logo

O`zbekiston mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

784.7275390625 KB
O` zbek ist on 
must aqillik k a erishish 
arafasidagi ijt imoiy-
siyosiy  jaray onlar Reja:
 
1.XX asrning 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
 
2. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”ning yuzaga kelishi va uning oqibatlari.
 
3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari. 1.X X  asrni 80-yillari oxirlarida O’zbek ist onning 
ijt imoiy-iqt isodiy ahvoli.
 
Sovet davrida O‘zbekiston xom- ashyo  y etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab 
chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Pax ta yakkahokimligi o‘rnatildi. . Masalan, 1985-yilda 
paxta maydonlari 1989,8 ming gegtarni tashkil qilgan bo`lsa,1986-yil bu ko`rsatgich 2054,0 
gegtarga yetkazildi. G`alla maydonlari muttasil ravishda kamaytirilib borildi. Markazning 
paxtachlikni jadal rivojlantirish siyosati oqibatida ko`plab suv omborlari qurilishi, 
sug’oriladigan yer hajmining kengayib suv isrofgarchiligiga yo`l qo`yilishi natijasida 
ekogologik vaziyat keskinlashdi. Amudaryo, Sirdaryo daryolaridan Orol dengiziga 
qo`yiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi.Orol fojiasi ro`y berdi. Oqibatda dengiz 1969-
yildagi holatiga nisbatan 1990-yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi 54%ga qisqarib, 
dengiz 743 km kub suv yo’qotdi.1989-yilga kelib uning zaminida ikkita bir biridan ajralgan 
ko`l paydo bo`lgan.   Orol dengizi o`zining Respublika xalq xo`jaligida baliq mahsulotlar yetishtirishdagi 
yetakchi o`rinini yo`qotdi. Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda dengiz 
atrofidan buronlar ko`tarilishi natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha chang va tuz 
ko`tarilgan. Zaharli tuzlar nafaqat Orol havzasida balki Yevropa hamda Osiyoning turli 
mamlakatlariga tarqalgani kuzatilgan. O`tgan asrning 80-yillariga kelib faqat xom-ashyo 
yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo`rt iqtisodiyotga ega bo`lgan O`zbekiston 
asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha sobiq ittifoqdagi o`rtacha 
ko`satgichdan ancha orqada bo`lib, mamlakatda oxirgi o`rinlarga tushib qolgan edi. 
Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish ittifoqdosh 
respublikalar orasida 12-o`rinni, daromad darajasi hamda asosiy turdagi mahsulotlarni 
iste`mol qilish jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida esa 2 borabar, orqada edi.  "Paxta ishi" "O'zbek ishi"
 
"Paxta ishi" "O'zbek ishi" nomli kampaniyalar "Paxta ishi" deb 
nomlangan qatag'onga milliy tus berilib, u "o'zbeklar ishi"ga aylantirildi 
va ziyolilar ham ta'qib ostiga olindi. O'zbekiston KP MQning 1984 yildagi 
XVI plenumi Markazning "sog'lomlashtirish" borasidagi tadbirlarini 
quvvatlagan holda, Respublikada yuzaga kelgan salbiy vaziyatda partiya 
ko'rsatmalariga to'la amal qilmagani uchun ziyolilarni ham aybladi. 
Ulardan Sovet turmush tarzini ulug'lovchi asarlar talab etilib, ijodiy 
uyushmalar faoliyati qattiq mafkuraviy nazoratga olindi.      Turg‘unlik  yillaridagi qat ag‘onlik .             
“ O‘zbek larishi” , ” Paxt a ishi”  deb nom 
    olgan jarayonla r .
 
Turg‘unlik yillarida O‘zbekistonda xalqni chalg‘itish maqsadida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” 
degan bahonalar o‘ylab topildi. Natijada, 80-yillarning o‘rtalaridan O‘zbekistonda 
qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchaydi
 
Sobiq SSSR prokuraturasi, Xavfsizlik komiteti tashabbusi bilan bir necha tergov guruhlari 
tuzildi .1983-1989 yillarda T.Gdlyan va N.Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari 
respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta 
etishtirishda qo‘shib yozish bilan bog‘liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar.Shu 
ishlar bo‘yicha 5 ming kishi qamoqqa olindi, ularning 600 dan oshig‘i rahbar xodimlar, 10 
tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar.  Farg’ona voqealarini kelib 
chiqishining sabablari va 
oqibatlari .
 
1989 -  yil 15 -  iyunda respublika partiya xo’jaligi faollari yig’ilishida 
harbiy mashq zonasiga joylashgan mesxeti turklarini boshqa yerlarga 
ko’chirish masalasi ko’rib chiqildi. SSSR Ministrlar Sovetining Raisi 
N.I.Rijkov ma’ruzasida «Farg’ona yaqinidagi qochoqlar lagerida 
yashayotgan turk millatiga mansub grajdanlarga, ularning oila 
a’zolariga agar ixtiyor qilsalar, Rossiyaning noqoratuproq rayonlariga 
jo’nab ketish imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» 
ekanligi, ko’chirish uchun zarur bo’lgan barcha choralar boshlangani 
ta’kidlab o’tildi. , O’zbekistonOliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-
yil 31-avgustda o`z ishini boshladi. O`zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon 
qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash 
lozim.  Unda «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to`g`risida»gi 
hamda «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to'ggrisida»gi masalalar 
kun tartibiga qizg`in muhokama qilindi. O’zbekistonRespublikasining davlat 
mustaqilligi to`g`risida  birinchi  prezident I. Karimov ma'ruzasi tinglandi. U o`z 
nutqida 1991-yil o`rtalarida markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni 
tahlil 19-21-avgust kunlari Moskvada Favqulodda Holat Davlat Komiteti 
a'zolarining fuqarolar boshiga azob-uqubatlar solishga intilishganini, butun-
butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi 
bo'lganliklarini ro`yi rost ochib tashladi. Alg`ov-dalg`ovli kunlarda ham 
O`zbekistonning o`z yo`li va maqsadi borligini, bu xalq manfaatiga mos yo'l 
ekanligini, qan-day qilib bo'lmasin, undan qaytmaslik lozimligini aytdi. hal 
etishlari kerak

O` zbek ist on must aqillik k a erishish arafasidagi ijt imoiy- siyosiy jaray onlar

Reja: 1.XX asrning 80-yillari oxirlarida O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 2. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”ning yuzaga kelishi va uning oqibatlari. 3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.

1.X X asrni 80-yillari oxirlarida O’zbek ist onning ijt imoiy-iqt isodiy ahvoli. Sovet davrida O‘zbekiston xom- ashyo y etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Pax ta yakkahokimligi o‘rnatildi. . Masalan, 1985-yilda paxta maydonlari 1989,8 ming gegtarni tashkil qilgan bo`lsa,1986-yil bu ko`rsatgich 2054,0 gegtarga yetkazildi. G`alla maydonlari muttasil ravishda kamaytirilib borildi. Markazning paxtachlikni jadal rivojlantirish siyosati oqibatida ko`plab suv omborlari qurilishi, sug’oriladigan yer hajmining kengayib suv isrofgarchiligiga yo`l qo`yilishi natijasida ekogologik vaziyat keskinlashdi. Amudaryo, Sirdaryo daryolaridan Orol dengiziga qo`yiladigan suv nihoyatda kamayib ketdi.Orol fojiasi ro`y berdi. Oqibatda dengiz 1969- yildagi holatiga nisbatan 1990-yilda 14,5 metrga pasaydi, suvning hajmi 54%ga qisqarib, dengiz 743 km kub suv yo’qotdi.1989-yilga kelib uning zaminida ikkita bir biridan ajralgan ko`l paydo bo`lgan.

Orol dengizi o`zining Respublika xalq xo`jaligida baliq mahsulotlar yetishtirishdagi yetakchi o`rinini yo`qotdi. Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda dengiz atrofidan buronlar ko`tarilishi natijasida yiliga 50-70 ming tonnagacha chang va tuz ko`tarilgan. Zaharli tuzlar nafaqat Orol havzasida balki Yevropa hamda Osiyoning turli mamlakatlariga tarqalgani kuzatilgan. O`tgan asrning 80-yillariga kelib faqat xom-ashyo yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo`rt iqtisodiyotga ega bo`lgan O`zbekiston asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko`rsatkichlar bo`yicha sobiq ittifoqdagi o`rtacha ko`satgichdan ancha orqada bo`lib, mamlakatda oxirgi o`rinlarga tushib qolgan edi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o`rinni, daromad darajasi hamda asosiy turdagi mahsulotlarni iste`mol qilish jihatidan 2,5 borabar, qishloq xo`jaligida esa 2 borabar, orqada edi.