logo

IQLIMIY OMILLAR VA ULARNING DARYO OQIMIGA TA’SIRINI BAHOLASH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

48.7119140625 KB
IQLIMIY  OMILLAR  VA ULARNING DARYO OQIMIGA TA’SIRINI
BAHOLASH
Reja:
1. Meteorologik elementlarning daryo oqimiga ta’siri
2. Atmosfera yog`inlarining balandlik bo`yicha taqsimlanishi
3. Yomg`ir jala yog`inlari va oqimning Ma’lumki, atmosfera yog‘inlari oqimning hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
iqlimiy   omillar   orasida   asosiysi   bo‘lib   hisoblanadi.   Buni   biz   daryo   havzasining
suv   muvozanati   ifodasidan   ham   ko‘rishimiz   mumkin:   U
0 X
0 -Z
0 .   Ko‘rinib
turibdiki, bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko‘p yog‘in ¸g‘sa, oqim
shuncha ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ushbu mavzu yog‘inning maydon bo‘yicha
va yil davomida mavsumlar aro taqsimlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Atmosfera   yog‘inlari   meteorologik   element   bo‘lib,   u   bir   qancha   shart-
sharoitlarga   bog‘liq.   Uning   yer   shari   bo‘yicha   taqsimlanishi   birinchi   navbatda
havoning   haroratiga   bog‘liqdir.   Bizga   ma’lumki,   havoning   harorati   ekvatordan
qutbga   qarab   pasayib   boradi.     Shu   bilan   birga   bug‘lanish   ham   kamayib   boradi,
havoning namligi ham kamayadi.
Yog‘inning   ko‘p   miqdorda   yog‘ishi   uchun   yetarlicha   issiqlik   bo‘lishi   kerak,
shu   sababga   ko‘ra   ekvatorda   eng   ko‘p   miqdorda   yog‘in   yog‘adi.   Lekin   bu
qonuniyat   ba’zi   bir   sharoitlarning   ta’sirida   buzilishi   mumkin.   Masalan,
atmosferadagi  sinoptik jaryonlar , va ayniqsa reliefning ta’sirida.
Joyning   relyefi   tuzilishi   yog‘inning   miqdoriga,   uning   vaqt   va   makon
bo‘yicha taqsimlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ayniqsa tog‘li o‘lkalarda relief yog‘inga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri
bo‘lib hisoblanadi. Tog‘larda balandlikning ortishi  bilan iqlim, tuproq strukturasi,
o‘simliklar turi kabilar ham o‘zgarib boradi, yog‘in-sochin miqdori ortib boradi. 
Reliefning yog‘inning taqsimlanishiga ta’sirini ko‘pgina iqlimshunos olimlar
o‘rganganlar.   Jumladan,   B.D.   Zaykov   (Kavkaz   tog‘lari),   Shpilman   (Alp   tog‘lari),
V.L.   Shul’s,   O.A.   Drozdov,   M.I.   Getker   (O‘rta   Osiyotog‘lari)   bu   borada   izlanish
ishlari   olib   borganlar.   Hamma   tog‘tizmalari   uchun   deyarli   bir   xil   qonuniyat
(tendensiyaa) kuzatilgan.
Masalan,   M.I.   Getker,   O.A.   Drozdovlarning   ishlariga   binoan   avvalo
qandaydir   balandlikkacha,   balandlikning   ortishi   bilan   X   ortib   boradi   (5000   m
gacha),   so‘ngra   uning   kamayishi   kuzatiladi,   >   5000   m   da   X   ning   kamayishi,   bu
balandlikda issiqlik energiyasining kamayishi, yani kondensatsiya bo‘lishi uchun
haroratning yetishmasligidir. Orqa Ili Olotovi tizmasi bo‘yicha quyidagi holatni kuzatish mumkin:
Stansiya H 
abs ,m  X,mm
Alma-Ati, aeroport 674 443
Alma-Ati, observat 848 570
Alma-Ati, Medeo 1529 896
Alma-Ati “Gorelünik” 2254 923
 Muzliklar 4000 800
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki joyning absolyut balandligi ortishi bilan bir yilda
yog‘adigan   yog‘in   miqdorining   yig‘indisi   ortadi,   lekin   4000   m   balandlikda   esa
kamayishi kuzatiladi.
  Yog‘in   miqdorining   balandlik   bo‘yicha   taqsimlanish   grafigi   giyetografik
egri chiziq   deb ataladi.   yog‘in gradiyenti   har 100 m balandlikda yog‘in ortishini
miqdorining   ko‘rsatadi,   mm/100   m.   Shuni   eslatib   o‘tish   joizki,   tog‘li   o‘lkaning
orografik   tuzilishi   juda   murakkab,   shu   sababli   yuqorida   aytilgan   qonuniyat,   yani
balandlikning ortishi  bilan yog‘inning ortishi, ba’zida buziladi. Bunga sabab, tog‘
tizmalarining   nam   havo   massalarining   yo‘nalishiga   qanday   holatda
joylashganligiga   (oriyentiratsiya,   ekspozitsiya)   bog‘liq   bo‘ladi.   Masalan:   Hisor,
Farg‘ona,   Turkiston,   Qoratepa   va   hokazo   tog‘   tizmalarining   janubi-g‘arbiy
yonbag’irlari   nam   havo   massalarining   yo‘nalishiga   ro‘para   joylashganligi   sababli
namlikni deyarli 80-100 % ushlab qoladi. Natijada shu yonbag‘irlardan to‘yinuvchi
daryolar   (Kofirnihon,   Surxondaryo,   Qoradaryo   kabilar)   sersuv   bo‘lib,   ayniqsa
ularning nisbiy suvliligi yuqori bo‘ladi (23,5;14,8; 9,2 l/sek,km 2
).
Nam   havo   yo‘nalishiga   noqulay,   teskari   joylashgan   tog‘   tizmalari,
yonbag’irlari   esa   yaxshi   namlanmaydi,   ulardan   to‘yinadigan   daryolarning   oqim
moduli kichik bo‘ladi. Masalan, Norin daryosi, uning irmoqlari baland (H>4000 m
ham   uchraydi)   tog‘tizmalaridan   boshlanishiga   qaramasdan,   ularning   oqim   moduli
atigi 7,1 l/,sek km 2
 ni tashkil qiladi.
Relief   tuzilishi   faqat   yog‘in-sochin   miqdoriga   ta’sir   ko‘rsatibgina   qolmay,
balki   yog‘inning   yil   ichida   fasllar   bo‘yicha   taqsimlanishiga   ham   ta’sir   ko‘rsatadi. Masalan, O‘rta Osiyo hududida uning tog‘li qismida yog‘in oylar bo‘yicha nisbatan
tekis taqsimlanadi, tog‘  tizmalarining ichki qismlarida esa, yog‘inning ko‘p qismi
yozgi   oylarda   kuzatiladi   (Masalan,   Issiqko‘l   havzasi).   Bundan   tashqari   relief
yog‘inning   qay   holatda   (qor,   yomg‘ir)   yog‘ishiga   ham   ta’sir   ko‘rsatadi.
Balandlikning ortishi bilan yog‘inning qor shaklida yog‘ishi ortib boradi va 4500 m
dan   katta   balandliklarda   esa   faqat   qattiq   holatda   yog‘adi.   Bizga   ma’lumki,
Markaziy   Osiyo   darrolarini   suv   bilan   ta’minlaydigan   manba   kuz-qish   fasllarida
tog‘   tizmalarida   to‘plangan   qor   qatlamidir.     Shu   sababga   ko‘ra   Markaziy   Osiyo
daryolarining   suvliligini   bashorat   qilish   uchun   to‘plangan   qattiq   yog‘inlar
miqdorini bilishimiz kerak bo‘ladi.
Qor   holatda   yoqqan   yog‘inning   yillik   yog‘inga   nisbatan   ulushi   (%   da)
quyidagi jadvalda berilgan.
Stansiya N,m XII-II VI-VIII qor yomg‘ir
Ziagli 137 32,5 6,2 17,6 82,4
Toshkent 479 38,9 3,0 23,9 76,1
Chorbog‘ 982 39,5 4,3 29,5 70,5
Chotqol 1938 33,7 10,7 64,8 35,2
Norin 2048 12,5 36,3 33,5 66,5
Tyan-Shan 3672 5,1 56,5 76,1 23,9
Fedchenko 4169 30,2 15,2 97,9 2,1
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng pastda joylashgan Ziagli stansiyasi bo‘yicha
yillik   yog‘inning   17,6   %i   qor   shaklida   va   82,4   %i   yomg‘ir   ko‘rinishida   yog‘sa,
Fedchenko   stansiyasi   bo‘yicha   esa   97,7   %   qor,   atigi   2,1   %   yomg‘ir   tariqasida
kuzatiladi.
Yomg`irlar, Jala Yog`inlar
Yer sharidagi ko‘pchilik daryolarasosan yomg‘ir suvlari hisobiga to‘yinadilar.
Lekin   bizning   mamlakatimizdagi   daryolarasosan   qor   suvlari   hisobiga   to‘yinadi.
yomg‘ir   yerga   tushgani   hamono   suvning   tabiatda   aylanishi   jarayoniga   qo‘shilib
ketadi.  Qor  esa past haroratda yoqqanligi sababli, u to‘planib qoladi. Daryolarimiz
asosan   qor   hisobiga   to‘yinishi   bilan   birga   ularda   toshqinlarning   bo‘lib   turishida yomg‘ir   suvlarining   hissasi   katta.   yomg‘irgarchilik   asosan   bahor   va   kuzda
kuzatiladi. Bahorda qor qatlami jadal ravishda eriyotgan vaqtda, uning ustiga yana
yomg‘ir yoki jala yog‘sa, albatta  selning  hosil qilishi haqiqatdan uzoq emas.
Oqim   hosil   qilishi   nuqtai-nazaridan   jala   yog‘inning   quyidagi   xususiyatlari
mavjud:
1. Kuzatilish muddati davomida yog‘in miqdori-X, mm;
2. Yog‘nning yog‘ish tezligi- , mm/min;
3. Yog‘inning davom etish vaqti - T, min, soat;
4. Yog‘inning egallagan yog‘ish maydoni - F, km 2
  .
  Shuni   aytib   o‘tish   kerakki,   daryo   suvlarining   loyqaligini   tashkil   qilishda
yomg‘ir va jalalarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Faqat bahor fasli  (III, IV, V)
da yillik loyqaning 70-95 %i oqib o‘tadi. 
Yog‘inning   yog‘ish   tezligi   ham,   uning   miqdori   ham   vaqt   birligida   o‘zgarib
turadi.   Demak,   ularning   ikkalasi   ham   vaqt   funksiyasi   hisoblanadi.   Buni   quyidagi
misolda ko‘ramiz.
13 iyul 1931 y Mias daryosi havzasida kuzatilga yomg‘ir: 
Vaqt soat 6 6 6 6 6 6 6 6
minut 0,0 0,5 10 15 20 25 30 35
Vaqt intervalida yoqqan
yog‘in miqdori 0,0 0,3 0,7 1,5 1,9 1,2 5,4 4,3
yomg‘ir yig‘indisi 0,0 0,3 1,0 2,5 4,4 5,6 11,0 15,3
yog‘ish tezligi 0,0 0,06 0,14 0,30 0,39 0,24 1,08 0,86
Jala   deb   qisqa   vaqt   davomida   katta   tezlik   bilan   yog‘adigan   yomg‘irga
aytiladi.   Shundan   ko‘rinib   turibdiki,   jala   tushunchasi   shartli   tushuncha   ekan.   A.I.
Voyeykov ta’rifiga ko‘ra Rossiya bo‘yicha jala deb yog‘ish jadalligi 0,5 mm     min
ga teng va undan katta bo‘lgan yomg‘irga aytiladi.
Boshqa   mamlakatlar   uchun   bu   kattalik   boshqa   qiymatlarga   ega,   jumladan
Rossiya (Voyeykov) - i > 0,5 mm/min; Shvesariya (Rigenbax) - i > 0,34 mm/min; Amerika   (Faxsig)   -   i   >   1,28   mm/min;   Angliya   (Simone)   -   i   >   0,78   mm/min;
Germaniya (Gelsman) - i > 1,01 mm/min.
Tropik   mamlakatlarda   dovul   bilan   yog‘uvchi   yomg‘irlar   ham   kuzatiladi.
Yangi   Gvineya,   Filippin,   Indoneziya   mamlakatlarida   dovul   tez-tez   bo‘lib   turadi.
Bunday yomg‘irlar juda katta talofat keltiradi. Bu dovullarni   meteorologik kuchi
20-25 ballga teng bo‘lib, bu maksimal qiymat hisoblanadi. Hindistonda ham uzoq
muddatli,   jadal   yog‘uvchi   yomg‘irlar   yog‘adi.   Bu   borada   olib   borilgan
izlanishlardan quyidagi xulosalar chiqadi:
1)  jala ¸ki  yomg‘irning yog‘ish jadalligi (i) va yog‘ish muddati  ( T ) orasida
[T   f (i)] teskari proporöional bog‘lanish mavjud;
2)   jala   qancha   jadal   va   qisqa   muddat   davom   etsa   shuncha   kichik   maydonni
egallab yog‘adi.
Bu   xusuiyatlarni   biz   qator   empirik   ifodalarda   ko‘rishimiz   mumkin.   Hamma
ifodalarni 4 ta tipga bo‘lish mumkin.
I tip-i=	Δ	
a+bT	;                  II tip- ;
III tip-                      IV tip- .
I tipga misol, M.M. Protodüyakonov ifodasi:
 , mm  min.
II tipga Gorbachev M.F.  ifodasi
    
va AQSH territoriyasi uchun Bernard ifodasi misol bo‘ladi:
bu yerda A-tabiiy geografik sharoitni hisobga oladigan koefiöiyent.  III tipga AQSH territoriyasi uchun D. Meyer misol bo‘la oladi:
.  
IV tipga esa Bogomazova va Petrova ifodasini misol qilib keltirish mumkin: 
,
bu yerda   - meteorologik kuch-G.A. Alekseev ifodasi yordamida aniqlanadi:
  ,
ifodadagi   A,   V-tabiiy   geografik   parametrlar,   N-ayni   jalaning   takrorlanishini
ko‘rsatuvchi son, quyidagicha aniqlanadi:
100 yilda 1 martda kuzatilsa N= 1 %
1000 yilda 1 martda kuzatilsa N= 0,1 % 
50 yilda 1 martda kuzatilsa N= 2 %
20 yilda 1 martda kuzatilsa N= 5 % 
Daryo   havzasi   bo‘yicha   o‘rtacha   yog‘in-sochin   miqdori   quyidagi   usullar
asosida   aniqlanadi:   1)   o‘rtacha   arifmetik;   2)   kvadratlar;   3)   Mediana-tortish;   4)
izogiyet. Bu usullar gidrologiya fanida batafsil yoritilgan. ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.

IQLIMIY OMILLAR VA ULARNING DARYO OQIMIGA TA’SIRINI BAHOLASH Reja: 1. Meteorologik elementlarning daryo oqimiga ta’siri 2. Atmosfera yog`inlarining balandlik bo`yicha taqsimlanishi 3. Yomg`ir jala yog`inlari va oqimning

Ma’lumki, atmosfera yog‘inlari oqimning hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqlimiy omillar orasida asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Buni biz daryo havzasining suv muvozanati ifodasidan ham ko‘rishimiz mumkin: U 0 X 0 -Z 0 . Ko‘rinib turibdiki, bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko‘p yog‘in ¸g‘sa, oqim shuncha ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Ushbu mavzu yog‘inning maydon bo‘yicha va yil davomida mavsumlar aro taqsimlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Atmosfera yog‘inlari meteorologik element bo‘lib, u bir qancha shart- sharoitlarga bog‘liq. Uning yer shari bo‘yicha taqsimlanishi birinchi navbatda havoning haroratiga bog‘liqdir. Bizga ma’lumki, havoning harorati ekvatordan qutbga qarab pasayib boradi. Shu bilan birga bug‘lanish ham kamayib boradi, havoning namligi ham kamayadi. Yog‘inning ko‘p miqdorda yog‘ishi uchun yetarlicha issiqlik bo‘lishi kerak, shu sababga ko‘ra ekvatorda eng ko‘p miqdorda yog‘in yog‘adi. Lekin bu qonuniyat ba’zi bir sharoitlarning ta’sirida buzilishi mumkin. Masalan, atmosferadagi sinoptik jaryonlar , va ayniqsa reliefning ta’sirida. Joyning relyefi tuzilishi yog‘inning miqdoriga, uning vaqt va makon bo‘yicha taqsimlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa tog‘li o‘lkalarda relief yog‘inga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tog‘larda balandlikning ortishi bilan iqlim, tuproq strukturasi, o‘simliklar turi kabilar ham o‘zgarib boradi, yog‘in-sochin miqdori ortib boradi. Reliefning yog‘inning taqsimlanishiga ta’sirini ko‘pgina iqlimshunos olimlar o‘rganganlar. Jumladan, B.D. Zaykov (Kavkaz tog‘lari), Shpilman (Alp tog‘lari), V.L. Shul’s, O.A. Drozdov, M.I. Getker (O‘rta Osiyotog‘lari) bu borada izlanish ishlari olib borganlar. Hamma tog‘tizmalari uchun deyarli bir xil qonuniyat (tendensiyaa) kuzatilgan. Masalan, M.I. Getker, O.A. Drozdovlarning ishlariga binoan avvalo qandaydir balandlikkacha, balandlikning ortishi bilan X ortib boradi (5000 m gacha), so‘ngra uning kamayishi kuzatiladi, > 5000 m da X ning kamayishi, bu balandlikda issiqlik energiyasining kamayishi, yani kondensatsiya bo‘lishi uchun haroratning yetishmasligidir.

Orqa Ili Olotovi tizmasi bo‘yicha quyidagi holatni kuzatish mumkin: Stansiya H abs ,m  X,mm Alma-Ati, aeroport 674 443 Alma-Ati, observat 848 570 Alma-Ati, Medeo 1529 896 Alma-Ati “Gorelünik” 2254 923 Muzliklar 4000 800 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki joyning absolyut balandligi ortishi bilan bir yilda yog‘adigan yog‘in miqdorining yig‘indisi ortadi, lekin 4000 m balandlikda esa kamayishi kuzatiladi. Yog‘in miqdorining balandlik bo‘yicha taqsimlanish grafigi giyetografik egri chiziq deb ataladi. yog‘in gradiyenti har 100 m balandlikda yog‘in ortishini miqdorining ko‘rsatadi, mm/100 m. Shuni eslatib o‘tish joizki, tog‘li o‘lkaning orografik tuzilishi juda murakkab, shu sababli yuqorida aytilgan qonuniyat, yani balandlikning ortishi bilan yog‘inning ortishi, ba’zida buziladi. Bunga sabab, tog‘ tizmalarining nam havo massalarining yo‘nalishiga qanday holatda joylashganligiga (oriyentiratsiya, ekspozitsiya) bog‘liq bo‘ladi. Masalan: Hisor, Farg‘ona, Turkiston, Qoratepa va hokazo tog‘ tizmalarining janubi-g‘arbiy yonbag’irlari nam havo massalarining yo‘nalishiga ro‘para joylashganligi sababli namlikni deyarli 80-100 % ushlab qoladi. Natijada shu yonbag‘irlardan to‘yinuvchi daryolar (Kofirnihon, Surxondaryo, Qoradaryo kabilar) sersuv bo‘lib, ayniqsa ularning nisbiy suvliligi yuqori bo‘ladi (23,5;14,8; 9,2 l/sek,km 2 ). Nam havo yo‘nalishiga noqulay, teskari joylashgan tog‘ tizmalari, yonbag’irlari esa yaxshi namlanmaydi, ulardan to‘yinadigan daryolarning oqim moduli kichik bo‘ladi. Masalan, Norin daryosi, uning irmoqlari baland (H>4000 m ham uchraydi) tog‘tizmalaridan boshlanishiga qaramasdan, ularning oqim moduli atigi 7,1 l/,sek km 2 ni tashkil qiladi. Relief tuzilishi faqat yog‘in-sochin miqdoriga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki yog‘inning yil ichida fasllar bo‘yicha taqsimlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Masalan, O‘rta Osiyo hududida uning tog‘li qismida yog‘in oylar bo‘yicha nisbatan tekis taqsimlanadi, tog‘ tizmalarining ichki qismlarida esa, yog‘inning ko‘p qismi yozgi oylarda kuzatiladi (Masalan, Issiqko‘l havzasi). Bundan tashqari relief yog‘inning qay holatda (qor, yomg‘ir) yog‘ishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Balandlikning ortishi bilan yog‘inning qor shaklida yog‘ishi ortib boradi va 4500 m dan katta balandliklarda esa faqat qattiq holatda yog‘adi. Bizga ma’lumki, Markaziy Osiyo darrolarini suv bilan ta’minlaydigan manba kuz-qish fasllarida tog‘ tizmalarida to‘plangan qor qatlamidir. Shu sababga ko‘ra Markaziy Osiyo daryolarining suvliligini bashorat qilish uchun to‘plangan qattiq yog‘inlar miqdorini bilishimiz kerak bo‘ladi. Qor holatda yoqqan yog‘inning yillik yog‘inga nisbatan ulushi (% da) quyidagi jadvalda berilgan. Stansiya N,m XII-II VI-VIII qor yomg‘ir Ziagli 137 32,5 6,2 17,6 82,4 Toshkent 479 38,9 3,0 23,9 76,1 Chorbog‘ 982 39,5 4,3 29,5 70,5 Chotqol 1938 33,7 10,7 64,8 35,2 Norin 2048 12,5 36,3 33,5 66,5 Tyan-Shan 3672 5,1 56,5 76,1 23,9 Fedchenko 4169 30,2 15,2 97,9 2,1 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng pastda joylashgan Ziagli stansiyasi bo‘yicha yillik yog‘inning 17,6 %i qor shaklida va 82,4 %i yomg‘ir ko‘rinishida yog‘sa, Fedchenko stansiyasi bo‘yicha esa 97,7 % qor, atigi 2,1 % yomg‘ir tariqasida kuzatiladi. Yomg`irlar, Jala Yog`inlar Yer sharidagi ko‘pchilik daryolarasosan yomg‘ir suvlari hisobiga to‘yinadilar. Lekin bizning mamlakatimizdagi daryolarasosan qor suvlari hisobiga to‘yinadi. yomg‘ir yerga tushgani hamono suvning tabiatda aylanishi jarayoniga qo‘shilib ketadi. Qor esa past haroratda yoqqanligi sababli, u to‘planib qoladi. Daryolarimiz asosan qor hisobiga to‘yinishi bilan birga ularda toshqinlarning bo‘lib turishida

yomg‘ir suvlarining hissasi katta. yomg‘irgarchilik asosan bahor va kuzda kuzatiladi. Bahorda qor qatlami jadal ravishda eriyotgan vaqtda, uning ustiga yana yomg‘ir yoki jala yog‘sa, albatta selning hosil qilishi haqiqatdan uzoq emas. Oqim hosil qilishi nuqtai-nazaridan jala yog‘inning quyidagi xususiyatlari mavjud: 1. Kuzatilish muddati davomida yog‘in miqdori-X, mm; 2. Yog‘nning yog‘ish tezligi- , mm/min; 3. Yog‘inning davom etish vaqti - T, min, soat; 4. Yog‘inning egallagan yog‘ish maydoni - F, km 2 . Shuni aytib o‘tish kerakki, daryo suvlarining loyqaligini tashkil qilishda yomg‘ir va jalalarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Faqat bahor fasli (III, IV, V) da yillik loyqaning 70-95 %i oqib o‘tadi. Yog‘inning yog‘ish tezligi ham, uning miqdori ham vaqt birligida o‘zgarib turadi. Demak, ularning ikkalasi ham vaqt funksiyasi hisoblanadi. Buni quyidagi misolda ko‘ramiz. 13 iyul 1931 y Mias daryosi havzasida kuzatilga yomg‘ir: Vaqt soat 6 6 6 6 6 6 6 6 minut 0,0 0,5 10 15 20 25 30 35 Vaqt intervalida yoqqan yog‘in miqdori 0,0 0,3 0,7 1,5 1,9 1,2 5,4 4,3 yomg‘ir yig‘indisi 0,0 0,3 1,0 2,5 4,4 5,6 11,0 15,3 yog‘ish tezligi 0,0 0,06 0,14 0,30 0,39 0,24 1,08 0,86 Jala deb qisqa vaqt davomida katta tezlik bilan yog‘adigan yomg‘irga aytiladi. Shundan ko‘rinib turibdiki, jala tushunchasi shartli tushuncha ekan. A.I. Voyeykov ta’rifiga ko‘ra Rossiya bo‘yicha jala deb yog‘ish jadalligi 0,5 mm  min ga teng va undan katta bo‘lgan yomg‘irga aytiladi. Boshqa mamlakatlar uchun bu kattalik boshqa qiymatlarga ega, jumladan Rossiya (Voyeykov) - i > 0,5 mm/min; Shvesariya (Rigenbax) - i > 0,34 mm/min;