logo

KIRILL VA LOTIN YOZUVI ASOSIDAGI O‘ZBEK ALIFBOLARI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

11865.5 KB
MAV ZU: KIRILL VA LOTIN YOZUVI ASOSIDAGI O‘ZBEK ALIFBOLARI
SAMARQAND  – 2023 Reja: 
1. O‘zbekistonda lotin yozuviga o‘tish (1929).
2. Sovet xalqining umumiy tili va umumiy yozuvi 
masalasi.
3. Ya ngi o‘zbek lotin alfaviti (1993). Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.  Болтаев М. Лотин ёзувига асосланган янги ўзбек алифбоси ва имлоси. Ўқув 
қўлланма. Қайта ишланган учинчи нашри. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2004.
2.  Eltazarov J.D.   O‘zbekistonda 20-asrda amalga oshirilgan yozuv va imlo islohotlari 
tarixidan (sotsiolingvistik tahlil). – Samarqand: SamDU nashri, 2017.
3. O‘zbek tilining kirilll va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati. –  Т .: “Sharq”, 1999.
4.  Boltayev M.  Yangi o‘zbek alifbosi va uni takomillashtirish // Til, ta’lim, tarjima xalqaro 
jurnali, 2022, 3-son.
5.  Дониёров Х.Д. Фонетика. Графика. Орфография // Ҳозирги ўзбек адабий тили.  I . 
Университетлар ва педагогика институтларининг филология факультети 
талабалари учун дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980.
6. Джамалханов Х. Основы узбекской графики. – Ташкент: Фан, 1991.
7. Фазылов Э.И. Развитие алфавита и орфографии за 60 лет // Опыт 
совершенствования алфавитов и орфографий народов СССР. –  M ., 1982.
8. Резолюция Первого научного съезда по вопросу орфографии узбекского языка. – 
Ta шкент , 1934.
9. Боту . T ил ва имло масаласи устида бир неча сўз  // Ta нланган асарлар . –To шкент : 
Шарқ , 2004.  O‘zbek  yozuvining  XX  asr  tarixi  murakkab  jarayonlarga  boyligi  bilan 
xarakterlanadi.  Bu  davrda  o‘zbek  yozuvi  bir  necha  marotaba  tub  isloh 
qilindi  –  bir  grafik  tizimdan  boshqa  grafik  tizimga  ko‘chirildi.  Jahon 
xalqlarining yozuv tarixida bunday xodisa kamdan kam uchraydi.
1-davr – arab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929)
2-davr – lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940)
3-davr – rus grafikasiga asoslangan yillar (1940-1995)
4-davr – ikki yozuvlikka asoslangan yillar (1995-2010) 1926-yildayoq  O‘zbekiston  Markaziy  Ijroiya  Qo‘mitasining  IV  sessiyasida  arab 
yozuvidan  voz  kechish  va  lotin  alfavitiga  o‘tish  haqida  dastlabki  qaror  qabul  qilinadi. 
Respublikada  Ya ngi  O‘zbek  Alifbosi  Markaziy  Qo‘mitasi  (YO‘A  MQ)  tuziladi.  YO‘A 
MQ  tarkibi  Y. Oxunboboyev  (rais),  R.Inog‘omov  (rais  o‘rinbosari),  Minxo‘jayev  (rais 
o‘rinb.), A.Ikromov,  F.Xo‘jayev,  Fitrat,  Elbek,  M.Ramziy  kabi  mas’ul  xodimlar  hamda 
olim va ijodkorlardan iborat edi. Bu tashkilotning matbuot organi o‘tgan asrning 20-30-
yillarida  o‘zbek  ilmiy  va  ijodiy  jamoatchiligi  orasida  mashhur  bo‘lgan  "Alanga"  jurnali 
edi.
1927-yil  may  oyida  Samarqandda  O‘rta  Osiyo  respublikalari  va  Qozog‘istondagi 
turkiy  xalqlar  yozuvlari  masalasida  mintaqaviy  kengash  bo‘lib  o‘tdi.  O‘zbekiston  va 
boshqa  respublikalar  yangi  alfavit  qo‘mitalarining  barcha  a’zolari  ishtirokida 
o‘tkazilgan mazkur kengashda yangi alfavitni tuzish va hayotga joriy etish bo‘yicha fikr 
almashdilar,  ammo  bu  kengashda  O‘rta  Osiyodagi  turkiy  xalqlar  uchun  tuzilajak  yangi 
alfavitlarni  unifikatsiya  qilish  masalalari  muhokama  qilinmagan  yoki  qilingan  bo‘lsa 
ham  tegishli  qarorlar  qabul  qilinmagan  shekilli,  o‘zbek,  qozoq,  qirg‘iz,  turkmanlardagi 
lotin alfavitlarining umumiy taraflari juda oz edi. O‘zSSR  MIQning  lotin  yozuvini  joriy  etish  haqida  qabul 
qilgan  qarorida  respublikada  yangi  yozuvga  o‘tish  1932-yil 
oxirida  yakunlanishi  lozim  edi.  Ammo  "sotsializmni  yuqori 
sur’atlar bilan qurayotgan" bir o‘lkada har qanday jarayon tezlik 
bilan  amalga  oshishi  tabiiy,  bu  jarayon  tezlashgandan  tezlashib 
ketdi.
1929-yil  may  oyida  Samarqandda  respublika  yozuv-imlo 
konferensiyasi  o‘tkaziladi  va  bu  anjumanda  quyidagi  yangi 
alifbe qabul qilinadi: Harfning shakli nomi Harf anglatadigan tovush
A     (a) o 
B      (be) b
C      (che) ch
Ç       (j) j
D       (de) d
E       (e) e
Ә       (a) ä (tiloldi a)
F       (fe) f
G        (ge) g
Q         (qe) q
H        (he) h
I         (i) i (tiloldi i)
J         (ye)   y
K          (ka) k
L          (le) l
M          (me)                           m
N           (ne) n
Ŋ           (nge) ng Ƣ            (g‘e) g‘
O            (o)                     o‘
Ө             (o‘)        ö (tiloldi)
P             (p)    p
F             (fe) f
R             (re) r
S              (se)   s
Ş              (she) sh
T             (te) t
U              (u) u (tilorqa)
Ү               (u) ü (tiloldi)
X              (xe) xe
Z               (ze) ze 
Z              (je)       qorishiq j
Ь              (i) i (tilorqa)
`               apostrof belgisi   Alifbedan  ko‘rinib  turibdiki,  o‘zbek  tili  unlilarini  ifodalash  uchun  unda  9  ta  harf  qabul 
qilingan  edi.  Qator  tadqiqotchilar  bu  holni  mazkur  alfavitning  afzalliklaridan  biri  edi,  deb 
hisoblasalar,  boshqalari  buni  1929-yilgi  alfavitning  nuqsonlaridan  biri  deb  hisoblaydilar. 
Bizningcha,  ijtimoiy-tarixiy  shart-sharoitlar  biror  millatni  alifbesini  almashtirishga  majbur 
qilganda  yoki  yozuvi  yo‘q  xalqqa  yozuv  yaratilayotganda  bu  xalq  tilining  barcha  tovushlarini 
maksimum  darajada  aks  ettirgan  alfavit  tuzilishi  kerak.  Yozuv  tilning  barcha  boyliklarini  va 
muhimi,  uning  tipologik  belgilarini  ifoda  etishi  lozim.  Turkiy  tillar  uchun  fonetik  qurilish 
borasidagi  asosiy  belgi  –  singarmonizm  qonuniyatining  mavjudligidir.  Bu  qonun  turkiy  til 
hisoblanmish  har  qanday  tilda  eng  kamida  8  unlining  mavjudiyatini  talab  qiladi.  1929-yilda 
bunga  e’tibor  bergan  edilar.  Ammo  ayni  shu  nuqta  keyinchalik  ziyolilar  orasida  bahs-
munozaraga  sabab  bo‘ldi.  Bir  qism  ziyolilar,  ayniqsa,  sovet  davrida  yetishib  chiqqan  yosh 
ziyolilar,  alfavitga  9  unli  kiritilganligini  xato  deb  hisoblay  boshladilar,  ularning  fikricha, 
yetakchi  o‘zbek  shevalarida,  jumladan,  Toshkent  va  Farg‘ona  guruhi  shevalarida  to‘qqiz  emas, 
olti  unlining  mavjudligi  (ya’ni  o,  a   (tiloldi),  e,  u   (tiloldi),   o‘  (tiloldi),  o   (tilorqa  keng, 
lablanmagan) tufayli mazkur hol bu shevada gaplashadigan kishilarga qiyinchilik tug‘dirgan. Nihoyat,  1934-yil  yanvarda  o‘tkazilgan  yangi  til  va  imlo  qurultoyida  alfavit  va  imlo 
qayta  ko‘rib  chiqildi  hamda    ө ,  ү ,  ь ,  x    harflari  alfavitdan  chiqarib  tashlandi.  Shundan 
keyin "o‘zgartitishlar kiritilgan"  o‘zbek alfaviti quyidagi 30 harfdan iborat edi:
Harfning shakli nomi Harf anglatadigan tovush
A     (a) o 
B      (be) b
C      (che) ch
Ç       (j) j
D       (de) d
E       (e) e
F       (fe) f G        (ge) g
Q         (qe) q
H        (he) h
I         (i) i (tiloldi, tilorqa  i)
J         (ye)   y
K          (ka) k
L          (le) l
M          (me)                           m N           (ne) s
Ŋ           (nge) ng
Ƣ            (g‘e) g‘
O            (o)                          o‘
P             (p)    g‘
F             (fe) f
R             (re) q
S              (se)   s
Ş              (she) sh
T             (te) t
U              (u) u (tiloldi,tilorqa)
Z               (ze) ze 
Z              (je)       qorishiq j
`               apostrof belgisi   13 Kitob nashr etish
gazeta-jurnal nashr etish 
ta’lim  muassalari  faoliyati  tubdan 
yaxshilanganiBarcha  turkiy  xalqlar  qatori  o‘zbek  yozuvining  lotinlashtirilishi  ijobiy  hodisamidi  yoki 
salbiymi,  olg‘a  intilishmi  yoki  orqaga  ketishmi,  bu  savollarning  javobini  tarix  berajakdir. 
Ammo  bu  yozuvning  qabuli  bilan  kishilar  o‘rtasida  savodxonlikning  keskin  oshganini 
quyidagilarda ko’rish mumkin: Jumladan,  O‘zbekiston  SSR  tuzilgan  1925-yilda,  respublikada  jami 
831 ta maktab bor edi, 1931-33-yillarda esa 4536 maktab mavjud bo‘lib, 
unda  386.643  ta  bola  o‘qir  edi  (barcha  bolalarninng  75  foizi  qamrab 
olingan).  1931-33-yillarda  esa  Likbez  kurslarida  esa  465.875  kishi 
savodini  chiqargan.  Xullas,  lotin  alfaviti  o‘z  davrining  talabi  bilan  joriy 
etildi va o‘z davrining maqsadlariga xizmat qildi.
  Qayd  etish  kerakki,  Sovet  Ittifoqida  jami  50  dan  ziyod  milliy  tilning 
yozuvi  lotinlashtirilgan  edi.  Bu  yozuvlarning  barchasiga  tarix  juda  oz 
vaqt  ajratgan  edi,  1930-yillarning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  bu 
yozuvlarga  xotima  berish  boshlandi.  Sobiq  SSSRdagi  rus,  ukrain, 
beloruslar,  arman  va  gruzinlardan  boshqa  xalqlarning  hammasini  yangi 
yozuv islohoti kutib turardi. ilmiy komissiya  ilmiy komissiya 
yangi yozuvga 
o‘tishning tashkiliy 
tomonlarini hal qilish 
bilan shug‘ullangan 1939-yilning  o‘zida  ilmiy  komissiya  ishtiroki  va 
rahbarligida  SSSR  Fanlar  akademiyasining  O‘zbekiston 
filialiga  qarashli  Til  va  adabiyot  instituti  xodimlari 
tomonidan kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alfavitining 
loyihasi  ishlab  chiqiladi.  Bu  loyiha  o‘zbek-kirill 
alfavitining  dastlabki  varianti  bo‘lib,  unda  40  ta  harf 
mavjud edi:  a,  б ,  в ,  г ,  д ,  е ,  ё ,  ж ,  з ,  и ,  й ,  к ,  л ,  м ,  н ,  о ,  п , 
р ,  с ,  т ,  у ,  ф ,  х ,  ц ,  ч ,  ш ,  щ ,  ы ,  ь ,  ъ ,  э ,  ю ,  я , ң,     ж , ҹ, ө, 
қ ,  ғ ,  ҳ , ‘(apostrof) .  rus alfavitini aha shu lotin alfaviti harflari bilan to‘ldirishHukumat  komissiyasi  raisi  yangi  yozuv  oldiga  qo‘yilgan  yuqoridagi  talablarni 
bajarishga  o‘zbek  tilidagi  "spetsifik"    tovushlar   (q,  ,  ç,  ŋ,  ө  va  h) ƣ xalaqit  berishini 
qayd  etadi.  Bu  ziddiyatni  bartaraf  etish  uchun  quyidagi  beshta  yo‘l  mavjudligini 
ko‘rsatadi: 1940-yil  8-mayda  qabul  qilingan  va  o‘sha  yili  1-sentabrdan 
kuchga  kiritilgan  yangi  alfavitni  so‘nggi  variantini  tuzishda  ayni  5 
punktda  ifodalangan  usuldan  foydalanildi.  Rus  alfavitidagi    к  
harfidan  қ ,  г   harfidan  ғ,  у   harfidan  ў,  x    harfidan  ҳ  harflari  yasaldi 
( Bu  "kashfiyot"  tufayli  O'zbekistonda  maktab  o'quvchilari  (va 
nafaqat  maktab  o'quvchilari)  savod  o'rganishda  va  o'z  ona  tillaridagi 
tovushlarni  yozuvda  ifodalashda  qariyb  60  yil  qiyinchilik  chekdilar. 
Ayni  shu  usul   –  mavjud  alfavitdagi  harfga  diakritik  belgi  qo ' yish 
orqali  boshqa  tovushni  ifodalash  yangi  lotin  alfavitini  tuzishda  ham 
qo ' llanildi . )  va  1940-yilgi  alfavit  quyidagicha  tarkib  va  ko‘rinishda 
qabul etildi:   А а                A a               С с                  S s
Б б         B b               T  т                 T t
В в              V v        У у                U u
Г г        G g              Ф ф                     F f 
Д д            D d              Х х                           X x   Kirillcha  
harf Lotin yozuvida 
ifodalanishi Kirillcha harf Lotin yozuvida 
ifodalanishi  
  Е е              E e (Ye ye)                     Ц ц                  S s (Ts ts)
  Ё ё             Yo yo                         Ч ч                  Ch ch                      
Ж ж                  J j                            Ш ш                      Sh sh
З з              Z z              ъ                 ‘ - апосtроф
И и                I i                        ь                         -
Й й               Y y                             Э э                        E e
К к                   K k                         Ю ю                  Yu yu
Л л                   L l                             Я я                        Ya ya 
       М м                M m                         Ў ў                        O‘ o‘
Н н                N n                         Қ қ                        Q q
О о                O o                             Ғ ғ                        G‘ g‘
П п                P p                         Ҳ ҳ                        H h
Р р                R r                       ‘apostrof               ‘- tutuq 
belgisi    Kirillcha  
harf Lotin yozuvida 
ifodalanishi Kirillcha harf Lotin yozuvida 
ifodalanishi Yu qorida  jadvalda  ko‘rilgani  kabi  dastlabki  loyihada  taklif  etilgan 
harflardan  щ ,  ы ,  ң ,  , ƣ ө  harflari  qabul  qilingan  alfavitda  yo‘q.    Bu 
harflardan  dastlabkisining  alfavitdan  chiqarilgani  to‘g‘ri  bo‘lsa-da, 
qolganlarining  chiqarilishi  juda  komik  bir  shaklda  izohlanadi,  ya’ni  yozuv 
mashinkalari  va  linotip  mashinalarida  bor-yo‘g‘i  35-36  ta  klaviatura  bor, 
shu sababli harflar soni 35 tadan oshmasligi kerak.
O‘zSSR Oliy Sovetining yuqorida ko‘rsatilgan sessiyasida yangi alfavit 
bilan birgalikda yangi imlo qoidalari ham qabul qilindi.  Bu qoidalarda ham 
rus  imlo  qoidalari  asos  qilib  olingan  edi.  Bu  imlo  qoidalari  hech  qanday 
o‘zgartirishlarsiz  1956-yilgacha  amalda  bo‘ldi  hamda  o‘sha  yili  (‘)-
apostrofni  chiqarib  tashlanishi  bilan  vujudga  kelgan  juz’iy  o‘zgartishlar 
kiritilgan holda Oliy Sovet Prezidiumi tarafidan tasdiqlandi. Ta’kidlash  lozimki,  1940-yilgi  alfavit  yuzasidan  u  qabul 
qilingan  yildan  boshlab  to  1993-yilgacha  hech  qachon  bahslar 
to‘xtamadi.  1950-yillarda  bu  yozuvni  takomillashtirishga  bo‘lgan 
urinishlar 1956-yilgi kichik o‘zgartish bilan yakunlandi.
1962-yil  Olma-otada,  1966-yil  Bokuda  bo‘lib  o‘tgan 
Butunittifoq konferensiyalarida nafaqat o‘zbek kirill yozuvi, balki 
boshqa  turkiy  tilli  xalqlarning  yozuvlarida  ham  qator 
kamchiliklar  mavjudligi  hamda  bunga  barham  berish  kerakligi 
ta’kidlandi. Kirill-o‘zbek yozuvini isloh qilishning ashaddiy tarafdori prof. S.I.Ibrohimov 
bo‘lgani  ma’lum.  U  1972-yilda  SSSR  FA  Tilshunoslik  instituti  tarafidan  e’lon 
qilingan  "Vo prosi  sovershenstvovaniya  alfavitov  tyurkskix  yazikov  SSSR" 
(« Вопросы  совершенствования  алфавитов  тюркских  языков  СССР »)  nomli 
to‘plamda  "O‘zbek  alfaviti  va  uni  takomillashtirish  masalalari"  mavzusidagi 
maqolasida  kirill-o‘zbek  alfavitini  isloh  qilish  masalasi  u  qabul  qilingandan  beri 
muhokama    etib  kelinayotgani  hamda  1946,  1952,  1962,  1966-yillarda  takror-
takror munozaralar o‘tkazilganini ta’kidlab o‘tadi, hozirgi alfavitga  ҹ  (j) , ң  (ng) , 
ә  (tiloldi  a)   ,  ы  (tilorqa  i),  ө  (tiloldi  o‘) ,  ү  (tiloldi  u)  harflarini  kiritish;  o,  й  
harfining  shaklini  o‘zgartirish  (ā    va  j  shaklida);  ъ  (ayirish)  va  ь  (yumshatish) 
belgilarini  ( ‘   )–apostrof  belgisi  bilan  almashtirish;  е ,  ё ,  ю ,  я    harflarini  yo 
chiqarib  tashlash    yoki  й e,  йо ,  йу ,  й a    birikmalari  bilan  almashtirish  shaklidagi 
o‘zgartirishlarni  kiritish  orqaligina  undagi  kamchiliklarni  tugatish  mumkin, 
degan fikrni bayon qiladi. 1989-yilda  O‘zbekistonda  o‘zbek  tiliga  davlat  tili  maqomini  berish 
haqidagi  umumxalq  harakati  muvaffaqiyatli  yakunlanib,  o‘sha  yili  21-
oktabrda "Davlat tili to‘g‘risida qonun" qabul etilgach va ayniqsa, 1991-yil 
mamlakatimiz   mustaqillikka  erishgach,  o‘zbek  jamoatchiligi  orasida  1929-
1940-yillardagi  lotinlashtirish  tajribasidan  unumli  foydalangan  holda 
yozuvni almashtirish (lotinlashtirish) xususidagi harakatlar paydo bo‘ldi va 
matbuotda kirill yozuvining prinsipial jihatdan o‘zbek hamda boshqa turkiy 
tillar  tabiatiga  to‘g‘ri  kelmasligi  va  amaldagi  alfavitdan    lotin  yozuviga 
o‘tish  g‘oyasi  qizg‘in  muhokama  qilina  boshlandi.  Matbuotda  1992-yilda 
va  1993-yilning  birinchi  yarmida  olib  borilgan  muhokama  respublikadagi 
ijodiy, ilmiy ziyolilar o‘zbek yozuvini lotin grafikasiga o‘tkazish g‘oyasini 
yoqlayotganini namoyish  etdi. O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  qoshida  tuzilgan  maxsus 
komissiya yangi o‘zbek lotin alfaviti loyihasini tayyorladi hamda bu loyiha 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida va 
respublika  ilmiy  jamoatchiligi  vakillari  yig‘inida  atroflicha  muhokama 
etilib, yakuniy loyiha tayyorlandi.
O‘n  ikkinchi  chaqiriq  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining 
1993-yil  2-sentabrdagi  o‘n  uchincni  sessiyasida  “Lotin  yozuviga 
asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Lotincha Kirillcha Lotincha Kirillcha
harflar harflar harflar harflar
bosma
  talaffuz Bosma talaffuz
A a
B b
C c
D d
E e
F f
G g
H h
I i
J j
 
K k
L l
M m
 
N n
O o
P p
Q q
  a
be
ce
de
e
ef
ge
he
i
je
(jōra)
ka
el
em
 
en
o
pe
qa А а
Б б
Ц ц
Д д
Э э
Ф ф
Г г
Ҳ ҳ
И и
Ж ж
 
К  к
Л л
М м
 
Н н
О о
П п
Қ қ R r
S s
T t
U u
V v
X x
Y y
Z z
  Ç ç
Ğğ
Ĵĵ
 
Ňň
Ōō
 
Şş
(‚) re
es
te
u
ve
xa
ye
ze
çe
ğa
ĵe
(aĵdod)
ňe
ō
(ōrdak)
şe
tutuq belgisi Р р
С с
T t
У у
В в
Х х
Й й
З з
Ч ч
Ғ ғ
Ж ж
(аждод)
Нг нг
Ў ў
(ўрдак)
Ш ш 1-  m  o  d  d  a. 
O‘zbekiston 
Respublikasida  lotin 
yozuviga  asoslangan, 
quyidagi  31  harf  va  1 
tutuq  belgisi 
(apostrof)dan  iborat 
o‘zbek  alifbosi  joriy 
etilsin. 2- м о д д а.  Lotin yozuvi 
asosidagi o ‘ zbek alifbosini 
joriy etish bilan birga 
O ‘ zbekiston xalqining milliy 
iftixori bo ‘ lmish bebaho 
ma ’ naviy meros bitilgan 
arab alifbosini va kirillitsani 
o ‘ rganish ,   ulardan 
foydalanish uchun zarur 
sharoitlar saqlab qolinadi . Mazkur  qonun  qabul  qilinganidan  keyin  1995-yilda  lotin 
grafikasi  asosidagi  yangi  o‘zbek  alifbosiga  juz’iy 
o‘zgartirishlar  kiritildi.  Alfavitdagi  harflar  miqdorini 
ixchamlashtirish,  bu  yozuvdagi  nashr-matbaa  ishlarini 
osonlashtirish  hamda  harflarning  shakliy  taraflarini  axborot 
texnologiyalarida  qulay  qo‘llanishiga  erishish  uchun    sanoqli 
so‘zlar  tarkibidagina  qo‘llanuvchi  C  c  ( ц ),  Ĵĵ  (ĵ-aĵdod)   
harflari  alifbo  tarkibidan  butunlay  chiqarib  tashlandi.  Ç  ç,  Ş 
ş  ,  Ň  ň  harflarining  shakli  Ch  ch,  Sh  sh,  Ng  ng  tarzida 
o‘zgartirildi. E’TIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

MAV ZU: KIRILL VA LOTIN YOZUVI ASOSIDAGI O‘ZBEK ALIFBOLARI SAMARQAND – 2023

Reja: 1. O‘zbekistonda lotin yozuviga o‘tish (1929). 2. Sovet xalqining umumiy tili va umumiy yozuvi masalasi. 3. Ya ngi o‘zbek lotin alfaviti (1993).

Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Болтаев М. Лотин ёзувига асосланган янги ўзбек алифбоси ва имлоси. Ўқув қўлланма. Қайта ишланган учинчи нашри. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2004. 2. Eltazarov J.D. O‘zbekistonda 20-asrda amalga oshirilgan yozuv va imlo islohotlari tarixidan (sotsiolingvistik tahlil). – Samarqand: SamDU nashri, 2017. 3. O‘zbek tilining kirilll va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati. – Т .: “Sharq”, 1999. 4. Boltayev M. Yangi o‘zbek alifbosi va uni takomillashtirish // Til, ta’lim, tarjima xalqaro jurnali, 2022, 3-son. 5. Дониёров Х.Д. Фонетика. Графика. Орфография // Ҳозирги ўзбек адабий тили. I . Университетлар ва педагогика институтларининг филология факультети талабалари учун дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. 6. Джамалханов Х. Основы узбекской графики. – Ташкент: Фан, 1991. 7. Фазылов Э.И. Развитие алфавита и орфографии за 60 лет // Опыт совершенствования алфавитов и орфографий народов СССР. – M ., 1982. 8. Резолюция Первого научного съезда по вопросу орфографии узбекского языка. – Ta шкент , 1934. 9. Боту . T ил ва имло масаласи устида бир неча сўз // Ta нланган асарлар . –To шкент : Шарқ , 2004.

O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan xarakterlanadi. Bu davrda o‘zbek yozuvi bir necha marotaba tub isloh qilindi – bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday xodisa kamdan kam uchraydi. 1-davr – arab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929) 2-davr – lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940) 3-davr – rus grafikasiga asoslangan yillar (1940-1995) 4-davr – ikki yozuvlikka asoslangan yillar (1995-2010)

1926-yildayoq O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining IV sessiyasida arab yozuvidan voz kechish va lotin alfavitiga o‘tish haqida dastlabki qaror qabul qilinadi. Respublikada Ya ngi O‘zbek Alifbosi Markaziy Qo‘mitasi (YO‘A MQ) tuziladi. YO‘A MQ tarkibi Y. Oxunboboyev (rais), R.Inog‘omov (rais o‘rinbosari), Minxo‘jayev (rais o‘rinb.), A.Ikromov, F.Xo‘jayev, Fitrat, Elbek, M.Ramziy kabi mas’ul xodimlar hamda olim va ijodkorlardan iborat edi. Bu tashkilotning matbuot organi o‘tgan asrning 20-30- yillarida o‘zbek ilmiy va ijodiy jamoatchiligi orasida mashhur bo‘lgan "Alanga" jurnali edi. 1927-yil may oyida Samarqandda O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘istondagi turkiy xalqlar yozuvlari masalasida mintaqaviy kengash bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va boshqa respublikalar yangi alfavit qo‘mitalarining barcha a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur kengashda yangi alfavitni tuzish va hayotga joriy etish bo‘yicha fikr almashdilar, ammo bu kengashda O‘rta Osiyodagi turkiy xalqlar uchun tuzilajak yangi alfavitlarni unifikatsiya qilish masalalari muhokama qilinmagan yoki qilingan bo‘lsa ham tegishli qarorlar qabul qilinmagan shekilli, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkmanlardagi lotin alfavitlarining umumiy taraflari juda oz edi.