Tomirlar sistemasi haqida talimot Arteriya Vena va kapilyarning tuzilishi qon aylanish doiralari
TOMIRLAR SISTEMASI HAQIDA TALIMOT ARTERIYA VENA VA KAPILYARNING TUZILISHI QON AYLANISH DOIRALARI
REJA: 1. Qon aylanish sistemasi va uning ahamiyati haqida umumiy tushuncha 2. Yurak 3 . Limfa aylanishi 4. Qonning tomirlar bo'ylab harakatlanishi
1.1TOMIRLAR SISTEMASI HAQIDA TA’LIMOT (ANGIOLOGIYA) O’quv maqsadi: Qon tomirlar haqida umumiy tushuncha. Yurakning rivojlanishi, tuzilishi, topografiyasi va funksiyasi. Katta va kichik qon aylanish doiralari. Aorta, uning qismlari topografiyasi. Bosh miyaning qon bilan ta'minlanishi. Yelka kamari va erkin qo'l sohasining qon bilan ta'minlanishi.Aortaning ko'krak qismi, tuzilishi,topografiyasi, tarmoqlari.
1.2. Angiologiya (yunoncha angeion – tomir, logos – ta’limot) XVIII asrdan boshlab termin sifatida ishlatiladi. Tomirlar sistemasi organizmda boshqa a’zolar sistemasi singari muhim vazifani bajaradi. Tomirlar ichidagi suyuqliklar (qon – sangues va limfa) oziq moddalarni ichaklardan, kislorodni o‘pkadan hujayra va to‘qimalarga yetkazib beradi, shu bilan birga ularning tarkibidagi organizmga kerak bo‘lmagan (chiqindi) moddalarni ma’lum a’zolar (buyrak, o‘pka va h.k.)ga olib boradi.