logo

Talim muassasa rahbarining shaxsiy sifatlari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.1298828125 KB
Mavzu: Talim muassasa rahbarining shaxsiy sifatlari 
                                       
                                         Reja:
1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar mazmuni
2. .  Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar
3. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati
4. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar
          Mavzuning   dolzarblligi.   Bugungi   davrda   o’quv   muassasalar   va   ulardagi
o’quv,   tarbiya   jamoa   oldida   juda   katta   ijtimoiy   ahamiyatga   molik   vazifalar
qo’yilmoqda.   Oliy   maktab   yosh   avlodning   dunyoqarashini   tarkib   toptirish,
g’oyaviy   va   siyosiy   jihatdan   chiniqtirishi   yuksak   axloqiy   fazilatga   ega   qilishi
mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf
rahbari   muhim   rol   uynaydi.   CHunki   u   bir   sinf   sharoitida   tarbiyaviy   vazifalarni
amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Sinf rahbarining
ko’p   qirrali   vazifasi   va   funktsiyalari   “Ta’lim   to’g’risida”   gi   Qonun   va   “Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi”da   ,   “Maktab   ichki   nizomlari”da   bayon   qilingan   bo’lib,
unda   o’qituvchilarga,   ota-onalarga   va   sinf   rahbarlariga   tavsiyalar   berilgan;   aqliy,
axloqiy,   mehnat,   estetik   va   jismoniy   tarbiyaning   vazifasi   va   mazmuni   sinflarga
nisbatan   moslashtirilgan.   Ana   shunga   ko’ra   sinf   rahbari   quyidagi   vazifalarni
bajaradi:
  1.   O’ziga   yuklatilgan   sinfda   tarbiyaviy   ishlarni   amalga   oshiradi.   Bu   vazifani
bajarishda u yolg’iz emas. SHu sinfda dars berayotgan turli fan o’qituvchilari bilan
yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o’quvchilarda dunyoqarash asoslarini
shakllantiradi,   axloq   tarbiyasini   amalga   oshiradi.   “Kamolot”   tashkiloti
xamkorligida,   muntazam   suratda   ularga   tayanib   va   kundalik   ishda   yordam
uyushtirib o’quvchilar bilan darsdan tashqaridagi  xilma-xil ishlarni tashkil etadi  va
sinf jamoasini mustahkamlaydi. 
2.   O’quvchilarning   birligiga   bo’lgan   qiziqishini   va   qobiliyatini   o’stirish,   har   bir
o’quvchining individual-ruhiy xususiyatini hisobga olgan holda kasbga uyunaltirish
va   hayotiy   maqsadlarni   shakllantirish   –   sinf   rahbarining   alohida   vazifasidir.   Ayni
paytda u har bir o’quvchining sog’ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi.
  3.   Sinf   rahbarining   diqqat   markazida   o’quvchilarning   yuqori   darajada
o’zlashtirishini   ta’minlash   masalasi   turadi.   Buning   uchun   u   har   bir   o’quvchining
kundalik   o’zlashtirishidan   voqif   bo’lib   turadi,   orqada   qolayotganlarga   o’z   vaqtida
kechiktirmay yordam uyushtiradi .
  4.   Sinfdagi   o’quvchilarning   o’z-o’zini   boshqarish   ishlarini   yo’naltiradi,   ular
ishtirokida   sinf   jamoasining   ijtimoiy   foydali   ishlardagi   ishtirokini   ta’min   etadi, maktab   miqyosida   uyushtirilayotgan   muhim   tadbirlarda   o’z   sinfining   faol
qatnashishini ta’minlaydi. 
5. Sinf o’quvchilarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi
oila va maktabga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin aloqa o’rnatadi.
  6.   Sinf   rahbari   shu   sinfda   dars   berayotgan   barcha   fan   o’qituvchilari   o’rtasida,
maktab   bilan   oila   o’rtasida   o’quvchilarga   nisbatan   yagona   talablar   o’rnatilishiga
erishadi,   ota-onalarga   pedagogik   bilimlar   tarqatib,   oila   bilan   maktab   o’rtasidagi
aloqani mustahkamlaydi.
 7. Sinf rahbari o’z sinfidagi turli hujjatlarning : sinf jurnali, o’quvchilarning reyting
daftarchasi,   shaxsiy   hujjatlari,   turli   xil   reja   va   hisobotlarni   yuritadi.   Ko’rinib
turibdiki,   vazifva   keng   va   murakkab,   ularni   muvaffaqiyatli   hal   qilish   sinf
rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog’liqdir. 
              inf   rahbarining   shaxsiy   sifatlariga   qo’yiladigan   talablar   o’qituvchiga
qo’uyiladigan farq qilmaydi. Lekin sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy
jihatidan   andoza   oladigan   shaxs   bo’lganligi   uchun   ham   bu   talablar   uning   shaxsiy
fazilatiga   aylanib   ketishi   bilan   tarbiyada   alohida   o’rin   egallaydi.   Tarbiyaviy
ishlarning   sifat   va   samaradorligi,   avvalo   tarbiyachining   g’oyaviy   ishonchiga   va
siyosiy   ongining   darajasiga   bog’liq.   Sinf   rahbari   o’zining   g’oyaviy-siyosiy   ongini
oshiradi.   Bu   sinf   rahbariga   bolalarni   onglilik   ruhida   tarbiyalashga,   ular   orasiga
begona   ideologiya   va   yomon   xulqning   kirib   borishiga   qarshi   kurasha   olish
imkoniyatini   bera   oladi.   Sinf   rahbarining   axloqiy   obro’si   hoyat   darajada   yuqori
bo’lishi   ham   bu   o’rinda   muhimdir.   Sinf   rahbari   ana   shundagina   tarbiyaviy   ta’sir
kuchiga   ega   bo’ladi.   Tarbiyachining   shaxsiy   fazilatlari,   ma’naviy   qiyofasi
o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf rahbari
uchun   kasbiy   malaka   va   ko’nikmalarga   ega   bo’lishning   o’zi   yetarli   emas.   O’z
tarbiyaviy   faoliyatida   yuksak   darajadagi   fuqarolik   fazilatlari,   intizomi   va
odamiyligi,   axloqiy   sifatlari   bilan   ham   ta’sir   o’tkazadi   va   bu   esa   mavzuning
dolzarbligini asoslaydi. 
1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar mazmuni.            Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.CHunki tarbiyachilik
talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko’ngil
qo’yish   bolalarga   bo’lgan   cheksiz   muhabbat,   muomalada   nazokatlilik,   qalb
yoshligi,   serzavq,   temperament,   aql   va   odoblilik   namunasi,   aloqada   nazokat   va
sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda
yana   tarbiyachilik   texnikasi   qo’shilsa   ishda   muvaffaqiyat   ta’minlanishi   tabiiydir.
Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya
qilish,   har   bir   o’quvchi   shaxsini   inson   sifatida   hurmat   qilish   bilan   unga   nisbatan
talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini
tinimsiz   oshirib   borish   bilan   ishga   ijodiy   yondoshish   talab   qilinadi.   Muhimi
shundaki,   sinf   rahbarining   o’zi   bolalarda   tarbiyalamoqchi   bo’lgan   g’oyaviy-
axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. 
                         Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga
qo’yilayotgan   talablar   tarbiyachi   harakterda   hamisha   ham   namoyon
bo’lavermasligidadir.   Sinf   rahbarining   maxsus   kasbiy   va   ijtimoiy   vazifalariga
odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining
amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish
kerak.   Uning   ikkinchi   yarimi   bu   san’at.   SHu   tufayli   sinf   rahbariga   qo’yiladigan
dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining
qobiliyati – bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat,
ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning
sifatlari.   Qobiliyat   faoliyat   jarayonida   paydo   bo’ladi   va   rivojlanadi.   Qobiliyat
uddaburonlikdan   farq   qiladi.   Malaka   va   uddaburonlik   mashq,   o’qish   natijasi
hisoblansa.   Qobiliyatning   rivojlanishi   uchun   esa   yana   iste’dod,   layoqat   va   zehn,
ya’ni   inson   asab   tizimida   anatomo-fiziologik   xususiyat   bo’lishi   ham   zarur.
Tarbiyaviy   faoliyatning   samarali   bo’lishi   uchun   sinf   rahbarida   qobiliyatning
quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim: 
            -   tashkiliy   –   sinf   rahbarining   o’quvchilarni   jipslashtirish,   ularni   band   qilish,
vazifalar   bo’lib   berish,   ishni   rejalashtirish,   qilingan   ishlarni   jamlash   mahoratiga
namoyon bo’ladi;     - didaktiga oid – o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, xissiy istaklarni
rag’batlantirish,   o’quv   bilimini   orttirish,   faollashtirish   mahoratida   namoyon
bo’ladi;
                -   pertseptiv   –   tarbiyalanuvchilarning   ma’naviy   dunyosiga   singib,   ularning
emotsional   holatini   baholash,   ruhiy   xususiyatlarini   aniqlash   mahoratida   namoyon
bo’ladi;
        - suggestiv – o’quvchilarga emotsional ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi; -
kelajakni   ko’ra   bilish   -   o’z   harakatlarning   oqibatini   ko’ra   bilishda,   o’quvchilarda
qanday   fazilatlarni   ro’yobga   chiqarish   lozimligini   oldindan   ayta   olish   mahoratida
namoyon bo’ladi;
                  -   tadqiqiy   -   pedagogik   vaziyatlar   va   jarayonlarni   o’rganish   va   obxektiv
baholash mahoratida namoyon bo’ladi. 
          Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim
ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan
ham   tez   aloqa   o’rnata   olish)   qobiliyatga   ega   bo’lishi,   ro’y   berayotgan   fakt   va
hodisalarni   faqat   pedagogik   qoidalarga   bog’lab   baholashgina   emas,   balki   ro’y
berish   sababiga   qarab   hukm   ham   chiqarishi   pedagogik   optimizmga,   ijod   qilish
qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan
tezda   til   topa   olishi,   ko’pchilikka   o’shila   bilish,   ulfatjonlik,   dilkashlik   bo’lib,   bu
undagi   muomala   madaniyatining   yuksakligini   ifodalaydi.   CHunki   unga   hamisha
odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan
kelib   chiqqan   holda   o’quv-tarbiya   jarayonida   qulay   munosabatlar   yaratish   uchun
kasbiy   jihatdan   ahamiyatli   asoslar   bo’luvchi   sinf   rahbarining   insoniy   xislatlari
muhim   ahamiyatga   ega   bo’lmoqda.   Sinf   rahbari   uchun   juda   muhim   xislat   –
insonparvarlik,   ya’ni   o’sayotgan   insonga   oliy   qadriyat   kabi   munosabat   qilish
lozim.   Insoniy   munosabatlar     o’quvchiga   nisbatan   xayrixohlik,   unga   yordam
berish,   ularning   fikriga   quloq   solmoq,   uning   o’quvchilik   faoliyatiga   yuksak
talabchanlikdan iborat. 
                     Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o’quvchilarning kundalik
hayotini uyushtiruvchi hamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan yetaklash   faqat   yuksak   irodali   insonning   qo’lidan   keladi.   Auditoriya,   o’quvchilar
jamoasi  kabi  murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi  sinf rahbaridan
topqir,   zehni   o’tkir,   har   qanday   vaziyatni   mustaqil   yechishga   doim   tayyor
bo’lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri – sabr-toqat
va   dadillikdir.   O’qituvchining   birdan   sarosimaga   tushgani,   o’z   nochorligini
o’quvchilar sezmasligi  lozim. SHuni hamisha esda tutish kerakki, sinf rahbari o’z
harakati   va   axloqini   nazorat   qilish,   hech   qachon   arzimagan   narsalarga
asabiylashmasligi   kerak.   Muvaffaqiyatli   faoliyat   yuritishning   birinchi   sharti   -   bu
sinf   rahbarining   talabchanligi.   Dastlab   talabni   u   o’ziga   qo’yishi   kerak,   chunki
o’zingda   bo’lmaganni   o’zgadan   talab   qila   olmaysan.   Talabchanligi   bilan   birga
oqilona tarbiyachi ham bo’lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan
keskinliklarni   bartaraf   etish   uchun   tarbiyachiga   hazil-mutoyiba   tuyg’usi   yordam
beradi.   Uning   ko’lamida   tayyor   hazil,   maqol,   yaxshi,   do’stona   piching   –   ijobiy
emotsional holat yaratishga imkon berib, o’quvchilarni o’ziga jalb qildiradi. SHaxs
axloqini harakterlaydigan belgilardan biri – ma’suliyatdir. 
                           Sinf rahbarining ma’suliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya
jarayonining   aniq   vazifalarini   ham   o’z   ichiga   oladi.   Tarbiyachi   zimmasiga
bolaning   shaxs   sifatida   har   tomonlama   kamol   toptirish   ma’suliyati   yuklanadi.   U
o’quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim.
SHu bilan birga u o’quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida payqab,
individual   munosabatda   bo’lishi,   unda   mavjud   bo’lgan   ijobiy   axloqiy   sifatlarni
avaylab o’stirishi darkor. 
2. Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar.
            Sinf   rahbari   fan   o’qituv   ishlariga   nisbatan   tarbiyaning   ko’p   qirrali   muhim
vazifalarini   bajaradi.   SHuning   uchun   uning   oldiga   juda   katta   pedagogik   va
psixologik   talablar   ko’yilgan,   bu   talablar   tarbiyaviy   ishlarni   yukori   darajaga
ko’tarishda   muhim   rol   o’ynaydi.   Sinf   rahbariga   nisbatan   qo’yiladigan   talablar:
yuqori  g’oyaviylik va onglilik; sinf rahbari katta obro’ga, ehtiromga va hurmatga
ega   bo’lishi;   pedagogik   mahorat;   madaniy   qobiliyatining   mavjudligi;   pedagogik
odobga   ega   bo’lish;   yosh   avlodga   nisbatan   hurmat   va   ehtiromli   bo’lish; tashkilotchilik   malakasi   va   mahoratiga   ega   bo’lish;   tarbiyaviy   ishlarga   nisbatan
ijodiy munosabatda bo’lish; sinf rahbari kasbini yuqori ko’tarish va mustaqil bilim
olish   qobiliyatiga   ega   bo’lish.   Rasmiy   hujjatlarga   sinf   rahbarining   vazifalari
qisman bayon qilingan bo’lsa ham biz kuyida sinf rahbarining jamoani birlashtirish
bo’yicha   vazifalarni   aniq   tarzda   ko’rsatishni   zarur   deb   bildik.   Sinf   rahbarinig
vazifalari: 
1. O’quvchilarning anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini o’rganish; 
2.   O’quvchilarning   kundalik   davomati,   odob   xulqi   va   jamoat   ishlariga
qatnashishini tekshirib borish; 
3.   O’quvchilarning   rejiga   rioya   qilishlari   va   uyga   berilgan   vazifalarni   tayyorlab
borishlarini kuzatish; 
4. Sinfda ishlaydigan fan o’qituvchilari bilan majlislar o’tkazish;
  5.   Darsda   o’quvchilar   davomatini   ta’minlash,   sinfdagi   va   yuquv   yurtida
navbatchilikni   tashkil   etish,   xonani   jihozlash,   honadagi   o’quv   asboblarini
saqlashga o’rgatish, o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazish; 
6. Sinf majlislarini tizimli o’tkazish;
  7.   “Kamolot”   tashkiloti   bilan   ish   rejalariga   muvofiq   darsdan   tashqari   ishlarni
tashkil etish;
8. O’quvchilar bilan darsdan tashqari o’qishlari va anjumanlarini o’tkazish; 
9.  Sinf  o’quvchilari  bilan  sport  ,  harbiy  vatanparvarlik  tarbiyasi   borasida  tadbiriy
choralar  ko’rish, o’quvchilar  sog’ligini  muntazam  nazorat  qilish, jismoniy tarbiya
o’qituvchilari, harbiy ta’lim o’qituvchilari bilan doimiy aloqada bo’lish; 
10. O’quvchilarni rag’batlantirish va zarur vaktlarda ularga nisbatan chora ko’rish;
11.   O’quvchilarning   ota-onalari   bilan   tarbiya   borasida   doimiy   aloqada   bo’lish   va
ular bilan individual suhbatlar o’tkazish; 
12.   O’quvchilarning   shaxsiy   va   sinf   rahbariga   oid   hujjatlarini   tartibli   olib   borish.
Sinfda   tarbiyaviy   ishlarga   doir   masalalarni   har   tomonlama   hal   qilish   maqsadida
sinf   rahbari   o’quvchilarining   ta’lim   olishlari,   sinfni   uyushtirishining   ta’miniy
rejasini   tuzadiki,   bu   reja   o’quvchilar   bilan   tizimli   ish   olib   borishga   katta
imkoniyatlar yaratib beradi.                 Hozirgi   davrda   maktab,   akademik   litsey,   kollej   va   undagi   o’quv-   tarbiya
jarayoni  jamoa oldiga juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalar  qo’ymoqda.
Maktab   yosh   avlodning   dunyoqarashini   tarkib   toptirishi,   goyaviy   va   siyosiy
jixatdan chiniktirishi, yuksak axlokiy fazilatga ega kilishi , mexnatga va ongli kasb
tanlashga   tayyorlashi   lozim.   Sinf   rahbaridan   madaniyat   darajasining   kengligi,
pedagogik   odob   talablariga   rioya   kilish,   har   bir   o’quvchi   shaxsini   inson   sifatida
xurmat   kilish   bilan   unga   nisbatan   talabchanlikni   unutmaslik,   tashkilotchilik
malakalariga   ega   bulish,   uz   malakasini   tinimsiz   oshirib   borish   bilan   ishga   ijodiy
yondoshish   talab   kilinadi.   Muhimi   shundaki,   sinf   rahbarining   uz   bolalarda
tarbiyalamokchi   bulgan   goyaviyaxlokiy   goyaga   mos   bulishi   kerak.   Tarbiyadagi
oldiga   kuyilayotgan   talablar   tarbiyachi   harakterda   xamisha   xam   namoyon
bulavermasligidadir.   Sinf   rahbarining   faol   jamoatchi   sifatida   xamisha   namuna
kursatishi   muhim   axamiyatga   ega.   Ayni   vaktda   u   kommunikativ   (kattalar   bilan
xam,   kichiklar   bilan   xam   tez   aloka   urata   olish   obiliyatiga   ega   bulishi,   ruy
berayotgan   xodisalarni   fakat   pedvgogik   koidalarga   boglab   baxolashgina   emas,
balki ruy berish sababiga karab xukm xam chikarishi pedagogik optimizmga, ijod
kilish kobiliyatiga ega bulishi kerak .
3. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati.
                Pedagogik   mahorat   ham   –   farosat   va   bilimlarning,   chinakam   ilmiy,
tarbiyadagi   qiyinchiliklarni   yongishga   qodir   bo’lgan   nufuzli   rahbarlikning,
shaxslar   qalbining   qandayligini   his   qilish   mahorati,   ichki   dunyosi   nozik   va   zaif
bo’lgan   shaxs   shaxsiga   mohirlik   bilan   avaylab   yondoshishi,   donolik   va   ijodiy
dallilik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga bo’lgan qobiliyat majmuasidir.
             Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm – farosat bilan bir qatorda
pedagogik   texnika   sohasidagi   malakalr   ham   kiradiki,   ular   tarbiyaga   ozroq   kuch
sarflab, ko’proq natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogik mahorat nazariyasi
va metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib keladiki, pedagoglarning har
biri   o’zicha,   paypslab   ijodiy   izlanish   olib   boadi,   Ayni   bir   xil   savollarni:   shaxslar
bilan, pedagoglar jamoai bilan qanday qilib til topish mumkin? Qanday qilib qisqa
muddat   ichida   tarbiyalanuvchilar   o’rtasidagi   munosabatlarning   haqqoniy manzarasiga erishmoq kerak? Tarbiyalanuvchilarni pedagogik talablarni bajarishga
qanday   qilib   majbur   etish   mumkin?   Qanday   qilib   yaxshi   pedagogik   ruhiyatni
saqlab qolish va o’z kuch – qo’vvatini oqilona sarflash mumkin? Degan savollarni
muttasil takrorlaydi va hakoza. Bu kabi savollarga javob berish uchun pedagogdan
odatdan   tashqari   kuch   –   g’ayratni,   qat’iyatni,   tirishqoqlikni,   tadqiqotlar   olib
boirishga   intilishni,   yangi   vaziyatga,   yangi   jamoaga   kirish   qobiliyatini,
samimiyatni,   to’g’rilik   va   halollikni,   o’tkir   aql   idrokni,   o’z   topilmalarining
qimmatini   aniqlash   qobiliyatini   talab   qiladi.   Pedagogika   fani   bilan   tarbiya
san’atining o’zviy aloqadorligi zarurki, u yuksak kasb mahoratini ta’minlaydi. 
                Pedagogika   fikrlashga   o’rgatadi,   murakkab   pedagogik   muammolarni   hal
qilish   uchun   to’g’ri   yo’l   yo’riq   va   ilmiy   asoslangan   yo’llarni   ko’rsatadi,
pedagogning   pedagogik   ta’sir   ko’rsatish   metodikasi   va   texnikasi   bilan
qurollantiradi.   Biroq   texnikaning   tarkibiy   qismlari   bilan   mahorat   o’rtasidagi
nisbatning   dialektik   muammolarini   to’g’ri   hal   qilish   uchun   tayyor   andazalar ,
mutloqo   aniq   tavsiyalar   qaerda   bo’lishi   mumkin,   qaerda   bo’lishi   mumkin   emas,
degan   savolga   javob   berishi   mumkin.   Tarbiyaning   maqsadlari,   vositalari   va
natijalari   o’rtasida,   shuningdek,   tarbiyalanuvchi   va   tarbiyachi   tafakkuri,   motivlari
o’rtasida   g’oyat   murakkab   bog’liqlik   bor.   Kattalarning   maqsadi,   odatda,
yoshlarning maqsadlari  (hatto strategik maqsadlari) bor. O’quvchining rivojlanish
mantiqi,   uning   tafakkuri,   harakatlari   bitta   nuqtai   nazarda,   tarbiyachining   mantiqi
boshqa nuqtai  nazarda  turishi  mumkin. Bunday  variantda hech qanday tarbiyaviy
ta’sir ko’rsatish bo’lmaydi. 
              Pedagogik   faoliyatda   vositalar,   maqsadlar   va   natijalarning   nisbatini   doimo
tahlil   qilib   borish   zarur.   Ular   uzviy   birlikni   tashkil   etadi,   bir   –   biriga   bog’liq
bo’ladi   va   alohida   tarzdi   amalga   oshirilmaydi.   Maqsadni   amlga   oshirish   usuli   –
bo’lajak   natijadir.   Natija   yangi   vositalarni   tanlash,   yangi   maqsadlarni   qo’yish
uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma’lum darajada qo’llanilgan har qanday
vosita   natija  beradi,   hatto  biror   sababga   ko’ra   maqsad   aniq   ifodalanmagan   bo’lsa
ham   natija   bervermaydi.   Tajribada   mavjud   bo’lgan   pedagogik   vositalarning
ikkitasini ko’rib chiqamiz.   Birinchisi:   har   qanday   pedagogik   vosita   hamisha   bir   qator   boshqa   vositalar,
usullar,   shartlar   Bilan   bog’liq   bo’ladi,   ular   pedagogik   jarayoning   muayyan
bosqichida  ta’sir  ko’rsatish   natijasini   belgilab beradi.  Masalan   rag’batlantirish  bir
xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to’siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy
hissiyotlarning turli – tuman ko’irinishlarini vujudga keltirishi mumkin. 
Ikkinchi:  ayrim vositalarni qo’llanish pedagogning ular ta’sirini, mumkin bo’lgan
o’zgarishini   anglash   qobiliyatlariga   butunlay   bog’liq   bo’ladi.   jamoa   muomala
sharoitida   vositalarni   qo’llash   minut   sayin   o’zgarib   turadigan   vaziyatni   hisobga
olish   zarurligini   taqazo   qiladi.   Hozircha   biz   ko’proq   mavhum   kategoriyalardan
foydalanamiz.  Amaliy faoliyatda  esa vositalar,  maqsadlar  va natijalar  dialektikasi
ovozlar   shovqini,   g’oyat   turli   –  tuman   ehtiyojlar   va   daxvolarning   avj   olishi   bilan
to’la   bo’ladiki,   bu   barcha   jonli   manzara   doimo   bir   kishining   –   pedagog
tarbiyachining diqqat markazida bo’lishi lozim.
5. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar
      So’nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o’tkazishda o’quv yurti jamoat tashkilotlarining
roli   tobora   oshirildi.   Ushbu   ishni   tayyorlashdan   maqsad   o’quv   yurtining   sinf
rahbariga   xozirgi   vaqtda   mamlakatda   uzluksiz   ta’limning   yagona   tizimini   yaratish
borasidagi   ish   uslublarini   har   tomonlama   keng   joriy   qilish   va   metodik   yordam
ko’rsatishdan   iboratdir.   Ideologik   muassasalar   sifatida   o’quv   yurti   oldiga   muhim
tarbiyaviy   vazifalar   ko’yilgan,   bu   esa   ayni   vaqtda   har   bir   sinf   rahbarining   asosiy
vazifalarni   xisoblanadi,   shunday   qilib.   Alohida   sinf   birlashib   o’quv   yurtini   tashkil
etadilar.   Aloxida   sinf   jamoalari   ko’lga   kiritgan   ta’lim   va   tarbiya   borasidagi
muvaffaqiyatlar   butun   o’quv   yurti   jamoasining   muvaffaqiyatini   ta’minlaydi.   SHu
nuqtai nazardan sinf rahbarining ma’suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma’suliyatidan
kam   emas.   SHuning   uchun   maktab   direktorlari   sinf   rahbari   vazifasiga   tajribali,
tashkilotchi,   mexnatsevar,   maxoratli,   yosh   avlodni   sevadigan   o’qituvchilarni
tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
                              Sinf   rahbarining   muhim   vazifalaridan   biri-bu   o’quvchining   o’qishga
bo’lgan   havasi,   e’tiqodi   va   bilim,   qobilyatini   rivojlantirish,   kasb-xunarga   bo’lgan layoqatini,   yosh   va   ruxiy   xususiyatlar   asosida   rivojlantirish,   har   bir   o’quvchining
bo’lg’usi xayoti rejalarini amalga oshirish, o’quvchilarning salomatligini muxofaza
qilishdan   iborat.   Faollarga   ishonish,   ularning   sinf   jamoasi   orasida   obro’sini
ko’tarish,   o’z   vaqtida   ularga   tegishli   yordam   ko’rsatish   sinf   rahbarining   bevosita
asosiy vazifasidir.
                SHuningdek,sinf rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya jarayonida
muhim vosita sanaladi. CHunki, tashkilotchilik tushunchasining o’zi keng maxnoga
ega.   Maxsus   bir   maqsadni   ko’zlab   u   yoki   bu   ishni   tadbiriy   choralarnitashkil   etish
sinf   rahbaridan   katta   malaka   va   maxsus   mahoratni   talab   qiladi.   Tashkilotchilik
funktsiyasi bir necha elementlarga bog’liqdir: 
A.   O’tgan   ishlarni   tashkil   qilish,   uning   muvaffaqiyati   yoki   muvaffaqiyatsizligi
sabablarini belgilab olish.
  B.   Sinfda   o’tkaziladigan   barcha   ishlar   tarbiyaviy   xaakterga   ega   bo’lib,   ma’lum
maqsadni   ko’zlab   o’tkazilishi   va   sinf   rahbari   turli   tarbiy   ishlarni   o’tkazishda   oldin
shu ishning modelini tuza bilish lozim. 
D.   Sinf   rahbari   oldiga   qo’yilgan   maqsadga   yetishish   uchun   o’z   oldiga   aniq   vazifa
qo’ya bilish lozim. 
E.   Sinf   rahbari   har   bir   tarbiriy   choralarni   amalga   oshirishda   o’qituvchi   va
o’quvchilarning   qobiiliyatlariga   qarab,   vazifalarni   taqsimlash,   ma’lum   reja   asosida
tarbiyaviy tadbirlarning o’tazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar  va tizimligini
aniqlash lozim. 
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to’g’ri taqsimlash, ishga
boshqa   o’qituvchilarni,   ota-onalar,   o’quvchilar,   otalik   tashkilotlari   va   ish   obektini
aniqlash   lozim.   Sinf   rahbarining   asosiy   faoliyati   esa   quyidagilarni   bilishni   talab
etadi. 1. Har bir o’quvchini shaxs sifatida o’rganish.
 2. O’quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish.
  3.   Talablarning   bilim-tarbiyasini   oshirish   va   ularning   tartib   intizomini
mustahkamlash.
 4. Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish. 
5. Fan o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini ( koordinatsiyalash) birlashtirish.  6. O’quvchilarning ota-onalari bilan ishlash. 
7.   Sinf   rahbari   fan   o’qituv   ishlariga   nisbatan   tarbiyaning   ko’p   qirrali   muhim
vazifalarini   bajaradi.   SHuning   uchun   uning   oldiga   juda   katta   pedagogik   va
psixologik   talablar   qo’ygan,   bu   talablar   tarbiyaviy   ishlarni   yuqori   darajaga
ko’tarishda   muhim   rol   o’ynaydi.   Demak   yuqoridagilarga   tayangan   holda   sinf
rahbarining faoliyatiga nisbatan qo’yilgan talablar quyidagilardan iborat.. 
1.Yuqori g’oyaviylik va onglilik.
 2 Sinf rahbari katta obro’ga ehtiromga va hurmatga ega bo’lishi 21
 3 Pedagogik mahorat
 4 Madaniy qobiliyatning mavdudligi
  5   Pedagogik   odobga   ega   bo’lish   6   Yosh   avlodga   nisbatan   hurmat   va   ehtiromda
bo’lish 
7 Tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bulish
 8 Tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo’lish 
9   Sinf   rahbari   kasbini   yuqoriga   ko’tarish   va   mustaqil   bilim   olish   qobiliyatiga   ega
bo’lish

Mavzu: Talim muassasa rahbarining shaxsiy sifatlari Reja: 1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar mazmuni 2. . Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar 3. Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati 4. Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar

Mavzuning dolzarblligi. Bugungi davrda o’quv muassasalar va ulardagi o’quv, tarbiya jamoa oldida juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalar qo’yilmoqda. Oliy maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g’oyaviy va siyosiy jihatdan chiniqtirishi yuksak axloqiy fazilatga ega qilishi mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol uynaydi. CHunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Sinf rahbarining ko’p qirrali vazifasi va funktsiyalari “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da , “Maktab ichki nizomlari”da bayon qilingan bo’lib, unda o’qituvchilarga, ota-onalarga va sinf rahbarlariga tavsiyalar berilgan; aqliy, axloqiy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyaning vazifasi va mazmuni sinflarga nisbatan moslashtirilgan. Ana shunga ko’ra sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’ziga yuklatilgan sinfda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarishda u yolg’iz emas. SHu sinfda dars berayotgan turli fan o’qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloq tarbiyasini amalga oshiradi. “Kamolot” tashkiloti xamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va kundalik ishda yordam uyushtirib o’quvchilar bilan darsdan tashqaridagi xilma-xil ishlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2. O’quvchilarning birligiga bo’lgan qiziqishini va qobiliyatini o’stirish, har bir o’quvchining individual-ruhiy xususiyatini hisobga olgan holda kasbga uyunaltirish va hayotiy maqsadlarni shakllantirish – sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir o’quvchining sog’ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi. 3. Sinf rahbarining diqqat markazida o’quvchilarning yuqori darajada o’zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o’quvchining kundalik o’zlashtirishidan voqif bo’lib turadi, orqada qolayotganlarga o’z vaqtida kechiktirmay yordam uyushtiradi . 4. Sinfdagi o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarini yo’naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi,

maktab miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o’z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi. 5. Sinf o’quvchilarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi oila va maktabga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin aloqa o’rnatadi. 6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o’qituvchilari o’rtasida, maktab bilan oila o’rtasida o’quvchilarga nisbatan yagona talablar o’rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o’rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. 7. Sinf rahbari o’z sinfidagi turli hujjatlarning : sinf jurnali, o’quvchilarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Ko’rinib turibdiki, vazifva keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog’liqdir. inf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo’yiladigan talablar o’qituvchiga qo’uyiladigan farq qilmaydi. Lekin sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatidan andoza oladigan shaxs bo’lganligi uchun ham bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida o’rin egallaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g’oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog’liq. Sinf rahbari o’zining g’oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro’si hoyat darajada yuqori bo’lishi ham bu o’rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. O’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o’tkazadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi. 1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar mazmuni.

Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.CHunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy- axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir. Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. SHu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati – bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur. Tarbiyaviy faoliyatning samarali bo’lishi uchun sinf rahbarida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim: - tashkiliy – sinf rahbarining o’quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo’lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon bo’ladi;

- didaktiga oid – o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, xissiy istaklarni rag’batlantirish, o’quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo’ladi; - pertseptiv – tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo’ladi; - suggestiv – o’quvchilarga emotsional ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi; - kelajakni ko’ra bilish - o’z harakatlarning oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchilarda qanday fazilatlarni ro’yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon bo’ladi; - tadqiqiy - pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o’rganish va obxektiv baholash mahoratida namoyon bo’ladi. Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka o’shila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. CHunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo’luvchi sinf rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o’sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar o’quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o’quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat. Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o’quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi hamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan