logo

YER SIRTI HOLATINING DARYO OQIMIGA TA’SIRI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

24.5654296875 KB
YER SIRTI HOLATINING DARYO OQIMIGA TA’SIRI
Reja:
1. Daryo havzasi relyefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri.
2. Oqimning yil davomida taqsimlanishini   belgilovchi omillar Kalendar davrlarda, fasllarda va fasllar ichida (o‘n kunliklar, haftalar,
kunlar)   daryo   oqimining   yil   davomidagi   holati   qonuniyatlarini   aniqlash
muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ular asosida turli xil suv xo‘jaligi
maqsadlarida   suv   manbalaridan   foydalanish   rejalari   tuziladi   va   suv
omborlari   kabi   gidrotexnik   inshootlarning   parametrlari   aniqlanadi.   Ushbu
mavzuda   oqimning   yil   davomida   taqsimlanishini   belgilab   beruvchi   qator
omillarga ta’rif beriladi.
Daryo   oqimining   hosil   bo‘lishiga   havza   Relyefi   bevosita   va   bilvosita   ta’sir
etishi   mumkin.   Relyefning   oqimga   bevosita   ta’siri   havzaning   nishabligi   orqali
ifodalanadi.   Agar   havzaning   nishabligi   katta   bo‘lsa,   oqim   jadal   suratda   hosil
bo‘lib, uning Daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga
shimilish   va   bug‘lanishga   ham   kam   miqdorda   miqdorda   suv   sarflanadi.
Havzaning,   yonbag‘irlarining   nishabligi   nisbatan   kichik   bo‘lganda   esa   yuqorida
bayon qilinganlarning aksi kuzatiladi.
Havza   relyefining   oqim   hosil   bo‘lishiga   bilvosita   ta’siri   juda   kattadir.   Bu
ta’sir   suv   muvozanatining   asosiy   elementlari   bo‘lgan   yog‘in-sochin,   bug‘lanish.
yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan suv miqdori orqali seziladi.
Suv   muvozanati   elementlariga   va   ular   orqali   Daryo   oqimiga   balandlik
mintaqalari   juda   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ortiqcha   va   yetarli   darajadagi   namlikka
ega   bo‘lgan   tekislik   hududlarida   balandlikning   uncha   katta   bo‘lmagan   o‘zgarishi
ham   yog‘in   miqdoriga   va   Daryo   oqimiga   sezilarli   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,
Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200-300m) yillik yog‘in miqdori 700 mm ga
yetsa, u bilan yonma-yon joylashgan xududlarda  550 mm yog‘in yog‘adi.
Tog‘li   hududlarda   Daryo   havzasining   suv   muvozanati   elementlari   balandlik
bo‘yicha  keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori  (tog‘  tizimining o‘rniga bog‘liq
holda) ma’lum balandlikkacha ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortib borishi
bilan   yog‘in   miqdori   kamaya   boradi.   Masalan,   Iliorti   Olatovining   shimoliy   yon
bag‘irlarida   yog‘in   miqdori   2250   m   balandlikkacha   ortsa,   Jung‘or   Olatovida   bu
balandlik 3200-3400m ni tashkil etadi. Yog‘in   miqdoriga   yonbag‘irlarning   nam   havo   oqimi   yo‘nalishiga   nisbatan
joylashishi   katta   ta’sir   ko‘rsatadi.   Masalan,   Hisor   tog‘tizmasining   janubi-g‘arbiy
yonbag’irlariga   yiliga   1500-2000   mm   yog‘in   yog‘sa,   Pomir   tog‘ining   ichki
hududlarida yillik yog‘in miqdori atigi 400-600 mm ni tashkil etadi.
Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi, balandlikka mos ravishda
yog‘inning   umumiy   miqdoriga   nisbatan   qorning   hissasi   ortib   boradi.   Bu   esa   o‘z
navbatida oqim koeffisiyentining o‘sishiga olib keladi. 
Umuman   tog‘li   o‘lkalarning   gidrologik   sharoitida   relyefning   ahamiyati
nihoyatda kattadir. Relyef gidrologik xodisalarga, shu jumladan oqim hosil bo‘lish
jarayoniga   ko‘pincha   bevosita   emas,   balki   tabiiy-geografik,   ayniqsa,   iqlimiy
omillar orqali ta’sir etadi.
2. Oqimning  yil davomida taqsimlanishini belgilovchi omillar
Oqimning   yil   ichida   taqsimlanishini   aniqlash   ancha   murakkab,   chunki
mazkur   jarayonga   ko‘pgina   tabiiy   geografik   omillar   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ular
orasida   yog‘in-sochin   va   havoning   harorati,   shu   bilan   birga   bug‘lanishning
yil   davomida   o‘zgarib   turishi   kabilar   kiradi.   Iqlimiy   omillar   geografik
zonallikga bo‘ysinganligi sababli oqimning yil ichida taqsimlanishi bo‘yicha
daryolar   tasnifini   ishlab   chiqish   imkoni   tug‘ildi.   Masalan,   B.D.   Zaykov
daryolar   oqimining   yil   davomida   taqismlanishiga   va   to‘yinish   manbalariga
qarab tasnifini tuzishga  muyassar  bo‘ldi.  Daryolar quyidagi  uchta guruhga:
1.   To‘lin   suv   davri   bahorda   kuzatiladigan   daryolar;   2.   To‘lin   suv   davri
yilning   issiq   oylarida   kuzatiladigan   daryolar;   3.   Yil   davomida   toshqinlar
kuzatiladigan daryolarga bo‘linadi.
Oqimning   taqsimlanishiga   iqlimiy   omillardan   tashqari   havzadagi
oqimning tabiiy boshqarilishini ifodalovchi boshqa tabiiy geografik omillar
ham   ta’sir   ko‘rsatadi.   Jumladan,   havzaning   maydoni,   relef   tuzilishi,
gidrogeologik   sharoiti,   ko‘l,   o‘rmon,   muzliklarning   mavjudligi   kabilar
kiradi.   Masalan,   tekislik   daryolari   oqimining   yil   davomida   tekis taqsimlanishiga   ko‘llarning   ta’sirini   Neva,   Svir,   Boltiqbuyi   hududlaridagi
daryolarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Oqimning   yil   davomida   taqsimlanishi   insonning   mehnat   faoliyati
tufayli   anchagina   o‘zgaradi.   Ularga   hovuz   va   suv   omborlari   qurish,
botqoqliklarni quritish, ixota daraxtlari maydonini tashkil qilish, agrotexnika
tadbirlarini   o‘tkazish   kiradi.   Jumladan,   suv   omborlari   daryolar   oqimini
mavsumlararo, yillararo tartibga solishga mo‘ljallab quriladi. Mavsumlararo
tartibga   solishga   mo‘ljallanggan   suv   ombolarining   asosiy   vazifasi   to‘lin   va
toshqin   suv   davrlarida   suvni   to‘plash   va   undan   daryolarda   suv   kamaygan
paytlarda   foydalanishlardan   iboratdir.   Mazkur   turdagi   suv   omborlari   oqimi
yil ichida notekis taqsimlangan daryolarda quriladi.
Yillararo  tartibga solishga mo‘ljallab qurilgan suv omborlari ko‘p suvli
yillarda   suvning   bir   qismini   saqlab   qolish   va   undan   kam   suvli   yillarda
foydalanish maqsadida quriladi.
Daryo havzalarida botqoqliklarni jadal quritish vaqtida to‘lin suv davri
paytida   oqimning   keskin   ortishi   gidrografik   tarmoqlanishning   kengayishi
(kanal   va   zovurlarning)   sababli   kuzatiladi.   Bu   vaqtda   havza   yuzasidagi
suvlarning   jadal   ravishda   o‘zanga   quyilishi   ro‘y   beradi,   bu   esa   oqimning
mavsumlar va oylararo notekis taqsimlanishiga olib keladi.
Havzani o‘rmonlashtirish oqimning yil ichida taqsimlanishiga ikki yo‘l
bilan   ta’sir   ko‘rsatadi.   Birinchidan,   o‘rmonzorlarda   qor   erish   jarayoni
cho‘ziladi, shu bilan birga to‘lin suv davri ham uzayadi. Ikkinchi tomondan
o‘rmondagi   tuproq-grunt   qoplamidan   suvning   shimilishi   jadal   bo‘lganligi
sababli   ustki   oqimning   bir   qismi   yer   osti   suvlarini   boyitadi.   Bular   o‘z
navbatida daryo oqimining tekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi.
Agrotexnik   tadbirlar   tuproq-gruntlarda   namlikni   to‘plashga
qaratilagan bo‘lib, yuza oqimni yer osti oqimiga o‘tkazishga qaratilgan. Bu
holatda   daryo   oqimining   to‘lin   suv   davri   paytidagi   bir   qismi   yer   osti suvlarini   to‘yintirishga   sarflanadi,   kam   suvli   davrda   esa   bu   suvlar   daryoni
to‘yintiradi.
Tog‘   daryolarining   yil   davomida   taqsimlanishini   ularning   to‘yinish
manbalari   belgilab   beradi.   Jumladan   muzlik   suvlari   hissasi   katta   bo‘lgan
daryolarning   oqimi   yil   davomida   nisbatan   tekis   taqsimlangan   bo‘ladi.   Va,
aksincha, to‘yinishida yomg‘ir suvlarining hissasi katta bo‘lgan daryolarning
oqimi yil davomida nihoyat notekis taqsimlangan bo‘ladi. ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.

YER SIRTI HOLATINING DARYO OQIMIGA TA’SIRI Reja: 1. Daryo havzasi relyefining oqim hosil bo‘lishiga ta’siri. 2. Oqimning yil davomida taqsimlanishini belgilovchi omillar

Kalendar davrlarda, fasllarda va fasllar ichida (o‘n kunliklar, haftalar, kunlar) daryo oqimining yil davomidagi holati qonuniyatlarini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Ular asosida turli xil suv xo‘jaligi maqsadlarida suv manbalaridan foydalanish rejalari tuziladi va suv omborlari kabi gidrotexnik inshootlarning parametrlari aniqlanadi. Ushbu mavzuda oqimning yil davomida taqsimlanishini belgilab beruvchi qator omillarga ta’rif beriladi. Daryo oqimining hosil bo‘lishiga havza Relyefi bevosita va bilvosita ta’sir etishi mumkin. Relyefning oqimga bevosita ta’siri havzaning nishabligi orqali ifodalanadi. Agar havzaning nishabligi katta bo‘lsa, oqim jadal suratda hosil bo‘lib, uning Daryo o‘zaniga oqib kelish vaqti qisqaradi. Shu bilan birga yer ostiga shimilish va bug‘lanishga ham kam miqdorda miqdorda suv sarflanadi. Havzaning, yonbag‘irlarining nishabligi nisbatan kichik bo‘lganda esa yuqorida bayon qilinganlarning aksi kuzatiladi. Havza relyefining oqim hosil bo‘lishiga bilvosita ta’siri juda kattadir. Bu ta’sir suv muvozanatining asosiy elementlari bo‘lgan yog‘in-sochin, bug‘lanish. yer ostiga shimilish va havzada to‘planadigan suv miqdori orqali seziladi. Suv muvozanati elementlariga va ular orqali Daryo oqimiga balandlik mintaqalari juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ortiqcha va yetarli darajadagi namlikka ega bo‘lgan tekislik hududlarida balandlikning uncha katta bo‘lmagan o‘zgarishi ham yog‘in miqdoriga va Daryo oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Valday tepaliklarida (dengiz sathidan 200-300m) yillik yog‘in miqdori 700 mm ga yetsa, u bilan yonma-yon joylashgan xududlarda 550 mm yog‘in yog‘adi. Tog‘li hududlarda Daryo havzasining suv muvozanati elementlari balandlik bo‘yicha keskin o‘zgaradi. Yillik yog‘in miqdori (tog‘ tizimining o‘rniga bog‘liq holda) ma’lum balandlikkacha ortib boradi, shundan so‘ng balandlik ortib borishi bilan yog‘in miqdori kamaya boradi. Masalan, Iliorti Olatovining shimoliy yon bag‘irlarida yog‘in miqdori 2250 m balandlikkacha ortsa, Jung‘or Olatovida bu balandlik 3200-3400m ni tashkil etadi.

Yog‘in miqdoriga yonbag‘irlarning nam havo oqimi yo‘nalishiga nisbatan joylashishi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Hisor tog‘tizmasining janubi-g‘arbiy yonbag’irlariga yiliga 1500-2000 mm yog‘in yog‘sa, Pomir tog‘ining ichki hududlarida yillik yog‘in miqdori atigi 400-600 mm ni tashkil etadi. Balandlikning ortishi yog‘in turiga ham ta’sir etadi, balandlikka mos ravishda yog‘inning umumiy miqdoriga nisbatan qorning hissasi ortib boradi. Bu esa o‘z navbatida oqim koeffisiyentining o‘sishiga olib keladi. Umuman tog‘li o‘lkalarning gidrologik sharoitida relyefning ahamiyati nihoyatda kattadir. Relyef gidrologik xodisalarga, shu jumladan oqim hosil bo‘lish jarayoniga ko‘pincha bevosita emas, balki tabiiy-geografik, ayniqsa, iqlimiy omillar orqali ta’sir etadi. 2. Oqimning yil davomida taqsimlanishini belgilovchi omillar Oqimning yil ichida taqsimlanishini aniqlash ancha murakkab, chunki mazkur jarayonga ko‘pgina tabiiy geografik omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida yog‘in-sochin va havoning harorati, shu bilan birga bug‘lanishning yil davomida o‘zgarib turishi kabilar kiradi. Iqlimiy omillar geografik zonallikga bo‘ysinganligi sababli oqimning yil ichida taqsimlanishi bo‘yicha daryolar tasnifini ishlab chiqish imkoni tug‘ildi. Masalan, B.D. Zaykov daryolar oqimining yil davomida taqismlanishiga va to‘yinish manbalariga qarab tasnifini tuzishga muyassar bo‘ldi. Daryolar quyidagi uchta guruhga: 1. To‘lin suv davri bahorda kuzatiladigan daryolar; 2. To‘lin suv davri yilning issiq oylarida kuzatiladigan daryolar; 3. Yil davomida toshqinlar kuzatiladigan daryolarga bo‘linadi. Oqimning taqsimlanishiga iqlimiy omillardan tashqari havzadagi oqimning tabiiy boshqarilishini ifodalovchi boshqa tabiiy geografik omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, havzaning maydoni, relef tuzilishi, gidrogeologik sharoiti, ko‘l, o‘rmon, muzliklarning mavjudligi kabilar kiradi. Masalan, tekislik daryolari oqimining yil davomida tekis

taqsimlanishiga ko‘llarning ta’sirini Neva, Svir, Boltiqbuyi hududlaridagi daryolarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Oqimning yil davomida taqsimlanishi insonning mehnat faoliyati tufayli anchagina o‘zgaradi. Ularga hovuz va suv omborlari qurish, botqoqliklarni quritish, ixota daraxtlari maydonini tashkil qilish, agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish kiradi. Jumladan, suv omborlari daryolar oqimini mavsumlararo, yillararo tartibga solishga mo‘ljallab quriladi. Mavsumlararo tartibga solishga mo‘ljallanggan suv ombolarining asosiy vazifasi to‘lin va toshqin suv davrlarida suvni to‘plash va undan daryolarda suv kamaygan paytlarda foydalanishlardan iboratdir. Mazkur turdagi suv omborlari oqimi yil ichida notekis taqsimlangan daryolarda quriladi. Yillararo tartibga solishga mo‘ljallab qurilgan suv omborlari ko‘p suvli yillarda suvning bir qismini saqlab qolish va undan kam suvli yillarda foydalanish maqsadida quriladi. Daryo havzalarida botqoqliklarni jadal quritish vaqtida to‘lin suv davri paytida oqimning keskin ortishi gidrografik tarmoqlanishning kengayishi (kanal va zovurlarning) sababli kuzatiladi. Bu vaqtda havza yuzasidagi suvlarning jadal ravishda o‘zanga quyilishi ro‘y beradi, bu esa oqimning mavsumlar va oylararo notekis taqsimlanishiga olib keladi. Havzani o‘rmonlashtirish oqimning yil ichida taqsimlanishiga ikki yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, o‘rmonzorlarda qor erish jarayoni cho‘ziladi, shu bilan birga to‘lin suv davri ham uzayadi. Ikkinchi tomondan o‘rmondagi tuproq-grunt qoplamidan suvning shimilishi jadal bo‘lganligi sababli ustki oqimning bir qismi yer osti suvlarini boyitadi. Bular o‘z navbatida daryo oqimining tekis taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. Agrotexnik tadbirlar tuproq-gruntlarda namlikni to‘plashga qaratilagan bo‘lib, yuza oqimni yer osti oqimiga o‘tkazishga qaratilgan. Bu holatda daryo oqimining to‘lin suv davri paytidagi bir qismi yer osti

suvlarini to‘yintirishga sarflanadi, kam suvli davrda esa bu suvlar daryoni to‘yintiradi. Tog‘ daryolarining yil davomida taqsimlanishini ularning to‘yinish manbalari belgilab beradi. Jumladan muzlik suvlari hissasi katta bo‘lgan daryolarning oqimi yil davomida nisbatan tekis taqsimlangan bo‘ladi. Va, aksincha, to‘yinishida yomg‘ir suvlarining hissasi katta bo‘lgan daryolarning oqimi yil davomida nihoyat notekis taqsimlangan bo‘ladi.