logo

Temuriy malikalarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4668.6689453125 KB
Mavzu: Temuriy malikalarning 
ijtimoiy-siyosiy hayotda 
tutgan o’rni.                                               Reja:

1.Mavzu bo’yicha manbalar va o’rganilish darajasi.

2.Temuriy malikalar

   2.1. Temuriy malikalarning mamlakat hayotida tutgan o’rni

   2.2.Boburiy malikalarning mamlakat hayotida tutgan o’rni.

3.Mavzu bo’yicha klaster

4.Mavzu bo’yicha glossariy

5.Foydalanilgan manba va adabiyotlar.                   
          

         Mavzu bo’yicha manbalar va o’rganilish darajasi

Bu malikalar haqida ko’pgina qo’lyozma va adabiyotlar mavjud.

Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma,, 1454-yil vafot etgan

Ibn Arabshoxning “Ajoyib ul maqdur fi axbori,,(1389-1450)

Gulbadanbaegim “Boburnoma,,Zahiriddin Muhammad Boburning qizi

Kamoliddin Abdurazzoq Samarqandiy”Zxubdat ut tavorix Boysung’uriy,,

Fosix Xavofiyning 1375-yilda tug’ilgan “Mujmali fasixiy,,

G’iyosiddin Muhammad Xondamirning “Xabib us-siyar,,

Abdulfazl Allomiyning “Akbarnoma,,

Boburiylar Salataning 4-hukmdori Jahongirshohning “Jahongirnoma,,(“Jahongir 
tuzuklari,,)                                      
Saroy Mulk xonim chig’atoy ulusiga mansub mo’g’ul xonlaridan Qozonxonning 
qizi bo’lib,1341-yilda tug’ilgan. Qozonxon taxtdan azl etilib,qatl etilgan 
chog’da Saroy mulk honim hali 5 yoshda edi.Saroy Mulk honim balog’atga 
yetgach ,1355-yilda Movarounnahr hukmdori amir Qozog’onning nabiras amir 
Husayn uni nikohiga kiritdi.

1370-yilda  sohibqiron Amir Temur jangda amir Husaynni yengib ,uni qatl 
qildirgach Movarunnahr hukmronligini o’z qo’liga oladi.Tabiiyki,amir 
Husynning bir nechta xotilari bo’lib haramning ulug’ bekasi Tamarishxonning 
qizi Suyunch qutlug’ og’o edi.Sohibqiron amir Temurmaqtulning haramidagi 
malikalar orasidan Qozonxonning qizi Saroymulkxonimni,Bayon Sulduzning 
qizi-Ulus og’oni,Xizr Yasuriyning qizi-Islom og’oni hamda Tag’oy Turkon 
Xotunni tanlab olib,idda muddat 3 oydan so’ng o’z nikohiga 
kiritadi.Sohibqiron Saroy Mulk honimni o’z nikohiga olgach “ko’ragon,, 
unvonini oladi,uning ma’nosi mo’g’ulchada “kuyov,, degan ma’noni 
bildiradi.Saroy Mulk honim mo’gul xonining qizi bo’lganligi uchun Amir Temur 
“Amir Temur Ko’ragon,, degan nomini oladi.Sohibqiron Amir temur Saroy Mulk 
honimni o’z nikohiga kiritgunga qaar ham ham haramida xotinlari bo’lgan 
lekin ularning ichida xon urug’iga mansub saroy mulk honim bo’lgan.                                                         
haramdagi malikalar ichida ulug’rog’i hisoblaninb “katta honum,, 
yoxud “Bibixonim,, degan unvonga noil bo’lgan.Albatta,bunday 
e’zozga musharraf bolish uchun aql zakovat,did-farosat,fikrlash 
doiasining ulkanligi bosh omil bo’lgan.Zotan tarixiy manbalarning 
guvohlik bershicha,Saroy Mulk honim zamonasining yuksak idrokli did 
farosat li tadbirkor va aql zakovat sohibasi husn –latofat bobida ham 
benaziri edi.Saroy Mulkhonim insonparvar, vatnni 
sevguvhi,mamlakatning siyisiy ijimoiy,iqtisodiy vamadaniy hayotidan 
yaxshigina xabardor bo’lgan,saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan 
qatnashib urgan ayol edi.Ayniqsa ilm-marifatga alohida e’tibor berar 
va tolibi imlarga homiylik qilardi.o’ta ziyrak va tadbirkor Saroy mulk 
honim mamlaat siysoy hayotida ham vujudga kelgan muammolarni hal 
qilishda o’zining oqilon maslahatlari bilan faol qatnashgan.                                      
.Saroy Mulkhonim Amir Temurda farzand ko’rmagan.Shunday bo’lihiga 
qaramay sohibqiron o’z o’g’li  Shohrux Mirzoni suyukli nabiralariMuhammad 
Sulton mirzo,xalil sulton Mirzo va Ulug’bek Mirzo tarbiyasini bevosita 
bibixonim tarbiyasiga topshiradi.Malika 1408-yil Halil Sultonning rafiqasi 
Shodmulk begimtomonidan zaharlab o’ldiriladi.Jasadi o’zi urdirgan madarsa 
yonidagi ,aqbaraga “tosh tobutda”ga solib mumiyolab dafn etiladi.amir temur 
Hindiston yurishlaridan qaytgach rafiqasiga atab 1399-1404-yillarda Bibixonim 
masjidi jomesini qurdirgan.Bu jome O’rta Osiyodagi bidalardan eng yirigi 
hisoblanadi.                   
“ Boburnoma,,O’zbek namunaviy adabiyotidagi bebaho asarlardan.Undan o’rta 
Osiyo,Afg’oniston,Hindiston,va Eron xalqlari tarixi,jug’rofiyasiga oid qimmatli 
ma’lumootlar bor.O’sha davr o’zbek adabiy tilining yorqin namunasi ekanligi esa 
yanada muhimroqdir.

Ziyo istaga qalblar uchun 2004-2021. 

O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.Turg,un Fayziyev.ʻ

Enciklopedia stub.png Ushbu maqolada O zbekiston milliy ensiklopediyasi 	
ʻ
(2000-2005) ma lumotlaridan foydalanilgan.	
ʼ                   Gavharshodbegim maqbarasi.                   
  Gavhar Shod begim Amir Temurning to’rtinchi o’g’li Shoxrux Mirzoning suyukli 
katta xotini edi.U Chig’atoy zodagonlaridan G’iosiddin Tarxonning qizi edi. 
Rivoyat qilishlaricha, G’iyosiddin Tarxonning bobokaloni-qushlik bir vaqtlar 
Chingizxon mulozimatida bo’lib, br jang asnosida uni o’limdan saqlab qolgan 
ekan.Shundan buyon Chig’atoy ulusida bu avlod yuksak e’tibor va hurmatga 
sazovor bo’lgan.gavhar Shod begim 1379-yilda tug’lib,1393-yilda Shoxrux 
Mirzo nikohiga kirgan.Undan 3 o’g’ilu 2 qiz ko’rgan. Tong’ich o’g’li Ulug.bek 
Mirzo Ko’ragon(Muhammad Trag’ay 1394-1449),o’rtancha og’li Boysung’ur 
Mirzo(1397-1433)va kichik o’g’li Muahmmad Jo’ki Mirzo(1401-14450lardir.                   
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha gavhar Shd Behim yuksak didi 
farosatli,oqila,tadbirkor,suhandon,bir so’zli,qat’iyatli,husn bobida ham 
benazir ayol bo’lgan.Tabiatan dindor Shohrux Mirzo ko’p vaqtini toat ibodat va 
kitob mutoalasiga sarflardi.Saltanat deon ishlrini o’ktam va tadbirkor xotini 
gavhar Shod begim boshqarardi.Bu ziyrak ayol qaynotasi Amir temur vafotidan 
so’ng mamlakat ishlarini asta-sekin o’z qo’liga ola boshlaydi.Zotan Shohrux 
Miroz ham rafiqasiming aql zakovatiga chindan tan berar ,saltanatni 
boishqarishda uning oqilona va tadbirli maslhatlariga ehtiyoj sezardi.Shu bois 
saltan ishlariga doir ko’p masalalar malika nazar-e’tiboriga havola etilar edi                   
Mamalakat poytaxti Hirot iqtisodiy va madaniy yuksalishda Sgarqning eng 
nufuzli shahrlaridan biriga aylanadi.Tabiyyki mamlakatnig bunday yuksalishda 
“amaliy hukmdor” malika Gavhar Shod begimning hissasi beqiyosdir.Bu davrda 
Hirotda va mamlkatning boshqa viloyatlarida qurilish ishlari avj oladi.Masjid 
madrasalar,xonaqoh,maqbara,dahma,musofirxona,ravot,ko’prik va sardobalar 
qurib bitkaziladi.Tabiatan vatanparvar gavhar Shod begim mamlakat ravnaqi 
yo’lida tinmay g’amxo’rlik qiladi.Uning dasturida madaniy va ma’rifiy hayot 
birinchi o’rinda bo’lgan.Shu boisdanmi, farzandlari hamda barcha nabiralari 
ilm-fan muxlislari bo’lgan,hatto g’aal ham bitganlar.malika Hirotdagi ko’plab 
qurilish ishlari rahnamosi bo’lgan.Hirotda 2ta katta madrasa 
qurdirgan.mamlakat hayotda muhim ro’l o’ynagan gavhar Shod begim Shohrux 
Mirzo vafotidan so,ng nabirasi Aloud-Davlani taxt sohibi qilish uchun makr 
hiylalar ishlatadi ,ammo o’z maqsadiga erisholmaydi aksincha o’g’illari 
o’rtasida jiddiy kurashlar avj olib ketadi.                   
ushbubjarayonlar yuz bergan paytda malika 80yoshda edi.ammo taqdirga tan 
bermasdan chevarasiSulton ibrohim Mirzoni Sulton abusayid Mirozga qarshi 
isyon ko’tarishga undaydi.Bundan xabar topgan Sulton abusayid malikani 
chopib tashlashga farmon beradi.1457-yil malika chopib o’ldiriladi va o’zi 
qurdirgan madrasa yonidagi Boysung’ur dahmasiga dafn etiladi.7                                      
Boburiylar saltanatining eng ko’zga ko’ringan husn- malohatda yagona,aql-u 
zakovati ila ota va o’g’il o’rtasidagi munosabatlarni hamisha mustahkamlab 
kelgan malika Arjumanbonu edi. Arjumabonu tahminan 1594-yilda Mashhadda 
tug’ilgan.U asli eronlik bo’lib bobosi va ota –onasi kambag’allik tufayli 
Hindistonga keladi, otasi Akbarshoh mulozimatiga xizmatga kiradi. 1611-yilda 
Arjumanbonuning ammasi Nurjahon (Mehriniso) Jahongirshohga turmushga 
chiqqach uning bobosi E’timod ud-Davla bosh vazirlik lavozimga ko’tariladi. 
Arjumandbonuning otasi E’timodxon (Osafxon) esa saroy boshqaruvchisi 
lavozimiga ko’tariladi. 1613-yili 19 yoshli Arjumanbonu 21 yoshli Xurram 
(Shoxjahon) ga turmushga chiqadi . O’tkir aql-idrok va did farosat sohibasi 
bo’lgan Arjumand bonu tez kunda tadbirkorligi, nozik tabiati iffati va tengsiz 
husn malohati bilan butun saroy a’yonlarini hurmat va e’tiborini qozonadi.                    
1628-yil fevralida taxtga Shoxjahon o’tiradi. Uning yonida doimiy ravishda sodiq, 
aqlli, xushmuomala, yaxshi kunda ham kulfatida ham birga yonma yon 
turuvchi,davlat ishlarida eng to’g’ri maslahatlarni beruvchi,jang-u jadallarda 
qo’llab quvvatlovhi  rafiqasi Mumtoz Mahal begim birga edi.Malika saroyda  
maslahatchi va muhrdorlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.Mumtoz Mahal begim 
hayoti davomida 14 nafar farzand ko’rdi ulardan 8 nafari bu hayotda yashab qola 
oldi,qolgan 6 nafar farzandi esa yoshlik chog’ida nobud bo’ldi.Ularni 4tasi qiz va 
4tasi o’gil farzand edi,o’g’illari Doro Shukuh(1616-1659),Shoh Shujo (1617-
1661)Avrangzeb(1618-1707) Murodbaxsh (1621-1658).Qizlari Jahon Oro 
begim ,Arjuman Oro begim,Dahr Oro begim va Kiti Oro begimdir.Malika 
Shoxjahon hukmronligining 4-yili 17-iyun chorshanba kuni Burhonpurda 14-
farzandini dunyoga keltirish chog’ida hayotdan ko’z yumadi.Bu paytda 
farzandlari oldida bo’lga Mumtoz Mahal begim farzandlari bilan vidolashuv 
chog’ida otasiga g’amxo’rlik qilishni katta qizi Jahon Oro begimga tayinlaydi.                                      
Bu paytda farzandlari oldida bo’lga Mumtoz Mahal begim farzandlari bilan vidolashuv 
chog’ida otasiga g’amxo’rlik qilishni katta qizi Jahon Oro begimga tayinlaydi.Turmush 
o’rtog’iga yozgan vasiyatida esa o’zidan so’ng boshq ayolga uylanmasligi unga atab 
hashamatli maqbara qurdirishini farzandlariga g’amxo’rlik qilishini yozgan edi.O’z 
ayoliga bo’lgan kuchli muhabbati sabab Shoxjahon vasiyatni to’lig’icha ado 
etdi.Haqiqatda ham Mumtoz Mahaldan keyin 36 yillik hayoti davomida boshqa ayolga 
uylanmaydi unga atab hashamatli maqbara ham qurdiradi.Ushbu maqbara Agra 
shahrida 18 yil davomida 20 ming mutaxasis va ustalar yordamida qimmatbaho 
yaltiroq oq marmardan bunyod ettiradi .  Ulug’vor obida ‘’sevgi va vafo,, qasrining 
qurilishiga 40 million rupiya sarf etiladi.Obida qurib bitkazilgach marhumaning hoki 
olib kelib dafn etiladi.Uning sharafiga Mumtoz Mahalga kiydirilgan toj sifatidan 
maqbaraga ‘’Toj Mahal,, deb nom beriladi.Hindistonning dunyoga mashhur sevgi va 
muhabbatdan ilhomlanib barpo etilgan ushbu obidasi hozirgacha o’z latofati bilan 
Agra shahriga yiliga 7 million sayyoh kelishiga sababchi bo’moqda.                                      
Jahon Oro begim Shoxjahonning katta qizi.1614-yilda tug’ilgan.Otasi taxtga 
o’tirganda Jahon Oro begim 14 yoshda edi.Shoxjahon qizi Jahon Oro begimga 
40 ming dona yoqut javohir in’om etib,unga yiliga 600 ming rupiya  miqdorida 
nafaqa tayinlangan edi.Onasi Mumtoz Mahal begim vafot etgan chog’da u 17 
yoshda edi.Onasining vasiyatiga muvofiq u otasiga g’amxorlik qiladi.Jahon Oro 
begim o’z ismiga monand tabiat unga xusn-u malohatda, tengsiz aql idrok va 
ilmu odobda saxiylik qilgan edi.Jahon Oro begim otasi va ukasi Avrangzeb 
o’rtasidagi tez tez bo’lib turadigan kelishmovchiliklarni o’z aql zakovati bilan 
hal qilardi va yechim topadi.                   
Bobokaloni Boburshohdan unga me’morchilik san’ati o’tgan edi.Malika shu sababli 
ham otasi ardog’ida bo’lgan.Shu tariqa otasiga davlat ishlarida tashqi va ichki 
siyosatda diplomatik aloqalarda hamisha o’z maslahatlarini ayamagan va saroyda 
katta obro’ e’tiborga ega bo’lgan.Onasi Mumtoz Mahal mavqeyiga sekin asta 
munosib bo’la oldi.Jahon Oro begim Nafaqat me’morchilikda balki g’azallar 
yozishni ham me’ros qilib olgandi.U o’z g’azallarini ham mahorat va nozik did 
bilan qog’ozga ko’chirardi.Dehli,Panipat,Surat,Amboda,Bexal shaharlarida ulkan 
karvonsaroylar barpo ettiradi,Lohurda ham orombaxsh bog’ bunyod 
ettiradi.Aytgancha Toj mahalning ham ijodkori aynan Jahon Oro 
begimdir.Kashmirda ‘’Pari Mahal,, (Parilar saroyi) nomli saroy ham qurdirgan 
edi.Jahon Oro begim doimiy ravishda faqirlar va yordamga muhtoj insonlarga oziq 
ovqat ulashgan va ularga uy joy qurdirgan.Shahdobodda Alimardonxon arig’ini 
qazdiradi va naqshinkor hovuz qazdiradi.Jahon Oro begim “Risolayi Sohibiya,, 
(Do’stlik haqida risola) nomli asar ham yozib qoldirgani tarixdan bizga ma’lumdir. 
1658-yil taxt talashgan Avrangzeb akasi Doro Shukuhni mag’lubiyatga uchratadi, 
o’z ukasi Murodbaxshni  zindonband etadi. Otasi Shoxjahonni esa Agradagi saroy 
“Qizil qal’a,, ga jo’natadi.Dilxasta malika dunyo ishlariga qo’l yuvib zindonband va 
xasta otasiga xizmat qilib o’ziga biroz bo’lsada taskin beradi. Shoxjahon 1658 
yildan 1666-yilgacha bo’lgan vaqtda “Qizil qal’a,,dagi hayoti davomida hayotining 
mazmuni  Mumtoz Mahalga atab qurdirgan maqbara “Toj Mahal” dan ko’z uzolmay 
suyukli qizi Jahon Oro begim qo’lida vafot etadi .                                       
Shoxjahon 1658 yildan 1666-yilgacha bo’lgan vaqtda “Qizil qal’a,,dagi hayoti davomida 
hayotining mazmuni  Mumtoz Mahalga atab qurdirgan maqbara “Toj Mahal” dan ko’z 
uzolmay suyukli qizi Jahon Oro begim qo’lida vafot etadi . Jahon Oro begim 1681-yilda 
67 yoshida bu yorug’ dunyoni tark etadi.Malika Dehlidagi Zarzara qabristoniga dafn 
etiladi.Vasiaytiga binoan bo’lsa kerak qabrtoshiga ushbu misralar bitilgan:

Ba g’ayri sabza naposhad kase mazori maro

Ki qabrpo’shi parishon hamin giyoh bas ast .

Mazmuni:”Yashil maysadan boshqa hech kimsa qabrini yopmasin,toki g’ariblar qabrini 
yopmoq uchun shu giyoh kifoyadir,,

Xulosa qilib aytganda Boburiylar hukmronligi davrida ayollarning davlat va jamiyatdagi 
o’rni ijtimoiy hayotdagi o’rni yuksak darajada bo’lgan.Albatta malikalar bunga munosib 
bo’lishgan va haqiqatda mamalakat tinchligi va osoyishtaligini asrashda o’zlarini munosib 
ko’rsatishgan, katta-katta me’moriy obidalar qurishda o’z nozik didi va aql idroki bilan 
ajralib turishgan.Mehr va saxovati,kamtarligi bilan  xalq mehrini qozonishgan.Shu tariqa 
turmush o’rtoqlari va mamlakat hukmdorlari hattoki davlat a’yonlarining yuksak 
hurmatiga sazovor bo’lishgan.Haqiqiy ayollarga xos hislatlar bilan hamisha ezgulikka 
xizmat qiluvchi ulkan ishlarga bosh-qosh bo’lishgan.Bu faxrlanarli va o’rnak olsa 
arziydigan tariximiz ayollari biz uchun iftixor tuyg’usini shakllantiradi.Ayniqsa “qafas,, 
ichida yashab kelayotgan ayrim ayollarimizga tarixni o’rgatish va o’z mustaqil va erkin 
fikriga ega bo’lishga davlat tomonidan belgilangan qonunlardan o’z hayoti uchun qay 
tarzda to’g’ri foydalanishni o’rgatishga va o’rganishga chorlaydi                   Malikalarning 
tarixda qoldirgan 
muhim 
ishlari,me’morchili 
obidalari,asarlari. Jahon Oro 
Begim”Risolayi 
sohibiya,,(Do’stlik 
haqida risola)asari 
muallifi.
Shoxjahon ayoliga atab 
18 yil davomida Agra 
shahrida 80mln rupiya 
miqdorida pul sarflab 
toj mahalni 
qurdiradi.Hozirda yiliga 
7 mlndan ortiq sayyoh 
tashrif buyuradi.1399-1404-yillarda 
Amir Temur 
Hindiston 
yurishlaridan 
qaytgach Bibixonim 
madrasasini 
qurdirgan
Gavharshodbegim 
madrasa,xonaqoh,kar
vonsaroylar va 
Hirotda 2ta madrasa 
qurdirgan                   
  Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

1. Gulbadanbegim Zaxiriddin Muhammad Boburning qizi 
“Humoyunnoma,, 3-19bet “Ma’naviyat,, 1998

2. Turg’un Fayziyev “Temuriy malikalar,, A.Qodiriy nomidagi xalq merosi 
nashriyoti 1994

3. Azamat Ziyo “O’zbek ayollari tarix sahnasida,,  O’zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan,, nashriyoti 2002
       4. .Porso Shamsiyev A.zam O’ktam.”Boburnoma,, o’rta yoshdagi bolalar 
uchun.

Yulduzcha nashriyoti, 1989.

Mavzu: Temuriy malikalarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni.

Reja:  1.Mavzu bo’yicha manbalar va o’rganilish darajasi.  2.Temuriy malikalar  2.1. Temuriy malikalarning mamlakat hayotida tutgan o’rni  2.2.Boburiy malikalarning mamlakat hayotida tutgan o’rni.  3.Mavzu bo’yicha klaster  4.Mavzu bo’yicha glossariy  5.Foydalanilgan manba va adabiyotlar.

  Mavzu bo’yicha manbalar va o’rganilish darajasi  Bu malikalar haqida ko’pgina qo’lyozma va adabiyotlar mavjud.  Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma,, 1454-yil vafot etgan  Ibn Arabshoxning “Ajoyib ul maqdur fi axbori,,(1389-1450)  Gulbadanbaegim “Boburnoma,,Zahiriddin Muhammad Boburning qizi  Kamoliddin Abdurazzoq Samarqandiy”Zxubdat ut tavorix Boysung’uriy,,  Fosix Xavofiyning 1375-yilda tug’ilgan “Mujmali fasixiy,,  G’iyosiddin Muhammad Xondamirning “Xabib us-siyar,,  Abdulfazl Allomiyning “Akbarnoma,,  Boburiylar Salataning 4-hukmdori Jahongirshohning “Jahongirnoma,,(“Jahongir tuzuklari,,)

 Saroy Mulk xonim chig’atoy ulusiga mansub mo’g’ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo’lib,1341-yilda tug’ilgan. Qozonxon taxtdan azl etilib,qatl etilgan chog’da Saroy mulk honim hali 5 yoshda edi.Saroy Mulk honim balog’atga yetgach ,1355-yilda Movarounnahr hukmdori amir Qozog’onning nabiras amir Husayn uni nikohiga kiritdi.  1370-yilda sohibqiron Amir Temur jangda amir Husaynni yengib ,uni qatl qildirgach Movarunnahr hukmronligini o’z qo’liga oladi.Tabiiyki,amir Husynning bir nechta xotilari bo’lib haramning ulug’ bekasi Tamarishxonning qizi Suyunch qutlug’ og’o edi.Sohibqiron amir Temurmaqtulning haramidagi malikalar orasidan Qozonxonning qizi Saroymulkxonimni,Bayon Sulduzning qizi-Ulus og’oni,Xizr Yasuriyning qizi-Islom og’oni hamda Tag’oy Turkon Xotunni tanlab olib,idda muddat 3 oydan so’ng o’z nikohiga kiritadi.Sohibqiron Saroy Mulk honimni o’z nikohiga olgach “ko’ragon,, unvonini oladi,uning ma’nosi mo’g’ulchada “kuyov,, degan ma’noni bildiradi.Saroy Mulk honim mo’gul xonining qizi bo’lganligi uchun Amir Temur “Amir Temur Ko’ragon,, degan nomini oladi.Sohibqiron Amir temur Saroy Mulk honimni o’z nikohiga kiritgunga qaar ham ham haramida xotinlari bo’lgan lekin ularning ichida xon urug’iga mansub saroy mulk honim bo’lgan.