logo

O‘ZBEK TILIDA KO‘MAKCHILASHAYOTGAN SO‘ZLAR VA ULARNING TARIXIY TARAQQIYOTI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

516.5 KB
                                                      MUNDARIJA:
  O‘ZBEK TILIDA KO‘MAKCHILASHAYOTGAN SO‘ZLAR VA
ULARNING TARIXIY TARAQQIYOTI
                                                         Reja:
Kirish ( Ishning umumiy tavsifi)  …………………………………………….7       
I BOB. Ko‘makchilarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi.             
1.1. Ko‘makchilar va ularning o‘rganilishi…………………………………..   ..12     
1.2. Ko‘makchilar tasnifi haqida yangicha qarashlar…………………………..21     
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa………………………………………………….26
II BOB. Funksional ko‘makchilarning leksik – semantik xususiyatlari.             
2.1. Funksional ko‘makchilarning o‘ziga xos xususiyatlari…………………… 27   
2.2. Ot turkumiga xos funksional ko‘makchilar………………………………..33     
2.3. Fe’l turkumiga xos funksional ko‘makchilar………………………………46    
2.4. Ravish turkumiga xos funksional ko‘makchilar……………………………50    
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………...66
III BOB. O‘zbek tilida ko‘makchilashayotgan so‘zlar.                                         
3.1. O‘zbek tilida ko‘makchilashgan so‘zlar……………………………………..67  
3.2. O‘zbek tilida ko‘makchilashayotgan so‘zlar…………………………………74
Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………….75
XULOSA …………………………………………………………………………86
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………….89
1 DISSERTATSIYA MAVZUSINING TAVSIFI (ANNOTATSIYASI)
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi.     Har
qanday til o‘zining ichki qonuniyatlari asosida rivojlanishi, tildagi leksik qatlamlar
asosida   neologizm   (yangi   so‘zlar)   vujudga   kelganidek,   arxaik   (eskirgan)   so‘zlar
iste’moldan chiqishi hech kimga sir emas.  Tildagi yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi
tilning   leksik   boyligining   oshishida,   grammatik   strukturasining   takomillashishida
katta ahamiyatga egadir.   “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka
bo‘lgan   e’tibor   deb,   davlat   tiliga   ehtirom   va   sadoqatni,   ona   vatanga   ehtirom   va
sadoqat   deb   bilishimiz,   shunday   qarashni   hayotimiz   qoidasiga   aylantirishimiz
kerak”,-   deya   yoshlarni   yana   ham   ko‘proq   izlanishga   undaganlar   muhtaram
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.  – Bu oliyjanob harakatni  barchamiz o‘zimizdan,
o‘z   oilamiz   va   jamoamizdan   boshlashimiz,   ona   tilimizga,   urf-odat   va
qadriyatlarimizga   hurmat,   Vatanga   mehrimizni   amaliy   faoliyatda   namoyon
etishimiz kerak”. 1
 Shunday ekan, biz, tilshunoslar, tilda bo‘layotgan o‘zgarishlarni
o‘z vaqtida o‘rganishimiz va shu bilan bir qatorda yangiliklardan xabardor bo‘lgan
holda   ko‘proq   izlanishimiz   kerak.   Har   qanday   til   rivojlanish   bosqichida   ma’lum
to‘siqlarga duch keladi. Tilshunos olimlar mana shunday to‘siqlarni bartaraf etish
uchun   tillarni   o‘zaro   solishtirishadi,   ularning   farqli   va   o‘xshash   jihatlarini   tahlil
etishadi. Tilni chuqur tadqiq etish uchun o‘sha tilda mavjud bo‘lgan  fonetik, leksik
qatlam birliklarining semantik-struktur jihatdan alohida guruhlarga ajratib olingani,
bu   jarayon   dastavval   hind   tilshunosligida   yuzaga   kelgani,   bizning   ajdodlarimiz
ham yunon tilshunosligiga tayangan holda tillarni tasnif etishgani sir emas. Ammo
XIX   asr   oxiri   XX   asr   boshlarida   tilshunosligimizda     rus   tilshunoslari   tahlillariga
asoslangan tadqiqotlar ko‘zga tashlana boshladi. Tilshunos   O. Azizov “…har bir
tildagi   so‘zlar   grammatik   belgisi   va   semantik   xususiyatiga   qarab   turli   guruhlarga
bo‘linadi.   Grammatik   qurilish   jihatidan   har   xil   bo‘lgan   tillardagi   so‘zlarning
semantik   xususiyatlari,   qo‘llanish   doirasi,   grammatik   belgilari,   o‘zaro   birikishi
1
  Президент Шавкат Мирзиёевнинг  ў збек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига 
бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.  http://xs.uz/uz/  –Toshkent, 2019.
2 doim   ham   o‘xshash   bo‘lavermaydi”. 2
  -   degan   fikrlarni   keltiradi.   Har   bir   til   o‘z
strukturasiga   ega.   O‘zbek   tilshunosligi     ham   dunyo   tilshunosligi   kabi   funksional
grammatik   jihatidan   ancha   o‘rganilgan   va   buning   natijasi   sifatida   tilimizda
ko‘pgina   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilgan.   Shuningdek,   hali   yechimini   topmagan,
izlanishni   talab   qiladigan   yo‘nalishlar   ham   bir   talay.   Shular   jumlasiga   yordamchi
so‘zlar   guruhini   keltirishimiz   mumkin.   Bu   turkumga   kiruvchi   so‘zlar   leksik,
grammatik   va   pragmatik   jihatdan   boshqa   so‘z   turkumlari   kabi   bir   qancha
ustunliklarga ega. Jumladan, tarixiy jarayonga e’tibor qaratilsa, ko‘makchilar turli
davrlarda   turli   shakllarda   qo‘llanilgan.   Buning   natijasi   o‘laroq,   ko‘makchilar   o‘z
lug‘aviy ma’nosini va shaklini o‘zgartirishga ham ulgurgan. Turdi Rustamov “Sof
ko‘makchilar” monografiyasida bu turkum so‘zlarini tarixiy yoki tarixiy – qiyosiy
aspektda   o‘raganish   maqsadga   muvofiqligini,   shuning   uchun   ham   o‘zbek   tilidagi
ko‘makchilar   rus   tili   predloglariga   qiyosan   o‘rganilganligi   va   turkiy   tillardagi
ko‘makchilar   o‘zaro   qiyoslab   o‘rganilganligini   aytib   o‘tadi.   Tilimizda   mavjud
bo‘lgan ko‘makchi turkumiga oid birliklar kelib chiqishi jihatidan ot, ravish   yoki
fe’l   turkumiga   borib   taqaladi.   O‘zbek   tilidagi   ko‘makchilar   ham   tarixan   mustaqil
turkumga   oid   so‘zlardan   kelib   chiqqan. 3
  Tilshunosligimizda   yordamchi   so‘z
turkumlari   Sh.Sh.Shoabdurahmonov,   R.Rasulov,   S.Karimov,   R.Qo‘ng‘urov,
M.Qurbonov,   N.Ernazarov,   A.B.Pardayevlar   tomonidan   tadqiq   etilgan.
Tadqiqotlarda   yordamchi   turkumlar   haqida   turlicha   fikrlar   keltirilgan   bo‘lib,
yordamchi  turkumlarning grammatik vazifalari, turlari haqidagi qarashlari muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar jonli so‘zlashuv va adabiy
til   jarayoni   natijasida   vujudga   kelgan.   Tilimizdagi   ko‘makchilarning   tadrijiy   –
taraqqiyoti   ularni   turli   turkumdan   hosil   bo‘lganligini   ko‘rsatadi.   Tadqiqotimizda
ko‘makchilarning   o‘rganilishi,   ularning   turkumlararo   munosabati   haqida   fikrlar
keltirilgan. Bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chib o‘tishi uchun ma’lum tarixiy
jarayon   lozim   bo‘lib,   boshqa   turkumga   o‘tayotgan   so‘z   dastlabki   turkumdagi
grammatik   va   leksik   ma’nolarini   batamom   yo‘qotishi   kerak.   Ot,   olmosh,   fe’l,
2
 Азизов О. Тилшуносликка кириш. - Тошкент.: Ўкитувчи 1996. – 176 б.
3
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент.:  Фан, 1991,  120-бет.
3 ravish   turkumiga   oid   so‘zlar   yordamchi   so‘zlardan   biri   hisoblanmish
ko‘makchilarga   ko‘chgan.   Bu   jarayon   hali-hanuz   davom   etayotganligi   sababli
tilimizning   leksik   qatlamida   o‘zgarishlar   doimiy   ko‘zga   tashlanib   turibdi.
Turkumdan  turkumga   ko‘chish   natijasida   boshqa   tillarga   xos   leksik   birliklar   ham
ko‘makchilashganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Bu   jarayonni   O‘TIL   va   etimologik
lug‘at   orqali   ko‘rsatib   berishga   harakat   qilindi.   Misollar   badiiy   asar   tarkibidan
olindi.   Ko‘ makchilarning   til   tizimida   tutgan   o‘rni   xususida   A.Kononov,
A.G‘ulomov,   S.Muttalibov,   A.Hojiyev,   U.Tursunov,   H.Berdiyorov,   T.Rustamov,
H.Ne’matov,   J.Hamdamov,   A.Pardayev   va   boshqalar   hamda   ayrim   internet
materiallariga   tayanib   aytish   mumkinki,   ko‘makchilar   tarixan   mustaqil   so‘zlar
hisoblanib,   o‘z   leksik   ma’nolariga   ega   bo‘lgan,   ammo   davrlari   o‘tishi   bilan   bu
leksik ma’nolarni yo‘qotib,  ularning ma’lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday
grammatik shakllarni qabul qilmaydigan holga kelib qolgan, o‘zidan oldin kelgan
so‘zlar   bilan   birgalikda   vosita,   maqsad,   sabab,   vaqt,   makon,   obyekt,   o‘xshatish,
payt, masofa, yo‘nalish singari grammatik ma’nolarni ifoda etadigan va yordamchi
vosita   sanaladigan   til   birliklaridir.   Ular   nutqda   so‘zlarni   o‘zaro   bog‘lovchi
grammatik   vositadir.   Shuningdek,   grammatik   vosita   bo‘lish   jarayonida   ularda
ma’lum grammatik ma’nolar ham shakllanadi. Bu grammatik ma’nolarni anglatish
imkoniyatlari   o‘zidan   oldin   kelgan   so‘zlarga   bog‘liq   bo‘ladi.   Buning   ustiga
ko‘makchilar   bo‘lmasa,   oldin   kelgan   so‘zning   o‘zi   ham   ana   shu   ma’nolarni   bera
olmaydi.   Faqatgina   ularning   birikuvigina   bu   ma’nolarni   keltirib   chiqarishi
mumkin.   Garchi   o‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarning   grammatik
xususiyatlarini   diaxronik   va   sinxronik   yo‘nalishda   tekshirishga   bag‘ishlangan
tadqiqotlar   yetarli   darajada   bo‘lsa-da,   biz   qarab   chiqqan   manbalardan   shu   narsa
ma’lum   bo‘ldiki,   o‘zbek   tilidagi   ko‘makchilarning   funksional   xususiyatlarini
o‘rganishga   oid   hatto   maqola   harakteridagi   kuzatishlar   ham   barmoq   bilan
sanarliligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
4 Tadqiqot   ob’ekt i.   O‘zbek   tilining   izohli     lug‘ati   va   badiiy   asarlardagi
ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanilib   kelayotgan   va   ko‘makchilashayotgan   so‘zlar
tanlandi. Ularning funksional xususiyatlar va semantik ma’nolari ochib berildi.
Tadqiqot   predmeti.   Tilimizda   ko‘makchilashgan   va   ko‘makchilashish
jarayonida   bo‘lgan   yuzdan   ortiq   so‘zlarning   o‘zaro   munosabatini   aniqlashdan
iborat.
Magistlik   ishining   maqsadi   va   vazifalari.   Magistrlik   dissertatsiyasida
ko‘makchilarga   funksional   differensial,   vazifaviy   chegaralanganlik   nuqtayi
nazaridan   munosabatda   bo‘lish,   ularga   nafaqat   grammatik   birlik,   balki   nutqiy
ta’sirchanlik   vositasi   sifatida   qarash   hamda   maqsadga   muvofiq   tarzda   tanlash   va
foydalanishning   yo‘llarini   tahlil   qilish,   ularni   nutqdagi   emotsional   –   ekspressiv
ma’no   ottenkalarini   aniqlashga   harakat   qilish   hamda   bunda   nutqning   og‘zaki   va
yozma shakllarini o‘rganish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   O‘zbek   tilshunosligida   vazifadosh
ko‘makchilarning   funksional   xususiyatlari   o‘rganildi,   bu   jihat   monografik   rejada
tadqiq   etiladi;   ko‘makchilarni   o‘zaro   va   kelishik   qo‘shimchalari   bilan     qiyoslash
orqali so‘z ma’nolarining taraqqiyoti belgilanadi; ko‘makchili mikrotizimni leksik
–   semantik   guruhlab   o‘rganish   orqali   ularning   rivojlanishi,   ma’no   taraqqiyoti
haqida muayyan ilmiy xulosalar chiqarildi. 
Ishda quyidagi natijalarga erishildi: 
- O‘zbek tilida ko‘makchilar maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganildi;
- Ko‘makchilar diaxron va sinxron aspektda tahlil qilindi;
- Sof va vazifadosh ko‘makchilarning badiiy matn(nasr va nazm) tarkibidagi
stilistik, semantik xususiyatlari o‘rganildi;
- O‘zbek tilining izohli lug‘ati( 5 tomli) tarkibidagi funksional ko‘makchilar
o‘rganildi, ularning leksik va grammatik ma’nolari tahlil etildi;
- Ko‘makchilarda grammatikalashuv hodisasi tahlil etildi;
- Ko‘makchilashayotgan so‘zlarning stilistik xususiyatlari tahlil qilindi.
5 Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.   O‘zbek tilining izohli lug‘ati
asosiy tadqiqot obyekti vazifasini o‘tadi. 4
  Bulardan tashqari, badiiy asar matnidagi
mavzu   bilan   bog‘liq   leksik   birliklarni   tahlil   qilishda   etimologik   lug‘at,   maktab
darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalaridan   foydalandik.   Dissertatsiya   mavzusi   Samarqand
davlat   universiteti   o‘zbek   tilshunosligi   kafedrasining   «O‘zbek   tili   birliklarining
funksional-pragmatik va semantik-uslubiy tahlili (sinxron va diaxron aspekt)» deb
nomlangan   tadqiqot   rejasi   tarkibiga   kiradi.   Ushbu   mavzu   mazkur   kafedra
tomonidan   magistrlik   dissertatsiyasi   uchun   tavsiya   etilgan   va   fakultet   Ilmiy
kengashida     tasdiqlangan.   Dissertatsiya   Samarqand   davlat   universiteti   filologiya
fakulteti,   “O‘zbek   tilshunosligi”   kafedrasi   yig‘ilishida   muhokama   etilib
tadqiqotning   asosiy   mazmuni   bo‘yicha   respublika   va   xalqaro   miqyosidagi   ilmiy
jurnal va to‘plamlarda 5ta maqola e’lon qilindi.
Tadqiqot   mavzusi   bo‘yicha   adabiyotlar   sharhi.   Bizga   ma’lumki,   o‘zbek
tilida   ko‘makchilar   keng   tadqiq   etilgan.   Jahon   tilshunosligida   ko‘makchilarning
o‘rganilishi   hind   amaliy   tilshunosligining   vakili   Panini,   Yaski(eramizdan   avvalgi
V-IV asrlar) nomlari bilan bog‘liq. Ular 3-so‘z turkumi sifatida   old ko‘makchilar
(Upasargo)ni ajratadilar. Ular ko‘makchilarga otlarning va fe’llarning ma’nolarini
ko‘rsatuvchi   so‘zlar   deb   baho   beradilar.   Ko‘makchilar   o‘zlari   biror   ma’no
anglatmay,   ot   yoki   otlashgan   so‘zlarga   birikib,   gap   bo‘laklarining   bir-biriga
bo‘lgan   munosabatlarini   ifodalovchi   yordamchi   so‘zlardir.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy
tilidagi   ko‘makchilarni   lingvistik   tahil   qilishga   bag‘ishlangan   dastlabki   ishlardan
biri   H.Berdiyorovning   “Hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiy   tilida   so‘ng   ko‘makchilar”
mavzusidagi   nomzodlik   dissertatsiyasidir.   Bu   o‘rinda   mazkur   ishdagi   fikrlarga,
T. Rustamovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar”, “Sof ko‘makchilar”
singari   monografiyalariga   tadqiqot   mavzusi   nuqtayi   nazaridan   munosabat
bildirilgan.
4
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008.
6 O‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarning   lingvistik   tabiatini   o‘rganishga
bag‘ishlangan   tadqiqotlar   mavjud   bo‘lib,   magistrlik   dissertatsiyasida   ulardagi
ayrim fikrlar tahlil qilinadi. 5
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.   Tadqiqotning meto d ologik
asosini   til   hodisalari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   dialektik   ta’limot   va   qiyosiy-tarixiy
metod   tashkil   etadi.   Shuningdek,   ishda   foydalanilgan   manbalardagi   grammatik
qiyosiy   tavsif   usullari   ham   qo‘llanilgan.   Ishda   yana   funksional-semantik   hamda
matniy tahlil metodlaridan ham foydalanildi. Shuningdek, tilimiz tarixini o‘rganish
borasida   tadqiqotlar   olib   borgan   tilshunoslar     V.V.Radlov,   A.N.Samoylovich,
S.E.Malov,   A.M.Shcherbak,   N.A.Baskakov,   E.N.Nadjip,   A.K.Borovkov   kabi
ko‘pgina   rus   olimlarining,   G‘.Abdurahmonov,   E.I.Fozilov,   U.Tursunov,
B.O‘rinboev,   O.Usmonov,   S.Ashirboev,   Q.Sodiqov,   Q.Mahmudov   kabi   o‘zbek
tilshunoslari   shu   yo‘nalishda   olib   borgan   ishlaridagi   tadqiq   metodlariga   ham
asoslanildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.   Magistrlik ishi  ko‘p jihatdan
izohli,   etimologik   lug‘atlarni   tuzishda   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Tadqiqotning
ilmiy   xulosalari   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   ko‘makchilar   mavzusida   yaratilgan
mavjud ishlarni nazariy jihatdan boyitadi. Tadqiqotning ilmiy natijalaridan o‘zbek
tili   korpusini   yaratishda,   oliy   o‘quv   yurtlarida   ko‘makchilar   stilistikasi
masalalariga   bag‘ishlangan   maxsus   kurs   va   seminarlarni   tashkil   etishda
foydalanish mumkin.
Magistrlik   dissertatsiyasi   tuzilmasining   tavsifi.   Dissertatsiya   kirish,   uch
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5
 Бердиёров Ҳ. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида сўнгкўмакчилар: Филология фанлари номзоди илмий 
даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Самарканд.1949. – 134 б.
7 I BOB.  KO‘MAKCHILARNING   O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA
O‘RGANILISHI
1.1 Ko‘makchilar va ularning o‘rganilishi
       So‘z turkumlarining o‘rganilishi uzoq tarixga ega. So‘zlarni turkumlarga bo‘lib
o‘rganish qadim davrlarga borib taqaladi. Inson o‘z hayotini qulaylashtirishga har
doim intilib kelgan. Bu nafaqat, kundalik hayotda, balki, fan doirasida ham ko‘zga
tashlanadi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda ham shu qonuniyat va zarurat   asosiy
me’zon bo‘lgan. Ko‘makchilar hind tilshunoslari  tomonidan miloddan avvalgi  V-
IV asrlarda o‘rganilgan. 6
 Turkiy tillarda ko‘makchilar mustaqil so‘z turkumlaridan
rivojlangan.   Jumladan,   O‘rxun-Enasoy   yodgorliklarida   ko‘makchilar   juda   kam
sonni   tashkil   qilganligi,   lekin   shunga   qaramasdan,   bu   yodgorliklarda   ham
ko‘makchi turkumi mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.  
     M:   O‘rung  sut   bila  kirsa ezgu qiliq
                O‘lim tutmag‘uncha evurmas yo‘ruq (vosita )      yoki
     Uchinchi  xirad  –  ul ulug‘liq bila
                To‘rtinchi  qanoat va ofiyat bila. 7
( QB 58-bet) 
  XI asrga oid “Devonu lug‘otit-turk”, ”Qutadg‘u bilig” asarlarida ko‘makchilarning
soni   ancha   ortgani,   yozma   manbalardan   ma’lum   bo‘lishicha,   XII-XIII   asrlarda
turkiy   tillarda,   jumladan,   o‘zbek   tilida   ham   ko‘makchilar   guruhi   yanada
kengayganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Biz   yaxshi   bilamizki,   so‘zlarni   turkumlarga
ajratishda   eng   oddiy   belgilar   asosiy   o‘rin   tutadi:   1)   So‘roq   anglata   olish   yoki
anglata   olmaslik;   2)   Gap   bo‘lagi   vazifasida   kela   olish   yoki   kela   olmasligi;
3) Leksik ma’no anglata olishi yoki anglata olmasligi.  Asosan   ot   va   otlashgan
so‘zlarni   fe’l   (ba’zan   otlashish   xususiyatiga   ega   bo‘lgan   mustaqil   so`zlarga)   tobe
bog‘lash   uchun   xizmat   qiladigan   yordamchi   so‘z   turkumi   (oraliq   uchinchi)
ko‘makchi hisoblanadi.   
M:   Ashur   kal   eskilik   sarqiti   sifatida   nosdan   voz   kechib,   zamonaviylikka
6
 Usmonov S. Umumiy tilshunoslik – T.,1972.  11- bet  .
7
 Юсуф Хос Хожиб.Кутадғу билиг(Саодатга йўлловчи билим).Фан,Тошкент,1971, 58 – бет.
8 intilib  sigaretga  o‘tibdi. 8
  (E.A’zam,   Anoyining  jaydari   olmasi,  5-bet) .   Badiiy  asar
tarkibidan olingan misolda sifatida so‘zi yordamchi turkumga oid vazifa bajargan.
Sifatida lek s ik birligi   sifat   so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, izohli lug‘atda uning olti
xil   ma’nosi   keltirilgan.   Sifatida   –   vazifasida,   o‘rnida,   =dek.   B ir   adib   sifatida
aytishim mumkinki, bunday fazilatga erishish oson emas. S.Karomatov, Oltin qum.
Men   telepatiyaga   ishonaman.   G‘arbda   telepatiya   maxsus   fan   sohasi   sifatida
o‘rganilayotgan  emish.  O‘.Hoshimov,  Qalbingga  quloq sol. 9
     O‘TILning   sifatida
so‘ziga   bag‘ishlangan   maqolasining   oltinchi   ma’nosida   ko‘makchilik   xususiyati
yoritilishi   lozim   edi.   Chunki   lug‘atda   keltirilgan   yuqoridagi   ta’rifda   to‘liq
ko‘makchilik   xususiyatini   namoyon   qilgan.   Ko‘makchilar   frazemalarni
shakllantirishda   ham   faol   ishtirok   etadi.   Yuqoridagi   misolimizda   barqaror
birikmaning shakllanishiga   sifatida   leksik birligi ko‘maklashgan. Turdi Rustamov
bu   ko‘makchi   XX   asrdan   boshlab   qo‘llanilganligini,   bosh   kelishikdagi   otlarga
birikib holat, obyekt ma’nolarini ifodalashini aytib o‘tgan. Turkumiga ko‘ra tarixan
sifat   –   ot   so‘z   turkumiga   oiddir.     Bir   turkumga   oid   leksik   birlikning   boshqa
turkumga   ko‘chishida   ma’lum   morfologik   shakllari   o‘zgaradi   yoki   alohida
morfologik   shakllarga   ega   bo‘ladi.   M:   Butun   sud   davomida   u   ishni   harchand
yengillashtirishga   urinmasin   (otaning   ko‘kragidagi   medallar,   onaning   og‘ir
yotgani   to‘g‘risidagi   spravkalar   va   boshqa   ijobiy   qog‘ozlarning   xizmati   tufayli
bo‘lsa   kerak)   ayblanuvchining   o‘zi   ungan   sari   battar   chalkashtirar   edi   (O‘sha
asar).   Morfologik   shakllarga   kelishik,   egalik   kategoriyasi   kiradi.   Barchamizga
ma’lumki,   ko‘makchilar   yasalmaydi.   Ko‘makchilarda   tuslanish   xususiyati   ham
yo‘q, faqatgina tobe+hokim munosabatining yuzaga chiqishiga ko‘maklashadi. M:
eskilik sarqiti sifatida   nosdan voz kechib \\ eskilik sarqiti  sifatida-tobe qism,   voz
kechmoq-hokim   qism.   Ko‘makchilar   tarixan   mustaqil   so‘zlar   bo‘lgan   bo‘lsa-da,
hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   leksik   ma’nosini   yo‘qotgan   tur   hisoblanadi.
Grammatik ma’no va grammatik vazifaga ega. Ko‘makchilar o‘zi bog‘lanib kelgan
8
  Мисоллар Эркин Аъзамнинг  “ Олам ям - яшил ”  Хикоялар .- Т .: Адабиёт ва санъат нашриёти ,1984.-160  б 
олинди .       (  Кейинги ўринларда олинган мисолларда саҳифа кўрсатилади).  
9
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,.   III том   С харфи 528-бет
9 so‘zdan   keyin   kelib   turli   munosabatlarni   ifodalash   uchun   xizmat   qiladi.   O ‘ zbek
tilida   yordamchi   so ‘ zlar,   shu   jumladan,   ko ‘ makchilar,   shakliy-funksional
tomondan   ancha   o ‘ rganilgan.   XX   asrning   20-yillarida   yaratilgan   Abdurauf
Fitratning   “Sarf”; M.Qori,   Q.Ramazon,   Sh.Zunnunlar muallifligida nashr qilingan
“O ‘ zbekcha til saboqlig ‘ i”    asarlarida  bog ‘ lovchi atamasi keltirilmaydi.   Bu turdagi
so ‘ zlar   “ko ‘ makchi”   deb   yuritiladi.   Abdurauf   Fitrat   tag‘in,   daxi,   bilan,   ila,   la,
hamda   biriktiruv   bog‘lovchilarini     qabatlov     ko‘makchilari   deb     nomlagan.
Tilshunoslik   asarlarida   bog‘lovchilarning   ifodalanishini     o‘rgangan   tadqiqotchi
J.Qodirov     “O‘zbek   tili   saboqlig‘i”ning   IV   bobida   yuqoridagi   bog’lovchilarning
ko‘makchilar  deb yuritilganligini aytib o‘tadi. Zidlov bog‘lovchilarini – “chiqarish
ko‘makchisi”,   “ters   ko‘makchilar”   deb   nomlagan   bo‘lsa,   ayiruv   bog‘lovchilari
alohida ajratilmagan 10
ligini ko‘rishimiz mumkin ekan.     Professor Hamid Ne’matov
ko‘makchilarni   yordamchi   so‘zlar   sistemasiga   kiradi   degan   qarashda   ham
ikkilanishlar   mavjud   deydi.   Yordamchi   so‘zlar   mustaqil   so‘zlardan   kelib
chiqqanligini   va   ularni   “mustaqil   yordamchi   so‘zlar”   ekanligini ,
Sh.Shoabdurahmonov   esa   ko‘makchi   obyektning   obyektga   yoki   obyektning
predikatga   bo‘lgan   munosabatini   ko‘rsatuvchi   so‘zligini   aytib   o‘tadi.
Ko‘makchilarning   til   tizimidagi   tutgan   o‘rni   xususida   A.Kononov,   A.G‘ulomov,
S.Mutallibov,   A.Hojiyev,   U.Tursunov,   H.Berdiyorov,   T.Rustamov,   H.Ne’matov,
J.Hamdamov,   A.Pardayevlar   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borishgan.   Jumladan,
H.Berdiyorovning   «Hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiy   tilida   so‘ng   ko‘makchilar»
(Samarqand,   1949)   deb   atalgan   nomzodlik   dissertatsiyasi   ikki   qismdan   iborat.
Uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan
yordamchi   so‘zlarning   kelib   chiqishi,   so‘ng   ko‘makchilarning   grammatik   va
relivatsion   ahamiyati   hamda   ular   bilan   qo‘shimchalar   o‘rtasidagi   munosabatlar
masalasiga   to‘xtalib   o‘tilgan,   2-qismida   esa   bevosita   so‘ng   ko‘makchilarning
grammatik   tabiati   yoritilgan.   Ular   asl,   ravish,   ravishdosh,   chog‘ishtirma   so‘z   va
10
 Qodirov J. XX asr boshlaridagi tilshunoslik asarlarida bog‘lovchilarning ifodalanishi va izohlanishi. Ajiniyoz 
nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining fan, ta’lim va tarbiya masalalarini rivojlantirishdagi o‘rni. 
Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. – Nukus, 2010. 260 b.
10 affiks   so‘ng   ko‘makchilar   tarzida   guruhlarga   bo‘lib   o‘rganilgan.   Ko‘makchi   otlar
keng   yoritilgan.   Ko‘makchilar   tarixan   mustaqil   so‘zlar   hisoblanib,   o‘z   leksik
ma’nolariga ega bo‘lgan, ammo davrlar o‘tishi bilan bu leksik ma’nolarni yo‘qotib,
ularning ma’lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul
qilmaydigan   holga   kelib   qolgan,   o‘zidan   oldin   kelgan   so‘zlar   bilan   birgalikda
vosita,   maqsad,   sabab,   vaqt,   makon,   obyekt,   o‘xshatish,   payt,   masofa,   yo‘nalish
singari   grammatik   ma’nolarni   ifoda   etadigan   va   yordamchi   vosita   sanaladigan   til
birliklaridir .   M:   “Bepoyon   yurt”   kinochilarining   quyuq   o‘rmon   qo‘ynida
joylashgan bu istirohat maskaniga yosh ssenariynavis Farhod Ramazonov ilk bor
rostakamiga qadam qo‘yishi edi . 11
    Qo‘yin leksemasi  ot turkumiga oid bo‘lgan va
bugungi   kunda   ko‘makchilashayotgan   birlik   hisoblanadi.   O‘zidan   oldin   kelgan
o‘rmon   leksemasi   va   qo‘yin   birligi   o‘xshatish   ma’nosini   ifodalashi   bilan   birga
o‘rmon   qo‘ynida(tobe   qism)   joylashgan(hokim   qism)   birikmasini   hosil   qilyapti.
Sintaktik   birlikni   shakllantirgan   qo‘yin   tobe   munosabat   ifodalash   uchun   xizmat
qilgan.   Bundan   tashqari,   qo‘yin   o‘zidan   oldin   kelgan   o‘rmon   leksemasi   bilan
birgalikda   nutqiy   ta’sirchanlik   vositasi   vazifasini   bajargan.   H.Berdiyorov   o‘z
tadqiqotlarida   hozirgi   o‘zbek   tilshunosligida   qo‘llanilib   kelayotgan   ko‘makchilar
o‘zi   birikib   kelayotgan   so‘zning   semantik   ma’nosining   reallashuviga(o‘rmon
qo‘yni)   doir   qarashlarini   bayon   qiladi.   Ko‘makchilarni   old   va   so‘ng
ko‘makchilarga ajratadi. 
Turdi   Rustamov   “Sof     ko‘makchilar”   (O‘zbek   tili   sof   ko‘makchilarining
tarixiy   taraqqiyoti)     mavzusidagi   monografiyasida   ko‘makchilar   gap   bo‘laklarini
bog‘lovchi   (tobe)   va   grammatik   ma’nolarni   ifodalash   uchun   xizmat   qiluvchi
leksik-grammatik   kategoriya   ekanligini   aytib   o‘tadi.     Bu   monografiyada     o‘zbek
tilida   uchrovchi   sof   ko‘makchilarning   XIII   -   XX   asrlardagi   shakllari   yozma
yodgorliklar   asosida   o‘rganilgan   bo‘lib,   bu   davr   3   guruhga   bo‘lingan   va   mos
ravishda   davr   yozma   yodgorliklari   asosida   ko‘makchilar   tadqiq   etilgan.
T.Rustamov   ko‘makchilar   so‘z   ekanligini,   ular   o‘z   urg‘usiga   ega,   qolaversa,
11
  Эркин   Аъзам ,   Шовқин .   Роман .  Қисса . Ҳикоялар   Тошкент - “O‘zbekiston” – 2011
11 mustaqil   ma’noli   so‘zlarga   bemalol   birikishi,   ko‘makchili   so‘z   birikmasini   hosil
qilishi   haqida   alohida   to‘xtalib   o‘tadi.   Monografiyada   A.N.Kononov   va   hozirgi
o‘zbek   tili   grammatikalaridagi   manbalarga   tayanilgan.   T.Rustamov   o ‘ z
monografiyasida   ko‘makchilarning   XII-XX   asr   yodgorliklari   tili   bilan   solishtirib
chiqadi.   Ko ‘ makchilar   3   guruhga   bo ‘ lib   o ‘ rganilgan.   1)   XII-XIV   asr   yozma
yodgorliklari;     2)   XV   –XVI   asr   yozma   yodgorliklari;   3)   XVII-XX   asr   boshlari
yozma yodgorliklari. Bu davr  ichida muallif 1000 yillik materiallarni o‘rgandi  va
xulosalar   berdi.   Ko ‘ makchi   so ‘ zlarning   faqatgina   dialektal   xususiyatlari   bilan
to ‘ xtalib   qolmasdan,   turkman,   chuvash,   qozoq   tilidagi   ko ‘ makchilar   bilan
solishtirdi.  T. Rustamov o ‘ z ishida :  “Ko ‘ makchilar so ‘ zmi?”,  “ Ularda leksik ma ’ no
bormi?”   -   degan   savollarga   javob  berishga   harakat   qilgan.   Hozirgi   o‘zbek  adabiy
tilida mavjud bo‘lgan va ko‘makchilashish jarayonida bo‘lgan ko‘makchilarni so‘z
deyish   kerakmi?   Buni   aniqlash   uchun   biz   ko‘makchilarning   etimologiyasi   va
tarixiy-tadrijiy   taraqqiyotini   o‘rganishimiz   kerak.   Bu   esa   tilshunosligimizda
yangidan-yangi   tadqiqotlarning   yuzaga   kelishiga   asos   bo‘ladi.   Dastlab   biz   “so‘z”
atamasiga   diqqatimizni   qaratamiz.   Bir   guruh   olimlar   ko‘makchilarning   so‘z
ekanini   tan   olmasligini,   lekin   bu   xato   fikr   ekanligi   asoslab   beradi.   “Yordamchi
so‘zlar”   deb   ishlatishimizni,   lekin   ularning   so‘z   sifatida   tan   olmasligimizni;
ko‘makchi   so‘zlar   ham   mustaqil   so‘z   turkumlaridan   kelib   chiqqanligini   rad
etmasdan,   ularning   so‘z   ekanligini   rad   etishimizni   aytib   o‘tadilar.   Lekin
ko‘makchilarning so‘z ekaniga shubha qiladilar. Vaholanki, ot-ko‘makchilar, sifat-
ko‘makchilar,   ravish-ko‘makchilar,   fe’l-ko‘makchilar   deyilgan   atama   har   qanday
ko‘makchini   qaysi   so‘z   turkumlariga   taalluqli   ekanini   qayd   etishdir.   Bu   holatni
A.Pardayev   quyidagicha   izohlaydi:   “Nafaqat   ko‘makchilarni,   balki   boshqa
yordamchi   so‘zlarni   ham   so‘z   deb   hisoblamaslik   “so‘z”   atamasini   “leksema”
tushunchasi   bilan   almashtirishdan   kelib   chiqqan…”. 12
  Shu   o‘rinda   lug‘atlarga
murojaat   qilamiz.   Azim   Hojiyev   “leksema”     va     “so‘z”ni,   leksema   -   lug‘aviy
ma’no  anglatuvchi   unsur, so‘z  -  leksemaning  shakl  va  mazmun  bilan voqelangan
12
 Пардаев А. Ўзбек тили ёрдамчи сўзларнинг лингвистик табиатига доир айрим мулохазалар // Қарақалпақ 
мəмлекетлик университетиниң хабаршыси; Нукус, 2011. –№ 1-2(10-11). –Б. 93-96.
12 ko‘rinishi” 13
,-ekanligini izohlaydi. O.S.Axmanova esa   “Словарь лингвистических
терминов”     lug‘atida “slovo” (Glossa)  Ingliz tili. So‘z,   fr. mot, ispan palabra. 1.
Fikrlash predmeti  bilan haqiqatning berilgan “bo‘lagi”ning umumlashtirilgan aksi
sifatida   to‘g‘ridan   -   to‘g‘ri   o‘zaro   bog‘liqlikka   qodir   bo‘lgan   va   bunga
yo‘naltirilgan   (ko‘rsatuvchi)   jumlaning   cheklovchi   komponenti.   Natijada,   so‘z
ma’lum bir leksik yoki moddiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
2.   (erkin   shakl).   1   qiymatdan   farqli   o ‘ laroq   potentsial   minimal   jumlalar   faqat
sintaktik ravishda k o‘ rib chiqiladi.   
A)   morfologik   tuzilishi   va   o‘zgarishi   bo‘yicha   farqlang:   so‘zlar   asosiy   (oddiy,
antiderivativlar,   ildiz),   hosilalar,   ishlab   chiqaruvchi,   murakkab,   o‘ta   murakkab
(murakkab),     birikma   qisqartirilgan…   f)   tomonidan   adabiy   tilga   munosabat”. 14
Bundan ko ‘ rinib turibdiki, Axmanova so ‘ zga 2 xil ta ’ rif bergan: 
1.Oxirgi chegara   (fikrni ifodalash);
2.   Erkin (sintaktik planda qaraladigan minimum).
“Leksema” ga quyidagicha ta’rif beradi:  Lexema (glossema) ing. leksema. 
1. So‘z tarkibiy element sifatida so‘z turi sifatida til (so‘z a’zosidan farqli o‘laroq,
ya’ni og‘zaki birlik, nutq jarayonida ajralib turish); 
2.   (monema).   Semantik   mazmunini   uning   sintaktik   qurilishidan   ham,   uning
tarkibiy   elementlari   semantikasidan   ham   olish   mumkin   bo‘lmagan   har   qanday
birikma birligi. 15
 O‘zbek tilshunos olimlarimiz ham bu borada atroflicha izlanishlar
olib   borgan.   “Darhaqiqat,   bu   sharhlarda   so‘zning   leksema   deb   atalishi,
leksemaning   esa   lug‘aviy   ma’no   anglatuvchi   unsur   hisoblanishi   yordamchi
so‘zlarni so‘z deb atashga raxna soluvchi fikrlardir. Chunki yordamchi so‘zlarning
lingvistik tabiati ularni lug‘aviy birlik sifatida qarashga imkon bermaydi”. 16
  
    M:   O‘ng   qanotda   saf   tortgan   oldi   ochiq   oshxona,   ombor,   somonxona-yu
sayisxonalar   tarafdan   tosh   terilgan   yo‘lka   bo‘ylab   oltmish   besh   yoshlardagi
13
 Ҳожиев А.Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.Ўз МЭ .Тошкент.2002.164-бет.
14
  О. С. Ахманова  Словарь лингвистических терминов издательство;Советская энциклопедия,Москва-1966.
15
 О. С. Ахманова  Словарь лингвистических терминов издательство;Советская энциклопедия,Москва-1966.
16
 Пардаев А.  Ў збек тили ёрдамчи сўзларнинг лингвистик табиатига доир айрим мулохазалар // Қарақалпақ 
мəмлекетлик университетиниң хабаршыси; Нукус, 2011. –№ 1-2(10-11). –Б. 93-96.
13 devqomat,   vajohatli   bir   odam   kelmoqda.(Aralashqorgon,   4-bet).   Misolimizda
keltirilgan  qanot  ko‘makchi vazifasini bajarsa-da, hali to‘laligicha yordamchilashib
ulgurmagan.   Bu leksema qush va hasharotlarda uchish vazifasini bajaruvchi organ.
Biz   keltirgan   misolda   tomon   sof   ko‘makchisiga   sinonim   tarzda   qo‘llanilgan.
So‘zning   mohiyatini   belgilashga   doir   fikrlar   Z.Isoqovda   quyidagicha   keltirilgan:
“Ma’lumki,   tildagi   biror   bir   hodisaning   zohiriy   belgilari   tavsifi   ma’lum   bir
bosqichga   ko‘tarilgach,   shu   hodisalarning   bir-biriga   munosabati,   bu
munosabatlarning   o‘ziga   xosligini   ochish   jarayoniga   zamin   yaratadi.   Qolaversa,
lingvistik   sath   tushunchasining   paydo   bo‘lishi     va   sathlararo   darajaviy
munosabatga   e’tiborning   kuchayishi,   har   bir   quyi   sath   birligining   funksiyasi
o‘zidan bir daraja yuqori sath birliginin tarkibida namoyon bo‘lishining tan olinishi
so‘zning mohiyatini  belgilashga ham  qulay imkoniyat yaratadi. 17
  Demak, ma’lum
bir   leksik   birlik   o‘zidan   yuqori   sathdagina   o‘z   leksik   va   grammatik   belgisini
to‘laligicha ochib beradi. Qanot leksemasining izohi keltirildi, bu izoh leksik sath
uchungina,   matn   yoki   ma’lum   bir   gap   tarkibida   biz   uni[qanot]   tahlilga   tortar
ekanmiz,   qanot   ko‘makchi  vazifasini  bajarayotganligining guvohi bo‘lamiz.   O‘ng
qanotda(tomon)  +  saf tortmoq = ko‘makchili tobe bog‘lanish, boshqaruv yo‘li bilan
hosil   qilingan.   Professor   Azamat   Pardayev   so‘z   bilan   bog‘liq   munozara   va
bahslarning   ko‘pligi,   bugungi   tilshunosligimizda   so‘z,   so‘z   turkumi,   yordamchi
so‘zlar   kabi   masalalarda   bir   to‘xtamga   kelish   kerakligi   muhim   ekanligini   aytib
o‘tadilar.   Bu   orqali   olim   “…so‘z   muhim   lingvistik   birlik,   yordamchi   so‘zlarning
so‘z turkumi paradigmasidagi o‘rni mustahkam” 18
,- ekanligini ta’kidlaydi.  Bundan
kelib   chiqadiki,   k o ‘ makchining   leksik   ma ’ nosi   o ‘ zi   birikib   kelayotgan   mustaqil
ma ’ noli   so ‘ zning   leksik   ma ’ nosiga   bog ‘ liq   ekan .   T.   Rustamov     mustaqil   va
yordamchi   so ‘ zlarda   leksik   va   grammatik   ma ’ no   mavjudligi,   biroq   bu   ularning
mustaqil   ma ’ noli   so ‘ zlardagi   kabi   leksik   va   grammatik   ma ’ no   hosil   qiladi   degan
fikr  kel tir ib chiq ar masligini aytadilar.   Rustamov ko‘makchilarda ot-ko ‘ makchilar,
17
 Исоқов З. Сўз туркумлари системасида ёрдамчи сўзлар, //  Ўзбек тили ва адабиёти , 2002. - № 2,  - Б. 72-74.
18
 Пардаев А., Қурбонов С. Сўз таърифи хусусида // «Интернаука»: научный журнал. Часть 2. – Москва, 
2017. - № 11(15).–С.95-97.
14 fe ’ l -   ko ‘ makchilar,   sifat - ko ‘ makchilar,   ravish - ko ‘ makchilar   bor   ekanligini   aytib
o ‘ tadi .   Bu   kabi   ko ‘ makchilar   mustaqil   so ‘ zlarga   birikib   so ‘ z   birikmasini   hosil
qilishi haqida aytadi.   Bizning fikrimizcha,   har doim ham mustaqil ma ’ noli so ‘ zga
birikkan   ko ‘ makchining   leksik   ma ’ nosi   yuzaga   chiqavermaydi.   T.Rustamov   esa
ko‘makchilardagi   leksik   ma’no   ular   mustaqil   ma’noli   so ‘ zlarga   birikkandagina
paydo   bo‘ladi   deb   hisoblaydi.   Vaholanki,   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   sof
ko‘makchilar mustaqil urg‘uga ega emas.   Sof ko ‘ makchida urg ‘ u u birikkan so ‘ zga
qo ‘ shiladi .     Sof ko‘makchilar urg‘u olmaydi.   Urg‘u ko‘makchi bilan birga kelgan
mustaqil   so‘zning   oxirgi   bo‘g‘iniga   tushadi.   Shuning   uchun   ko‘makchi   ohang
tomonidan o‘zidan oldingi  so‘z bilan bir butunlikni tashkil  qiladi,   lekin yozuvda
ko‘makchi doimo ajratib yoziladi”. 19
  M: .  Shundan beri inson tinmayin
Shu  yer uzra  ter to‘kar hamon.
Yerni  go‘zal qilgani sayin
Go‘zal   bo‘lar   o‘zi   ham   inson. 20
(E.   Vohidov)   160-mashq.   Ko‘chiring.
Ko‘makchilarni   topib,   ostiga   chizing)   T.Rustamov   tadqiqida   esa   buning   aksi   –
urg ‘ u   ko ‘ makchiga   tush ishi   va   bu   uning   leksik   butunlik   ekanligini   ko ‘ rsat ishi
keltirilgan .   Shu   o ‘ rinda   aytish   kerakki,   ko ‘ makchilar   mustaqil   ma ’ noli   so ‘ zlarga
birikkandagina   o ‘ zi   birikkan   so ‘ z   bilan   birgalikda   qo ‘ shimcha   ma ’ noga   ega
bo ‘ ladi.
1.2.Ko‘makchilar tasnifi haqida yangicha qarashlar .  
Til   birliklarini   tahlil   qilish   jarayonida   har   bir   birlik   o‘ziga   zid   bo‘lgan   yoki
o‘xshash   birliklar   munosabati   orqali   tahlil   qilinadi.   Jumladan,   o‘zbek   tili   leksik
birliklari   mustaqil   va   yordamchi   leksemalarga   bo‘linadi.   A.B.Pardayevning
“O ‘ zbek tili yordamchi so ‘ zlarining lisoniy tizimdagi o ‘ rni va lingvopragmatikasi ”
19
  Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   7-sinfi   uchun   darslik.   To‘ldirilgan   va   qayta   ishlangan   4-nashri   ,Toshkent
«Ma’naviyat» 2017.
20
  Umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarining   7-sinfi   uchun   darslik.   To‘ldirilgan   va   qayta   ishlangan   4-nashri     Toshkent
«Ma’naviyat» 2017.(76-77-bet)
15 mavzusidagi   doktorlik   dissertatsiyasining   avtoreferati   bilan   tanishib   chiqish
jarayonida   yordamchi   so ‘ zlar,   jumladan,   ko ‘ makchilar   faqatgina   semantik-
grammatik   vazifa   bajarib   qolmasdan,   balki   funksional-stilistik   va   substansial-
pragmatik vazifa bajarib uslubiy l ikka qarab kengayayotganiga ham guvoh bo ‘ ldik.
O ‘ zbek   tili   morfologik   sathi   tarkibida   bo ‘ layotgan   o ‘ zgarishlarning   aksariyati
grammatikalizatsiya   asosida   boyib   borishi   haqida   tasavvurga   egamiz.   Ma’lumki,
ko‘makchilar   ishtirok   etgan   sodda   gaplar   mazmunan   murakkablashadi.   M:   Qani,
o‘sha   qalam?   Hechqursa,   sinig‘i   qayda?   Bu   kinoqissani   u   azob-iztiroblar
girdobid a,   ammo   erkin,   qushdek   erkin   yurgan   chog‘larida   yozgan   edi.     Gapning
semantik   strukturasini   murakkablashtiruvchi   ko‘makchi   funksiyasidagi   girdob   va
chog‘ birliklari o‘rniga kelishik affiksi bo‘lmish –da ni qo‘llaymiz.  M: Qani, o‘sha
qalam?   Hechqursa,   sinig‘i   qayda?   Bu   kinoqissani   u   azob-iztiroblar da,   ammo
erkin,   qushdek   erkin   yurgan da   yozgan   edi.       “O‘zbek   tili   yordamchi   so‘zlarining
lisoniy tizimdagi o‘rni va lingvopragmatikasi” mavzusidagi  tadqiqotda  yordamchi
so‘zlarda  grammatikalizatsiyaning  4  bosqichi   ajratilgan  bo‘lib,  ko‘makchilar  ham
bu jarayondan chetda qolmagan. Tilshunoslikda ko‘makchilashayotgan birliklar va
ularning nutqdagi vazifalariga doir turlicha qarashlar mavjud. Ularning ayrimlarini
keltirib o‘tishni joiz topdik.   1. Yordamchi so‘zlar ichida yuklama va ko‘makchilar
pragmatik   botiniy   ma no   ifodalashda   eng   sermahsul   vositalardan   hisoblanadi.ʼ
Chunki   yuklama   va   ko‘makchilar   nutqning   mazmun   va   formal   jihatdan
shakllanishida   juda   muhim   vazifalar   bajaradi.   Shuning   uchun   gapning   semantik
strukturasida   o‘zi   sintaktik   bog‘lanib   kelgan   so‘z   bilan   birgalikda   alohida
pragmatik botiniy ma no anglatib implitsit pragmatik botiniy ma noga vosita bo‘la
ʼ ʼ
oladi. 21
  2.   Ko‘makchilar   ham   ko‘makchi   fe llar   kabi   leksik   sathning   mustaqil	
ʼ
so‘zlar   va   yordamchi   so‘zlar   guruhida   “ma noviy   nomustaqillik”   oppozitsiya
ʼ
belgisi   ostida   privativ   ziddiyatda   bo‘ladi.   Belgili   a zo   sifatida   yordamchi   so‘zlar	
ʼ
guruhi   ajralsa,   belgisiz   a zo   mavqeyini   esa   mustaqil   so‘zlar   egallaydi.	
ʼ 22
    3.
21
  Раҳимов У. Ўзбек тилида юкламалар пресуппозицияси: Филол.ф.н...дисс., Самарқанд, 1994.
22
 Шукуров О.У. Ҳаракат тарзи шакллари парадигмаси .   Филол.ф. номз. Дисс.– Самарқанд,  2005. 
16 Mustaqil so‘zning “nomustaqillik” belgisiga nisbatan mo‘tadilligi sababli mustaqil
so‘z   ichidan   nisbiy   yordamchi   ajralib   chiqadi.   Nisbiy   ko‘makchi   bir   xususiyati
bilan ma noviy mustaqil, ikkinchi xususiyati bilan ma noviy nomustaqil leksemagaʼ ʼ
o‘xshab   ketadi   va   oraliq   uchinchi   guruhini   hosil   qiladi.   Leksema   nomustaqil
leksema   sifatida   voqelanganda,   leksema   sememasi   o‘z   muayyanligini
kuchsizlantiradi   va   semema   grammatik   ma no   sifatida   voqelanadi.	
ʼ 23
  Tadqiqotda
biz   o‘rganayotgan   ko‘makchilashish   xususiyati   umumiy   yordamchi   so‘zlar
misolida tahlil qilingan.
M:  Sen yetarsan  ko‘ngil tubiga,
Unda poklik ziyo taratar,
Ul poklikning har zarrasida,
Tazarrular seni yaratar.   (Usmon   Azim,   Saylanma ,   234-bet).   She’rda
keltirilgan   tubiga   so‘zi   ko‘makchilashish   jarayonidagi   mustaqil   so‘z   bo‘lib,
ijodkorning badiiy maqsadini  ochib berishga xizmat qilyapti.     Keyingi misralarga
diqqatimizni qaratamiz:
M:Sahar chog‘i mizg‘igandim, bir tush ko‘rdim.
Bir choh ko‘rdim,  choh tubinda  bir hush ko‘rdim,
Qanotlari singan qushning suratinda,
Og‘a   sizni   noxush   ko‘rdim,   noxush   ko‘rdim.   (Usmon   Azim,   Saylanma,130-bet).
Keltirilgan   ikkinchi   misramizda   chohning   tubinda   o‘z   leksik   ma’nosini   saqlagan
holda   ishlatilgan   bo‘lib,   ta’sirchanlikdan-da   axborot   ottenkasi   kuchli.   So‘zlarning
o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib yordamchilashish jarayoni leksik jarayonga salbiy
ta’sir   o‘tkazadi.   Shu   bilan   bir   qatorda   ko‘p   ma’nolilikni   ham   yuzaga   chiqishiga
asos bo‘ladi. Yordamchi turkumga oid so‘zlar bu jarayonda dastlab ma’no ko‘chish
hodisasini   boshdan   o‘tkazadi,     keyinchalik   transpozitsiya   hodisasi   sodir   bo‘ladi .
Asta-sekinlik bilan denotativ   ma’no yo‘qolib grammatik vazifa bajara boshlaydi.
M:  Tashqarida yomg‘ir yog‘ar,
23
  Sayfullayeva   R.,   Mengliyev   B.,   Qurbonova   M.   va   boshq.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.     Toshkent:   Fan   va	
˗
Texnologiya, 2009.   B.310.	
˗
17 Ko‘zyoshdan ham og‘ir yog‘ar.
Bu yuraksiz  dunyo uzra ,
Yurak   yog‘ar,   bag‘ir   yog‘ar.   (Usmon   Azim,   Saylanma,   201-bet).
“Uzra”   ko‘makchisining   etimologiyasiga   nazar   tashlasak,   olmosh   so‘z   turkumiga
borib   taqaladi.   Ko‘makchilar   nutqiy   vaziyatda   turlicha   pragmatik   vazifalarni
bajaradi.   Ko‘makchilarning   bu   jihati   monografik   tadqiq   etilgan.   Tadqiqotchi
Z.Burhonov   o‘z   ishida   tilimizdagi   pragmatik  botiniy   ma noga   ishora   qilib,   gapdaʼ
pragmatik   vazifa   bajaruvchi   ko‘makchilarning   lisoniy   jihatlarini   ochib   berishga
harakat   qilgan.   Tadqiqotchi   “O‘zbek   tilida   ko‘makchilar   va   ularga   vazifadosh
kelishiklar   pragmatikasi”   mavzusidagi   nomzodlik   dissertatsiyasida     pragmatik
ma’noga   ishora   qiluvchi   va   gap   tarkibida   pragmatik   vazifa   bajaruvchi   bilan,
uchun,     kabi,   (singari,   yang‘lig‘,   o‘xshab);   orqali,   sababli   (tufayli);   boshqa
(tashqari,   o‘zga,   bo‘lak);   qadar,   dovur,   misli   (misol,   misoli);   o‘rniga,   o‘rnida,
qarshi,   binoan,   yarasha,   muvofiq,   bo‘yicha   (bo‘yincha);   asosan,   nari,   (nariga);
keyin   (so‘ng),   avval   (ilgari,   oldin,   burun),   beri   (buyon),   qarab,   qaraganda,
boshlab, ko‘ra, nisbatan, tortib  ko‘makchilarini ko‘rsatgan. 24
 
Ko‘makchi   birliklari   sifatida   qaralayotgan   so‘zlar   she riy   matnlarda   ham	
ʼ
o‘ziga xos vazifa bajaradi. Jumladan, shoirning badiiy maqsadini, oniy hissiyotlari
tasvirini   matnda   aniq   ifodalashga   xizmat   qiladi.   Shoir   Eshqobil   Shukur
“Chanqovuz”   she rida  	
ʼ qa r	ʼ   so‘zining   ko‘makchilashgan   holda   ishlatilishi   alohida
bo‘yoqdor va betakror ifodaning yaratilishiga asos bo‘lgan:
Chanqagan og‘zim mening, charnagan o‘zim mening, 
Qalbning   yorug‘   qa ridan	
ʼ   sinmas   til   topib   oldim…
Ayniqsa,   ko‘makchilashgan   birlikning   qalb   so‘ziga   nisbatan   ishlatilishi   uning
matndagi   estetik   vazifasini   yanada   yorqinroq   ko‘rsatgan.   Eshqobil   Shukur
she’riyatida   faol   ko‘makchilarga   sinonim   sifatida   ishlatilgan   ko‘makchilashish
jarayoni davom etayotgan birliklarni ham ko‘rishimiz mumkin:
24
 Бурхонов З. Ўзбек тилида кўмакчилар ва уларга вазифадош келишиклар прагматикаси: Филол.ф.н...дисс. 
Тошкент, 2008. – Б 10.
18 Suv ustida, suvlar ustida 
Yuraklarim chisirlaydi-ey, 
Ishq dastidan, hijron dastidan 
Suyaklarim qisirlaydi-ey. 
…Yo‘l ustida, yo‘llar ustida 
Oyoqlarim yurak bo‘ldi-ey, 
Ishq kasridan, hijron kasridan 
Umrim   faqat   tilak   bo‘ldi-ey. 25
    She’rda   ko‘makchilashish   jarayoni   davom
etayotgan   dastidan,   kasridan   so‘zlari   “sababli”   ko‘makchisiga   sinonim   bo‘la
oladi.   Ahamiyatli   jihati   bu   birliklar   matnda   takror   holatda   ishlatilib,   o‘zining
pragmatik   vazifasini   yaqqol   namoyon   etgan.   Dastidan   aynan   sababli   so‘zining
sinonimi   hisoblanadi. 26
  E’tiborli   jihati   shundaki,   dastidan   //   kasridan   so‘zlari
o‘zaro sinonim.  She’riy parchada ham sinonim tarzda ishlatilgan.  Kasri  so‘zi arab
tilidan   olingan   bo‘lib,   o‘zganing   yoki   biron   narsaning   aybi,   sababi     bilan
bo‘ladigan   yomon   ta’sir,   yaramas   oqibat;   kasofat. 27
    Ko‘rinib   turibdiki,   o‘zbek
tilida   yordamchi   turkum   yoki     “oraliq   uchinchi”   guruhiga   kiruvchi   ko‘makchilar
har   tomonlama   o‘rganilgan.   Ba’zi   tadqiqotlarda   ko‘makchilarning   shakliy
xususiyatlariga   ko‘ra   guruhlarga   ajratilganligini   ham   ko‘rishimiz   mumkin:   1)
qo‘shimchasimon ko‘makchilar  -day\dek, -cha;  2) sof ko‘makchilar – sari, sayin,
uzra,   bilan,   uchun,   tufayli,   orqali,   qadar,   kabi;     3)   nisbiy   ko‘makchilarga   boshqa
turkum tarkibida bo‘lib ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi ko‘makchilashayotgan!
so‘zlarni kiritishgan.  
M: Nafratning qo‘lida xanjar – uxlamas,
 Tun  bo‘yi  bir zarbga yig‘ar alamin.
           Xanjarni bosh uzra ko‘targanda dast,
Derazadan   oshib   tushar   allakim .   (Usmon   Azim,   Saylanma,   70-bet)
25
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон. –     Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик
компанияси, 2002. –  318 б.
26
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, -570 б
27
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, -330 б.
19 Fikrlar   xilma   -   xil,   linvistik   termin   boshqa   bo‘lishiga   qaramasdan   har   bir   fikr
zamirida hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilashayotgan so‘zlar mavjudligi (bu
jarayon   nafaqat   ko‘makchi,   balki   mustaqil   (son   va   olmoshdan   tashqari)   va
yordamchi   so‘z  turkumlarida  ham  ko‘zga  tashlanadi),  bu  jarayon  to‘xtovsiz  sodir
bo‘layotganligi, ko‘makchilarda ham  leksik ma’no  borligiga ishora qiluvchi fikrga
kelishimizga   sabab   bo‘ladi.   Quyidagi   tahlillarimizda   ham   ayrim   ko‘makchi
so‘zlarning ma’nolarini izohlashga harakat qildik.
  Zamirida   - so‘zi o‘z leksik ma’nosidan tashqari ko‘makchi vazifasida ham
qo‘llaniladi.   Ko‘makchilashayotgan   bu   so‘z   “O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati”da
“zamir” – 1)”aql, vijdon, yashirin fikr “, 2) “Tub mohiyat, asl ma’no, mazmunan,
asos” degan ma’nolarni anglatadi.(O’TIL.II,145)    G‘azab bilan aytilgan bu taxdid
zamirida   chinakam   zulm   mavjudligini   Kesakpolvon   sezdi   (T.Malik).     Romandagi
qator   obrazlarning   zamirida   konkret   tarixiy   shaxslar   yotadi(O’TA) .   Zamirida
so‘ziga   sinonim   tarzda     tagida/tagidan   oraliq   bosqichdagi   so‘zlar   ishlatiladi.
Masalan:G ‘ azab   bilan   aytilgan   bu   taxdid   tagida   chinakam   zulm   mavjudligini
Kesakpolvon sezdi.
Ro‘para   - izohli lug‘atda yuzma-yuz, bir narsaga yoki so‘zlovchiga tomon;
qarshi ma’nolarni ifodalashi aytilgan.  Chunki … ro‘parasida   xotini yoqtirib qolgan
o‘sha odam turardi.   (T.Malik)    Bu gapimizda  ro ‘ para  so ‘ zi qarshisida so ‘ ziga teng
va  denotativ   ma ’ noni   yuzaga   chiqaryapti.   Zaynab  ajal     ro ‘ parasida   turganini   his
qilardi . (T.Malik)   Badiiy   matndan   olingan     ro ‘ para   so ‘ zi   semanti k   mavhumlikka
siljigan,   ya ’ ni ko ‘ makchilashgan.
Taqdirda   so ‘ zi   ham   o ‘ z   ma ’ nosi,   ham   ko ‘ makchi   ma ’ nosida   qo ‘ llanila
olishi mumkin.     M:   Zohid shartta qishloqqa jo ‘ navormoqchi  b o‘ ld i ,   lekin Botirov
taqdiri   yodiga   tushib,   fikridan   qaytdi.( T.Malik)   Yuqorida   keltirilgan   gapda
taqdirda so ‘ zi peshona,   qismat ma ’ nosida kelgan.   U kelgan   taqdirda   ham bu uyda
ko ‘ ngli osoyish topmasligini bilib,   yana qo ‘ ng ‘ iroq tugmasini bosdi. (T.Malik)     Bu
gapda esa ko ‘ makchi vazifasida kelyapti. 
Zayl   –   O‘TILda   “dum,     etak;   oqibat;   intiho”   ma ’ nolari   keltirilgan.   Shu
20 zaylda  lutf    almashilgandan    so ‘ ng    har    ikkala tomonni ajratib turuvchi noqulaylik
pardasi chetga surildi . (T.Malik)    Zaylda  so ‘ zi bu o ‘ rinda    “ma ’ lum tarzda;   ma ’ lum
holatda”   ma ’ nolarida ishlatilgan.   Zamon zayli bilan bugungi yoshlarimiz   ko ‘ proq
bilim   egallashga   harakat   qilishmoqda   (suhbatdan).   Zamon   taqozosi   bilan
ma ’ nolariga   to ‘ g ‘ ri   kelgan   va   o ‘ z   ma ’ nosida   ishlat il sa   bo ‘ l ganidek ,   zamon   //
zamonda   so ‘ zlarini   ham   xuddi   yuqoridagi   misol   kabi   o ‘ z   ma ’ nosida   ham,
ko ‘ makchi ma ’ nosida ham ishlatishimiz mumkin.
Bob bo’yicha qisqqa xulosa
1. Ko‘makchi   turkumi   o‘zbek   tilshunosligi   va   jahon   tilshunosligida
muayyan darajada o‘rganilgan. 
2. Bajarilgan   tadqiqotlar   ko‘makchilarning   leksik-semantik   tabiati   haqida
xulosa   chiqarishga   imkon   beradi.   Ko‘makchilar   sodda   gaplarni
mazmunan   murakkablashtiribgina   qolmay,   pragmatik   ma’no   ifodalash
uchun   ham   xizmat   qilishi,   tilimizda   ko‘makchilashayotgan   so‘zlarning
paydo   bo‘lishi   ma’no   ko‘chisi   natijasida   ekanligi     haqida   qarashlar
mavjud. 
3. Biz bu bobda ko‘makchilarning badiiy asar tarkibida anglatgan denotativ
va   konotativ   ma’nosi,   ya’ni   uning   mustaqil   turkum   doirasidagi   leksik
birliklar bilan qiyoslab o‘rganilishi haqidagi fikrlarimizni keltirdik.
II BOB.  FUNKSIONAL KO‘MAKCHILARNING LEKSIK-SEMANTIK
XUSUSIYATLARI
21 2.1.Funksional ko‘makchilarning o‘ziga xos xususiyatlari
Funksional ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘z turkumiga oid bo‘lgan va shu
bilan   birga,   leksik   ma’nosini   qisman   yo‘qotib   yordamchilashgan   guruh
hisoblanadi.   Funksional   ko‘makchilarning     xususiyatlari   matn   tarkibida   namoyon
bo‘ladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar sof  va vazifadosh (funksional)
deb   nomlanishi   sir   emas.   O‘zbek   tilshunosligi     ham   dunyo   tilshunosligi   kabi
funksional-grammatik   jihatidan   ancha   o‘rganilgan   va   buning   natijasi   sifatida
tilimizda   ko‘pgina   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borilgan.     Shuningdek,   hali   yechimini
topmagan,   izlanishni   talab   qiladigan   yo‘nalishlar   ham   bir   talay.   Shular   jumlasiga
yordamchi   so‘zlar   guruhini   keltirishimiz   mumkin.     Bu   turkumga   kiruvchi   so‘zlar
leksik,   grammatik   va   pragmatik   jihatdan   boshqa   so‘z   turkumlaridan   bir   qancha
ustunliklarga ega. Jumladan, tarixiy jarayonga e’tibor qaratilsa,  ko‘makchilar turli
davrlarda   turli   shakllarda   qo‘llanilgan.   Buning   natijasi   o‘laroq,   ko‘makchilar   o‘z
lug‘aviy ma’nosini va shaklini o‘zgartirishga ham ulgurgan.
Tilshunoslikda   ko‘makchilar   ancha   o‘rganilgan   va   ilmiy   jihatdan
asoslangan.   Abdurauf   Fitrat   “Sarf”   asarida   ot,   sifat,   fe’l,   ko‘makchi   so‘z
turkumlariga   to‘xtaladi. 28
  Jumladan,   ko‘makchilarni   morfologik,   etimologik
nuqtayi   nazardan   o‘rgangan   T.Rustamov   ularni   ikki   guruhga   ajratadi. 29
Ko‘makchilar   ham   tarixiy   taraqqiyot   natijasida   o‘z   turkumini   o‘zgartirgan.   Bu
quyidagicha amalga oshgan:  Bilan  ko‘makchisining yetakchi morfemasi asli son (1
–   bir)   so‘z   turkumiga   oid   bo‘lib,   affiksatsiya   yo‘li   orqali     “birla”   shakli   hosil
qilingan.   Bu   ko‘makchining   etimologiyasiga   nazar   tashlaydigan   bo‘lsak,   bilan
birga   ma’nosini   ifodalaydigan   ko‘makchi   hisoblanadi.   Qadimgi   turkiy   tilda   “bir”
soniga   “birga”   ma’nosini   ifodalovchi   –la   qo‘shimchasini   qo‘shish   bilan   hosil
qilingan. So‘zga qadimgi jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining –n shaklini qo‘shib
bilan   ko‘makchisi   hosil   qilingan.   Keyinroq   “–l”   undoshi   ta’sirida   “–r   “   undoshi
“–l“   undoshiga   aylangan,   ikki   “–l”   undoshining   biri   talaffuzda   tushib   qolishi
28
 Курбонова М. Абдурауф Фитрат  ва Ўзбек тилшунослиги.- Тошкент; Университет.1997
29
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент.:  Фан, 1991
22 natijasida bitta “–l”  undoshi qolgan va bizga shu holda yetib kelgan.  
 BIR+LA=BIRLA;  
BIRLA+N(jo‘nalish k.)=BIRLAN;  
BIR(L)AN   >   BILLAN   >   BILAN.   Matn   talabi   bilan   bu     ko‘makchi   –ila,   -la
shakllarida ham ishlatilgan. 30
   Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asarida
izohlanayotgan   so‘zning   ma’nosini   ochib   beruvchi   birikmalarda   va   gaplarda
ko‘makchi   so‘zlardan   foydalangan.   Bu   asarda   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   faol
qo‘llanuvchi   bilan   ko‘makchisi   birla   shaklida   uchrashiga   guvoh   bo‘ldik.
Tengri   tag‘   birla   jepig‘   basurdi   -   xudo   yerni   tog‘lar   bilan   bostirib   qo‘ydi.
Ol  mening birla  kushandi - U men bilan quvondi, faxr qildi. 31
  “Tog‘ birla basurdi”
birikmasida   –   vosita   ma’nosi   ifodalanayotgan   bo‘lsa,   “ mening   birla   kushandi”
birikmasida     birgalik   va   sabab   ma’nosini   ko‘rishimiz   mumkin.   “Devonu   lug‘otit
turk” asari  XI asrda yaratilgan bo‘lsa-da,   xuddi shu davrda yaratilgan “Qutadg‘u
bilig” asarida  bilan  ko‘makchisi  bila  shaklida uchraganining guvohi bo‘lamiz:   
              O‘rung  sut   bila  kirsa ezgu qiliq                                                                      
             O‘lim tutmag‘uncha evurmas yo‘ruq (vosita)       
  yoki 
           Yaratti ko‘ravran tuchi evrulur
                  Aning birla   tezginch  ema  tezginur.     Bu  o‘rinda   birla   shaklida  qo‘llangan
ko‘makchi   so‘zimiz   birgalik   ma’nosini   ochishga   xizmat   qilyapti.   Barchamizga
ma’lumki,   ko‘makchi   so‘zlar   ot   va   otlashgan   so‘zlarni   fe’l   turkumidagi   so‘zlarga
bog‘lash   uchun   xizmat   qiladi.   Yuqoridagi   she’riy   matnlarimizda   sut   bila
kirmoq//aning   birla   tezginur   birikmalarida   ikki   tomonlama   sintaktik   munosabat
yuzaga chiqyapti.
         Uchinchi  xirad  –  ul ulug‘liq bila
                To‘rtinchi   qanoat   va   ofiyat   bila. 32
  ( QB   58-bet).   Ikkinchi   va   uchinchi
misollarimizda   bila   shaklida   qo‘llangan   ko‘makchi   ikki   xil   funksiya
30
 Ўзбек тилининг етимологик луғати (туркий сўзлар  II  жилд) . - Тошкент: Университет , 2000, 49-бет.
31
 Махмуд Кошғарий,Туркий сўзлар девони (Девону луғатит  турк) – Тошкент: Ўзбекистон фанлар 
академияси, 1963.
32
 Юсуф Хос Хожиб.Кутадғу билиг (Саодатга йўлловчи билим). – Тошкент: Фан, 1971.
23 bajaryotganligini  ko‘rishimiz mumkin.   Aning birla       tezginur      birikmasida birgalik
ma’nosini   ifodalayapti   ( qanoat   va   ofiyat   bila ).   Biz   ko‘rib   chiqqan   bu   misollarda
birgina   “Qutadg‘u   bilig”   asarida   bir   ko‘makchining   ikki   xil   shakli
ishlatilganligining guvohi bo‘lyapmiz. Sayfi Saroyi ijodida   bilan   ko‘makchisining
birla  shakli quyidagicha keltirilgan:
Bu muddatni g‘animat bil, bu fursatda vafolar qil,
Bu  izzat birla bo‘l  ko‘p yil, xaloyiqning sevar joni. 33
    Sayfi Saroyi lirikasi o‘zining
sodda   va   tushunarliligi   bilan   o‘quvchining   diqqatini   torta   oladi.   Garchi   XIV   asr
ijod   na’munasi   bo‘lishiga   qaramasdan   biz   ko‘rib   chiqayotgan   bilan
ko‘makchisining hozirgi shakli ijodkor g‘azallarida uchrar ekan:
Sen ul yagona forisi chobuksuvorsan,
Bir  o‘q bilan yiqarsan  urubon gazanfari     
  yoki   
Shatranji baxt-u nardi saodat  sening bilan ,
Kim o‘ynadi utuldi-yu bog‘landi shashdari .                                                
Yuqorida   ko‘rib   chiqqan   misollarimizdan   shuni   tushunish   mumkinki,   birla
ko‘makchisi   dastlaki   lug‘aviy   ma’nosidan   uzoqlashmagan   holda   shakl   jihatini
o‘zgartirdi.   Garchi   bilan   ko‘makchisining   birgalik,   vosita,   sabab,   payt,   yo‘nalish
kabi   bir   qancha   ma’no   ottenkalari   bo‘lsa-da,   asosiy   ma’no     birgalik   ma’nosi
ko‘proq   ko‘zga   tashlanganday,   nazarimizda.   Bilan     ko‘makchisi   va   uning
etimologiyasi   haqida   fikr   bildirilgan   edi.   Biz   O‘TIL   tarkibida   keltirilgan
ko‘makchilarga   to‘xtalar   ekanmiz,   bilan   anglatgan   ma’nolar   hozirgi   adabiy
tilimizda   qay   darajada   saqlangan   yoki   yangi   ma’nolarning   shakllanishiga   hissa
qo‘shgan   qo‘shmaganligini   qarab   chiqamiz.   O‘TILda   bilan   ko‘makchisi   bila
shaklida   ham   qo‘llanilganligi   aytilgan.   1)   Bilan   ish-harakatning   birgalikda
bajarilishini   ifodalaydi. 34
  M:   Ilk   bor   o‘sha   olis   shaharga   Sur’at   bilan   birga
borganlarini   xotirladi. 35
  Birgalik   ma’nosi   yuzaga   chiqyapti.   Bilan   ko‘makchisi
33
 Саройи    Сайфи. Шеърлар. Гулистон. – Тошкент:  Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968.
34
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,   Б харфи ,  257-бет  (  bilan   ko ‘ makchisi  
anglatgan  1,2,3,4,5,- ma ’ nolar   izohli   lug ‘ atdan   olindi )
35
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 10-bet.
24 shevalarda ham  faol ishlatiladi. Bundan tashqari, bilan bog‘lovchi vazifasida ham
qo‘llaniladi   va   bu   ko‘makchining   grammatik   vazifasidir.   2)   Ish-harakat   yoki
narsaga vosita bo‘lgan narsani ifodalaydi.  M: Samoxina – navbatchi ma’mura, yon
devordagi mixga ilig‘liq bir parcha kartonga bosma   harf bilan   shunday yozilgan.
Vosita-harf   orqali   yuzaga   chiqyapti.   3)   Ish   –   harakatning   tarzini,holatini   ifodalab
keladi.   M:   Farhodga   ma’lum-da:   kursda   o‘qiganida   ko‘p   martalab   shunga   iqror
bo‘lgan.   (   uch-to‘rt   kun   o‘tgach   bildiki,   hozir   jiddiyat   bilan   qog‘oz-qalam   qilib
o‘tirgan   mana   shu   juvon   ham   “bemalol   ketadigan”   xilidan   ekan,   ammo   endi
befoyda   –   u   yog‘iga   o‘zining   boshi   aylanib   qolgan   edi.)   Jiddiyat   bilan   o‘tirgan
birikmasida   qay   tarzda?,   qay   holatda?   so‘rog‘iga   javob   bo‘luvchi   jiddiyat   bilan
tobe qismi ish – harakatning tarzini ifodalash uchun kifoya qilyapti. Agar biz izohli
lug‘atga   asoslansak,   bu   o‘rinda   ko‘makchi   (bilan)ni   shakllantirish   uchun   belgi
bildiruvchi so‘zlar bilan qo‘llasak, ko‘makchi shakllanadi va bu  bilan ning yana bir
jihatini   ochib   berishga   yordam   beradi.   Maktab   darsliklarida   esa   qisman   shunday
qoida keltirlgan: ot va otlashgan so‘zlarni o‘zidan keyin qo‘llangan fe’ l turkumiga
bog‘lansa ko‘makchi sifatida olishimiz mumkin. Ammo tilimizda shunday birliklar
ham borki, ular   bilan   orqali shakllangan, lekin ko‘makchi emas, boshqa turkumni
shakllantirish   uchun   xizmat   qiladi .   M:   Marhamat,   endi   maza   qilib   damingizni
olaverasiz, Fidel Mirzayevich! - dedi xuddi o‘zi ham qo‘shilib maza qiladiganday
zavq bilan. 36
 (“Shovqin” romani 16-bet) Zavq bilan   birikmasi yaxlitlangan bo‘lib,
ular   butunligicha     ravish   tarkibiga   kiritilgan   va   sintaktik   vazifasi   hol   gap   bo‘lagi
bo‘lib kelish hisoblanadi. Bilan ko‘makchisi frazemalarni shakllantirish uchun ham
xizmat   qilar   ekan.   M:   Ustozning   ziyoratiga   quruq   qo‘l   bilan   borib   bo‘lmaydi.
Quruq   qo‘l   bilan   bormoq   frazemasini   shakllantirish   uchun   bilan   ko‘makchisidan
foydalanildi.   4)   Ish   –   harakatning   qachon   sodir   bo‘lgani   va   qancha   vaqt   davom
etganligini   ifodalaydi.   M:   Toshkentda   chaynalgan   o‘sha   tashxis:   koxlear   nevriti,
ya’ni   ichkari   quloqdagi   tovush   qabul   qilish   paychalari   karaxtlangan,   qurib-
qovjiray   boshlagan,   ularni   jonlantirish   esa   qiyin,   juda   qiyin,   deyarli   imkonsiz;
36
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi.16-bet.
25 birdan-bir chorasi  vaqti-vaqti bilan davolanib,  o‘ziga qarab miyani teshvoradigan
manovi   chiyillash-u   vishshillashlarga   mardona   chidab   yurmoq,   tamom.   Bu
misolimizda   payt   ma’nosi   ifodalanib,   har   zamonda,   doimiy   emas,   vaqti   kelganda
ma’nolari   ifodalanayapti,   keyingi   misolimizda   esa   doimiy   bajarilmagan   ish   –
harakat   ifodalanayapti.   M:   Kechalari   bilan   uxlamay   chiqadi   u,   demokratiyani
o‘ylab!   –   dedi   kulib     Gulya .   –lar   ko‘plik   affiks   va   bilan   ko‘makchisi   yordamida
doimiy   bajarilmagan   holatni   ifodalash   yana-da   oydinlashgan.   5)   Ish-harakatning
bajarilishi   uchun   to‘siq   bo‘lmaydigan   yo‘nalishini   ifodalaydi .     M:     Unga   bitta
narsa kerak:  qay yo‘l   bilan  bo‘lmasin, planni bajarsa, ko‘chma Qizil bayroq olsa –
bas.   6)   Ish   –   harakatning   bajarilish   maqsadini   /sababini   ifodalaydi.
M:  Boya  akaxonning   qistovi  bilan , ehtimol, ikkinchi  marta  anovi  achchiq suvdan
bir-ikki qultum ichgan, boshi aylanib, garangsib turar edi. Enamning  qistovi bilan
uni   “aya”   deb   o‘rganganmiz. 37
  O‘TILda   bilan   ko‘makchisining   olti   xil   semantik
ma’nosi keltirilgan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘n xil   semantik ma’nosi haqida
aytilgan.   Bular   quyidagi   ma’nolar:   birgalik,   qurol,   vosita,   bir   harakatdan   keyin
ikkinchi   harakatning   bo‘lishi,   payt,   holat,   maqsad,   sabab,   jarayon   va   ish   –
harakatning   tarzi   kabilardir.   Ko‘makchi   so‘zlarning   o‘z   turkumini   o‘zgartirishi
turlicha   bo‘lgan .   Jumladan,   transpozitsiya   hodisasi   orqali   bir   turkum ga   mansub
so‘zining   matnda   boshqa     bir   turkum   so‘zga   aylanishi   kuzatiladi.   Transpozitsiya
so’zi   lotincha   transpozitsio   -   o’rin   almashtirish,   ko’chirish,   o’tkazish,   joyini
almashtirish ma’nolarini anglatadi. 38
37
 Misollar “ Shovqin” romanidan olindi. 94-bet
38
  ҲожиевА . Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати .  Ўз МЭ . –Тошкент: 2002, 164-бет.
26  
Bilan   ko‘makchisidan   tashqari   ichra   ko‘makchisi   shunday   davrni   boshdan
o‘tkazgan   bo‘lib,   qadimgi   turkiy   tili   yodgorliklarida   ravish   va   ko‘makchi
vazifasida qo‘llangan.  Bu o‘z navbatida ichki tranzpozitsiyani tashkil etadi. Bilan-
son; ichra-ravish; uzra-o‘z/ olmoshi. 39
 Bilan ko‘makchisining birla/bila/birlan/bilan
fonetik   variantlari   tarixan   nihoyatda   aktiv   qo‘ llangan.   Ularning   grammatik
xususiyatida   bir   xillik   bo‘lishi   bilan   birga   o‘zaro   farqlari   ham   sezilib   turadi.
Birla/birlan/bilan bosh kelishikdagi o‘zlik olmoshiga birikkan. Bosh kelishikdagi –
lik (-l ы q, -luq)  affiksli  mavhum  otga  birla, bila, birlan, bilan birikkan. 40
  Mustaqil
turkumga   oid   so‘zlarning   yordamchilashishi   har   doim   ham   kuzatilmaydi,   buning
uchun   uzoq   tarixiy   jarayon   zarur.   Mustaqil   so‘zning   leksik   ma’nosi   relyativ
munosabatni   yaratishga   xizmat   qilsa,   uning   (mustaqil   so‘zning)   ko‘makchiga
o‘tishida   asos   bo‘ladi. 41
  M:   gul,   kitob,   daraxt   otlarida   aniq   predmetlik   ma’nosi
mavjud.  Poyida, ayvonida, tegrasida  so‘zlarning leksik ma’nosida ish-harakatning
o‘rni   ma’nosi   aniqlashyapti.   K o‘makchilar   leksik   va   grammatik   sath   oralig‘ida
ma’no   ottenkasini   kengaytirgan   yoki   aksincha.   Ko‘makchi   so‘zlarning   asosiy
vazifasi   mustaqil   ma’noli   so‘zni   boshqa   mustaqil   ma’noli   so‘zga   bog‘lab
39
 Рустамов Т,Узра кўмакчиси тарихидан // Узбек тили ва адабиёти, 1974, № 6.
40
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент:  Фан, 1991, 22-бет.
41
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент:  Фан, 1991,115 бет.
27 kelishidir.   Mustaqil   turkumga   oid   so‘z   birdaniga   yordamchi   turkumga   o‘tib
qolmaydi. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshadi.    Bu grammatikalizatsiya
hodisasi hisoblanadi.   Y ordamchi turkumga o‘tish jarayoni bosqichlarga bo‘l in gan.
Til   lug‘at   qatlamidagi   so‘zlar   ma ’ lum   bir   bosqichdan   keyingina   to‘la   yordamchi
turkum   holatiga   o‘tgan.   Hozirgi   adabiy   tilimizda   ham   bu   jarayonning   turli
bosqichlarida   iste ’ molda   bo‘lgan   so‘zlar   talaygina.   Ko‘pgina   funksional
ko‘makchilar   ot,   fe’l,   ravish   turkumlaridan   ko‘chgan   bo‘lib,   tarixiy   taraqqiyot
natijasida   ko‘makchilashgan   va   ko‘makchilashish   jarayoni   davom   etayotgan
turkum hisoblanadi. Bizning tadqiqotimizda shu kabi funksional ko‘makchilarning
badiiy   matn   tarkibida   anglatgan   ma’nolari   lug’atlar   yordamida   izohlab   berishga
harakat qilindi. 
2.2.Ot turkumiga xos funksional ko‘makchilar
Arafasida   –   ko‘makchi   vazifasida.   Vaqt     munosabatini   ifodalaydi,   o‘zi
birikkan   so‘z   bildirgan   narsa,   harakat-   hodisa   oldidagi   kun   (kunlar)ni   bildiradi.
Navro‘z   arafasida   keksalar   oq   kiyim   tayyorlashadi,   yoshlar   rang-barang   gulli
ko‘ylaklar tiktirishadi. “Saodat” jurnali. Sessiya arafasida saylov okruglarida Oliy
Majlis   deputatlari   bilan   uchrashuvlar   o‘tkazilganligi   alohida   ta’kidladndi.
Gazetadan. 42
  Arafa   leksemasining   lug‘aviy   ma’nosi   “hayitdan   oldingi   kun”.
Etimologik lug‘atning II tomida( arab tili so‘zlarining izohida) arafa leksemasi tog‘
nomidan   kelib   chiqqanligi   haqida   ma’lumot   keltirilgan.   Haj   qiluvchilar     zulhijja
oyining 9-kunini Arofat tog‘ida o‘tkazadilar. O‘zbek tiliga bir tovush tushishi bilan
ko‘chgan.   Hozirgi   kunda   ma’no   tomoni   kengayib,   har   qanday   marosim,   bayram
oldi   arafa   deb   nomlanadi.   M:   Qaysidir   bayram   arafasida   Farhod   ramazon
restoranida   o‘tadigan   bir   anjumanga   taklif   etildi . 43
  Arafasida   ko‘makchisi   ham
ma’no jihatidan avval\oldin ko‘makchilarga ma’nodosh sifatida qo‘llaniladi.
Asos(i)da   –  ko‘makchi  vazifasida.  1)  sabab,   asos  munosabatini  (ma’nosini)
bildiradi; ko‘ra, binoan. Qonun asosida. Loyiha asosida  qurmoq. Jamiyatimizning
42
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .  А харфи,  94-бет..
43
  Misollar  “ Shovqin ”  romanidan   olindi .  45- bet ..
28 risoladagidek qonunlari asosida yashashini o‘rganyapmiz. Gazetadan.  2) harakat –
hodisaning yo‘li, tarzini bildiradi; yo‘li bilan. Shu asosda. Sherikchilik asosida.  …
institutlarning tashkilot va muassasalar bilan xo‘jalik shartnomasini tuzish asosida
olib   borayotgan   tadqiqotlari   ko‘lami   tobora   kengaymoqda.   “Fan   va   turmush”. 44
Asosan   –   (   jo‘nalish   kelishigidagi   so‘z   bilan)   ko‘makchi   vazifasida   sabab,
asos   munosabatini   bildiradi;   ko‘ra,   binoan,   qonunga   asosan.   Buyruqqa   asosan
bajarmoq. 45
  Atrof   –   3-shaxs   jo‘nalish   va   o‘rin–payt   kelishiklari   affikslari   bilan
ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanadi.   Bu   ko‘makchi   vazifasidagi   so‘zning   atrofiga,
atrofida   kabi   shakllari   mavjud.   M:   Farxodning   taxminicha,   kinoga   bevosita
dahldor   bir   ikkitasini   aytmasa,   davradagilarning   aksariyati   (kelib   ketuvchilarni
ham   qo‘shganda)   anchayin   san’at   atrofida   o‘ralashib   yuradigan,   ammo   o‘zini
uncha-munchadan kam sanamaydigan omadsizroq bir toifa bor edi. 46
  Bu leksema
ot   turkumiga   oid   bo‘lib,   egalik   va     kelishik   shakllari   [   i/si/+ga/da/dan]   bilan
qo‘llanganda   ko‘makchi   vazifasi   namoyon   bo‘ladi,   yakka   o‘zi   [atrof]   kelsa   ot,
o‘rin-joy   otini   ifodalaydi.   Atrofida   leksemasi   o‘rin-payt   kelishigi   shaklida   san’at
so‘zi   bilan   birgalikda   metaforik   ma’no   hosil   qilgan.   Shu   bilan   birgalikda   atrof
leksemasi   dastlabki   denotativ   (bosh)   ma’nosidan   uzoqlashgan.   Quyidagi
misolimizda esa  denotativ ma’no ifodalayapti.    M:   Atrofda  rohiblar, butparastlar
viqor   bilan   saf   tortgan.   Anchayin   xangamatalab   bekorchilar   ham   bisyor. 47
  Bu
gapimizda   shu   yaqinda   ma’nosini   anglatayotgan   atrof   ot   so‘z   turkumi   sifatida
qaralyapti.   Atrofiga   -   Ko‘makchi   vazifasida.   Tevaragiga,   qoshiga,   huzuriga.
Bahoviddin   sulton   –   darvesh   o‘z   atrofiga…   oqish   ruhidagi   hamfikrlarni   yig‘adi.
“Fan   va   turmush”. 48
  Turdi   Rustamov   atrofida/atrofiga   so‘zi   ko‘makchi   vazifasida
ishlatilganida1.   Tevaragida,   gir   aylanasida;   2.   Qariyb,   taxminan,   chamasida;   3.
Tevaragida,   xususida 49
  kabi   ma’nolari   mavjudligini   aytadi.   Atrofida   o‘rin
44
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, .    A  харфи, 108-бет.
45
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, .    A  харфи,  99-бет.
46
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 114-bet . .
47
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi.  180-bet..
48
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    B  харфи , 115- бет .
49
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент:  Фан, 1991, 111- бет.
29 ma’nosini     anglatganda   “ot   ko‘makchilar”   guruhiga   kiradi,   biroq   Rustamov
yuqorida keltirilgan ikki ma’nosi orqali bu birlikni “sof ko‘makchi” guruhiga ham
kiritadi.   Demak,   biz   keltirgan   quyidagi   misol   orqali   sof   ko‘makchilik   vazifasi
yuzaga   chiqyapti.   Farxodning   taxminicha,   kinoga   bevosita   dahldor   bir   ikkitasini
aytmasa,   davradagilarning   aksariyati   (kelib   ketuvchilarni   ham   qo‘shganda)
anchayin   san’at   atrofida   o‘ralashib   yuradigan,   ammo   o‘zini   uncha-munchadan
kam   sanamaydigan   omadsizroq   bir   toifa   bor   edi. 50
    Bosh   –   3-shaxs   egalik   va
jo‘nalish,   o‘rin-payt,   chiqish   kelishigi   affikslari   bilan   ko‘makchi   vazifasida
qo‘llanadi.   Boshiga/boshida/boshidan   ko‘makchilari   ham   mavjud.   Boshiga
ko‘makchi   vazifasida   ishlatiladi.   Yoniga,   oldiga,   qoshiga.   Bitar   ishning   boshiga,
yaxshi kelar qoshiga. Maqol. 51
    Boshida  - yonida, oldida, qoshida. Ayollar ko‘prik
boshida   chapak   chalib,   tizzalarini   urib   chinqirishdi.   Oybek.   Tanlangan   asarlar.
Boshidan   –   ko‘makchi   vazifasida.   Yonidan,   oldidan,   qoshidan.   O‘choq   boshidan
ovqatni   olib   kelmoq.   Qozon   boshidan   turib   gapirmoq.   Boshlab   ko‘makchisi
chiqish   kelishigidagi   ot   bilan   birgalikda   qo‘llanadi.   Beri,   buyon.   Shu   kundan
boshlab   u   ham   raisning   oldida   to‘ng‘illab   gapiradigan   bo‘lib   qoldi.   “   Mushtum”.
…   Toshpo‘lat     tug‘ilgan   kunidan   boshlaboq   kulfat,   g‘am-qayg‘uga   yo‘rgaklandi.
K.Yashin,   Hamza. 52
  Boshqa   –   chiqish   kelishigidagi   so‘z   bilan   ko‘makchi
vazifasida   qo‘llanadi.   Bo‘lak,   tashqari.   Bundan   boshqa!   –   menga   qolsa,o‘rtada
shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim! – dedi [hoji]. A. Qodiriy. O‘tgan kunlar 53
.
Bo‘lak   –   5.   Ko‘makchi   vazifasida   (chiqish   kelishigidagi   so‘z   bilan).   Boshqa,
tashqari. Bundan bo‘lak gapim yo‘q. Elmurod, ertalabdan beri non-choydan bo‘lak
hech narsa yemaganlikdan, ko‘ngli ozganligini sezdi. P.Tursun. O‘qituvchi. Karim
akaning   ota-onasi   erta   o‘lib   ketgan.   Fazilat   opadan   bo‘lak   hech   kimi   yo‘q,
kambag‘algina   yigit   edi.   M.   Hazratqulov,   Jur’at.   Ukasidan   bo‘lak   Hamidaning
yaqini qolmadi. “Yosh kuch”. 54
  Vajidan  – ko‘makchi. Biror narsaga aloqadorlikni,
50
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 114-bet..
51
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008,   Б   харфи , 335- бет .
52
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008,   Б   харфи  340- бет .
53
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008,  Б   харфи  344 - бет
54
Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008, I  том ,   Б   харфи   408- бет .
30 sabab munosabatini bildiradi; jihatidan xususidan;  sababi  bilan, sababli. Xushro‘y
ikkinchi va uchinchi haftalarda o‘choq boshini  o‘z qo‘liga olib, kundoshini ikkita
bolasi   bilan   tomoq   vajidan   ham   siqa   boshlaydir.   A.Qodiriy.   O‘tgan   kunlar.
Bilmagan   odam   uni   tirikchilik   vajidan   qiynalib   qolgan   gumon   qiladi.   A.Qahhor.
Asarlar.   …nima   vajidan   yotganingizni   bilaman-u,   chalg‘itmoqchi   bo‘lasiz.   Sh.
Rashidov, Bo‘rondan kuchli. 55
   Vaj  leksemasi arab tilidan o‘zlashgan bo‘lib ikki xil
leksik ma’no ifodalaydi: vaj – yuz, chehra; tomon; sabab, asos]       1. Biror narsa,
hodisa va sh.k. ni keltirib chiqaruvchi asos; sabab. Ko‘ktemirni qo‘shib chala o‘lik
qiyatni...   do‘xtirga   yuborganining   vajini     endi   bildim,   ablax!   A.Muxtor,
Qoraqalpoq qissasi. 2. Ish-harakat, hodisa va sh.k.ni oqlash uchun ko‘rsatiladigan,
keltiriladigan   sabab,   asos;   bahona.   Dangasaning   vaji   ko‘p,   ohangsizning   avji.
Maqol.   Bundan   tashqari   [xizmat   haqi,   badal,]   muayyan   maqsadga   mo‘ljallangan
narsa   kabi   ma’nolari   ham   mavjud.   Dehqon   yoki   bog‘bon   bozorga   olib   kelgan
vajini   ko‘tarasiga   naridan-beri   sotdi-yu,   kam-ko‘stini   xarid   qilib,   tirikchiligiga
shoshildi. K.Yashin, Hamza. 56
  Davom   –   4.   3-shaxs   egalik   va   o‘rin-payt   kelishigi
affikslari   bilan   ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanadi.   Davomida   –   1.   Ko‘makchi
vazifasida.   Muayyan   vaqt,   muddatning   davom   etish   oralig‘ida,   mobaynida.
Keyingi   ikki   yil   mobaynida   biz  urug‘lik   chigitlarni   nurlantirishga   oid  tajriba   olib
bordik.   “fan   va   turmush”.   Qutbiddinlar   ikki   kun   davomida   lojuvard   konini
o‘rganishdi, o‘n kilogrammcha na’muna olishdi.            S. Karomatov, Oltin qum.
Saodatxon   ikkinchi   chorak   davomida   qilinadigan   ishlarni   batafsil   so‘zlab   berdi.
S.Zunnunova, Olov.     2. Muayyan ish-harakat, ijodiy faoliyat vaqtida, orasida. Ish
davomida unda-bunda begona so‘zlarni eshitib, keyin esa kitob tatalab, inglizchani
bilib   oldim.   “Guldasta”. 57
  Yo‘l   –   16.   Ko‘makchi   vazifasida.(asosan,   o‘rin-payt
kelishigida,   yo‘lida)   Sabab,   maqsad   kabi   ma’nolarni   bildiradi;   borasida,   uchun.
Kimiki   xalq   yo‘lida,   xalq   yo‘lida   ter   to‘ksa,   qo‘li   hamma   yerda   baland   bo‘lsin.
M.Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. Shuning uchun ham senga yetishmoq yo‘lida,
55
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008,    I  том ,  Б  харфи   432- бет .
?
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    I  том ,  Д   харфи , 540- бет .
56
57
31 jonni xatarga qo‘yib, kecha – kunduz yugurganmanda…K.Yashin, Hamza. 58
 Bizga
ma’lumki, ot turkumiga oid so‘zlar ma’no jihatidan shaxs otlari, narsa otlari, o‘rin-
joy   otlari   va   faoliyat   jarayon   otlariga   ajratiladi.   Shulardan   biri   bu   o‘rin-joy   otlari
bo‘lib,   ko‘makchilashgan   so‘zlarimizning   ko‘pchiligi   shu   turdan   hosil   bo‘lgan.
Old   –   4.   3-shaxs   egalik   va   sh.k,   o‘rin-payt   kelishigi,   chiqish   kelishigi   affikslari
bilan   ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanadi.   –ning   oldiga,   oldida,   oldidan.   Oldidan   –
ko‘makchi   vazifasida.   1.   Huzuriga,   yoniga,   qoshiga.   O‘qituvchining   oldiga
bormoq.   Ko‘plashib   maktab   direktorining   oldiga   kiringlar,   deb   o‘rgatgan   bo‘ldi.
“Yoshlik”.   Nizomjon   uning   oldiga   jadal   yurib   ketdi.   S.Ahmad,   Ufq.   Oldida   –
ko‘makchi   vazifasida.   1.Xuzurida,   yonida,   qoshida,   ko‘z   o‘ngida.   Bu   ishlar
ko‘pchilikning   oldida   bo‘ldi.   Yangi   kelgan   vaqtingizda   meni   yomon   yo‘ldan
qaytardingiz…   butun   zveno   oldida   ta’zir   berib,   odam   bo‘l,   dedingiz.   A.   Qahhor,
Qo‘shchinor   chiroqlari. 59
  Ora   –   8.   3   -   shaxs   egalik   o‘rin-payt   kelishigi
qo‘shimchalari   bilan   ko‘makchi   vazifasida   ishlatiladi(   -ning   orasida).   Orasida   –
ko‘makchi   vazifasida.   1.   O‘rtasida,   ichida.   Juftlik   yolg‘iz   kishilar   orasidagina
emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor. A.Qodiriy, Mehrobdan chayon. Sel
sharsharasi, momoqaldiroq guldirashi orasida Bahromning qulog‘iga qo‘y ma’rashi
chalinganday   bo‘ldi.   S.Anorboyev,   Hamsuhbatlar.   Davomida,   mobaynida.   Bu
kungi   besh   daqiqa   orasida   bo‘lib   o‘tgan   voqeani   [Otabek   ]   hech   bir   yo‘sin   bilan
miyasiga   sig‘dira   olmas…edi.   A.Qodiriy,  O‘tgan  kunlar.   Vaqt   shom   bilan   xufton
orasida edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Ora   so‘zi   bilan   hosil   bo‘lgan   ko‘makchilar   ot   mustaqil   so‘z   turkumidan   kelib
chiqqan.   Ora   –   bir   nuqtadan   ikkinchi   nuqtagacha   bo‘lgan   masofani   ifodalashi
keltirib   o‘tilgan.   3   O‘rtasida,   chegarasida.   Mehmonlarning   aksari   o‘rta   yoshli   –
o‘ttiz-qirq   orasidagi   odamlar   edi.   Oybek,   Tanlangan   asarlar.   4   Ichida.   Qiy-chuv
orasida   zaif   yig‘i   tovushi   ham   kelib   qo‘ydi.   A.Qodiriy,   O‘tgan   kunlar.[Otabek
Kumushga:]   Bu   telbalarcha   maktubingizni   isitma   orasida   yozganga   o‘xshaysiz.
58
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     II tom I harfi, 276-bet
59
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том    О   харфи  109- бет
32 A.Qodiriy,   O‘tgan   kunlar.   5   O‘rtasida   (qiyoslash).   Tovuq   bilan   odam   orasida
qancha farq bo‘lsa, bu ikki jonivorning muhabbati orasida ham shuncha farq bor.
A.Qahhor,   Maston. 60
  Ort   –   3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish,   o‘rin-payt,   chiqish
kelishiklari qo‘shimchalari bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi (q ortiga, ortida,
ortidan).   Muammoni   hal   qilish   uchun   bu   ish   ortidan   ko‘p   yugurdi.   Bormagan
tashkiloti qolmadi. Gazetadan. Ortiga ayn. Orqasiga. Ortida ayn. Orqasida. Yegani
oldida,   yemagani   ortida   q.yemoq.   ortidan   ayn.   Orqasidan.   3.   O‘rinboy   bir   so‘zni
ikki   qilmay,   xayol   surib   chiqib   ketdi,   rais   uning   ortidan   iljayib   qoldi.   Oydin,
Yuragida   o‘ti   bor. 61
  Orqa   –   7   3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish,   o‘rin-payt   va   chiqish
kelishigi   qo‘shimchalari   bilan   ko‘makchi   vazifasida   ishlatiladi.   (q.orqasiga,
orqasida, orqasidan). 62
  Sababli so‘zi sabab otidan kelib chiqqan bo‘lib, ko‘makchi
vazifasini   bajaradi.   Sababli   –   3   ko‘makchi.(   b.k.bilan)   Uchun,   tufayli   oqibatida
sababdan.   Podshoning   xastaligi   sababli   mamlakatda   to‘y-u   maraka,   bazmlar
to‘xtatilgan.   Mirmuhsin,   Me’mor.   Havo   haroratining   yuqori   bo‘lishi   sababli
tutlarda yon shoxlarning jadal o‘sishi  burglar  sonining ko‘payishi  sodir bo‘lyapti.
Gazetadan.   Shu   sabbali   kuylab   seni   umrim   kechar.   Y.Mirzo.   Antibiotiklar
mikroorganizmlardan hosil qilinishi sababli qimmatga tushadi. “Fan va turmush”. 63
Bu   ko‘makchi   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   sof   ko‘makchilar   qatorida
o‘rganilmoqda.   Soyasida   – ( b. k. bilan ) ko‘makchi vazifasida. Tufayli, orqasida,
orqali.   Sharofatlaringiz   soyasida   ko‘p   kishilar   bilan   tanishdik.   A.Qodiriy,   O‘tgan
kunlar. 64
  Bu   leksik   birlik   soya   so‘ziga   egalik   va   kelishik   affiksi   qo‘shilishi
natijasida   ko‘makchi   turkumining   vazifasini   bajaryapti.   Albatta,   mustaqil   ma’no
anglatuvchi soyasida leksemasidan farqlashimiz lozim.  M: Mana bordingiz deylik.
Chol   bog‘dagi   biror  daraxt  soyasida   albatta  esnab  o‘tirgan  bo‘ladi. 65
  Keltirilgan
gapimiz   tarkibidagi   soyasida   leksemasi   quyidagi   ma’noli   qismlarga   bo‘linadi.
60
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том    О   харфи  134- бет
61
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том    О   харфи  135- бет
62
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том    О   харфи  143- бет
63
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     III  том   С харфи 409-бет
64
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     III  том     С   харфи  422- бет
65
 Misollar “Shovqin”romanidan olindi. 20-bet
33 Soya+si   (egalik   affiksi   I   shaxs   birlik)+da(   kelishik   shakli,   o‘rin-payt   kelishigi).
Yordamchi   (ko‘makchi)   so‘z   vazifasida   qo‘llanilgan   soyasida/soyasiga   birligi
ma’noli   qismlarga   ajratilmaydi   va   bunday   holatda   kelishik   affikslari   bilan
sinonimlikni yuzaga chiqaradi.
M: Bolaning ichida yashaydi daho,
Yashar  yaratganning  xush  soyasida,                   
Olam mohiyatday yastanib yotar,
Dahoning   g‘aroyib   poshpanasida… 66
  Eshqobil   Shukur   ijodiga   mansub   ushbu
misralarda  soyasida   birligi   homiyligida,   himoyasida   ma’nolarida   qo‘llanilgan.   Bu
o‘rinda   ko‘makchi   vazifasini   bajarmasdan   himoyasida   ma’nosi   yuzaga   chiqqan.
Etimologik lug‘atda soya leksemasi  tojik tilidan o‘zlashganligi, ot so‘z turkumiga
oid   so‘z   ekanligi   aytilgan.   Yuqorida   keltirgan   misramiz   tarkibidagi   yaratganning
soyasida   birikmasi   panohida,   himoyasida   ma’nolarini   to‘liq   izohlab,   denotativ
ma’no   ifodalaganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   O‘TIL   ning   soya   leksemasiga
bag‘ishlangan   maqolasida   ham   “himoya,   homiylik”   ma’nolari   mavjud   ekanligi
keltirib   o‘tilgan.   M:   Mingboshi   bir   oz   o‘ylandi…   mening   soyayi   davlatimda,
xoxlasang,   boqqa   chiqib   yot!   Ha! 67
  Keltirilgan   bu   gapimiz   tarkibida   ko‘makchi
vazifasi   ifodalangan.   Izofali   birikma   shaklida   bo‘lganligi   sababli   kelishik   affiksi
davlatim   tarkibida   qo‘llanilgan.   M:   Ularning   soyalarida   bu   zot   askariy
rutbalaridangina ajrab, kissasi ko‘p ham qoqlanmasdan, o‘lkaning u chekkasidan
bu   chekkasiga   “surgun”   bo‘lib   kelgan   va   munda   …   xususiy   zakunchilik   kasbiga
kirishgan. 68
  Ushbu   gapimizda   ular   tufayli   ma’nosi   soyalarida   birligi   orqali
ifodalab berilgan. Soyasida ko‘makchisi fors tiliga taalluqli bo‘lib, ba’zan ko‘chma
ma’no   anglatadi.   Bu   ko‘makchi   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   faol   qo‘llanilib
kelyapti. Biror shaxsning ikkinchi shaxsga ko‘magi/yordami kabi ko‘chma ma’no
va   ish-harakatning   bajarilishidagi   asos,   manba   kabi   ma’nolarni   ifodalaydi. 69
66
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.    – Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002. –  122б.
67
 Cho‘lpon, Kecha va kunduz. Roman.- Toshkent:: Sharq,  2000,  211-bet
68
 Cho‘lpon, Kecha va kunduz. Roman.- Toshkent:: Sharq,  2000,  260-bet..
69
  Рустамов   Т .  Соф   кўмакчилар .-  Тошкент :   Фан , 1991,  74- бет .
34 Tag  – 8 Zamir; asos. Ahmad…buning tagida bir gap borligini payqadi. Mirmuhsin,
me’mor. Elmurod qassobning ‘siyosat” to‘g‘risidagi savoli tagida uning o‘z g‘arazi
v   tashvishi   yotganini   payqadi.   P.Tursun,   O‘qituvchi. 70
    Tevarak   –   5   ko‘makchi
vazifasida.   Kam   qo‘llanadi.   Atrofida.   ..vahima   va   tahlikali   holga   qirq   yosh
tevaragida   tushganidan   dalolat   beradi.   Gazetadan. 71
  Xusus   –   2   3-shaxs   egalik   va
o‘rin-payt kelishiklari affikslari bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi.(q.xususida).
Intizom xususida gapirmoq.  Xususida  – ko‘makchi vazifasida. To‘g‘risida, haqida.
–pilla   xususida   til   qisiqlik   joyim   yo‘q.   planni   bir   yuz   o‘n   bir   protsent   qilib
qo‘yganman, - dedi rais. S.Ahmad, Hodivoy. 72
   Evaz  – [arabcha - o‘rnini bosuvchi;
o‘rnini   qoplash;   badal]   1   O‘rniga,   badaliga   to‘lanadigan   yoki   olinadigan   haq,
narsa;   badal.   Kuyov,   evazi   naqd   bo‘lmagan   og‘ir   mehnatga   tob   bera   olmay,
Kimsanoyni   olib,   shaharga   ketib   qoldi.   A.Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari.
2   (3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish   affikslari   bilan   –evaziga)   ko‘makchi   vazifasida.
Asos,   sabab   kabi   munosabatni   (shunday   ma’noni)   bildiradi;   badaliga.   Madras-yu
hashamdor   ko‘ko‘par   binolar..   o‘sha   xalqlar   qoni   evaziga   tiklandi.   S.Karomatov,
Oltin   qum.   Ol   deya   taqdiring   berding   qo‘limga,   Oh   nima   so‘raysiz   evaziga   yor?
Shuhrat. 73
  Yuzasidan   –   ko‘makchi.   Oidlik,   sabab   kabi   munosabatlarni   ifodalaydi;
uchun,   haqida,   bo‘yicha.   Odob   yuzasidan.   Davlatga   jun   sotish   yuzasidan   olingan
majburiyat   bajarildi.   Muhokama   qilingan   masala   yuzasidan   qaror   qabul   qilindi.
Hovlisida   yoki   eshigiga   yaqin   ochiqroq   yerda   ehtoypt   yuzasidan   og‘zi   tor,   ichi
keng boshpana kovlangan. Shuhrat, Shinelli yillar. Axir, xizmat yuzasidan chaqirdi
–   bordi.   Bir   payola   choyga   taklif   etdi..   yo‘q   demadi.   S.Siyoyev,   Otliq   ayol.
Valixon   hurmat   yuzasidan   ta’zim   qilib,   unga   haligi   qog‘ozni   uzatdi.   K.Yashin,
Hamza. 74
  O‘rin   –   13   (3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish,   o‘rin-payt   kelishigi   shaklida   –
o‘rniga, o‘rnida) ko‘m. vazifa. Zidlik, qiyos kabi munosabatlarni, kabi evaz, ko‘ra
ko‘makchilariga xos ma’noni bildiradi. Lekin yechinish o‘rniga shoshilib portfelini
70
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том     Т    харфи  634- бет .
71
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    IV  том     Т   харфи   46- бет .
72
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    IV  том      Х   харфи   428- бет .
73
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008,  V  том     Э   харфи   16- бет .
74
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008,  V  том     Ю   харфи   78- бет .
35 oldi.   S.Zunnunova,   Yangi   direktor.   Sening   o‘rningga   it   boqsam   bo‘lmasmidi!
S.Ahmad, Ufq. Bu kunki qorachopon va qipchoq nizolarini sizga bir timsol o‘rnida
ko‘rsatayin..   A.Qodiriy,   O‘tgan   kunlar.   –   nima   qildi?   –   degan   edi,   opasi   o‘rniga
singlisi   javob   berdi.   O.Yoqubov,   Er   boshiga   ish   tushsa. 75
  O‘rta   –   10   (makon
kelishiklari   shaklida   –   o‘rtaga,   o‘rta,   o‘rtada,   o‘rtadan)   ko‘makchi   vazifasida.
Makon,   payt   yoki   obyekt   munosabatini   bildiradi.   Gavhar   shoshilmay   o‘tib,
Zulayho bilan Abduxalilning o‘rtasiga o‘tirdi.. O‘.Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
Otang   bilan   o‘rtamizda   shunday   gaplar   o‘tgan..   M.Hazratqulov,   Jur’at.   ..ikki
kundosh   o‘rtasidan   ancha   gaplar   o‘tgani   bir   daraja   ma’lum   bo‘ldi.   A.Qodiriy,
O‘tgan   kunlar.   Shirmonjon   olomon   o‘rtasidan   sug‘urilib   chiqdi.   S.Zunnunova,
Olov. 76
  Qavm   –   4   (3-shaxs   egalik   va     o‘rin   –   payt   kelishigi   shaklida   –   qavmida)
“Qatorida”   ma’nosini   bildiradi.   Menga-ku   janoza   o‘qiydiganlar   topiladi.   Ammo
senlar  to‘ng‘iz  qavmida  ketasanlar.  B.Rahmonov,   Mardlar   qissasi.  Zokir  temirchi
g‘oziyning   qilichidan   o‘lgan,   shuning   uchun   ham   u   kofir   qavmida   ketgan   emish.
S.Anorboyev,   Oqsoy.   Qavm   ko‘makchilashish   jarayonidagi   so‘z   bo‘lib,   to‘la
ko‘makchilashib   ulgurmagan.   Qavm   leksemasining   tub   ma’nosi   –   xalq,   millat,
kishilar to‘dasi, guruhi. 77
  Qator   –   7   (3-shaxs   egalik   shaklida   –   qatori)   ko‘m.vzf.
O‘xshatish,   qiyos   munosabatini(   “kabi,   “tengi”   kabi   ma’nolarni)   bildiradi.   Mana,
endi, u odamlar qatori ertalab ishga borib, kechki payt, el-yurt qatori, uyga qaytadi.
T.Ashurov, Oq ot. ..kecha-yu kunduz o‘shaning juvozida, yaylovida ishlashadi. Biz
ham   shular   qatorimiz-ku!?   Nimamiz   ortiq?!   A.Muxtor,   Qoraqalpoq   qissasi.   Men
Zokir   ota   bilan   Ro‘zimatni   qoralab,   o‘zimni   oqlamoqchi   emasman.   Shular   qatori
men   ham   gunohkorman.   A.Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari.   8   (3-shaxs   egalik   va
o‘rin-payt   kelishigi   shaklida   –   qatorida)   ayn.   qator   7.   Agar   menga   hurmat   lozim
bo‘lsa,   mubolag‘a   bilan   emas,   yana   takror   aytaman,   bir   qarindoshimgiz   qatorida
takallufsiz   muomala   qilish   bilan   bo‘lsin!.   A.Qodiriy,   Mehrobdan   chayon.   Shu
qatorida badiiy adabiyot va san’at ham bir qadar e’tibor topadi. “Fan va turmush”.
75
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008,  V  том    Ў   харфи   165- бет .
76
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008,  V  том    Ў   харфи   185- бет .
77
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  V  том  К харфи  201-бет.
36 Yusufbek   hoji   bekning   uylanishi   ham   oddiy   gaplar   qatorida   eshitib   o‘tkardi.
A.Qodiriy,   O‘tgan   kunlar.   78
  Qosh   –   4   (3-shaxs   egalik   va   makon   kelishiklari
shaklida – qoshiga, qoshida, qoshidan) ko‘m.vzf. Makon munosabatlarini bildiradi.
Hech   kima   rahm   aylamas   qonli   yoshimga,   Shakar   aka   kelgin   mening   qoshimga.
“Shirin   bilan   Shakar”.   Qoshimdan   noz-istig‘no   bilan   ketdingiz,   yomon   bo‘ldi,
Qoshimga noz-istig‘no bilan kelsang, yomon bo‘lmas. J.Kamol. uch qizim bor, bir
og‘lim   bor   qoshimda,   baxt-u   davlat   keldi   yetmish   yoshimda.   Habibiy. 79
Qoshidagi   –   oldidagi,   yonidagi,   huzuridagi;   tarkibidagi.   O‘rozali
qushbegining   amaldorlaridan   boshqa   yana   olti   yuz   olomon   odami   bor   edi.
“Yodgor”.   Institutini   bitirganimdan   keyin   meni   shu   institute   qoshidagi
kasalxonaning xirurgiya klinikasidaishga qoldirdilar. Oydin, Uyaldi, shekilli, yerga
qaradi. 80
  Bu   leksemaning   (qoshidagi)   izohli   lug‘atimizda   ko‘makchi   vazifasida
qo‘llanilishi   yuzasidan   hech   bir   fikr   aytilmagan.   Misollarda   esa   u   aynan
ko‘makchidir.   Faqatgina   lug‘atda   emas,   balki   badiiy   asarlar   tarkibida   ham
“qoshidagi” ko‘makchi vazifasini bajargan hollar uchraydi.   Qo‘l   – (3-shaxs egalik
hamda   jo‘nalish   kelishigi   va   o‘rin-payt   kelishigi   shaklida   ko‘m.vzf:   qo‘liga,
qo‘lida)   ixtiyoriga,   izmiga;   ixtiyorida,   izmida.   Kishi   hurmati   o‘z   qo‘lida.   Maqol.
[Kumush]   Bu   uydan   chiqib   ketishni,   bir   ikki   oylan   Otabekni   Zaynab   qo‘liga
topshirib qo‘yishni yana muvofiq ko‘rmas. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar. Agarda xon
ko‘tarish mening qo‘limda bo‘lsa edi, xon qilib Otabekni ko‘tarar edim. A.Qodiriy,
O‘tgan kunlar. 81
  Bu leksemaning denotativ ma’nosi inson organi. Lekin biz ko‘rib
o‘tgan   tahlilda   ma’lum   affikslar   yordamida   turkumga   ko‘chish   holatini,   ya’ni
yordamchilashganini ko‘rish mumkin. Bu holat ma’lum yaqinlik (ma’no jihatidan,
albatta)   yuzaga   keladi.   M:   Maktabda   oddiy   muallima   bo‘lgan   eski   xotinning
qo‘lida   bir   qiz-u   mana   shu   Baxtiyor   qoldi. 82
  Yoki   quyida   keltirmoqchi   bo‘lgan
misolimizda ham “ixtiyorida” ma’nosi yuzaga chiqyapti.   Qarabsizki, futur yetgan,
78
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  V  том   К харфи  263-бет.
79
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  V  том   К харфи  352-бет.
80
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  V  том   К харфи  353-бет.
81
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, .     V  том     К   харфи   403- бет
82
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 49-bet.
37 yaroqsiz  bir uyum yog‘och, bamisoli, lo‘lilarning qo‘lidan o‘tib bozorga chiqqan
qo‘tir-qirchang‘idan guldek samanga aylandi-qoldi. 83
 Haq  –9 (egalik va o‘rin-payt
kelishigi   shaklida   –   haqida)   ko‘m.   vzf.   Qaratilganlik   munosabatini   bildiradi;
to‘g‘risida, to‘g‘rida. Paxta planning bajarilishi haqida ma’lumot. Ob-havo haqida
ma’lumot. Majlisda sen haqingda yaxshi  gaplar aytildi. Front gazetasida Hasanov
haqida yozilgan bir xabar hamisha cho‘ntagimda. T.Rustamov, Mangu jasorat.   M:
Farhodga   aloqador   qaysidir   film   haqida   Kamolova   kattakon   maqola   yozib,
ssenariy   jihatini   ayniqsa   ko‘kka   ko‘tarib   maqtaydi. 84
  Bu   ko‘makchi   haq   so‘zidan
paydo   bo‘lgan   arab   tilidan   o‘zlashgandir.   XII   –   XIV   asrlarda   turli   shakllarda
qo‘llanilganligi   haqida   ma’lumotlar   bor.   Turdi   Rustamov   bu   ko‘makchining   XX
asrga   kelib   haqda   shakli   yaratilganligi   haqida   aytib   o‘tadi.   Biz   keltirgan   misolda
fikr   qaratilgan   predmet   ma’nosini   ifodalab   kelgan.   Haqda   –   ko‘m.   asosan,
ko‘rsatish   olmoshlari   bilan   qo‘llanib,   harakat   va   obyekt   munosabatlarini
ko‘rsatadi;   to‘g‘rida,  borada.  Bu   haqda  boshqa   fikr   bo‘lmagani  uchun,   maorifdan
boshqa   muallim   so‘rashga   qaror   qilindi.   A.Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari.   Shu
haqda   gap   borganida,   Elmurod   Sayfullayevni   esga   oldi.   P.Tursun,   O‘qituvchi. 85
Hisob   –   18   (3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish   kelishigi   shaklida   –   hisobiga)
ko‘m.vzf. asos, sabab, qarashlilik kabi munosabatlarni ifodalaydi; evaziga, uchun,
tufayli.   Katta   mehnat   hisobiga   shunday   natijalarga   erishildi.   Bu   yil   uzumdan
birinchi   marotaba   davlat   hisobiga   hosil   yig‘ib   olindi.   “   O‘zbekiston   qo‘riqlari”.
Og‘ir   minutlarda   biz   faqat   soldatlarimizning   mardligi   va   qat’iyatligi   hisobiga
dushmanni   tutib   turardik.   N.Safarov,   Olovli   izlar. 86
  Hisob   leksemasi   ko‘p
o‘rinlarda yordamchi fe’l turkumini to‘ldirib ham kelishiga guvoh bo‘ldik.  M: Shu
uch   –   to‘rt   kun   ichida   u   boshqa   odamga   aylandi   hisob. 87
  Lekin   bunday   holda
ko‘makchi   vazifasini   bajarib   kelmaydi.   Ba’zi   o‘rinlarda   ko‘makchili   birikmani
hosil qilishda uchun/sababli/tufayli yordamchi so‘zlari kabi vazifa bajaradi.  M: Shu
83
  Эркин   Аъзам .   Жаннат   ўзи   қайдадир .- Хикоялар ,  кинокиссалар , драматик   аса   рва   публицистик  
миниатуралар .  Тошкент:    Шарқ   нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2007 ,  –   16 - б ет
84
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 176-bet.
85
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,  V  том  Х  харфи  519-бет.
86
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,  V  том   Х харфи  535-бет.
87
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 125-bet..
38 hisobda men bor-yo‘g‘i yigirma besh foizgina o‘zbek bo‘lib chiqaman, to‘g‘rimi? 88
Berilgan   misolimizda   hisob   leksik   birligi   shuning   evaziga   ko‘makchili   qurilmani
tashkil   qilyapti   va   shuning   uchun,   shu   tufayli   ko‘makchili   qurilmasiga   teng
kelyapti.   Huzur   II   –   [arabcha]   –     jo‘nalish,   o‘rin-payt   yoki   chiqish   kelishigida   –
huzuriga,   huzurida,   huzuridan)   ko‘m.vzf.   makon   munosabatlarini   bildiradi.
Azimjon   ishdan   qaytayotib,   bugun   yana   onasining   huzuriga   kirdi.   “Saodat”.
Toshpo‘latov  rais  bilan…maktab  huzurida  kurs  ochish  uchun  mahsus  joy  ajratish
rejalari   haqida   uzoq   suhbatlashdi.   R.Fayziy,   Cho‘lga   bahor   keldi.   Tashabbuskor
quruvchilar   huzuridan   qaytar   ekanmiz,   ular   amalga   oshirayotgan   ishlar     va
belgilanayotgan   rejalar   haqida   o‘yladik.   Gazetadan. 89
  Bu   leksik   birlik   oldida
ko‘makchisiga   sinonim   bo‘lib,   o‘rin-joy   /   makon   munosabatini   ifodalaydi.   M:
Botirbek   navbat-pavbatiga   qaramay,   daroz   bo‘lib   safni   yorib   o‘tdi-da,   meni
ergashtirib   o‘sha   mo‘jizakor   tabibning     huzuriga   kirib   bordi. 90
Oldi/oldiga/oldida/oldidan   ko‘makchilari   asosan   og‘zaki   nutq   uchun   xos   bo‘lsa,
huzur   leksemasi   yozma   uslub   uchun   xoslangan.     Turdi   Rustamov   bu   ko‘makchi
haqida   quyidagi   fikrlarni   keltirib   o‘tgn:   “bu   ko‘makchi   XIX   asrdan   boshlab
qo‘llanilgan. Huzurida ko‘makchisi bosh kelishikdagi ot va qaratqich kelishigidagi
olmoshga birikadi”. 91
2.3.Fe’l   turkumiga
oid   funksional ko‘makchilar   Aralash   –   2.   Ko‘makchi   vazifasida.
Bilan.   Bobo   birdan   qorni   aralash   ko‘kragini   ushlab   qoldi.   S.   Anorboyev,
Hamsuhbatlar.  Ortiq  jahl  aralash  chetga  tupurdi. M.Mansurov.   Yombi. 92
    Aralash
leksemasining   tuzilishi     ara   otiga   –la   fe’l   yasovchi   qo‘shimcha   sal   keyinroq
birgalik   ma’nosini   beruvchi   –sh   affiksi   qo‘shilishidan   hosil   bo‘lgan:   ara   +   la   =
arala + sh= aralash. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati I tomida aralash leksemasi
shunday izohlangan: bir birining orasiga kirib  birlashib, aralashib ket. 93
 “Shovqin”
88
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 128-bet..
89
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  V  том   Х  харфи  558-бет.
90
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 78-bet.
91
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент:  Фан, 1991,77- бет.
92
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, А харфи, 93-бет.
93
 Ўзбек тилининг етимологик луғати . –Тошкент: Университет, 2000, А харфи, 30-бет.
39 romanida   ham   muallif   bu   leksemadan   ko‘makchi   so‘z   sifatida   foydalangan.
M: Chol   bir   muddat   menga   taajjub   aralash   boqib   turdi-da,   boshini   chayqay-
chayqay chiqib ketdi. 94
                  Bu ko‘makchini bilan ko‘makchisi bilan sinonim
sifatida  taajjub bilan boqmoq  olsak bo‘ladi. Bunda holat, tarz ma’nolarini ifodalab
keladi.  Binoan  – (arab. …ga asosan, …ga ko‘ra) ko‘makchi,   jo‘nalish   kelishigi
bilan   qo‘llaniladi.   Nimagadir   amal   qilgan,   asoslangan   holda;   muvofiq,   ko‘ra.
Vadangizga   binoan.   Yuqoridagi   sabablarga   binoan.   Shunga   binoan.   Qulluq,
chaqirganingizga   binoan   xizmatingizga   keldik,   nima   deysiz?   “Luqmoni   hakim”.
Mazakxo‘raklarning   buyurtmasiga   binoan,   ofitsiant   ustritsani   likopga   solib   olib
keldi. “ Saodat”. 95
 Binoan yordamchisi etimologik lug‘atda ham bana fe’lidan hosil
bo‘lgani   aytilgan.   Ma’no   taraqqiyoti   natijasida   muvofiq,   asosida   semalari
shakllangan.                                            M: Shunga binoan, mana, kelib o‘tiribmiz.
Bir   haftadan   oshdiki,   qizig‘in   faoliyat   yuritmoqdamiz   (to‘g‘rirog‘i,   yuritmoqda
edik).  (Shovqin - 52-bet )                     Yordamida  – ko‘makchi. Ko‘magida, madadi bilan.
Xo‘ja   Yahyo   ikki   o‘g‘li,   uch   xotini   o‘n   beshtacha   xizmatkorlari   yordamida   tun
bo‘yi   ko‘ch   yig‘ishtirdi.   P.Qodirov,   Yulduzli   tunlar.   Xullas,   do‘stimiz   Komil
Jalolov   yordamida   bu   kamchiliklarga   tezda   barham   berishingizga   aminman.
O.Yoqubov,   Er   boshiga   ish   tushsa. 96
  Doir   –   [arabcha   –   aylanuvchi,   aylanma].
Ko‘makchi.   Jo‘nalish   kelishigi   bilan   qo‘llanadi.   Aloqasi,   dahli   bo‘lgan,  aloqador,
tegishli; mansub.                              U [Siddiqjon] ishiga doir gaplarga aralashib,
birovning   fikrini   quvvatlar   yoki   rad   qilar,   o‘z   fikrini   aytar   edi.   A.Qahhor,
Qo‘shchinor   chiroqlari.   Bu   kishiga   doir   gap.   P.   Tursun,   O‘qituvchi.   Xotira
daftarida   yozuvchining   mehnatiga   doir   ko‘p   fikrlarni   o‘rganish   mumkin.
K.Qahhorova, Chorak asr hamnafas. 97
  Bu leksik birlik arab tilidan olingan bo‘lib,
da ь ir(un) shakliga ega (ARS, 266); o‘zbek tiliga cho‘ziq   a   unlisini   a [o]   unlisiga,
kasrali   hamzani   i   tovushiga   almashtirib   qabul   qilingan.   Bu   so‘z   dara   fe’lining
“aylandi”   ma’nosi   bilan   hosil   qilingan   I   bob   aniq   nisbat   sifatdoshi   bo‘lib   (ATG,
94
  Misollar  “ Shovqin ”  romanidan   olindi .
95
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008.   B   harfi ,266-бет.
96
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, .     II  том, Й харфи,  44-бет.
97
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, .    I  том,  Д харфи  636-бет.
40 147),   arab   tilida   “aylanuvchi”,   “atrofni   o‘rab   oluvchi”,   “takrorlanuvchi”   kabi
ma’nolarni anglatadi (ARS, 266) 98
  O‘TIL va etimologik lug‘at tarkibida bu leksik
birlik   fe’l   so‘z   turkumidan   kelib   chiqqanligi   aytilgan.   Shu   bois   biz   ham   bu
leksemani fe’l turkumiga oid ko‘makchi so‘zlar guruhiga kiritishni joiz deb topdik.
M:   Kino   tarixiga   doir   darslig-u   qo‘llanmalarda   uning   qop-qora   sochlari   ikki
yonga tarvaqaylab tushgan rasmiy suratlari ham bor! 99
Ko‘ra   –   2.   Ko‘makchi   (jo‘nalish   kelishigi   bilan)   Sabab,   asos   munosabatini
bildiradi;   asosida,   muvofiq,   binoan.   Shunga   ko‘ra.   Taomilga   ko‘ra.   Tuzilgan
bitimga  ko‘ra,  Abdulatif  Samarqandga  yuborildi. Mirmuhsin,  Me’mor. Otam,  o‘z
kasbining   taqozosiga   ko‘ra   umrining   ko‘p   qismini   safarlarda   o‘tkazgan   odam.
Shukrullo,   Javohirlar   sandig‘i.   3.   Ko‘makchi   (chiqish   kelishigi   bilan).   Qiyos,
taqqoslash   munosabatini   bildiradi;   nisbatan,   qaraganda.   Siz   buni   mendan   ko‘ra
yaxshiroq bilasiz. Undan ko‘ra bu yaxshiroq. Peshtaxtalar oldida xaridordan ko‘ra
ko‘proq     uymalashgan   sotuvchilar   tillaridan   bol   tomib,   mollarini   ta’riflashadi.
N.Aminov,   Suvarak.   Masala   u   o‘ylaganidan   ko‘ra   chuqurroq   ko‘rinardi.
F.Musajonov,   Himmat.   Me’mor   hatto   o‘z   o‘g‘li   Nizomiddindan   ko‘ra   ham
Zavrakning  gaplariga  ishonardi.  Mirmuhsin, Me’mor. 100
  Bu  leksik  birligimiz  ko‘r
+a   ravishdosh   shakli   orqali   hosil   bo‘lgan.   Qadimgi   turkiy   til   davridan   boshlab
ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanila   boshlagan.   Xuddi   shu   ko‘makchi   bilan   sinonim
sifatida   qo‘llanuvchi   nisbatan   so‘zi   O‘TILda   quyidagicha   izohlangan.
Nisbatan   –   2.   Ko‘makchi   vazifasida.   Ayirib,   ta’kidlab   ko‘rsatishni   ifodalaydi;
qaraganda, ko‘ra. Mahkamning bosiqligi esa uni Ochilga nisbatan bir necha yosh
katta   ko‘rsatardi.   P.Qodirov,   Uch   ildiz.   Kaspiy   dengizida   poroxodlar   qatnovi
bahorga   nisbatan   ko‘paydi.   Shuhrat,   Shinelli   yillar. 101
  Doir   ko‘makchisiga
ma’nodosh   oid   ko‘makchisi   ham   fe’l   turkumidan   hosil   bo‘lgan.   Oid   -   [   a   –
qaytuvchi, qaytib keluvchi]. Ko‘makchi, tegishli, taalluqli,doir. Ishq – muhabbatga
oid   she’rlar.   Tarixga   oid   kitoblar.   Orada   o‘tgan   shu   ikki   oy   ichida   Ahmadjon
98
 Ўзбек тилининг этимологик луғати. –Тошкент: Университет , 2000,  II  том, 109-бет.
99
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi.137-bet.
100
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008,  II  том ,  М   харфи ,  465- бет .
101
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,   III  том Н харфи,  41-бет.
41 harbiy   texnikaga   oid   ko‘p   narsalar   o‘rgandi.   A.Qahhor,   Oltin   yulduz. 102
O‘xshashmoq   –   4   (ravishdosh,   sifatdosh,   harakat   nomi   shaklida   –   o‘xshab,
o‘xshagan,   o‘xshash)   ko‘m.   vazifasida.   Qiyos,   o‘xshatish   munosabatlarini
ifodalaydi; kabi; singari. Podadan qochgan buzoqqa o‘xshash, duch kelgan eshikka
boshingni tiqaverasanmi?! Oybek, Tanlangan asarlar. Yaqinroq borib qarasa, uning
boshi   qiyshaygan,   chekkasidan   uvadaga   o‘xshagan   bir   narsa   chiqib   turibdi.
A.Qahhor,   Olti   yulduz.   Erlar   sevingandan   kulsalar,   sizga   o‘shash   qizlar
yig‘laydilar.   A.Qodiriy,   O‘tgan   kunlar.   O‘xshatib   –   4   (-(i)b   qo‘shimchali
ravishdosh. – o‘xshatib) ko‘m. vzf. Qiyos, o‘xshatish munosabatini bildiradi; kabi,
singari.   Endi   men   sizlarning   go‘dak   bolalarga   o‘xshatib,   aldab   ovqat
yediramanmi?!   Mirmuhsin,   Me’mor.   Yigit..   chakmonning   ikki   yengini   xurjunga
o‘xshatib,   yelkasiga   tashladi-da,   orqaga   qaytdi.   P.Qodirov,   Qora   ko‘zlar.
O‘xshash  – 1 O‘xshamoq fe’l harakat nomi. Tabiat bilan odam balosi qiyos qilinsa,
bir-biriga o‘xshashi aqlni hayratga solidi. Gazetadan. Cho‘l odami xuddi yantoqqa
o‘xshashi  kerak. Gazetadan.  3 ko‘makchi vazifasida. Kabi, singari (q. o‘xshamoq
4)   U   jilmayganida,   qizlarnikiga   o‘xshash   tekis   tishlari   yarq   etib   ketdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. 103
    Qarab  – 2 ko‘makchi vazifasida( jo‘nalish
kelishigi   bilan)   Nisbat,   qiyos,   shuningdek,   makon,   yo‘nalish   kabilarni   bildiradi.
Sharoitga   qarab   ish   tutmoq.   Daromad   –   qilingan   mehnatga   qarab   taqsimlanadi.
Janubga   qarab   yo‘l   olmoq.   Qutidor   bilan   Oftob   oyimning   bu   javoblari   o‘zlaricha
emas, balki Kumushning ko‘ngliga qarab berilar edi. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar. 104
Qaraganda   – ko‘makchi (jo‘nalish kelishigi bilan) Nisbatlash, qiyos, shuningdek,
sabab,   asos   munosabatlarini   bildiradi.   Sizga   qaraganda   u   yosh   ko‘rinadi.
Kumushga qaraganda oltin og‘ir. Bu yil paxta o‘tgan yilgiga qaraganda ancha ko‘p
bo‘ladi.   Odamlarning   aytishiga   qaraganda.   Gapiga   qaraganda,   xursandga
o‘xshaydi.   Bu   ikki   o‘rim   soch   qirq   kokilga   qaraganda   juda   ham   o‘ziga   kelishib,
unga   yana   bir   qayta   ulug‘vorlik   va   oliyjanoblik   bag‘ishladi.   A.Qodiriy,   O‘tgan
102
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,   III  том О харфи, 97-бет.
103
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,   V  том  Ў харфи,  186-бет
104
Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,   V  том   К харфи,  242-бет 
42 kunlar. Bu hujjatlarga qaraganda, qizingiz erdan chiqayotgani yo‘q. B.Rahmonov,
Yurak   sirlari.   Kosmosga   yuborgan   elchilarimiznining   ma’lumotlariga   qaraganda,
Yer   atrofini   o‘rab   olgan   bunday   zarrachalarning   soni   behad   ko‘pdir.   “Fan   va
turmush”.   Qaramay   –   2.   ko‘makchi.   (jo‘nalish   kelishigi)   To‘siqsizlik,   zidlik
munosabatini   bildiradi;   =sa-da.   Dekabr   bo‘lishiga   qaramay,   kun   issiq.   Ahvol
murakkablashganiga   qaramay,   ilg‘or   bo‘limlar   hujumini   davom   ettirishdi.
T.Rustamov, Mangu jasorat. Gavharning qarshiligiga qaramay, ikki marta suratga
oldi-yu,   rahmat   aytib,   burilib   ketdi.   O‘.Hoshimov,   Qalbingga   quloq   sol.
Qaramasdan   –   ayn.   qaramay.   Bundan   uning   xabari   bormidi,   yo‘qmi,   lekin   u   bu
tomonga   qaramasdan,   otini   egaralash   bilan   mashg‘ul   edi.   A.Qodiriy,   O‘tgan
kunlar.   Yo‘talining   azob   berishiga   azob   berishiga   qaramasdan,   Turg‘unoyning
chehrasi   ochiq,   ishtaha   bilan   non   yer   edi.   A.Qahhor,   Maston. 105
Qarata   –   ko‘makchi.   (jo‘nalish   kelishigi   bilan)   1.   Qaratib,   to‘g‘rilab,   yo‘naltirib.
Kanalni   bo‘ylab   o‘tgan   ko‘chaning   kun   yurish   tomonga   parka   qarata   solingan..
klub   odamga   liq   to‘ldi.   A.Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari.   ..minomyotchilarimiz
ham   dushman   marralari   va   o‘t   ochish   nuqtalariga   qarata   o‘t   ochdi.   T.Rustamov,
Mangu jasorat. 2. Kimsani ko‘zda tutib yoki unga atab, murojaat qilib. Sizga qarata
aytilgan   gap.   Polkovnik..     hammaga   qarata   nutq   so‘zladi.   J.Sharipov,   Xorazm. 106
2.4. Ravish turkumiga oid funksional ko‘makchilar.
Avval   ko‘makchisi.   Ko‘makchi   vazifasida.   Biror   voqea,   hodisa   yoki   harakatning
boshqasidan   yoki   shu   haqida   so‘z   borayotgan     vaqtdan   oldin   bo‘lganligini
bildiradi.   Uchrashuvdan   avval.   Bundan   to‘rt   yil   avval.   Mana   so‘nggi   xotira:   ikki
yarim   yil   avval   mehribon   ona   uni   shaharga   uzatdi.   Oybek.   Tanlangan   asarlar. 107
Avval  ko‘makchisi tarixan ravish turkumiga oid bo‘lib, asosan, o‘zidan oldingi so‘z
chiqish   kelishigida   bo‘lishini   talab   qiladi   va   payt   bildiruvchi   so‘zlar,   son   so‘z
turkumi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ba’zi o‘rinlarda yakka holda kelishi mumkin.
Avval   leksemasi   yakka   holda   ishlatilsa,   ravish   turkumiga   mansub   bo‘ladi.   M:
105
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  V  том   К харфи  243-бет
106
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  V  том   К харфи  245-бет
107
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  I  том, А харфи, 30 –бет.
43 Samalyot  osmonga chiqib olganidan buyon qurmag‘ur  tingani  yo‘q – avval  birga
ketayotgan safdosh – safdoshlari bilan hammani o‘zlariga qaratib bir dam chug‘ur
–   chug‘ur   qilishdi,   so‘ng   alomat   sviterini   yechib   kiftiga   tashlagancha   qatorlar
o‘rtasidagi   yo‘lak   bo‘ylab   u   yoqdan   bu   yoqqa   qatnay   boshladi. 108
  Keltirilgan
misolimizda avval so‘zi yakka holda ishlatilgan bo‘lib, morfologik vazifasi ravish,
sintaktik   vazifa   esa   hol.   Keyingi     misolimizda   ko‘makchi   vazifasida
qo‘llanilganligining   guvohi   bo‘lamiz.   M:   Qarorgohimiz   qorga   ko‘milishi dan   bir
kun   avval   uzoq   manzilga   konsert   berishga   bordik. 109
  Yuqorida   keltirilgan
misollarga asoslanib aytishimiz mumkinki, ko‘makchi guruhiga kiruvchi bu leksik
birlik   chiqish   –dan   kelishigi   bilan   birgalikda   qo‘llaniladi   va   paytni   ifodalaydi.
Aro   ko‘makchi.   Orasi,   orasida.   Oh   urib   maydon   aro   Rustam   kabi   solsam
urush.   “Nurali”.   Lashkar   arosida   o‘g‘lonni   ko‘rdim.   “Nurali”.   Ko‘makchi
vazifasida   qo‘llaniluvchi   bu   so‘zimiz   ko‘plik   shaklidagi   otlarga   qo‘shilib
o‘rtasida/o‘rtasidagi   ma’nolarini   ifodalab   keladi.   Bundan   tashqari   bu   so‘z
qo‘shimcha   shakliga   ham   ko‘chgan.   –aro   ora   so‘zi   bo‘lib,   affikslasha   boshlagan
otlarga   qo‘shilib   keladi,   bu   so‘z   ko‘pincha   sifat   vazifasida   qo‘llanadi:   o‘z/aro,
bazm/aro,   hujayralar/aro,   xalqaro   kabi. 110
  M:   Mana,   endi   boshqa   g‘oliblar   qatori
xalqaro   kinoko‘rikka   otlangan. 111
  Ko‘rinib   turibdiki,   har   bir   so‘z   o‘z   rivojlanish
davriga ega.   Baravar  – 5. 3 - shaxs egalik qo‘shimchasi, jo‘nalish kelishigi, o‘rin-
payt   kelishigi   shakllarida   kelib,   ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanadi.   Baravariga,
baravarida   shakllari   ham   uchraydi. 112
  Baravar   so‘zi   ravish   vazifasida   ham
qo‘llaniladi.   M:   Ikkovlon   yonma-yon   qotib,   baravariga   yutoqa-yutoqa
“tashnaligi”ni   qondirardi   go‘yo. 113
    Bu   misolimizda   birdaniga,   tengma-teng
ma’nolari   yuzaga   chiqyapti   va   biz   o‘rganayotgan   leksema   ravish   turkumi
vazifasida   qo‘llanyapti.   Baravariga,   baravarida   leksik   birliklari   ko‘makchi
108
 Эркин Аъзам,   Шовқин .  Роман. Қисса.Ҳикоялар. -Тошкент:  O ‘ zbekiston ,  2011.
109
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 49-bet.
110
 Ғуломов А, Тихонов А, Қўнғуров. Ўзбек тили морфем луғати – Тошкент: Ўқитувчи, 1997, 402-бет.
111
                                                                                                                                                                                       
?
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 9-bet.
112
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008.  I  том ,  Б   харфи , 162- бет .
113
  Misollar “ Shovqin” romanidan olindi. 124-bet. .
44 vazifasida   qo‘llanganida   o‘rniga,   evaziga;   …bilan   birga,   …bilan   barobar
ma’nolarini   yuzga   chiqarishi   O‘TILda   keltirilgan.     M:   Palaxsa   –   palaxsa   qorga
qo‘shilgan   loy   bo‘laklarini   oyoq   -     qo‘llarim   bilan   baravar   tirmalar   ekanman,
bo‘g‘zimga   yig‘i   tiqilib   qichqirdim. 114
  Keltirilgan   gapimizda   …bilan   birga
ma’nosini   ifodalayotgan   bu   leksik   birlik   ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanilyapti.
Yordamchi turkum, jumladan, ko‘makchilarda grammatik ma’no bilan bir qatorda
lug‘aviy ma’no mavjud. Bu lug‘aviy ma’no ko‘makchi bog‘lanib kelgan so‘z bilan
birga   namoyon   bo‘ladi.   Yuqorida   keltirilgan   misollarimiz   orqali   leksik   birlikning
ham   grammatik,   ham   lug‘aviy   ma’no   ifodalashini   izohlashga   harakat   qilindi.
Buyon   –   chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchi. Beri, boshlab.
Yangi yildan buyon, kechadan buyon,.bundan buyon, ko‘pdan buyon. O‘zbek xalqi
qadim-qadimlardan   buyon   hashar   usulida   juda   ko‘p   inshootlar   barpo   qilgan.
S.Ahmad,   Ufq.   Necha   yillardan   buyon   xayolini   band   etgan   fikr   uni   amaliy   ishga
boshladi.     S.Karomatov,   Oltin   nur.   Lutfinsoni   dafn   qilganlaridan   buyon   u,   bir
daqiqa   bo‘lsin,   uni   xayolidan   nari   ketkazmadi.   S.Ahmad,   Ufq.   Buyon   –
ko‘makchi(chiqish   kelishigi   bilan).   Buyon,   beri,   boshlab.   Uchinchisi   shuldirkim,
beshikketti   bo‘lgandan   buyoq   har   yili   rasm-rusumlar   qilinib,   yaqin   vaqtlarda
to‘yligini ham berib qo‘yishipti. Hamza, Tanlangan asarlar. Meni shuncha haqorat
qilib   kelganlari   yetar.   Endi   bundan   buyoq   haqimni   hech   kimga   bermayman.
P.Tursun,  O‘qituvchi.  Zaifa  degan  narsa   erning  xasmi  bo‘ladi.  Siz   bundan  buyoq
mening   izmimda   bo‘lasiz.     K.Yashin,   Hamza.   115
  Burun   –   3.ko‘makchi   (chiqish
kelishigi   bilan).   Muayyan   hodisa   yoki   harakatning   boshqasidan   yoki   shu   haqda
so‘z borayotgan paytdan oldin bo‘lganligini bildiradi. Bundan o‘n besh yil burun.
Bundan sal burun. Ish bo‘lganidan o‘n besh yil burun boshlandi. Erta bahor oftob
chiqmasdan   burun  boyning  hovlisida   ikki  arava  tayyor  bo‘ldi.  S.Ayniy,  Qullar. 116
Bo‘y   –   (3   shaxs,   egalik   affiksi   bilan)   ko‘makchi.   Davomida,   mobaynida.
Kun   bo‘yi,   yil   bo‘yi.   Ayol   tun   bo‘yi   azob   chekib,   tongotarga   yaqin   ko‘zi   yoridi.
114
 Hoshimov O‘tkir. Ikki eshik orasi: Roman .-Toshkent: Sharq,  2012.  208-bet.
115
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз МЭ  . 2006-2008. I  том ,  Б   харфи , 361- бет .
116
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, I  том ,  Б   харфи , 382- бет .
45 P.Tursun,   O‘qituvchi.   Kecha   ko‘ylakchan   chiqib,   kun   bo‘yi   sovuq   yedim.
Gazetadan. Biram shirin, asrlar bo‘yi hayot suvini va dehqon qo‘lini kutib yotgan
shunday dashtdagina shunday qovun bitadi. Y.Shamsharov, Toshqin. 117
 O‘zbek tili
grammatikasi”da ( I tom, 549-bet) ko‘makchilar tarkibida bo‘ylab keltiriladi va “…
ish – harakatning ko‘rsatilgan makonda voqe bo‘lgan yoki ma’lum vaqt davomida
sodir   bo‘lgani   ma’nosini   anlatadi”. 118
  M:   shahar   bo‘ylab   bir   ovoz(   islom   shoir),
ammo   izohli   lug‘atining   “bo‘ylab”   so‘ziga   doir   maqolasida   uning   ko‘makchiligi
haqida to‘xtalinmaydi. Maqolada “bo‘ylab” so‘zning ikkinchi ma’nosi  ya’ni “ish-
harakatning   yo‘nalishi,   amalga   oshishi   doirasini,   o‘rnini   bildiradi”   deb
ko‘makchining   vazifasini   bayon   etiladi.   Shahar   bo‘ylab   sayohat   qilmoq.   Dala
bo‘ylab   kezmoq. 119
  Bo‘yicha   -   (bosh   kelishikdagi   so‘z   bilan)   ko‘makchi.   1.
Muvofiq,   binoan,   ko‘ra.   Buyruq   bo‘yicha.   Qonun   bo‘yicha.   U…shart     bo‘yicha
Shoqosimga   ovqat,   yotishi   uchun   juvozxona,   oldidan   bir   hujra   berdi.   Oybek,
Tanlangan   asarlar.   Bir   kuni   kechasi   u   [Otabek]   yangi   odati   bo‘yicha   allaqayoqqa
ketgan edi. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar. Bu  O‘roz har kungi odati bo‘yicha, jiydaga
suyalib, o‘zi yasagan kichkina do‘mbirasini chala ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
2.   Oid,   tegishli,   doir.   Klassik   kurash   bo‘yicha   mamlakat   chempionati   boshlandi.
Gazetadan. Rota bo‘yicha navbatdagi  kichik serjant  Nazarov eshitadi. Gazetadan.
Chinniga   gul   solish   bo‘yicha   ishlarni   ishchi-rassom   bajardi.   Gazetadan.
Savodsizlikni   tugatish   bo‘yicha   o‘qish   bir   qadar   yo‘lga   tushib   qoldi.   K.Yashin,
Hamza.  3. Sohasida,  masalasida.  Hotam   aka  brigadasi  meva  yetishtirish  bo‘yicha
birinchi   o‘ringa   chiqib   oldi.   Nazarmat,   Jo‘rlar   baland   sayraydi.   Stansiyaning
direktori   men   emas,   Sizsiz,   qolaversa,   ministrlikning   asalarichilik   bo‘yicha
inspektori   ham   sizsiz.   “Mushtum”   4.   Holatida,   shaklida.   Atrof   tinch,   sahro
yaratilgan   bo‘yicha   go‘yo   qotib   qolganday.   K.Yashin,   Hamza.   5.   Hudud,   joy
nomlari   bilan   birga   kelib,   harakat,   hodisa   yoki   voqeaning   shu   joyga   taalluqli
ekanligini bildiradi. Tuman bo‘yicha. Viloyat bo‘yicha. Bultur butun O‘zbekiston
117
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, I  том ,  Б   харфи , 400- бет .
118
 O‘zbek tili grammatikasi, I tom, 549-bet.
119
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, I  том ,  Б   харфи , 404- бет .
46 bo‘yicha   paxtadan   rekord   hosil   olindi.   Gazetadan.   1985-yili   Yevropa   bo‘yicha
uzun   mo‘ylovlilar   orasida   birinchilikni   olgan   turkiyalik   Ayub   To‘pchi   o‘z
mo‘ylovini besh million liraga sug‘urta qildi. Gazetadan. 120
  Dovur I   – Ko‘makchi
(jo‘nalish kelishigi bilan) sh.v. Soat ikkiga dovur. Qishga dovur. Kechga dovur. U
cho‘loqlanib   darvozaga   dovur   chiqdi.   “Yoshlik”.   Men   unga   dovur   hovlining
ishkom-rextini   sozlatib,   boplab   jihozlab   qo‘yaman.   N.Qilichev,Chig‘iriq.
Yunusxon   tongga   dovur   o‘n   qayta   uxlab,   o‘n   qayta   uyg‘ondi.   M.   M.Do‘st,
Lolazor. 121
Yonboshiga   –   ko‘makchi   vazifasida.   Yoniga,   yon   tomoniga,   yon
tarafiga.   Kiyimlarini   stulning   yonboshiga   tashladi.   Yonboshida   –   ko‘makchi
vazifasida.   Yonida,   yon   tomonida;   yaqinida.   Maktabning   yonboshida   bolalar
bog‘chasi   bor.   Yonboshidan   –   ko‘makchi   vazifasida.   yonidan,   yon   tomonidan,
yaqinidan. Daryo qishloqning yonboshidan o‘tardi.  Yoniga  – ko‘makchi vazifasida.
1.   Oldiga,   yaqiniga.   Uy   yoniga   bormoq.   G‘ulomjon   o‘choq   yoniga   o‘tirib,
qo‘llarini  isita boshladi.  M.Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. 2. O‘zi  bilan birga,
yetaklab,   boshlab.   Siddiqjon   o‘n   bir   guvohni   yoniga   olib,   rayonga   jo‘nadi.
A.Qahhor.   Qo‘shchinor   chiroqlari.   Yonida   –   ko‘makchi   vazifasida.   1.   Yaqinida,
yaqin   joyda,   biqinida.   Uyning   maktab   yonida.   2.   Huzurida,   qoshida;
qaramog‘ida.direksiya yonida tizilgan komissiya. Azizbek yonida [Yusufbek hoji]
qanday   mavqe   tutgan   bo‘lsa,   Normuhammad   qushbegi   oldida   undan   ham
yuqoriroq   va   ma’noliroq   e’tibor   qozondi.   A.Qodiriy,   O‘tgan   kunlar.   Yonidan   –
ko‘makchi   vazifasida.   Oldidan.   Qo‘rqib,   ayamning   yonidan   jilmay   qoldim.
S.Siyoyev,   Yorug‘lik. 122
  Ich   –   6.   Egalik   va   makon   kelishiklari   shaklida   (ichiga,
ichida,   ichidan)   ko‘makchi   vazifasida.   Xafta   ichida.   Uy   ichida   g‘alati   ovoz
eshitildi.   Ichida   –   2.   Ko‘makchi   vazifasida.   Qurshovida,   orasida,   davomida,
mobaynida   kabi   Grammatik   ma’nolarni   ifodalash   uchun   xizmat   qiladi.   –   sen
axmoqasan, Gulshan opa, -  der edi Qumri, - eringni yolg‘iz tashlab, biz bo‘ydoqlar
ichida   nima   ma’ni   topasan?!   A.Qodiriy,   Mehrobdan   chayon.   Pastqam   uylarning
120
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  , 2006-2008,   I  том ,  Б   харфи , 404 - бет .
121
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008,   I  том ,  Б   харфи , 434- бет .
122
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .   II  том ,  Д    харфи , 39- бет .
47 hamma   va     qamish   va   yog‘och   bo‘g‘otlari   tuman   ichida     oqshom   mahaldagi
ko‘lankaday   bahaybat   ko‘rinadi.   P.   Tursun,   O‘qituvchi,   Elmurod   ..shu   bir   hafta
ichida qilgan barcha ishlarini  bir-bir  xayolidan o‘tkazdi. P. Tursun,  O‘qituvchi. 123
Ichra   –   ko‘makchi   (b.k.   bilan)   poet.   shakli.   Orasida,   ichida.   Quramiz   yangi
dunyoni jahon ichra. Hamza. Yovni ko‘rsang, sher singari yurish qil. Maydon ichra
urush qil. Fozil shoir. 124
  Ilgari   – 5. Ko‘makchi vazifasida. Narsa, hodisaning o‘zi
bog‘lanib   kelgan   so‘z,   so‘z   birikmasi   bildirgan   vaqt,   hatti-harakat   va   sh.k.dan
oldinga oidligini (shunday munosabatni) bildiradi. To‘ydan oldin nog‘ora chalmoq.
Hammadan ilgari eshitdim. Amirga inqiyod etishdan oldin menga javob bersangiz.
A.Qodiriy,   Mehrobdan   chayon.   Bundan   bir   necha   soat   ilgari   qayg‘udan   boshqa
ovqatni tanimagan bu ikki yor endi sevinib ishtaha bilan yeya boshladilar. Oybek,
Tanlangan asarlar. 125
  Kabi   – ko‘makchi. O‘xshatish, moslik yoki qiyosni bildiradi:
singari. Ukam  sen kabi  sen kabi  serzarda. Baxtli  onlar umr tunida yulduzlar kabi
chaqnaydi.   Oybek,   Tanlangan   asarlar.   U   shuncha     yillardan   beri   go‘dak   kabi
ayasining panohida uxlab yotgan ekan. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Endi
deraza   ortidagi   tol   novdalari   nazarida   qudratli   chinor   kabi   tebranib   turardi.
S.Karomatov,   Oltin   qum. 126
  Keyin   –   5.   Ko‘makchi   vazifasida   (chiqish   kelishigi
bilan)   so‘ng,   keyindan,   tugagach,   o‘tgach.   Hammadan   keyin,   ishdan   keyin.
Ovqatdan keyin. Kun botgandan keyin. Hammaga zehn solib o‘tirgan… Bo‘taboy
akadan keyin o‘shanga [Ro‘zimatga] so‘z berdi. A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari.
Siddiqjon   ovqatdan   keyin   qo‘liga   gazeta   olgan   edi,   bir   maqolani   yarimlatmasdan
ko‘zi suzildi. A.Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari. 127
Jihatidan   –   ko‘makchi.   Tarafdan,   tomonidan,   taraflama.   Shu   davrada   uni   ham,
o‘zini   ham   har   jihatdan  tekshirib   ko‘rdi.  Sh.Rashidov,   G‘oliblar.  Tursunxon   ko‘p
jihatdan   o‘z   eshiga,   bizning   suyukli   shoiramiz   Zulfiya   xonimga   yaqin.   Mirtemir,
123
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,    II  том, И харфи, 248/249-бет
124
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008,  II  том, И харфи , 252-бет.
125
  Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, .     II  том, И харфи, 189-бет,
126
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     II  том ,  К   харфи , 288- бет ,
127
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўзбекистон    Миллий   Энциклопедияси   нашриёти , 2006-2008, .  
II  том ,  К   харфи , 342- бет .
48 Do‘stlar davrasida. 128
  Jihatidan   leksemasi  “jihat”dan kelib chiqqan bo‘lib, tomon,
taraf,   yo‘nalish   kabi   ma’nolarni   bildiradi,   shu   sababli   biz   bu   ko‘makchi
vazifasidagi   birlikni   ravish   turkumiga   oid   ko‘makchi   so‘zlar   guruhiga   kiritdik.
Etimologik   lug‘atda   jihat(un)   shakliga   ega;   asli   vacu ь a   fe’lining   “biror   tomonga
yo‘naltirdi”   ma’nosi   bilan   hosil   qilingan   masdari   bo‘lib,   tomon,   taraf   ma’nosini
anglatishi keltirilgan. 129
  M: To‘g‘ri-da, Akobirovning raislik kursisiga o‘tirgani har
jihatdan zo‘r ish bo‘ldi: o‘ziga yaqin odam, o‘zi tavsiya qildi!  Jihatidan birligi har
taraflama//tomonidan   ko‘makchilariga   ma’nodosh   shaklda   qo‘llanilgan.
Tomonida/taraflama/tarafdan   ko‘makchilariga   nisbatan,   jihatidan   ko‘makchisi
badiiy uslubga xoslanganligi bilan ajralib turadi . Jo‘n   – 6. (3 - shaxs va jo‘nalish,
chiqish kelishigi qo‘shimchalari bilan) ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi. Jo‘niga –
haqida,   to‘g‘risida.     Endi   to‘y   jo‘niga   kelsak,   hamma   gap  vaqt   –  soatiga   bog‘liq,
do‘stim, - dedi Sobir. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.   O‘zbek   tilining   izohli
lug‘atida   jo‘n   leksemasining   6   xil   ma’nosi   keltirilgan.   Biz   bu   ma’nolarni   o‘zaro
taqqoslash   orqali   uning   belgi   bildiruvchi   so‘zlarga   yaqin   turishini   bilib   oldik:   1)
Past navli, sifatsiz;  2) ko‘chma. Oddiy, sodda;  3) Bo‘sh, zaif; 4) Oson, yengil; 5)
rvsh.vzf.   Bekor,   shunchaki.   Biz   tahlilga   tortgan   jo‘n   ko‘makchisi   esa   adabiy
tilimizda   kam   uchrovchi   ko‘makchi   hisoblanadi.   Jo‘nidan   –   q.   jo‘niga.   [Ma’rifat
Tojixonga:]   Usta   buvanikiga   chiqib,   imorat   jo‘nidan   gaplashib   kelay.   Uyg‘un,
Hayot   qo‘shig‘i. 130
  Ila   –   maktubni   o‘qib   tamom   qildi-da,   jonsiz   bir   tovush   ila
“uyatsiz” deb qichqirdi va yerga yiqilib, o‘zidan ketdi. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar. 131
Ket   –   6.   3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish,   o‘rin-payt,   chiqish   kelishigi   shakllarida
(ketiga,   ketida,   ketidan)   ko‘makchi   vazifasida   ishlatiladi   va   shu   kelishik
shakllariga   mos   makon,   vaqt   munosabatlarini   ifodalaydi.   Siddiqjon   uning   ketida
turgan   onasiga   qaradi.   A.Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari.   Issiq   choy   olib   keldi.
128
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати ,  -  Тошкент :  Ўзбекистон    Миллий    Энциклопедияси   нашриёти ,2006-2008, .
II  том   Ж    харфи   , 97- бет
129
 Ўзбек тилининг этимологик луғати . Университет-Тошкент: 2000,  II  том, 132-бет.
130
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўзбекистон  Миллий  Энциклопедияси нашриёти, 2006-2008, .
II  том, Ж харфи  117,118-бет.
131
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўзбекистон  Миллий  Энциклопедияси нашриёти, 2006-2008, 
II  том, И харфи, 187-бет.
49 Ketidan   ovqatga   unadi..   H.Nazir,   Yonar   tog‘.   Hayal   o‘tmay   Ahmadov,   uning
ketidan   O‘rmonjon   bilan   Ibrohimov,   Zokir   ota   kirib   kelishdi.   A.Qahhor,
Qo‘shchinor   chiroqlari. 132
  Ket   leksemasi   faqatgina   kelishik   shakllari   bilangina
ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanadi.   Shu   o‘rinda   O‘TILning   ket   leksemasiga
bag‘ishlangan   maqolasida   olti   xil   ma’nosini   ko‘rishimiz   mumkin.   Bir   qarashda
birinchi   (bosh,   ortga   qarama-qarshi   tomon;   orqa   qism,   orqa   tomon;   orqa)   va
oltinchi (ko‘makchi vazifasi) ma’nolari bir xildek tuyiladi. Ammo birinchi ma’no
faqatgina   shaxs   va   predmetga     nisbatan   ishlatiladi.   M:   Shunda   qo‘rg‘on
bolakaylariga xudo berdi – hov katta yo‘lga qadar moshinaning ketidan vovullab
borishdi. 133
  Ushbu   gapimizda   mashinaning   orqa   qismi/tomonidan   ma’nosi
izohlanayotgan   bo‘lsa,   quyidagi   misolimizda   esa   sabab   ma’nosi   yuzaga
chiqqanligini   ko‘rishimiz   mumkin.   M:   Bu   –   mening   eski   dardim.   Bedavo   dard.
Shuning   ketidan   yurib   bormagan   joyim,   qilib   ko‘rmagan   choram   kam   qolgan. 134
Bedavo   dardim   tufayli/sababli   yurib   bormagan   joyim,   qilib   ko‘rmagan   choram
kam qolgan. Keyingi misolimizda esa payt ma’nosi ifodalangan. M : Uning ketidan
shaqillatib   eshikni   qulflagan   Farhod   jonhalpida   balkonga   otildi. 135
  Matnning
umumiy   mazmunidan   kelib   chiqqan   holda   ushbu   keltirilgan   misolimizdan   u
[Akobirov]  ketgan vaqtdan keyin  mazmuni  ketidan  ko‘makchisi orqali izohlangan.
-   la   poet.   “Bilan”   so‘zining   qisqa   shakli.   Oy   shu’lasi-la   munavvar   manzil   bir
zumda chayqaldi. M.Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha. 136
  Minan   - s.t. Bilan. Men
minan juda qadrdon-da taqsir! A.Qodiriy, Mehrobdan chayon. Qarollar ovqat qilib
bo‘lishi minan, bek qozon tagida qolgan bo‘tqaga uch-to‘rt chelak suv quydirardi.
H.G‘ulom, Mash’al.  Bova Ermat polvon minan meni olishtiring, u qalin oshnamni
yiqitdi.   T.Murod,   Yulduzlar   mangu   yonadi. 137
  Misl   –   [arabcha   o‘xshash;   kabi,
xuddi] misol, timsol, o‘xshash. Misli yo‘q olamshumul voqea. Misli topilmaydigan
132
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,  II  том, К харфи, 358-бет.
133
 Эркин Аъзам.  Жаннат ўзи қайдадир.-Хикоялар, кинокиссалар,драматик аса рва публицистик 
миниатуралар.  Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2007. –  2 2 - б
134
 Misollar “ Shovqin” romanidan olindi. 108-bet.
135
Misollar “ Shovqin” romanidan olindi. 151-bet. 
136
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     II  Том  И харфи, 480-бет.
137
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     II  том, И харфи 594-бет.
50 kishi.   Toshkent   shahrida   misli   ko‘rilmagan   Azizbek   kabi   vahshiyni   faqat   shu
Musulmonqul   qo‘lidan   oldi.   A.Qodiriy,   O‘tgan   kunlar.   Misli   –   [a   +   f   +   “misl”
so‘ziga izofa holatda] kabi, singari, bamisoli. Qalbini bir og‘ir g‘am o‘rtardi misli
otash.   H.Olimjon. 138
    Nazd   –   [forscha   –   yoni,   yaqini,   atrofi];   nazdida   ko‘makchi.
(bosh kelishik bilan) esk. 1) Oldida, qoshida. Azizbekni qo‘lga tushirib berish bilan
qipchoqlar nazdida ham Yusufbek hojining qadr-u qimmati yuqorilashgan edi. A.
Qodiriy,   O‘tgan   kunlar;   2)   nazarida,   xayolida.   O‘shanda   bu   qiz   uning   nazdida
farishtadek   bo‘lib   jonlangan   xayolida   allanechuk   muqaddas   bir   iz   qoldirgan   edi.
O‘.Hoshimov,   Qalbingga   quloq   sol. 139
  Oldin   –   3.   Ko‘makchi   (chiqish   kelishigi
bilan).   Muqaddam,   ilgari,   avval,   burun.   Ovqatdan   oldin.   Siz   kelmasdan   oldin.
Bundan   bir   yil   oldin.   Undan   oldin   To‘lanboy   javob   qildi.   S.   Ahmad,   Ufq.   Bu
ko‘makchi   faqatgina   chiqish   kelishigi   bilan   qo‘llaniladi.   Yakka   holda   ravish
turkumi   hisoblanadi.   M:   Oldin   siz   keeling,   keyin   men   boraman.   Payt   ravishini
ifodalab   kelgan.   Ost   –   3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish,   o‘rin-payt,   chiqish   kelishigi
qo‘shimchalari   bilan   ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanadi.(q.ostiga,   ostida,   ostidan).
Ostidan – ko‘makchi vazifasida. 1 Biror harakat yoki hodisa va sh.k.ning boshqasi
bilan   birga   yoki   unga   bog‘liq   holda   sodir   bo‘lishini   ifodalash   uchun   ishlatiladi.
Hijolat   ostida   qolmoq.   Rahbarligi   ostida   ishlamoq.   Kuyov   qattiq   qarsaklar   ostida
borib,   kelinning   yoniga   o‘tirdi.   A.Qahhor,   To‘y.   2   biror   harakat     yoki   holatni
yuzaga   chiqargan   boshqa   bir   harakat,   holat   yoki   kechinmani   ifodalashda
ishlatiladi.   Kim   biladi,   [Gulnor]   ota-ona     siqig‘i   ostida   balki   (boyga   turmushga
chiqishga)   ko‘nikkandir.   Oybek,   Tanlagan   asarlar.   Karim   o‘zining   diqqat   bo‘lib
turganligini   sezdirmaslik   uchun   majburiyat   ostidagina   bir   iljaydi-da,   qo‘l   berib
ko‘rishdi. Oydin, Fonar tagida. 3 ma’lum narsa nomi bilan, vositasida. Gazetaning
beshinchi betida “Olimning yangi kashfiyoti” sarlavhasi ostida katta maqola chop
etildi. Ostiga – ko‘makchi vazifasida. Tagiga, tagidagi joyga. Oyoq ostidagi joyga
poyandoz   solmoq. 140
  Osha   –   ko‘makchi.(b.k.bilan)   Ustidan   yoki   ichidan   o‘tib;
138
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     II  том М харфи, 601-бет.
139
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     III  том   Н   харфи  11- бет .
140
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, III  том  О харфи 149-бет.
51 orqali.   Alimardon   unga   yelkasi   osha   qaradi.   O‘.Hoshimov,   Qalbingga   quloq   sol.
Qalam   va  qalb   sohibi   benihoya  xilma-xil   yo‘llar   va   so‘qmoqlar   osha   betinim   o‘z
cho‘qqisini   izlaydi,   mehnat   va   mashaqqat   bilan   unga   yetadi.   Sh.Toshmatov,
Tongdagi   ko‘lanka.   3   ko‘makchi.(b.k.bilan)   Davomida,   mobaynida,   bo‘yi.
Chaqaloqlar och va yalang‘och, Yer va suv deb o‘tdi dehqonlar, Yillar osha, asrlar
osha Hukm surdi shunday zamonlar. E.Rahim.       Sayin  – ko‘makchi.(b.k. bilan)  -
gan   affiksli   sifatdoshlar   bilan   kelib,   ish   –   harakatning   tobora   kuchaya   borishini
bildiradi. Sherzod boshqa xonadagi bemorlar unga xasad bilan qarayotganini sezar,
sezgan   sayin   g‘ashi   kelar   edi.   O‘.Hoshimov,   Nur   borki,   soya   bor.   Qizining
qiynalayotganini   ko‘rgan   sayin   Basraning   kasali   zo‘riqardi.   R.Rahmon,   Mehr
ko‘zda. Borgan sayin, borgan sari, tobora. Qorong‘ilik quyuqlasha borar, ko‘kdagi
yulduzlar   chamani   ham   borgan   sayin   yorqinroq   chaqnar,   havo   badanga   sezilarli
sovir   edi.   Oybek,   Tanlangan   asarlar.   2   Vaqt   bildiruvchi   so‘zlar   bilan   kelib,   ish-
harakatning tadrijiy rivojlanishini bildiradi. Yil sayin. Soat sayin. Kun sayin. Kun
sayin   ozadi   yuragim,   kun   sayin   vujudim   semirar.   Sh.Rahmon,   Yurak   qirralari.
Ungan sayin – biror holatdan ruhlana yoki o‘chakisha borib. Har safar raqib uning
to‘riga (setkasiga) to‘p tushirganida, boyagi qiz quvonib qarsak chalar, unga sayin
Rustam   yaxshiroq   o‘ynar   edi.   O‘.Hoshimov,   Qalbingga   quloq   sol. 141
  Yuqorida
keltirilgan   izohlardan   ko‘rishimiz   mumkinki,   sayin   ko‘mkchisi   sifatdosh   bilan
bog‘lanadi .     M:   O‘qigan   sayin.   Bundan   tashqari   ot   turkumiga   oid   so‘zlar   bilan
birgalikda   qo‘llanadi.   M:   Idora   ahli   orasida   “Xosxona   aka”   degan   laqab
orttirgan,   hafta   sayin   kelib   yumshoq   divanda   yalpaygancha   to‘kin   ziyofat   yeb
ketadigan   bu   ma’ul   mutasaddi   kunora   mashina   tilab   ham   bezor   qilardi. 142
  Hafta
sayin [ ot+sayin ko‘makchisi]  bosh kelishikdagi ot bilan birgalikda ish-harakatning
davomiyligini   bildirib   kelgan.   Ko‘makchi   birikib   kelayotgan   otning   leksik
ma’nosidan payt bilinib turadi.   Sari I   – ( bosh kelishik va jo‘nalish kelishigi bilan
qo‘llanadi..   Ko‘makchi.   1   Ma’lum   tomonga,   tomon   qarab.   Insof   sari   Baraka.
Maqol.   Axir,   baliq   ham   suvga   intiladi.,   ko‘kat   yorug‘lik   sari   bo‘y   cho‘zadi.
141
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, .     III  том   С харфи 422-бет.
142
 Misollar “Shovqin” romanidan olingan. 119-bet.
52 S.Siyoyev,   Yorug‘lik.   [Avaz]   qarasa,   beixtiyor   tabibiyning   uyi   sari   yo‘l   solibdi.
S.Siyoyev, Avaz. 2 (-gan affiksli sfdsh. Bilan) ayn. Sayin 1. Quyoshli bahor ertasi
juda  ham   yoqimliki,  yurgan  sari,  yuring  keladi.  A.Muxtor,  Opa-singillar.  Bir   sari
Mayli edi, mayli-ku. Begona bo‘lsa ham bir sari edi, gaplashishi osonroq bo‘lardi.
P.Qodirov,   Yulduzli   tunalar.   Borgan   sari   ayn.   Borgan   sayin   q.sayin   2.   Lekin
ko‘chada   qatnov,   qiy-chuv   borgan   sari   kuchaymoqda.   Oybek,   Tanlangan   asarlar.
Insof   sari   baraka.   Insof   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   baraka   shuncha   ko‘payadi,   degan
ma’nodagi   ibora.   Sari   ko‘makchisi   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   sof   ko‘makchi
tarkibida   o‘rganilmoqda.   Bu   ko‘makchi   ish-harakat   birorta   nuqtaga
yo‘naltirilganini   ifodalaydi.   M:   Ssenariyxonlikning   avj   pallasida   Ustoz   daf’atan
qo‘shqavatli   ixchamgina   imorat   sari   yuzlanib,   eshitilar-eshitilmas,   “Sabo!”   deya
sado   chiqaradi.   Imorat   sari   yuzlanmoq   –   harakat   imorat   tomonga
yo‘naltirilganligini   ko‘rishimiz   mumkin.   Singari   –   ayn.   kabi.   Har   bir   ona   singari
To‘qson buvi ham o‘z yolg‘izining baxtli bo‘lishini istardi. N.Safarov, Olovli izlar.
Oyoq bosgan   joylardagi   sho‘r   yerlar   qor   singari  g‘irchillaydi.  R.  Fayziy,  Cho‘lga
bahor keldi. 143
  So‘ng  – 4 ko‘makchi.(chiqish kelishigi bilan) = dan keyin. Bir ozdan
so‘ng.   salomdan   so‘ng   Ahmad   to‘g‘ri   muddaoga   o‘tdi.   F.Musajonov,   Himmat.
Ustod   bir   necha   soniyalik   mulohazalardan   so‘ng   qat’iyat   ila   oldinga   yurib,   ipni
ushladi.   “Fan   va   turmush”. 144
  O‘TILda   so‘ng   leksemasining   ot/sifat/ravish
turkumiga   oid   ma’nolari   mavjudligi   ham   keltirib   o‘tilgan.   So‘g‘in   –   shv.   So‘ng,
keyin, so‘ngra. Undan so‘g‘in eldan ko‘p lashkar olib, Kelgan yovman [yov bilan]
so‘g‘in   janjal   qilajak.   “Yusuf   va   Ahmad”.   Kitob   o‘qigan   odamlarni   sadag‘asi
ketay,   o‘qib-o‘qib   so‘g‘in   nachayli   [ начальник   –   boshliq]   bo‘lishgan.   S.Ahmad,
Jimjitlik. 145
  Tarz   – 4 ( 3-shaxs egalik va o‘rin-payt kelishigi bilan – tarzida) ko‘m.
vzf.   O‘xshatish,   qiyos   munosabatini   bildiradi;   sifatida,   kabi.   ..o‘lpon   to‘lashdan
bosh tortganlari uchun, O‘n olti ming qo‘ylari .. jarima tarzida tortib olib kelindi.
P.Qodirov,   Yulduzli   tunlar. 146
  Bu   so‘z   etimologik   lug‘atda   tarz-asli   “bezadi”
143
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том     С   харфи  509- бет .
144
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     III  том   С харфи 615-бет.
145
Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     III  том   С харфи 622-бет .
146
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     III  том   Т харфи 681-бет.
53 ma’nosini anglatuvchi tarraza fe’lidan hosil qilingan I bob masdari bo‘lib “shakl”,
“ko‘rinish”,   “usul”   ma’nosini   anglatadi. 147
  Shunga   ko‘ra   bu   ko‘makchi
funksiyasidagi   birlik   fe’l   turkumiga   oid   sozdan   hosil   bo‘lgan   bo‘lishiga
qaramasdan   hozirgi   adabiy   tilimizda   ravish   turkumiga   oid   deb   qaraladi.
Tariqa  – 2 (3-shaxs egalik va o‘rin-payt kelishigi shaklida – tariqasida) ko‘makchi
vazifasida.   Bosh   kelishikdagi   so‘z   bilan   qo‘llanib,   o‘xshatish,   qiyos   kabi
ma’nolarni   bildiradi;   yo‘sinida,   tarzida.   Nasihat   tariqasida.   Sovg‘a   tariqasida.
Misol   tariqasida.   Hazil   tariqasida.   “Qo‘ltiqtayoqqa   dardisar   bo‘lding!”-   degan
hazil-mutoyiba tariqasida aytilgan so‘z, to‘g‘risi, izzat-nafsimga tegdi. N.Safarov,
Olovli   izlar.   Na’zan   u   betimning   qalini   –   jonimning   huzuri   tariqasida   ish
qilardi..Mirmuhsin, Me’mor. 148
    Taxlit   – [ arabcha. “tahlid” (o‘xshatish, o‘xshash,
o‘xshatma)   s.ning   buzilgani]   3   ko‘makchi   vazifasida.   O‘xshatish,   qiyos   bildiradi;
kabi,  singari.   Bu   taxlitchistoniy   baytlar   qadimda   ham   oliy  hazratning   istaklari   ila
bitilur edi. S.Siyoyev, Avaz. –Ollo niyatingizni bersin! – dedi .. o‘zini ulug‘vor va
yuksak mansabdor  taxlit tutib. Shuhrat, Oltin zanglamas. 149
  Tashqari   – 4 (chiqish
kelishigi   bilan)   ko‘makchi   vazifasida.   Boshqa,   bo‘lak,   bundan   tashqari.   Undan
tashqari.   Bu   yil   hosil   miqdoridan   tashqari,   tola   sifatiga   ham   alohida   e’tibor
beriladi.   Gazetadan.   A’zam   ko‘rinib   turgan   husni,   barvastaligidan   tashqari,   o‘z
ichki   fazilatlarini   ham   ochib   tashladi.   Shuhrat,   jannat   qidirganlar.   Uning   gapidan
Bashorat   ishchilarning   ishdan   tashqari   vaqtda   ham   ishlashga   ahd   qilishganini
angladi.   A.Muxtor,   Opa-singillar. 150
  Tomon   –   6   ko‘makchi   vazifasida.   Makon,
payt,   obyekt,   sabab   kabi   munosabatlarni,   shunday   ma’nolarni   bildiradi.   Biz
tomonga   kelyapti.   Ovoz   ko‘cha   tomondan   kelyapti.   Kechga   tomon   xabar   olmoq.
Yelkasiga   tashlangan   kitelining   yengiga   qo‘l   sola   turib,   in   damay   eshik   tomon
yurdi. S.Karomatov, Oltin qum. Kechga tomon Sobirning xonasiga odil buva kirib
keldi.   R.Fayziy,   Cho‘lga   bahor   keldi.   Ammo     olamshumul   bu   kashfiyot   ilmiy
kengash   tomonidan   yetarli   baholanmaganga   o‘xshaydi.   X.To‘xtaboyev,   Shirin
147
 Ўзбек тилининг этимологик луғати . Университет.Тошкент.2000, 121-бет.
148
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     III  том   Т  харфи 682-бет.
149
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     IV  том   Т харфи  16-бет.
150
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     IV  том   Т харфи  25-бет.
54 qovunlar mamlakati. Bir tomondan ferma mudiri..uning o‘rnida siz bo‘lasangiz-u,
ko‘z   oldingizda   boshi   ochiq   bir   juvon   qilpillab   yursa..E,   sodda   ekansiz,   uka!
A.Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari. 151
  Tufayli   -     [arabcha-   (birovning)   hisobiga,
vositasida;   sabab,   bahona]   1   ko‘m.   Sababli,   orqali.   Ekzema   organizmda   modda
almashinishining   buzilishi   tufayli   ham   paydo   bo‘lishi   mumkin.   Gazetadan.   Yon
qadoq   jo‘xori   tufayli   shu   ko‘yga   tushaman,   deb   Avaz   sira   o‘ylamagan   edi.
S.Siyoyev,   Avaz.   Turmushdagi   jamiki   yaxshiliklar,   go‘zallik   va   farovonliklar
inson tufaylidir. Gazetadan. 152
    Uza   – uzra s. qisqargan shakli. Bog‘ing uza raftor
ila o‘tganda xiromon. T.To‘ra. 153
    Uzra   – (bosh kelishik bilan) ko‘m. poet. Makon
munosabatini   bildiradi;   sirtida,   ustida   yoki   tepasida.   O‘rmonlar   shuvullagan   olis
yurtda   hali   ham,   Nomsiz   tepalik   uzra   Uxlab   yotibdi   otam.   E.Vohidov.   Adirdagi
lolalar   ko‘m-ko‘k   maysa   uzra   chiroy   kasb   etgan.   Gazetadan.   Ketmonni   rasmana
ushlab,   boshi   uzra   baland   ko‘tardi.   S.Karomatov,   Oltin   qum. 154
Uchun   – ko‘makchi. Sabab-maqsad, atalganlik kabi ma’nolarni bildiradi, shunday
ma’noli   munosabatlarni   ko‘rsatadi.   Bu   yerga   Madali   akaning   jig‘iga   tegish,
rashkini   keltirish   uchun   kirgaligini   eslab,   mulzam   bo‘ldim.   A.Muxtor,   Davr
mening   taqdirimda.   Dunyoda   to‘g‘ri   yashab,   yurtga   xizmat   qilib   o‘tishdan   ortiq
baxt   bormi   inson   bolasi   uchun?!   T.Ashurov,   Oq   ot.   Ota-onasi   savodli   kishilar
bo‘lganligi   uchun   ham   yoshligidan   savod   chiqardi.   “Fan   va   turmush”. 155
  Bu
ko‘makchilar   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   sof   ko‘makchilar   tarkibida   o‘rganilib
kelinmoqda.  Yanglig‘  – ko‘makchi.esk. Singari, kabi. Lola yanglig‘. Olov yanglig‘.
Sher   yanglig‘   kurashdi.   Rangim   somon   yanglig‘   dard   ila   g‘amdan,   judolikdan
tushgan   hajr-alamdan.   Hamza.   Negaki   men   o‘zimning   sevgan   va   muhabbat
qo‘ygan   erimdan   bunchalik   uyatsizlik,   bu   yanglig‘   vafosizlikni   ko‘rdim.
A.Qodiriy,   O‘tgn   kunlar. 156
  Yaqin   –   7   (3-shaxs   egalik   va   jo‘nalish,   o‘rin-payt   va
151
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     IV  том   Т харфи  142-бет.
152
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     IV  том   Т харфи  214-бет.
153
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     IV  том   У харфи  264-бет.
154
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     IV  том   Т харфи  269-бет.
155
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     IV  том   Т харфи  16-бет.
156
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     V  том   Я  харфи  114-бет.
55 chiqish kelishiklari shaklida – yaqiniga, yaqinida, yaqinidan) ko‘makchi vazifasida
qo‘llanadi   va   makon  munosabatlarini   bildiradi.   Ra’no  kelinlarcha   Anvarga  salom
qildi va jazb qilgandek, Anvarning yaqiniga borib to‘xtadi. A.Qodiriy, Mehrobdan
chayon.   Bu   ikki   xonalik   uy   yangi   qurilayotgan   maktab   yaqinida..   H.Nazir,
So‘nmas   chaqmoqlar. 157
  Qadar   –   [arabcha   –   miqdor,   o‘lcham,   daraja]   ko‘m.
1(bosh kelishik bilan) Taqqoslash, o‘xshatish, daraja munosabatlarini, ma’nolarini
bildiradi;   kabi,   o‘xshash,   -dek.   Kosasini   olib,   katta   qoshiq   bilan   shoshib-pishib
ichdi. Kosada osh uch ellik qadar ozaydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Dunyo qadar
mardlik siqqan keng quchog‘ingga, Yashiringn million xalqning xalqning g‘azabli
sasi.   H.Po‘lat.   Biz   o‘zimizni   ichkarga   olgach,   darvozabon   o‘zining   hazmi
ko‘targan   qadar   bizga   to‘ng‘illaydir-da,   darvozani   berklash   harakatiga   tushadi.
A.Qodiriy, O‘tgan kunlar. 2 (j.k bilan) Chegara munosabatini, ma’nosini bildiradi;
dovur,   -gacha.   Uydan   vokzalga   qadar.   Yetti   yashardan   yetmish   yasharga   qadar.
Darvoza   ostini   to   hamsoyalar   eshigiga   qadar   supurib   kirib   o‘tirib,   onalari   bilan
choy   ichmoqqa   mashg‘ul   bo‘lar   erdi.   Hamza,   Tanlangan   asarlar.   Shu   yilning
oxiriga   qadar   korxonada   beshta   dastgoh   tayyorlanadi.   Gazetadan. 158
  Qarshi   –
(jo‘nalish kelishigi  bilan - ..-ga qarshi) ko‘m.vzf. 1) zidlik (zidlash) munosabatini
bildiradi;   zid(xilof)   holda.   Uning   ovozi   istagiga   qarshi   baland   jaranglamadi.
Oybek, Tanlangan asarlar. Qutidor, odtiga qarshi, bozordan kunduz soat  uchlarda
qaytib keldi-da, Otabekni so‘radi. A.Qodiriy, o‘tgan kunlar. Endi, adolatga qarshi
xiyonat qilish yarashmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar; 2) o‘zi birikib kelgan so‘z
anglatgan   narsani   daf   etish,   yo‘q   qilish,   oldini   olish   va   sh.k.ga   qaratilganlik
ma’nosini   bildiradi.   Ichkilikbozlikka   qarshi   kurash.   Hasharotlarga   qarshi   dori
sepmoq.   Kasalning   oldini   olish   choralaridan   eng   muhimi   vaqtida   tepkiga   qarshi
emlanishdir.   “Saodat”     6   (3-shaxs   egalik   va   o‘rin-payt   kelishigi   shaklida,   bosh
kelishik   bilan   –   qarshisida)   ko‘m.vzf.esk.ayn.   oldida   q.old.   shuning   uchun
kutmagan   hol   qarshisida   bir   oz   dovdirab   qoldi.   Oybek,   Tanlangan   asarlar.
Inobatxon  kutilmagan bu  achchiq  muomala qarshisida   borliq-yo‘qlik  holda qoldi.
157
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     V  том   Я харфи  129-бет
158
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     V  том   К харфи  204-бет
56 “Mushtum”. 159
  G‘ayri   -     [arabcha-boshqa,   o‘zga]   ko‘m.,   kt.   kam   qo‘ll.   (chiqish
kelishigi bilan). Boshqa, o‘zga; tashqari. Harchand ichkari va tashqari izlab ushbu
xatdan g‘ayri asar topmadik. A.Qodiriy, mehrobdan chayon. 160
 Alisher Navoiyning
“Mahbub ul-qulub” asari tarkibida kelgan qit’alardan birida aynan g‘ayri leksemasi
ko‘makchi so‘zga nisbatan qo‘llanilgan.
Bevafo haqshunos eldin yirog‘lig‘ istakim,
Kelmadi hargiz alardin g‘ayri bedod-u jafo.
Itga itlik aylamak jon-u ko‘ngul birla bo‘lur,
Haqshunos o‘lsa-u bo‘lsa andin oyini vafo. 161
Hamon   II   –   ko‘m.vzf.   Payt   munosabatini   bildiradi;   o‘sha   (shu)   ondayoq,
bilan(oq).   Ular   jardan   chiqqan   hamon   odam   ovozini   eshitdilar.   M.Muhamedov,
Qahramon izidan. [Gulnor] Yo‘lchi to‘g‘risida Nurining so‘zlarini eshitgan hamon,
olam uning ko‘ziga qorong‘ilandi. Oybek, tanlangan asarlar. ..yonbosh qo‘yganni
hamon   ko‘zi   yumilib,   uyqu   bosardi.   T.Rustamov,   Mangu   jasorat.     Hamono   –
[forscha-ayana, haqiqatan, shubhasiz; modomiki, qachonki] ayn. hamon 2. Yigitali
poezddan   tushgan   hamono   uning   ko‘ngli   xiralashib,   kecha   va   avvalgi   kunlardagi
bu tomonga intilishdan zarracha nishon qolmagandi. D.Nuriy, Osmon ustuni. Qori
bilan xayrlashib, ichkari hovliga kirishi hamono, orqada shatillab kelayotgan kishi
qadamini sezdi. Mirmuhsin, Umid. 162
  Hanuz   – [forscha – hali, hali ham,haligacha,
hamon] shu vaqtgacha, hozirgacha, hamon. Qahramon bilan turmush qurganlariga
o‘n yil bo‘lyapti. Hanuz befarzand. S.Karomatov. 163
  
Bob bo’yicha qisqqa xulosa
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati  tarkibida ko‘makchi turkumiga oid birliklar
ko‘plab   uchradi.   Ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanilgan,   biroq   ko‘makchi   turkumiga
mansub birliklar ham talaygina ekanligining guvohi bo‘ldik. 
159
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     V  том   К харфи  254-бет
160
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     V  том   К харфи  429-бет
161
 Алишер Навоий, – Махбуб ул- қулуб,  –Тошкент.: 1983,  108-бет
162
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     V  том   Х  харфи  502-бет
163
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, .     V  том   Х харфи  505-бет
57 2.   Ot   turkumiga   oid   ko ‘ makchilar   asosan ,   bosh   kelishikdagi   va   qaratqich
kelishigidagi   so ‘ zlar   bilan   moslashuvli   birikma   hosil   qilishining   guvohi   bo ‘ ldik .  Bu
turkumga oid leksik birliklar to‘la ko‘makchilik xususiyatini namoyon etishi uchun
ma’lum tarixiy davr talab etilishini, hozirgi adabiy tilimizga oid ko‘makchi so‘zlar
tarkibida, asosan, katta qismi turkiy, qolaversa, arabiy va forsiy tildan kirib kelgan
so‘zlar hisobiga boyishining guvohi bo‘ldik. 
3.   Dissertatsiyaning   bu   bobida   fe’l,   ravish   turkumiga   oid   ko‘makchi
so‘zlarning mavjudligini ham kuzatdik. Bu turkumlarga oid ko‘makchi so‘zlar o‘zi
bog‘lanib kelayotgan so‘zlarni boshqaruv usulida bog‘laydi. Ko‘makchilar kelishik
kategoriyasining tushum kelishigidan tashqari, barcha shakllari bilan birikma hosil
qila oladi. Bu tadqiqot natijasida o‘zbek tili lug‘at tarkibidagi turkumlarni alohida
ajratish, til korpusini yaratishda qo‘l keladi.
   
III BOB. O‘ZBEK TILIDA KO‘MAKCHILASHAYOTGAN SO‘ZLAR
3.1. O‘zbek tilida ko‘makchilashgan so‘zlar.
O ‘ zbek   tilining   izohli   lug ‘ ati   tarkibida   bir   qancha   ko ‘ makchi   so ‘ zlar   mavjud
ekanligi ,   ular   tarkibida   ko ‘ makchilik   xususiyatini   to ‘ la   namoyon   eta   oladigan ,
ya ’ ni   ko ‘ makchilashib   ulgurgan   ko ‘ makchilar   mavjud   ekanligi   ma ’ lum .   O‘zbek
tilining izohli lug‘atida quyidagi  ko‘makchi va ko‘makchilashayotgan so‘zlarning
tahlilini   keltiramiz.     Quyidagi   birlik   ham   ko‘makchilashgan   gururh   tarkibiga
kiradi.   Badalida   –   ko‘makchi   vazifasida.   Davomida,   mobaynida,   o‘tgan   vaqt
ichida.   Ikki   yil   badalida   otamning   topib-tutib   to‘lagani   qarzining   foydasinigina
qoplay   oldi.   G‘.Rasul.   Adolat.   O‘n   yil   badalida   yuragidagi   zahar   zaqqumga
aylandi. “Yoshlik”. 164
 Bu leksemaning asos qismi “badal”   biror narsa evaziga
almashtiriladigan  ma’nosini beradi.  Badaliga  va  badalida leksemalari bir-biridan
164
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008.   B  харфи, 132-бет.
58 turkum doirasida farqlanadi. M:   Shu   uch-to‘rt   kun   badalida   juda   yaqin
kishimdek   bo‘lib   qolding,   -   deydi   u   keyin   jimjilog‘ining   uchi   bilan   qovoqlarini
artarkan, - xuddi dadamdeksan. Shuncha yilning badalida  nimaga   bir   yo‘qlab
bormadi?   Imkon   topsa   bo‘lardi-ku.   Yoki   oyog‘i   tortmadimi ?   Nega? 165
Misollarimizda   davomida,   mobaynida,   o‘tgan   vaqt   ichida   ma’nolari
ifodalanayapti.   Badaliga   leksemasida   esa   asos   qismi   ifodalagan   evaziga   ma’nosi
yuzaga chiqadi.                 Ne bo‘lsa qiy dag‘i eygu amal qil,
                    Shaqovatni saodatga badal qil.
          Deguldur to‘n bilan bu porsolik
                           Tilasang zuhd-u taqvo nafs evin yo‘q .
166
   Yoki    “… maslahat  ul dururkim, bu xasta uchun Qur’on xatm etkaysan
yo   badali   qurbon   qilgaysan” . 167
    Ikkala   misolimizda   ham   evaz   ma’nosi   yuzaga
chiqyapti.   Mustaqil   va   yordamchi   so‘zlar   bir-biriga   qarama-qarshi   qo‘yiladi.
Shundagina   so‘zlarning   asl   denotativ   ma’nosi   oydinlashadi.   Orqali   -     ko‘makchi
(bosh   kelishik   bilan)   1   Biror   narsaning   ichidan,   orasidan,   o‘rtasidan   yoki   ustidan
biror   narsa   oralab,   bir   tomondan   ikkinchi   tomonga.   Boqqa   hovli   orqali   kiriladi.
[Elmurod]   Ertasiga   krasnonovodsk   orqali   Tbilisga   –   harbiy   xizmatga   jo‘nadi.
Shuhrat, Shinelli yillar. Xaloyiq gurullab .. uch eshik orqali zalga kirdi. A.Qahhor,
Qo‘shchinor   chiroqlari.   Erkin   A’zam   ijodida   ham   orqali   leksemasining   quyidagi
ma’nolarini   izohlagan.   M:   Xullas,   boshi   qota-qota,   tavakkaliga   dahliz   bo‘ylab
yurib,   oshxona   orqali   torgina   bir   ayvonchaga   chiqdi. 168
  Keltirgan   misolimizda
“orasidan,   ichidan   ikkinchi   tomonga”   ma’nosi   izohlanyapti.   2   Biror   kimsa   yoki
narsa vositasida, yordamida, yordami bilan. Telefon orqali gaplashmoq. Xat orqali
xabardor   qilmoq.   Hindlar   ham   boshqa   mamlakatlar   bilan   asosan   ingliz   tili   orqali
aloqa   qilishadi.   Gazetadan.   Elmurod   shu   kuni   bir   bola   orqali   Davlatyorni   o‘z
huzuriga   chaqirdi.  P.Tursun.   O‘qituvchi.  M:   Dastlabkisi   –   elektron   pochta   orqali
165
  Misollar  “ Shovqin ”  romanidan   olindi .  126- bet .
166
  Саройи  Сайфи. Шеърлар. Гулистон. -Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968, 
97-бет
167
 Саройи  Сайфи. Шеърлар. Гулистон. -Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968, 
220-бе т
168
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 73-bet.
59 kelgan   maktub   ravshan   Akobirovdan   edi. 169
  Misolda   vosita   ma’nosi   ozgina
mavhumroq   ifodalanganday,   ikkinchi   keltirmoqchi   bo‘lgan   misolimizda   esa   bu
vosita   ma’nosi   aniq   ifodalangan.   M:   Orqa   burchakda   o‘quvchi   bolalar   singari
qo‘llarini   tizzasiga   qo‘ygan   ko‘yi   qotib   o‘tirgan   keksa   yahudiyni   Farhod   shunda
ko‘rdi. Tarjimon ekan.   O‘sha   orqali   dardini  bayon etib do‘xtir xotin bilan savol-
javob   qildi. 170
  O‘sha   olmoshi   ‘tarjimon”ga   ishora   ekanligi   aniq.   Shuning   uchun
“tarjimon   orqali   –   biror   kimsa   vositasida..”   ma’nosi   anglashilyapti.   3   Tufayli,
sababli.   [Yusufbek   hoji]   Sen   bilan   iftixor   qilmasak-da,   sen   orqali   xijolat
chekmasimizga ishondik. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar. Men hali yosh bolaman. Ko‘p
joyni ko‘rganim yo‘q. lekin kitob orqali Bildim talay yo‘l-yo‘riq. Q.Muhammadiy.
Bitta   siyohdon   orqali   shuncha   gaplarni   topib   aytish   mening   xayolimga   kelmagan
edi.   Shukrullo,   Saylanma.   Biz   ko‘rib   chiqayotgan   orqali   leksik   birligi   sabab
ma’nosini ham anglatishi izohli lug‘atda keltirilgan.         Biz keltirgan misolimizda
ham xuddi shu ma’no yana-da aniqroq ifodalangan.  M: Voqean, uning bog‘bonligi
o‘sha   adabiyotga   muhabbatining   chambarchas   bir   bo‘lagi   edi;   bu   boqqa,
bog‘bonlikka   ham   adabiyot   orqali   ( tufayli,   sababli )   kelgan. 171
  Bundan   tashqari
orqali  leksemasi ma’no ko‘chish hodisasi orqali II ma’no hosil qilgan va bu ma’no
leksik   sathimiz   birliklarining   sonini   oshirgan.   Orqali   leksemasi   “orqasi,
suyanchig‘i,   homiysi   bor”   ma’nolarini   izohlashi   sir   emas.   Izohli   lug‘atda   “Orqali
orqalanib   so‘zlar,   orqasiz   qo‘rqib   so‘zlar-maqol” 172
  misoli   keltirilgan.
Orqa+li(belgiga   egalikni   ifodalovchi   unumdor   affiks)   =   orqali   leksemasini   hosil
qilgan.   Bu   leksema   faqatgina   ko‘makchi   vazifasini   bajarmasdan   mustaqil
turkumga oid so‘zlar vazifasini ham bajaryapti. Orqasida – ko‘makchi vazifasida 1
oqibat(i)da,   natijasida.   Gulnor   boshidan   kechgan   daxshatli   voqealar   orqasida
oyoqlarida zarracha mador sezmas edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kechaning o‘ta
qorong‘usi   orqasida   loyxonada   kishi   bo‘lganligini   payqash   qiyin   edi.   A.Qodiriy,
169
 Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 5-bet.
170
Misollar “Shovqin” romanidan olindi. 66-bet. 
171
  Эркин   Аъзам .   Жаннат   ўзи   қайдадир .- Хикоялар ,  кинокиссалар , драматик   асар   ва   публицистик  
миниатуралар .  Тошкент: Шарқ нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2007. –  5- б.
172
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том    О   харфи  144- бет .
60 O‘tgan kunlar. 2 Tufayli, sababli; sharofati bilan. Tirikchiligimiz shu bog‘ orqasida
bir   nav  o‘tib  turardi.  Oybek,   Tanlangan   asarlar.   [Xonzoda}   G‘ofirjonning   oshig‘i
olchi!   Xotini   orqasida   boy   bo‘lyapti?   Hamza,   Boy   ila   xizmatchi. 173
  M:   Bugun
amaldorlik   kursisini   mahkam   changallab   o‘tirgan   san’at   arbobi   u   vaqtlar   hali
odam sifatida ham, erkak sifatida ham g‘o‘rgina, soddagina, xudo bergan uncha -
muncha  iste’dodi orqasida  (  tufayli, sababli ) ancha-muncha nom qozongan, ammo
cho‘ntagi quruq, ko‘ngli-da sayozgina, besabr, serda’vo bir yigitcha edi, xolos. 174
Keltirilgan   misolimizda   ham   orqasida   leksik   birligining   sabab   ma’nosi   yuzaga
chiqyapti.   Xuddi   shunday   orqasidan   –   leksik   birligi   ham   izohli   lug‘atda
quyidagicha   izohlangan.   Orqasidan   –   ko‘makchi   vazifasida.   1   narigi,   orqa
tomondan.   Bulutlar   orqasidan   oy   ko‘rindi.   2   Ketidan,   keyinidan.   Birovning
orqasidan   ergashmoq.   Sho‘rva   orqasidan   osh   keldi.   Kun   orqasidan   kun   o‘tdi.
Qayg‘u   orqasidan   shodlik   keladi.   [O‘rmonjon   Siddiqjonga:]   Mehmonlarni
biznikiga   olib   bor,   men   orqalarindan   yetib   boraman.A.Qahhor,   Qo‘shchinor
chiroqlari.   3   ketidan,   izidan.   Men   yigitning   orqasidan   kuzatib   bordim.   G‘ayratiy,
Unitilmas kunlar. 4 tufayli sababli. O‘tgan yillar baynida g‘isht orqasidan qancha
daromad   qilgansiz?   S.Ahmad,   Yulduz.   Ko‘makchilashayotgan   birliklar   sifatida
qaralayotgan so‘zlar  she riy matnlarda ham  o‘ziga xos vazifa bajaradi. Jumladan,ʼ
shoirning   badiiy   maqsadini,   oniy   hissiyotlari   tasvirini   matnda   aniq   ifodalashga
xizmat   qiladi.   Shoir   Eshqobil   Shukur   she rlarida   ham   ko‘makchilashgan	
ʼ
birliklardan   foydalanish   fikrning   obrazliligi,   serbo‘yoqligini   yanada   kuchaytiradi.
Shoir   she’riyatida   ot   so‘z   turkumiga   kiruvchi   so‘zlarning   ko‘makchilashganini
ko‘proq uchratish mumkin:
Shiftiga jon tirmashgan kasalxonaning 
Oppoq xalat kiygan xonalarida 
Osma ukollarning  ostida  yotgan 
173
  Ўзбек   тилининг    изоҳли    луғати , -  Тошкент :  Ўз   МЭ  ,2006-2008, .    III  том    О   харфи  144- бет .
174
 Misollar “Shovqin”romanidan olindi.183-bet.
61 Daryolarni ko‘rdim... sariq daryolar... 175
  Yuqoridagi   parchada   ot   so‘z   turkumiga   kiruvchi   “ost”   so‘zi   qaratqich
kelishigidagi   “ukol”   so‘ziga   bog‘lanib,   o‘zining   mustaqil   ma’nosini   yo‘qotib
ko‘makchilashgan   va   she’rda   bemor   odam   holatining   yorqin   ifodasini   ochishga
xizmat qilgan.
Quyidagi parchadagi birliklar tarkibida esa egalik va kelishik shakllari qotib
qolib ko‘makchilashish jarayoni sodir bo‘lgan:
O, uyatchan namozshomgullar, 
Qo‘shiq aytay shom  chog‘i  sizga. 
Dardlarimni qo‘yarsiz yo‘llab 
Olisdagi tanishingizga... 176
Quyidagi   ko‘makchilashgan   so‘z   esa   o‘quvchini   o‘yga   toldiragan   o‘zgacha
falsafiy tasvirning yaratilishiga asos bo‘lgan:
Endi yurak  faslida
Bulbullar qaytib kelar. 177
Eshqobil   Shukurning   ayrim   ko‘makchilashgan   birliklarga   murojaati   poetik
uslubga xos orginal o‘xshatishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. Masalan, 
Shamolning  etagidan 
Tutib bo‘zlaydi xayol… 178
Alohida   mustaqil   leksema   sifatida   inson   azolarini   ifodalovchi   so‘zlarning
ko‘machilashishi ma no ko‘chishining paydo bo‘lishiga asos bo‘lishini ko‘rishimizʼ
mumkin:
…Vahm tush  og‘ushida  
Chayqalib qo‘yar ovul. 
Ko‘zlarini ishqalab 
175
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002 , 2-бет.
176
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 7-бет.
177
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 19-бет.
178
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 19-бет.
62 Uyg‘onadi qorovul. 179
Yana   bir   o‘rinda   aynan   “og‘ush”   ko‘makchisiga   sinonim   bo‘lgan   “bag‘ir”
ko‘makchilashgan   birligi   o‘zining   matndagi   semantik   xarakterini   namoyon
qilganini ko‘rishimiz mumkin: 
Betxoven qulog‘in ochguvchi ohang, 
Tumanlar  ortida  charsillagan nur; 
Sohir koinotda sakkizinchi rang, 
Ummonlarning  bag‘ri  boy berishgan dur, 
Qani, sening ovozing?..   180
Eshqobil   Shukur   ijodida  inson   azolarini   ifodalovchi   birliklarning  juda   ko‘p
ishlatilishi   shoir   she’riyati   tilining   xarakaterli   jihati   deyish   mumkin.   Jumladan,
quyidagi   parchada   ham   tabiiy   jarayonlar   bilan   bog‘liq   birliklar   ifodasida
ko‘makchilashgan so‘zlarni qo‘llab o‘ziga xos tasvir yaratgan:
Bulutlar qorlarning  qo‘ynida  uxlar, 
Cho‘l qisirlar ayoz qamchilaridan. 
Qirlar tun  beti ga ufurgan uhlar 
Muzlaydi iztirob tomchilariday…   181
Shoir   yuqoridagi   parchada   qorga   nisbatan   qo‘llagan   ko‘makchini   yana   bir
she’rida   o‘rmonga   nisbatan   ham   ishlatib   birlikning   yana   bir   imkoniyatini   ochib
bergan:
Yomg‘irlarning  mavjida 
Yuvilar qonli tana. 
Qora o‘rmon  qo‘ynidan 
Qaytar bug‘ular yana… 182
179
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 4-бет.
180
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 21-бет.
181
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 21-бет.
182
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 48-бет.
63 Shu   o‘rinda   “qo‘yin”   so‘zining   ko‘makchilashgan   ko‘rinishi   quyidagi   so‘zlarga
bog‘lanib o‘zining pragmatik jihatini namoyon qilgan:
Quyidagi   parchada   ham   ko‘makchilashgan   so‘zlar   individual   o‘xshatishni
yuzaga   keltirgan   lingvistik   vosita   sifatida   she rning   o‘ziga   xos   jozibadorliginiʼ
ta minlagan.   Ya’ni   “o‘tov   qo‘yni”   va   “o‘choq   bo‘yni”   she’rning   ohangdorligini	
ʼ
oshirish bilan birga, matndagi tasvirning jonli ifodasini ham oshirgan:
Zap qorindor o‘tov  qo‘ynida  
Bolalarin uxlatdi cho‘pon. 
Oyoq tirab o‘choq  bo‘yniga  
Qurbaqaday biqirlar qumg‘on…   183
O‘tov   tasviriga   bag‘ishlangan   xuddi   she’rda   shoir   “qo‘yin”,   “bo‘yin”   kabi
ko‘makchilashgan birliklarga shakliy va mazmuniy mos holatda “yuz” so‘zini ham
qo‘llaydi:
Kunduzlarni o‘choqqa qalab, 
Tun  yuzi ga sepgancha olov, 
Muzlab kolgan cho‘lni yelkalab, 
Bukchaygancha ketmoqda o‘tov… 184
 
Quyidagi   ko‘makchi   ham   yuqoridagi   ko‘makchilashgan   so‘zlar   kabi   matnning
alohida   ohorini   ta’minlagan   va   “tomon”   ko‘makchisiga,   -ga   kelishigiga   sinonim
bo‘la oladi: 
Bu yil ham so‘ng manzil  qoshig a borgan, 
Ne topib, nelarni yo‘qotar ko‘ngil. 
183
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 28-бет.  
184
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002,  28-бет.
64Qo’yin qor qo’yni
o’rmon qo’yni
o’tov qo’yni Sendan akangga  deb  berib yuborgan 
Onamning allasin yo‘qotma, singil… 185
Shu o‘rinda e’tiborni tortgan “deb” so‘zi ham ko‘makchilashgan fe’l sanalib, ayni
matnda   “uchun”   ko‘makchisi   ifodalaydigan   “atalganlik”   ma’nosida   ishlatilgan.
Fe’l   so‘z   turkumidagi   so‘zlarning   ko‘makchiga   o‘tishidan   hosil   bo‘lgan   birliklar
Eshqobil Shukurning boshqa she’rlarida ham o‘ziga xoslikni ta’minlagan:
Erta visoliga  qarab  shoshgayman, 
Yongan yuragimni tabriklar yo‘llar…  186
Yuqoridagi  parchada   fe’lning  ravishdosh   shakli  ko‘makchilashgan   bo‘lsa,   boshqa
bir   she’rda   sifatdosh   shaklining   ko‘makchilashgan   ko‘rinishini   ko‘rishimiz
mumkin:
…Men baxtning qiroli bo‘lib chiqaman 
Baxtli kun  atalgan  namoyishga. .. 187
Eshqobil   Shukur   she’riyatida   faol   ko‘makchilarga   sinonim   sifatida
ishlatilgan ko‘makchilashish jarayoni davom etayotgan birliklarni ham ko‘rishimiz
mumkin. 
3.2. O‘zbek tilida ko‘makchilashayotgan so‘zlar
O‘zbek   tilidagi   ko‘makchilarning   yaratilishi   kommunikatsiya   printsipida   bo‘lib,
jonli   so‘zlashuv,   adabiy   til   jarayonining   uzluksiz   uzviy   bog‘lanishiga   tayanadi. 188
Ko‘makchiga o‘tayotgan so‘zlar o‘zlaridagi lug‘aviy ma’no anglatish xususiyatini
yo‘qotadi. Ular grammatik ma’no anglatish tomon siljiydi. Kelishik qo‘shimchalari
bilan   sinonimlikni   yuzaga   chiqaradi.   Bunday   shakliy   va   mazmuniy   o‘zgarishlar
ko‘makchilashayotgan   leksik   birliklarni   tamomila   atash   ma’nosidan
uzoqlashtirmaydi,   balki   ular   bir   o‘rinda   ko‘makchi,   boshqa   o‘rinda   mustaqil   so‘z
185
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 15-бет.
186
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 51-бет.
187
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон.  –    Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002, 19-бет.
188
 Рустамов Т. Соф кўмакчилар. - Тошкент:  Фан, 1991,  116-бет.
65 turkumi vazifasini bajaradi. Dastlab funksional ko‘makchi hosil bo‘lsa, keyinchalik
bu   jarayon   yillab   davom   etishi   natijasida   sof   ko‘makchilar   vujudga   keladi.
Izlanishlarimiz  natijasida  quyidagi   ko‘makchilashayotgan   birliklar ga duch  keldik:
asno,   asnosida,   asnosidan,   asnosiga ;   arafa,   arafasida,   arafasidan,   arafasiga;
ayvon,   ayvonda,   ayvondan,   ayvonga;   bag ‘ ir,   bag ‘ rida,   bag ‘ riga,   bag ‘ ridan;
bahona,   bahonasida,   bahonasidan,   bahonasiga;   badal,   badalida,   badalidan,
badaliga;   bo‘sag‘a,   bo‘sag ‘ asida,   bo‘sag ‘ asidan,   bo‘sag ‘ asiga;   biqin,   biqinida,
biqiniga,   biqinidan;   beshik,   beshikda,   beshikdan,   beshikda;   dasti,   dastidan,
dastiga, dastida;   girdob, girdobida, girdobiga, girdobidan; gird,  girdida,  girdiga,
girdidan;   ilinj,   ilinjida,   ilinjiga,   ilinjidan;   og ‘ ush,   og ‘ ushida,   og ‘ ushidan,
og ‘ ushiga;   pay,   payida,   payidan,   payiga;   peshtoq,   peshtoqida,   peshtoqidan,
peshtoqiga ;   qirg ‘ oq,     qirg ‘ o g‘ ida,     qirg ‘ og ‘ idan,     qirg ‘ og ‘ iga ;     qa’r,   qa’rida,
qa’riga,   qa’ridan;   qo‘yin,   qo‘ynida,   qo‘ynidan,   qo‘yniga;   qo‘l,   qo‘lda,   qo‘ldan,
qo‘lga;   qanot, qanotida,  qanotiga,  qanotidan;    ruh,  ruhida,  ruhiga, ruhida; lab,
labida, labidan,  labiga;  poy,  poyida,  poyidan,  poyiga; og’iz, og’zida, og‘zidan,
og’ziga;   markaz,   markazida,   markazidan,   markaziga;   ko‘y,   ko‘yida,   ko‘yidan,
ko‘yiga;   kasri,   kasriga,   kasridan,   kasrida;   tub,   tubida,   tubidan,   tubiga;
yo‘sin, yo‘sinida, yo‘siniga, yo‘sinidan …
Biz   tahlil   etayotgan   ko‘makchilashish   jarayonidagi   so‘zlar   she’riy   va   nasriy
matnlar   tarkibidan   olindi.   Jumladan,   Eshqobil   Shukur   qalamiga   mansub   ushbu
misralarda  peshtoq  so‘zi quyidagicha keltirilgan. 
Rahmat yomg‘irlari yog‘di falakdan, 
Payg‘ambar kemasi–xayot beshigi. 
Bir yorug‘ daricha ochdim yurakdan,
Ochildi saodat,  sevgi eshigi.   
Uning peshtoqida  yam-yashil qushlar,
O‘zidan nur tarab sayraydi oyat .
Guldurak gulduros otib olqishlar, 
66 Bu   oqshom   dil   sari   kelibman,   shoyad. 189
  Eshqobil   Shukur   ijodiga   oid   ushbu
misralarda   “peshtoq”   so‘zi   uning   ( yurakning)   peshtoqida   birikmasi   ko‘makchi
turkumiga oid so‘z bo‘lib, aslan ot turkumiga mansub. Etimologik lug‘atda peshtoq
tojikcha   pesh   I   –   oti   bilan   (q)   Binoning   eshik     (darvoza)   tepasidagi   yarim   doira
shaklida  qurilgan  qismi  ma’nosini  anglatadigan   toq   otidan  iborat. 190
  Demak,  pesh
(tojik) + toq (o‘zbek) qismlaridan iborat ekan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida esa
bu   so‘zning   ma’nosi   birmuncha   aniqroq   izohlangan.   Peshtoq   [fors.olda.gumbaz,
arka;   gumbaz,   qubba].   Madrasa,   masjid,   maqbara,   karvonsaroy   kabi   binolarning
old   tomonidagi   serhasham   yuqori   qismi;   mehrob   shaklli   baland   darvoza,   ark.
Peshtoq   chekkasida   she’rlar   tasvirlangan.   O‘.Hoshimov.   Ikki   eshik   orasi. 191
Peshtoq   so‘zi   ot   turkumiga   mansub   so‘z   bo‘lib,   ko‘makchi   turkumga   ko‘chgan
deyishimiz mumkin. Bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chish uchun ma’lum bir
davr   kerak   bo‘lishi   bilan   birga,   yozuvchi,   shoirning   badiiy   mahorati   ham   muhim
ahamiyat kasb etadi. Mahmud Toir ijodiga mansub quyidagi parchada ham  peshtoq
so‘zining ko‘makchi turkumiga siljiganini aniqroq  ko‘rishimiz mumkin. 
Dunyoni kashf etib, dunyoni bildik,
Tadqiq eta oldik yomg’irni,qorni,
Falak peshtoqiga  bayroqni ildik,
Bildik borliq aro har neki borni. 192
  Ko‘makchilashish jarayonida so‘zning ma’nosi
mavhumlashib   boradi,   metaforik   ma’no   ifodalaydi.   Bunda   biz   har   qanday
metaforik   ma’no   ifodalagan   so‘zni   boshqa   turkumga   ko‘chgan   deyolmaymiz.   Bir
turkumdan   boshqa   turkumga   ko‘chish   hodisasi   ham   ma’lum   qonuniyatlarga
asoslanadi.   Ko‘makchilashish   jarayonidagi   mana   shunday   qonuniyatlarga
quyidagilarni olishimiz mumkin: kelishik qo‘shimchalarini qabul qilganligi va ular
bilab sinonomik munosabatga kirishuv. 
189
  Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон. –   Тошкент: Шарқ   нашриёт-матбаа аксиядорлик 
компанияси, 2002. –  318 б.
190
Ўзбек тилининг этимологик луғати .-.Тошкент: 2000. 190-бет.
191
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008,
192
  To ‘ xliyev   B , Karimov   B , Usmonova   K . Adabiyot .11- sinf  ( II   qism ),-  Toshkent , O`zbekiston Milliy 
Ensklopediyasi. . Davlat ilmiy nashriyoti. 2018. 92- bet .
67 Birga  Haqning ayvoniga   boradi, deb,
Qaldirg‘ochlar qo‘llarimdan tutib olgan.
Hech bo‘lmasa, panoh so‘rab beradi, deb,
Oyog’imga   kiyikchalar   yotib   olgan. 193
  Haqning   ayvoniga   birikmasi   bevosita
Haqning oldiga degan ma’no ifodalayotgani sir emas.    Ayvon   so‘zi o‘zbek tilining
etimologik lug‘atida arab tilidan o‘zlashgani  aytilgan. Ayvon  arabcha  - qasr;  oldi
ochiq   bino. 194
  Bu   so‘z   ot   so‘z   turkumiga   oid   bo‘lib,   matn   talabi   bilan
yordamchilashgan   shaklda   ham   uchraydi.   Etimologik   lug’atda   keltirilishicha,   bu
so‘zning   poetik   shakli   XIX   asrda   ham   uchraganining   guvohi   bo‘ldik.
Yo‘q jahon ayvonida oning kibi sho‘x-u zarif   (Avaz O‘tar).  Izohli lug’atda ham bu
so‘zning   izohi   etimologik   lug’atda   keltirilgandek   berilgan.   Muallif   Haqning
huzurida,   oldida,   qoshida   so‘zlarining   o‘rniga   aynan   ayvon   leksik   birligini
ishlatish   orqali   birikmaning   ta’sirchanligini   oshirgan.     Bundan   tashqari   biz   yana
quyidagi   so‘zlarning   ko‘makchilashishini   ko‘rishimiz   mumkin.
M:  Biz bugun yigirma birinchi  asr bo‘sag‘asida  turibmiz. O‘tgan asrlar adabiyoti-
yu,   ularning   namoyandalari   olisda   qolib   ketgan . 195
  Bo‘sag‘a   so‘zi   1.ayn.   ostona.
Yomonning   to‘rida   yotguncha,   yaxshining   bo‘sag‘asida   yot   (Maqol).
2.Ko‘chma   ma’noda   biror   hudud,   manzilning   kirish   joyi,   ostonasi.   3.   Ko‘chma
ma’noda biror marosim, muhim sana, sh.k. boshlanish davri, arafa. 196
  Biz keltirgan
misolda   bo‘sag‘a   so‘zi   ot   turkumiga   mansub   bo‘lib,   “boshi”   funksional
ko‘makchisining o‘rniga qo‘llangan, ekspressivlikni  ifodalash  uchun qo‘llanilgan.
M:    Ikki yonda, boshlar uzra rangin chiroqlar silsilasi. Biz tushgan kema ana shu
turfa   yog‘dular   bag‘rida   suzib   borayotir.   (   O‘sha   asar,   4   -bet)     Bag‘rida   leksik
birligi   bag‘ir   -   inson   organi,   quchoq   ma’nosini   ifodalovchi   ot   so‘z   turkumiga
mansub leksema hisoblanadi.  Bag‘ir  so‘zining izohi quyidagicha,  (3-shaxs birligi -
bag‘ri) 1.ayn, jigar. Ot - sag‘ridan, qo‘y -bag‘ridan (maqol).  2.Ko‘chma. Tananing
193
Бехзод Фазлиддин. Сен Қачон гуллайсан – Тошкент:  Мехридарё, 2008.
194
Ўзбек тилининг этимологик луғати . – Тошкент: Университет. 2000.56-бет.
195
 Эркин Аъзам.  Жаннат ўзи қайдадир.-Хикоялар, кинокиссалар,драматик аса рва публицистик 
миниатуралар.  Тошкент: “Шарқ” нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2007. –  5- б
196
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, 420-бет.
68 bo‘yindan   qoringacha   bo‘lgan   old   qismi;   ko‘ks,   ko‘krak,   to‘sh.   (Nilufar
qo‘g‘irchoqni   bag‘riga   bosdi).   3.   Ko‘chma.   Quchoq,   himoya,   panoh,   yon.
4.Ko‘chma.   poet.   Yurak,   qalb,   dil;       5.Jo‘g‘rofiy   hududning   yon,   nishab   tomoni;
6.Ko‘chma.   Ulkan,   cho‘zilgan   hududli   makon.   Fazo. 197
  Ko‘rinib   turibdiki,   tahlil
etilayotgan   leksik   birligimiz   denotativ   ma’no   bilan   birga   bir   qator   konototiv
ma’nolarni   ham   izohlab   kelar   ekan.   Biz   ko‘rayotgan   sintaktik   butunlik   tarkibida
kelayotgan   bag‘ir   leksemasi   ichra/ichida/ora   kabi   ma’nolarni   izohlab   beryapti.
Ikki yonda, boshlar uzra rangin chiroqlar silsilasi. Biz tushgan kema ana shu turfa
yog‘dular   bag‘rida   /ichra/ichida/ora  suzib borayotir.  Ko‘makchilashish hodisasini
yanada   aniqroq   ifodalash   maqsadida   ularni   kelishik   affikslari   bilan   almashtirib
qo‘llashimiz   mumkin.   Ikki   yonda,   boshlar   uzra   rangin   chiroqlar   silsilasi.
Biz   tushgan   kema   ana   shu   turfa   yog‘dular   (bag‘ri)da   suzib   borayotir.
Ko‘makchilarga   nisbatan   kelishik   affikslarida   yo‘nalish   yoki   obyekt   aniqroq
ifodalanadi.   Ko‘makchilar   yoki   ko‘makchilashish   bosqichida   bo‘lgan   leksik
birliklarda   bu   ma’no   biroz   noaniqroq   bo‘ladi.   Ot   so‘z   turkumiga   oid
ko‘makchilashish jarayonidagi leksik birliklar ichida inson organlari bilan bog‘liq
birliklar ko‘p uchrashiga guvoh bo‘ldik.
Qor   qo‘ynida ,   harir-ko‘kish   to‘zon   ichra   xira   miltillagan   uchta   chiroq   bazo‘r
sudralib   kelayotir.   Nihoyat!   Ikkitasi   yer   bag‘irlagan,   uchinchisi   teparoqda.
Ikki qo‘lida ikkita dur, peshonasida oltin jig‘a …    qo‘yin leksemasi izohli lug‘atda
quyidagicha keltirilgan.  Qo‘yin – (3.shaxs birlik – qo‘yin) 1. Ko‘krak va uni yopib
turgan   kiyim   orasidagi   joy.   Daftarlarni   qo‘yniga   soldi.   Qo‘yniga   tiqdi.   Qo‘ynida
noni   borning   qorni   to‘q.   Maqol.   Bo‘taboy   qo‘ynidagi   gazetalarni   olib,   otboqarga
berdi.   A.Qahhor,   Qo‘shchinor   chiroqlari.     2.   Ko‘chma   ma’noda   quchoq,   og‘ush.
Tabiat   qo‘ynida   yayramoq.   Ona   qo‘yniga   kirmoq.   Anzirat   xolaning   qo‘ynida
yotgan  bola  to‘satdan  qichqirib  yubordi.  A.Qahhor,  Qo‘shchinor   chiroqlari.      Biz
keltirgan   misolda   qor   qo‘ynida   kelayotir   birikmasi   ko‘chma   ma’no   ifodalagan
bo‘lib,   ko‘makchilashish   jarayoni   ham   ko‘zga   tashlangan.   Keling,   qo‘yin
197
Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, . 191-бет.
69 leksemasini   kelishik   shakli(o‘rin-payt)     bilan   almashtirib   sinonimlikni   yuza
chiqish-chiqmasligini tekshirib ko‘ramiz.      Qor da , harir-ko‘kish to‘zon ichra xira
miltillagan   uchta   chiroq   bazo‘r   sudralib   kelayotir .   Nihoyat!   Ikkitasi   yer
bag‘irlagan,   uchinchisi   teparoqda   Ikki   qo‘lida   ikkita   dur,   peshonasida   oltin
jig‘a …   garchi izohli lug‘atda kelishik shakli bilan qo‘llanilishi haqida aytilmagan
bo‘lsa   ham   yuqorida   ularning   o‘zaro   sinonimlikni   yuzaga   chiqarayotganini
ko‘rishimiz mumkin.                                  
Tushimizmi  bu, o‘ngimiz? Ishonar-ishonmas mashinaga kiramiz. Ichkarida,
haydovchining  biqinida  bir juvon ham bor ekan.
3.   Musofirning   o‘rtancha   qizini   Kattakonning   kuchugi   qopgani   xabari   kelganda
biz   qo‘rg‘on   og‘zidagi   qo‘lbola   choyxonamizda   qartabozlik   bilan   mashg‘ul   edik.
4.   Chaqir endi! — deb dag‘dag‘a qiladi   oshxona og‘zida   engining uchini tishlab
shumshaygan xotiniga.
5.   Endi   o‘sha   kishini   supa   labida   cho‘nqayib   o‘tirgan   holatda   ko‘ramiz.   Supa
poyida  tik turgan xotini Musallam opa obdastani baland ko‘tarib, ohista jildiratib
suv quymoqda.
6.   Ko‘ktosh   guzari   biqinidag i   baland   yalanglik   gavjum.   Aksariyati   qizil-yashil,
guldor   libosli   xotin-xalaj,   bola-baqra.   Bir   to‘dasi   onalarini   javratib   beriroqda
koptok tepish bilan ovora. Qiy-chuv avjida.
7.   O‘shni   hovlida   belini   ro‘mol   bilan   tang‘ib   olib   supa   labidag i   jomda   kir
yuvayotgan ayol bilaklaridan sovun ko‘pigini sidirarkan, murosa qilolmay ovora:
—Sizlar yaqindagina sug‘organ edilaring-ku, Karomatoy? Mana, menikini qarang
— qaqrab, taqron bo‘lib yotibdi!
8.  Pastak kulbadan beriroqdagi loysupa o‘rtasida bahaybat bir tut bo‘y cho‘zgan
edi! — Tanasining ayriligi ham o‘sha-o‘sha, kavagi g‘ orning og‘ziga  o‘xshashligi
ham...   Yo   qudratingdan! 198
    Bu   kabi   yuzlab   misollarni   uchratishimiz   mumkin.
E.A’zamning   “Shovqin”   romanidan   olingan   quyidagi     misollarga   diqqatimizni
qaratamiz:   Chamasi,   oshning   zirvagi   allaqachon   tayyor,   qolganidan   ham   ko ‘ ngil
198
 Эркин Аъзам.  Жаннат ўзи қайдадир.-Хикоялар, кинокиссалар,драматик аса рва публицистик 
миниатуралар. -  Тошкент: Шарқ нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2007.  
70 to ‘ q,   o ‘ rnidan qimirlamay xaxolab qadah ko ‘ targani ko ‘ targan,   kirib-chiqib xizmat
qilib turgan shogirdi-o ‘ zi singari baqaloq  qizginaning biqinidan   chimchilab ,   yo ‘ l-
yo ‘ riq   berib   o ‘ tiribdi.   (   Шовқин   172- бет ).   Qizginaning   biqini   birikmasida   biqin-
inson   organi.   Izohli   lug ’ atimizda   quyidagicha   izohlangan :   Biqin-gavdaning
qo ‘ ltiqdan   to   tos   suyagigacha   bo ‘ lgan   ikki   yon   qismi.   O ‘ ng   biqin.   Chap   biqin .
Biqin   go ‘ shti.   Tekin   t omoq   biqin   tepar. Maqol.   Yuqoridagi   biqin   so‘zini,   endigi
keltirmoqchi   bo‘lgan   gapimizda   ishtirok   etgan   biqin   so‘zi   bilan   taqqoslaymiz.
Farhodning biqinida   o‘tirgan  tengdoshroq yigitning pichirlab axborot berishicha,
bu   odamning   ismi   Badriddin   ekan,asli   toshkentlik   xo‘jalardan;   shu   yerda   o‘qib,
uylanib, yashab qolgan, allaqaysi bir ilmiy tadqiqot institutida oddiy xodim bo‘lib
ishlar   emish .   (   Шовқин   173   - бет )     Har   ikkala   gapimiz   tarkibidagi   biqinidan/da
so‘zi   mustaqil   ma’noga   ega     fe’l   so‘z   turkumiga   bog’lanib   kelgan:   qizginaning
biqinidan   chimchilamoq:   ot+biqin+fe’l(mustaqilma’no),   Farhodning   biqinida
o‘tirmoq:   ot+biqinida(ko‘makchilashgan)+fe’l.   Shu   o‘rinda   T.Rustamov
ko‘makchilar     faqat   mustaqil   ma’noli   so‘zlarga   birikkandagina     leksik   ma’no
ifodalaydi   degan   fikrni   ilgari   suradi.   Biz   keltirgan   misolda   esa   har   ikkala   holda
ham mustaqil so‘zga birikkan    biqin  ikki xil funksiya bajarayotganini ko‘ryapmiz.
Izohli   lug‘atimizda   esa     biqinida   -   (3-sh.egalik   va   o‘.-p.k   qo‘shimchalari   bilan).
Ko‘m.vzf. Yaqinida, yonida. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanilishi aytilgan.   Aynan
izohli   lug‘atda   quyidagi   misollar   keltirilgan:   Shunday   biqinida   o‘tirgan   Sherbek
ham  “bundan qanday  gap chiqarkan?” deganday  ko‘zini  undan uzmay,  qiziqsinib
qarab turibdi. S.Anorboyev, Oqloy. 199
 Ko‘makchilarning  leksik ma’no anglatuvchi
so‘zlarga   yaqinlashtiruvchi   xususiyatlardan   biri     ma’no   ko‘chishida   faol   ishtirok
etishidir. Bu xususda A.Pardayevning quyidagi fikrlarini keltiramiz ..til taraqqiyoti
silsilasida   ayrim   mustaqil   so‘zlarning   yordamchi   so‘zlarga   o‘tib   turishi   tarixiy
jarayon   bo‘lib,   so‘zlarning   nutqda   ko‘chma   ma’noda   qo‘llanilishi   ham   ularning
yordamchi   so‘zlarga   aylanishiga   sabab   bo‘ladi. 200
  Qizning   biqinidan
199
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ , 2006-2008, 288 –бет.
200
  А.Б.Пардаев,   Ё рдамчи сузларнинг лингвистик табиатига доир айрим мулохазалар //  Қарақалпақ 
мəмлекетлик университетиниң хабаршыси ,  Нукус, 2011. –№ 1-2(10-11). –Б. 93-96.
71 chimchilamoq- o‘z   (denotativ)   ma’noda   qo‘llangan   bo‘lsa,   Farhodning   biqinida
o‘tirmoq  ko‘chma ma’no kasb etyapti. Birinchi misolimizda qizning biqini (organi)
hisoblansa, ikkinchi misolimizda Farhodning biqinida (yonida) o‘tirmoq ma’nosini
izohlab kelyapti. Biz yaxshi bilamizki,   ma’no ko‘chish hodisalari turli holatlarda
uchraydi:  harakatning o‘xshashligi,  joylashgan o‘rniga ko‘ra, vazifasiga ko‘ra… .
“Biqin”   so‘zi   insonning   ikkala   qo‘ltiq   tagidan   tos   suyagigacha   bo‘lgan   yon
qismi(organi)   ekanligini   bilib   oldik.   Biz   keltirgan   misolda   esa   joylashish   o‘rniga
ko‘ra   ma’no   ko‘chish   hodisasi   sodir   bo‘lgan.   Demak,   T.Rustamov   va
A.Pardayevlarning   ilmiy   fikrlariga     asoslanib     aytishimiz   mumkinki,   ma’no
ko‘chishi   natijasida   ham   ko‘makchilashish   hodisasi   sodir   bo‘ladi.   Birgina
“Shovqin”   romanining   o‘zida   biqinida   ko‘makchisi     ko‘pgina   o‘rinlarda
ishlatilgan.   Bunda   mustaqil   turkum     ma’nosida   qo‘llanmasdan   ko‘makchi
ma’nosida   qo‘llanilgan.   .
So‘ngra   majlisxona   eshigidan   kirgani   hamono   qo‘l   silkib   yoniga   chorlaganida
uning   biqinida   xo‘mrayib   o‘tirgan   Dianaga   ko‘zi   tushdi-yu,   sherigi   Sur’at
bahona, Farhod yo‘lini bu yon burdi – kelib chetroqqa o‘rnasha qoldi.   Bu o‘rinda
shaxsga   nisbatan   qo‘llanilgan   b iqin   so‘zi   o‘tirmoq   leksemasi   bilan   birikma   hosil
qilganda joylashish o‘rniga nisbatan ma’no ko‘chish hodisasini  yuzaga chiqishiga
ko‘maklashganday.   Shaxs   nomi   bilan   birgalikda   qo‘llanilganida   ma’no   ko‘chish
hodisasi   mavhumroq   holda   yuzaga   chiqadi,   lekin   o‘rin   –   joy   otlari   bilan
qo‘llanilgan   biqin   leksemasi   aniqroq   ma’no   ko‘chishini   ifodalaydi.   Solishtirib
ko‘ramiz:         Akademshaharchaga   kelib,   terakzor   biqinida   qatorlashgan   garajlar
oldida   mashinadan   tushadilar .   Keltirlgan   misolimizda   ham   ot(o‘rin-joy)
+biqinida+fe’l  tarzida shakllangan   gapimizda   biqin   leksemasi   yaqinida\yonida
ko‘makchilariga sinonim tarzda qo‘llanilyapti.  Natijada   terakzorda   ma’nosi
ifodalanganligining guvohi bo‘lyapmiz. O‘z navbatida o‘rin – payt kelishigi bilan
erkin almashyapti.     Shu payt   gulzor biqinidan   kaltagina bo‘lib bir   odam yo‘rtib
chiqdi .   Eski   binoning biqinida “Latviya”rusumli mikroavtobus ko‘rindi, shaharga
otlanib turganlar guvva shunga yopirildi.   Keltirlgan   misollarimizda   ot+biqin   +
72 fe’l qolipli birikmalar uchradi . 
Oshxo‘rlik   “O‘zbekiston”   restoranining   biqinidagi     pasqamroq   xonada   bo‘ldi.
Kabinetining  biqinidagi  xilvatxonasiga   qamalib  olib  qariyb  bir   shishani  bir   o‘zi
bo‘shatdi,   keyin   divanga   cho‘zilib,   kap-katta   odam,   ko‘zga   ko‘ringan   san’at
arbobi,   xuddi   arazlagan   boladek   uv   tortib   yig’ladi.     Gaplardagi   biqin   leksemasi
ot(shaxs yoki o‘rin- joy oti) + biqin+ ot qolipida shakllangan. Biqin leksemasi o‘z
leksik   ma’nosini   saqlagan   holda   ishlatilsa,   ot(shaxs   oti)+biqin+   fe’l   tarzida
shakllanadi.  Demak,   ot   so‘z   turkumiga   oid   ko‘makchi   so‘zlar   bugungi
adabiy tilimizda ko‘plab uchraydi degan fikrga keldik.   Shunga qaramay, yuqorida
keltirilgan   leksemalar   kabi   “oraliq”   turkumning   ham   o‘z   “talablari”   bor.   Ana
shunday   talablarga   javob   bera   oladigan   leksemalarnigina   biz   ko‘makchilashish
jarayonidagi   leksemalar   guruhiga   kiritishimiz   mumkin.   Qirg’oq   so‘zi   etimologik
lug‘atning   I   bobi   (Turkiy   so‘zlar)   guruhiga   kiritilgan.   Qirg‘oq   chet,   yoqa,   sohil
ma’nolarini anglatadi. Tarixan shakllanishi  qadimgi turkiy tilda qo‘llanilgan bo‘lib
қ ырғағ   shaklida   talaffuz   qilingan   bu   so‘z   “to‘n   jiyagi,   chalmasi”   ma’nosini
anglatgan. (Devon, II, 333); keyinchalik ma’no kengayishi voqe bo‘lib “narsaning
cheti, hoshiyasi”  ma’nosini  anglata boshlagan;  hozirgi o‘zbek adabiy tilida “katta
oqin   suvning   yoqasi”   ma’nosini   anglatish   uchun   ishlatiladi.   Bu   ot   asli   chet
ma’nosini   anglatuvchi   қ ыр   (yassi   tog‘,   baland   tekislik)   otidan   –g‘a   qo‘shimchasi
bilan yasalgan fe’lga  –q  qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan; tovush jihatida quyidagi
o‘zgarishlar   sodir   bo‘lgan:   so‘z   oxiridagi   g‘   undoshi   q   undoshiga,   a   unlisi   esa   o
unlisiga   almashgan,   i   undoshi   o‘zining   qattiqlik   belgisini   yo‘qotgan.
Natijada   Qir + g‘a = qirg‘a; Qirg‘a + g‘ = qirg‘ag‘; Qirg‘ag’ > qirg‘aq > qirg‘oq
shakliga   kelgan. 201
  Umuman   olganda   qirg‘oq   so‘zi   turkiy   so‘z   bo‘lib,   ot   so‘z
turkumiga oid so‘zga qo‘shimcha qo‘shish bilan fe’l turkumi, keyinchalik esa yana
ot   turkumi   –q   affiksi   orqali   yasalgan.   Biz   tahlil   etayotgan   misolda   bu   so‘z
ko‘makchi   vazifasida   qo‘llanyapti.     M:   Bir   gal   nimaningdir   ustidan   tortishib
bahslashib,   chekkani   koridorga   chiqdim,   qaytib   kirsam,   karavot   qirg‘og‘ida
201
 Ўзбек тилининг этимологик луғати . –Тошкент: Университет, 2000.  552-бет.
73 allanechuk   bukchayib,   ezilib   –   rasmona   mo‘ysafidga   aylanibgina   o‘tiribdi. 202
So‘zlarning   yordamchilashishi   turli   asosda   yuz   berishi   aytib   o‘tildi.   Bu   o‘rinda
qirg‘oq   so‘zi   qay   jihatdan   yordamchilashganini   ko‘rish   uchun   izohli   lug‘atga
murojaat   qilamiz .   Qirg‘oq   suv   havzalari   va   oqar   suvlarning   quruqlik   bilan
tutashgan kambar yer; lab; bo‘y; yoqa; sohil. 203
  Bu so‘zning, asosan, suv havzalari
yoki maydonning cheti ma’nosini izohlashini bildik, karavot qirg‘og‘i birikmasida
ham xuddi shu ma’no ifodalanyapti. 
Abduvali   Qutbiddin   ijodida   ham   bir   qancha   ko‘makchilashayotgan
birliklarning ishlatilish o‘rinlariga guvoh bo‘ldik. 
Ko‘zimga mil tortdim, seni esladim,
Kaftingda baxt qushi, yelkangda kaftar.
Osmon markaziga  botayotirsan,
Osmon markaziga  botar
Kiyiklar. 204
  Markaz   so‘zining   lug‘aviy   ma’nosi   izohli   lug‘atda   quyidagicha
keltirilgan.   Arab   tilidan   olingan   bo‘lib,   o‘rtalik;   o‘rta   yer;   holat;   mavqe;   vaziyat
ma’nolarini   anglatadi. 205
  Lug‘atda   keltirilishicha,   ko‘chma   ma’noda   qo‘llanila
oladigan   bu   so‘z   …ahamiyati,   mohiyati,   shu.k.   jihatidan   asos,   asosiy
hisoblanadigan joy, qism, o‘rin.    Asar markazida   bisotlaridagi yolg‘iz eshaklarni
minib, safarga chiqqan   ota va o‘g‘il obrazlari  turadi .(O‘TA) 206
   Osmon markazi
birikmasida   metaforik   ma’no   ko‘chish   hodisasi   yuzaga   chiqayotgandek   taassurot
uyg‘otadi.  Biroq ma’no ko‘chish  hodisasi   va ko‘makchilashish   hodisasining   farqi
shundaki, ma’no ko‘chish hodisasida biz kelishik kategoriyasini ko‘chma ma’noda
qo‘llanayotgan   so‘z   bilan   almashtirib   qo‘llay   olmaymiz.   Quyida   ularni
farqlashimiz   uchun   biz   kelishik   qo‘shimchalaridan   foydalanamiz.   Osmon
(markazi)  ga botmoq.    Ko‘makchilarda yo‘nalish  yoki  harakat  boshlanish  nuqtasi
202
 Эркин Аъзам.  Жаннат ўзи қайдадир.-Хикоялар, кинокиссалар,драматик аса рва публицистик 
миниатуралар. - Тошкент: Шарқ нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2007. –  23- б
203
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, 304-бет.                                   
204
 Abduvali Qutbiddin. Xayol kechasi.She’rlar.- Toshkent: Yozuvchi,1994.
205
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, 545-бет.
206
 Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати, - Тошкент: Ўз МЭ ,2006-2008, М харфи, 304-бет.
74 aniqroq ifodalanadi.  Osmonga botmoq  -  harakat boshlanish nuqtasi noaniq.  Osmon
markaziga   botmoq   –   harakat   boshlanish   nuqtasi   aniqroq.   Astronomiyada
“Galaktika markazi”, “Koinot markazi”  degan tushunchalar uchraydi, lekin osmon
markazi,   osmonning   boshi,   osmonning   oxiri   kabi   birliklar   so‘z   san’atkorining
poetik obraz yaratish mahorati natijasidir. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, kelishik
shaklini olgan yordamchilashayotgan so‘zlar asta-sekinlik bilan lug‘aviy ma’nosini
butunlay yo‘qotadi.
M :Qaydadir tulporlar fazoga yetar
Tomosha qilgani tovus raqsini.
Qaqnuslar  olovlar qo‘ynida  yotar,
Faqat men yashayman,
O‘ksinib. 207
  Bu   misrada   ham   qo‘yin   leksemasi   badiiy-estetik   vazifa   bajaribgina
qolmasdan,   ohangdoshlikni   ham   ta’minlash   uchun   xizmat   qilmoqda.   So‘zlikning
to‘g‘ri   tanlanishi   ta’sirchanlikni   oshiruvchi   asosiy   vosita   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Aynan   qo‘yin   leksemasining   o‘z   lug‘aviy   ma’nosini   saqlagan   ko‘rinishi   quyidagi
misrada uchraydi. 
M: G‘amzada shahrimda quyoshim o‘zing,
Ivirsib qoqilsam, sen ko‘targuvchim.
Qo‘ynimda  avaylab yurgan yulduzim,
Osimam,
Holim   bilguvchim. 208
    Ko‘makchilashayotgan   so‘zlar   badiiy   matnning   grammatik
qurilishini   tashkil   qilibgina   qolmasdan   ayni   o‘rinda   o‘ziga   xos   poetik
jozibadorlikni   ta’minlovchi   vosita   bo‘lib   ham   xizmat   qiladi.   Ayniqsa,   she’riy
matnlardagi  ko‘makchilashgan va ko‘makchilashayotgan birliklarni chuqur tadqiq
etish   bunday   birliklarning   o‘ziga   xos   lisoniy   jihatlarini   ochib   beradi.   Girdob
leksemasi     hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   ko‘makchilashayotgan,   ot   so‘z   turkumiga
mansub birlik hisoblanadi.                   
M:  Girdoblar  chulg‘aydi patli havoni,
207
 Abduvali Qutbiddin. Xayol kechasi.She’rlar.- Toshkent: “Yozuvchi” nashriyoti,1994, 
208
 Abduvali Qutbiddin. Xayol kechasi.She’rlar.- Toshkent: “Yozuvchi” nashriyoti,1994,
75 Bir kun o‘zi kabi laqmadir aprel.
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel. 209
    O‘zbek tilining izohli lug‘atida girdob leksemasiga quyidagicha izoh
berilgan. Girdob   [fors. Suv uyurmasi, kamar, o‘pqon]. Ariq va daryo suvlarining
aylanib-buralib,   uyurma   hosil   qilib   oqayotgan   yeri.   Yuqoridagi   misradan
“Girdoblar   patli  havoni   chulg‘aydi”     mazmuni  kelib  chiqayapti. Bu  aprel   oyidagi
tabiat   hodisasi   hisoblanadi.   So‘z   san’atkori   mana   shu   jarayonni   girdob   leksemasi
orqali ta’sirchan ifodalab bera olgan.
XULOSA
Magistrlik   ishi   mavjud   tadqiqotlar,   manbalar,   leksikografik   lug‘atlar   va   badiiy
asarlar   tarkibida   qo‘llanilgan   ko‘makchi   so‘zlar,   ko‘makchilashgan   so‘zlar,
ko‘makchilashayotgan   so‘zlar   asosida   tayyorlanib,   ular   asosida   quyidagi   umumiy
xulosaga kelindi:
1. Adabiy tilning boyib borishida tilimizning ichki imkoniyatlari hal qiluvchi
rol   o‘ynaydi.   Tildagi   har   qanday   o‘zgarish,   avvalo,   leksik   qatlamda   ko‘zga
tashlanadi   va   shu   qatlamda   shakllanib   boradi.   Ayniqsa,   istiqlol   yillarida   boshqa
sohalardagi   islohotlar   kabi   o‘zbek   tili   leksikografiyasida   ham   qator   islohotlar
bo‘ldi. O‘zbek tilining izohli lug‘ati yangidan nashr etildi va bu lug‘at o‘z tarkibiga
80   mingdan   ortiq   so‘zni   kiritdi.   Buning   natijasida   qator   tadqiqotlar   yaratildi.
Leksik   qatlamni   o‘rganish   ko‘lami   yanada   ortdi.   Bu   tadqiqotlarda   tilni   leksik-
semantik, lingvostatistik va leksikografik usullarda tadqiq qilishga alohida e’tibor
qaratildi.
2.   Mustaqil   so‘zlarning   ko‘makchilashish   jarayoni   til   qonuniyatlari   sifatida
bardavom.   Bu   jarayon,   ko‘pincha,   so‘z   ma’nosining   semantik   qisqarishi   va
o‘zgarishi tufayli nutqiy vaziyat talabi bilan yuzaga keladi. Ko‘makchilashayotgan
so‘zlar   badiiy   matnning   grammatik   qurilishini   tashkil   qilibgina   qolmasdan   ayni
o‘rinda   o‘ziga   xos   jozibadorlikni   ta’minlovchi   vosita   bo‘lib   ham   xizmat   qiladi.
209
 Abduvali Qutbiddin. Xayol kechasi.She’rlar.- Toshkent: “Yozuvchi” nashriyoti,1994,
76 Hali   o‘zbek   tilshunosligida   yetarlicha   tadqiqini   topmagan   ko‘makchilashgan
birliklarni   keng   ko‘lamda   o‘rganish   va   ularning   nutqdagi   funksional   jihatlarini
ochib   berish   tilshunosligimiz   oldidagi   muhim   vazifalardan   biridir.   Zero
ko‘makchilashgan   birliklarning   tabiatini   ilmiy   jihatdan   o‘rganish   bugungi   kunda
muhim bo‘lgan matnning lisoniy, kognitiv va pragmatik tahliliga yordam beradi.
3.   Bu   tadqiqot   ishimizda   ko‘makchilarning     faqatgina   mustaqillik   davri
badiiy   asarlarida   tahlili   keltirilmasdan,   balki   Mahmud   Koshg‘ariy,   Yusuf   Xos
Xojib, Alisher Navoiy, Sayfi Saroyi kabi ijodkorlar asarlarida ham bugungi kunda
mavjud bo‘lgan ko‘makchilar qo‘llanilganlgining guvohi bo‘ldik. Ba’zi ko‘makchi
so‘zlarning shakliy o‘zgarishga uchraganini ham uchratdik.
4.O‘zbek   adabiyotining   vakillari   ijodida   ham   bir   qancha   ko‘makchilashgan
va   ko‘makchilashayotgan   birliklar   uchraydi.   Jumladan,   Erkin   A’zam,   Eshqobil
Shukur,   Abduvali   Qutbiddin,   Begzod   Fazliddin   kabi   taniqli   ijodkorlarning   badiiy
asarlari tarkibida keltirilgan quyidagi ko‘makchilashgan va ko‘makchilashayotgan
birliklar   hozirgi   adabiy   tilimizda   faol   qo‘llanilganiga   guvoh   bo‘ldik:   asno,
asnosida,   asnosidan,   asnosiga ;   arafa,   arafasida,   arafasidan,   arafasiga;   ayvon,
ayvonda,   ayvondan,   ayvonga;   bag ‘ ir,   bag ‘ rida,   bag ‘ riga,   bag ‘ ridan;   bahona,
bahonasida,   bahonasidan,   bahonasiga;   badal,   badalida,   badalidan,   badaliga;
bo‘sag‘a,   bo‘sag ‘ asida,   bo‘sag ‘ asidan,   bo‘sag ‘ asiga;   biqin,   biqinida,   biqiniga,
biqinidan; beshik, beshikda, beshikdan, beshikda; dasti,   dastidan, dastiga, dastida;
girdob, girdobida, girdobiga, girdobidan; gird,   girdida,   girdiga, girdidan;   ilinj,
ilinjida, ilinjiga, ilinjidan; og ‘ ush, og ‘ ushida, og ‘ ushidan, og ‘ ushiga; pay, payida,
payidan,   payiga;   peshtoq,   peshtoqida,   peshtoqidan,   peshtoqiga ;   qirg ‘ oq,
qirg ‘ o g‘ ida,   qirg ‘ og ‘ idan,   qirg ‘ og ‘ iga ;     qa’r, qa’rida, qa’riga, qa’ridan;   qo‘yin,
qo‘ynida,   qo‘ynidan,   qo‘yniga;   qo‘l,   qo‘lda,   qo‘ldan,   qo‘lga;   qanot,   qanotida,
qanotiga,  qanotidan;     ruh,  ruhida,  ruhiga, ruhida; lab, labida, labidan,  labiga;
poy,     poyida,     poyidan,     poyiga;   og’iz,   og’zida,   og‘zidan,   og’ziga;   markaz,
markazida,   markazidan,   markaziga;   ko‘y,   ko‘yida,   ko‘yidan,   ko‘yiga;   kasri,
kasriga,   kasridan,   kasrida;   tub,   tubida,   tubidan,   tubiga;
77 yo‘sin,   yo‘sinida,   yo‘siniga,   yo‘sinidan …   bu   leksik   birliklar   adabiy   tilimiz
taraqqiyotiga   birmuncha   ijobiy   ta’sir   qiladi,   shu   bilan   birga   uning   boshqa   tillar
bilan aloqasi natijasida leksik qatlam boyishini ko‘rsatib beradi.
5.   Ko‘makchilarning   leksik   xususiyatlari   bilan   bir   qatorda   grammatik
vazifalariga ham to‘xtalib o‘tdik. Ko‘makchi so‘zlar so‘z birikmasini hosil qilishi,
asosan,   tobe   bog‘lanish   (moslashuv   va   boshqaruv),   ba’zan   bitishuvli   tobe
munosabatni   ham   hosil   qilishi   haqida   fikrlar   keltirilgan.   Ko‘makchi   so‘zlarda
qisman   aleksik   ma’no   saqlanib,   bu   leksik   ma’no   ma’lum   bir   nutqiy   vaziyatda
yuzaga   chiqishi   haqida   aytib   o‘tildi.   Mustaqil   ma’noli   so‘zlarning
ko‘makchilashishi ma’no ko‘chisi natijasida yuz berishi misollar orqali isbotlandi.
Ko‘makchilarga   faqatgina   grammatik   jihatdan   baho   bermasdan,   balki   nutqiy
ta’sirchanlik   vositasi   sifatida   ham   qo‘llash   maqsadga   muvofiq.   Ko‘makchilarga
vazifaviy     chegaralanganlik   jihatidan   qarash   yordamchi   so‘zlarning,   jumladan,
ko‘makchilarning emotsional-ekspressiv ma’no ottenkalarini aniqlashga to‘sqinlik
qiladi.
78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I.  Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:
1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил
7   февралдаги   «Ўзбекистон   Республикасини   янада   ривожлантириш
бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли Фармони
//  «Халқ сўзи», 2017 йил 8 февраль, №28 (6722).
2. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ш.М.Мирзиёевнинг
«Ўзбекистон Республикасининг “Давлат тили ҳақида”ги Қонуни қабул
қилинганининг ўттиз йиллигини кенг нишонлаш тўғрисида»ги Қарори.
3. Ўзбекистон   Республикаси     Президентининг   2019   йил   21   октябрь   ПФ-
5850-сон  «Ўзбек   т или н инг давлат тили сифатидаги нуфузи ва мавқиени
тубдан ошириш чора-тадбирлари тўғрисида » ги Фармони.
4. Президент   Шавкат   Мирзиёевнинг     ў збек   тилига   давлат   тили   мақоми
берилганининг   ўттиз   йиллигига   бағишланган   тантанали   маросимдаги
нутқи.  http://xs.uz/uz/  –Toshkent, 2019.
5. Мирзиёев   Ш.М.   Эркин   ва   фаравон   демократик   Ўзбекистон   давлатини
биргаликда барпо этамиз.- Тошкент: Ўзбекистон, 2017.-28 б.
II.  Ilmiy-nazariy adabiyotlar:
79 6. Абдураҳмонов   Ғ.,   Рустамов   А.   Қадимги   туркий   тил.   –   Тошкент:
Ўқитувчи, 1982. – 168 б.
7. Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси.
– Тошкент: Ўқитувчи, 1973. – 320 б.
8. Азизов О. Тилшуносликка кириш. -Тошкент: Ўкитувчи, 1996. – 176 б 
9. Айдаров Г. Язык орхонских памятников древнетюркской письменности
VIII  века. – Алма-Ата: Наука, 1971.               
10. Аширбоев   С.,   Азимов   И.   Ўзбек   тилининг   тарихий   грамматикаси.   -   Т.,
2001. 113-б. 
11. Баскаков   Историко-типологическая   морфология   тюркских   языков
(Структура слова и механизм агглютинации)  - М., 1979. - 274 с. 
12. Баскаков Н.А. Каракалпакский язык. 11. Фонетика и морфология, ч. 1. -
М., 1952. - с.482
13. Баскаков Н.А. Тюркские языки. — М., 1960
14. Бердиёров   Ҳ.   Ҳозирги   замон   ўзбек   адабий   тилида   сўнгкўмакчилар:
Филол.фан.   номз .  …дис-я. – Самарқанд ,  1949. – 134 б.
15. Благова   Г.Ф.   XV - XVI   асрлар   эски   ўзбек   адабий   тилидаги   кўмакчилар
ҳақида//  “ Ўзбек тили ва адабиёти ” журнали .  - 1963. - №3. 
16. Бурхонов   З.   Ўзбек   тилида   кўмакчилар   ва   уларга   вазифадош
келишиклар прагматикаси: Филол.ф.н...дисс. Тошкент, 2008. – Б 10.
17. Зейналов Ф.Р. Служебные части речи в современных тюркских языках.
– Баку ,  1966.
18. Дмитриев   Н.К.   Служебные   слова   в   турецком   языке   //   Советское
языкознание, т. 11.-Л., 1937.
19. Иванов С.Н. Курс турецкой грамматики, часть 1.  –  Л: ЛГУ ,  1975. – 100
с. 
20. Исҳоқов Ф. Гулханийнинг «Зарбулмасал» асари. – Т.: Фан ,   1976. – 104
б.
80 21. Исоқов   З.   Сўз   туркумлари   системасида   ёрдамчи   сўзлар,   //   Ўзбек   тили
ва адабиёти , 2002. - № 2,  - Б. 72-74
22. КононовА.Н.   «Грамматика   языка   тюркских   рунических
памятников. VII - IX  вв.».-   Л ,  1980.  
23. Кошғарий М. Девону луғотит турк,  I  т. – Т.: Фан, 1960. -485 б. 
24. Матғозиев   А.   XIX   аср   ўзбек   тилининг   морфологияси.–Т.:Фан,1977.   -
201 б.
25. Муталлибов   С.     Морфология   ва   лексика   тарихидан   қисқача   очерк   ( XI
аср ёзма ёдгорликлари  асосида). -  Тошкент:ЎзФА нашри ,   1959.   –   122-
121   б.
26. Насилов В.М. Язык орхоно-енисейских памятников  - М., 1960.
27. Неъматов Ҳ.Ғ.  XI - XII  аср ёзма ёдгорликларида кўмакчилар//Ўзбек тили
грамматик қурилиши, лексикология ва диалектологияси масалалари.   V
чиқиши. – Самарқанд:СамДУ нашри ,  1976.  –  39-50   б. 
28. Нигматов   Х.   Г.   Функциональная   морфология   тюркоязычных
памятников ХI – ХII в.в. – Т.: Фан, 1989. с. 191.
29. Нурмонов   А.   Ўзбек   тилшунослиги   тарихи.-   Тошкент:   Ўзбекистон ,
2002. – 232 б.
30. Пардаев А. Тил тизимида ёрдамчи сўзлар. – Самарқанд, СамДУ нашри,
2011. - 161 б.  
31. Пардаев А. Ўзбек тили ёрдамчи сўзларнинг лингвистик табиатига доир
айрим   мулохазалар   //   Қарақалпақ   мəмлекетлик   университетиниң
хабаршыси; Нукус, 2011. –№ 1-2(10-11). –Б. 93-96.
32. Пардаев   А.,   Қурбонов   С.   Сўз   таърифи   хусусида   //   «Интернаука»:
научный журнал. Часть 2. – Москва, 2017. - № 11(15).–С.95-97.
33. Рустамов Т. Ҳозирги ўзбек адабий тилида кўмакчилар. – Тошкент: Фан,
1965. –131 б.
34. Рустамов   Т.   Узра   кўмакчиси   //   “ Ўзбек   тили   ва   адабиёти ”   журнали .   -
1974. -  №6.  –Б.  72-74.
81 35. Рустамов   Т.   Каби   кўмакчиси   //   “ Ўзбек   тили   ва   адабиёти ”   журнали. -
1977. -  №4. - Б. 30-33.
36. Рустамов Т. Учун кўмакчиси // Ўзбек тили тарихи масалалари. Илмий
тўплам.- Тошкент: Фан ,  1977.  –  55-66   б.
37. Рустамов Т. Сари  кўмакчиси  //  Ўзбек  тили тарихи  масалалари.  Илмий
тўплам.- Тошкент: Фан ,  1977.  –  67-76   б.
38. Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент: Фан ,  1991. –   124 б.
39. Раҳимов   У.   Ўзбек   тилида   юкламалар   пресуппозицияси:
Филол.ф.н...дисс., Самарқанд ,  1994.
40. Санақулов   У.С.   Ўзбек   ёзма   адабий   тили   фонетик,   морфологик
меъёрларининг   шаклланиши   ва   тараққиёти   (илк   босқич).   Док.   дисс.   –
Т., 2007.  -265 б.
41. Sayfullayeva   R.,   Mengliyev   B.,   Qurbonova   M.   va   boshq.   Hozirgi   o‘zbek
adabiy tili.  ˗  Toshkent: Fan va Texnologiya, 2009.  ˗  B.310.
42. Турсунов   У.   Ўзбек   тилида   сўнг   кўмакчилар   //   ЎзДУ   илмий   асарлари.
34-серия. – Самарқанд ,  1947.   -  27-33   б.
43. Турсунов   У.,   Ўринбоев   Б.,   Алиев   А.   Ўзбек   адабий   тили   тарихи.-
Тошкент: Ўқитувчи ,  1995. – 264 б.
44. Убаева Ф.С. «Билан» ёрдамчиси ҳақида   //   Научные труды ТашГУ.  260.
Языкознание. – Ташкент, 1964.
45. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: 1972, 11-bet .
46. Фозилов   Э.   Ўзбек   тилининг   тарихий   морфологияси.-   Тошкент:   Фан ,
1965. 134-148   б.
47. Фузайлов   С.Ф.   Кўмакчилар   тўғрисида   кузатишлардан   //   Ўзбек   тили
лексикологияси   ва   грамматикаси   масалалари.   Илмий   ишлар   тўплами.-
Тошкент: ТошДУ нашри ,  1978.  –  10-12   б. 
48. Шоабдураҳмонов Ш.  Ўзбек  тилида  ёрдамчи сўзлар.  – Т. :  Фан,   1953.   –
24 б.
82 49. Шукуров   О.У.   Ҳаракат   тарзи   шакллари   парадигмаси .   Филол.ф.   номз.
Дисс.– Самарқанд ,  2005.
50. Щербак А.М.   Грамматика староузбекского  языка. – М:  Л. ,   1962. –274
с.
51. Ҳамдамов Ж. Ўзбек тили тарихи. Иккинчи қисм. Тарихий морфология.
Иккинчи бўлим.- Самарқанд: СамДУ нашри ,  2004.  –  82-91б.
52. Ҳожиев   А.   Кўмакчи   //   Совет   даврида   ўзбек   адабий   тилининг
тараққиёти. Уч томлик.  I -том. Морфология.- Тошкент: Фан ,  1988.  -  138-
196   б.
53. Қурбонова   М.   Абдурауф   Фитрат     ва   Ўзбек   тилшунослиги.-   Тошкент:
Университет.1997.
54. Qodirov   J.   XX   asr   boshlaridagi   tilshunoslik   asarlarida   bog‘lovchilarning
ifodalanishi   va   izohlanishi.   Ajiniyoz   nomidagi   Nukus   davlat   pedagogika
institutining   fan,   ta’lim   va   tarbiya   masalalarini   rivojlantirishdagi   o‘rni.
Respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. – Nukus, 2010. 260 b.
55. XIII   –   XIV   асрлар   туркий   адабий   ёдгорликлар   тили.   Морфология.
(масъул муҳаррир – Э.Фозилов).  – Т.: Фан, 1986. – 288 б.
56. XV   –   XIX   асрлар   ўзбек   тили   морфологияси.   (масъул   муҳаррир   –
А.Рустамов).  – Т.: Фан, 1990. – 254 б. 
III. Lug ‘ atlar
57. Ахманова О. С.  Словарь лингвистических терминов издательство; 
Советская энциклопедия, - Москва: 1966.
58.   Ғуломов   А,   Тихонов   А,   Қўнғуров.   Ўзбек   тили   морфем   луғати   –
Тошкент: Ўқитувчи, 1997, 402-бет.
59. Ҳожиев   А.Тилшунослик   терминларининг   изоҳли   луғати.   Ўзбекистон
Миллий Энциклопедияси нашриёти. - Тошкент: 2002 .
60. Ўзбек   тилининг   этимологик   луғати   ( I   жилд).-Тошкент:   Университет.
2000. 
83 61. Ўзбек тилининг этимологик луғати ( II  жилд). -Тошкент: Университет. 
2000.
62. Ўзбек тилининг этимологик луғати ( III жилд). -Тошкент: Университет. 
2000.
63. Ўзбек   тилининг     изоҳли     луғати,   -   Тошкент:   Ўзбекистон   Миллий
Энциклопедияси нашриёти,   2006-2008 ,   I том .
64. Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати. - Тошкент: Ўзбекистон Миллий 
Энциклопедияси нашриёти, 2006-2008 .   II  том.
65. Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати. - Тошкент: Ўзбекистон Миллий 
Энциклопедияси нашриёти, 2006-2008 . III том.
66. Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати. - Тошкент: Ўзбекистон Миллий 
Энциклопедияси нашриёти, 2006-2008. IV том.
67. Ўзбек тилининг  изоҳли  луғати. - Тошкент: Ўзбекистон Миллий 
Энциклопедияси нашриёти, 2006-2008. V том.
68. To‘xliyev B,Karimov B,Usmonova K.Adabiyot.11-sinf (II qism),- 
Toshkent,O`zbekiston Milliy Ensklopediyasi..Davlat ilmiy nashriyoti.2018.
69. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. To‘ldirilgan va 
qayta ishlangan 4-nashri – Toshkent: Ma’naviyat, 2017. 
IV. Internet resurslar
70. http://www.ziyo    net    .uz/   
71. http://www.ziyouz.uz/   
72. http://superlinguist.ru   
73. http://www.krugosvet.ru.     
74. http://www.twirpx.com/files/languages/linguistics/   
V.  Badiiy adabiyotlar
75.   Махмуд Кошғарий,Туркий сўзлар девони (Девону луғатит  турк) 
Ўзбекистон фанлар академияси. – Тошкент: 1963.
76.   Юсуф   Хос   Хожиб.   Кутадғу   билиг   (Саодатга   йўлловчи   билим).
Тошкент, Фан, 1971.
84 77.   Саройи     Сайфи.   Шеърлар.   Гулистон.   –   Тошкент:   Ғафур   Ғулом
номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968.
78.   Алишер Навоий, – Махбуб ул- қулуб,  –Тошкент.: 1983,  108-бет.
79.   Cho‘lpon, Kecha va kunduz. Roman.- Toshkent: Sharq, 2000, 211-bet.
80.   Эркин Аъзам  “ Олам ям - яшил ”  Хикоялар .- Т .: Адабиёт ва санъат 
нашриёти ,1984.-160  б .
81.   Эркин   Аъзам .   Жаннат   ўзи   қайдадир .- Хикоялар ,  киноқиссалар , 
драматик   асар   ва   публицистик   миниатуралар .  Тошкент: Шарқ    
нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2007. 
82.   Эркин Аъзам,   Шовқин .  Роман. Қисса. Ҳикоялар - Тошкент:  
O‘zbekiston – 2011.
83.   Эшқобил Шукур. Ҳамал айвони. Шеърлар ва достон. –   Тошкент: 
Шарқ нашриёт-матбаа аксиядорлик компанияси, 2002. –  318 б.
84. Abduvali Qutbiddin. Xayol kechasi.She’rlar.- Toshkent:  Yozuvchi 
nashriyoti,1994.
85. Бехзод Фазлиддин. Сен Қачон гуллайсан.- Тошкент:  Мехридарё -  
2008.
   
85 86

MUNDARIJA: O‘ZBEK TILIDA KO‘MAKCHILASHAYOTGAN SO‘ZLAR VA ULARNING TARIXIY TARAQQIYOTI Reja: Kirish ( Ishning umumiy tavsifi) …………………………………………….7 I BOB. Ko‘makchilarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi. 1.1. Ko‘makchilar va ularning o‘rganilishi………………………………….. ..12 1.2. Ko‘makchilar tasnifi haqida yangicha qarashlar…………………………..21 Bob bo‘yicha qisqacha xulosa………………………………………………….26 II BOB. Funksional ko‘makchilarning leksik – semantik xususiyatlari. 2.1. Funksional ko‘makchilarning o‘ziga xos xususiyatlari…………………… 27 2.2. Ot turkumiga xos funksional ko‘makchilar………………………………..33 2.3. Fe’l turkumiga xos funksional ko‘makchilar………………………………46 2.4. Ravish turkumiga xos funksional ko‘makchilar……………………………50 Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………...66 III BOB. O‘zbek tilida ko‘makchilashayotgan so‘zlar. 3.1. O‘zbek tilida ko‘makchilashgan so‘zlar……………………………………..67 3.2. O‘zbek tilida ko‘makchilashayotgan so‘zlar…………………………………74 Bob bo‘yicha qisqacha xulosa…………………………………………………….75 XULOSA …………………………………………………………………………86 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………….89 1

DISSERTATSIYA MAVZUSINING TAVSIFI (ANNOTATSIYASI) Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Har qanday til o‘zining ichki qonuniyatlari asosida rivojlanishi, tildagi leksik qatlamlar asosida neologizm (yangi so‘zlar) vujudga kelganidek, arxaik (eskirgan) so‘zlar iste’moldan chiqishi hech kimga sir emas. Tildagi yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi tilning leksik boyligining oshishida, grammatik strukturasining takomillashishida katta ahamiyatga egadir. “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”,- deya yoshlarni yana ham ko‘proq izlanishga undaganlar muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. – Bu oliyjanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak”. 1 Shunday ekan, biz, tilshunoslar, tilda bo‘layotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganishimiz va shu bilan bir qatorda yangiliklardan xabardor bo‘lgan holda ko‘proq izlanishimiz kerak. Har qanday til rivojlanish bosqichida ma’lum to‘siqlarga duch keladi. Tilshunos olimlar mana shunday to‘siqlarni bartaraf etish uchun tillarni o‘zaro solishtirishadi, ularning farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil etishadi. Tilni chuqur tadqiq etish uchun o‘sha tilda mavjud bo‘lgan fonetik, leksik qatlam birliklarining semantik-struktur jihatdan alohida guruhlarga ajratib olingani, bu jarayon dastavval hind tilshunosligida yuzaga kelgani, bizning ajdodlarimiz ham yunon tilshunosligiga tayangan holda tillarni tasnif etishgani sir emas. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida tilshunosligimizda rus tilshunoslari tahlillariga asoslangan tadqiqotlar ko‘zga tashlana boshladi. Tilshunos O. Azizov “…har bir tildagi so‘zlar grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi. Grammatik qurilish jihatidan har xil bo‘lgan tillardagi so‘zlarning semantik xususiyatlari, qo‘llanish doirasi, grammatik belgilari, o‘zaro birikishi 1 Президент Шавкат Мирзиёевнинг ў збек тилига давлат тили мақоми берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. http://xs.uz/uz/ –Toshkent, 2019. 2

doim ham o‘xshash bo‘lavermaydi”. 2 - degan fikrlarni keltiradi. Har bir til o‘z strukturasiga ega. O‘zbek tilshunosligi ham dunyo tilshunosligi kabi funksional grammatik jihatidan ancha o‘rganilgan va buning natijasi sifatida tilimizda ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shuningdek, hali yechimini topmagan, izlanishni talab qiladigan yo‘nalishlar ham bir talay. Shular jumlasiga yordamchi so‘zlar guruhini keltirishimiz mumkin. Bu turkumga kiruvchi so‘zlar leksik, grammatik va pragmatik jihatdan boshqa so‘z turkumlari kabi bir qancha ustunliklarga ega. Jumladan, tarixiy jarayonga e’tibor qaratilsa, ko‘makchilar turli davrlarda turli shakllarda qo‘llanilgan. Buning natijasi o‘laroq, ko‘makchilar o‘z lug‘aviy ma’nosini va shaklini o‘zgartirishga ham ulgurgan. Turdi Rustamov “Sof ko‘makchilar” monografiyasida bu turkum so‘zlarini tarixiy yoki tarixiy – qiyosiy aspektda o‘raganish maqsadga muvofiqligini, shuning uchun ham o‘zbek tilidagi ko‘makchilar rus tili predloglariga qiyosan o‘rganilganligi va turkiy tillardagi ko‘makchilar o‘zaro qiyoslab o‘rganilganligini aytib o‘tadi. Tilimizda mavjud bo‘lgan ko‘makchi turkumiga oid birliklar kelib chiqishi jihatidan ot, ravish yoki fe’l turkumiga borib taqaladi. O‘zbek tilidagi ko‘makchilar ham tarixan mustaqil turkumga oid so‘zlardan kelib chiqqan. 3 Tilshunosligimizda yordamchi so‘z turkumlari Sh.Sh.Shoabdurahmonov, R.Rasulov, S.Karimov, R.Qo‘ng‘urov, M.Qurbonov, N.Ernazarov, A.B.Pardayevlar tomonidan tadqiq etilgan. Tadqiqotlarda yordamchi turkumlar haqida turlicha fikrlar keltirilgan bo‘lib, yordamchi turkumlarning grammatik vazifalari, turlari haqidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar jonli so‘zlashuv va adabiy til jarayoni natijasida vujudga kelgan. Tilimizdagi ko‘makchilarning tadrijiy – taraqqiyoti ularni turli turkumdan hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tadqiqotimizda ko‘makchilarning o‘rganilishi, ularning turkumlararo munosabati haqida fikrlar keltirilgan. Bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chib o‘tishi uchun ma’lum tarixiy jarayon lozim bo‘lib, boshqa turkumga o‘tayotgan so‘z dastlabki turkumdagi grammatik va leksik ma’nolarini batamom yo‘qotishi kerak. Ot, olmosh, fe’l, 2 Азизов О. Тилшуносликка кириш. - Тошкент.: Ўкитувчи 1996. – 176 б. 3 Рустамов Т. Соф кўмакчилар.- Тошкент.: Фан, 1991, 120-бет. 3

ravish turkumiga oid so‘zlar yordamchi so‘zlardan biri hisoblanmish ko‘makchilarga ko‘chgan. Bu jarayon hali-hanuz davom etayotganligi sababli tilimizning leksik qatlamida o‘zgarishlar doimiy ko‘zga tashlanib turibdi. Turkumdan turkumga ko‘chish natijasida boshqa tillarga xos leksik birliklar ham ko‘makchilashganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu jarayonni O‘TIL va etimologik lug‘at orqali ko‘rsatib berishga harakat qilindi. Misollar badiiy asar tarkibidan olindi. Ko‘ makchilarning til tizimida tutgan o‘rni xususida A.Kononov, A.G‘ulomov, S.Muttalibov, A.Hojiyev, U.Tursunov, H.Berdiyorov, T.Rustamov, H.Ne’matov, J.Hamdamov, A.Pardayev va boshqalar hamda ayrim internet materiallariga tayanib aytish mumkinki, ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma’nolariga ega bo‘lgan, ammo davrlari o‘tishi bilan bu leksik ma’nolarni yo‘qotib, ularning ma’lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul qilmaydigan holga kelib qolgan, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar bilan birgalikda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon, obyekt, o‘xshatish, payt, masofa, yo‘nalish singari grammatik ma’nolarni ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til birliklaridir. Ular nutqda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi grammatik vositadir. Shuningdek, grammatik vosita bo‘lish jarayonida ularda ma’lum grammatik ma’nolar ham shakllanadi. Bu grammatik ma’nolarni anglatish imkoniyatlari o‘zidan oldin kelgan so‘zlarga bog‘liq bo‘ladi. Buning ustiga ko‘makchilar bo‘lmasa, oldin kelgan so‘zning o‘zi ham ana shu ma’nolarni bera olmaydi. Faqatgina ularning birikuvigina bu ma’nolarni keltirib chiqarishi mumkin. Garchi o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning grammatik xususiyatlarini diaxronik va sinxronik yo‘nalishda tekshirishga bag‘ishlangan tadqiqotlar yetarli darajada bo‘lsa-da, biz qarab chiqqan manbalardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning funksional xususiyatlarini o‘rganishga oid hatto maqola harakteridagi kuzatishlar ham barmoq bilan sanarliligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 4

Tadqiqot ob’ekt i. O‘zbek tilining izohli lug‘ati va badiiy asarlardagi ko‘makchi vazifasida qo‘llanilib kelayotgan va ko‘makchilashayotgan so‘zlar tanlandi. Ularning funksional xususiyatlar va semantik ma’nolari ochib berildi. Tadqiqot predmeti. Tilimizda ko‘makchilashgan va ko‘makchilashish jarayonida bo‘lgan yuzdan ortiq so‘zlarning o‘zaro munosabatini aniqlashdan iborat. Magistlik ishining maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasida ko‘makchilarga funksional differensial, vazifaviy chegaralanganlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish, ularga nafaqat grammatik birlik, balki nutqiy ta’sirchanlik vositasi sifatida qarash hamda maqsadga muvofiq tarzda tanlash va foydalanishning yo‘llarini tahlil qilish, ularni nutqdagi emotsional – ekspressiv ma’no ottenkalarini aniqlashga harakat qilish hamda bunda nutqning og‘zaki va yozma shakllarini o‘rganish kabi masalalarga e’tibor qaratildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek tilshunosligida vazifadosh ko‘makchilarning funksional xususiyatlari o‘rganildi, bu jihat monografik rejada tadqiq etiladi; ko‘makchilarni o‘zaro va kelishik qo‘shimchalari bilan qiyoslash orqali so‘z ma’nolarining taraqqiyoti belgilanadi; ko‘makchili mikrotizimni leksik – semantik guruhlab o‘rganish orqali ularning rivojlanishi, ma’no taraqqiyoti haqida muayyan ilmiy xulosalar chiqarildi. Ishda quyidagi natijalarga erishildi: - O‘zbek tilida ko‘makchilar maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganildi; - Ko‘makchilar diaxron va sinxron aspektda tahlil qilindi; - Sof va vazifadosh ko‘makchilarning badiiy matn(nasr va nazm) tarkibidagi stilistik, semantik xususiyatlari o‘rganildi; - O‘zbek tilining izohli lug‘ati( 5 tomli) tarkibidagi funksional ko‘makchilar o‘rganildi, ularning leksik va grammatik ma’nolari tahlil etildi; - Ko‘makchilarda grammatikalashuv hodisasi tahlil etildi; - Ko‘makchilashayotgan so‘zlarning stilistik xususiyatlari tahlil qilindi. 5