logo

O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi yutuqlari va muammolari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.2646484375 KB
O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi yutuqlari va
muammolari
Reja :
1. O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi.
2. O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi yutuqlari
3. O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi muammolari O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi.
O‘simliklarning   kasallik   va   hashoratlarga   chidamlilik   seleksiyasi   eng
murakkab   ilmiy   masala   hisoblanadi.   Inson   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining
navlarini   yaratish   jarayonida   o‘simlik   evolyusiyasini   hashorat   va   kasallik
qo‘zg‘atuvchisining   seleksiyasi   jarayoni   bilan   bog‘lab   olib   borishi   zarur.
Y a ’ni   seleksioner   olimlar   fitopatologlar,   entomologlar   bilan   hamkorlikda   ish
olib   borishi   zarur.   Yaratiladigan   yangi   navlarni   kasallikka   va   hashoratlarga
chidamlilik darajasiga qarab 3 guruhga bo‘lish mumkin.
1. O‘simlikning   kasallikka   chidamliliga-ya’ni   parazitlarning   rivojlanishini
to‘xtatish   xususiyati.   Bunda   parazit   rivojlanishi   sekinlashishi,   xayot   jarayoni
to‘xtashi   yoki   ular   sonining   ma’lum   miqdorga   pasayishi   nazarda   tutiladi.   Bunda
o‘simlikning immunitet xususiyati asosiy rol o‘ynadi. 
2.   Parazitga   bardoshlik   deganda-kasallik   qo‘zg‘atuvchi   o‘simlikda   n ormal
rivojlansada, o‘simlik qoniqarli miqdorda hosil beradi.
Parazitdan   chetlab   o‘tish.   Kasallik   qo‘zg‘atuvchisi   va   o‘simlikni   rivojlanish
f azalaridagi   har   xil   muddatning   vujudga   kelishi.   Ko‘pchilik   o‘simliklar   qisqa
muddat ichida pishib etishganligidan kasallik yoki hashoratlar o‘z rivojlanishi tezda
tugallab   ulgurmaydi.   Masalan.   ko‘pgina   g‘alla   ekinlari   zang   z amburug‘idan
shunday qilib saqlanib qoladi. Kartoshkaning erta eqiladigan   navlarining etishtirish
fitoftoraning tarqalishiga imkon bermaydi.
Yuksak   o‘simliklarning   kasalliklarga   chidamliligi   gen   vositasida   nazorat
qilinadi.   1905   yil   Biffen   tomonidan   bug‘doyning   zang   zamburug‘iga
chidamliligi Mendel qonuniga amal qiladi deb ko‘rsatgan.   Haqiqatdan ham har
qanday   o‘simlik   navi   yaratishida   fitopatologlar   va   genetiklar   hamkorligi
muhim   ahamiyatga   ega.   Har   qanday   o‘simlikning   kasalliklarga   chidamliligi
bir necha genlar asosida amalga oshadi. Ko‘p   genga ega bo‘lgan o‘simliklarda
ko‘p   kasalliklarga   chidamlilik   hosil   qiladi.   Bunda   kasallik
qo‘zg‘atuvchilarininng   fiziologik   rassalari   asosiy   rol   o‘ynaydi.   Har   bir   rassa
mustaqil   parazit   hisoblanib,   unga   chidamlilikni   o‘simlikning   ma’lum   bir
fiziologik   yoki   bioximik   xususiyatlari   paydo   bo‘ladi.   Masalan,   g‘o‘zaning   vilt kasalligiga   chidamli   navlarni   yaratish   jarayonida   tuproqdagi
mikroorganizmlarni   ham   seleksiya   qilib   boriladi.   Vaqt   o‘tishi   bilan   hosil
bo‘lgan rassalar  yangi navni ham zararlash xususiyatiga ega bo‘ladi.
Kasallikning   keng   tarqalishi   asosan   qulay   ekologik   sharoit   va   infeksiya
manbaining   ko‘payib   ketishiga   sabab   buladi.   Ma’lum   bir   paytda   bir   xil   navdagi
o‘simlikni   surunkasiga   etishtirish   kasallikning   keng   tarqalishiga   sabab   bo‘ladi.
Masalan,   kartoshkada   fitoftorioz,   g‘alla   ekinlarida   zang,   uzumning   mildyu
kasalligi,   g‘o‘zada   vilt   kasalliklari   keng   tarqalgandan   ular   orasida
kasalliklarga   chidamli   o‘simliklarni   ajratib   olish   seleksiya   ishlaridagi
dastlabki   bosqich   hisoblanadi.   SHunday   usulda   tanlab   olingan   o‘simliklar
mavjud   navlardan   tanlab   olingan   chidamli   navlar   bilan   o‘zaro   chatishtirish
boshlanadi.   Masalan,   zang   kasalligiga   chidamli   bo‘lgan   kungaboqarni   Zelenka
navi,   fitoftoriozga   chidamli   bo‘lgan   kartoshkaning   Chempion,   fuzariozga
chidamli   bo‘lgan   kanopning   Bizon   navlari   chidamli   navlar   ichidan   tanlab
olingan o‘simliklarni chatishtirish asosida hosil  qilingan. Bu navlarni eteshtirish
jarayonida ular ham  ma’lum   muddatdan keyin yana kasalliklarga chidamliligini
yo‘qotib,   turli   miqdorda   kasallana   boshlaydi.   Kasallikning   keng   tarqalishi
oldini   olish   maqsadida   seleksiya,   urug‘chilik,   navlarni   rayonlashtirish   ishlari
amalga   oshirila   boshlaydi.   Bu   masalani   muvoffaqiyatli   rivojlanishida
konvergent   navlarni   yaratish,   ko‘p   liniyali   navlar   yaratish   va   poligen
chidamli navlar yaratish ishlari muhim ahamiyatga ega.
Konvergent navlarning xususiyati.
Konvergent   navlar   bir   necha   chidamli   genlarga   ega   bo‘lib,   bu   genlar
ma’lum   fiziologik   rassalarga   chidamlilik   xususiyatini   namoyon   qiladi.   Bunday
chidamlilikni   monoge   chidamlilik   deyiladi.   Monogen   chidamlilik   o‘simliklarni
kasalliklardan   himoya   qilishi   mumkin   edi,   lekin   ko‘pgina   patogen   organizmlarga
xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik tufayli  yangi rassalar hosil bo‘lib turadi. Har   qanday   yangi   nav   gen   va   gen   nazariyasiga   asosan   o‘simliklarning
chidamlilik   xususiyatiga   nisbatan   patogenning   agressivlik   xususiyatini   namoyon
qiladi. Lekin, bu agressivlikning kelib chiqishiga 4-5 yil  o‘tishi mumkin. YAngi
nav   yaratilishi   bilan   yangi   rassalar   hosil   bo‘ladi   va   u   ma’lum   vaqtdan   keyin
turlicha   zararlanadigan   bulib   qoladi.   SHuning   uchun   konvergent   navlarni
yaratishni   rejalashtirilganda   navbatdagi   yangi   muddatda   yana   yangi   nav
yaratishni rejalashtirib qo‘yish  kerak.
Ko‘p liniyali navlar-o‘simlikning agronomik belgilari bilan   bir xil bo‘lsada,
har xil chidamlilik xususiyatlari bilan farq qiladi.   Ya’ni ko‘p liniyali navlar xar xil
kasalliklarga   nisbatan   har   xil   chidamlilikka   ega   bo‘lgan   genotiplar   yig‘indisidir.
Bunday   navlar   bug‘doyni   un   shudring,   sariq   zang-kasalligidan   saqlashda   keng
foydalaniladi.   Ular   Meksikada   keltirib   chiqarilgan   bo‘lsada   10   yil   davomida
muvoffaqiyatli etishtirilmoqda.
Poligenli   chidamlilik .   Poligenli   chidamlilik   xususiyatiga   ega   bo‘lgan
o‘simliklar   barcha   patogenlarning   rassasiga   chidamlilik   qiladi.   Bu   turdagi
chidamlilik gorizontal yoki daladagi chidamlilik deyiladi.  Poligen chidamlilikning
hosil   bo‘lishida   zamburug‘larning   kirib   kelishiga   chidamlilik,   tarqalishiga
chidamlilik, inkubatsion  davriga   chidamlilik   turiga   bo‘linadi.   Zamburug‘larning
kirib kelishiga  to‘sqinlik qiluvchi faktorlar quyidagilar b o‘ ladi:
1. Bargning tashqi tomonidan tuk bilan qoplanganligi.
2. Bargning ustki  qismida mumli qavatning mavjudligi.
3. Ustitsalar soni va kutikula ning  q alinligi .
4. Patogenning o‘sishini tezlashtiradigan yoki to‘xtadigan moddalarning 
mavjudligi.
  Infeksiyaning tarqalishiga chidamlilik quyidagi faktorlar asosida  bo‘ladi: 
1.K ollenxima va sklerenxima qavatning bo‘lishi; 
2.O‘simlik tarkibida parazit uchun zararli moddalrning bo‘lishi;        
3. Parazit uchun zarur oziqaning bo‘lmasligi.   Poligen   chidamlilik   sababli   o‘simlik   mikroorganizmlarining   kirib   kelishiga,
uning tarqalishiga, o‘zining spora hosil qilishini  kamayishiga olib keladi. Natijada
o‘simlikning zararlanishi kechikib,  o‘simlik normal rivojlanib, hosil miqdori ortadi.
O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi yutuqlari
O‘simliklar   seleksiyasi   fanining   yutuqlari   tufayli   ekin   maydonlarida   10-
15   %   kasalliklarga   chidamli   navlar   eqiladi.   Kasalliklarga   chidamli   navlar
yaratilishi   zararli   ximikatlar   ishlatmaslikka   olib   keladi.   Natijada   tabiatni
muhofaza   qilish   asosida   ekologik   sof   maxsulot   etishtirish   imkoniyatlari
vujudga keldi.
Bug‘doy   seleksiyasidagi   zang   kasalligiga   chidamli   navlar   yaratish
borasidagi   asosiy   ishlar   tur   ichida   geografik   uzoq   shakillarni   duragaylash
asosida   turlararo   va   avlodlar   aro   chatishtirish   usulidan   foydalanib   chidamli
navlar yaratishdir.
  Seleksiya   yutuqlari   tufayli   ekinlar   hosildorligi   ortib,   maxsulot   sifati
yaxshilandi.   Bug‘doyning   Odessa-3   navi   yaratilishi   natijasida   zang
kasalligiga   chidamliligi   ortib   hosil   miqdori   3-4   s,   Bezostaya   navi   tufayli
hosildorlik 18-20 s ga ortadi. Qand lavlagining ildiz chirish kasalligiga chidamli
navlar   yaratilishi   natijasida   hosildorlik   ko‘payishi   2-3   marta   ortadi.   G‘o‘zaning
Toshkent   1,2,3,4   navlarini   yaratilishi   hosildorlikni   2   marta   ko‘payishiga   imkon
berdi.   Gibridlash   usulidan   foydalanib   bug‘doy   kavil   gibridi   (N.   V.   Sitsin)
tamonidan chang qora kuya, qattiq qora kuya va un shudringga chidamli navlarni
yaratgan, tritikale (A. F. Shulindin), 
tomakining   turlararo   gibridi   (M.   F.   Ternovskiy)   ,kungaboqar   (G.   V.
Pustovoy)   g‘o‘za   (S.   M.   Miraxmedov)   ning   uzoq   formalarni   chatishtirishi
natijasidagi   ishlari   bu   ekinlarning   kasalliklarga   chidamli   navlarini   yaratib,
qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi ta’minlandi.
Bug‘doyning   chang   qorakuya   kasalligiga   chidamli   Lyutessens   758,
Saratovskaya   29,   33,   36,   39   navlari,   qo‘ng‘ir   zang   kasalligiga   Kanada,
Argentina,   Sovet   bug‘doylarini   chatishtirilib   Bezostaya   1,   Skorospelka   3
yaratilgan. Madaniy   ch idamli   navlarni   yaratish   va   ularni   etishtirish   qishloq   xo‘jaligiga
katta   iqtisodiy   foyda   keltiradi.   O‘simliklarning   kasalliklarga   chidamliligi   turli
yo‘llar   bilan   keltirib   chiqariladi:   ayrim   geografik   shakl   va   turli   yoshdagi
chidamlilik   xususiyatlarini   turlararo   chatishtirishda   jinsiy   va   vegetativ
gibridlashdan foydalaniladi. Ikkinchi yo‘nalish- chidamsiz navlar va turlar orasidan
chidamli   o‘simliklarni   tanlash   usuli   va   nixoyat,   yovvoyi   xolda   o‘suvchi   qardosh
o‘simliklarni   turlarini   maxalliy   navlar   bilan   chatishtirish.   Keyingi   yillarda   turli
agrofonda   o‘sayotgan   o‘simliklarni   ximiyaviy   va   fizikaviy   mutantlar   ta’sirida
chidamli navlarni yaratishga xarakat qilinmoqda.
I.   V.   Michurin   tadqiqotlari   asosida   mevali   va   rezovor   ekinlarni     kasallikka
chidamli navlari yaratilgan. Masalan, malinaning amerika un shudringiga chidamli
navi   Qora   Negusni   uzoq   geografik     turlar-evropaning   yirik   mevali   navi   Anibutni
shimoliy   Amerika   malinasi   Krasilniy   bilan   chatishtirib   hosil   qilgan.   Bunday
xususiyatli navlarga: Misovskiy 17, Russkiy, Ryasniy kabilar kiradi.
Kasallikka   chidamli   navlar   yaratish   borasida   g‘allachilikda   xam   yuksak
yutuqlarga erishilgan. N. I. Sitsin tamonidan uzoq formalarni chatishtirish usulidan
foydalanib   pireyni   bug‘doy   bilan   chatishtirilib     qo‘ng‘ir   zang   va   qora   kuya
kasalliklariga chidamli N 1 va 599 navlari yaratilgan.
P.   M.   Jukovskiy   Timofeev   bug‘doyini   persid   bug‘doyi   bilan   chatishtirib
griboboyniy bug‘doy navi-Triticum fulgicidum un shudring, uch xil zang, ikki xil
qora kuyaga chidamlilikni namayon qiladi. YAna shunday xususiyatga ega bo‘lgan
navlar   qatoriga   Triticum   soveticum   turi   xisoblanib,   u   Triticum   timopeevi   va
Tr.durum  gibridlarni chatishtirish yo‘li bilan olingan.
P.L.Lukyanenko   navlararo   chatishtirish   usulidan   foydalanib   Tezpishar   3,
Bezostaya 1, Kuban 131 navlarni yaratgan. Bu navlar zang, un shudring, qora kuya
kasalliklariga   chidamli   bo‘lishi   bilan   birga   yuqori   hosildorlikka   ega   navlar
hisoblanadi.
L.N.Jdanov tadqiqotlari asosida shumg‘iya  (Orobanche cumana Wallr.)  ning
fiziologik   rassalari   A   (kuchli   kasallantiradigan)   va   B   (kasallantirmaydigan) turlarga   bo‘linishini   aniqlagandan   keyin   tanlash   usulidan   foydalanib
kungaboqarning chidamli navlari: Jdanov-8182,-6432,-800  chiqarilgan.
V.S.Pustovoyt     tadqiqotlari  asosida   kungaboqarning  hosildor,  qora  kuya  va
shumg‘uyaga   chidamli   navlarni   yaratish   borasida   ishlab,   VNIIMK-1646,
VNIIMK-6540, VNIIMK-8883, VNIIMK-8931, Armavir-3497 navlarini  yaratadi.
Bu navlar zang, soxta un shudring kasalliklariga chidamlilikni namayon qiladi.
Keyingi yillarda kartoshkaning madaniy va yovvoyi turi  Solanum tuberosum
ni   chatishtirish   asosida   rak,   fitoftoroz,   mozaika,   halqali   chirish   kasalliklariga
chidamli   navlari   yaratilgan.   Kartoshkaning   Agronom,   Loshitskiy,   Falinskiy,
Odessa -1646 navlari   rak va mozaika kasalliklariga chidamli bo‘lsa, Veselevskiy,
Falinskiy navlari  fitoftoriozga chidamlilikni namayon qiladi.
M.F.Ternovskiy     uzoq   formalarni   chatishtirish   usulidan   foydalanib   tomaki
va moxorkaning   mozaika va un shudring kasalligiga chidamli navlarini yaratgan.
Buning uchun   yovvoyi tomaki   Nicotiana glutinosa   ni madaniy tomaki   Nicotiana
tabacum  bilan chatishtirib Dyubek 7, Dyubek 566, Trapezond 161, Amerikan 287 ,
Immunniy 580 navlarini yaratgan.
Uzoq   formalarni   chatishtirish   asosiy-bug‘doy-bug‘doyiq   ,   tritikal,
moxorka,   kungaboqar   kabi   o‘simliklarning   Poleggiya-70- septarioz   va   qora
kuyaga,   Krasnodarskaya-39-zang,   Ilichevka-qo‘ng‘ir   zang   qora   kuyaga,   ildiz
chirishiga,   Dnepetrovskiy   247,   makkajo‘xori   navlari,   ingichka   tolali
g‘o‘zaning AQSH 25, 5904 - I navlari yaratilgan.
O‘simliklar   immunitetining   seleksiyadagi   roli   g‘oyat   kattadir.   Lekin,   bu
soxada   yangi   izlanishlarni   amalga   oshirishni   talab   qiladi.   Xozirgi   vaqtda
kasalliklarga   kopleks   chidamlilik   xususiyatiga     ega   bo‘lgan   navlar   yaratish
muommasi   mutaxassislar   oldida   turibdi.   Masalan   bug‘doyning   un   shudring,
zang,   ildiz   chirish,   qora   kuyaga,   kartoshkaning   rak,   fitoftoroz,   virus
kasalliklariga,   g‘o‘zaning   fuzarioz,   vertitsillez,   ildiz   chirish,   gommoz
kasalliklariga   chidamli   navlarini   yaratish   muxim   axamiyatga   ega.   Ayniqsa   bu
boradagi   tadqiqotlarni   olib   boradigan   mutaxasislarni   tarbiyalash   oliy   ta’lim
tizimining ajralmas qismini tashkil qiladi.   Seleksiya   ishlaridagi   muxim   vazifalar   qatoriga   viltga   chidamli   navlar
yaratish   masalasi   xisoblanadi.   Bunda   Meksikada   o‘suvchi   yovvoyi   va   yarim
yovvoyi   tur   xillari   orasida     vertitsillyoz   viltiga   chidamli   turlar   borligi
aniqlangan. Ularni  rayonlashtirilgan navlar  bilan chatishtirish, qimmatli  belgili
duragaylarni qayta chatishtirish bilan viltga chidamli navlar yaratish mumkin. Asosiy adabiyotlar 
1. J.E.van der Plank – Disease resistance in plants. New York and London .
1968. 25 4   bet
2. S h erali y ev   A.,   Raximov   U.   -   O‘simliklar   immuniteti.   O‘zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, Toshkent, 2007. O‘quv qo‘llanma, 144 bet
3. Sheraliyev   A.   -   Qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   kasallik   va   xashoratlarga
qarshi   immunitetidan   amaliy   mashg‘ulotlar.   ToshDAU   nashriyoti.,   Toshkent,
2003. Uslubiy qo‘llanma, 20 bet.
4. Popkova   K.V.   -   Uchenie   ob   immunitete   rasteniy.   M.,   Kolos   1979.
Darslik, 272 bet.
5. S h erali y ev.A.SH   va   boshk.   -   O‘simliklarning   kasallik   va   xasharotlarga
qarshi immuniteti fanidan /ma’ruza matnlari/.  Toshkent., 1999.  125 bet
S h erali y ev A., Raximov U., Buxorov K. – Bakteriologiya. Toshkent, 2015. O‘quv 
qo‘llanma. 152 bet

O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi yutuqlari va muammolari Reja : 1. O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi. 2. O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi yutuqlari 3. O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi muammolari

O‘simliklarning kasalliklarga chidamlilik seleksiyasi. O‘simliklarning kasallik va hashoratlarga chidamlilik seleksiyasi eng murakkab ilmiy masala hisoblanadi. Inson qishloq xo‘jalik ekinlarining navlarini yaratish jarayonida o‘simlik evolyusiyasini hashorat va kasallik qo‘zg‘atuvchisining seleksiyasi jarayoni bilan bog‘lab olib borishi zarur. Y a ’ni seleksioner olimlar fitopatologlar, entomologlar bilan hamkorlikda ish olib borishi zarur. Yaratiladigan yangi navlarni kasallikka va hashoratlarga chidamlilik darajasiga qarab 3 guruhga bo‘lish mumkin. 1. O‘simlikning kasallikka chidamliliga-ya’ni parazitlarning rivojlanishini to‘xtatish xususiyati. Bunda parazit rivojlanishi sekinlashishi, xayot jarayoni to‘xtashi yoki ular sonining ma’lum miqdorga pasayishi nazarda tutiladi. Bunda o‘simlikning immunitet xususiyati asosiy rol o‘ynadi. 2. Parazitga bardoshlik deganda-kasallik qo‘zg‘atuvchi o‘simlikda n ormal rivojlansada, o‘simlik qoniqarli miqdorda hosil beradi. Parazitdan chetlab o‘tish. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi va o‘simlikni rivojlanish f azalaridagi har xil muddatning vujudga kelishi. Ko‘pchilik o‘simliklar qisqa muddat ichida pishib etishganligidan kasallik yoki hashoratlar o‘z rivojlanishi tezda tugallab ulgurmaydi. Masalan. ko‘pgina g‘alla ekinlari zang z amburug‘idan shunday qilib saqlanib qoladi. Kartoshkaning erta eqiladigan navlarining etishtirish fitoftoraning tarqalishiga imkon bermaydi. Yuksak o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi gen vositasida nazorat qilinadi. 1905 yil Biffen tomonidan bug‘doyning zang zamburug‘iga chidamliligi Mendel qonuniga amal qiladi deb ko‘rsatgan. Haqiqatdan ham har qanday o‘simlik navi yaratishida fitopatologlar va genetiklar hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Har qanday o‘simlikning kasalliklarga chidamliligi bir necha genlar asosida amalga oshadi. Ko‘p genga ega bo‘lgan o‘simliklarda ko‘p kasalliklarga chidamlilik hosil qiladi. Bunda kasallik qo‘zg‘atuvchilarininng fiziologik rassalari asosiy rol o‘ynaydi. Har bir rassa mustaqil parazit hisoblanib, unga chidamlilikni o‘simlikning ma’lum bir fiziologik yoki bioximik xususiyatlari paydo bo‘ladi. Masalan, g‘o‘zaning vilt

kasalligiga chidamli navlarni yaratish jarayonida tuproqdagi mikroorganizmlarni ham seleksiya qilib boriladi. Vaqt o‘tishi bilan hosil bo‘lgan rassalar yangi navni ham zararlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Kasallikning keng tarqalishi asosan qulay ekologik sharoit va infeksiya manbaining ko‘payib ketishiga sabab buladi. Ma’lum bir paytda bir xil navdagi o‘simlikni surunkasiga etishtirish kasallikning keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Masalan, kartoshkada fitoftorioz, g‘alla ekinlarida zang, uzumning mildyu kasalligi, g‘o‘zada vilt kasalliklari keng tarqalgandan ular orasida kasalliklarga chidamli o‘simliklarni ajratib olish seleksiya ishlaridagi dastlabki bosqich hisoblanadi. SHunday usulda tanlab olingan o‘simliklar mavjud navlardan tanlab olingan chidamli navlar bilan o‘zaro chatishtirish boshlanadi. Masalan, zang kasalligiga chidamli bo‘lgan kungaboqarni Zelenka navi, fitoftoriozga chidamli bo‘lgan kartoshkaning Chempion, fuzariozga chidamli bo‘lgan kanopning Bizon navlari chidamli navlar ichidan tanlab olingan o‘simliklarni chatishtirish asosida hosil qilingan. Bu navlarni eteshtirish jarayonida ular ham ma’lum muddatdan keyin yana kasalliklarga chidamliligini yo‘qotib, turli miqdorda kasallana boshlaydi. Kasallikning keng tarqalishi oldini olish maqsadida seleksiya, urug‘chilik, navlarni rayonlashtirish ishlari amalga oshirila boshlaydi. Bu masalani muvoffaqiyatli rivojlanishida konvergent navlarni yaratish, ko‘p liniyali navlar yaratish va poligen chidamli navlar yaratish ishlari muhim ahamiyatga ega. Konvergent navlarning xususiyati. Konvergent navlar bir necha chidamli genlarga ega bo‘lib, bu genlar ma’lum fiziologik rassalarga chidamlilik xususiyatini namoyon qiladi. Bunday chidamlilikni monoge chidamlilik deyiladi. Monogen chidamlilik o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishi mumkin edi, lekin ko‘pgina patogen organizmlarga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik tufayli yangi rassalar hosil bo‘lib turadi.

Har qanday yangi nav gen va gen nazariyasiga asosan o‘simliklarning chidamlilik xususiyatiga nisbatan patogenning agressivlik xususiyatini namoyon qiladi. Lekin, bu agressivlikning kelib chiqishiga 4-5 yil o‘tishi mumkin. YAngi nav yaratilishi bilan yangi rassalar hosil bo‘ladi va u ma’lum vaqtdan keyin turlicha zararlanadigan bulib qoladi. SHuning uchun konvergent navlarni yaratishni rejalashtirilganda navbatdagi yangi muddatda yana yangi nav yaratishni rejalashtirib qo‘yish kerak. Ko‘p liniyali navlar-o‘simlikning agronomik belgilari bilan bir xil bo‘lsada, har xil chidamlilik xususiyatlari bilan farq qiladi. Ya’ni ko‘p liniyali navlar xar xil kasalliklarga nisbatan har xil chidamlilikka ega bo‘lgan genotiplar yig‘indisidir. Bunday navlar bug‘doyni un shudring, sariq zang-kasalligidan saqlashda keng foydalaniladi. Ular Meksikada keltirib chiqarilgan bo‘lsada 10 yil davomida muvoffaqiyatli etishtirilmoqda. Poligenli chidamlilik . Poligenli chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar barcha patogenlarning rassasiga chidamlilik qiladi. Bu turdagi chidamlilik gorizontal yoki daladagi chidamlilik deyiladi. Poligen chidamlilikning hosil bo‘lishida zamburug‘larning kirib kelishiga chidamlilik, tarqalishiga chidamlilik, inkubatsion davriga chidamlilik turiga bo‘linadi. Zamburug‘larning kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi faktorlar quyidagilar b o‘ ladi: 1. Bargning tashqi tomonidan tuk bilan qoplanganligi. 2. Bargning ustki qismida mumli qavatning mavjudligi. 3. Ustitsalar soni va kutikula ning q alinligi . 4. Patogenning o‘sishini tezlashtiradigan yoki to‘xtadigan moddalarning mavjudligi. Infeksiyaning tarqalishiga chidamlilik quyidagi faktorlar asosida bo‘ladi: 1.K ollenxima va sklerenxima qavatning bo‘lishi; 2.O‘simlik tarkibida parazit uchun zararli moddalrning bo‘lishi; 3. Parazit uchun zarur oziqaning bo‘lmasligi.

Poligen chidamlilik sababli o‘simlik mikroorganizmlarining kirib kelishiga, uning tarqalishiga, o‘zining spora hosil qilishini kamayishiga olib keladi. Natijada o‘simlikning zararlanishi kechikib, o‘simlik normal rivojlanib, hosil miqdori ortadi. O‘simliklar immuniteti xususiyatlarining seleksiya sohasidagi yutuqlari O‘simliklar seleksiyasi fanining yutuqlari tufayli ekin maydonlarida 10- 15 % kasalliklarga chidamli navlar eqiladi. Kasalliklarga chidamli navlar yaratilishi zararli ximikatlar ishlatmaslikka olib keladi. Natijada tabiatni muhofaza qilish asosida ekologik sof maxsulot etishtirish imkoniyatlari vujudga keldi. Bug‘doy seleksiyasidagi zang kasalligiga chidamli navlar yaratish borasidagi asosiy ishlar tur ichida geografik uzoq shakillarni duragaylash asosida turlararo va avlodlar aro chatishtirish usulidan foydalanib chidamli navlar yaratishdir. Seleksiya yutuqlari tufayli ekinlar hosildorligi ortib, maxsulot sifati yaxshilandi. Bug‘doyning Odessa-3 navi yaratilishi natijasida zang kasalligiga chidamliligi ortib hosil miqdori 3-4 s, Bezostaya navi tufayli hosildorlik 18-20 s ga ortadi. Qand lavlagining ildiz chirish kasalligiga chidamli navlar yaratilishi natijasida hosildorlik ko‘payishi 2-3 marta ortadi. G‘o‘zaning Toshkent 1,2,3,4 navlarini yaratilishi hosildorlikni 2 marta ko‘payishiga imkon berdi. Gibridlash usulidan foydalanib bug‘doy kavil gibridi (N. V. Sitsin) tamonidan chang qora kuya, qattiq qora kuya va un shudringga chidamli navlarni yaratgan, tritikale (A. F. Shulindin), tomakining turlararo gibridi (M. F. Ternovskiy) ,kungaboqar (G. V. Pustovoy) g‘o‘za (S. M. Miraxmedov) ning uzoq formalarni chatishtirishi natijasidagi ishlari bu ekinlarning kasalliklarga chidamli navlarini yaratib, qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanishi ta’minlandi. Bug‘doyning chang qorakuya kasalligiga chidamli Lyutessens 758, Saratovskaya 29, 33, 36, 39 navlari, qo‘ng‘ir zang kasalligiga Kanada, Argentina, Sovet bug‘doylarini chatishtirilib Bezostaya 1, Skorospelka 3 yaratilgan.