logo

MTTDA BOLALARDA NARSALARNING KATTALIGI VA SHAKLI ORQALI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23104 KB
MTTDA BOLALARDA NARSALARNING KATTALIGI VA
SHAKLI ORQALI MATEMATIK TASAVVURLARINI
SHAKLLANTIRISH
MUNDARIJA:
KIRISH …………………………………………………………………………3
I.   BOB.   ILK   MATEMATIK   TASAVVURLARNI   RIVOJLANTIRISH-
NING NAZARIY ASOSLARI …………………………………………….….11
1.1.   Bolalarda   matematik   tasavvurlarni   rivojlantirishning   ilmiy   va
pedagogik asoslari…………………………………………….………….…….11
1.2.   Bolalarning   ilk   matematik   tasavvurlarini   rivojlantirishda   kattalik   va
shakl tushunchasi…………………………………………………………….…14
Bob bo’yicha xulosalar……………………………………………….….20
II   BOB.   MAKTABGACHA   YOSHDAGI   BOLALARDA   NARSA-
LARNING   KATTALIGI   VA   SHAKLI   ORQALI   MATEMATIK
TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI………... 22
2.1.  Bolalarda elemantar matematik tasavvurlarni shakllantirish 
usullari …………………………………………………………………………22
2.2.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish……………………………………..……33
Bob bo’yicha xulosalar……………………………………………….….51
III BOB. Tajriba-sinov …………………………………………………53
3.1.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli
orqali   matematik   tasavvurlarini   shakllantirishga   doir   tajriba-sinov   ishlarining
mazmuni………………………………………………………………………..53
3.2.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli
orqali matematik tasavvurlarini shakllantirish samaradorligi……….…………58
0 Bob bo’yicha xulosalar……………………………………….………….64
XULOSA VA TAVSIYALAR …………………………….…………...65
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR . ……………………………..67
KIRISH
Agar mendan sizni nima qiynaydi? 
deb so’rasangiz, farzandlarimizning
ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Shavkat MIRZIYOYEV
Magistrlik   dissertatsiyasi   mavzusining   asoslanishi   va   uning
dolzarbligi:   Mustaqillik   yillaridan   to   hozirgi   kunga   qadar   O‘zbekiston
Respublikasi   ijtimoiy   taraqqiyotini   ta’minlovchi   ustuvor     yo‘nalishlardan   biri
sifatida   ta’lim   sohasi   e’tirof   etilmoqda.   Ustuvor   soha   bo‘lgan   ta’limni   tubdan
yangilash,   uni   mazmunan   boyitish,   ta’lim   tizimiga   ilg‘or   pedagogik
texnologiyalarni   tadbiq   etish   va   rivojlangan   ta’lim   darajasiga   ko‘tarish,
mamlakatda olib borilayotgan ta’lim islohotlarining asosiy g‘oyasi sanaladi.
Maktabgacha   ta’lim   sohasi   uzluksiz   ta’lim   tizimining   birinchi   bo‘g‘ini
hisoblanib,   u   har   tomonlama   sog‘lom   va   barkamol   bola   shaxsini   tarbiyalash
hamda maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha   ta’lim   sohasi   uzluksiz   ta’lim   tizimining   dastlabki   bo’g’ini
bo’lishi   bilan   birga   keyingi   ta’lim   tizimida,   bolani   maktabga   tayyorlashda
muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bugungi   kunda   bu   ta’lim   sohasi   davlat   siyosati
darajasiga ko’tarilishi bejiz emas. 
Bu   borada   davlatimiz   tomonidan   qabul   qilingan   qator   farmon,   qaror   va
farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo’naltirilganligi
barchaning   e’tiboridadir.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   8-
maydagi PQ-4312-sonli «O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi», 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021
1 yillarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to’g’risida»gi   PQ-2707-sonli,   2017-yil   30-sentabrdagi   «Maktabgacha   ta’lim
tizimi   boshqaruvini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida»gi   PF-
5198-sonli   Farmoni,   2017-yil   9-sentabrdagi   «Maktabgacha   ta’lim   tizimini
tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida»gi   PQ-3261-sonli   qarori,
shuningdek,   Maktabgacha   ta’lim   vazirligining   2018-yil   18-iyundagi   «Ilk   va
maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo’yiladigan   davlat   talablari»
hamda   «Ilk   qadam»   maktabgacha   ta’lim   tashkilotining   Davlat   o’quv   dasturini
amalda  joriy  etish  kabi  davlat  hujjatlarida  bu  sohaga   oid  masalalarini  hal  etish
nazarda tutilgan.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyev   2019-yil   8-
maydagi «O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish   konsepsiyasi»   to’g’risida   PQ-4312   sonli   qarorida   ham   MTTlarni
har   tomonlama   rivojlantirish,   o’sib   kelayotgan  kelajak   avlodga  munosib  meros
qoldirish   va   shu   kabilar   haqida   «Yo’l   xarita»si   tuzilgan   edi.   Shunga   muvofiq
« Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   intellektual,   axloqiy,   estetik   va   jismoniy
jihatdan   har   tomonlama   rivojlantirish   uchun   sharoitlarni   yaratish   maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini
qayta   ko’rib   chiqishni   hamda   maktabgacha   ta’lim   xizmatlarini   ko’rsatishning
zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi 1
. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   ta’lim-tarbiya   berishning   asosiy
vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning
tug’ma layoqati, qiziqish, ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy
va   umuminsoniy   qadriyatlar   asosida   muntazam   ta’lim   olishga   -   maktabga
tayyorlashdan iborat 2
.
1
 O‘ zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish  konsepsiyasi. Toshkent sh.,
2019 yil 8 may, Pq-4312-son.
2
  2017-2021   yillarida   maktabgacha   ta’limni   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Qarori   //   O‘zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to‘plami.   -   T.,
2017, 1-son, 11-modda.
2 Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya  bolalarni   o’qitish   va   tarbiyalashga,   ularni
intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga,
shuningdek   bolalarni   umumiy   o’rta   ta’limga   tayyorlashga   qaratilgan   ta’lim
turidir 3
.
Hozirgi   kunda   bolalarda   matematik   tushunchalarni   shakllantirish
muammosi   ilmiy   asoslangan   metodik   tizimga   ega.   Ularning   asosiy   elementlari
maqsad,   mazmun,   metodlar,   ishni   tashkil   etish   shakl   va   usullari   bir-biri   bilan
uzviy   bog’liqdir.   Ular   orasidagi   asosiy   maqsad   tasavvurni   shakllantirishga
qaratiladi 4
.
Matematik   tushunchalarni   shakllantirish   –   inson   ijodiy   faoliyatini
maqsadli amalga oshiradigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi – bolalarni
faqat matematikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o’zlarining
hayotdagi   o’rinlarini   topa   olishlariga   yordam   berishdan   iborat.   Yuqorida   aytib
o’tilgan   bir   qancha   qaror   va   qonunlar   hamda   ta’lim   tizimidagi   innavatsion
o’zgarishlar tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligini ko’rsatadi.
Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarni   shunday   o’qitish   kerakki,   uni
o’rab turgan tabiat bola uchun tushunarli bo’lsin. Bunda unga ota-onalar yordam
berib,   o’zaro   muhim   aloqalarni   va   o’zaro   bog’lanishlarni   ko’rsatish,   mulohaza
yuritish, solishtirishga o’rgatishi kerak 5
.
Bolalarda   matematik   tushunchalarni   shakllantirish   nazariyasi   va
metodikasining   bosh   masalasi   bolalarda   matematik   tushunchalarni
shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o’z navbatida
dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o’rganish kabi
vazifalarni  bajarish orqali  yechiladi.   Bugungi  kunda maktabgacha ta’lim  sohasi
3
 O‘zbekiston Respublikasining qonuni // Ta’lim to‘g‘risida.  Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda
qabul qilingan senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. 8-modda.
4
  Raxmonqulova   Z.,   Qurbonova   N.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   matematik   tasavvurlarini   shakllantirish.
Metodik qo‘llanma. – T., 2009. 
5
  D janpeisova   G.E.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   elementar   geometrik   tasavvurlarini   shakllantirish   va
rivojlantirish usullari. Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, 2017, 4-bet.
3 eng dolzarb sohalardan biri sifatida siyosat darajasida turgan ekan, uning diqqat
markazida   esa   bolalarning  har  tomonlama  komol   topishi  yotibdi.  Maktabgacha
yoshdagi   bolalarning   kognitiv   ( bilimlarni   o’zlashtirish   jarayoni   (idrok),   atrof-
muhit   tomonidan   olingan   ma’lumotlar,   o’rganish,   men   bilib   olaman )
rivojlanishiga   qo’yiladigan   talablar   matematik   rivojlanishi   uchun   zamin
hozirlaydi.   Bolalarning aqliy rivojlanishi to’g’risida gap ketganda matematikani
inobatga   olish   lozim.   Chunki   aqliy   harakatlarning   shakllanishini   belgilaydigan
omillar   atrofdagi   dunyoni   bilishda   zarur   hisoblanadi.   Amaliyot   shuni
ko’rsatadiki,   juda   oz   sonli   bolalar   matematik   bilimlarni   o’zlashtirishda
qiynalishmaydi.   Shuning   uchun   ota-onalar   va   o’qituvchilarning   eng   muhim
vazifasi   –   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   matematikaga   bo’lgan   qiziqishini
rivojlantirish.   Qiziqarli   va   o’yin   tarzida   matematika   olamiga   kirish   shakli
kelajakda bolaga maktabni osonroq va tezroq o’zlashtirishga yordam beradi.
Tadqiqotning   obyekti   va   predmeti:   maktabgacha   ta’lim
tashkilotlarining   maktabga   tayyorlov   guruhlarida   elementar   matematika
mashg’ulotlar  jarayonida narsalarning kattaligi  va shakli  orqali  ta’lim-tarbiyani
amalga   oshirish   jarayoni.   Maktabgacha   ta’limda   tayyorlov   guruh   bolalarining
narsalarning   kattaligi   va   shakli   haqidagi   tasavvurlarini   shakllantirishning
mazmuni.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: 
–   m aktabgacha   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli
haqidagi   tasavvurlarini   shakllantirishning  pedagogik  muammosini   dolzarbligini
asoslash;
–   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   narsalarning   kattaligi   va   shakli
haqidagi   tushunchalarni   shakllantirishning   nazariy   va   metodik   asoslarini
yoritish.
M aktabgacha   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli   orqali
matematik tasavvurlarini shakllantirishga oid pedagogik, psixologik va metodik
4 adabiyotlarni   о’rganish,   matematik   tasavvurlarini   samaradorligini   oshirish
maqsadida yangi innovatsion texnologiyalarni tahlil etish.
Ilmiy yangiligi:
–   m aktabgacha   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli
haqidagi   tasavvurlarini   shakllantirishning   pedagogik   muammosini   dolzarbligi
asoslandi.
–   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   narsalarning   kattaligi   va   shakli
haqidagi tushunchalarni shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini yoritib
berildi.
Tadqiqotning  asosiy  masalalari va farazlari: 
–   tayyorlov   guruh   bolalarida   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishning
uzviyligini ta’minlash; 
–   narsalarning   kattaligi   va   shakli   orqali   matematik   tasavvurlarni
shakllantirishning didaktik vositalari ishlab chiqish; 
–   innovatsion   ta’lim   asosida   bolalarda   kreativlikni   hamda   mantiqiy
fikrlashni   yo’lga   qo’yishning   metodikasi   ishlab   chiqilib,   maktabgacha   ta’lim
tarbiyachilarining ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
–   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli   haqidagi   tasavvurlarini
shakllantirish orqali ularni mustaqil hayotga moslashtirish. 
T adqiqot   mavzusi   bo’yicha   adabiyotlar   sharhi   (tahlili) :   Bugungi
kunda   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   ilk   matematik   tasavvurlarini
shakllantirish   metodikasi   pedagogik   tadqiqotlarning   asosiy   yo’nalishlarini
tashkil etib, hozirda respublikamizda bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Xususan,   MTTlarining   maktabga   tayyorlov   guruhlarida   an’anaviy   metodika
asosida   savodga   tayyorlash,   elementar   matematik   bilim   berish,   ekologik  ta’lim
bo’yicha   O.Boltaboyeva,   N.Alimov,   N.Bikbayeva,   N.Umarova,   M.Xalilova   va
boshqa pedagog-olimlarning uslubiy ishlarida e’tibor qaratilgan.
5 Bikbaeva   N.U.   Qosimova   X.I.   bilan   birgalikda   «Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va
metodikasi»   kursi   bo’yicha   dastur   Respublikadagi   pedagogika   Oliy   o’quv
yurtlari uchun tayyorlandi. 
N.U.Bikbayeva,   Z.I.   Ibragimova   ,   X.I.   Qosimova   «Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shaklantirish»   1995.
N.U.Bikbayeva   va   boshqalar   «Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda
matematik   tasavvurlarni   rivojlantirish»   1996,   N.U.Bikbayeva   «Maktabgacha
ta’lim   muassasasida   matematika   mashg’ulotlarini   rivojlantirish»   1998,
N.U.Bikbayeva,   Alieva   U.S.   Matematika.   «Maktabgacha   tayyorlov   guruhi
tarbiyachilari uchun metodik qo’llanma» 1999.
Abdukodirov  L.A.,  Begmatova  N.X.  Maktabgacha   ta’lim   muassasalarida
multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o’quv-uslubiy qo’llanma). 
2012-yil   Begmatova   Nodira   Xakimovnaning   «Maktabgacha   ta’lim
muassasalarida   multimedia   texnologiyasidan   foydalanishning   ilmiy-metodik
asoslari» nomli avtoreferati va dissertatsiyasi e’lon qilingan.
2017-yil   D janpeisova   G.E.ning   «Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning
elementar   geometrik   tasavvurlarini   shakllantirish   va   rivojlantirish   usullari»
nomli uslubiy qo’llanma chop etilgan.
2019-yilda   SamDU   dotsenti   E.M.Mardonov   va   boshqalar   tomonidan
«Maktabgacha   ta’limda   matematik   o’yinlarni   tashkil   etish»   deb   nomlangan
o’quv-uslubiy qo’llanmasi e’lon qilindi.
2020-yilda   E.M.Mardonov,   Q.Ostonov,   G.E.Kushakova,   O’.I.Achilovlar
bilan   birgalikda   «Matematik   tasavvurlarni   shakllantirish»   nomli   uslubiy
qo’llanma nashr etildi. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   ilk   matematik   tasavvurlarini
shakllantirish   metodikasini   yaratish   va   ulardan   ta’lim-tarbiya   jarayonida
foydalanishga   qaratilgan   ko’plab   ilmiy-tadqiqotlar   olib   borilganligiga
6 qaramasdan, hali bu sohada ko’pgina ishlar dolzarbligicha turibdi, shu jumladan
tadqiqot   ishimizning   mavzusi   ham   shular   qatoriga   kiradi.   Sanalgan   ushbu
holatlar   dissertatsiya   mavzusini   «Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   bolalarda
narsalarning   kattaligi   va   shakli   orqali   matematik   tasavvurlarini   shakllantirish»
deb tanlanishiga asos bo’ldi.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi :
–   tadqiqot   mavzusi   va   muammolari   yuzasidan   pedagogik-psixologik   va
metodik adabiyotlarni o’rganish;
–   pedagogik kuzatish; 
–   nazariy- pedagogik tahlil;
–   eksperiment-tajriba sinov metodi;
– monitoring.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: 
–   matematik tasavvurlarni  shakllantirish jarayonida narlasarning kattaligi
va   shakli   orqali   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari   ta’lim-tarbiya   jarayonida
foydalanishning ilmiy asoslanishi; 
–matematik mashg’ulotlar jarayonida   narsal]arning kattaligi va shaklidan
foydalanishning pedagogik-psixologik jihatlarini tadqiq etish; 
–   bolalarni   narsalarning   kattaligi   va   shakliga   orqali   matematik
tasavvurlarini   shakllantirishda   tarbiyachilar   uchun   namuna   metodikasi   ishlab
chiqilganligi; 
–   bolalarni   narsalarning   kattaligi   va   shakliga   orqali   matematik
tasavvurlarini shakllantirish kompetensiyasini ishlab chiqish; 
–   bolalarni  narlasarning kattaligi va shakli orqali matematik tasavvurlarini
shakllantirishning  innovatsion usullarini yaratish; 
7 –   tadqiqot ishi mavzu yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda
amaliyotga joriy etish. 
Tadqiqot ishining e’lon qilinganligi:
Tanlangan   mavzu   yuzasidan   2   ta   ilmiy   maqola   va   1   ta   tezislar   chop
etilgan va ularda tadqiqot mavzusi yuzasidan bir qator izlanishlar bayon etilgan.
Ish   tuzilmasining   tavsifi:   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,   xulosa   va
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, jami 70   sahifani
tashkil etadi.
8 I BOB. ILK MATEMATIK TASAVVURLARNI
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishning ilmiy va
pedagogik asoslari
Maktabgacha   ta’lim   tizimi   qayta   qurishning   asosiy   yo’nalishlaridan   biri
bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan
holda   uni   shaxs   sifatida   mukammal   rivojlantirishga   qaratilgan   ta’limdir.
Ma’lumki, har bir inson o’zining intilishlari, qobiliyati va imkoniyatlariga ko’ra
hayotda   o’z   o’rnini   topa   olgan   sharoitda   rivojlanuvchi   jamiyatni   barpo   etishi
mumkin 6
.  
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va boshlang ’ ich maktab yoshida
elementar   matematika   tasavvurlarini   taraqqiy   ettirish   muammolari   ustida   ilmiy
ishlar olib borgan pedagoglar dan  
Y. I .Tix iy eva   «bola   bilimni   hayotdan   olishi   kerak,   hayotning   o’zi   har
qadamda   bolaning   oldiga   amaliy   vazifalarni   qo’yadi,   ya’ni   o’lchash,   sanash,
ayirishlar. Har bir normal bola kattalarning yordamisiz 10 gacha sanashni  bilib
oladi, deydi. Ayniqsa birinchi o’nlik sonlarni bilib olishga katta ahamiyat beradi.
U bolani sanashga o’rgatishda majbur qilmaslik kerak, fakat unga ko’rgazmali,
didaktik   material   berish   kerak   deydi.   Maxsus   material   bilan   birgalikda   tabiiy
materiallar tashlandiq materiallar berish kerak» 7
, deydi. 
Uning   fikrlariga   asoslanadigan   bo’lak   va   bizning   kuzatishlarimiz   ham
shuni   ko’rsatmoqdaki,   har   bir   bola   o’z   qobiliyatlarini   kichikligidan   o’zi   kashf
eta   olishi   bu   jamiya   va   o’zi   uchun   ham   foydali,   bunda   har   tamonlama   yetuk
6
  Juma е v   M.E,   Bolalarda   matematik   tushunchalarni   rivojlantirish   nazariyasi   va   metodikasi.   (KHK   uchun)   –
Toshk е nt: «Ilm Ziyo», 2005.
7
  Mardonov E. va boshqalar. Matematik tasavvurlarni shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2020.
9 shaxs voyaga yetadi. Biz tayyor materiallarni emas, bolalarni fikrlashga majbur
qiluvchi materillarni berishimiz yaxshi natijalarga olib kelishi mumkin.
F.N.Blixer bolalarni sanashga o’rgatish kerak emas, sharoit yaratish kerak
deydi.   U   maxsus   mashg’ulotlarni   inkor   etadi.   Faqat   tayyorlov   gruppalardagina
mashg’ulot   o’tkazish   kerak,   deydi,   u   ko’proq   yakkama-yakka   yo’l-yo’lakay
o’rgatishni   ma’qullaydi.   Bu   bilan   u   Tixiyeva   va   Shlexerlarning   fikrini
quvvatlaydi. Blixer didaktik o’yinlarga katta ahamiyat beradi, u ajoyib didaktik
o’yinlarni ishlab chiqgan 8
. 
Bolalarga   matematik   bilimlarni   berishda   asosan   bolalarning   o’z   istak   va
xohishlariga   qarab   mashg’ulot   jarayonlarini   tashkil   etish   maqsadga   muvofiq
bo’ladi. Olimlarning fikrlariga tayanadigan bo’lsak, ularning barchasi bola o’zi
mustaqil   egallagan   matematik   bilim   yaxshi   samara   berishini   ta’minlaydi.
Bizning amaliy jarayonlarimiz va ko’p sonli adabiyotlarni tahlil qilishimiz shuni
korsatmoqdaki,   bugungi   kunda   bizning   MTTlarimizda   matematik   ta’lim
berishda   bir   qancha   pedagogik   va   psixologik   maummolar   mavjud.   Hali   to’la
shakllanib ulgurmagan MTTlarimizda yangichga qarashlarni joriy etish birinchi
navbatdagi   ta’lim   mumammolaridan   hisoblanadi.   Bolalarga   aynan
matematikadan   ta’lim   berish   bugungi   kunda   dolzarb   mavzulardan   biri   bo’lib
turgan   ekan,   bu   soha   rivoji   uchun   aynan   katta-katta   izlanishlar   va   amaliy
natijalarni ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Shu ma’noda ham bizning tadqiqot
ishimizda   bob   yuzasidan   izlanishlar   olib   borilib,   imkon   qadar   yangicha
qarashlarni joriy etishni maqsad qilganmiz.
Bundan   30-40   yil   oldin   psixolog   va   pedagoglarimiz   elementar
matematikaning vaqt, tevarak-atrof, shakl bo’limlari ustida ishlash imkoniyatiga
ega bo’lganlar. Bu albatta juda ham kech edi. 1969-70 yillardagi programmaga
birinchi bo’lib matematik tasavvurlarning boshqa bo’limlari ya’ni vaqt, tevarak
atrof, kattalik, shakl bo’limlari kiritilgan. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan
innovatsion   davrda   rivojlanib   kelayotgan   bolajonlarimiz   uchun   qayg’urish,
8
  Mardonov E va boshqalar. Matematik tasavvurlarni shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2020.
10 ularning   bilim   olsihlari   va   aqliy   rivojlanishlari   uchun   qo’limizdan   kelgan
imkoniyat   va   amaliy   ishlarni   qilish   biz   kattalarning   vazifalaridan   deb
hisoblaymiz.   Ayniqsa   bugungi   sharoitda   bolalarga   nimani   berish   va   qanday
ta’lim   berish   borasidagi   izlanishlarimiz   istiqbolli   bo’lishi   kerak.   Olimlarninh
fikrlarini   inobatga   olib   aytadigan   bo’lsak,   MTTlarda   matematik   bilimlarni
berishda yangi yondashuvlarni kiritish davri kelganiligini ko’rsatadi.
50-90-yillarda   O’zbekistondagi   bolalar   bog’chalari   elementar   matematik
tasavvurlarni   shakllantirish   metodikasi   asoslari   rivojlanishi   bo’yicha   ko’pgina
pedagoglar   ish   olib   bordilar.   Jumladan:   Bikbaeva   N.U.   1973-yildan   boshlab,
Rossiyalik   pedagoglar,   Leushina   A.M.,   Stalimar   A.A.,   Metlina   L.   S   larning
ishlarini   ko’rib   chiqib,   ularning   hammasi   bizning   O’zbekiston   bolalar
bog’chalariga to’g’ri kelmasligini isbotlaydigan yangi dastur yaratgan. 
Metodistlar Qosimova X.I., Ibroximova Z.I lar bilan birgalikda 1995-yili
«Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish»
mavzusida   O’rta   va   Oliy   pedagogika   bilim   yurtlari   uchun   o’quv   qo’llanma
tayyorlandi. 
Bikbaeva   N.U.   Qosimova   X.I.   bilan   birgalikda   «Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va
metodikasi»   kursi   bo’yicha   dastur,   Respublikadagi   pedagogika   Oliy   o’quv
yurtlari uchun tayyorlandi va bolalar bog’chalarning turli yosh guruhlari uchun
qo’llanma tayyorlangan. 
Bundan tashqari TDPU ning maktabgacha ta’lim kafedrasida faoliyat olib
borgan   Djanpeisova   Gavhar   Erkinovna   aynan   matematik   tasvvurlarni
shakllantirish sohasida zamonaviy qarashlari ilgari surgan. Uning « Maktabgacha
yoshdagi   bolalarning   elementar   geometrik   tasavvurlarini   shakllantirish   va
rivojlantirish usullari» nomli uslubiy qo’llanmasi 2017-yilda chiqarilgan bo’lib,
unda   asosan   bolalarga   geometrik   shakllarni   oson   va   samarali   tushuntirish
yo’llari   ko’rsatilgan.   Elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish
yuzasidan yana bir qancha ishlarni amalga oshirgan.
11 1.2. Bolalarning ilk matematik tasavvurlarini rivojlantirishda 
kattalik va shakl tushunchasi
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarga   elementar   matematik   tasavvurlarni
tarkib   toptirishda   Kattalik   atamasi   narsalarni   kattaliklari   bo’yicha   taqqoslash
malakalarini,   o’lchash   faoliyatlarini   amalga   oshirishni,   narsalarning   shakllarini
aniqlash   va   boshqa   malakalarni   shakklantirishni   o’z  oldiga   maqsad   qilib  oladi.
Matematik   tasavvurlarni   hosil   qildirish   bolalarni   narsalarning   kattaliklari   bilan
tanishtiruvchi   masalalar   ma’lum   o’rinni   egallaydi 9
.   Istalgan   narsaga   to’g’ri   va
to’liq   izoh   berishda   narsa   kattaligining   ahamiyati   uning   boshqa   asosiy
xususiyatlarining   ahamiyatini   kamaytirib   qo’ymaydi,   aksincha   ular   birgalikda
katta minosabatlarni va ilmlarni berishi mumkin.
Rus   matematik   uslubchisi   D.Galanin   kattalikning   ma’nosini   quyidagicha
ifodalagan:   -   kattalik   deb,   buyum   va   harakatlarni   bir-biri   bilan   taqqoslay   olish
xususiyatidir.   Bu   xususiyat   har   xil   buyumlarda   har   xil   miqdorda   bo’lishi
mumkin» 10
.   Uning   fikriga   tayanigan   bo’lsak,   narsalarni   taqqoslashning
o’lchovlariga   ko’ra   ularning   kattaliklari,   tengligi   yoki   tengsizlik   munosabati
aniqlanadi,   ammo   hamisha   ham   narsalar   bevosita   taqqoslanavermaydi.   Biz
asosan   narsalarning   kattaliklarini   har   bir   inson   o’zida   hosil   bo’lgan   umumiy
tasavvurlari   bilan   taqqoslaydi.   Bu   o’rinda   aqliy   ta’lim   qilinayotgan   narsaning
kattaligi   umumlashtirilgan   manzara   bilan   taqqoslanadi,   bu   obrazda   narsalarni
amalda farqlash tajribasi tugallangandek tuyulishi mumkin. Shuningdek, kattalik
o’zgaruvchanlik bilan ham ifodalanishi mumkin. V.V.Davidov shunday yozadi:
o’lchamlar  —  obyektning  shunday   holatiki,  u  ma’lum  manzillargacha  o’zgarib
boradi. Berilgan alohida obyektni o’zgartirsa ham ammo uning tur, boshlang’ich
9
  Mardonov   E,   Q.Ostonov,.   Sh.Fayzullayev.   Maktabgacha   ta'limda   matematik   o'yinlarni   tashkil   etish.   O'quv-
uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2019.
10
  Mardonov E va boshqalar. Matematik tasavvurlarni shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2020.  
12 sifatini   o’zgartirmaydi» 11
.   Devor   uzunligining   o’zgarishi   uning   kattaliginigina
o’zgartiradi,   ammo   uning   mazmuni   va   sifatini   o’zgartirmaydi,   devor
devorligicha qolaveradi.
Kattalik   -   narsalarning   o’lchamidagi   barcha   farqlarni   bolalar   katta   va
kichik so’zlari bilan, ya’ni narsalarning o’zaro nisbatini umumiy hajmiga qarab
belgilash   uchun   qo’llaniladigan   so’zlar   bilan   bildiradilar 12
.   Bolalar   narsalar
o’rtasidagi   farqni   bitta   belgiga   qarab   farqlab   beradigan   ishoralardan
foydalanmaydilar.   Shuning   uchun   bolalarga   ko’pincha   bir   xil,   qalinroq,
yupqaroq,   qalinligi   bir   xil   kabi   so’zlardan   foydalanishni   o’rgatish   muhim.   U
yoki   bu   belgini   birinchi   marta   ajratishda   bir-biridan   faqat   mazkur   belgi   bilan
farqlanadigan   narsalargina   taqqoslanadi.   Masalan,   bolalarga   uzunroq-qisqaroq
tushunchasi haqida ma’lumot berish uchun rangi, kengligi va yo’g’onligi bir xil,
bir-biridan faqat uzunligi bilan farq qiladigan narsalar tanlab olinishi maqsadga
muvofiqdir.   Bunday   holatlarda   bolaalr   o’zlari   mustqaillikni   qo’lga   oladilar.
Bundan   tashqari   kattalik   doim   ularning   atrofida   bo’lishini   ham   tushuntirish   bu
tabiat   bilan   hamohangligini   ham   ta’minlaydi.   Bolalar   kattalik   so’zini   hali
anglamasligi   mumkin,   ammo   ular   amaliy   jarayonlarda   va   ko’z   bilan   ko’rish,
quloq   bilan   eshitish   va   qo’l   bilan   ushlab   ko’rish   orqali   bu   tushunchani   anglab
olishi   mumkin.   Aqli   rivojlanish   birinchi   darajali   bilim   olish   turi   bo’lib,   unda
asosan  matematik tushunchalar  yetakchi rol  o’ynaydilar. Ular bolalarda olamni
snglash uchun poydevor bo’lib xizmat qiladilar.
Bolalar   kattalik   tushunchasini   taqqolash   orqali   o’rganar   ekan,   birinchi
ularga katta-kichikligi bir-biriga o’xshash materiallar berilishi lozim, bunda ular
ning   rangi,   shakli   bir   xil   bo’lishi   bolalarni   chalg’itmasdan   bilimni   to’liq
egallashlariga yordam  beradi. Har  qanday bilim  amaliy jarayonlarda o’z aksini
topadi   va   buni   bolalar   o’zlari   bajarib   ko’rishlari   ularda   katta   ilmni   ochish
imkonini beradi.
11
  Mardonov E va boshqalar. Matematik tasavvurlarni shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2020.
12
  Bikbaeva N.U. va B. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish»  –  T. :
«O’qituvchi» 1996.  36-b
13 Narsalarning   balandligini   taqqoslashda   esa   bolalar   qo’llarini   narsaning
pastidan   yuqorisiga,   asosan   yuqori   chekkasigacha   olib   borishlari   bu   amaliy
jarayon hisoblanadi, bunday holatlarda MTTlarda doim o’yin mashg’ulotlaridan
foydalanish   bilim   olishning   samarali   bo’lishini   ta’minlaydi.   Bunda
holatdamashg’ulotning   qanchalik   muvaffaqiyatli   chiqishi   bu   mashg’ulotning
qanchalik   aniq   ifodalanishiga   bog’liq.   Masalan:   tarbiyachi   bolaga   ayiqchani
keng va tor yo’lakchadan yurgizib o’tkazishni  buyuradi va unga shunday savol
beradi:   -Nima   uchun   bitta   yo’lakchadan   ayiqcha   o’ta   oldi,   boshqasidan   o’ta
olmadi? Qaysi yo’lakchadan ayiqcha o’ta oladi, qaysisidan o’ta olmaydi? Nima
uchun?   Bolalarga   savol   berishda   asosan   ularni   o’ylantiradigan   va   tafakkur
qilishga   majbur   qiladigan   savollar   bolishi   juda   tog’ri   qaror   bo’ladi,   shunda
bolalar   amaliyotda   ko’rgan   voqaelariga   javobni   o’zlaridan   izlab   ko’rishni
boshlaydi   va   tayyor   inson   emas,   tafakkurli   inson   bo’lishga   harakat   qila
boshlaydi.
Tarbiyachi   har   doim   matematik   bilim   berganida   kattalik   tushunchasini
tushuntirib   berishi   shart   bo’lmaydi,   shunchaki   bolalar   bilan   birga   mashg;ulot
jarayonida   birga   o’ynashi   va   ularni   ozgina   yo’naltirib   turishi   maqsaga
muvofiqdir.   Olimlarning   izlanishlarida   ko’p   holalrda   tarbiyachilar   birinchi
korsatib   berishlari   aytilgan,   bugungi   zamonaviy   ta’limda   bolalarga   tafakkur
qilish,   o’ylash   va   o’zlari   toppish   tushunchalarini   singdirib   boorish   uchun   ham
yuqoridagi fikrdan voz kehish kerak deb o’ylaymiz. Fikrimizning dalili sifatida
biz   amaliyot   olib   borayotgan   MTT   dagi   bolalar   bilan   ham   mashg’ulotlar   va
tadqiqot   mavzuiymizga   doi   mavzular   ham   faqat   o’yin,   ya’ni   tarbiyachi   bilan
birgalikdagi o’yin asosida olib borilganida deyarli maummoli jarayonlarga ham
bolalarda ajoyib va o’ziga xos yechimlar bor bo’lganini ko’rdik. 
Qarama-qarshi   kattalikka   ega   bo’lgan   narsalarni   taqqoslash   bolalarni
narsalarning   katta-kichikligini   idrok   etish   va   uni   tegishli   ta’riflashga   o’rgatish
imkonini   yaratadi.   Bolalarni   narsalarning   uzunligi,   eni,   balandligi   yuzasidan
tengligi   bilan   tanishtirish   va   ularni   uzunligi   bir   xil,   eni   teng   kabi   iboralardan
14 foydalanishga o’rgatish imkoniyati paydo bo’ladi. Bolalar bilan birga «Kimning
qo’li   kattaroq»   o’yinlarini   o’ynash,   shuningdek,   ularga   quyidagi   savollarni
berish   mumkin:   Qaysi   uy   balandroq?   qaysi   balandroq?   qaysi   uyning   derazasi
kengroq? kabi va hakazo. Shunday qilib, bolalarga ularni o’rab turgan olam turli
tuman uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko’rsatilib, jonli tabiatdan
buni isbotlari ko’rsatiladi. 
Matematika mashg’ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan,
ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan
taqqoslash   asosida   ularning  (buyumlarning)   shaklini   tahlil   qilish   va   baholashni
o’rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi,
bunday tasavvur  maktabda  geometriya, chizmachilik  kabi   fanlarni   o’zlashtirish
uchun   asos   bo’ladi.   «Ilk   qadam»   tayanch   dasturida   geometrik   shakllar   bilan
tanishtirishga qo’yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtiriladi 13
.
Geometrik   shakllar   bilan   tanishish   bolalarning   aqliy   rivojlanish
qobiliyatini   shakllantirishda   muhim   r о l   o’ynaydi.   Shuning   uchun   bunday
shakllarni   o’qitish   jarayonida   mantiqiy   beparvolikka   yo’l   qo’yish   mumkin
bo’lmaydi,   geometrik   ma’lumotlar   izchillikda   boshqa   matematik   ma’lumotlar
bilan bog’lanmagan holda berilishi notog’ri bo’lishi mumkin. Chunki mateamtik
bilimlar boshlangich va maktabgacha yoshda juda sodda bo’lib ko’ringani bilan
eng murakkab va aniqlikni talab qiladigan jarayon hisoblanadi, u fanni e’tiborsiz
o’tkazib yuborish bolalar kelajagini barbod qilish bilan barobardir.  
Bolalarning   zehnini   boyitish,   ularda   turli   shakllar   haqida   tasavvur   hosil
qilish   muhim   ahamiyatga   ega.   Har   yosh   guruhlarida   shakllar   soddalikdan
murakkablikka   qarab   o’zgarib   boradilar.   Ammo   doim   tarbiyachidan   talab
qilinadigan   dalzarb   masala   bu   bolaalr   bilan   birga   mashg’ulot   jarayonini
o’tkazish,   hech   qanday   to’siqlarsiz,   rasmiyatdan   uzoq   bo’lgan   holda   va   tabiiy
ravishda   o’tkazilgan   har   qanday   mashgulot   bolalarga   katta   bilim   bera   oladi.
13
  Mardonov   E,   Q.Ostonov,.   Sh.Fayzullayev.   Maktabgacha   ta'limda   matematik   o'yinlarni   tashkil   etish.   O'quv-
uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2019.
15 Bizning   izlanishlarimizdan   shu   narsa   aniq   bo’ldiki,   qachonki   o’z   ishini   sevgan
tarbiyachi bolalar bilan samaimiy muloqotni amalga oshira olar ekan, matemtik
bilimlar   ham   mustahkam   bilimlarni   talab   qilganidek,   ular   bilan   do’stona
munosabatda   bo’lib   mashg’ulot   o’tilganida   bolaalr   o’z   fikrlarini   bemaolo   ayta
olishnishi   kuzatdik   va   ulardan   turli   g’oyalar   ham   chiqa   boshladi   hamda
muammolar   yuzasidan   o’z   tafakkurlarini   ishga   solib   yechimlar   topishi   ham
quvonarli holat bo’ldi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, agar bir biron bir
matemtik   mavzuni   bolalarga   o’rgatmoqchi   ekanmiz,   avvalo   dasturni   yaxshi
o’rganib, mashg’ulotni mujassam qilib, tabiiylikka e’tiborli bo’lsak, bolalarning
ilk matemtik tasavvurlari oson shakllanishiga erishar ekanmiz.
Amaliy   jarayondan   bir   misol   keltiramiz:   tarbiyachi   birinchi   navbatda
sharni   ko’rsatadi   va   nima   bo’lishi   mumkinligini   so’raydi,   bolalardan   turlicha
fikrlar olganidan so’ng, izohlab nomini aytadi. Keyin esa turli kattalikdagi ikki
sharni ko’rsatadi va -bular nima? Ekanligini so’raydi, atrofimizda nimalar unga
o’xshaydi,   xonada   shunga   o’xshash   narsa   bormi   kabi   savollarni   beradi.   Keyin
katta   yoki   kichik   ekanini   so’raydi,   boalalrga   o’z   fikrlarini   aytishiga   imkon
beradilar.   Bolalar   sharni   ushlab   ko’radi,   barmoqlari   bilan   siypalaydi,   qo’llari
orasiga   yumalatib   ko’radilar   va   o’z   fikrlariga   asoslana   boshlaydi.   Ular   kichik
sharni   kattasining   ustiga   qo’yadilar,   fikr   yurtiadilar,   boshqa   narsalar   orasidan
sharlarni tanlab oladilar, ulardan eng oddiy qurilishlar yasaydilar va hokazo.
Shaklni ko’rish va his qilish, harakat tuyg’ulari orqali idrok etishni tashkil
etish,   uning   xossalarini   namoyon   qiluvchi   xilma-xil   ishlardan   foydalanish,
figuralar   nomini,   ularning   xossalarini   va   harakat   usullari   nomini   aytish
bolalarning   figuralar   haqidagi   tasavvurlarini   aniqlash   imkonini   beradi.   So’ngra
bu figuralar modellarini taqqoslash va guruhlarga ajratish mashqlari o’tkaziladi.
Bolalarga bir nechta o’yinchoqlarning juftini namunaga qarab topish yoki
tanlab   olish   taklif   qilinadi:   legoni   ko’rsat.   Shu   rangdagi   kubikni   top.   Bunday
holda shar  va kublar  bir-biridan  rangi  va katta  kichikligiga  qarab farq qilinadi.
Hamma   katta   kubiklarni   tanlab   ol.   Topshiriqni   bajargach,   bola   juft   yoki   bir
16 guruh narsalar uchun umumiy bo’lgan belgilarni aytadi. Kubiklarni va sharlarni
farqlash   narsalarni   berilgan   belgilari   bo’yicha   tenglash   qiyoslash   mashqlariga
kiradi,   ya’ni   to’plam   haqidagi   tasavvurlarni   shakllantirish   ishlari   olib   boriladi.
Shaklni   tanishtirish   va   tegishli   tasavvurlarni   hosil   qilib   borish   ko’nikmalarini
rivojlantirish   uchun   bolalarning   turli   shakllar:   kvadratlar,   doira,   uchburchak,
to’g’ri burchaklarning modellari qo’yiladigan taxtachalar, fazoviy shakllar: shar,
kub, uchburchak prizmalari, yashiklar bilan o’yinlar tashkil etiladi. Har bir shak
faqat   o’z   shakliga   mos   kesik   joylanishini   bolalarga   ko’rsatib,   tushuntirib
beriladi. 
Geometrik shaklarning modellari juftlab taqqoslanadi. Masala doira bilan
kvadrat,   kvadrat   bilan   uchburchak,   uchburchak   bila   doira   va   hokazo.   Shakl
belgilarini   ajratishga   shakllar   ildizlarining   muhim   bo’lmagan   belgilarini
o’zgartirish   yo’li   bilan   erishiladi.   Biroq,   shakllar   birinchi   marta
taqqoslanayotgan   paytda   ko’rsatish   uchun   va   tarqatma   material   sifatida   rangi
hamda hajmi bir xil bo’lgan shakllar namunasidan foydalaniladi. 
Keyinchalik   bolalarga   avval   rangi,   keyin   esa   hajmi   ham   farq   qiladigan
shakllar  beriladi. Savollar  orqali  bolalar  qay darajada mulohaza qilishi  hisobga
olinadi.   Qaysi   shakllarni   ko’ryapsiz?   Nomlarini   aytib   tushuntiring.   Tarbiyachi
shakllarni   ko’rsatadi,   uning   nomini   aytadi,   xuddi   shunday   shaklni
ko’rsatishlarini   bolalardan   so’raydi,   keyin   bolalarni   havoda   o’zi   bilan   birga
harakat   qilishga   jalb   etib,   shakl   tasvirini   ko’rsatkich   barmog’i   bilan   bir   necha
marta aylantirib chiqadi. Tasvir atrofidagi barmoq harakati shaklning butun yuzi
bo’ylab   qo’l   yurgizib   chiqish   bilan   yakunlanadi.   Bolalar   pedagogning   qo’l
harakatini   kuzatib   turadilar,   keyin   esa   o’zlari   shakl   namunasi   bo’ylab   qo’l
yurgizib chiqib, uning nomini aytadilar. 
Shakl xususiyatlari bolalarga biror harakat qilishni taklif etish yo’li bilan
anglatiladi. Masalan: bolalar shakllarni yumalatib ko’rib, doiraning yumalashini,
kvadratning   esa   yumalamasligini   aniqlaydilar.   Nima   uchun   kvadrat
yumalamaydi?,   burchaklari   halaqit   beradimi?,   doiraning   burchaklari   yo’q,
17 shuning   uchun   doira   yumalaydi.   Bolalar   narsalarni   bir-biridan   farq   qilish   va
nomini aytishni mashq qiladilar. Buning uchun ularga mana bunday topshiriqlar
berish mumkin: Doirani o’ng qo’lingga, kvadratni esa chap qo’lingga ol, hamma
doirachalarni  kartochkaning pastki  doskasiga  kvadratlarni  esa  yuqori doskasiga
qo’y,   sening   o’ng   qo’lingda   qanaqa   shakl   mavjud?   kabi.     Doira,   kvadrat   va
uchburchaklar   namunasidan   to’plamlar   miqdorlarini   taqqoslashni   mashq
qildirish   uchun   namuna   va   tarqatma   material   sifatida   foydalanish   mumkin.
Natijada   o’quv   yili   oxiriga   kelib   bolalar   xilma-xil   shakllar   orasidan   doira,
kvadrat   va  uchburchaklarni  namunasining  rangi   va  kattaligi   har   xil  bo’lsa   ham
topa   oladilar.   Bu   ularda   ijodkorli,   aqliy   rivojlanish   fikr   yuritish   kabilar
shakllanishiga yordam berishi mumkin.
I bob yuzasidan xulosa
Bolalarda narsalarning kattaligi va shakli  orqali matematik tasavvurlarini
shakllantirish   tadqi q ot   obyekti   sifatida   o’rganilib,   ilk   matematik   tasavvurlarni
shakllantirish   nazariyasi   asosida   kattalik   va   shakl   pedagogik-psixologik   tashkil
etuvchilari,   uning   shakllanish   bosqichlari   tadqiq   etildi   va   MTTlarining   ta’lim
jarayoniga   tadbiqi   natijasida   sezilarli   samara   berishi   bo’yicha   ijobiy   xulosaga
kelindi. 
Bundan tashqari, bolalarning ijodiy va kreativ fikrlashlari uchun pedagog-
o’qituvchining o’zi emas balki hamkorlik asosidagi ta’lim yaxshi samara berishi
ko’rib   chiqildi.   Ya’ni   agar   bola   va   tarbiyachi   asosida   ish   ko’rilsa   va   guruhda
bolalar   soni   inobatga   olinmasdan   frontal   mashg’ulotlar   o’tilsa,   bu   har   bir   bola
hayotiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatishi   mumkin.   Chunki   har   bir   bola   alohida
psixologik xususisyatlarga ega.
Shuning   uchun   ham   hamkorlikdagi   ta’limni,   kopmleks   va   individual
yondashuvni   yo’lga   qo’yish   bola   hayotidagi   dastlabki   bilimlar
mustahkamlanishiga   zamin   tayyorlaydi.   Matematik   mashg’ulot   jarayonida
bolaning   nafaqat   matematik   tasavvurlari   shakllantirsin,   balki   mantiqiy
fikrlashini ham rivojlanishiga zamin tayyorlasin.
18 Bolalarda narsalarning kattaligi va shakli  orqali matematik tasavvurlarini
shakllantirish   guruhlar   asosida   kichiklikdan   kattalikka   qarab   poydevor   qo’yilib
borishi lozim. Bu har bir bolada fundamental bilimlar o’ynab o’rganish asosida
xotirasida   yaxhsi   saqlanadi.   Matematik   olgan   bilimlarini   o’zining   ulg’ayish
yo’lida   amaliy   tajribalar   sifatida   qo’llay   olish   darajasida   bo’lishi   lozim   deb
hisoblaymiz.
19 II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA
NARSALARNING KATTALIGI VA SHAKLI ORQALI MATEMATIK
TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
2.1.  Bolalarda elemantar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari
Maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarning   matematik   tasavvurlar
dunyosiga   kirishi   ilk   va   maktabgacha   yoshida   boshlanadi.   Ular   predmetlarni
nomlashadi,   shakli,   rangini   aniqlaydi,   o’lchamlari   bo’yicha   solishtiradi,
miqdoriy   va   fazoviy   nisbatini   o’rnatadi,   geometrik   shakllar   va   ularning
o’lchamlari bilan tanishadi, namunalashtirish faoliyatini o’zlashtiradi. 
Bugungi   kunda   ta’limda   kompyuterlardan   foydalanish   odatiy   hol   bo’lib
bormoqda.   Kompyuterning   yordamida   axborotlarni   qabul   qilish,   uni   yetkazish,
tahlil   qilish,   ko’rib   anglash   kabi   amaliyotlari   bolalar   uchun   faoliyatning   yangi
vositasini   yaratishga   imkon   beradi   va   bu   doimiy   o’ynab   yurgan   o’yin   va
o’yinchoqlaridan   umuman   farq   qiladi.   Ammo   bolajonlar   ulardan   ayroq   ila
olmaymiz. Bularning barchasi maktabgacha ta’limga yangi talablarni qo’yadi 14
. 
Ilk   maktektik   tasavvurlarni   shakllantirishda   bevosita   bugungi   kunda
kompuyuter   texnikasidan   ham   foydalish   maqsadga   muvofiq   keladi.   Chunki
matemtik   bilimlar,   bolaning   IQ   darajasi,   innovatsion   rivojlanishi   ham   bir
tomondan shu zamonaviy kompyuterlarga bog’liq. Ayniqsa matematik bilmlarni
o’rganish jarayonida kompyuter savod ham chiqa boshlagan va u nima v qanday
yo’llarda foydalanish, yaxhsi tomonlari nimada ekanini bog;cha yoshidan anglab
brogan   bolada,   o’z   aqliy   rivojlanishida   to’g’ri   tarbiya   yo’naltirilgan   bo’ladi.
Chunki  bugungi  zamonda kompyuter  bu matematika bo’lib bormoqda. Olimlar
fikrlariga   tayanib,   mavzuimiz   yuzasidan   qilingan   amaliy   ishlar   jarayoniga
shakllar   haqida   multimedia   yaratdik   hamda   mashg’ulot   jarayoniga   kitirdik,
shuni aniq aytishimiz mumkinki, bolalar multimedia asosida ishlangan mavzuni
oddiy   o’tilgan   mavzudan   ko’ra   yaxshiroq   o’zlashtira   oldilar.   Shundan   xulosa
14
  Mardonov E va boshqalar. Matematik tasavvurlarni shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2020.  
20 qilib   biz   bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda
kompyuter texnologiyasi ham birlamchi bo’lish mumkinligini ayta olamiz. 
Bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   tarbiyachi
o’qitishning   amaliy,   ko’rsatmali,   og’zaki,   o’yin   va   multimediali   usullaridan
foydalan shi   mumkin .   Usulni   tanlashda   mashg’ulot   jarayonlaridagi   o’ziga
xosliklar, mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va
individual   xususiyatlari,   zarur   didaktik   vositalarning   mavjudligi   va   boshqalar
hisobga   olinadi.   Tarbiyachi   usullarni   asosli   tanlanishiga,   usullar   aslo   bolalar
uchun zararli  bo’lmasligiga, ularni  toliqtirib qo’ymasligiga doimo e’tibor  berib
turishi lozim.
Elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   amaliy   usul   yetakchi
usul   bo’lib,   uning   mohiyati   bolalarning   narsalar   bilan   ishlash   jarayonini
osonlashtirishi   va   aniqlangan   usullarini   o’zlashtirishga   yo’naltirilgan   amaliy
faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.
Elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   amaliy   usulning
xarakterli   xususiyatlari   quyidagilardan   iborat:   aqliy   faoliyat   uchun   asos
bo’ladigan   har   xil   amaliy   ishlarni   bajarish;   didaktik   materiallardan   keng
foydalanish;   didaktik   materiallar   bilan   amaliy   ishlash   natijasi   sifatida
tasavvurlarning   paydo   bo’lishi;   eng   elementar   usulda   sanash,   o’lchash   va
hisoblash   ko’nikmalarini   hosil   qilish;   turmush,   o’yinda,   mehnatda,   ya’ni
faoliyatning   har   xil   turlarida   shakllangan   tasavvur   va   o’zlashtirilgan
harakatlardan keng foydalanish.
Bunday   usuldan   foydalanish   bolalarda   individuallikni   taqazo   etadi.   Har
bir   mashg’ulot   tartibsizdek   ko’rinadi,   xuddi   bolalar   vaqtlarini   bekor
o’tkazyotgandek   tuyuladi,   ammo   ular   o’yin   yordamida   ko’p   narsani   egallay
boshlaydilar. Faqatgina tarbiyachidan ularni nazorat qilish va to’g’ri yo’naltirish
talab   etiladi   xolos.   Mashg’ulotlar   turlicha   bo’lishi   mumkin,   buni   tarbiyachi
dastur   asosida   lekin   erkinlikka   yo’naltirilgan   tarzda   ifoda   eta   bilishi   lozim.
Mashg’ulotlar   hamma   bolalar   bir   vaqtda   yoki   bitta   bola   doska   yoki
21 tarbiyachining   stoli   oldida   bajaradigan   yakka   tarzda   bo’lishi   mumkin.   Hamma
bolalar   bajaradigan   mashqlardan   bilimlarni   o’zlashtirish   va   mustahkamlashdan
tashqari, nazorat qilish uchun ham foydalanish mumkin. 
Tarbiyachi bolalar oldiga fikrlashni, tafakkurni ishlatishni talab qiladigan
savollarni   qo’yadi:   Nima   uchun   doira   yumalaydi-yu,   kvadrat   yumalamaydi?
Bolalar   izlanishlari   uchun   vaqt   va   imkon   beriladi,   bu   vaqt   oraligida   javobga
undovchi   ma’lumotlar   ham   berib   boriladi.   Kvadrat   bo’ylab   barmog’ingizni
yurgizib   chiqing.   Qarang,   bu   shaklda   nima   bor?,   bolalar   bevosita   kuzatgan
narsalarini   o’z   nutqlarida   aks   ettirib,   amaliy   tajriba   yo’li   bilan   bilimga   ega
bo’ladilar.   Shu   bilan   fikrni   og’zaki   bayon   qilish   shaklning   unda   ifodalangan
mazmundan   ajralib   qolishiga,   ya’ni   bilimlarni   yuzaki   o’zlashtirishga   yo’l
qo’yilmaydi.   Bu   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lgan   jarayon   hisoblanadi.   Bunday
yoshdagi   bolalar   ba’zan   so’z   va   iboralarni   aniq   narsalarga,   ularning
xususiyatlariga   bog’lamasdan   osongina   eslab   qoladilar.   Birinchi
mashg’ulotlardan boshlaboq mazkur guruh bolalari oldiga ularning harakatlarini
muayyan maqsadga yo’naltiradigan bo’lish vazifalari qo’yiladi.
Mashg’ulotlar   bolalarning   yoshiga   qarab   qiyinlashtirib   boriladi.   Ular   bir
necha   bo’g’inlarda   tashkil   topadi.   O’quv-bilish   mazmuniga   oid   mashg’ulotlar
muammo   shaklida   emas,   ko’pchilik   hollarda   ularni   bajarish   uchun   tasavvur
bo’yicha   harakat   qilish,   topqirlikni   namoyish   qilish,   aqllilikni   ko’rsatish   talab
qilinadi. Misol uchun, tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni
sabzi  bilan siylashni  taklif qiladi, katta guruhdagi bolalardan esa, doskaga  osib
qo’yilgan   kartochkadagi   doirachalar   nechtaligini   aytishni,   guruh   xonasidan
xuddi shuncha buyum topishni, kartochkadagi doiralar miqdori bilan guruhdagi
narsalar miqdori  teng ekanini  isbotlashni  taklif qiladi.   Mujassam   mash g’ulotlar
eng   samaralidir,   chunki ular dasturning har xil bo’limlariga doir masalalarni bir
vaqtda   bir-biri   bilan   tarkiban   birga   hal   qilish   i mkonini   beradi.   Masalan,
«Geo m etrik   figuralar»,   «Kattalik»,   «Miqdor   va   sanoq»   bo’limlariga   oid
masalalarni   bir   vaqtda   hal   qilish   imkonini   beradi.   Bu   xil   mashqlar
22 mashg’ulotlarning   samarali   bo’lishiga   yordam   beradi.   MTTlarda   bunday
mashg’ulotlardan   keng   foydalaniladi,   bunday   mashqlar   tufayli   zarur   faoliyat
usullari   bajariladi:   sanoqni,   o’lchashni,   eng   sodda   hisoblashni   egallash   amalga
oshiriladi; bir qator elementar matematik tasavvurlar shakllanadi. Mash g’ulotni
tanlashda   ularning   tarkiban   bir   mashg ’ ulotda   birga   hal   qilinishinigina   emas,
balki istiqboldagisi ham hisobga olinadi. Bir mashg’ulotdagi mashqlar sistemasi
yil davomida o’tkaziladigan har xil mashqlarning umumiy sistemasiga tarkiban
qo’shilib ketishi kerak.
Hozirgi vaqtda mavjud mashqlar sistemasi hamma yosh guruhlarda ushbu
qoida   asosida   tuziladi,   har   bir   oldin   keluvchi   va   undan   keyin   keluvchi   mashq
umumiy elementlar materiali, harakat usullari, natijalarga ega. O’zaro bog’liq va
o’zaro   o’xshash   harakat   usullari,   munosabatlar,   arifmetik   amallarni
o’zlashtirishga   oid   mashqlarni   berish   vaqt   jihatidan   yaqinlashtiriladi   yoki   bir
vaqtda   beriladi.   Mashg’ulotlarda   o’zaro   bog’lanishlarning   mumkin   bo’lgan
hamma   variantlarini   nazarda   tutish   kerak,   masalan,   har   xil   obyektlarni   bir   xil
o’lchovda   o’lchashni,   bir   xil   obyektlarni   har   xil   o’lchovda   o’lchash,   har   xil
obyektlarni   har   xil   o’lchovlarda   o’lchashlarni   tashkil   qilish   mumkin.   Bola
mashqlarni   bajarishda   bir   xil   matematik   aloqalar,   bog’lanishlar   va
munosabatlarning   har   xil   ko’rinishlari   bilan   to’qnashib,   ularni   oson   va   tez
tushunib, umumlashtira oladi. 
Bolalarning   mashqlarni   bajarish   jarayonidagi   faollik,   mustaqillik,
ijodkorlik   ko’rsatishlariga   qarab,   taqlidiy   va   samarali   mashqlarni   ajratish
mumkin.
Taqlidiy   mashqlar   harakat   usulini   oddiy   takrorlashga   asoslangan.   Bunda
bolalarning   harakatlari   kattalar   tomonidan   namuna,   tushuntirish,   talab,   nima
qilish   va   qanday   qilishni   belgilovchi   qoidalar   shaklida   to’la   chegaralanishi
mumkin   va   ularga   qat’iy   ergashish   ijobiy   natija   beradi,   topshiriqni   to’g’ri
bajarishni ta’minlaydi, yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini oladi.
23 Mashqlarni n g   borishi   va   natijasi   tarbiyachining   bevosita   kuzatuvida   bo’ladi,   u
ko’rsatmalar, tushuntirishlar bila n  bolalar harakatini to’g’rilab turadi.
Samarali   mashqlar   shunisi   bilan   xarakterliki,   ularda   harakat   usullarini
bolalarning   o’zlari   to’la   yoki   qisman   ochishlari   kerak   bo’ladi   va   bolalarning
mustaqil   fikrlashi   rivojlantiradi,   ijodiy   yaqinlikni   talab   qiladi,   maqsadga
yo’nalganlik va maqsadga intilishni shakllantiradi. Odatda tarbiyachi nima qilish
kerakligini   aytadi,   ammo   harakat   usulini   aytmaydi   ham,   ko’rsatmaydi   ham.
Mashqlarni bajarishda bola fikrlash va amaliy sinashlardan foydalanadi, fikrlarni
aytadi   va   ularni   tekshiradi,   mavjud   bilimlarini   ishga   soladi,   ulardan   yangi
vaziyatlarda foydalanishini o’rganadi, aqlliligi, topqirligini ko’rsatadi. 
Bu   xil   mashqlarni   bajarishda   pedagog   bevosita   emas,   balki   bilvosita
yordam beradi, bolalarga o’ylash va yana bir marta harakat qilishni taklif qiladi,
to’g’ri   harakatlarni   ma’qullaydi,   bola   ilgari   bajargan   shunga   o’xshash
mashqlarni  eslatadi   Taqlidiy   va   samarali   mashqlar  nisbati  bolalarning yoshlari,
amaliy   va   bilimiga   doir   masalalarni   yechish   tajribalari   qandayligi,   matematik
tasavvurlarning   xarakteri   va   ularning   bolalarda   qay   darajada   rivojlanganligi
bilan aniqlanadi.
Bolalarning   yoshi   kattalashishi   bilan   mashqlarni   bajarishdagi
mustaqilliklari,   erkinliklari,   aqliy   rivojlanishi   ham   ortadi.   Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   bolalarning   mustaqil   faoliyatlarini   tashkil   qiluvchi   va   yo’naltiruvchi
og’zaki   ko’rsatmalar,   tushuntirishlar,   oydinlashtirishlarning   ahamiyati   bir
muncha   kengayadi.   Bolalar   topshiriqni,   mashqni   bajarganlaridan   keyin   o’z
harakatlarini   va   o’rtoqlarining   harakatlarini,   o’zini-o’zi   va   o’zaro   tekshirishni
o’rganadilar. 
Elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   o’sha   o’qitishni n g
mustaqil   usuli   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Ammo   uni   amaliyot   usullar   guruhiga
kiritish ham mumkin. Bunda har xil o’yinlarning, har xil amaliy harakatlarning,
masalan,   qismlardan   butun   tuzish,   shakllar   qatorlari,   sanoq,   ustiga   va   yoniga
24 qo’yish,   guruhlash,   umumlashtirish,   taqqoslash   kabi   harakatlarni
o’zlashtirishdagi alohida ahamiyati hisobga olinadi.
Bolalarga   ta’lim   berishda   didaktik   o’yinlardan   eng   ko’p   foydalanilishi
hammamizga ma’lum. Bola bilish mazmunini o’yin shakliga kirgan o’rgatuvchi
masalani,   o’yin   harakatlari   va   qoidalari   oldindan   nazarda   tutilmagan   holda
o’zlashtiradi.   Didaktik   o’yinlarning   hamma   turi   elementar   matematik
ta s avvurlarni shakllantirishning samarali vosita va usullaridir.  Narsalardan iborat
va   og’zaki   o’yinlar   matematika   mashg’ulotlarida   va   ulardan   tashqarida
o’tkaziladi,   stolda   o’ynaladigan   bosma   o’yinlar   odatda   mashg’ulotdan   bo’sh
vaqtlarda o’tkaziladi.   MTT  dao’tkaziladigan har  qanday mashg’ulot  yoki  o’yin
bolalar uchun foydali bo’lmay qolmaydi, faqat uni qaysi vaqt va qachon berishni
bilish   kerak.   Tuli   h arakatli   usullar   va   ularga   mos   tasavvurlar   shaklidagi
bilimlarni   bolalar   mashg’ulotdan   tashqari   vaqtda   oladi,   o’yinlarda   esa   shu
bilimlarni   aniqlashtirish,   mustahkamlash,   sistemalashtirish   uchun   yaxshi
sharoitlar yaratiladi.  
Elementar   matematik   tasavvurlarni   o’rgatish   va   shakllantirish   usuli
mashg’ulotlarda   har   xil   turdagi   o’yinlardan,   uning   alohida   elementlaridan,
usullaridan,   o’yin   va   didaktik   boshlanishlarni   kattalarning   rahbarlik   va
o’rgatuvchi   roli   hamda   bolalarning   bilimini   faollashtirishni   tarkiban   birga
qo’shib   olib   borishdan   foydalanishni   nazarda   tutadi 15
.   Ya’niki,   mujassam
bo’lgan mashg’ulotlar har doim ham yaxshi samara bera olgan, aslida MTTlarda
qat’iy bir tartib bilan o’qitish bu noto’g’ri holat, buni amalga oshirib bo’lmaydi
ham.   Agar   qaysiki   MTT   da   tartib   kuchli,   bo’ysunish   kuchli   ekan,   bilim   olish
samadorligi   past   bo’ladi.   Shuning   uchun   o’qitishning   turli   usullari   faqatgina
mujassam mavzularga moslanib tanlanda, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Elelmentar   matematik   tasavvurlarni   o ’qitishning   namuna li   va   og’zaki
usullaridan   qayerda   va   qanday   qilib   foydalanish   kerakligi   bolalarning
o’rganilayotgan   materialni   o’zlashtirish   darajalari   bilan   belgilanadi.   Bolalar
15
  Mardonov E va boshqalar. Matematik tasavvurlarni shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2020
25 faoliyatning   yangi   turlari   bilan   tanishayotganlarida   harakatlarning   barcha
usullarini,   ularning   xarakteri   va   izchilligini   to’la,   keng   ko’rsatish   hamda
tushuntirish, namunani sinchiklab va batafsil ko’rib chiqish zarur. Ko’rsatmalar
bolalarni  biror narsaning harakatlarini  kuzatib borishga undaydi, ularni  mazkur
harakatlarning   aniq   og’zaki   ifodasi   bilan   tanishtiradi.   Tushuntirishlar   qisqa   va
aniqligi bilan ajralib turishi kerak.
Namunali   va   og’zaki   usullar   elementar   matematik   tasavvurlarni
shakllantirishda   amaliy   va   o’yin   usullari   bilan   birga   qo’llanadi.   MTTlarda
namunali,   og’zaki   va   amaliy   metodlarga   taalluqli   va   bir-biri   bilan   uzviy
bog’liqlikda   qo’llaniladigan   usullardan   keng   foydalanish   bolalrda   aqliy
rivojlanishni   yaxshi   shakllantirishi,   ularda   tafakkurni   ijobiy   tomonga
rivojlantirishi mumkin. 
Quyida   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   foydali
usullarning ahamiyatlarini ko’rib chiqishimiz mumkin:
a)   namo y ish   qilish   usuli   mavjud   bo’lib,   bunda   tarbiyachi   o’zi   korsatib
bergani   kabi   bolalar   takrorlaydilar.   Bu   o’qitishning   asosiy   usuli   bo’lib,   u
namunali-harakatli-amaliy xususiyatga ega.
b) mustaqil mashqlarni bajarish usuli bo’lib, bunda har qanday topshiri va
namunali   ko’rsatmalar   mustqail   tarzda   hal   qilinadi   va   bajariladi.   Katta
guruhlarda   yo’l-yo’riqlar   topshiriqni   bajarishga   kirishishdan   oldin   to’liq   berib
bo’linadi, kichik guruhlarda esa har bir yangi harakatdan oldin beriladi.
c)   tushuntirish,   anglatish,   namuna.   Bunda   og’zaki   tarzda   tarbiyachi
harakat usulini ko’rsatish yoki bolalarning topshiriqni bajarishlarida, xatolarning
oldini  olish,  qiyinchiliklarni   bartaraf  qilish  kabi   maqsadlarda  foydalanadi.  Ular
qisqa, aniq va obrazli bo’lishi kerak. 
Hamma   yoshdagi   guruhlarda   yangi   harakatlar   bilan   tanishtirishda
ko’rsatish   o’rinli,   ammo   bunda   to’g’ridan-to’g’ri   taqlidni   yo’qqa   chiqaruvchi
aqliy faoliyatni aktivlashtirish kerak. 
26 d)   savol   berish   usuli.   Savollar   turlicha   bo’lishi   mumkin.   Ammo   har
qanday   holatda   ham   tafakkurni   rivojlantiruvchi,   fikrlashga   undovchi,   aqliy
rivojlanish   va   IQ   ni   oshiruvchi   savollar   guruhlarda   elementar   matematik
tasavvurlarni shakllantirishning asosiy usullaridan biri bolalarga savollar berish
usulidir. 
Savollar   bolalarning   idrokini,   aqli   tafakkurini,   xotirasini,ijodiy
qobiliyatlarini,   og’zaki   nutqlarini   faollashtirishi   kerak.   Ma’lumotlarni   to’g’ri
tushunish   va   o’zlashtirilishiososn   bo’lishi   muhim.   Elementar   matematik
tasavvurlarni shakllantirishda juda ko’p savollardan foydalaniladi. Maktabgacha
tarbiya   yoshidagi   bolalar   bilan   ishlashda   kattalarga   ko’pincha   javobni   qayta
ifodalash  usulidan   foydalanishga   to’gri   keladi,  uning  to’g’ri   namunasini  beradi
va   takrorlashni   taklif   qiladi.   Masalan:   shkafda   to’rtta   guldon,   shkafdagi
guldonlar to’rtta  deb tarbiyachi oydinlik kiritib nazoat qilib boradi. 
e)   kuzatib   tahlil   qilish   usuli   bo’lib,   bu   usullar   o’zaro   uzviy   bog’langan.
K uzatish   bolalarning   topshiriq ni   bajarish   jarayonini   kuzatish ,   bajargan
ishlarining   natijalari,   javoblari   orqali   amalga   oshiriladi.   Mazkur   usullar
ko’rsatmalar, tushuntirishlar, kattalar tomonidan harakatlarning namuna sifatida
ko’rsatilishi bevosita yordam berish bilan qo’shib olib boriladi.   B unga xatolarni
tuzatish  ham  qo’shiladi.  Tarbiyachi   bolalar  bilan  bajariladigan  yakka  va  jamoa
ishlari   jarayonida   xatolarni   tuzatishni   amalga   oshiradi.   Amaliy   ta’sir
ko’rsatadigan   va   nutq   xatolari   tuzatilishi   kerak.   Tarbiyachi   xato   sabablarini
tushuntiradi, namuna  beradi  yoki   misol  sifatida  boshqa  bolalarning harakatlari,
javoblaridan   foydalanadi.   Tarbiyachi   sekin-asta   tekshirishni   o’zini-o’zi
tekshirish   va   o’zaro   tekshirishlar   bilan   qo’shib   olib   boradi.   Bolalar   sanashda,
o’lchashda, oddiy hisoblashlarda yo’l qo’yishlari mumkin bo’lgan tipik xatolarni
bilgani holda uning oldini olishga harakat qiladi. 
Bolalarning   yoshlariga   qarab   bilimlari   va   harakat   usullarini
o’zlashtirganliklarini   tekshirish   va   baholash   o’ziga   xos   xususiyatiga   ega.
Natijalar   ham   tekshiriladi,  bahoning  differensiallashganligi   va  mazmuni  ortadi.
27 O’rgatuvchi   usullardan   tashqari   bu   hamma   usullar   tarbiyalovchi   funksiyalarni
ham   bajaradilar.   O’rtoqlariga   nisbatan   yaxshi   munosabatda   bo’lish,   ularga
yordam berish istagi va malakasini tarbiyalashga yordam beradi.
f)   taqqoslash   va   analiz   qilish   usuli   ham   maktabgacha   tarbiya   yoshidagi
bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish   bolalarning
fikrlashini yo’nalish, yo’lini aniqlovchi usul sifatida namoyon bo’ladi. Narsalar
orasidagi   o’xshashlik   va   farqlarning   miqdori,   shakli,   kattaligi,   fazoviy
joylashuvi,   vaqt   oralig’ida   davomiyligi   bo’yicha   taqqoslanadi.   Tarbiyachi
guruhga   bolalar   qancha   bo’lsa,   shuncha   bir   xil   o’yinchoq   olib   kiradi.   Har   bir
bolaga bittadan o’yinchoq ulashib beradi, keyin o’yinchoqlarni birgalikda yig’ib
oladi.   Guruh   bolalari   ko’z   o’ngida   buyumlar   guruhi   alohida   buyumlarga
maydalanadi, ulardan esa yana butun hosil qilinadi.
Taqqoslash va analiz qilish  asosida bolalar umumlashtirish ni o’rganadilar .
Bunda barcha kuzatish  va harakatlarning natijalari jamlanadi. Bu usullar  orqali
miqdoriy,   fazoviy   va   vaqtga   oid   munosabatlarning   anglanishini,   asosiyni,
muhimni ajratishga yo’naltiriladi. 
Taqqoslash,   tahlil,   analiz,   umumlashtirish   ko’rsatmalilik   asosida   har   xil
didaktik vositalarga jalb qilingan holda amalga oshiriladi.  K uzatishlar, buyumlar
bilan   amaliy   harakatlar   bajarish,   ular   natijalar i ni   nutqda   aks   ettirish,   bolalarga
beriladigan savollar metodik usullarning tashqi ifodasidir. Bu amaliy usullar bir-
biri   bilan   uzviy   bog’langan   bo’ladi   va   ko’pincha   mujassam   holatda
foydalaniladi.
g)   e lementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantnrish   jarayonida   ba’zi
maxsus   harakat   usullari   namoyon   bo’ladi.   Bular   ustiga   va   yoniga   qo’yish,
buyum   shaklini   tekshirish,   narsa   qo’lda   tortish,   bittalab   qo’shib   sanash   va
bittalab ajratib sanash kabilardan iborat.
Bu   usullarni   bolalar   ko’rsatish,   tushuntirish,   mashqlarni   bajarish
jarayonida   egallab   oladilar   va   keyinchalik   ulardan   tekshirishda,   isbotlashda,
28 tushuntirish   va   savollarga   javoblarda,   o’yinlar   va   faoliyatning   boshqa   turlarida
foydalanadilar.
j)  keying usul  namunali - amaliy   usul. Bu  usul  o’z ichiga namuna ajratish
va   bu   namunlardan   bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish
maqsadlarida foydalanishni o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda bu metodni nazariy
va  aniq-amaliy  ishlab chiqish endigina boshlandi 16
.
Yangi   bilimlar   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   faqat   asta-sekin
o’zining   umumiy   ma’nosiga   ega   bo’ladi.   O’rta   guruhda   ham   kichik   guruhda
bo’lgani   kabi,   bolalar   uchun   yangi   bo’lgan   harakatlarni   bir   necha   marta
ko’rsatish   zarur,   bunda   ko’rgazma   qurollar   almashtiriladi,   topshiriqlar,   ish
usullari birmuncha o’zgartiriladi, harakatlarning yangi usullarini o’zlashtirishda
bolalarning   faollik   va   mustaqillik   ko’rsatishiga   ana   shunday   erishiladi.
Bolalarning ko’rsatma qurollar bilan ishlashlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ular
bilimlarni shunchalik ongli o’zlashtiradilar.
Tarbiyachi savollarni shunday berishi  kerakki, bunda yangi bilimlar aniq
so’zda o’z ifodasini topsin. Bolalarni o’z harakatlarini tushuntirib berishga, ular
raqamli   ish   bajarganliklari,   natijada   nima   hosil   bo’lganligi   haqida   so’zlab
berishga   doimo   o’rgatib   boriladi.   Tarbiyachi   bolalarning   javoblarini   sabr   bilan
tinglaydi,   ularga   aytib   berishga   shoshilmaydi,   ularning   fikrlarini   o’zi   oxiriga
yetkazishga   intilmaydi.   Zarur   bo’lib   qolsa,   javob   namunasini   keltirib,
qo’shimcha savollar beradi, ayrim hollarda jumlani boshlab beradi, bola esa uni
tugatadi.
Tarbiyachi bolalar nutqidagi xatoni to’g’rilab, ularga so’zlarni, iboralarni
takrorlashni taklif qiladi, bolalarni ko’rsatma qurollardan foydalanishga undaydi
qarachi,   qaysi   doska   qisqaroq?.   Tegishli   lug’atning   o’zlashtirilishiga   qarab
so’zlarning   ma’no   ahamiyati   ochib   borilgan   sari   bolalar   so’zning   to’liq,   keng
yoyib ko’rsatilishiga muhtoj bo’lmay qoladilar va ular keyingi mashg’ulotlarda
asosan   og’zaki   yo’l-yo’riqqa   qarab   harakat   qiladilar.   Pedagog   faqat   ayrim
16
  Mardonov E va boshqalar. Matematik tasavvurlarni shakllantirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. – Samarqand, 2020
29 usullarnigina   ko’rsatib   beradi.   Savollarga   javob   berish   yo’li   bilan   bola   yo’l-
yo’riqni   takrorlaydi,   masalan,   avval   qaysi   o’lchamdagi   doskani   qo’yish
kerakligini aytadi.
Bolalar   bajarilgan   topshiriq   haqida   ravon   so’zlab   berishga   o’rganadilar.
Keyinchalik ular faqat og’zaki ko’rsatmalar asosidagina  harakat qiladilar. Agar
bolalar topshiriqni bajarishga qiynalsalar, pedagog namuna keltirishi, namoyish
qilishi hamda qo’shimcha savollar berishi ham mumkin. Barcha xatolar didaktik
material bilan ishlash jarayonida tuzatiladi.
Topshiriqlar hajmi asta-sekin kengaytirib boriladi, ular 2-3 qismdan iborat
bo’la   boshlaydi.   Masalan,   rasmda   tasvirlangan   kubchalarni   hisoblash   va   xuddi
shuncha o’yinchoqlarni hisoblab ajralib olish kerak yoki olmalar soni sanash va
yana shuncha olma rasmini chizish kabi.
Hozirgi   kunda   bolalarda   matematik   tushunchalarni   shakllantirish
muammosi   eng  dolzarb   muammolarda   biri   bo’lib,   u  asoslangan   amaliy   tizimni
talab qiladi. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, ususllar, ishni tashkil
etish shakli va usullari bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lishi maqsadga   muvofiq,
ularni   birontasini   bo’lmasligi   mazmun   yaxhsi   chiqmasligiga   olib   kelaishi
mumkin.   Ular   orasidagi   asosiy   maqsad   bolalarda   elementar   matematik
tasavvurni shakllantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. 
Bolalarda   elementar   matematik   tushunchalarni   shakllantirish   –   inson
ijodiy   faoliyatining,   aqliy   rivojlanishining   butun   bir   shaklanishida   maqsadli
amalga oshiriladigan pedagogik jarayon bo’lib, uning maqsadi – bolalarni faqat
matematikani yaxshi bilishi uchun emas, balki ularni hayotga tayyorlash, kuchli
bilim  va mustaqil fikr  egasi  bo’lishi, aqli saloyhiyati  yuksak bo’lishi, tafakkuri
yuqori   bo’lishi   va   o’zlarining   hayotdagi   o’rinlarini   topa   olishlariga   yordam
berishdan iborat.
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli 
haqidagi tasavvurlarini shakllantirish
30 Bolalarning   matematik   tasavvurlarini   hosil   qilishda   bolalarni
predmetlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar asosiy o’rin egallaydi.
Har   qanday   predmetga   to’g’ri   va   to’la   tavsiya   berishda   predmet   kattaligining
ahamiyati   uning   boshqa   asosiy   xususiyatlarining   ahamiyatidan   kam   emas.
Taqqoslash asosidagina predmetning kattaligini ta’riflash mumkin 17
. 
Narsalarning   o’lchamlarini   taqqoslashga   o’rgatish   birinchi   darajadagi
vazifalardan   biridir.   Bolalarga   narsalarning   o’lchamlarini   taqqoslashni   mashq
qildirish   uchun   mashg’ulotlarning   oz   qismi   ajratiladi,   bunda   mashg’ulotlar
sanashni o’rgatish ishi bilan boshlanadi. Mashg’ulotlardan maqsad – o’lchamlari
har xil va bir xil bo’lgan ikki narsani uzunligiga, eniga, balandligiga, qalinligiga
va   umumiy   hajmiga   qarab   ustma-ust   va   yonma-yon   qo’yish   hamda   ko’z   bilan
chamalash usullaridan foydalanib taqqoslash ko’nikmasini mustahkamlashdir.
Tarbiyachi   namoyish   qilinadigan   ko’rgazmaning   narsalari   hajmi
o’rtasidagi farqni 5-4 smgacha, tarqatma materialda esa 3-2 smgacha asta-sekin
qisqartirib   boradi.   Bolalar   doim   uchratib   turadigan   narsalar   harflar,   tasmalar,
taxtachalar,   qog’oz   varaqlari,   qutichalar,   minorachalar,   qalamlar   va
boshqalardan foydalaniladi. Bu ularga tafakku rivojlanishiga yordam beradi.
Tarbiyachi bolalarga turli kattalikdagi predmetlarni yonma-yon, ustma-ust
qo’yish usullaridan qanday foydalanish kerakligini eslatadi. Bolalar narsalarning
katta-kichikligini ko’z bilan chamalab, ularni yonma-yon qo’yib, o’z taxminlari
qanchalik   to’g’ri   ekanligini   tekshiradilar.   Ular   nutqida   faqatgina   narsa
o’lchamlarining   munosabatlari   emas,   balki   bu   munosabatlarni   aniqlash   usullari
ham o’z aksini topishi kerak. Bolalarga quyidagi savollarni berish foydali qaysi
tasma   enliroqligini   qanday   bilish   mumkin?   Ularni   qanday   qilib   yonma-yon
qo’yish   kerak?   Havorang   sharcha   oq   sharchaga   qaraganda   enliroq   ekanligini
qanday  bilsa   bo’ladi?.  Bolalar   tegishli   taxminiy  harakatlardan   birmuncha  ongli
ravishda foydalanadilar. Bolalar birdaniga ikki o’lchovni – uzunlik va kenglikni
17
  Asqarova   Dilorom   Qurbonovna.   Matematik   tasavvurlarni   shakllantirish   nazariyasi   va   metodikasi.   5111800-
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Namangan, 2020 
31 ko’rib chiqib, predmetlar o’lchamini taqqoslashga va tahlil qilishga o’rgatishga
birinchi marta kirisha boshlaydi.
O’rta   guruhda   yassi   narsalarning   uzunligi   va   kengligini   taqqoslash   bilan
cheklaniladi. Uzunlik yoki kenglik bir-biridan faqat uzunligi yoki kengligi bilan
farq   qiladigan   har   xil   katta-kichiklikka   ega   bo’lgan   ikki   narsani   taqqoslash
natijasida   aniqlanadi.   Bu   ishni   amalga   oshirishda   harakat   vositasidan   keng
foydalanish,   masalan,   narsalarning   uzunligini   taqqoslashda   qo’lini   ularning
bo’yi   bo’ylab   yurgizish,   kengligini   taqqoslashda   ko’ndalangiga,   balandligini
taqqoslashda   esa   narsa   ostidan   to   yuqori   chekkasigacha,   ya’ni   qo’lni   pastdan
yuqoriga yurgazishni taklif qilish zarur. Bolalar diqqati qaysi narsa bo’ylab uzun
narsa bo’yichami yoki qisqa narsa bo’yicha uzoqroq yuguradi, ana shunga  jalb
etiladi. Bolalar qo’llarini ikki tomonga yozib yoki barmoqlarini kerib narsaning
uzunligi   qanday   ekanligini   ko’rsatadilar.   Tarbiyachi   ularning   diqqatini   qo’llar
yoki   barmoqlar   orasining   ochilish   darajasiga,   katta   ochilganligiga,   ozgina,   sal-
pal   ochilganligiga   jalb   etadi.   Harakat   vositalaridan   foydalanib,   bolalarning
narsalar o’lchamini aniqroq idrok etishlariga xizmat qiladi.
Bolalar   narsalarning   uzunligi   va   kengligini   taqqoslaydilar,   kengligi   teng,
lekin   uzunligi   har   xil   narsalarni,   uzunligi   teng   bo’lsa   ham   kengligi   teng
bo’lmagan   narsalarni,   uzunligi   va   kengligi   teng   narsalarni   topadilar.   4 -6   ta
narsaning   o’lchami   o’rtasidagi   munosabatni   aniqlashga   o’rgatish.   Bolalar   2   ta
narsaning o’lchamini taqqoslashni o’rganib olganlaridan so’ng 4-6 ta narsaning
o’lchami   o’rtasidagi   munosabatni   aniqlashni   mashq   qilishga   o’tadilar.   Bolalar
narsalarning uzunligi,  kengligi, balandligi,  qalinligi   va  nihoyat,  umuman  hajmi
ortib   yoki   kamayib   borishiga   qarab   bir   qatorga   terishni   o’rganadilar.
Taqqoslanayotgan   ikkala   narsaning   o’lchami   orasidagi   tafovut   oldin   5-6   sm
bo’lgan bo’lsa, keyin asta-sekin 2 smga tushib qoladi.
Avval   bolalar   tartibga   keltirilgan   qator   namunasiga   qarab   3   ta   narsani
teradilar.   Keyinchalik   esa   ular   qoidaga   muvofiq   harakat   qilishni   o’rganadilar.
Bolalar,   masalan,   qolgan   narsalarning   har   gal   eng   uzunini   tanlab   olib,
32 narsalarning   eng   uzunidan   boshlab   tartib   bilan   qator   qilib   terib   borish
mumkinligini   bilib   oladilar.   Eng   uzun   deb   tanlab   olingan   narsa   uning   oldidagi
qatorga   joylashtirilgan   narsadan   kaltaroq   bo’lib   chiqqanligiga   doim   bolalar
e’tibori   jalb   etiladi.   Bolalar   har   bir   narsani   uning   bevosita   oldida   va   orqasida
turgan narsalar bilan juftlab taqqoslab ko’rishlari kerak.
Shu   asosda   ular   narsalarning   o’lchamiga   beriladigan   baho   nisbiy
xarakterga   ega   ekanligini   tushunib   olishni   o’rganadilar.     Pedagog   bolalarga
narsalarning   o’lchamlarini   ularning   joylashish   tartibiga   qarab   aytishni,   ular
ongida   qator   yo’nalishining   aniqligini   belgilagandek   bo’lib,   zinacha   bo’ylab
yuqoriga va pastga qadam tashlash ni taklif qiladi.
Bolalar   turli   uzunlikdagi   doskalar   va   boshqa   narsalarni   terib
qo’yayotganlarida   ularning   chap   tom   ondagi   chetlarini   tekislaydilar,   turli
kenglikdagi  narsalarni   terib  qo’yayotganda esa   ularni   bitta to’g’ri  chiziq  ustiga
joylashtirish maqsadida yuqori yoki pastki chetlarini tekislaydilar. Ba’zi bolalar
narsaning   bir   tomondagi   chetlarini   tekislashda   qiynaladilar.   Ularga,   masalan,
chap   cheti   bo’ylab   vertikal   chiziq   o’tkazilgan   qog’oz   varaqlarini   berish
maqsadga   muvofiqdir;   ular   mana   shu   varaqlar   yordamida   doskalarni
tekislaydilar.
Bolalarning   ko’z   bilan   chamalash   qobiliyatini   o’stirishga   katta   ahamiyat
beriladi. Masalan, ularga 5-6 ta narsa ichidan namunaga qaraganda katta narsani,
namuna   bilan   teng   narsani   ko’z   bilan   chamalab   topish   taklif   qilinadi.   Bolalar
o’lchovga   teng   narsalar   topishni   o’rganadilar.   O’lchovdan   endi
taqqoslanayotgan   narsalarni   yonma-yon   qo’yib,   o’lchashdan   ko’z   bilan
chamalab o’lchashga o’tish maqsadidagi oraliq vosita sifatida foydalaniladi.
Bolalarning   matematika   mashg’ulotlarida   olgan   bilim   va   ko’nikmalarini
muntazam   ravishda  mustahkamlab   borish  va  ular   faoliyatining  har  xil  turlarida
tatbiq   etish   zarur.   Bolalar   uzunligi   va   kengligi   teng   hamda   teng   bo’lmagan
tasmalar,   yo’lkachalar   rasmini   chizishlari,   kitoblarni,   qutichalarni   ta’mirlash
uchun   kerakli   o’lchamdagi   doskalarni   tanlab   olishlari,   tabiat   burchagidagi
33 o’simliklarni   parvarish   qilib,   ularni   poyasining   yo’g’onligini,   barglarining
uzunligi,   kengligi   va   qalinligini   va   hokazolarni   taqqoslashlari   mumkin.
Mashg’ulotlardan   tashqari   vaqtda   tegishli   bilim,   malaka,   ko’nikmalarni
mustahkamlash   va   o’stirishga   imkon   beruvchi   didaktik   o’yinlarni   gohi-gohida
o’tkazib turish maqsadga muvofiqdir.
Maktabga tayyorlash guruhida o’quv yili boshida bolalarda buyumlarning
uzunligi,   kengligi,   balandligini   aniqlash   malakasi   mustahkamlanadi.   Shundan
keyin ular shartli o’lchovlar yordamida buyumlarning uzunliklari, kengliklari va
balandliklarini   o’lchash   hamda   taqqoslashga   o’rgatiladi.   Bolalarga   eng   oldin
o’lchashning ma’nosi va ahamiyatini tushuntirish, o’lchash usullarini ko’rsatish,
o’lchashda amal qilish lozim bo’lgan qoidalarni aytish kerak. 
Shundan   keyin   bola   har   xil   narsalarni   o’lchash   usullarini   amalda
egallaydi.   Mashg’ulotlarni   sochiluvchi   jismlarning   hajmlarini   o’lchashdan
boshlash   maqsadga   muvofiq.   Bunday   qilish   shuning   uchun   ham   maqsadga
muvofiqki,   sochiluvchi   jismlarni   o’lchash   jarayoni   masofalarni   o’lchashga
nisbatan   qiziqarliroqdir.   Bundan   tashqari,   sochiluvchi   jismlar   hajmini   o’lchash
suyuqlik hajmini o’lchashga qaraganda kam mashaqqatlidir. 
Birinchi   mashg’ulotning   ikkinchi   qismida   bolalarni   buyumlarning
uzunliklarini   o’lchash   bilan   tanishtirish   mumkin.   Bularning   hammasi
maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolaning   matematikaviy   rivojlanish   rejasida
tamoyilga   asoslangan   emas,   ammo   mashg’ulot   o’tkazish   uslubiyati   uchun
ahamiyatga   ega.   Birinchi   mashg’ulot.   Bolalarning   kattaliklarni   shartli   o’lchov
bilan   o’lchash   haqidagi   tasavvurlarini   tarkib   toptirish.   Moshni   o’lchash.
Lentaning   uzunligini   o’lchash.   Birinchi   mashg’ulot   uchun   nima   muhim?
Bolalarga shuni ko’rsatish kerakki, sanash uchun o’lchash mumkin va o’lchash
kerak, o’lchamay turib, sanash  mumkin emas. Bu o’rinda mashg’ulotda har  xil
kattaliklarni   ko’rsatish   kerak.   Bolalarni   o’lchov   hamda   o’lchash   atamasining
o’zi  bilan, bir xil ma’noli  har  xil so’zlarni, ya’ni  o’lchashda, o’lchab bo’lishdi,
o’lchov   kabi   so’zlarni   berish   orqali   tanishtirish   kerak.   Mashg’ulotni   stolda
34 turgan qandaydir buyumlarni sanashdan  boshlash mumkin. Bolalar kubchalarni
sanab   chiqishadi   va   natijaviy   sonni   aytishadi:   hammasi   bo’lib   10   ta   kubcha.
Shundan   keyin   tarbiyachi   stolga   mosh   solingan   kosani   qo’yadi.   Bunda   qancha
mosh   borligini   qanday   bilish   mumkin?   deb   so’raydi   tarbiyachi   bolalarga
murojaat   qilib.   Bolalar   qancha   savoliga   javob   berish   uchun   sanash   kerakligiga
odatlanib   qolishgan.   Shu   sababli   bunday   deyishadi:   Sanash   kerak,   Qanday
sanash kerak? 
Ana   shu   yerda   sanash   yo’llari   izlana   boshlanadi.   Odatdagi   usul   bilan
guruchni sanab chiqish deyarli mumkin emas: bittadan sanab chiqish uzoq vaqt
oladi. Bolalar eng yaxshi hol tortish kerak, deb javob berishadi. To’g’ri, ammo
bizda   tarozi   yo’q-ku,   -   deydi   tarbiyachi.   Uyda   ham   har   doim   tarozi
bo’lavermaydi,   biz   esa   shavla   pishirishimiz   kerak.   Buning   uchun   bi я   nima
qilamiz?   Tarbiyachi   bitta   stakanni   olib,   uni   bolalarga   ko’rsatadi   va   so’raydi.
«Bunda   qancha   guruch   borligini   stakan   bilan   bilish   mumkinmi?   Mana
ko’rsataman». Stakanni guruchga to’ldiradi va bolalarning e’tiborini stakanning
to’laligiga   qaratadi,   shundan   keyin   guruchni   bo’sh   kosaga   soladi   va   uni   stol
ustiga qo’yadi. Bolalar deydi tarbiyachi, – biz sanoqdan adashib ketmasligimiz
uchun,   siz   o’z   patnislaringizga   fishkalarni,   men   esa   kubchalarni   qo’yaman.
Kosaga   nechta   stakan,   guruch   solsak,   shuncha   kubcha   va   shuncha   fshka
qo’yamiz.   Shundan   keyin   so’raydi:   –   Men   necha   stakan   guruch   soldim?   –   Bir
stakan.   –   Men   stolga   nechta   kubchani   qo’yishim   kerak?   –   Bitta   –   Sizlar
oldingizga   nechta   fishka   qo’yishingiz   kerak?   –   Bitta.   Mashg’ulot   boshidayoq
qilingan bunday aniqlashtirishdan keyin, tarbiyachi bolalarning kosaga har qaysi
ag’darilgan   stakan   guruch   uchun   bittadan   fishka   qo’yib   borishlarini   kuzatib
borishi kerak. Bu o’rinda mashg’ulotdagi asosiy moment – o’lchashni o’rgatish.
Bolalar   e’tiborini   chalg’itmaslik   uchun   «Men   necha   stakan   guruch   soldim?»   –
deb so’rash shart emas. Shu bilan birga, stakanning, ya’ni o’lchovning bir xida
to’la   bo’lishini   kuzatib   borish   kerak.   Tarbiyachi   bolalar   e’tiborini   va
bajarilayotgan ishlar mazmuni qanday tushunilganini bunday tekshiradi. 
35 Ikkinchi   stakan   ag’darilib   bo’linganidan   keyin,   tarbiyachi   bolalar
e’tiborini   bu   stakanda   ham   oldingi   stakanda   qancha   guruch   bo’lsa,   shuncha
guruch borligiga, shuning uchun fishkani uydagi guruch ikkinchi kosaga to’kib
bo’linganidan   keyingina   qo’yilishi   kerakligiga   qaratadi.   Navbatdagi,   ya’ni
uchinchi   stakanga   tarbiyachi   ataylab,   yarmidan   oshiribroq   guruch   soladi,   uni
kosaga   yaqinlashtiradi,   shu   vaqtgacha   stakanlar   guruchga   to’ldirilib,   kosaga
to’kilgan   edi,   bolalar   o’lchash   natijasini   belgilash   uchun   fishkaga
cho’zilganlarini ko’radi. Shu vaqtda tarbiyachi bolalar e’tiborini stakanning to’la
emasligiga   qaratadi,   oldingi   stakanlarning   to’laligi   qanday   bo’lganligini
ko’rsatadi,   tushuntiradi,   bolalarga   shu   mashg’ulotda   belgilangan   o’lchov
bo’yicha   stakanni   guruch   bilan   to’ldirishni   taklif   qiladi,   shunga   amal   iqlish
majburiyligini   ta’kidlaydi,   shundan   keyingina   bolalarga   guruchni   to’kish   va
navbatdagi fishkani qo’yishga ruxsat beriladi. 
To’rtinchi stakanni to’g’ri to’ldirish, beshinchi stakanni iloji boricha uyub
to’ldirish kerakki, undagi guruch oldingilaridan ko’proq bo’lsin. Shundan keyin
siz   bolalarning   qancha   to’la   bo’lsa,   shuncha   yaxshi,   kam   bo’lgandagina
noto’g’ri, deb hisoblab, yana fishkaga vaqtidan oldin intilayotganlarini ko’rasiz.
Bolalar   e’tiborini   yana   oldingi   stakanlarning   qanday   bo’lganligiga   qaratish,
ularga guruch ko’p bo’lganini, ammo bundagidan kam bo’lganiga, guruch ko’p
bo’lganini,   ammo   bundagidan   kam   bo’lganiga,   guruch   miqdori   bir   xil,   ya’ni
baravardan  bo’lgan stakanlaringina  sanash  kerakligiga qaratish  kerak.  Shundan
keyin   ortiqcha   guruchni   to’king   va   aytganingizdek   qiling,   so’ngra   oldin   to’rt
stakan guruch solingan tog’arachaga soling, shundan keyingina bolalar fishkani
qo’yishlari   kerak.   Oxirgi   stakanni   tog’aragacha   ag’darayotganda   tarbiyachi
bolalar   e’tiborini   yana   stakanning   to’laligiga   qaratadi,   oldingi   to’kilgan
stakanning   to’laligiga   qaratadi,   oldingi   to’kilgan   stakanlardagi   guruchlar
shunday   to’la   bo’lganini   eslatadi   o’lchash   uchun   6-8   stakan   guruch   olish
maqsadga muvofiq.
36 Ba’zi   tarbiyachilar   bolalarni   10   gacha   sanash   bo’yicha   ko’proq   mashq
qildirish   maqsadida   16   stakan   olishni   yaxshi   ko’radilar,   6-8   stakan   guruch
olinganda   bolalar   uzoq   o’lchashlar   va   qayta   sanashlar   bilan   charchab
qolmaydilar,   biz   aytgan   momentlarning   hammasini   ko’rsatishga   ulgurish
mumkin bo’ladi. 
Shundan   keyin   bolalar   fishkalarni   sanab   chiqadilar   va   bizda   qancha
guruch   bo’lganini   aytishadi.   Bu   mashg’ulot   uchun   guruch   solingan   va
solinadigan   idishlar   shaffof   bo’lgani   yaxshi,   shunda   bolalar   bir   idishda   guruch
kamayib,   ikkinchisida   ko’payib   borayotganini   ayoniy   ko’rib   turadilar,   ya’ni
shunday qilinganda bolalar butun o’lchash texnologiyasining guvohi bo’ladilar.
Shu   mashg’ulot   uchun   ham   shaffof   stakanlar   olish   ma’quldir.   Endi,   hamma
guruch   o’lchanib,   bolalar   hamma   stakanlar   sonini   aytganlaridan   keyin,
tarbiyachi   istalgan   natijaga   bolalar   qanday   susul   bilan   erishganlarini   aytishi
kerak. 
Endi guruch faqat stakanlar bilan o’lchanmasligini   ko’rsatish ham kerak.
Bolalarga piyolani  ko’srating va «Guruchni piyola bilan o’lchash mumkinmi?»
–   deb   so’rang.   Bolalar   javoblariga   bog’liqmas   holda   o’lchash   mumkinligini
ko’rsating,   buning   uchun   tog’arachadagi   guruchdan   ikkita   piyolani   to’ldirib,
ikkinchi   tog’arachaga   ag’daring.   Endi   taqismchani   ko’rsating.   –   Taqsimcha
bilan   guruch   o’lchash   mumkinmi?   Odatda,   bu   savol   bolalarda   negadir
anglashilmovchilik   tug’diradi.   Ularga   taqismcha   bilan   o’lchab   bo’lmasdek
ko’rinadi,   albatta.   Taqismcha   bilan   ham   guruchni   o’lchash   mumkinldigini
ko’rsating, ammo biz bu noqulay bo’lgani uchun taqsimchadan o’lchov sifatida
deyarli   foydalanmaymiz.   Shundan   keyin   qoshiqni   ko’rsatib,   undan   guruchni
o’lchashda   o’lchov   sifatida   foydalanish   mumkinligini   namoyish   qilish   orqali
bolalarga yuqoridagi savollarning o’zini berish kerak. 
Bunda   ko’p   miqdordagi   guruchni   o’lchashda   qoshiqdan   o’lchov   sifatida
foydalanish   noqulay   ekanini   ko’rsatish,   tushuntirish   kerak.   Shunday   qilib,   biz
birinchi   galda   bolalarni   guruchni   har   xil   shartli   o’lchovlar   yordamida   o’lchash
37 bilan   tanishtirdik.   Bolalar   nima   qilganliklarini   so’zlar   bilan   «o’lchashda»,
«o’lchab chiqishdi» deyilishini  bilishdi. Endi bu buyumlarning hammasi  stolda
qolsin,   siz   esa   bolalarga   ср iroyli   uzun   lentani   ko’rsating   va   ulardan   «bu
lentaning   uzunligi   qanday   ekanini   bilish   uchun   nima   qilish   kerak?»,   «buni
aniqlash uchun nima qilish, nimani sanash kerak?» – deb so’rang. Stolda turgan
buyumlar   va   hozirgina   bajarilgan   ish   bolalarga   to’g’ri   javobni   aytib   beradi.
Odatda, ular bunday deyishadi: «O’lchab chiqish kerak», «Qanday qilib?» – deb
so’raydi   tarbiyachi   va   stolda   turgan   buyumlarni   ko’rsatadi.   «Stakan   bilan
o’lchash mumkinmi?» – «Yo’q» – deb javob berishadi bolalar. «Bu bilanchi?» –
deydi   tarbiyachi   va   lentaning   bir   qismiga   masalan,   sakkizdan   bir   qismiga   teng
kartondan qilingan ingichka tasmachan ko’rsatadi. 
Shundan   keyin   lentaning   uzunligi   bo’yicha   doskaga   gorizontal
mahkamlab   qo’yish   maqsadga   muvofiq.   So’ngra   biz   guruch   bilan   qilgan
operasiyani takrorlash kerak, ya’ni bolalarga o’lchovni butunicha qo’yish, bunda
o’lchash   natijasini   fishka   bilan   belgilash   kerak   ekanini   tushuntirish   kerak.
Karton tasmacha uchinchi marta qo’yilganda doskaga bo’r bilan o’lchov tamom
bo’lgan joyni emas, balki undan beriroqni, ya’ni taxminan o’lchaovning yarmida
chiziq bilan belgilab qo’yib, bunga bolalarning e’tiborini tortish kerak, vaqtidan
oldin   fishka   qo’ymoqchi   bo’lgan   shoshqaloqlarni   to’xtatish   kerak.   Shundan
keyin to’g’ri bajarish kerak. 
Shuningdek,   o’sha   lentani   navbatdagi   o’lchashlardan   birida   o’lchovdan
ancha   katta   bo’lakni   belgilash   kerak,   bunda   yana   bolalar   e’tiborini   shunga
qaratish   va   shundan   keyin   qanday   qilib   to’g’ri   bajarishni   bolalar   bilan   aniqlab
olish   kerak.   Natijada   bolalarining   stollarida   o’lchov   lenta   uzunligiga   necha
marta   butun   joylashgan   bo’lsa,   shunacha   fishka   yotadi.   Shundan   keyin   bolalar
bilan lentaning uzunligini topish uchun nima qilganliklarini aniqlashtirish kerak.
Biz   o’lchadik   va   bu   lenta   uzunligida   mana   bunday   karton   tasmachalardan
shuncha bor. Bolalarga boshqa o’lchovlarni ham ko’rsating: qog’oz tasma, faner
tasmasi,   qalam,   o’lchanayotgan   lentadan   ancha   qisqa   lentacha.   Bu   buyumlar
38 bilan lentani qanday o’lchashni ko’rsating. Shundan keyin o’z stolingiz chetiga
bolalar bilan bugun o’lchagan buyumlariningizning hammasini qo’ying. 
Qo’lingizga stakan va karton tasmachani oling. Bu buyumlar o’xshashmi,
deb   bolalardan   so’rang.   Bolalar   ularga   qarab,   «yo’q»   deyishlari   mumkin,   bu
tushunarli.   –Shunday   bo’lsa   ham,   –   deydi   tarbiyachi,   –   bu   o’xshashmas
buyumlar   nimasi   bilandir   o’xshash.   Nimasi   bilan?»   Agar   bolalar   javob
berishmasa,   o’zingiz   javob   bering:   «Biz   ular   bilan   o’lchadik.   Biz   piyola   bilan
ham, qalam bilan ham, karton tasmacha bilan ham o’lchadik. O’lchadik, o’lchab
chiqdik». Gapirganda so’zning ildizi – o’lchashni  ovoz bilan ajrating. Shundan
keyin   bolalarga   ayting:   «Agar   men   stakan   haqida   ham,   piyola   haqida   ham,
karton tasmacha haqida ham bular o’lchovlar desam, to’g’ri bo’ladimi, siz nima
deb   o’ylaysiz?   To’g’ri,   Bularning   hammasi   o’lchov,   bio’   guruchni   stakan,
piyola, taqsimcha, qoshiq bilan o’lchadik. 
Lentani   karton   tasma,   qog’oz   tasmachi,   faner   tasmasi,   qalam   bilan
o’lchadik».   Birinchi   mashg’ulotda   bolalarga   berishi   kerak   bo’lgan   asosiy
masalalar mana shulardan iborat. Ularning mustaqil roli chegaralangan bo’ladi.
Shunday   hollar   ham   bo’ladiki,   donni   yoki   suvni   birinchi   marta   o’lchash
bolalarda   qiyinchiliklar   vujudga   keltirishi   mumkin.   Stakan   bilan   o’lchanab,
boshqa idishga solingan guruchni  bolalar guruch uyumi  deb tasavvur qilishadi.
Shuning uchun ular  «Bunda  necha stakan  guruch bor?» – degan savolga  javob
berishda   qiynalishadi.   Birinchi   mashg’ulotning   ushbu   variantini   taklif   qilish
mumkin.   Tarbiyachi   tog’arachadagi   guruchni   stakanlarga   soladi.   Natijada
bolalar   oldida   stolda   guruch   bilan   to’ldirilgan   va   bo’shab   qolgan   tog’aracha
bilan   bir   qatorda   stakan   paydo   bo’aldi.   Bu   holda   o’lchash   natijalarini   fishka
bilan   belgilamaslik   kerak,   chunki   bu   holda   sanoqdan   adashib   ketish   qiyin,
bolalar to’g’ridan-to’g’ri guruchli stakanlarni sanaydilar. 
Bu   xil   o’lchash   ko’rsatilganidan   keyin,   biz   yuqorida   aytganimizdek,
shartli o’lchov – bitta stakan bilan bo’lmasligi kerak. Yana bitta eslatma. Bolalar
o’lchovning   qanday   to’la   bo’lishini   ko’rishlari   va   mashg’ulotda   yanglishib
39 qolmasligi   uchun   tarbiyachi   ikkita   stakan   oladi.   Guruch   bilan   to’ldirilgan   bitta
stakan   etalon   uchun   olinadi   va   butun   o’lchash   davomida   stolda   turadi.   Biz
o’lchashga oid birinchi mashg’ulot haqida gapirib, dasturning miqdor va sanoq,
shakl,   fazo   va   vaqt   bo’limlariga   oid   masalalar   haqida   to’xtalmadik.   Bu   dastur
masalalarining   bittasi   yoki   bir   nechtasi   mazkur   mashg’ulot   mazmuniga
kiradimi?   O’lchashga   bag’ishlangan   birinichi   va   ikkinchi   mashg’ulotga
dasturning boshqa masalalarini kiritmaslikni maslahat bermoqchimiz. 
Bolalarning   e’tiborlarini   tevarak–atrofning   miqdori   tomonni   bilishning
yangi   usulini   –   o’lchashni   o’rganishga   qarating.   Baholanki,   bu   o’rinda
mashg’ulotning   tuzilishi   haqida,   bu   jarayonninng   mufassalligiga   berilmagan
holda,   ya’ni   biz   bitta   mashg’ulotga   oladigan   dastur   masalalarning   miqdori
haqida,   ularning   kombinasiyalari   haqida,   har   bir   mashg’ulotga   o’yinni   kiritish
majburiy yoki majburiy emasligi haqida to’xtalmay turib so’zlash o’rinli. 
Har   qanday   matematik   mashg’ulot   shunday   tuzilmog’i   kerakki,   unda
pedagog   stoli   yonida   ishlash,   topshiriqni   tushuntirish,   tarbiyachining
ko’sratishlari bilan bir qatorda, albatta bolalarning mustaqil ishlashi, o’z stolida
tarqatma   materiallar   bilan   ishlash   haqida   bormoqla.   Bu   ikki   qismning   (ya’ni
tarbiyachining   tushuntirishi   va   bolalarning   mustaqil   ishlari)   solishtirmasi   har
qaysi   darsda   har   xil   bo’ladi.   Masalan,   yuqorida   tavsiflangan   o’lchashga   doir
birinchi   mashg’ulotda   asosan   tarbiyachi   ishladi,   bolalar   uning   o’lchash
natijalarini   fishkalar   bilan   qayd   qilib   bordilar.   Bu   hol   o’zini   oqladi.   Ikkinchi
mashg’ulotda   biz   eslatib   o’tgan   qismlarning   solishtirma   salmog’i   keskin
o’zgaradi. Endi asosan bajarib, ishlaydilar. Tarbiyachi ularning ishlarini nazorat
qilib, so’z bilan, ko’rsatish bilan yordam beradi.
Matematika mashg’ulotlarida bolalar eng sodda geometrik   shakllar   bilan,
ularning ba’zi  xossalari  bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik   shakllar   bilan
taqqoslash asosida ularning shaklini tahlil qilish va baholashni o’rganadilar.
40 Bolalar   asta-sekin   shakl   haqidagi   umumiy   tasavvur   shakllanadi,   bunday
tasavvur   maktabda   geometriya,   chizmachilik   kabi   fanlarni   o’zlashtirish   uchun
asos bo’ladi.
Shakl   haqidagi   tasavvurlarni   o’stirish   ishi   sanashga   o’rgatish   bilan   va
narsalarning   o’lchamlarini   taqqoslash   mashqlari   bilan   parallel   ravishda   amalga
oshiriladi   va   uzviy   sur’atda   olib   boriladi.   Bu   ishni   tasviriy   faoliyatning   turli
xillariga o’rgatish bilan bog’lab olib borish katta ahamiyatga ega, chunki narsani
yasash ehtiyoji uning shaklini aniq, alohida-alohida qismlarga bo’lib idrok etish
zaruriyatini tug’diradi.
Tekshirish   natijalari   shuni   ko’rsatadiki,   matematik   tahlillar   maktabgacha
yoshda   o’zlashtirilgan   shunday   masalalar   va   munosabatlar   asosida   kiritilsa   va
amaliy   jarayonlar   ishlab   chiqilsa   bolalar   elementar   matematikani   egallashlari
samaraliroq bo’ladi: 
1. Bir necha o’yinchoq ichidan shunga o’xshashini  tanlab olish. Pedagog
stol   ustiga   matryoshkani,   qo’g’irchoqni,   quyonchani   qo’yadi.   So’ngra   «sehrli
qopcha»   ichidan   bitta   o’yinchoqni   oladi   va   stol   ustiga   xuddi   shunga   o’xshash
o’yinchoqni topishni taklif qiladi. 
2. Rangi, o’lchami yoki shakli bir xil bo’lgan 2-3 ta predmetlar orasidan
huddi   shu   rang,   o’lcham,   shakldagi   predmetni   tanlab   oladi.   Bola   toshpiriqni
bajargach, tanlab olgan o’yinchog’ining nomini  va har  ikkala o’yinchoq uchun
umumiy   bo’lgan   belgini   aytishi   kerak.   Agar   bola   xato   qilsa,   pedagog   unga
savollar   beradi:   «Bu   nima?»,   «Sen   shu   o’lchamdagi     kubikni   oldingmi?»,
«Kubiklarni ustma-ust qo’y!» 
Pedagog   olinishi   lozim   bo’lgan   narsani   ko’rsatishi   mumkin:   «Mana   bu
kubikni   olish   kerak.   Ko’rdingmi,   u   xuddi   mana   shu   rangda».   Namunaga
o’xshash bir necha predmetni topish. «Shu rangdagi hamma kubiklarni mana bu
qutichaga   sol!»   Hamma   kichkina   matryoshkalarni   mana   bu   qutichaga   sol!
Tarbiyachi   ta’limiy   faoliyat   oxirida:   «Sen   qutichaga   qanday   matryoshkalarni
41 solding?»   –   savolini   beradi.   Bolalarga   narsalarni   guruhlarga   qarab   ajratish
topshiriladi.   Predmetning   quyidagi   belgilari   aytiladi:   predmetning   nimaga
kerakligi, rangi, o’lchami. 
Pedagog kundalik hayotiy vaziyatni tashkil qiladi yoki undan foydalanadi,
bunda bitta bola yoki  bir  necha  bola predmetlarni  tanlab oladi  yoki  guruhlarga
ajratadi.   Masalan:   qurishda   ishlatilishi   mumkin   bo’lgan   hamma   materiallarni
yashikka   solish,   qo’g’irchoqlarni   esa   tokchaga   terib   qo’yish,   rasm   soladigan
barcha mo’yqalamlarini yig’ib stakanchalarga, lattachalarni esa qutichaga solish,
bitta   setkaga   hamma   katta   koptoklarni,   boshqasiga   esa   kichkina   koptoklarni
solib   qo’yish.   Oldin   bolalar   predmetlarni   bitta   belgisiga   qarab,   keyinroq   esa
ikkita belgisiga qarab tanlab olalilar. («Barcha qizil g’ishtchalarni tanlab ol!»). 
Har   doim   bolalarlardan   biri   narsalar   qanday   umumiy   belgi   asosida
guruhga   birlashtirilganligini,   o’zi   nima   qilganligi   va   nima   uchun   shunday
qilganligini   aytish   muhimdir.   Bunday   qilish   bolalarni   ongli   harakat   qilishga
o’rgatadi. Bunday mashqlar natijasida bolalar hatto bitta umumiy belgisi bo’lgan
turli   xil   predmetlarini   ham   bir   guruhga   birlashtirish   mumkinligini   tushuna
boshlaydilar. Endi  ular   mazkur   guruhga  mansub  predmetlarning 12  ta umumiy
belgisini ajratib ko’rsata oladilar. 
Mavzuga doir o’yin texnologiyasi:  “O’rnini top”. 
O’yin   qoidasi:   Bolalar   ikki   guruhga   bo’linib   turadilar.   O’rtaga   doira
shakli   chizilgan   bo’lib,   ichiga   uzun,   kalta,   yo’g’on,   ingichka   buyumlar   aralash
qo’yilgan. Tarbiyachi ko’rsatma berish bilan 1-guruh bolalari yo’g’on, ingichka
buyumlarni,   2-guruh   bolalari   esa   uzun,   kalta   buyumlarni   ajratadilar.
Buyumlarning ranglari, nechtadan yig’ganlari so’raladi. 
Bir xil predmetlardan guruhlar tuzishda va guruhlarni ayrim predmetlarga
bo’lib   tashlashda   jamoa   bo’lib   bajariladigan   o’yin   mashqlari   miqdor   haqidagi
tasavvurni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu mashqlar davomida bolalar
har   bir   guruhning   ayrim   predmetlardan   iborat   ekanligini   tushunishlari,   guruh
42 ichidan   ayrim   predmetlarni   ajratib   olishni   o’rganishlari,   yaxlit   to’plam   bilan
uning   elementi   o’rtasidagi   nisbatni   aniqlashlari   kerak.   Bolalarni   guruhlarga
birlashtirilgan predmetlarning umumiy belgilarini ko’ra bilishga va atay olishga,
guruhni   yaxlit   bir   butun   narsa   deb   idrok   etishga   o’rgatish   davom   ettiriladi.
Yig’indidagi   hamma   predmetlarning   1-2   umumiy   belgisini   ajratib   ko’rsatish
bilan   birga   bolalar   shu   guruhdagi   predmetlarning   faqat   biror   qismi   uchungina
umumiy   bo’lgan   belgilarni,   ya’ni   boshqa   qismlarning   belgisidan   farq   qiluvchi
belgilarni   ham   ko’rishga   o’rganadilar.   Ular   guruhni   bir   necha   guruhchaga
bo’ladilar,   ya’ni   to’plamni   to’plamchalarga   ajratadilar.   Masalan:   guldastada
ko’p gul borligini, ularning ba’zilari qizil, ba’zilari esa oq ekanligini, qizil gullar
ham,   oq   gullar   ham   ko’pligini   aniqlaydilar.   Bolalar   ana   shunday   qilib
to’plamlardagi   sonlar   bilan   to’plamchalardagi   sonlarni   taqqoslashga,   ular
o’rtasidagi   miqdoriy   nisbatni   aniqlashga   tayyorlanadilar.   Ikkinchi   kichik
guruhda   matematik   tushunchalarni   rivojlantirish   yuzasidan   maxsus   ishlar
o’tkaza   boshlanadi.   Bolalarni   komil   inson   qilib   tarbiyalash   aniq   fanlarning
miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarini birinchi marta idrok etishning qay
darajada muvaffaqiyatli tashkil etilishiga bog’liqdir. 
Zamonaviy   matematikada   «son»,   «shakl»   va   boshqa   tushunchalarni
asoslashda   to’plamlar   nazariyasidan   foydalaniladi.   Bu   o’z   navbatida   bolalarda
miqdoriy   munosabatlarni   shakllantirishga   va   natural   son   haqidagi   tushunchani
paydo qilishga sharoit yaratadi. 
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarni buyumlarni shakli bo’yicha
guruhlashga   doir   mashq   qildirish   maqsadga   muvofiq.   Masalan,   oldin   bolalar
buyumlarni  2 ta guruhga, ya’ni  yumaloq shakldagi  figuralar  va  ko’pburchaklar
guruhlariga bo’lishadi. Shundan keyin ko’pburchaklar ichidan to’rtburchaklar va
uchburchaklarni   ajratishadi.   Nihoyat,   to’rtburchaklar   orasidan   kvadratlarni
topishadi.
Quyidagidek   mashqlar   o’tkazish   foydali:   «Top-chi,   qatorda   qaysi   shakl
ortiqcha?»,   «Qaysi   shakl   yetmayapti?»,   «Huddi   shunday   shakldagi   top».
43 Tarbiyachi   bolalarni   sodda   masalalar   –   bosh   qotirg’ichlar   (cho’plardan   har   xil
geometrik figuralar tuzish) bilan tanishtirish mumkin. Maslalan, 7 ta cho’pdan 2
ta   kvadrat   tuz,   6   ta   cho’pdan   to’g’ri   to’rtburchak   tuz;   7   ta   cho’pdan   3   ta
uchburchak   tuz;   6   ta   cho’pdan   2   ta   uchburchak   va   1   ta   kvadrat   tuzish
mumkinmi?   Bu   mashqlar   bolaning   topqirligini,   xotirasini,   tafakkurini
rivojlantirish   imkonini   beradi.   Butun   ish   ma’lum   izchillikda   tuzilishi   kerakligi
tushunarli.   O’quv   yili   boshida   tarbiyachi   bolalarning   shakl   haqidagi   bilimlari
darajasini aniqlaydi.
Katta   guruhda   foydalanilgan   usullarning   o’z   bilimlariga   kamchiliklarni
to’ldirishga   yordam   beradi.   Geometrik   figuralar   haqidagi   bilimlarni
mustahkamlash va aniqlash, shuningdek, bolalarni kataklar bo’yicha o’lchashga
mashq   qildirish   uchun   katakli   qog’ozda   kvadratlar,   to’g’ri   to’rtburchaklar,
doiralar,   ovallar   chizish   bo’yicha   mashqlar   o’tkaziladi.   Geometrik   figuralar,
shuningdek,   sodda   shakldagi   buyumlar   (bayroqchalar,   olxo’rilar,   olmalar   va
h.k)ning rasmini chizishga matematikadan 10-12 ta mashg’ulot ajratiladi.
U yoki bu figura rasmini chizgandan, keyin, bolalar ularni ikki yoki to’rt
qismga   bo’ladilar,   bunda   ular   figuralarning   qarma-qarshi   tomonlari   yoki
burchaklarini to’g’ri chiziq bilan birlashtiradilar va nima hosil bo’lganini gapirib
beradilar. Bolalar tarbiyachining topshiriig’iga ko’ra, har xil yo’nalishda ma’lum
miqdorda kataklarni sanab, nuqta qo’yishlari va bu nuqtalarni o’zaro birlashtirib,
u yoki bu figurani hosil qilishlari mumkin.
Tayyorlov   guruhida   har   xil   alomatlariga   ko’ra,   ya’ni   rangi,   shakli,
kattaligi va miqdoriga ko’ra buyumlarni guruhlarga ajratishga doir mashqlariga
keng   o’rni   beriladi.   Bolalarga   figuralarning   to’rtta   –beshtadan   har   xil
ko’rinishlari,   uch   –   to’rt   xil   rangda   ikkitadan   beshtagacha   xil   o’lchamlarda
beriladi.   Ular   bu   figuralarning   rangi   va   o’lchamiga   e’tibor   bermay,   o’lcham
alomati bo’yicha guruhlaydilar.
Tarbiyachi   dastlab   bolalarga   figuralarning   belgilarini   aniqlashda   yordam
beradi, keyinchalik esa, ularning o’zlari figuralarning qanday belgilari bo’yicha
44 guruhlarga bo’lish, nechta guruh hosil bo’lishi, u yoki bu guruhga nechta figura
kirishi   kabi   masalalarni   mustaqil   hal   qiladilar,   ya’ni   oldin   ishlarni
rejalashtirishadi, keyin esa bajarishadi.
Bolalar   figuralarni   guruhlashda   bitta   belgi   bo’yicha   mo’ljal   olib,   boshqa
belgilarga e’tibor bermaydilar.
Guruhlashga   doir   mashqlar   o’tkazganda   bolalarning   shakl   haqidagi
bilimlarini   sistemalashtirish   maqsadga   muvofiq.   Masalan,   oldin   shakl larni
guruhga   ajratish,   so’ngra   yumaloq   shakl lar   orasidan   to’rtburchaklar   va
uchburchaklarni   ajratish   kerak.   Nihoyat,   to’rtburchaklar   orasidan   to’g’ri
to’rtburchaklar va kvadratlarni topish kerak.
Bolalar   ayrim   shakllar   orasida   bog’lanishlar   o’rnatadilar:   shakllar   juftini
tanlashga   doir   mashqlar   shu   maqsadga   xizmat   qiladi,   uchburchraklar,
to’rtburchaklar va h.k. har xil rang va o’lchamdagi, ammo bir xil proporsiyadagi
figuralar,   masalan,   teng   yonli   uchburchaklar   juft   tashkil   qiladi.   Bolalar   har   xil
proporsiyadagi bir jinsli figuralarni taqqoslashadi.
Bolalarga mantiqiy mashqlarni taklif qilish foydali, masalan, «Toping-chi,
qatorda  qaysi  shakl  ortiqcha?»,  «Shakllarni   tanlashda  qanday  xato qilishgan?»,
«Qanday figura etishmaydi?» 
Bir   guruhdagi   shakllarning   ikkinchi   guruhdagi   figuralardan   farq   qilish
alomatlarini   topishga   doir   masalalar   uchburchaklar,   to’rtburchaklar   va   boshqa
figuralar   haqidagi   tasavvurlarni   mustahkamlash   imkonini   beradi.   Doiralar   va
ovallar,   uchburchaklar   va   to’rtburchaklar   tasvirlangan   juftlashgan   jadvallardan
foydalanish mumkin, figuralar ikki-uch xil o’lchamda va rangda berilgan.
Tayyorlov   guruhi   dasturida   geometrik   figuralar   ko’rinishini   o’zgartirish,
bir   xil   figuralardan   boshqa   xil   figuralar   tuzish   nazarda   tutilgan.   Tarbiyachi
bolalarga   o’z   ixtiyorlaridagi   figuralarni   qarashni,   ularni   shakl   bo’yicha
taqsimlash,   ular   qanday   atalashini   va   qanday   kattalikda   ekanini   aytishni   taklif
qiladi.   So’ngra   esa,   qandaydir   ikki   uchta   figura   olib,   ularni   birlashtirish   yo’li
45 bilan   qanday   yangi   figura   tuzish   mumkinligini   o’ylab   ko’rishni   taklif   qiladi.
Bolalar figuralarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi figuralar hosil  bo’lganini
va ular qanday figuralardan tuzilganligini gapprib berishni taklif qiladi. 
Bolalar   qismlardan   butun   figuralar   tuzib,   ikkita   yarimta,   4   ta   yarimta,
sakkizdan bir qismdan, doiraning to’rtdan biriga teng qismlay va h.k. dan nechta
doira   tuzish   mumkinligini   fahmlaydilar.   Maktab   yoshidagi   katta   bolalar   bilan
ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli o’yin va mashqlar katta foyda keltiradi.
Ular   matematik   bilimlarga   qiziqishni   rivojlantiradi,   bolalarning   aqliy
qobiliyatlarining o’sishiga yordam beradi.
Bolalar   topqirlikka   doir   masalalari,   «boshqotirg’ichlar”,   yasashga   doir
masalalarni нechadilar, masalan, bir figura yoniga ikkinchi figurani yasash yo’li
bilan   bolalar   7   ta   cho’pdan   ikkita   kvadrat   tuzadilar.   U   yoki   burasm   –
applikasiyani   tuzishda   nechta   doira   ,uchburchak,   to’g’ri   to’rtburchakdan
foydalanilganini   aniqlashadi.   U   yoki   bu   rasm,   yoki   naqsh   qanday   figuralardan
tuzilganini topadilar ,  fahmlaydilar, ular nechta ekanini ko’radilar.
Tarbiyachi   bolalarni   masalaning   yechilish   yo’llarini   ongli   izlashga
o’rgatadi, ularga o’ylab ko’rish, fahmlash, so’zlab berish, so’ngra o’z yechimini
tekshirishni taklif qiladi. Masalan, tarbiyachi bunday deydi: “Bu  shakl ga qarang,
u   bizga   nimani   eslatadi?   Ha,   bu   xuddi   xo’rozchadek.   Bu   xo’rozni   “Tanga”
o’yinining   yettita   shakl dan   tuzish   kerak.   Qarang,   u   qanday   qismlardan   iborat,
har   qaysi  qism  qanday   figuralardan  tuzilgan,  ular   qanday  kattalikda  va  qanday
joylashgan. Siz “xo’rozcha”   shakl ini qanday tuzishingizni  gapirib bering. Agar
dastlab tarbiyachi figuralarni bolalar bilan birgalikda qarasa, keyinchalik ularga
tahlil rejasini beradi, shundan keyin esa ularni mustaqil tahlil qilishga o’rgatadi.
Dastlabki   ikkita   uchta   shaklni   bolalar   namunaga   qarab   tuzadilar,
namunada   har   qaysi   figuraning   chegarasi   aniq   belgilangan,   keyinroq   esa
figuraning umumiy konturi tushirilgan namunaga amal qiladilar.
46 Shundan   keyin   bolalar   qanday   buyumlarni   o’yinning   yettita   figurasidan
foydalanib, tasvirlash mumkinligini o’zlari o’ylab topadilar. Shuni esda saqlash
muhimki,   bolalarning   seminar   haarkatlaridan   oldin   masala   yechimining
borishini aqalli oddiygina o’ylab ko’rilsagina, o’yinlar qiziqarli bo’ladi.
“Bo’lmadi,   o’ylab   ko’r-chi,   boshqacha   qanday   qilish   mumkin,   deb   voz
kechishga o’rgatib, ular tafakkurini rivojlantiradi. Alohida qiyinchiliklar bo’lgan
holda   yechimning   bir   qsimini   aytib   beradi,   to’g’ri   topilgan   echimni
rag’batlantiradi:   “Bu   cho’pni   sen   to’g’ri   olding,   o’ylab   ko’r-chi,   yana   qaysi
cho’pni olish kerak”.
Tarbiyachi   bolalarning   mustaqilliklarini   rivojlantiradi,   masalani   o’zing
yechsang,   o’shanda   qiziqarli   bo’ladi,   deb   ularni   ishontiradi.   Masalalarni
yechishga   bolalarning   kuchlari   yetadigan   bo’lishi   kerak,   bo’lmasa,   bolalarda
ishtiyoq   yo’qoladi.   Shu   sababli   qiziqarli   masalalar   bolalar   dasturda   nazarda
tutilgan shakl haqidagi bilimlarni o’zlashtirib olganlaridan keyin, shaklni to’g’ri
aytibgina qolmay, balki uni qayta tiklay oladigan, shaklini almashtira oladigan,
hayotiy   buyumlardan   o’zlariga   tanish   geometrik   figuralarni   topa   oladigan
bo’lganlaridagina beriladi.
Bolani   o’zlashtirishida   eng   katta   bebaho   yordam   bu   -   boshlang’ich
matematik   tasavvurlarning   shakllanishida   ota-onalar   tomonidan   ko’rsatilishi.
Faqatgina   bolalar   bog’chasi   va   oilaning   birgalikdagi   faoliyati   bolaning
maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   dasturining   ushbu   qismini   o’zlashtirishida
muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Uydagi muhit bolaning rivojlanishga hissa qo’shadi va u o’quv materialini
o’zi   uchun   mustaqil   ravishda   o’rganadi,   bolalar   bog’chasida   olgan   bilimlarini
mustahkamlaydi.
Shuning uchun biz ularni oilaviy davrada o’tkazish uchun ba’zi matematik
o’yinlar va mashqlarni tavsiya qilishimiz mumkin. Ushbu o’yinlar boshlang’ich
47 maktabgacha   yoshdagi   bolalar   uchun   mavjud   va   uzoq   tayyorgarlik,   murakkab
didaktik materiallarni tayyorlashni talab qilmaydi.
Sizga,   aziz   ota-onalar,   bolaning   tashabbusini   qo’llab-quvvatlash   va
birgalikdagi   o’yin   uchun   har   kuni   10-15   minut   vaqt   topish   kerakligini
eslatmoqchiman.   Bolaning   muvaffaqiyatini   doimiy   ravishda   baholash   kerak   va
agar   siz   muvaffaqiyatsiz   bo’lsangiz,   uning   harakatlari   va   intilishlarini
ma’qullashingiz   kerak.   Bolada   o’z   kuchiga   ishonchni   shakllantirish   muhimdir.
Uni   maqtang,   hech   qanday   holatda   uni   yo’l   qo’ygan   xatolari   uchun   xafa
qilmang, faqat  ularni  qanday tuzatish  kerakligini, natijani  qanday yaxshilashni,
yechim   izlashni   rag’batlantiring.   O’yin   aloqasi   o’yinning  barcha   ishtirokchilari
uchun qiziqarli bo’lishi kerak.
1.  «Vagon uchun g’ildiraklarni oling» matematik o’yini
O’yinning maqsadi:   geometrik shakllarni ajrata va nomlashga o’rgatish,
shakllar guruhlari o’rtasida yozishmalar o’rnatish, 5 ga bo’lish.
O’yin   yo’nalishi:   bolaga   tegishli   g’ildiraklarni   -   moviy   vagonga   qizil
g’ildiraklarni,   qizilni   qizil   ko’k   g’ildiraklarni   olishga   taklif   qilinadi.   Keyin   har
bir   treyler   uchun   g’ildiraklarni   chapdan   o’ngga   alohida   hisoblashingiz   kerak
(avtomobillar va g’ildiraklar 5-10 daqiqada rangli kartondan kesilishi mumkin).
2.  «Gul yasash» matematik o’yini
O’yinning   maqsadi:   guruhlarga   bir   xil   geometrik   shakllardan   gul
siluetini yasashni o’rgatish.
O’yin   kursi:   kattalar   bolani   geometrik   shakllardan   ta’tilga   onasi   yoki
buvisi   uchun   gul   qilishni   taklif   qiladi.   U   gulning   o’rtasi   doira,   barglari   esa
uchburchak yoki aylana ekanligini tushuntiradi. Bolaga uchburchak va dumaloq
barglari   bilan   gul   to’plash   tanlovi   beriladi.   Shunday   qilib,   siz   bolani   kerakli
shaklni   ko’rsatishga   taklif   qilib,   o’yinda   geometrik   shakllarning   nomlarini
tuzatishingiz mumkin.
3.  «O’xshash mavzuni nomlang» o’yin-mashqlari
48 O’yinning   maqsadi:   vizual   e’tibor,   kuzatish   va   izchil   nutqni
rivojlantirish.
O’yin   kursi:   kattalar   boladan   turli   xil   geometrik   shakllarga   o’xshash
narsalarga   nom   berishlarini   so’raydi,   masalan,   «kvadratga   o’xshash   narsalarni
toping»   yoki   barcha   dumaloq   narsalarni   toping   ...   Bunday   o’yinni   yo’lda   yoki
uyga qaytayotganda osongina o’ynash mumkin.
5.   «Bizning kvartirada nima» matematik o’yini
O’yinning   maqsadi :   kosmosda   harakat   qilish   qobiliyatini   rivojlantirish;
mantiqiy fikrlash
O’yin   jarayoni:   avval   siz   xonaning,   kvartiraning   ichki   qismini   hisobga
olishingiz kerak. Keyin siz boladan har bir xonada nima borligini aytib berishini
so’rashingiz mumkin. Agar u yo’qolsa yoki barcha mavzularni nomlamasa, unga
etakchi savollar bilan yordam bering.
Bob bo’yicha xulosalar
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   narsalarning   kattaligi   va   shakli   orqali
matematik   tasavvurlarini   shakllantirishning   ahamiyati   bevosita   amaliyot   bilan
bog’liq   jarayon   hisoblanadi.   Turli   usullar   bolalarda   boshlang’ich   matemtik
tasavvurlarning shakllanishida asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun
ham   tadqiqot   ishimizda   bir   qator   usullar   misollar   bilan   keltirilganki,   bu
maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   tarbiyachilar   tomonidan   mustahkam
o’rganishni va bolalarga mashg’ulot jarayonida qo’llash texnikasini mustahkam
o’rganishni talab qiladi. 
Tadqiqot   ishimiz   davomida   shu   narsa   aniq   bo’ldiki,   bolalar   har   qanday
yoshda   ham   bilim   olishga   ishtiyoqmand   bo’lar   ekan,   bu   borada   matematik
mashg’ulotlar   bilim   olishning   eng   birinchi   pog’anasida   turishi   ishimizning
murakkab  ekanligini  anglatadi, shuning uchun eng  avvalo bolalarga matematik
bilimlarni   berishda   umumiylik   tamoyillariga   asolanib   ish   ko’rish   maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
49 Hamkorlikdagi   ta’lim,   eng   samarali   ta’lim   bo’lgani   uchun   tadqiqot
ishimizda oilada farzand tarbiyasi bilan birgalikda ta’limi uchun ham imkoniyat
va   sharoit   yaratilishini,   ayniqsa   ota-onalar   bolalarning   boshlang’ich   matematik
tasavvurlarini shakllantirishda bir qator o’yinlarni ham o’rganishlari ham tavsiya
etiladi. Bu bolaning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etishi mumkin.
III BOB. TAJRIBA-SINOV
3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli
orqali matematik tasavvurlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov 
ishlarining mazmuni
50 Bolalarda   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishning   asosiy   masalalari
quyidagilardan  iborat:  bolalarda  matematik tasavvurlarni   shakllantirish  darajasi
nuqtai-nazaridan   kichik,   o’rta,   katta   va   maktabga   tayyorlov   guruhlari   uchun
shartli   rejasini   asoslash,   yo’llari   va   shartlarini   ishlab   chiqish,   ushbu
shakllantirishni ta’minlovchi uslubiy ko’rsatmalar berish. 
Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablaridan   kelib   chiqib,
bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish   bo’yicha   asosiy
vazifalar   quyidagilar   hisoblanadi:   rang,   shakl   va   o’lcham   kabi   atrof-muhit
obyektlarini   va   ularning   modellarini   tushunishga   yordam   berish,   kuzatish   va
tajriba,   tahlil   va   taqqoslash,   klassifikatsiyalash   va   bo’lish   kabilar   orqali   atrof-
muhit   obyektlarni   hamda   ularning   modellari   bilan   o’zaro   munosabatida
bolalarning   faol   bilish   faoliyati   uchun   sharoit   yaratish,   vaziyat,   topshiriq   va
ularni   bajarish   usullari,   faoliyat   va   uning   natijalarini   tahlil   qilishni   bayon   etish
orqali   bolalar   lug’atini   oddiy   matematik   terminlar   bilan   boyitish,   o’rgatuvchi
o’yinlar,   topshiriqlar,   mashqlarni   qo’llash   qoidalarini   tushunish   hamda
keyinchalik qo’llashga yordam berish hamda faoliyat turlari va usullarini tanlash
bo’yicha tashabbuskorlik ko’rsatish uchun sharoit yaratish. 
Tajriba-sinov   ishlaridan   ko’zlangan   maqsad   ham   MTTlarida   bolalarda
narsalarning   kattaligi   va   shakli   orqali   matematik   tasavvurlarini   shakllantirishni
samarali   tashkil   etish,   ta’lim   jarayonini   va   MTT   tarbiyalanuvchilari   shaxsini
rivojlantirishning   samarali   pedagogik-psixologik   shart-sharoitlarni   aniqlash   va
tanlangan   MTTlarda   sinovdan   o’tkazishdan   iborat.   Sinovdan   o’tkazish   aniq
o’lchanadigan   mezonlar   va   ko’rsatkichlarga   asosan   amalga   oshirildi.
O’tkaziladigan   tajriba-sinov   ishlarida   yangi   natijalar   olish   tarbiyalanuvchilarni
maktabning birinchi sinfiga ma’lum bir darajada tayyorgarlik bilan borishlarini
ta’minlashga qaratildi.
Tajriba-sinov   ishlarining   vazifalariga   dissertatsiyaning   kirish   qismida
bayon   etilgan   ilmiy-tadqiqot   ishining   ilmiy   farazini,   ishlab   chiqilgan
narsalarning   kattaligi   va   shakli   yuzasidan   mashg’ulotlarni   o’tkazish
51 metodikasini,   bolalarning   matematik   mashg’ulot   jarayonida   innovatsion
texnologiyalardan   unumli   foydalana   olish   darajasini   va   himoyaga   tavsiya
etilayotgan asosiy  holatlarni tajribada sinab ko’rish orqali ularning haqqoniylik
darajasini   aniqlashdan,   shuningdek,   pedagogik   tajribalardan   olingan   natijalar
asosida MTT tarbiyachi (pedagog)lariga metodik tavsiyalar berishdan iborat.
Tajriba-sinov   ishlarining   ishchi   farazi   quyidagicha:   -   pedagogik
eksperement o’tkazish dasturi aniq tuzilsa; – tanlangan MTT tarbiyachilarining
ma’lumotlari   va   MTTlarning   texnik   ta’minoti   talab   darajasida   bo’lsa;   –
MTTlarda   tashkiliy   shart-sharoitlar   yaratilgan   bo’lsa;   –   o’tkaziladigan
mashg’ulotlarni   ishchi   farazi   to’la   ishlab   chiqilgan   bo’lsa;   –   matematik
o’yinlarga   asoslangan   didktik   materaillar   mavjud   bo’lsa;   –   tarbiyachilarning
matematik mashg’ulot  o’tishda qo’llamna va aniq ko’rsatmalarga ega bo’lsa;  –
MTTlari   multimediali   didaktik   vositalar   bilan   ta’minlangan   bo’lsa;   –
tarbiyachilar   va   tarbiyalanuvchilarning   kompyuter   savodxonliklari
shakllantirilgan bo’lsa, u holda tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli o’tadi. 
Pedagogik   tajriba-sinov   ishlari   davomida   o’tkaziladigan
mashg’ulotlarning   samarador   bo’lishi   didaktik   materaillarning   ko’p   bo’lishi,
turli   va   qiziqarli   o’yinlardan   foydalanilishdagi   ma’lumotlarni   qabul   qilish
aniqligiga,   topshiriqlar   to’la   va   diqqat   bilan   bajarilishiga,   turli   ko’rgazmali   va
multimediali   vositalar   yordamida   bolalarni   matematikaga   bo’lgan   qiziqishiga,
berilayotgan   ma’lumotlarning   aniq   va   tushunarli   bo’layotganiga,   mashg’ulot
jarayonida   o’rganiladigan   va   o’ynalayotgan   matematik   o’yinlar   hamda
innovatsion texnologiyalarni bolalar yoshiga mos tanlanishiga bog’liq.
Tajriba-sinov ishlarida namuna tariqasidagi faqat narsalarning kattaligi va
shakliga doir mavzulardan foydalanib mashg’ulotlar o’tkaziladi: 
«Qayerda?»
Maqsad:  qog’oz varag’ida fazoviy yo’nalishni shakllantirish.  
52 Kerakli   jihozlar:   turli   ranglardagi   geometrik   shakllar   (kvadratlar,
to’rtburchak,   uchburchak).   Raqamlar   esa   burchaklarda   yoki   o’rtada
joylashtiriladi мva o’rtasiga aylana chiziladi.
O’yinning   borishi:   Chizilgan   rasmga   diqqat   bilan   qarang   va   aylana
qayerda   chizilganligini   ayting?   Oval,   kvadrat?,   uchburchak?,
to’rtburchak?   Doiraning   o’ng   tomoniga,   aylananing   chap   tomoniga   nima
chizilganligini ko’rsating?   Nima yuqori o’ng burchakda, chap pastki  burchakda
tasvirlangan?   Doira ustida nima chizilgan?, doira ostidami? 
«Eshitganingizcha qo’ying»
Maqsad:   quloq bilan sanashga mashq qilish.
O’yinning   borishi:   o’qituvchi   topshiriqni   quyidagicha   tushuntiradi:
«Men bolg’a bilan taqillataman, siz ham bolg’ani necha marta zarba o’rganligini
hisoblang   va   1   ta   o’yinchoqni   qo’ying.   Bolalar   topshiriqni   bajargacha,
o’qituvchi:
- sizda nechta o’yinchoq o’rnatildi v anima uchun?
Bolalarning fikrlari tinglanadi va vazifa bir necha marta takrorlanadi.
«Bir xil shakldagi obyektni toping»
Maqsad:   bolani   atrof-muhitdan   o’ziga   xos   narsalarni   tanlab   olishga
o’rgatish, geometrik shakllar yordamida sozlash.
Kerakli   jihozlar :   geometrik   shakllar   (doira,   kvadrat,   tasvirlar,
uchburchak, to’rtburchak),
dumaloq shakldagi narsalar (to’plar, to’plar, tugmalar), kvadrat shakllar (kublar,
sharf,   kartalar),   uchburchak   (qurilish   materiali,   bayroq,   kitob),   avollar   (tuxum,
bodring).
O’yinnig   borishi:   Geometrik   shakl   va   buyumlarni   ikkita   qoziqqa
ajrating.   Bolaga   buyumlarni   diqqat   bilan   o’rganib   chiqish   takli   qilinadi.   Keyin
bolaga   raqamni   ko’rsatib,   bir   xil   shakldagi   obyektni   topishi   so’raladi.   Agar   u
53 noto’g’ri bo’lsa, bolani avval raqamni, keyin esa obyektlarni ko’zdan kechirish
taklif qilinadi.
«Sehrli doiralar»
Maqsad:  bolaga aniq narsalar shaklini o’rgatish.
Kerakli jihozlar : bir xil o’lchamdagi doiralar chizilgan varaq jami 10 ta
doiralar.
O’qituvchi:
Keling,   ushbu   varaqni   batafsil   ko’rib   chiqaylik.   Unda   nimani
ko’ryapsiz?   Qanday raqam
qog’ozga chizilgan?   Endi ko’zlaringizni yuming va aylana tasavvur qiling. 
Bundan tashqari, bola qog’ozga chizilgan doiradan obyektni chizish taklif
etiladi.   Har bir doiradagi bola aylana asosida nimadir chizadi.
«Bezakni joylashtiring»
Maqsad:   bolada   fazoviy   tasavvurlarni   shakllantirish,   geometrik
shakllarning joylashishi, bezakni yotqizayotganda aynan shu tartibni takrorlash.
Kerakli   jihozlar:   rangli   qog’ozdan   kesilgan   5   ta   geometrik   shakl,
ularning har biri 5 tadan 25 dona, naqshinkor kartochkalar.
O’qituvchi:
– Oldimizdagi bezaklarga qarang.   O’zingiz raqamlarni o’ylab ko’ring va 
nomlang.   Endi kesilgan geometrik shakllardan bir xil narsalarni yotqizishga 
harakat qiling. Keyin keyingi karta taklif etiladi. O’yin bola kartada ko’rsatilgan 
barcha bezaklarni qo’ygandan keyin tugadi.
Tajriba-sinov ishlarining bosqichlari. 
Birinchi-tashxis va bashorat qilish bosqichda  (2021-2022) tayyorgarlik
ishlari   amalga   oshirildi.   Ilmiy   va   pedagogik   adabiyotlar   o’rganib   chiqildi.
Mavzu yuzasidan  ma’lumotlar o’rganilib, tahlil etildi, shuningdek muammo va
54 mavzuni shakllantirish, uning yetakchi g’oyalari belgilandi hamda tajriba-sinov
ishlarining   maqsadi,   farazi   va   vazifalari   aniqlandi.   MTTlarda   bolalarda
narsalarning kattaligi  va shakli  orqali  matematik tasavvurlarini  shakllantirishda
mavjud muammolar o’rganildi. 
Ushbu   tashxis   bosqichida   MTTlarining   maktabga   tayyorlov   guruhlarida
amalga   oshirishga   mo’jallangan   va   Davlat   talablarida   ko’rsatilgan   ta’lim
materiallari   bilan   tanishib   chiqildi.   Shu   bilan   birga   ularni   o’rganish   uchun
ajratilgan soatlar aniqlandi. Masalan, elementar matematik bilim berish bo’yicha
yiliga 72 soat, haftasiga 2 soat ajratilgan. 
Yuqorida   qayd   etilgan   materiallarni   taqqoslash   maqsadida   an’anaviy
usulda ta’lim berish metodlari o’rganib chiqildi. 
Ikkinchi   -   tashkiliy-tayyorgarlik   bosqichi   (2021-2022)   bo’lib   tajriba-
sinov   ishlarini   amalga   oshirish   metodikasi,   jumladan,   samaradorlik   mezonini,
tajriba-sinov   ishlarini   qayd   etish   usullari   ishlab   chiqildi.   Shu   bilan   birga
pedagogik jarayon tadqiqot ishiga doir mashg’ulotlar ishlab chiqildi va dasturli
hamda   rolli   usulda   namunalar   tayyorlandi.   Tajriba-sinov   ishlarining   tashkiliy
ta’minoti   -   sinov   maydonlari   va   ishtirokchilar   tanlandi   hamda   oraliq   tajriba-
sinov natijalari olindi. 
Adabiyotlarni   o’rganish   davom   ettirildi,   maktabga   tayyorlov   guruhlarida
mashg’ulot   o’tkazish   metodikasi   yaratildi,   mashg’ulot   samaradorligini   oshirish
bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Uchinchi   bosqich   -   amaliy   bosqich   (2021-2022).   Uchinchi   bosqich
davomida   tajriba-sinov   maydonlaridagi   rejalashtirilgan   MTTlarda   maktabga
tayyorlov   guruhlari   uchun   tanlangan   bir   qancha   mavzu   bo’yicha   ta’kidlovchi,
shakllantiruvchi va nazorat qiluvchi tajriba-sinov ishlari o’tkazildi. Tajriba-sinov
ishlarini   o’tkazish   jarayonida   mashg’ulotlar   tajriba   va   nazorat   guruhlarida
parallel   o’tkazildi.   Mashg’ulot   o’tkazishda   tadqiqotchining   rejalari,   metodik
tavsiyalari,   ko’rsatmalari   va   chop   etilgan   maqolalaridan   foydalanildi.   Ushbu
55 bosqichda   o’tkazilgan   tajriba-sinov   ishlari   matematika   mashg’ulotlarida
narsalarning   kattaligi   va   shaklining   tatbiq   etilishi   natijasida   ta’lim
samaradorligining oshishini aniqlashga qaratildi. 
To’rtinchi   bosqich   -   umumlashtiruvchi   (2022)   bosqich   bo’lib,   tajriba-
sinov ishlari nihoyasiga yetkazilgan davrlarda amalga oshirildi va tajriba-sinov
ishlari   asosida   olingan   natijalar   tahlil   etilib,   ularga   matematik-statistik   ishlov
berildi   va   umumlashtirilib   matematik   o’yinlarni   tadbiq   etish   bo’yicha   ma’lum
bir xulosaga kelindi.
3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli
orqali matematik tasavvurlarini shakllantirish samaradorligi
Bolalarning   ilk   matematik   tasavvurlarni   shakllantirishda   narsalarning
kattaligi   va   shakli   yuzasidan   mashg’ulotlardan   foydalanishning   ustuvor
tamoyillari va nazariy g’oyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda mazkur faoliyat
natijasini   o’rganish   maqsadida   sinov   ishlari   tashkil   etildi.   Tajriba   maydoni
sifatida   Samarqand   shahar   115-MTTning   2   ta   tayyorlov   guruhi
tarbiyalanuvchilari   tanlandi.   Tajriba   maydoni   bo’lgan   MTTda   sinov   ishlariga
jalb etilgan bolalarning jami soni 50 nafarni tashkil etdi.
Tajriba maydonlari sifatida belgilangan MTT tabiyalanuvchilari soni
№ Shahar MTT nomeri Guruh nomi Bolalar soni
1 Samarqand shahar 115-MTT  Tajriba guruhi 25
2 Samaqrand shahar 115-MTT  Nazorat guruhi 25
Ushbu   MTT   da   jami   1   ta   tajriba - sinov   guruhi   va   1   ta   nazorat   guruhlari
tanlab   olindi .   Tajriba   guruhlarida   muallif   taklif   etgan   metodika   (innovatsion
texnologiyalarga asoslangan ta’lim) bo’yicha, nazorat guruhlarida esa an’anaviy
metodika bo’yicha mashg’ulot olib borildi. 
Tajriba boshida
Guruhlar Guruhdagi O’zlashtirish natijalari
56 bolalar soni Yuqori O’rta Past
1 Nazorat guruhi 25 6 10 9
2 Tajriba guruhi 25 4 11 10
Shunga   ko’ra,   tanlangan   MTTdagi   tajriba   guruhlarida   ilg’or   pedagogik
mahoratga   ega   bo’lgan   tarbiyachi   (pedagog)lar,   nazorat   guruhlarida   an’anaviy
usul bilan mashg’ulot o’tkazuvchi tarbiyachilar qatnashdi.
Mashg’ulotlarning   samaradorligini   aniqlashga   qaratilgan   tajriba-sinov
ishlarining   asosiy   mezonlari,   birinchi   navbatda,   tajriba   va   nazorat   guruhlari
tarbiyalanuvchilari   tomonidan   o’rganiladigan   materialni   o’zlashtirish   darajalari
bilan xarakterlandi. Bundan tashqari, mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish
va   bolalarning   o’yinlar   orqali   o’zlashtirish   darajalari   ham   asosiy   mezonlarga
kirdi.   Tarbiyalanuvchilarning   bilimlarini   baholash   keltirilgan   mezonlar   asosida
aniqlandi.
Tajriba-sinov   ishlarida   yuqorida   qayd   etilgan   MTT   ning   maktabga
tayyorlov   guruhlaridan   jami   50   nafar   tarbiyalanuvchi   tanlandi.   Bulardan   25
nafari   nazorat   guruhi   tarbiyalanuvchisi,   25   nafari   tajriba   guruhi
tarbiyalanuvchisidir.   50   nafar   tarbiyalanuvchilarning   har   biri   sinovda   ishtirok
etganligi sababli mos baholar soni ham 50 ni tashkil etdi.
57 Tajribadan olingan ma’lumotlarni  qayta ishlash  va tahlil  etish matematik
statistika metodining Styudent mezoni orqali amalga oshirildi.
Bunda   tajriba   va   nazorat   guruhlari   tarbiyalanuvchilarining   olgan
baholarining   o’rta   arifmetik   qiymati,   samaradorlik   koeffitsiyenti,   variatsiya
koeffitsiyenti,   dispersiya   va   o’rtacha   qiymatlarning   ishonchlilik   oralig’i
aniqlandi.
Ishonchlilik   darajasi   uchun   tanlab   olingan   qiymat   α=0.5   bo’lsa,
ishonchlilik darajasi 0.95 (95 % ) ni tashkil etadi.
Ushbu   tajriba-sinov   ishlari   bo’yicha   baholar   tahlilining   natijalari   1-
jadvalda keltirilgan. Hisoblashlar Styudent mezoni asosida olib borildi.
Tajriba so’ ngida 1-jadval
№ Tahlil Nazorat guruhi Tajriba guruhi
1 Baholar qiymati 5 4 3 5 4 3
2 Mos baholar soni 5 10 10 8 12 5
3 Baholarning o’rtacha
arifmetik qiymati X
n *= 2.8 X
t *= 4 , 18
4 Samaradorlik
koeffitsiyenti  =Xƞ
t */X
n *=0.55
5 X ning ishonchlilik
ehtimollik oralig’i 
3,59 <x*< 3,61 4,0753 <x*< 4,5694
2-jadval
Tajriba guruhi 25
X
i 5 4 3
m
j 8 12 5
x
i  m
j 40 48 15
∑   x
i m
j 10 3
58 X *=∑ x
i m
j 4.2 0
x
i -x* 0.7 4 -0.24 -1.2 0
( x
i -x* ) 2
0,5773  0,0572 1,5373
∑ ( x
i -x* ) 2
2,1726
D*=∑  ( x
i -x* ) 2
/N-1  0,0900
 
=   0,3008
 *=(  */X*)100%  17,66
 =tgm  */N-1  0,1647
X * -  4,0753
X *+  3 ,56 80
3-jadval
Nazorat guruhi 25
X
i 5 4 3
m
j 5 10 10
x
i  m
j 25 40 30
∑   x
i m
j 85
59 X *=∑ x
i m
j /25 3,1
x
i -x* 1,0 0 ,2 - 0,3
( x
i -x* ) 2
1,02 0,10 0,33
∑ ( x
i -x* ) 2
2,44
D*=∑  ( x
i -x* ) 2
/N-
1  0,1032
 
=   0,0133
 *=(  */X*)100%  0,37
 =tgm  */N-1  0,01
X * -  3,59
X *+  3, 21
5-jadval
60 4-jadvalda   jami   mavzular   b о ’yicha   baholarning   о ’rtacha   arifmetik
qiymatlarining   diagrammasi   ko’rsatilgan.   Shunday   qilib,   MTTlarda   bolalarda
narsalarning   kattaligi   va   shakli   orqali   matematik   tasavvurlarini   shakllantirish
natijasida   mashg’ulotlarning   о ’rgacha   samaradorlik   koeffitsiyenti     =   1.05ƞ
ya’ni   55%   ni   tashkil   etdi.  Bu   esa   ushbu   ilmiy-tadqiqot   ishida   ishlab   chiqilgan
o’yin va multimedia texnologiyasiga asoslangan metodikani samarali ekanligini
va tadqiqotning ilmiy farazini tasdiqlaydi.
Tajriba oxiri
Guruhlar Guruhdagi
bolalar soni O’zlashtirish natijalari
Yuqori O’rta Past
1 Tajriba guruhi 25 8 12 5
2 Nazorat guruhi 25 5 10 10
61 Tajriba   guruhlarida   baholarning   yuqori   bо’lishiga   sabab   monitor
ekranidagi  materiallar  bir  vaqtning  о’zida  ranglarning  jilolanib  turishi,  musiqa,
tovush   berilishi,   harakat,   animatsiali   jozibali   samaralar   bilan   bolalarga   taqdim
etilishi   va bolalarning faollashuvi,  multimediali  materiallarning dinamik (jonli)
holda   berilishi,   bolalar   diqqatini   barqarorlashtirilishi,   bola   miyasining   ikkala
yarim   sharining   bir   vaqtda   ishlashi,   bolalarning   о’rganiladigan   materialga
qiziqishi va ishtiyoqining ortishi natijasidadir.
III bob bо’yicha xulosa
Tajriba-sinov   ishlari   matematik   o’yinlar   asosida   uning   maqsadi,   shakli,
metodi va multimedia vositalarining о’zaro bog’lanishlari natijasida mashg’ulot
samaradorligini   aniqlash   maqsadida   tashkil   etildi.   Bu   borada   uning   maqsadi,
vazifalari   va   ishchi   farazi   yoritib   berildi,   jumladan,   tajriba-sinov   ishlari
о’tkaziladigan obyektlar aniqlandi va ularda pedagogik eksperement о’tkazildi. 
Tajriba-sinov   ishlarida   2   ta   mashg’ulotlar   о’tkazildi   va   bu
mashg’ulotlarda   bolalarning   aqliy   qobiliyatlari   va   qiziqishlaridan   kelib   chiqib
qizizqarli o’yinlar va topshiriqlar tanlandi. 
Matematik-statistik   tahlil   MTTlarining   ta’lim   jarayoniga   matematik
o’yinlarning   kreativlik   asosida   tashkil   etilishi   va   multimediali   vositalarining
joriy   qilinishi   hisobiga   mashg’ulotlarning   samaradorligi   1.05   ga   oshishini
kо’rsatdi   va   ilmiy-tadqiqot   (dissertatsiya)   ishining   ilmiy   farazini   tо’griligi
tasdiqlandi.
62 XULOSA VA TAVSIYALAR
Maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik
tasavvurlarni   shakllantirishda   bolalar   tomonidan   kattaliklar   to’g’risidagi
tasavvurlarni   egallashi   katta   o’rin   egallaydi.   Bunda   pedagog   yosh
xususiyatlariga   tayanishi   lozim.   O’qitish,   ilgari   egallangan   bilim   va   matematik
muammolarni   yechish   tajribasi   asosida   ko’rgazmalikka   tayangan   holda
o’tkaziladi.   Ya’ni,   yangi   tasavvurlar   uni   ilgari   o’zlashtirilgan   tizimga   kiritish
asosida shakllanadi. 
Bolalarda   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish   bir   qator   shartlarga
bog’liq.   Birinchidan,   bola   oldin   egallagan   bilim   va   ko’nikmalarga   ega,
ikkinchidan, matematik tasavvurlarning mazmuni ketma-ketlikda bo’lishi  shart,
uchinchidan,   bola   matematik   tasavvurlarni   o’zlashtirish   jarayonini   o’rganib,
kelib   chiqadigan   xulosalarni   bilishi   shart.   Ushbu   vazifalarning   bajarilishi
bolaning bilim hajmi va aqliy rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Shuning uchun
birinchi   bosqichda   tarbiyachi   aqliy   kuch   va   tirishqoqlikni   ko’p   talab
qilmaydigan   masalalarni   taklif   etish   kerak.   Bunda   bola   sodda   matematik
tushunchani   o’zlashtirishi,   keyin   esa   bora-bora   o’zi   mustaqil   ishlash
ko’nikmasini   hosil   qilgunicha   matematik   tasavvurlarni   shakllantirib,
murakkablashtirish   kerak.   Matematik   tasavvurni   o’zlashtirish   jarayonidan
foydalanishning   maqsadga   muvofiqligi   shu   tasavvurning   mazmuniga   ham
bog’liq.
Har   bir   tasavvurdagi   ma’lumotlar,   matematik   tushunchalar   va
g’oyalarning  mantiqiy  tugallangan  doirasidir,  bu  esa   tarbiyachi  tomonidan  faol
o’zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha o’ylangan bo’lishi kerak. 
Shuningdek,   bugungi   kunda   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning
matematik   tasavvurlarini   shakllantirishning   ilmiy   asoslangan   didaktik   tizimi
yaratilgan.   Uning   asosiy   komponentlari   maqsad   va   vazifalar,   mazmun   va
mohiyati, metod va didaktik vositalar bolalarning matematik shakllanish hamda
rivojlanish jarayonini tashkil etish shakllaridir.
63 Bolalar   MTT   tarbiyalanuvchilariga   ta’lim   berishda   maktablar   o’quv
dasturlariga   yaqinlashtirilgan   12   yo’nalishli   yangi   dasturlar   ishlab   chiqildi,
sinovdan o’tkazilib, joriy etishga kirishildi.
MTTlarida bu dasturlarni ta’lim jarayonida qo’llash orqali ijobiy natijalar
qo’lga kiritildi. Jumladan, maktab oldiga yangi maqsadlarning qo’yilishi MTTda
matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib keldi. 
MTT   bolalariga   matematikadan   samarali   ta’lim   berish   uchun   bo’lajak
tarbiyachi   maktabgacha   ta’lim   yoshidagi   bolalar   uchun   ishlab   chiqilgan
«Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish
nazariyasi va metodikasi» kursini chuqur o’zlashtirib olmog’i zarur. 
Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy
nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy shakllarni (joylashishlarini); natural
son,  geometrik  shakl,   miqdor   va  boshqa   tushunchalar  abstrakt,  ammo  ular  real
borliqdagi   predmetlarga   xos   bo’lgan   bog’lanish   va   munosabatlarni   aks
ettiradigan   hajmda   bilimlar   berish.   Bu   bilimlar   fazoviy   tasavvurlarni
rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak. 
Matematikani   o’rgatish   bolalarda   o’z   ona   tilida   xatosiz   so’zlashga,   o’z
fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o’rgatishda yordam berishi kerak.
Matematikani bayon etishda sergaplikka yo’l qo’yish mumkin emas, bunda har
bir so’zni o’z o’rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.
Bolalar   narsalarning   kattaligi   va   shakli   orqali   matematik   tasavvurlarini
shakllantirish orqali boshqa oladigan bilimlariga qaraganda ko’proq sabotlilikka,
tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o’z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga,
ayniqsa,   kuzatish,   tajriba   va   fahmlash   asosida   aytiladigan   fikrlarining   ravon
bo’lishiga e’tibor bera bilishga odatlantirish kerak. 
Bolalarda matematik bilimlarga bo’lgan qiziqish, matematik xarakterdagi
masalalarni sabr-toqat va tirishqoqlik bilan yechish ko’nikmalari rivojlantiriladi.
64 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I.   Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar
1.   O zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi.   –   Toshkent.:   O zbekiston,ʼ ʼ
2015.
2.   O’zbekiston   Respublikasining   «Ta’lim   to’g’risida»gi   Qonuni.   –   T.:
O’zbekiston. 2020-yil 7-avgust.
3.   O’zbekiston   Respublikasi   maktabgacha   ta’lim   tizimini   2030-yilgacha
rivojlantirish  Konsepsiyasi. 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son.
4.  «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etish
to’g’risida»gi PQ –3305-son.
5.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2016-yili   29-dekabrdagi
«2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora
tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2707-son.
6.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   9-sentabrdagi   «Maktabgacha
ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3261-
son.
7.   «Maktabgacha   ta’lim   tizimi   boshqaruvini   tubdan   takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida»gi 30-sentabrdagi PF – 5198-son.
8. Maktabgacha  ta’lim va tarbiya to’g’risida.   2019-yil 16-dekabr, O’RQ-
595-son.
9. « Ilk qadam» Davlat o’quv dasturi. – Toshkent, 2018.
10.   Magistratura   to’g’risida   NIZOM   //   Qonunchilik   ma’lumotlari   milliy
bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son
11.   Mirziyoev   Sh.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: «O’zbekiston», 2016. 
12.  Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini
birgalikda   barpo   etamiz.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga
65 kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma
majlisidagi nutq. – Toshkent, 2016. 
II.  Asosiy adabiyotlar
1 .  Asqarova Dilorom Qurbonovna. Matematik tasavvurlarni shakllantirish
nazariyasi   va   metodikasi.   5111800-   Maktabgacha   ta’lim   yo’nalishi   talabalari
uchun o’quv qo’llanma. – Namangan, 2020
2.   Alimov   N.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   matematik   ta’limga
tayyorlash // Maktabgacha ta’lim. - T.: 2005. №2.
3.   Бабушкина   Т.М.   «Математика.   Нестандартное   обучение   «.
Изд.торговый дом «Корифей», 2009.
4.   Bikbaeva   N.U.   Ibragimova   Z.I.   Qosimova   X.I.   «Maktabgacha   tarbiya
yoshidagi   bolalarda   elementar   matematik   tasavvurlarni   shakllantirish»   -   T.
«O’qituvchi» 1995.
5.   Bikbaeva   N.U.   va   B.   «Maktabgacha   tarbiya   yoshidagi   bolalarda
matematik tasavvurlarni rivojlantirish» T., «O’qituvchi» 1996.
6.   Bikbaeva   N.U.   «Maktabgacha   ta’lim   muassasasida   matematika
mashg’ulotlarini rivojlantirish» T., «O’qituvchi» 1998.
7. Bikbaeva N.U Alieva U.S Matematika. «Maktabgacha tayyorlov guruhi
uchun tarbiyachilari uchun metodik qo’llanma» T., «O’qituvchi» 1999.
8.   Begmatova   N.H.   Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   multimedia
texnologiyasidan   foydalanishning   ilmiy-metodik   asoslari.   Avtoreferat.   –
Toshkent 2012.
9. Begmatova N.X. Bog’cha bolalarining bilimini baholashda multimedia
texnologiyasidan foydalanish. Karshi DU axborotnomasi. 2009. -№ 2. 
10.   Djanpeisova   G.E.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   elementar
geometrik   tasavvurlarini   shakllantirish   va   rivojlantirish   usullari.   Uslubiy
qo’llanma. T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2017.
66 11.   Djanpeisova   G.E.   Razvitiye   matematicheskix   predstavleniy   u
doshkolnikov.   Elektron ы y   uchebnik.   Svidetelstvo   ob   ofitsialnoy   registratsii
programm ы   dlya   EVM   Agenstvo   po   intellektualnoy   sobstvennosti   Respubliki
Uzbekistan № DGU 03057. 24.02.2015.
12.   Jumayev   M.E.   va   boshqalar.   Matematika   o’qitish   metodikasi.   Ilm-
Ziyo, T., 2003.
13.   Jumayev   M.   “Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   matematik
tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi” T., 2007.
14.   Qodirova   F. ,   Toshpo’latova   Sh.,   Qayumova   N.,   A’zamova   M.
Maktabgacha pedagogika. Darslik, «Tafakkur» nashriyoti. Toshkent – 2019.
15. Юсупова C. Мактабгача тарбия педагогикаси.  Ўқув қўлланма —
Т.: «Ўқитувчи». 1993 .
16.   Mardonov   E,   Q.Ostonov,.   Sh.Fayzullayev.   Maktabgacha   ta’limda
matematik   o’yinlarni   tashkil   etish.   O’quv-uslubiy   qo’llanma.   –   Samarqand,
2019.
17.   Mardonov   E   va   boshqalar.   Matematik   tasavvurlarni   shakllantirish.
O’quv-uslubiy qo’llanma. – Samarqand, 2020.
18.   Mirkosimova   I.   Ta’lim   va   tarbiya   jarayonida   yangi   pedagogik
texnologiyalardan foydalanish // Maktabgacha ta’lim - T.: - № 2. – 2002.
19.   Raxmonqulova   Z.,   Qurbonova   N.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalarda
matematik tasavvurlarini shakllantirish.  Metodik qo’llanma. – T., 2009. 
20.   Глушкова   Е.,   Леонова   Л.   Компьютер   в   детском   саду   //
Дошкольное воспитание. –М.: Просвещение, 2010. - №10.
21.   Mardanov   E.,   Ostanov   K.,   Achilov   U.,   Totliev   U.,   Adilova   M.   Issn:
2776-1010   volume   2,   issue   9,   sep,   2021   70   Some   methodological   aspects   of
formation in preschoolers of the concept of number and size.
67 22.   Mardonov   E.M.,   Ostonov   Q.   (SamDU),   Аdilova   M.Sh.(SamDU
magistranti) .   M аktаbgаchа   yoshdаgi   bolаlаrdа   predmetlаr   soni   vа   shаkli
hаqidаgi   tаsаvvurlаrni   shаkllаntirish   metodikаsi   haqida .   «Maktabgacha   ta’lim:
tajribalar,   muammolar   va   rivojlanish   istiqbollari»   mavzusidagi   xalqaro   ilmiy-
amaliy anjuman materiallari. 2021-yil 20-21-may. 
23.   Mardonov   E.M.,   Ostonov   K.,   Adilova   M.Sh.   Some   features   of   the
formation   of   mathematical   representations   in   preschoolers   in   the   process   of
familiarizing them with the size and shape of objects. World Bulletin of Social
Sciences   (WBSS)   Available   Online   at:   https://www.scholarexpress.net   Vol.   9,
April, 2022 ISSN: 2749-361X.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
4.  www.edu.uz   
5.  www.eduportal.uz
68

MTTDA BOLALARDA NARSALARNING KATTALIGI VA SHAKLI ORQALI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH MUNDARIJA: KIRISH …………………………………………………………………………3 I. BOB. ILK MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISH- NING NAZARIY ASOSLARI …………………………………………….….11 1.1. Bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirishning ilmiy va pedagogik asoslari…………………………………………….………….…….11 1.2. Bolalarning ilk matematik tasavvurlarini rivojlantirishda kattalik va shakl tushunchasi…………………………………………………………….…14 Bob bo’yicha xulosalar……………………………………………….….20 II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NARSA- LARNING KATTALIGI VA SHAKLI ORQALI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI………... 22 2.1. Bolalarda elemantar matematik tasavvurlarni shakllantirish usullari …………………………………………………………………………22 2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli haqidagi tasavvurlarini shakllantirish……………………………………..……33 Bob bo’yicha xulosalar……………………………………………….….51 III BOB. Tajriba-sinov …………………………………………………53 3.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli orqali matematik tasavvurlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlarining mazmuni………………………………………………………………………..53 3.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli orqali matematik tasavvurlarini shakllantirish samaradorligi……….…………58 0

Bob bo’yicha xulosalar……………………………………….………….64 XULOSA VA TAVSIYALAR …………………………….…………...65 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR . ……………………………..67 KIRISH Agar mendan sizni nima qiynaydi? deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. Shavkat MIRZIYOYEV Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: Mustaqillik yillaridan to hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etilmoqda. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish, mamlakatda olib borilayotgan ta’lim islohotlarining asosiy g‘oyasi sanaladi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash hamda maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo’g’ini bo’lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo’naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8- maydagi PQ-4312-sonli «O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi», 2016-yil 29-dekabrdagi «2017-2021 1

yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2707-sonli, 2017-yil 30-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF- 5198-sonli Farmoni, 2017-yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 18-iyundagi «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari» hamda «Ilk qadam» maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o’quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 8- maydagi «O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» to’g’risida PQ-4312 sonli qarorida ham MTTlarni har tomonlama rivojlantirish, o’sib kelayotgan kelajak avlodga munosib meros qoldirish va shu kabilar haqida «Yo’l xarita»si tuzilgan edi. Shunga muvofiq « Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko’rib chiqishni hamda maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko’rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi 1 . Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug’ma layoqati, qiziqish, ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta’lim olishga - maktabga tayyorlashdan iborat 2 . 1 O‘ zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent sh., 2019 yil 8 may, Pq-4312-son. 2 2017-2021 yillarida maktabgacha ta’limni tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. - T., 2017, 1-son, 11-modda. 2

Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o’qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir 3 . Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashkil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi 4 . Matematik tushunchalarni shakllantirish – inson ijodiy faoliyatini maqsadli amalga oshiradigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi – bolalarni faqat matematikani bilishdan emas, balki ularni hayotga tayyorlash, o’zlarining hayotdagi o’rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat. Yuqorida aytib o’tilgan bir qancha qaror va qonunlar hamda ta’lim tizimidagi innavatsion o’zgarishlar tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligini ko’rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni shunday o’qitish kerakki, uni o’rab turgan tabiat bola uchun tushunarli bo’lsin. Bunda unga ota-onalar yordam berib, o’zaro muhim aloqalarni va o’zaro bog’lanishlarni ko’rsatish, mulohaza yuritish, solishtirishga o’rgatishi kerak 5 . Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o’z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o’rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasi 3 O‘zbekiston Respublikasining qonuni // Ta’lim to‘g‘risida. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan. 8-modda. 4 Raxmonqulova Z., Qurbonova N. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish. Metodik qo‘llanma. – T., 2009. 5 D janpeisova G.E. Maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar geometrik tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish usullari. Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent, 2017, 4-bet. 3

eng dolzarb sohalardan biri sifatida siyosat darajasida turgan ekan, uning diqqat markazida esa bolalarning har tomonlama komol topishi yotibdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv ( bilimlarni o’zlashtirish jarayoni (idrok), atrof- muhit tomonidan olingan ma’lumotlar, o’rganish, men bilib olaman ) rivojlanishiga qo’yiladigan talablar matematik rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi. Bolalarning aqliy rivojlanishi to’g’risida gap ketganda matematikani inobatga olish lozim. Chunki aqliy harakatlarning shakllanishini belgilaydigan omillar atrofdagi dunyoni bilishda zarur hisoblanadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, juda oz sonli bolalar matematik bilimlarni o’zlashtirishda qiynalishmaydi. Shuning uchun ota-onalar va o’qituvchilarning eng muhim vazifasi – maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikaga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish. Qiziqarli va o’yin tarzida matematika olamiga kirish shakli kelajakda bolaga maktabni osonroq va tezroq o’zlashtirishga yordam beradi. Tadqiqotning obyekti va predmeti: maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maktabga tayyorlov guruhlarida elementar matematika mashg’ulotlar jarayonida narsalarning kattaligi va shakli orqali ta’lim-tarbiyani amalga oshirish jarayoni. Maktabgacha ta’limda tayyorlov guruh bolalarining narsalarning kattaligi va shakli haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning mazmuni. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: – m aktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik muammosini dolzarbligini asoslash; – maktabgacha ta’lim tashkilotlarida narsalarning kattaligi va shakli haqidagi tushunchalarni shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini yoritish. M aktabgacha yoshdagi bolalarda narsalarning kattaligi va shakli orqali matematik tasavvurlarini shakllantirishga oid pedagogik, psixologik va metodik 4