SAMARQAND VILOYATIDA TARQALGAN EREMURUS BIEB TURKUMI TURLARINING AYRIM BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
SAMARQAND VILOYATIDA TARQALGAN EREMURUS BIEB TURKUMI TURLARINING AYRIM BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI MUNDAR IJA KIRISH …………………………………….……………………………........3 1. ADABIYOTLAR SHARHI 1.1 Shirachdoshlar oilasi (Asphodelaceae) va shirach (Eremurus Bieb.) turkumi haqida umumiy tavsif…………………………………………………..........10 1.2 Shirachlarning Samarqand viloyatida tarqalgan turlari va ularning tavsifi………………………………………………………………………….16 1.3 Samarqand viloyatida tarqalgan shirachlarning aniqlagichi…………... 28 2. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTI VA USLUBLARI 2.1 Tadqiqot sharoitlari……………………………………………………….31 2.2 Tadqiqot ob’ektlari…………………………………………………..........33 2.3 Tadqiqot uslublari…………………………………………………………34 3. TADQIQOT NATIJALARI 3.1. Nor shirachning ( Eremurus robustis Regel) va olga shirachi (E. olgae )ning tarqalishi va o‘simliklar qoplamida tutgan o‘rni…………….............................36 3.2. Nor shirach va olga shirachning tajriba maydoni sharoitida o‘sishi va rivojlanish dinamikasi………………………………………………………..44 3.3. Nor shirach va olga shirachining gullash biologiyasi……………………53 3.4. Nor shirach va olga shirachining fenologik bosqichlari va urug’dorligi…………………………………………………………………...60 3.5. Nor shirach va olga shirachining meva va urug’larining unuvchanligini o’rganish………………………………………………………………………65 XULOSALAR ……………………………………………………………..…73 TAVSIYALAR ……………………………………………………………....74 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………….…75 1
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi мavzu si ning asoslanishi va uning dolzarbligi . Hozirgi globallashuv va ruvojlanish sharoitida dunyo bo’ylab biologik xilma xillikni saqlab qolish, o’simliklar va ularni muhofaza qilishga bo’lgan ehtiyoj jiddiy muammo va sifatida e’tirof etilmoqda. So’nggi yillarda tabiatni muhofaza qilish, jumladan o’simliklar olamini saqlab qolish va undan oqilona foydalanish O’zbekistonda olib boriladigan islohotlarning ajralmas bo’lagiga aylanib bormoqda. Samarqand viloyati asosan adir va tog pog'onalarini egallaydi. Iqlim va tuproq sharoitining har xilligiga mos ravishda o'simliklar dunyosi ham ancha boy. Akademik Q.Z.Zokirovning ma’lumotlariga qaraganda, O’rta Zarafshon hududida 97 ta oila va 706 turkumga mansab 2588 tacha turlar tarqalgan . Ular orasida 200 tacha endemik turlar va 4 ta reliktlarning borligi ma’lum. Inson faoliyatining bir necha yillar ta'siri natijasida bir qator yovvoyi o'simlik turlari noyob, kamayib borayotgan turlar qatorida kirib qolgan [10,11]. Shu sababdan 2019-yilda O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ining yangi nashri chop etildi va unga kiritilgan turlar soni ham orta bordi [45]. Bu holning asosiy sababi tog’li hududlarda ya’ni Urgut tumanidagi Omonqo’ton hududida suvining miqdori kamayganligi va y etarli miqdorda oqmasligi, to’qayzorlarning tobora qisqarayotganligi, yovvoyi foydali o'simliklarning kishilar tomonidan ayovsiz-rejasiz terib olinayotganligi, tog’larda tomorqa maydonlarining kengayib borayotganligi, va nihioyat viloyatdagi bir qator yovvoyi dorivor va boshqa foydali o'simliklarni yig'ib tijorat maqsadida ishlatishayotgan tashkilotiar sabab bo’lmoqda. Natijada hammaga malum bir qator manzarali (lolalar, shirachlar) dorivor (bozulbang, andizlar, ko’chala), ziravor (zira, alqor), sharq shirinliklari tayyorlashda ishlatiladigan (bex-etmak) va iste'mol qilinadigan (anzur piyoz) o'simliklar tobora kamayib bormoqda. Ba'zi hollarda ularning tabiiy genetik fondi butunlay yuqolish darajasiga kelib qolgan. Bu esa, tegishli muhofaza choralari ko'rilmasa viloyatimiz 2
tabiatidagi bioxilma-xillikning o'ta kambag’allashuviga sabab bo’ladi [23,41,42,43,44,45]. Tadqiqot obyekti va predmeti: Samarqand viloyati tabiatining bebaho go'zal nabobotlari orasida shirach ( Eremurus Bieb.) turkumining turlari - shirachlar alohida o’rinni egallaydi. Ular xo’shmanzarali, dorivor, bahorda ko'kat sifatida iste'mol qilinadigan qimmatli yemish (shirach) olinadigan yovvoyi o'simliklardir. Shu xislatlari sabab bo’lsa kerak ularning tabiatdagi zahiralari juda tez kamayib bormoqda, mavjud 21 turlardan 12 tasi O’zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan [45]. Shirachlar yer shari florasi ayniqsa, Markaziy Osiyoning o’ziga xos, o’ta qimmatli o'simliklar turkumidir. Ularning tasmasimon tojbarglari, jozibador sulton (shingil) tarzidagi to’pguli, yulduzsimon shaklli va sariq sutsimon suyuqlikka boy ildiz sistemasi kishining e’tiborini jalb etadi. Ularning vegetativ a'zolari deyarli bir xil tuzilishli, ammo gul tuzilishi va rangi juda xilma-xildir. Bu xususiyatlari ularni madaniylashtirilganda ham saqlanib qoladi. Shirachlarning guli asalshira (nektar) ga boy, qurigan poyalari asalari qutilari uchun ishlatiladi, yosh barglari va ildizlari qaynatib yeyiladi, barglari С darmondorisiga boy. Ildizlaridan qadim zamonlardanoq yelim olinadi va shu sababdan shirach deb atalgan bolishi kerak. Barcha qismlaridan ipak, jun, paxtadan qilingan matolarni sariq rangga bo’yaydigan bo’yoq olinadi [6,7,37]. So’ngi yillarda shirachlarni o'rganish va ularda foydalanish katta e’tibor berilmoqda, chunki ularning ildizlarida “eremuran” deb nomlangan polisaxarid topildi va u tibbiyotda ancha ko’p dorilarning organizmga singishini tezlashadigan emulgator sifatida ishlatiladi. Bu jihatdan u qimmat turadigan gummi arabiknmg o’rnini bosadi va xususiyatlariga ko’ra glikogenga ancha o’xshash. Shirachlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning gul tuzilishi biologiyasidadir. Gullash jarayonida gultojbarglar, changchilar murakkab 3
harakatlar sodir etishadi. Barglarining ustki va ostki tomonlari bo'lib 2 qator naviolah tutamlar otadi va shu bilan boshqa Liliyasimonlardan farq qiladi. Shunday qilib shirachlar ( Eremurus) turkumini o'rganish ham iqtisodiy ham ilmiy jihatdan juda muhimdir. Shirachlar yer yuzida ancha keng tarqalgan, ularning areali Yaqin va O’rta Sharq, Kavkaz, Qozog’istonni egallaydi. Ammo hozir aniqlangan 70 taga turlardan 30 tasi Markaziy Qsiyoning janubida tarqalgan, O’zbekiston florasda 21 ta tur shirach o'sadi [18,35]. Ularning aksariyat ko'pchiligi tabiatda juda kamayib ketayotir. Shu sababdan O'zbekiston shirachlaridan 12 turi "Qizil kitob" o'simliklaridir [45]. Shirachlar ( Eremurus Bieb. turkumi) о ’t а foydali o'simliklar – dorivor, darmondorilarga boy, yeyiladigan, yelim olinadigan va xushmanzara (dekorativ) turlardir [37]. Eremurus M.Bieb- turkumi urchuqsimon etli ildizli, ildizpoyali, ruvojlanish ritmiga ko’ra efemeroid o’simliklar hisoblanadi. Turkumning ko’p vakillari manzarali, ozuqabop, uchuvchan va biologik faol moddalar saqlovchi o’simliklar sifatida o’rganilgan. Yozning o’rtalarigacha gullab turishi, gullarining kunlar davomida ketma- ketlikda ochilib ko'zga tashlanishi va chiroyliligi bilan kishilarning diqqatini tez tortadi. Shu sababdan yozda tog’ va adirda yozgi oromgohlarda- dam oluvchilar, ekskursiyalarga boruvchilar va hatto oddiy yulovchilar ularning quchoq-quchoq qilib ko'plab teradilar. Natijada urug'dan ko’paya olish ehtimoli juda pasayib ketadi. So'ngi vaqtlarda Samarqand viloyati hududida ау nan nechta va qaysi tur shirachlar o'sishi, ularning viloyat o'simliklar qoplamida tutgan o'rni, «Qizil kitob» turlaridan qaysilari borligi va ularning bio- ekologik xususiyatlari batafsil o'rganilmagan. Viloyatda tarqalgan shirach turlarining aniqlagichi tuzilgan. Omonqo`ton hududida o'sayotgan shirachlarning turlar tarkibi, tarqalishi, ayrim biologik xususiyatlarini to'liqroq o'rganish bizning nazarimizda diqqatga sazovor va zarurdir. Shunday 4
qilinganda ularning turlar xilma-xilligini, tabiiy zahiralarini kerakli darajada saqlab qolish imkoniyati tug'iladi. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Samarqand viloyatida tarqalgan Eremurus Bieb. turkumi turlari shirachdoshlar ( Asphodelaceae ) oilasiga kiradi. Shirach turkumi turlarining biologik morfologik tuzilishi va o’sish va ruvojlanishi bo’yicha ishlar olib borildi. Mavzuni predmeti tariqasida Eremurus turkumi turlarining ildizpoyasi va urug’i yordamida ko’payishi bo’yicha tajribalar dala sharoitida olib borildi. Tadqiqot maqsadi : Eremurus turkumi turlari ning biologik xususiyatlarini o’rganish. Ushbu ilmiy ishni bajarishdan maqsad Samarqand viloyati hududida tarqalgan shirach ( Eremurus L.) turkumining turlarining ayrim bioekologik xususiyatlarini o’rganishdan oborat. Tadqiqotning vazifaiari: Tadqiqot ishlari oldiga qo’yilganmaqsadga erishish uchunkuydagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirildi. - Shirachdoshlar ( Asphodelaceae ) oilasi, uning Liliyasimonlar ( Liliopsida ) ajdodida tutgan o'rni va uning turkumlari haqidagi ilmiy adabiyotlarda mavjud ma'lumotlarni to’plash va tahlil qilish; - O'zbekiston florasida tarqalgan shirachlar ularning Samarqand viloyatida o'sadigan turlariga tavsif berish, tarqalish xaritasini tuzish; - nor shirachning ( Eremurus robustus ) va olga shirachining ( Eremurus olgae ) viloyat o'simliklar qoplamida uchraydigan assoatsiyasini aniqlash; - nor shirach va olga shirachining tajriba maydonida o'sish va rivojlanish dinamikasini, urug'dorligini o'rganish; - Samarqand viloyatida uchraydigan ayrim shirachlarning urug’larining laboratoriyada unish biologiyasini o’rganish; - Shirach turlarini muhofaza etish choralari bo'yicha mulohazalarni bayon etish va tabiatni muhofaza qilish, dorivor o'simliklarni yig'ish bilan shug'ullanadigan tashkilotlarga, maktab o'quvchilari va keng ommaga o'z tavsiyalarni berish. Ilmiy yangiligi. Samarqand viloyati sharoitida Eremurus Bieb turkumi 5