanuvchilarda insoniy munosabatlarni shakllantirish:
▪ bolalarning xavfsizligini va psixologik konfortni ta'minlash:
▪ har   bir   tarbiyalanuvchining   hayot   tarzi,   ijtimoiy   rivojlanish   vaziyatlarini,
intividual xususiyatlarini o`rganish:
▪ tarbiyalanuvchilarning   ijtimoiy   adaptatsiyasini   va   ijtimoiy   potologiyasini
o`rganish:
▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qilish:
▪ tarbiyalanuvchilar,   muassasa,   oila   a'zolari   va   ijtimoiy   institutlar   orasida
dallollik vazifasini o`taydi:
▪ internat bitiruvchilarni ishga joylashtirish, turarjoy bilan ta'minlash, pensiya,
posobie va boshqa imtiyozlardan foydalanishiga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli
Sog`liq   inson   hayoti   mazmunining   asosini   tashkil   etadi.   Inson   uchun   u
adekvat   gigienik   muqit   va   sog`lom   turmush   tarzi   hisoblanadi.   “Sog`lom   inson”,
“Sog`lom   jamiyat”,   “Sog`lom   millat”,   “Sog`lom   avlod”   tushunchalari   mavjud.
Sog`lig`ning   ikkita   aspekti   mavjud:   biologik   va   ijtimoiy.   Sog`lig`ni   obektiv
faktorlar(turmush   darajasi,   ijtimoiy   xizmat,   ekologiya)   va   sub'ektiv   faktorlar
(mazmunli hayot va sog`lom turmush tarzi) o`z ta'sirini ko`rsatadi.
Sog`lom   turmush   tarzi-bu   har   bir   shaxs   va   butun   jamiyatning
insonparvarlashganlik   va   rivojlanganlik   me'yoridir.   Xalqimizda   “Tani   sog`lik-
tuman boylik” , “Sog`lom tanda sog`lom aql” singari xalq  donoligi mavjud bo`lib, ular   asosida   jamiyat   a'zolari   ongiga     ta'sir   o`tkazilib,   sog`lom   turmush   tarzini
yaratishga, bolalikdan valeologik madaniyatni shakllantirishga yordam beradi.
Valeologiya- bu   pedagogika   va   tibbiyot   fanlarini   muvofiqlashtiruvchi
sohasidir.   U   sog`liqni   saqlash     madaniyati   va   sog`lom   turmush   tarzini
shakllantirishga yo`naltirilgandir. Inson salomatligining bir-biri bilan bog`liq turli
aspektlari mavjud; somatik, psixik, ijtimoiy va h.k.
Somatik   (biologik,   jismoniy)   sog`liq -   bu   surunkali   kasalliklardan,   jismoniy
defektlardan, funktsional buzilishlardan yiroq insonning ijtimoiy layoqatidir.
Psixik   (ruhiy)   sog`liq.   Asosan   tibbiyotda   ko`proq   foydalaniladi.   Psixik
sog`liq bu ruhiy xotirjamlik va tinchlikdir.
Ijtimoiy   (shaxsiy)   sog`liq -   bu   individning   ijtimoiy   muhit   va   muloqatining
rivojlanganlik darajasidir (moslashganlik, vazminlik, tartiblilik).
Davlat qaramog’i muassasalarida  ijtimoiy pedagog faoliyati
Bolalarning asosiy  ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va
ular   yashayotgan   jamiyatning   ob’ektiv   holatidan   kelib   chiqadi.   Haqiqiy,   uyg’un
oila   hayotini   ko’rmagan   bolalar   juda   kam   holatda   to’liq   oilaviy   munosabatlarni
qura olishadi.  Bunday sharoitlarda  ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar,
ota-onalarning qadriya pasayadi.
So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’y
berdi,   chunki   aksariyat   ota-onalar   bolalarini   nafaqat   ijtimoiy,   balki   fziologik
jihatdan   ham   ta’minlay   olmadilar.   Kambag’allik   va   uning   oqibatlari   bola,   o’smir
olamini vayron etadi, chunki uning ota-onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha
ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi.
Qarovsiz   qolgan   bolalar-oilaviy   aloqalarning   barbod   bo’lishi   natijasidir.
Ijtimoiy yetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi
navbatda   bolani   oilada   saqlab   qolish   va   u   davlat   muassasasiga   tarbiyalash   uchun
topshirishni   oldini   olishga   barcha   kuchini   ishga   solmoqda.   agar   bolani   oilada
saqlab qolish iloji bo’lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila
yoki   tarbiya   muassasasiga   topshirayotganda   bolaning   etnik   guruhi,   mahalliy
an’analari bilan bog’liq muhitda qolishi uchun barcha narsa qilinadi. Har   bir   davlatda   bola   tarbiyasi   va   rivojlanishiga   tegishli     ijtimoiy   qarorlar
tizimi   tuzilmoqda   va   mustahkamlanmoqda.   ularniquyidagi   variantlarni   kirgizsak
bo’ladi:   bolani   o’z   oilasida   saqlab   qolish,   o’z   oilasiga   qaytarish,   davlat   ichida
bolalikka   olish,   boshqa   davlatda   bolalikka   olish,   maxsus   tarbiya   muassasalariga
topshirish.
Agar   bola   bolalikka   olinmasa   yoki   qabul   qiluvchi   oilaga   topshirilmasa   unda
uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi.
Go’daklar   uyida   3   yoshgacha   bo’lgan   tashlandiq   bolalar,   tug’ma   yetimlar
tarbiyalanadilar, keyinchalik ular yoki bolalikka olinadilar yoki bolalar uyi hamda
maktab   internatlarga   o’tishadi.   Bolalar   uyining   maktab   internatdan   asosiy   farqi
uning   tarbiyalanuvchilari   shu   atrofdagi   maktablarda   ta’lim   olishadi,   maktab-
internat   tarbiyalanuvchilari   esa   o’sha   muassasaning   o’zida   ham   yashashadi   ham
ta’lim olishadi.
O’z   oilasidan   boshqa   joyda   ulg’ayayotgan   bola-doimo   g’ayitabiy   hodisadir.
Go’dak   hayotining   ilk   haftalarida   hayotga   eng   qulay   sharoitlarda   onasiz   tarbiya
90%   holatlarda   uning   rivojlanishining   buzilishiga   olib   keladi.   Internat   turidagi
muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va emotsional deprivatsiyadan azob
chekishadi,   sensor   jihatdan   och   qolishadi,   ular   real   hayotdan   ajratib   olinganlar.
Bolalar   uylari,   maktab-internatlarini   deyarli   barcha   tarbiyalanuvchilari   ruhiy
jarohatniboshdan   kechirishgan,   bu   esa   ularning   rivojlanishi   uchun   yomon
oqibatlarga   olib   kelishi   mumkin.   Bunday   bolalar   chuqur     ijtimoiy   pedagogik
qarovsizlik   holatida   bo’lishadi.   Ijtimoiy   tarbiya   sharoitlari,   emotsional-shaxsiy
aloqalarning   sustligi,   oilaviy   hayotning   imitatsiyasi     ijtimoiy   infantilzim,
kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi.
Bu   vaziyatda   go’daklar   uylari,   bolalar   uylari,   maktab-internatlar   nafaqat
ta’lim-tarbiya   funksiyalarini   bajarishga   qaratilganlar,   ular   bolaning   normal
ijtimoiylashuvi,   uning   to’liq   rivojlanishini   ta’minlashadi,   nuqsonlarini
to’g’irlashadi,   tarbiyachilarning   huquqiy   va   psixologik   himoyalarini
ta’minlashadilar. Bu faoliyatda bolalar va o’smirlarning psixologik xususiyatlarini
yaxshi tushunadigan  ijtimoiy pedagog o’z o’rniga ega. Go’daklar uyida bolalarning   ijtimoiy adaptatsiyasi  jarayonida   ijtimoiy
pedagogning o’rni
Bola   hayotining   ilk   yillarida   unda   u   o’sib-rivojlanayotgan   mikro   ijtimoiy
muhit talablarini aks etuvchi   ijtimoiy yurish-turishning muayyan turi shakllanadi.
Mikro   ijtimoiy   muhitning   o’zgarishi   yurish-turishning   o’zgarishini   ham   keltirib
chiqaradi.   Bu   esa   yoshlik   davrida   anchagina   mushkul   vazifa   bo’lib   odatda
adaptatsion sindrom rivojlanishiga olib keladi.
Go’daklar   uyida   bolalar   doimo   bolalar   muassasasining   mikro   ijtimoiy
muhitida   bo’lishadi   va   bu   muhit   ular   uchun     ijtimoiy   yurish-turishni
shakllanishining asosi  hisoblanadi. Bu sharoitlarda bolalar oiladagidan barvaqtroq
tengdoshlari bilan muomalaga ko’nikishadi, kattalar bilan aloqalarga kirishishadi.
Bolalar   uyida   go’dak     ijtimoiy   yurish-turishning   stereotipini   o’zgartirish
zarurati haqida gapirganda uch asosiy holatni nazarda tutish lozim:
1. Bola   hayotining   ilk   oylarida   shifoxonadan   to’g’ri
go’daklar uyiga o’tkaziladi.
2. Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o’tkaziladi.
3. Bola   bolalikka   olinadi   yoki   bolalar   uyiga   topshiriladi.
Albatta kam  uchraydigan holatlar  ham  bo’lishi  mumkin.
Masalan,   bola   go’daklar   uyiga   to’g’ri   oilasidan   kelib
tushadi   yoki   onasi   uni   go’daklar   uyiga   tashlab   ketadi,
barcha   sanab   o’tilgan   holatlar   o’z   xususiyatiga   egalar,   u
yoki   bu   darajada   adaptatsion   sindromni   keltirib
chiqarishadi.   SHuning   uchun   biz   ularga   batafsil
to’xtalamiz.
Adaptatsiya   atamasi   “ko’nikish”   degan   ma’noni   bildiradi.   Barcha   tipik
mavjudotlarning muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati.
Evalyutsiyaning   darajasi   qanchalik   yuqori   bo’lsa,   organizmning   evalyutsion
imkoniyatlari ham shuncha yuqori bo’ladi. Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi uning   ijtimoiy muhitda mavjud
bo’lishidir.   Inson   uchun     ijtimoiy   muhit   boshqa   sharoitlar   (iqlim,   harorat,
ovqatlanish va boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir omili hisoblanadi.
Insonning   kelgusidagi   o’zgarishlarga   oldindan   tayyorgarlik   ko’rishi,
o’zgargan  ijtimoiy sharoitlar munosabati bilan brish-turishni qayta qurish  ijtimoiy
adaptatsiya   deyiladi.   Muayyan   mikro   ijtimoiy   muhitda   (ish,   oila   va   boshqalar)
insonda   u   yoki   bu     ijtimoiy   sharoitlarga   adekvat   yurish-turish   jihatlari   paydo
bo’ladi.  ijtimoiy adaptatsiyada eng muhim rolni miya po’stlog’i bajaradi.
  ijtimoiy   adaptatsiyadagiruhiy   faoliyatning   kuchayib   ketishi   yoki   odatiy
yurish-turish   shakllarini   o’zgartirish   zaruriyati   yuzaga   kelgan   qizg’inlik   sabablari
hisoblanadi.     ijtimoiy   adaptatsiyaning   muvaffaqiyatli   kechishi   uchun   markaziy
nerv tizimi hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim
ahamiyatga ega.
  ijtimoiy   adaptatsiya   imkoniyatlari   faqatgina   tug’ilgandan   so’ng   rivojlanadi,
oliy nerv faoliyati  tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi.
Bola   dunyoga   kelgach   inson   tomonidan   yaratilgan   muhitga   tushadi.
Kattalarning   ta’siri   va   shaxsiy   faoliyat   natijasiga   bolada   shu   muhitga   mos
tushuvchi yurish-turish reaksiyalari paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va
o’smirlar mikro ijtimoiy muhit o’zgarishlariga duchor kelishadi va bu o’zgarishlar
ularning yurish-turishiga ta’sir ko’rsatadi.
 ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga
qo’shish   va   uning   boshqalar   muomalasini   kengaytirish,   isnoniy   munosabatlarga
kirishish   qobiliyatini   rivojlantirishga   yo’naltirilgan   bo’lishi   kerak.     ijtimoiy
pedagog   go’daklar   uyi   tarbiyachilari   va   boshqa   xodimlari   bilan   yaqin   hamkorlik
yuritib,   bolalarda     ijtimoiy   adaptatsiya   qobiliyatini   rivojlantirishning   metodlarini
bilishi lozim.
Go’daklar   uylarida   tarbiyalanayotgan   bolalar   o’z   adaptatsion   mexanizmlari
bilan   mashg’ulot   o’tkazish   uchun   kamroq   imkoniyatlarga   egalar,   demak   ularda
ijtimoiy ko’nikish darajasi ham ancha past. SHuning uchun o’zgargan sharoitlarga
o’tish   ular   uchun   qiyin   omil   hisoblanadi.   Ustiga   ustak   go’daklar   uyi   bolalari og’irlashgan   biologik   va     ijtimoiy   anamnezga   egalar,   ularning   rivojlanishi   va
sog’ligi   ko’rsatkichlari   ham   doimo   optimal   emas.   Bu   jihatlar   ham   markaziy   nerv
tizimi ishchanligini tushiradi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   funksional   tizimning   ko’pgina   tarkibiy
qismlarining xomligi xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar tizimida
qizg’inlik holatlarini tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari
esa ruhiy stress holatiga juda oson tushishadi.
Adaptatsiyaning   barcha   shakllarini   o’rganish   bolaning   yangi   muhit
sharoitlariga   ko’nikishi   bosqichlarini,   shuningdek   adaptatsion   bosqichning
murakkabligi darajasini belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi.
Ko’nikish bosqichlari:
1.   Keskin   davr   yoki   dezadaptatsiya   bosqichi.   Bu   bosqichda   yangi   mikroijtimoiy
muhit   talablari   va   odatiy   yurish-turish   stereotiplpri   o’rtasida   kelishmovchilik
mavjud   bo’ladi.   Bu   vaqtda   ayniqsa   yurish-turish   parametrlarida-kattalar   bilan
munosabatlar, nutq faolligi, o’yinlarda o’zgarishlar ko’p bo’ladi. SHuningdek, tana
og’irligining   kamayishi,   infeksiyalarga   qarshilik   ko’rsatishning   pasayishi   kabi
hodisalar ham kuzatiladi.
2.   Adaptatsiyaning   o’zi.   Bunda   bola   yangi   muhitni   faol   o’zlashtirib   unga   mos
keluvchi   yurish-turish   shakllarini   ishlab   chiqadi.   Bu   davrda   turli   tizimlardagi
chetga   chiqishlarning   kamayishi   kuzatiladi.   Hammadan   tez   ishtaha   (15   kun)
normallashadi,  uyqu va emotsional  holat  vaqti  cho’ziladi.  O’yin va nutq faoliyati
esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi (60 kungacha).
3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi.
Birinchi   va   ikkinchi   bosqichlarning   xarakter   va   xususiyatlariadaptatsiyani
murakkabligi bo’yicha tasniflash imkonini beradi.
Engil   adaptatsiya .   Bola   yurish-turishidagi   buzilishlar   muddati   20   kun
bo’ladi. Bunda ishtahaning ham biroz pasayishi kuzatiladi. 10 kun mobaynida bola
iste’mol   qiladigan   narsalar   hajmi   normasiga   qaytadi,   uyquning   tiklanishi   7-10
kunda   ro’y   beradi,   emotsional   holat,   nutq   faoliyati   va   bolalar   bilan   o’zaro
munosabatlar 15-20 kun ichida normallashadi. SHu bilan birga kattalar bilan munosabatlar deyarli o’zgarmaydi, harakat faoliyati
ham pasayadi. Bola adaptatsiya davrida kasallikka chalinmaydi.
O’rta   og’irlikdagi   adaptatsiya.   Bola   yurish-turishida   barcha   buzilishlar
yaqqol namoyon bo’ladi  va ularning muddati ancha uzoq. Uyqu va ishtaha 20-30
kunda normallashadi,  mo’ljal  olish  faoliyatining buzilishi  o’rtacha 20 kun davom
etadi,   nutq   faoliyat   20-40   kungacha   qayta   tiklanmaydi.   Emotsional   holat   bir   oy
mobaynida beqaror bo’lib turadi, harakat faoliyatining tiklanishi 30-35 kunda sodir
bo’ladi.
Bu   davrda   ham   kattalar   bilan   o’zaro   munosabatlar   buzilmaydi.   O’rta   og’irlikdagi
adaptatsiya respirator indeksiyasi kabi kasalliklar paydo bo’lishi mumkin.
Adaptatsiyaning   bu   yo’nalishi   bolalarda   odatda   9   oylik   yoshdan   1,5
yoshgacha   qayd   etiladi.   Biroq   agar   bolalarda   sog’liq   bilan   bog’liq   muammolar
bo’lsa   yoki   go’daklar   uyida   sog’lomlashtirish-tarbiya   ishi   yomon   tashkil   qilingan
bo’lsa har qanday yoshdagi bolada bu holatlar qo’zg’atilishi mumkin.
O’rta   og’irlikdagi   adaptatsiya   bolalarda   bir   guruhdan   boshqa   guruhga
o’tkazilayotganda, statsionardan go’daklar uyiga kelib tushganda namoyon bo’ladi.
Og’ir   adaptatsiya.   Bu   adaptatsiya   turi   muddatining   uzunligi   (2-6   oy   va
ko’proq) va barcha alomatlarining og’irligi bilan xarakterli hisoblanadi.
Organizmning   ko’nikish   imkoniyatlarining   shakllanishi   bola   ruhiyatining
emotsional-ijtimoiy   va   bilib   olish   sohasi   bilan   yaqin   bog’liq   hisoblanadi.
Emotsional   muvozanat   va   shu   asosda   shakllanadigan   anglab   olish   faoliyatining
yuqori darajasi yengil va muvafaqqiyatli adaptatsiyani ta’minlaydi.
Bolani   ijtimoiy adaptatsiyadan xalos etish kerak ekan deb o’ylashnoto’g’ri
hisoblanadi.     ijtimoiy   pedagogning   vazifasi   bolaning   adaptatsion   imkoniyatlarini
maqsadga   muvofiq   shakllantirish   va   mashq   qildirishdir.   CHunki   bola   o’z
adaptatsion   imkoniyatlarisiz   o’zini   turli   ijtimoiy   hodisalarda   to’g’ri   tuta   olmaydi.
Adaptatsion   qobiliyatlarni   mashq   qildirishmasalasi   go’daklar   uyida   bolalar
hayotini   tashkil   qilishning   eng   muhim   masalalaridandir.   Bola   yangi   muhit
sharoitlariga   yengil   adaptatsiya   darajasida   ko’nikishga   intilish   va   adaptatsiyaning
og’ir buzilishlariga yo’l qo’ymaslik lozim. Go’daklar   uyida   bolalar   hayotini   tashkil   qilar   ekan     ijtimoiy   pedagog   unga
sog’lomlashtirish ishining elementlarini qo’shishga harakat qilishi kerak.
 ijtimoiy pedagog faoliyatining eng muhim yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
1. Bola rivojlanishining va sog’ligining optimal holatini ta’minlash.
2. Bola   bilan   doimo   muloqatda   bo’ladigan   kattalar   tarkibining
barqarorligini ushlab turish uchun 2 yoshgacha bolaga xizmat qiluvchilar
sonini cheklab turish.
3. 12-13   oylardan   boshlab   bolani   unga   doimiy   xizmat   qiluvchilar   orqali
boshqa qayta shaxslar, go’daklar uyining boshqa xonalari, haydovchilar,
ko’cha transporti bilan tanishtirishi lozim.
4. Bola hayotining 3 yoshda bolalarni go’daklar uyidan tashqariga ko’proq
chiqarish   kerak,   maktab   o’quvchilari   bilan   uchrashuvlar   tashkil   qilish
lozim.
Endigina go’daklar uyiga qabul qilingan bolalarning hayotiga kelsak, bunda
avvalambor bola qayerdan kelayotganini (o’z oilasi yoki statsionardan) aniqlash va
shu   bilan   birga   bolaning   shu   paytgacha   bo’lgan   rejimini   saqlab   qolishi   lozim.
Ayniqsa   ovqatlanish   rejimini   nihoyatda   ehtiyotlik   bilan   o’zgartirish   lozim:
avvalambor   ichimlik   miqdorini   50-100   gramm   ko’paytirish   kerak   va   glyukoza
qqo’shilgan   qorishma   berish   ham   maqsadga   muvofiqdir.   SHuningdek   15-20   kun
mobaynida hech qanaqa sanchish protseduralarini ham o’tkazmaslik lozim.
5. Bolani guruhdan guruhga o’tkazganda uni avvaldan (1-2 oy avval) yangi xonasi,
bolalar,   xizmat   ko’rsatuvchi   shaxslar   bilan   tanishtirish   kerak.   YAngi   guruhdagi
ayniqsa ilk kunlarda bola e’tibor, mehrga muhtoj bo’ladi. Unga eski guruhidan o’zi
bilan   biror   bir   o’yinchoqni   olib   kelishga   ham   ruxsat   bersa   bo’ladi.   Adaptatsion
davr   mobaynida   rejimli   o’zgartirish,   emlash   o’tkazishga   ruxsat   berilmaydi.
Adaptatsiya  varaqasi  yoki  guruh kundaligiga adaptatsion davrning yakunlanishini
aniqlash   uchun   bolaning   yurish-turishi,   ishtaxasi,   uyqusi   haqidagi   ma’lumotlarni
qayd etib borish kerak.
6.   Go’dakning   go’daklar   uyiga   oiladan   topshirilishi   ham   bolaning   maktabgacha
tabiya muassasaga kirishi kabi tashkillashtiriladi. Biroq shuni yodda tutish lozimki, go’daklar   uyiga   kirishdagi   vaziyat   ancha   murakkabdir.   Bola   uchun   odatiy
sharoitlar   birdan   o’zgaradi,   u   yaqinlaridan   judo   bo’ladi,   o’zini   hech   kimga   kerak
emas   deb   hisoblaydi.   Bu   holatda   stress   juda   kuchli   namoyon   bo’ladi   va   og’ir
adaptatsion   sindrom   ham   paydo   bo’lishi   mumkin.     ijtimoiy   pedagogning   vazifasi
bola   bilan   ko’proq   shaxsan   aloqa   qilish,   uning   stress   holati   keltirib   chiqargan
yurish-turish buzilishlarini to’g’ri anglab yetish, bolaga bu og’ir sinovni yengishga
harakat qilishdir.
Bolalar uylarida  ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish
Bolalar   uylari   yosh   alomatlariga   ko’ra   maktabgacha   yoshdagi   bolalar
uylari,   maktab   o’quvchilari   bolalar   uylari   va   turli   yoshdagi   bolalar   uchun
bolalar uylariga bo’linishi mumkin.
Bolalar uylarining asosiy  vazifalari  quyidagilardan iborat:
1.   Bolaning   normal   rivojlanishini   ta’minlab   beruvchi   qulay   sharoitlar   yaratib
berish;
2. Bolalar sog’ligini saqlash;
3.   Bolaning     ijtimoiy   himoyasini   tibbiy   pedagogik   va     ijtimoiy   adaptatsiyasini
ta’minlash;
6. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;
7.   Bolalarning   ta’lim   dasturlarini   o’zlashtirishi   hamda   shaxs,   jamiyat,   davlat
manfaati yo’lida yetarli ta’lim olish;
8.   Tarbiyalanuvchilarning   umumiy   madaniyati,   hayotga   adaptatsiyasini
shakllantirish:
9.   Tarbiyalanuvchilarning   o’z-o’zini   rivojlantirish   va   belgilab   olishehtiyojlarini
shakllantirish.
Etim   bolalarni   qaramoqqa   olish   uchun   maxsus   muassasalar,   yetimxonalar
mavjud.   yetimxona   faoliyatining   o’ziga   xos   xususiyatlari   shundaki,   bu   muassasa
ota-ona   qaramog’isiz   qolgan   bolalarning   vaqtinchalik   yashash   joyidir.   Ushbu
muassasaning   maqsadi   qiyin   hayotiy   vaziyatlarda   qolib   ketgan   bolalarni
vaqtinchalik   yashash   joyi   bilan   ta’minlash   va   keyinchalik   ularni   ijtimoiy
institularga joylashtirish.  Mamlakatda     ijtimoiy   iqtisoiy   vaziyatning   o’zgarishi   bu   muassasalarning
ko’pgina muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni
hal qilishga yangi yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi. 
Ota-ona   qaramog’isiz   qolgan   bolalar   tarbiyalanayotgan   davlat   qaramog’i
muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning  ijtimoiy
himoyasini   ta’minlash,   tibbiy   reabilitatsion   xarakterdagi   chora-tadbirlarni   amalga
oshirish, bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir. 
Bolalar   uyi   davlat   qaramog’idagi   bolalarning   eng   tipik   muassasasi
hisoblanadi.   Tarbiyalanuvchilarda   keng   qamrovli   ijtimoiy,   tibbiy,   psixologik,
pedagogik   muammolarning   borligi   tufayli   bolalar   uyida     ijtimoiy   pedagogik
faoliyat yuritish zaruriyati tug’iladi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   kattalar   tomonidan   e’tibor
qaratilmasligi   jiddiy   muammo   hisoblanadi.   Ularda   kattalar   bilan   hamkorlik
qililshga   intilish   yetarli   rivojlanmagan.   Bolalarnikattalar   bilan   muloqatga
kirishishiga   undovchi   sabab   shuki   ularni   katta   odamning   o’zi   jalb   qiladi,   bolalar
kattalar   takliflarini   bajonidil   qabul   qilishadi.   Bu   aloqalarning   barchasi   kattalrning
e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi.
Oilalarda   yashovchi   bolalar   va   bolalar   uylari   tarbiyalanuvchilari   orasida
ayniqsa shaxsiy muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak bo’ladi. Buning sababi-
bolalar   uyida   bola   bilan   kattalarning   muloqot   qilishi   oiladagidan   kamroqdir.
Bolalar   uyida   bolaga   kattalar   kamroq   e’tibor   qaratishadi,   aniqrog’i   ularning
e’tiborlari bir guruh bolalarga qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi kattalar o’zgarib
turishadi, oilada esa buning aksi kuzatiladi. Va nihoyat bolalar uyidagi bolalar va
kattalar muloqatining emotsional boyligi darajasi oilanikidan pastdir.
Kichik   maktab   yoshidagi   bolalar   tarbiyachilari   uchun   bolalar   uyidagi
kundalik faoliyati, u yerda yashash rejimini bajarish bilan bevosita bog’liq sabablar
yorqin   namoyon   bo’lishi   xosdir.   Bu   yoshdagi   bolalarning   oiladagi   sabablari   esa
ancha sermahsuldir.
Mativatsion   sahaning   bunday   cheklanganligi   bolalar   uyida   bolalarning   yashash
sharoitlari   va   ularning   kattalar   bilan   yetarli   muloqat   qilmasliklariga   bog’liq.   Bu jihat   turli   nizoli   vaziyatlarda   ayniqsa   yorqin   ifodasini   topadi:   kattalar   va   bolalar
manfaatlarining to’qnashuvi, tengdoshlari tomonidan ayblanishi, bolani kattalar va
tengdoshlari tomonidan tushunilmasligi va hokazo.
Bu   holatda   tarbiyalanuvchining   xarakteri   o’z   agressivligi   bilan   ajralishi   mumkin.
SHunday   qilib   olimlar   bolalar   uylari   tarbiyalanuvchi   shaxsiyatining   aqliy,   xulq-
atvor va ehtiyoj sohasini aniqlashdi.
O’smirlik   yoshida   bu   sabablar   o’smirning   tengdoshlari   orasida   o’rnini
topishga, o’z “men”ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
Bolalar   uylari   tarbiyalanuvchilarining   aqliy,   xulq-atvor   va   mativatsion
tavsiflariga bola sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham qo’shiladi. Aslida bolalar
uylarida to’liq sog’-salomat bolaning o’zi yo’q-aksar bolalar yuqumli kasalliklarga
ega.   Ular   orasida   nogironlar   ham   uchrab   turadi.   Bolalar   uylari
tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya, narkomaniya kabi holatlar xosdir.
Bolalar   uylarida     ijtimoiy   pedagog   boshqa   mutaxassislar-tarbiyachilar,
psixologlar,   shifokorlar   bilan   yaqin   hamkorlikda   faoliyat   olib   boradi.     ijtimoiy
pedagog   faoliyatining   maqsadi-bolalar   uylari   tarbiyalanuvchilarining
ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi:
  ijtimoiy   pedagog   tashhiz
qo’yish va maslaht   ijtimoiy profilaktik
faoliyat  ijtimoiy tarbiya
Maqsadi:   shaxs
sotsiogenezi   dinamikasini
kuzatish,   uning   buzilish
sabablarini aniqlash;
Ijtimoiypsixologik
muammolarini va ularni xal
qilish usullarini o’rganish;
Tarbiyachilarning     ijtimoiy
adaptatsiyalari
xususiyatlarini o’rganish;
  ijtimoiy   tavakkal   guruhi Maqsadi:   bolalar
ijtimoiy   rivojlanishidagi
buzilishlarni oldini olish,
shaxsning   to’liq
rivojlanishi   uchun
sharoitlar yaratish;
Bolalarda   ruhiy
keskinlik   profilaktikasi
dasturlarini   ishlab
chiqish   va   amalga
oshirish; Maqsadi:   shaxs
ijtimoiylashuvi   jarayoniga
faol   ta’sir   ko’rsatish,
ijtimoiy   tarbiya   va
ijtimoiy   pedagogik
reabilitatsiya   dasturlari
orqali   unga   ijobiy   ta’sir
ko’rsatish; 
Hayotiy   malakalar   va
ko’nikmalarni
rivojlantirish dasturi; tarbiyalanuvchilarini
aniqlash;
Bolalar   qiziqish   va
qobiliyatlarini o’rganish;
  ijtimoiy   rivojlanishning
individual   xaritalarini
tuzish;
Bolalar   rivojining     ijtimoiy
tarmoqlva   individual
vaziyatiga tashhiz qo’yish;
Bolalarning   kattalar   va
tengdoshlari   bilan
muloqotda   bo’lishlariga
tashhiz qo’yish;
  ijtimoiy   xulq-atvordan
chetga chiqishlariga tashhiz
qo’yish. Qulay ijtimoiypsixologik
mikromuhit yaratish;
tarbiyalanuvchilarning
o’z   oilalari,   pedagoglar
va   tengdoshlari   bilan
muloqot   qilishlarining
eng   optimal   yo’lini
tanlash;
shaxsiyatlararo
munosabatlarning
profilaktikasi dasturi.
  ijtimoiy   zararli   illatlar
(araqxo’rlik,
giyohvandlik,
taksikomaniya)ning
profilaktikasi dasturi. Profiariyentatsiya dasturi:
Jinsiy   tarbiya   va   oilaviy
hayotga   tayyorlash
dasturi;
Aloqa   ko’nikmalari   va
muloqat   madaniyatini
rivojlantirish dasturi;
Xulq-atvordagi   turli
chetga   chiqishlarni
(agressiya,   avtoagressiya,
adiktiv   xulq-atvor,
uyatchanlik,   autiz)
to’g’irlash dasturi.
Xarakter
aksentuatsiyalarining
psixoterapiyasi dasturi.
“Men”   obrazining
to’g’irlash dasturi 
O’z faoliyatida  ijtimoiy pedagog  bir qator vazifalarni  hal qiladi:
1. bolaning  ijtimoiy maqomini aniqlash;
2. tarbiyalanuvchilarning   individual   rivojlanish   dasturini
tuzish;
3. Bola adaptatsiyasi, intergatsiyasi, reabilitatsiyasi;
SHu   bilan   birga   u   o’z   faoliyatida   tashhiz   qo’yish,   bashorat   berish,
reabilitatsion   vositachilik   va   patronaj   o’tkazish   vazifasini   ham   bajaradi.     ijtimoiy
pedagog   faoliyati   bola     ijtimoiy   maqomini   aniqlashdan   boshlanadi.   Hujjatlarni
o’rganish,   suhbat,   test   o’tkazish   yo’li   bilan     ijtimoiy   pedagog   yechishi   lozim
bo’lgan   muammolarni   aniqlaydi.   Bola   kasallanishini   tashhizi   qanchalik   aniq
qo’yilsa,   unga   berish   mumkin   bo’lgan   yordam   turini   aniqlash   oson   bo’ladi. Bolaning   tarbiyasi   jamoada   kechadi,   shuning   uchun     ijtimoiy   pedagog   bolalar
jamoasini ham to’liq o’rganadi. 
Buning   uchun     ijtimoiy   pedagog   tomonidan   “bolani   o’rganish   varaqasi”
hamda “Bolaning individual xaritasi” to’ldiradi.
Bolani o’rganish varaqasi
O’g’il bola
Qiz bola  F.I.SH.
I. Bola haqidagi umumiy ma’lumotlar
1. Bola yoshi ________________________
                    (tug’ilgan yili, kun, oy, joyi)
2. Bola joylashgan muassasa nomi va manzili
____________________________________
3. Qarindoshlari va ularning manzili _________________
4. Millati
5.   Ilova   qilinadigan   hujjatlar   (tavsifnoma,   tibbiy   xarita,   yozma   ishlar,
rasmlar)_____________________________
6. Asosiy shikoyatlar__________________________
II. Bolaning yurish-turishi
Umumiy ma’lumotlar
1. Qayerda ta’lim oladi
2. Qachon va qaysi yil
 ijtimoiy pedagog savollari Javoblar
Tarbiyachi  Pedagog  Psixolog 
3. takrorlash, qachon va qancha 
4. ta’lim jarayonida qanday qiyinchiliklar mavjud
5. muvaffaqiyatning qiziqish tufayli oshishi
6. o’zi o’qishni yoki eshitishni yoqtiradimi
7. sevimli predmetlari
8. sevimli o’yinlari 9. sevimli mashg’uloti
10. musiqa
11. ijtimoiy faoliyat, hayvonlar, tabiatga qiziqish
12. jismoniy tarbiya va sport
intellektual xulq-atvor
13. e’tibor, xotira
14. ishlash qobiliyati
15. darslarda o’zini tutishi
16. zamon va makonda mo’ljal olish
17. yoshga mos kelishi
18. tarbiyasida chetga chiqishlar
19. aqliy rivojlanishning ortda qolishi
Nutq
20. toza, duduqlanish, afaziya, sergaplik, lug’at boyligi, exolaliya va boshqalar
Mator ta’sirlar 
21. epchillik, yurishi, yozuvi, kulgusi, chaynashi, kiyinishi, charchashi
22. kayfiyati, negativizm, egotsentrizm, yalqovlik, yolg’onchilik, maqtanchoqlik
23. og’riqqa chidamliligi
24. ishontirish
Uyqu
25. tinch, chuqur, barvaqt, kech, uyqusizlik
Gastrik instinklari
26. spirtli ichimliklar iste’mol qilish
Jinsiy instinklari
27. jinslarga munosabati, uyatsiz harakatlar, rasmlar, so’kinish
28. erta rivojlanish. Onanizm, sadizm, eksgibitsionizm
 ijtimoiy xul-atvor
29. atrofdagilarga munosabati
30. tartib, majburiyatlarga munosabati
31. o’g’irlik, o’g’irlangan narsalardan foydalanish 32. qochish, daydilik, gadoylik
Ijod
33. shakl, mazmun, kuch, taqlid
Boladagi o’zgarishlar
34. qaysi munosabatlarda va qachon
Bolaning individual xaritasi
1. O’g’il bola                                                                                                                                                        Qiz bola
_____________________
2. Bola yoshi ________________________
                    (tug’ilgan yili, kun, oy, joyi)
3. Kelishi (qachon, qayerdan)__________________
2. Oilasi haqida_________________________
Onasi
Otasi
Qarindoshlari
Vasiy
3. Tibbiy ko’rsatkichlari  (jismoniy rivojlanish darajasi, yuqumli kasalliklar
va boshqalar)
4. Pedagogik ko’rsatkichlari
-o’qitish jadalligi
-o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar
-o’qishdagi qiziqishlar
5. Psixologik ko’rsatkichlari
-temperament turi
-xarakter xususiyatlari
-“Men” obrazi
-psixologik rivojlanishining umumiy darajasi
-anglab oluvchi jarayonlarning o’ziga xosligi
-xulq-atvor xususiyatlari
-qobiliyatlari 6.  ijtimoiy pedagogik tavsifi
a)  ijtimoiy zararli jihatlar:
-erta alkogollashuv
-chekish
-taksik va psixotrop moddalarni iste’mol qilish
-g’ayriijtimoiy o’yinlarga qiziqish
-jinsiy xohish
b)  ijtimoiy xulq-atvorida chetga chiqishlar
-qo’pollik
-janjallar
-darsdan, mashg’ulotlardan va boshqa shunga o’xshashlardan qochish
-intizomsizlik
-kuchsizlarni urish
-qalloblik
-hayvonlarga qo’pol munosabatda bo’lish
-o’g’irlik
-jamoat tartibini buzish
v) rivojlanishning  ijtimoiy vaziyati
-noxush ob’ektiv
-noxush sub’ektiv
g)  ijtimoiy maqom
-etakchi
-guruhda olqishlanadigan
-muayyan shartsiz qabul qilingan
-nazardan qolgan odam
-jasur
  ijtimoiy   pedagogning   keyingi   vazifasi   tarbiyalanuvchilarning   individual
rivojlanishi   dasturini   to’qish,   ya’ni   bolalar   uyining   bitiruvchisi   qanaqa   bo’lishi
kerakligini tasavvur etish lozim. Buning uchun   ijtimoiy pedagog tarbiyachi bilan birgalikda   bolaning   barcha   hujjatlarini,   uning   muammolarini   tahlil   qiladi,
vaziyatdan chiqish yo’llarini qidiradi.
Ish bosqichlari
1.   Tayyorlov -muassasaga   kirishlarida   tanishish   bolalar,   bola   hayoti   muhitining
omillari,   aloqalar   o’rnatish,     ijtimoiy   tashhizi,   shaxsning   pedagogik   imkoniyatlari
bilan   tanishish,   shahar   (tuman)   muassasalari   bilan   aloqalar   o’rnatiladi,   bolalar
kartatekasi tuziladi, ishning qisqacha taxlili beriladi.
Tadqiqot usullari
Psixologik test o’tkazish:
a) “maktab ta’limiga ko’nikish” anketasi
b) ruhiy sholatlarning tashhiz qilinishi
v)   bolaning   muhitga   ko’nikishiga   muassasa   ta’sirini   aniqlash   maqsadida   kuzatuv
olib borish, intervyu olish
Anketa so’rovnovnomasi o’tkazish:
  a)   insho-bolaning   ijodiy   qiziqishini   aniqlash   uchun   (adabiyot   o’qituvchisi
o’tkazadi)
b) qizishlarini so’rab bilish
v) kasbiy qiziqish bo’yicha anketa
2.   Tashkiliy -muammolarni   tasniflash,   ularni   tahlil   qilish.     ijtimoiy   pedagog   o’z
faoliyatining   ustuvor   yo’nalishlarini,     ijtimoiy   ijod   shakllarini   aniqlaydi,   ishda
ijtimoiy   institutlarni   (oila,   maktab,   yoshlar   tashkilotlari,   sog’lomlashtirish
muassasalari, armiya,  ijtimoiy xizmatlar) tartibga soladigan  ijtimoiy yordamchilar
tarkibini tuzadi, ta’lim, sog’liq, dam olish payti muammolari bilan shug’ullanuvchi
tashkilot,   to’garaklar   imkoniyatlarini   o’rganadi,     ijtimoiy   pedagogik   tadqiqotlar
natijalarini tizimlashtiradi.
3.   Bevosita     ijtimoiy   ish -kuzatuv,   g’amxo’rlik,   maslahat   berish,   bola
huquqlarini himoya qilishga yordam berish, murakkab vaziyatlarning tahlili.
Ish shakllari:
1. Tarbiyalanuvchisi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
2. Bola ijtimoiylashuvi dinamikasini kuzatuv xaritasi orqali kuzatish. Vositalar -predmetlar, hodisalar, jarayonlar.
Bolalar uyi sharoitlarida  ijtimoiy adaptatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-jamoa hayoti normalarini ongli ravishda qabul qilish va bajarish,
-xulq-atvorini o’zi nazorat qilish, salbiy hodisalarga qarshilik ko’rsatish,
-pedagogik ta’sirlarga adekvant munosabatda bo’lish.
  ijtimoiy   pedagog   faoliyatining   bu   umumiy   qoidalari   bolalar   uyi   turi,
bolalarning   yoshi,   ularning   tabiiy-ijtimoiypsixologik-pedagogik   muammolariga
qarab konkretlashadi.
Psixologlar   bilan   birgalikda     ijtimoiy   pedagog   bitiruvchilarning   o’z-o’zini
belgilab   olishlari   (kasb-hunar   to’g’risida   suhbatlar,   korxonalarga   ekskursiyalar,
professional   ta’lim   olish   to’g’risida   suhbatlar),   insonning   jamiyatdagi   turli
ijtimoiy   rollarini   o’zlashtirishlari   (vatanparvar,   oila   a’zosi,   jamiyat   a’zosi,
iste’molchi,   professional   va   boshqa),   oila   funksiyalari   va   tuzilishi   bilan
tanishishlari,   adaptiv   mexanizmlarning   shakllanishi   muammolari   bilan
shug’ullanishadi.   Bolalar   uyidagi   murakkab   tarbiyaviy   jarayon   tarbiyachilardan
nafaqat   bugungi   vazifalarni,   balki   ham   bolaning     ham   jamoaning   rivojlanish
tendensiyalarini o’zlashtirishni talab qiladi. Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

MAVZU: Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni. REJA: 1.MTTda-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida 2.Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli. 3.Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari 4.Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat 5.Ijimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli. 6 .Ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi yangi ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar bilan belgilanganligi. 7.Ta’lim muasasasida ijtimoiy pedagog faoliyatining boshqaruv, tarbiyaviy va tashkiliy jihatlari. 8.Ta’lim muassasasi, oila va ijtimoiy muhit bilan ishlash ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy yo’nalishla

Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi. Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi. Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi. Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi. Bunday maktablar asosan; ▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish ▪ sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish: ▪ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini olib boradi. Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari: ▪ bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish, ▪ sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash, ▪ nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k. qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k)

hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish, ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi. Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy- pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir: 1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish. 2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi. 3.Tabiatga mos yondoshuv 4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv. Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin. Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic faoliyati modeli quyidagi shakilda amalgam oshiriladi.

Bolalarni ijtimoiy qimoyalash mikro-(kichik) markazlari. Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik qimoyalash sog`ligini himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi. Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat Ijtimoiy hayotda ob'ektiv sabablarga ko`ra noto`liq oilalar mavjud. Ota- onalarning ajralishlari, nikohsiz farzand ko`rish, o`rta yoshdagi insonlarning orasidagi o`limning ko`payishi, bolasidan voz kechish bunga asos yaratmoqdalar. Kirish: Bolalarni ijtimoiy himoyalashga bo`lgan ijtimoiy talab IPF tamoyillari Ijtimoiy pedagogic faoliyat (IPF) maqsadi va vazifalari IPFning o`ziga xosliklari IPF mazmuni Shakillari Metodlari IPFIjtimoiy pedagogik Vositalar Dasturlar bosqichi Bolalar va o`smirlar: ularning ijtimoiylashganlik va rivojlanganlik darajalari Chiqish: Ijtimoiylashgan bola

So`nggi yillarda ko`plab oilalar moddiy yetishmovchilik holatiga duch kelmoqdalar. Bu holat, albatta, bolaning ruhiy olamiga o`z ta'siri o`tkazadi. qarovsiz bolalar-oilalarning buzilishi natijasidir.internat shaklidagi muassasalarda tarbiyalanuvchi bolalar psixologik, hissiy deprivatsiyaga uchraydi, ya'ni qiynaladi, sesorli ochlikni boshidan o`tkazadi, real qayotdan uzoqlashadi, ijtimoiy izolyatsiyada bo`ladi. Maktab internatlar nafaqat ta'lim-tarbiya maskani, balki shaxsning ijtimoiylashuviga ko`maklashadi. Internatlarda bajaradigan ijtimoiy pedagogning vazifalari quydagilardan iborat; ▪ tarbiyalanuvchilarda insoniy munosabatlarni shakllantirish: ▪ bolalarning xavfsizligini va psixologik konfortni ta'minlash: ▪ har bir tarbiyalanuvchining hayot tarzi, ijtimoiy rivojlanish vaziyatlarini, intividual xususiyatlarini o`rganish: ▪ tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasini va ijtimoiy potologiyasini o`rganish: ▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qilish: ▪ tarbiyalanuvchilar, muassasa, oila a'zolari va ijtimoiy institutlar orasida dallollik vazifasini o`taydi: ▪ internat bitiruvchilarni ishga joylashtirish, turarjoy bilan ta'minlash, pensiya, posobie va boshqa imtiyozlardan foydalanishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli Sog`liq inson hayoti mazmunining asosini tashkil etadi. Inson uchun u adekvat gigienik muqit va sog`lom turmush tarzi hisoblanadi. “Sog`lom inson”, “Sog`lom jamiyat”, “Sog`lom millat”, “Sog`lom avlod” tushunchalari mavjud. Sog`lig`ning ikkita aspekti mavjud: biologik va ijtimoiy. Sog`lig`ni obektiv faktorlar(turmush darajasi, ijtimoiy xizmat, ekologiya) va sub'ektiv faktorlar (mazmunli hayot va sog`lom turmush tarzi) o`z ta'sirini ko`rsatadi. Sog`lom turmush tarzi-bu har bir shaxs va butun jamiyatning insonparvarlashganlik va rivojlanganlik me'yoridir. Xalqimizda “Tani sog`lik- tuman boylik” , “Sog`lom tanda sog`lom aql” singari xalq donoligi mavjud bo`lib,