logo

Yordami so‘zlar – ko‘makchilar bog‘lovchilar yuklamalar stilistikasi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

152.5 KB
Yordami so‘zlar – ko‘makchilar bog‘lovchilar
yuklamalar stilistikasi
R e j a :
1. YOrdamchi so‘zlarning grammatik tabiati.
2. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlari.
3. Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari.
4. YUklamalarning stilistik xususiyatlari.
5. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar sinonimiyasi. O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funktsional-stilistik xususiyatlari 
A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik 
dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini 
o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.
Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish
ob`ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik
yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan.
Jumladan,   H.Berdiyorovning   “Hozirgi   zamon   o‘zbek   adabiy   tilida
so‘ngko‘makchilar”   mavzuidagi   (Samarqand,   1949),   X.T.Axtamovaning   “Hozirgi
o‘zbek   adabiy   tilida   murakkab   analitik   so‘ngshakllar”   nomli   nomzodlik
dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning   “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
so‘ngko‘makchilar”   (Toshkent,   1951),   SH.SHoabdurahmonovning   “O‘zbek   tilida
yordamchi   so‘zlar”   (Toshkent,1953),   R.Rasulovning   “O‘zbek   tilida   yordamchi
so‘zlarning   semantik-grammatik   xususiyatlari”     (Toshkent,)   T.Rustamovning
“O‘zbek   tilida   ko‘makchilar”   (Toshkent,1995),   “Sof   ko‘makchilar”
(Toshkent,1991)   monografiyalari   bevosita   o‘zbek   tilidagi   ko‘makchilarning
lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan.  
“O‘zbek tili grammatikasi, I tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik
nashrida,   A.N.Kononovning   “Grammatika   yazika   tyurkskix   runicheskix
pamyatnikov.VII-IX   vv.”     (L.,1980),   “Grammatika   sovremennogo   uzbekskogo
literaturnogo   yazika”   (M.-L.,   1960),   S.Mutallibovning   “Morfologiya   va   leksika
tarixidan   qisqacha   ocherk”   (Toshkent,1959),   E.Fozilovning   “O‘zbek   tilining
tarixiy   morfologiyasi”   (Toshkent,1965),   A.M.SHerbakning   “Grammatika
starouzbekskogo   yazika”   (M.-L.,1962),   G‘.Abdurahmonov   va
SH.SHukurovlarning   “O‘zbek   tilining   tarixiy   grammatikasi”     (Toshkent,   1973)
singari asarlarda ham ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud.
Bundan   tashqari   o‘zbek   tili   tarixi   va   adabiy   til   grammatikasini   o‘rganishga
doir   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmalarida   ham   ko‘makchilar     borasidagi   fikrlar
anchagina.   U.Tursunov,   J.Muxtorov,   SH.Rahmatullaevlarning   “Hozirgi   o‘zbek
adabiy   tili”   (Toshkent,1992),   SH.SHoabdurahmonov,   M.Asqarova,   A.Hojiev, I.Rasulov,   X.Doniyorovlarning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili”   (Toshkent,   1980),
G‘.Abdurahmonov,   A.Rustamovlarning   “Qadimgi   turkiy   til”   (Toshkent,1982),
J.Hamdamovning   “O‘zbek   tili   tarixi.   Ikkinchi   qism.Tarixiy   morfologiya.Ikkinchi
bo‘lim”   (Samarqand,   2003)   singari   darslik   va   o‘quv   qo‘llanmlari   shular
jumlasidandir.
Ko‘makchilarni   o‘rganishga   bag‘ishlangan   ilmiy   maqolalar   son   jihatdan
salmoqli   bo‘lganligi   uchun   ularni   ma`lum   guruhlarga   ajratish   mumkin.   A.A.
Koklyanovaning   “O‘zbek   tilida   so‘ngko‘makchilar   va   ko‘makchi   otlar”,
H.G‘.Ne`matovning   “XI-XII   asr   yozma   yodgorliklarida   ko‘makchilar   (“Qutadg‘u
bilig”,   “Devonu   lug‘otit   turk”,   “Hibatul   haqoyiq”   materiallari   asosida)”,
G.F.Blagovaning   “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida”
maqolalari   ko‘makchilarni   diaxronik,   A.G‘ulomovning   “Ko‘makchili
konstruktsiya   haqida”,   U.Tursunovning   “O‘zbek   tilida   so‘ng   ko‘makchilar”
maqolalari sinxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, O‘.Saidovning
“Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi  ko‘makchilarning o‘rganilishiga doir” maqolasida
esa   bu   borada   yaratilgan   tadqiqotlarga   obzor   berilgan.   V.Egamovning   “O‘zbek
shevalarida   so‘ng   ko‘makchili   so‘z   birikmalarining   semantik-grammatik
munosabatlari”,   X.Jo‘raevning   “Ko‘makchilarni   sheva   materiallariga   taqqoslab
o‘rganish”,   T.Almamatovning   “Xalq   shevalarida   “tur”   ko‘makchi   fe`li   haqida”
maqolalariga   sheva   materiallari   asos   bo‘lgan.   A.Abdullaevning   “Ko‘makchilar
yordami   bilan   tarkib   topgan   so‘z   birikmalarida   ifodalangan   sintaktik
munosabatlar”,   O.Amirovaning   “Sabab   hollarining   ko‘makchi   konstruktsiyali
so‘zlar bilan ifodalanishi” ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan.
Biz ularga zaruriyatga qarab kerakli  o‘rinlarda murojaat qilamiz. Ammo bu
sohada   maxsus   kuzatishlar   olib   borgan   H.Berdiyorov   va   T.Rustamovlarning
tadqiqotlariga to‘xtalish joizdir.
Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidagi   ko‘makchilarni   lingvistik   tahlil   qilishga
bag‘ishlangan   dastlabki   ishlardan   biri   H.Berdiyorovning   “Hozirgi   zamon   o‘zbek
adabiy   tilida   so‘ngko‘makchilar”   (Samarqand,   1949)   deb   atalgan   nomzodlik
dissertatsiyasi bo‘lib hisoblanadi. Dissertatsion   ish   ikki   qismdan   iborat   bo‘lib,   uning   1-qismida   tanlangan
mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan yordamchi so‘zlarning kelib
chiqishi,   so‘ngko‘makchilarning   grammatik   va   relivatsion   ahamiyati   hamda   ular
bilan   qo‘shimchalar   o‘rtasidagi   munosabatlar   masalasiga   to‘xtalib   o‘tilgan.   2-
qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning grammatik tabiati yoritilgan. Ular asl,
ravish,   ravishdosh,   chog‘ishtirma   so‘z   va   affiks   so‘ngko‘makchilar   tarzida
guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Ko‘makchi otlar keng yoritilgan. 
Ishning   birinchi   qismi   so‘z   turkumlarining,   jumladan   ko‘makchilarning
kelib   chiqishini   o‘rganishga   bag‘ishlangan.   Dissertatsiya   muallifi   ta`kidlaydiki,
XIX   asrning   bir   qancha   tilshunoslari   (L.Nuare,   V.Vundt,   M.Myuller)   so‘z
turkumlarining   kelib   chiqishi   to‘g‘risida   gapirganda,   fe`l   turkumini   kishilar
tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar va fe`ldan boshqa
so‘z   turkumlari   ajralib   chiqqan   deydilar.   Demak,   bularning   fikricha,   fe`l   boshqa
so‘z   turkumlarining   taraqqiyoti   uchun   ajralib   chiqish   imkoniyati   bo‘lib   xizmat
etadi. (BH, 9).
H.Berdiyorov   N.YA.Marrning   “Bir   vaqtlar   so‘z   turkumlari   bo‘lmagan   edi.
Asta-sekin gap bo‘laklaridan harakatni, ya`ni o‘timli fe`l, keyinroq o‘timsiz fe`lni
hosil   qilish   uchun   asos   bo‘lib   xizmat   qiluvchi   ot   ajraladi.   Ot   –   aniqlovchi,   sifat
funktsiyasini   bajaradi,   ot   (otlarning   ma`lum   doirasida)   olmosh   bo‘ladi,   so‘ngra
bog‘lovchi   bo‘ladi   va   qolgan   so‘z   turkumlari   yuqorida   ko‘rsatilgan   so‘z
turkumlarining birontasidan hosil bo‘ladilar”. ( Marr N.YA.   Izbrannie raboti, t.II. –
M.,1934,   s.417.   Tarjima   H.Berdiyorovniki).   (BH,11),   degan   fikriga   tayanib,
“birinchi so‘z, turmushda, ishlab chiqarish protsessida kishilik fikrlashi tomonidan
ajratilgan,   ya`ni   predmetlarning   nomini   va   muhit   ko‘rinishlarini,   hodisalarini
ko‘rsatuvchi   ot   ekan”,   degan   xulosaga   keladi   (BH,12)   va   yana   quyidagilarni
aytadi:“Umuman biz ayta olamizki, ot, fe`l va olmosh turkumlari til taraqqiyotida
sifat, son, ravish va yordamchi so‘zlarga qaraganda eng avval ajralib chiqqan so‘z
turkumlaridir”. (BH,12).
Muallif   tadqiqotda   o‘zbek   tilshunosligida   birinchi   marta   hozirgi   o‘zbek
adabiy tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning qanday   semantik   ma`nolari   reallishuviga   hamda   gapda   qanday   vazifalarda
kelishiga oid nazariy qarashlarini bayon qiladi. Bu ko‘makchilarning o‘zbek tilida
mavjud   bo‘lgan   ma`nodosh   variantlari   to‘g‘risida   esa,   buni   o‘z   oldiga   asosiy
maqsad qilib qo‘ymagani  uchun, yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritadi. Tilshunoslikda
mavjud bo‘lgan an`anaviy usullardan chiqmagan holda biz hozirda “ko‘makchilar”
deb o‘rganib kelayotgan til  birliklarini   oldko‘makchilar ga qarama-qarshi  ravishda
so‘ngko‘makchilar   tarzida talqin qiladi. Bu qarashlar orasida so‘z turkumlarining,
xususan   yordamchi   so‘zlarning   kelib   chiqishi   to‘g‘risidagi   fikrlar   muhim   o‘rin
tutadi.
Tadqiqotda   o‘rni   bilan   ayrim   faktlarning   lingvostitistik   tahlili   berilganligi
xulosalarning ilmiyligini ta`minlashda va amaliy jihatlarini ko‘rsatib berishda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Dissertant   ish   yakunida   bugungi   kunda   ham   yordamchi   so‘zlar   relivatsion
tabiatini   o‘rganishda   ahamiyatli   bo‘lgan   quyidagi   xulosaga   keladi:
so‘ngko‘makchilar   til   taraqqiyoti   nuqtai   nazaridan   mustaqil   leksik   ma`noga   ega
bo‘lgan   so‘zlardan   kelib   chiqqandir.   Bular   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilining   gap
qurilishida,   gaplarning   ma`nosini   tayinlashda,   so‘zlarni   o‘zaro   munosabatga
keltirishda   katta   rol’   o‘ynaydi.(BH,126).   So‘ngko‘makchilar   gapda   turli
sintaksistik   munosabatlarni   bajarib,   gapning   biror   bo‘lagiga   bog‘langan   holda
qo‘llaniladi.   So‘ngko‘makchilar   mustaqil   leksik   ma`noga   ega   bo‘lgan   so‘zlardan,
mustaqil   holda   qo‘llana   olmasligi,   sintagmalarni   yoki   so‘zlarni   birlashtirish,
kengaytirish   qobiliyatiga   ega   emasligi,   morfologik   tomondan   ayrim   semantik
morfemalarga   bo‘linmasligi,   urg‘uni   qabul   qilmasligi,   gapning   biror   mustaqil
bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda ishtirok etgan so‘zlarga
bog‘lanib   kelgandagina   atash,   sabab,   maqsad,   fazo   kabi   qo‘shimcha   ma`nolarni
ifodalab keladilar. (BH,127).
O‘zbek   tili,   qolaversa   turkologiyada   ko‘makchilarni   o‘rganishga   oid   ishlar
orasida   T.Rustamovning   tadqiqotlari   ham   sezilarlidir.   U   ko‘makchilarni
o‘rganishga   bag‘ishlangan   “O‘zbek   tilida   ko‘makchilar”   (Toshkent,1965),   “Sof ko‘makchilar”   (Toshkent,   1991)   singari   monografiyalar   hamda   o‘nlab   maqolalar
e`lon qilgan. 
Jumladan, uning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar” monografiyasi
ko‘makchilarning   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidagi   qo‘llanish   xususiyatlari   va
ularning   tasnifiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   yordamchi   so‘zlarning   ushbu   turi
tilshunosligimizda   qay   darajada   o‘rganilganilganligi   hamda     ularning   grammatik
xususiyatlari   boy   til   materiali   asosida   tahlil   etilgan.   Materialni   yoritishda
E.D.Polivanov, I.A.Batmanov, Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov,
SH.SHoabrurahmonov,   A.A.Koklyanova,   U.Tursunov,   H.Berdiyorov,
A.Abdullaev,   V.V.Reshetov   kabi   olimlarning   qarashlariga   tayangan   holda   ish
ko‘radi, ularga munosabat bildiradi va “ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish
munosabatini   yaratuvchi   va   turli   grammatik   ma`nolarni   ifodalashda   xizmat
qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriya” ekanligi va
uning   “gap   qurilishidagi   muhim   xususiyati   bilan   ham   boshqa   so‘z   turkumlaridan
tubdan farqlanishi” haqida o‘z nuqtai nazarini bayon etadi (RT.HO‘ATK). 
Olimning   “Sof   ko‘makchilar”   asari   o‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarni
diaxronik   yo‘nalishda   o‘rganishga   bag‘ishlangan   yirik   hajmdagi   tadqiqotlardan
biridir.   Asarning   yozilishiga   XIII-XX   asrlar   yozma   yodgorliklari   manba   bo‘lib
hisoblangan va ming yilga yaqin davrni o‘z ichiga olgan materiallar uchga bo‘lib
o‘rganilgan:
XIII-XIV asr yozma yodgorliklari.
XV-XVI asr yozma yodgorliklari.
XVII-XX asrning boshlari yozma yodgorliklari.
SHu   asosda   turkiy   tillar   (o‘zbek,   turkman,   chuvash,   qozoq)   va   dialektolok
manbalar qiyosiy o‘rganilgan.
Muallif   tadqiqotning   kirish   qismida   ko‘makchilarni   o‘rganish   nafaqat
grammatikaning,   shu   bilan   birga,   leksikologiya   va   semasiologiyaning   ham   ba`zi
masalalarini   hal   etishga   ko‘maklashishini   va   ko‘makchilar   mustaqil   ma`noli
so‘zlardan kelib chiqqanligi haqidagi fikrning to‘g‘ri ekanligini ta`kidlaydi. Muallif   ko‘makchilar   keyingi   paytlarda,   asosan,   ikkita   katta   guruhga   –   sof
ko‘makchilar     va   funktsional   ko‘makchilarga   bo‘lib   o‘rganilayotganlini,   sof
ko‘makchilar   tarkibidagi   morfologik   qo‘shimchalar   o‘zlarining   grammatik
xususiyatini   batamom   yoki   qisman   yo‘qotib,   o‘zi   birikib   kelgan   so‘zning
ko‘makchi  funktsiyasini  bajarishi  uchun xizmat  qilishini, hozirgi  nutqimizda ham
ko‘makchi,   ham   mustaqil   so‘z   sifatida   qo‘llanayotgan   ko‘makchilar   funktsional
ko‘makchilar deb atalishini qayd qiladi. Ko‘makchilar so‘zmi, ularda leksik ma`no
mavjudmi degan savollarni o‘rtaga qo‘yib, ularga aniq javoblar beradi. Jumladan,
T.Rustamov   ko‘makchilarning   so‘z   ekanligini   asoslaydi,   ko‘makchilarning   leksik
ma`nosi   o‘zi   birikib   kelayotgan   mustaqil   ma`noli   so‘zning   leksik   ma`nosiga
bog‘liq ekanligini, ularning barchasi  uchun umumiy bo‘lgan xususiyat  sinonimlik
bo‘lib, albatta, har qaysi ko‘makchining o‘ziga xos stilistik ahamiyati ham sezilib
turishini misollar asosida dalillaydi.
U   ko‘makchilarning   mustaqil   ma`noli   so‘zlardan   farqi   ko‘makchilar
mustaqil   leksik   ma`no   yo‘q   ekanligidagina   emas,   balki   ko‘makchilardagi   leksik
ma`no   qandaydir   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega   bo‘lib,   ular   mustaqil   ma`noli
so‘zlarga birikkandagina paydo bo‘lishidadir, deb hisoblaydi.
T.Rustamovning   ko‘makchilarni   ham   diaxronik,   ham   sinxronik   tarzda
o‘rganishga,   ularning   taraqqiyot   darajasi   haqida   aniq   tasavvurga   ega   bo‘lishga
ko‘maklashadi.   Muallif   yuqorida   sanab   o‘tilgan   ko‘makchilarning   turkiy   tillarda,
jumladan   o‘zbek   tilidagi   amalda   bo‘lish   va   me`yorlashuv   bosqichlarini   o‘rganar
ekan   juda   katta   hajmdagi   tarixiy   manbalardan   material   sifatida   foydalangan.
Olimning xizmatlari shundaki, ko‘makchilarni yordamchi so‘zlar sifatida tahlil etar
ekan   ularning   grammatik   ma`nolarini   leksik   ma`nolari   bilan   birgalikda   kichik
sintaktik qurshovda olib o‘rganadi va shu yo‘l bilan ular birikib kelgan so‘zlar va
ularning   leksik-grammatik   ma`nolarining   yuzaga   kelishidagi   xizmatlari,   boshqa
so‘zlarga   birikish   xususiyatlari     ko‘rsatib   beriladi.   SHu   bilan   birga   o‘rni   bilan
ayrim   ko‘makchilarlarning   boshqa   ko‘makchilarga   yoki   grammatik   vositalarga
sinonimiyasi,   frazeologik   birliklar   hosil   qilish   jarayonidagi   ishtiroki   xususida
hamda   ularning   funktsional   imkoniyatlari     haqida   ham   gap   boradiki,   bu   ushbu dissertatsionning   ish   mavzu   e`tibori   bilan   ahamiyatlidir.   Biz   ularga   o‘rni   bilan
murojaat qilamiz.
Garchi   o‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilarning   grammtik   xususiyatlarini
diaxronik   va   sinxronik   yo‘nalishda   tekshirishga   bag‘ishlangan   tadqiqotlar   etarli
darajada   bo‘lsa-da,   biz   qarab   chiqqan   manbalardan   shu   narsa   ma`lum   bo‘ldiki,
o‘zbek   tilidagi   ko‘makchilarning   stilistik   xususiyatlarini   o‘rganishga   oid   hatto
maqola   xarakteridagi   kuzatishlar   ham   barmoq   bilan   sanarlidir.   Faqatgina
R.Qo‘ng‘urov   va   T.Qurbonovning   “Ko‘makchilar   sinonimiyasiga   doir”,
T.Qurbonov   va   N.Ernazarovning   “YOrdamchi   so‘zlar   stilistikasiga   doir”
maqolalarida   bevosita   ko‘makchilar   stilistikasiga   doir   mulohazalar   bayon   etilgan
bo‘lsa,   R.Qo‘ng‘urovning   “O‘zbek   tili   stilistikasidan   ocherklar”   asarida,
R.Rasulovning   “Avval”,   “keyin”   so‘zlarining   ba`zi   bir   stilistik   xususiyatlari
haqida”,   S.Karimovning   “YOrdamchi   so‘z   turkumlarining   badiiy   uslubdagi
ko‘rinishlari” maqolalarida esa o‘rni  bilan bu turkum  so‘zlarning sinonimiyasi  va
vazifaviy chegaralanishlari  haqida fikrlar bildirilgan, xolos.
O‘zbek   tilshunosligida   XX   asrning   80-yillarigacha   erishilgan   yutuqlarni
o‘zida   mujassam   qilgan     “O‘zbek   tili   stilistikasi”   (Toshkent,   1983)   asarida
yordamchi   so‘zlar   uslubiyatiga   oid   hech   narsa   deyilmaganligining   o‘zi   ham   bu
masalani o‘rganishning fanimiz uchun naqadar  muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma`nolariga ega
bo‘lgan,   ammo   davrlar   o‘tishi   bilan   bu   leksik   ma`nolarni   yo‘qotib,   ularning
ma`lum   qismi   o‘zgarmas   bo‘lib,   hech   qanday   grammatik   shakllarni   qabul
qilmaydigan   holiga   kelib   qolgan,   o‘zidan   oldin   kelgan   so‘zlar   bilan   birgalikda
vosita,   maqsad,   sabab,   vaqt,   makon,   ob`ekt,   o‘xshatish,   payt,   masofa,   yo‘nalish
singari   grammatik   ma`nolarni   ifoda   etadigan   va   yordamchi   vosita   sanaladigan   til
birliklaridir.
Ko‘makchilar haqidagi bu fikrdan quyidagi muhim xulosalar kelib chiqadi: 
-ular nutqda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi grammatik vositadir;
-grammatik   vosita   bo‘lish   jarayonida   ularda   ma`lum   grammatik   ma`nolar
ham shakllanadi; -bu   grammatik   ma`nolarni   anglatish   imkoniyatlari   o‘zidan   oldin   kelgan
so‘zlarga   bog‘liq   bo‘ladi.   Buning   ustiga   ko‘makchilar   bo‘lmasa   bu   oldin   kelgan
so‘zning   o‘zi   ham   ana   shu   ma`nolarni   bera   olmaydi.   Faqatgina   ularning
birikuvigina bu ma`nolarni keltirib chiqarishi mumkin; 
-so‘zlarning ko‘makchilar bilan birikish yo‘llari va ularning bir xil qolip va
mazmunda   boshqa   ko‘makchilar   hamda   kelishik   ko‘rsatkichlari   bilan   sinonimlik
munosabatlari   shu   darajada   turli-tuman   va   rang-barangki,   ular   o‘z-o‘zidan   bu
turkum so‘zlarning stilistik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi.
SHunday   qilib,   yuqorida   nomlari   sanab   o‘tilgan   va   mazkur   ishda   qisman
tahlil   qilingan   kuzatishlar   natijasi   o‘laroq   o‘zbek   tilshunosligida   ko‘makchilar
o‘zining nazariy bahosiga ega bo‘ldi, yordamchi so‘zlar tizimidagi o‘rni belgilandi,
nutq jarayonidagi grammatik vazifalari aniqlab olindi. 
Bu   o‘rinda   shu   narsani   ta`kidlash   zarurki,   ular   ma`lum   ma`noda   mustaqil
so‘zlar   bilan   yordamchi   so‘zlar   o‘rtasida   ko‘prik   vazifasini   o‘tab,   “yordamchi
so‘zlar   mustaqil   so‘zlardan   kelib   chiqqan”   degan   fikrni   doimo   eslatib   turadi.   Bu
nozik munosabatlarni payqagan H.Ne`matov ularga nisbatan “mustaqil-yordamchi
so‘zlar”   atamasini   qo‘llaydi   va   bu   atamaning   mohiyatini   quyidagicha   tushuntirib
beradi:   “…   morfologik   qo‘shimchalarga   qisman   yaqinlashadigan   yordamchi
so‘zlar   bilan   mustaqil   so‘zlar   orasida   mustaqil   leksik   xususiyatini   yo‘qotmagan,
yordamchi   funktsiyada   kela   oladigan   ko‘plab   so‘zlar   bordir.   Bunday   so‘zlar
sirasiga   yordamchi   fe`llar,   ot   ko‘makchilar,   ravish   ko‘makchilar   va   boshqalar
kiradi. Bu xildagi so‘zlar, birinchidan, mustaqil qo‘llanila olish va mustaqil leksik
ma`no   anglatishga   qodir   bo‘lsa,   ikkinchidan,   ular   yordamchi   so‘zlar   sifatida
qo‘llanilib,   turli   grammatik   ma`nolarni   ifodalashga   ham   xizmat   qiladi;   lekin
shunda ham so‘z o‘zgartirish qobiliyatini yo‘qotmaydi (yordamchi fe`llarga nisbat,
mayl-zamon,   shaxs-son   qo‘shimchalari,   ot   ko‘makchilarga   egalik   va   kelishik
affikslari qo‘shila oladi)”. (NH,48).
“Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlardan   farqlash   maqsadida   ham   mustaqil,
ham yordamchi vazifasida kela oladigan so‘zlarni mustaqil-yordamchi so‘zlar deb
ataymiz. Sof ko‘makchilar funktsiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega
emasligi,   mustaqil   so‘zlarsiz   qo‘llana   olmasligi   bilan,   qisman   bo‘lsa-da,
qo‘shimchalarga   (kelishik   affikslariga)   o‘xshasa,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar
morfologik   xususiyatlari,   yakka   holda   qo‘llanila   olishi   bilan   mustaqil   so‘zlarga
yaqin   turadi.   Demak,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar   sof   yordamchi   so‘zlar   va   sof
mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi”.(NH,48-49).
“Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlar   orasidagi   munosabatlarni   oraliq
uchinchisiz   –   mustaqil-yordamchi   so‘zlarsiz   aniqlash   qiyin.   SHuning   uchun
yordamchi   so‘zlarni   hech   qanday   mustasnosiz   yo   qo‘shimchalar,   yoyinki   so‘zlar
sostaviga   kiritish   bir   tomonlama   fikrdir;   yordamchi   so‘z   turkumlarida   ularni
qo‘shichalar   bilan   yaqinlashtiruvchi   elementlar   ham,   mustaqil   so‘zlar   bilan   ham
yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud”, deydi va buni til tizimidagi oraliq uchinchi
hodisa sifatida belgilaydi. (NH,49-50).
Ko‘makchilarning   leksik   ma`noga   ega   emasligi,   ularning   o‘ziga   xos
lingvistik   birlik   ekanligi   bundan   55   yil   muqaddam   H.Berdiyorov   tomonidan
asoslab   berilgan   edi.   Jumladan,   olim   bu   haqda   quyidagilarni   yozgan   edi:
“So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror
bo‘lagiga   bog‘langan   holda   qo‘llaniladi.   So‘ngko‘makchilar   mustaqil   leksik
ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni
yoki   so‘zlarni   birlashtirish,   kengaytirish   qobiliyatiga   ega   emasligi,   morfologik
tomondan   ayrim   semantik   morfemalarga   bo‘linmasligi,   urg‘uni   qabul   qilmasligi,
gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda
ishtirok   etgan   so‘zlarga   bog‘lanib   kelgandagina   atash,   sabab,   maqsad,   fazo   kabi
qo‘shimcha ma`nolarni ifodalab keladilar”. (BH,127). YAna: “So‘ngko‘makchilar
gap  ichida   mustaqil   mavqeni   (holat)   egallay   olmaydilar,  shuning   uchun   ham   ular
gap   bo‘laklari   bo‘lolmaydilar.   Bu   esa   ularning   qadimgi   vaqtda   mustaqil   leksik
ma`noli so‘z ekanligini va mustaqil gap bo‘lagi bo‘lib kelganligini inkor qilmaydi.
Bular,   o‘tmishda   mustaqil   so‘zlar   bo‘lib,   til   taraqqiyotining   keyingi   davrlarida
so‘ngko‘makchi holiga kelganligi bizga ma`lum. (BH,31).  Ko‘makchilarning   leksik-semantik   ma`nolari   mavjud   emasligi   haqidagi
fikrni asosli  deb hisoblar ekanmiz, ular ifoda etayotgan grammatik ma`nolar yo‘q
joydan paydo bo‘lib qolmaganligi, balki bu birliklarning qadimda mavjud bo‘lgan
leksik   ma`nolariga   asoslangan   holda   vujudga   kelishini   ta`kidlaymiz.   SHunday
qilib, yuqorida aytilganlarga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, leksik ma`no
ko‘makchilar   uchun   xos   xususiyat   emas.   Ammo   bu   fikr   aytilganda   faqat   o‘zbek
tilidagi   sof   ko‘makchilar   nazarda   tutiladi.   Funktsional   ko‘makchilar   esa   matniy
xususiyatga   ega.   Ular   bir   matnda   o‘zlarining   mavjud   leksik   ma`nolarini   saqlagan
bo‘lishi,   boshqa   bir   o‘rinda   esa   ko‘makchi   vazifasini   bajarayotgan   bo‘lishi
mumkin.   H.Ne`matov   “mustaqil-yordamchi   so‘zlar”   deb   nomlagan   oraliq
so‘zlarning mavjudligi  va ularning ko‘makchi vazifasini  bajarishi  bu birliklardagi
leksik va grammatik ma`nolarning bir-birlariga bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. 
Xullas,   ko‘makchilarning   nutq   jarayonidagi   asosiy   vazifasi   sintaktik
munosabatlarni   shakllantirishdan   iborat   bo‘lib   qoladi.   Ammo   shakllangan
munosabatlar   shunchaki   grammatik   aloqadangina   iborat   bo‘lib   qolmasdan,
ularning   har   birida   matniy   holatga   qarab   alohida   uslubiy   ottenkalar   namoyon
bo‘ladi.   Bu   narsa,   ayniqsa,     ularni   kelishik   qo‘shimchalari   bilan   taqqoslaganda
yanada  yaqqol  seziladi.   SHuning  uchun  ham  ular  funktsional-stilistik  yo‘nalishda
o‘rganilishi lozim bo‘ladi.
Sof   ko‘makchilar   stilistikasi.   Milliy   til   rivojlanish   jarayonining   tarkibiy
qismi   bo‘lgan   ko‘makchilar   ham   tildagi   alohida   kategoriya   sifatida   mazmunan
boyib,   takomillashib,   davrga   hamohang   tarzda   me`yorlashib   borgan   va   ularning
o‘zbek   tilida   uzoq   yillar   davomida   quyidagi   arsenali   vujudga   kelgan:   adin,   azaq,
azin,   ayag,   ayru/ajru,   al,   ald/aldïda/aldïnda,   alïda/alida/alig‘a/
aldig‘a/alidin/alinda,   alt,   anshu,   ara/aramizda,   arqa,   aro,   art,   asno,   asnoda,
asnosida,   asosan,   asosida,   asra,   ast,   atraf,   atrofida/atrafïda,   asha,   ashnu,
arasïda/arasïnda/arasïdïn,   astïg‘a/   astïda/astïnda/   astïn/astïdïn;   babpnda,
baka/baqa,   baravariga/baravarida,   basa,   bash,   basha,   bashadu,
bashïda/bashïnda/   bashinta,   bashlayu,   bashka/bashqa,   beri;,   birld/   birldn,
bikin,bekin/bikin,   biki,   bilan/bildn/   birlan/birla/   birle   /birld,bila/bild/   ilan/ila/ ild/ildn/   la,   binoan,   bo‘y+i/ig‘a/ida/idan,   bo‘yincha,   bob/bobda/bobinda/bobidin,
bobida,   bois+i/dan(din),   bola,   borasida,   burno,   burun,   burun/burna,   burunroq
(shevada - burnog‘i); beri/ beri/beru/ bero‘; gird; damana/ damanasïda, deb, doir,
degro‘/   tegro‘,   degin/   deginchä/   dego‘nchä/   teginchä;   j(j)ïxatïdin;   iye,   ilgari/
ilgeru/ilgeri,   ilgarida   (shevada   –ilgeri,   illey),   ilgida/ilkida/ilkidin,
ich/ichinte/ichidä/ichindä/   ichigä/ichingä,   ichra/ichre/ichrä;   yavug,   yaqa,   yan,
yanlig‘   yarasha,   yir,   yo‘z/   yuz,   yo‘lida,   yo‘sinda,   yoqaru/yo‘gero‘,     yuzasinde,
yinaq   (yingaq);   kabi/kibi/   kebi/kebi,   keyin   keyin/kejin/kejinichä,   kidin,   kidirti,
kiz/kez,   kin/ki-,   kiru/keru,   kuyi,   kedin,   ,   keru,   körä,   ko‘ch;   maqsadida,   mengiz,
mobaynida,   muvofiq,   mukäbiläsïda;   naru/nari/narï/   narïg‘a,   nisbatan,   niyatida;
odo‘nte,   og‘zida/og‘zig‘a,   og‘renta,   og‘ur,   ozga/özgä,   oldida,   on   (ong),   ongaru,
oni   (ongi),   ora/orada/orala/orasi/   orasiga/orasida/orasidan,   orqali,   orqasida,
ornïg‘a,   orta/ortasïg‘a/   ortasïng‘a/ortasïda/   ortasïnda/   ortasïdïn,   ortu,   orunta,
otkuru,   osha,   ornïda/   ornunïg‘a/   ornïg‘a/   ornïna;   ravishda,   robaro/ro‘para/
ro‘bäro‘jig‘a/   ro‘bäro‘jida;   sabab;   sajp/sajpn/sayin,   sayu,   sari/sarï/   sarïg‘a,
singari,   sifatida,   so‘/so‘y/so‘yi,   song/   sonïcha/son/sonra/songra/sonraraq,
sonïmïzcha,   soyasida,   surat/   suratiga/g‘a/suratida,   sinar   (singar);   taba/tapa,
taban, tabaru, tabug‘ïda, tapuq, taraf, tash, tashqaru/tashqari/ tashkarï/tashg‘aru,
teg/deg/dek, tegi, teginch/tegincha, tegri/ tegru/dekru/tekru, tegi/tegin/tekin, timin,
togri,   tog‘a,   tomon/tomonga/tomoniga,   tomondan/tomonidan,tomonda/   tomonida,
tomonimizda,   tono‘,   tub,   tubindä,   tufayli/   tufayligina,   tiltaqinta,   tegi,   tegra/tegru,
tegre/tegire/tegräsigd/tegräsidä/   tegräsidin,   tepe,   to‘g‘ri+dan/da/ga,   to‘g‘rimda,
to‘g‘risi+dan/da/ga,  tog‘rïsïdïn, to‘bida, tegräsingä  / tegräsidä/  tog‘rpsïg‘a;  uza/
uze/   o‘zä/   uzä,   uzala,   uzra/uzre/uzrä,   ulati,   usk,   uskinte,   ust/o‘stigä   /
ustinä/o‘stingä/   o‘stidä/   o‘stindä/   o‘sto‘mä/   o‘stidin;   utru/otru/otro‘,/o‘tru/
utrusïg‘a, uchun/, o‘cho‘n/-chun; xizmatig‘a/ xizmatida, xusus/  xususda/xususida;
chag‘lïg‘;   iyin/iyin/ivin,   inaru/ineru;   etek;   yuzasidan,   yuzidin;   yanglig‘/yanlig‘/
janlïg‘,   yarasha/   jarasha,   javukcha;   o‘zga,   o‘ng/o‘ngin,o‘ngdin/o‘ngdun,
o‘nginda,   o‘ngu,   o‘rniga,   o‘st,   o‘tinte;   qadar,   qarata,   qarshi/karshu,   qat/katïda   /
katïnda/   katïdïn/   katïmïzda,   qata,   katïg‘a/   katïng‘a/   katïna/   katïda/   katïnda, qatorida, qash/kashïda/ kashïmda /kashig‘a/ kashing‘a/kashinda/ katïmïzg‘a, qodi,
quyi,     qirg‘aq;   haq/haqda/haqina/haqinda/haqig‘a/haqimda,   uzur+i/dan(din)/da,
ga(g‘a), holda, huzurlariga.
Biz   ham   tadqiqotlarimiz   jarayonida   ulardan   foydalanamiz   va   bunda   asosiy
diqqatimizni bu ko‘makchilarni hozirgi adabiy tilimiz nuqtai nazaridan  funktsionl-
stilistik   jihatdan   baholashga   qaratamiz.   Leksik   ma`noga   ega   emasligi   va   shuning
uchun   ham   nutqda     alohida   ishlatilmasligi   hamda   so‘z   o‘zgartuvchi
qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi sof yoki asl ko‘makchilarni ajratishda asosiy
o‘chlov   bo‘lib   xizmat   qiladi.   SHu   nuqtai   nazardan   ushbu   bobda   asosan   bilan,
binoan,   bo‘yicha,   kabi,   ora,   sayin,   sari,   uzra,   uchun,   qadar     ko‘makchilari   va
ularga sinonimik holatda bo‘lgan boshqa ko‘makchilar  tahlil qilinadi.   
Tahlil   jarayonida   ko‘makchilarga   murojaat   qilishda   takroriylikdan   qochish
maqsadida   ularni   iloji   boricha   bir   sinonimik   uya   doirasida   guruhlab   o‘rganish
maqsadga   muvofiq   ko‘rinadi.   To‘g‘ri,   ayrim   ko‘makchilar   ikkinchi   bir   ma`nosi
bilan boshqa uyadagi ko‘makchilar bilan ham sinonim bo‘lishi mumkin. Bu holat
tahlilda hisobga olinadi. 
BILAN.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bilan     shaklida   qo‘llaniladigan
ko‘makchi   tarixan     birla     ko‘rinishida   bo‘lgan   (AG‘.,   SHSH,   200).   H.Ne`matov
birle-bile     ko‘makchisining   eng   qadimgi   ma`nosi   birlikni   ifodalash   bo‘lsa   kerak,
degan fikrni bildiradi.   (NH,39). Uning boshqa shakllari keyinchalik paydo bo‘lgan.
Masalan:  birlan, bilan, ila, ilan, -la. 
H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar”
nomli   dissertatsion   ishida     bilan    ko‘makchisi   vosita,   sabab,   birgalik,   holat,  usul,
payt,   miqdor,   jamlik,   holatning   nima   bilan   mavjudligi,   fikrning   biror   muhim
voqeaga   oidligi,   tomon   ma`nolarini   anglatishi   hamda   gapda   vositali   to‘ldiruvchi,
ravish,   payt,   sabab   va   maqsad   holi   vazifalarini   bajarishga   va   shu   ma`nolarning
reallashuviga   ko‘maklashishi   tahlil   qilingan.   (BH,36-40).   J.Hamdamov   ham   bu
fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. (HJ,82).  
Bu   ko‘makchida   turli     variantlarining   yuzaga   kelishiga     poetik   matn   va
poeziya   talablari   sabab   bo‘lgan,   deb   o‘ylaymiz .   Ilgari   ham,   hozirda   ham   she`riy asarlarda,   ayniqsa   aruz   vaznida   yozilgan   matnda   uning   -ila,   -la,   birla,   birlan
shakllari   faol   ishlatilib,   ular   badiiy   uslub   va   ommabop   uslubning   ba`zi   janrlarida
xoslangan:   Boshim hech chiqmasa mayli, malomat   birla   bo‘htondan Fido jonimni
qildim   yo‘lingga,   mayli,   uvol   bo‘lsam   (H.Olimjon),   Siz     birlan     biz   parda   ichra
navo   qilali     (IF.73 )   Bu   kulbaga   kelganimdan   bir   necha   yil   keyin   mazkur
qalandarlar   ila   shunosa   bo‘ldim.   Ul   buzruk   adib     sabablari   ilan     Muntazir   va
Gulxaniy borasida ilm paydo bo‘ldi. Ammo shoir va mutafakkir Gulxaniy bori favt
bo‘lg‘on ekan  (IF,12).
Bu fikrni tarixiy-badiiy manbalar va ularga oid olib borilgan tadqiqotlar ham
tasdiqlaydi.(RT,31).  T.Rustamov   bu  borada   statistik  kuzatishlar   ham   olib  borgan:
XV-XVI   asrlarda   qo‘llangan   ila     ko‘makchisi,   asosan,   poeziyaga   xos   bo‘lib,
Lutfiyning biz  ko‘rib chiqqan  asarida  38  marta;   Alisher  Navoiy  asarida  59  marta
uchrasa, “Bobirnoma”da ikki martagina uchraydi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida   ila     ko‘makchisining
qo‘llanishi   yanada   aktivlashadi.   U   Muqimiyning   ikki   tomlik   “Tanlangan
asarlar”ida   136   marta,   Munisning   bir   tomlik   she`rlar   to‘plamida   esa   69   marta
uchraydi.   A.Qodiriyning   “Mehrobdan   chayon”   asarida   3   martagina   qo‘llanishi
uning   proza   asariga   emas,   balki   poetik   asarlargagina   xos   ekanini   bildiradi”.
(RT,32). 
T.Rustamov   bilan     ko‘makchisining   fonetik   varianti   hisoblangan   birlan,
birla,   ila,   -la     hozirgi   o‘zbek   tilida   uchrasa   ham,   uning   uchun   norma
hisoblanmaydi, deydi. (RT,33). Uning  fikriga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Bu fikr  -
la  ga taalluqli emas. CHunki u hozirgi badiiy nutq uchun ham me`yor sanaladi.
So‘zlashuv   uslubida  asosan   bilan    hamda  sheva   variantlari     minan   va   billa
qo‘llaniladi:   Ukam     minan   keldim,   kinoga   billa   borovuza     kabi.   Ilmiy,   rasmiy
uslublar   va   ommabop   uslubning   alohida   janrlari   uchun   faqat   adabiy   shakl     bilan
xos.
S.Mutallibov,   H.Ne`matov   tadqiqotlari   shundan   dalolat   beradiki,   ayrim
ko‘makchilar, jumladan     bilan   va boshqa grammatik vositalar sinonimiyasi  turkiy
tillarda qadimdan shakllana boshlagan. “Bu ko‘makchi, -deb yozadi S.Mutallibov.- ba`zan   joy,   o‘rin   kelishigi   funktsiyasida   qo‘llangan:   Jaqruq   bila   uvut   bo‘lmas.
(DLT).   Bu   erda   jaqruq   bila   –   kal   odamda   iborasi   o‘rin   kelishigi   ma`nosidadir.
Bularning   har   xil   funktsiyada   qo‘llanishiga   adabiy   tilda   ham   misol   ko‘p:   Saroy-
qarshi,   er-suv   birla   yo‘q   (Saroylar,   katta   er-suvlar   sanda   yo‘q.   Qut.bilig)”.
(MS,119-120).   H.Ne`matov:   “YOdgorliklar   tilida   birle     ko‘makchili
konstruktsiyalar   ko‘pincha   sintetik   qurol-vosita   kelishigi   formasining   (qurol,
vosita, birgalik, ba`zan zamon ma`nolarida)  analitik sinonimi  bo‘lib keladi –   tilin
yarliqarda   ogun   birle   an   (Q-3960)-   “(bek)   til(i)   bilan   buyurayotganda,   (sen)
onging   bilan   uq”;   sozi   birle   yanluq   ag‘ir   qildi   oz   (Q-207)-   “odam   o‘zini   so‘zi
bilan hurmat qildi”; chaviqsa ozun bu edgu atin – “(sening) o‘zing bu yaxshi nom
bilan shuhrat qozonsang”
SHuning   uchun   bu   davr   tilida   qurol-vosita   belishigining   iste`moldan   chiqa
boshlash   tendentsiyasi  ko‘zga  yaqqol  tashlanadi.   Bu  hodisa   esa   birle     k.chisining
qo‘llanish doirasining kengayishiga qulay zamin yaratadi”. (NH,39-40).
Ko‘makchilarning   X   asrlardanoq   sinonimik   holatlarda   qo‘llanila
boshlaganligi   ularni   qo‘llashdagi   stilistik   farqlanishning   boshlanganligidan,
binobarin turkiy til madaniyatining qay darajada bo‘lganligidan  dalolat beradi.
Hozirgi   o‘zbek   tilida   bilan     ko‘makchisining   boshqa   til   vositalari   bilan,
jumladan,   bog‘lovchilar,   ko‘makchilar,   kelishik   qo‘shimchalari   bilan   sinonimik
munosabatga kirish imkoniyatlari keng. Ularni ko‘rib o‘tamiz.
Bilan   –   va   sinonimiyasi.   Bu   yordamchi   so‘zlar   quyidagi   semantik
ma`nolarni   ifoda   etganda   sinonimik   munosabatga   kirishadi:   birgalik   ma`nosi:
Ahmad   bilan   SHavkat   darsga   keldi   /   Ahmad     va     SHavkat   darsga   keldi;   tenglik
ma`nosi:   Doim   u   bilan   men.   U   o‘xshar   senga,   Uning   ham   seningday   ko‘zlari
xumor  (Zulfiya) /  Doim u  va  men. U o‘xshar senga, Uning ham seningday ko‘zlari
xumor.
Vaziyatga   qarab   anglashiladigan   birlik   va   tenglik   ma`nosidan   qat`iy   nazar,
ularning   o‘rnini   o‘zaro   almashtirib   qo‘llash   mumkin   va   bunda   uslubiy   g‘alizlik
payqalmaydi.   Lekin   bundan   ularning   o‘rnini   hamma   vaqt   ham   almashtirib
qo‘llayverish   mumkin,   degan   ma`no   kelib   chiqmaydi.   Masalan:   Hikmatillo   kechi bilan   indinga   ertalab   o‘z   qismida   bo‘lishi   kerak   (O.YOqubov),   Ta`na,   doshnom,
tanqid va boshqa ming turli  do‘stona, xayrixohona tovushlarga tahsin aralashsa,
quloqqa   faqat   tahsingina   kiradi   (A.Qahhor).   Matnlardagi   bilan   hamda     va   ni
o‘zaro   o‘rin   almashtirib   qo‘llab   bo‘lmaydi.   Quyidagi   misol   esa   bu   urinishning
qo‘pol  xatoga   olib  kelishi   ham   mumkinligini  ko‘rsatadi:   O‘zbek  tilida  yaxshi   fikr
va   tuyg‘ularni ifoda qilib bo‘lmaydi degan nazariyani Navoiy bundan besh yuz yil
burun tor-mor qilgan  (A.Qahhor).
Bu   ko‘makchi   kelishik   ko‘rsatkichlari   bilan   sinonimik   munosabatga
kirishadi:
- da    bilan. Bunda vosita ottenkasini  ifodalaydi:   Qishloqdan     mashina bilan
keldim /  Qishloqdan   mashinada    keldim.
Tarz mazmunini bildirganda:   Xonaga astagina   oyoq uchi bilan   kirib keldi /
Xonaga astagina  oyoq uchida  kirib keldi .
Holat   ma`nosi   ustun   bo‘lganda:   Qiz   kutishning   zavqi   bilan   mast,   /   YAna
yuragida   o‘t   yondi   (Zulfiya)   //   Qiz   kutishning   zavqida   mast,   /   YAna   yuragida   o‘t
yondi.
Birgalik   ma`nosi   – da       yordamida   ifodalanganda   u     bilan   ga   yaqinlashadi:
ertaga nima bo‘lar ekan, degan  xayol bilan  kun bo‘yi o‘ylanib yurdim / ertaga nima
bo‘lar   ekan,   degan   xayolda   kun   bo‘yi   o‘ylanib   yurdim.   Bu   holat   “O‘zbek   tili
grammatikasi”da   ham   qayd   etilgan:   ““Birgalik”   ob`ekti   ma`nosi   anglashiladi.   Bu
ma`noda   o‘rin   kelishigi   bilan     ko‘makchisining   shunday   ma`nosiga   sinonim
bo‘ladi. Bunda “birgalik” ma`nosi o‘ta mavhum ifodalanadi, chunki o‘rin kelishigi
mavhum   tushunchani   anglatadigan   so‘zga   qo‘shilib   keladi:   Saida   gap   tamom
bo‘ldi   degan   xayolda     o‘rnidan   turmoqchi   edi,   Nosirov   to‘xtatdi   (A.Qahhor)”
(O‘tg, 245).
-da     nafaqat   ko‘makchi   bilan   sinonimik   munosabatga   kirishadi,   balki   o‘zi
ko‘makchi   hosil   qiluvchi   vositaga   aylanishi   mumkin.   Bu   haqda   “O‘zbek   tili
grammatikasi”da   quyidagilar   yozilgan:   “Kelishik   formasida   ma`lum   ma`no
taraqqiyotiga   uchrab,   yangi,   mustaqil   mundarija   va   vazifa   kashf   etish   o‘rin
kelishigi  formasidagi  so‘zda ham  anchagina  uchraydi. Bu kelishik  affiksini  olgan so‘z   o‘z   turkumidan   ajralib   chiqib,   quyidagi   turkum   so‘zga   aylanadi:   …2.
Ko‘makchiga   aylanadi:   haqida,   to‘g‘risida   (Bular   aktiv),   xususida,   borasida,
tarzida,   yo‘sinda,   bobida   (Bular   passiv)   kabi:   Urushga   ketgan   o‘g‘li     to‘g‘risida
qora xat keldi  (A.Qahhor)”. (O‘tg,247-248).
Ko‘rinadiki,   -da     qo‘shimchasining   imkoniyatlari     faqatgina   kelishik   (o‘rin
va payt), yuklama, bog‘lovchilik doirasida chegaralanib qolmaydi. Balki unda so‘z
yasash   xususiyati   ham   mavjud.   Bu   esa   “O‘zbek   tili   morfem   lug‘ati”da   uning
to‘rtinchi   belgisi   sifatida   qayd   etilgan   va   “ un/da/moq,   al/da/moq,   in/da/moq,
hay/da/moq     kabilar   fe`llar   tarkibida   uchraydigan   yasovchi   bo‘lib,   -la
yasovchisining allomorfidir” deyilgan (G‘A., TA., QR.,410).
Demak,   uning   yangi   imkoniyati   yuzaga   chiqib,   ko‘makchi   hosil   qilishi   esa
bu maydonni yana ham kengaytiradi:  haq/i/da, to‘g‘ri/si/da, xusus/i/da, bora/si/da,
tarz/i/da,   yo‘sin/i/da,   bob/i/da     kabi.   Ushbu   misollar   yordamchi   so‘z
turkumlarining,   xususan   ko‘makchilarning   yasalmasligi   haqidagi   qarashlarni
o‘zgartirishga   olib   keladi.   Negaki,   bu   so‘zlarning   birontasining   – da
qo‘shimchasisiz   qismini   ko‘makchi   deb   ayta   olmaymiz   va   ularning   birlashuvi
jarayonini   leksikalizatsiya   hodisasi   deb   tushunamiz.   Ushbu   hodisa   tufayli   tildagi
ikki birlik qo‘shilib, ko‘makchi paydo bo‘lmoqda.
SHunday qilib, o‘rin kelishigi ko‘rsatkichi   - da   vosita, holat, birgalik singari
ma`nolarni   anglatish   barobarida   bilan     ko‘makchisiga   sinonimik   munosabatda
bo‘ladi.   Hatto   mana   bu:   Qalandarov   bir   haftaning   ichida     hamma   rasm-rusumni
joyiga qo‘yib, Hurinisoni  nikohlab olibdi    misolidagi   ichida    so‘zini   ichi bilan   ga
almashtirish mumkin. Mazmun  buzilmaydi  va bu erda ham  sinonimik munosabat
mavjud  bo‘ladi.  Ammo   shunday   qilinsa,   nutqdagi   osonlikka   intilish   qonuniyatiga
putur etadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, - da  ning ham,  bilan   ning ham
qo‘llanishida o‘z uslubiy imkoniyati va chegarasi mavjud.
Harqalay, o‘zbek tilida  – da  qo‘shimchasining grammatik imkoniyatlari keng
ko‘rinadi. U bir ma`nosida  bilan   ko‘makchisiga, boshqa bir ma`nosi bilan  va, ham
bog‘lovchilariga   ham   sinonim   bo‘la   olishi   mumkin:   keldida   ketdi,   kirdida   yotdi,
yotdida uxladi / keldi va ketdi, kirdi va o‘tdi, yotdi va uxladi.   Bu qiyoslanayotgan misollar o‘rtasidagi farq grammatik emas, balki uslubiy farq sanaladi. CHunki bu
yordamchi   so‘zlar   jumlalarda   bir   xil   grammatik   vazifani     -   tenglikning   ifoda
etayotgan   bo‘lsa   ham,   ma`lum   uslubiy   ayrichaliklarga   ega.   Birinchi   holatda
tenglikdan ko‘ra ketma-ketlik va ta`kid  ma`nosi kuchliroq. CHunki qo‘shimcha bu
erda   kelishikka   emas,   balki   yuklamaga   daxldor.   Ammo   A.G‘ulomov   va
R.Qo‘ng‘urovlar   unga   bog‘lovchi   sifatida   qarashadi:   “ - da.   V   bog‘lovchi,   bunday
vaqtda   u   va,   ham     bog‘lovchilari   bilan   sinonimik   munosabatda   bo‘ladi   (ma`no
ottenkasida   farq   bor):   …keldi/ da   ketdi   //   …keldi   va   ketdi;   kelsa/ da   ishlamadi   //
kelsa  h am  ishlamadi”. (G‘A.QR. O‘tml, 410).
-dan   bilan.   Sinonimik   munosabatning   bu   ko‘rinishida   biroz   zo‘rama-
zo‘rakilik   borday   tuyuladi.   Bu   – dan     va   bilan     birgalikda   o‘zlari   birgalikda
kelayotgan   so‘z   tarkibidagi   grammatik   o‘zgarishga   bog‘liq   holda   yuz   beradi:
O‘tirishi bilan   gap boshladi /  O‘tirgandan   gap boshladi:   o‘tirishi – o‘tirgan  kabi.
Quyidagi   chiqish   o‘rnini   bildirgan   holatlarda   ular   o‘rtasida   sinonimiyani
payqash   mumkin:   dala   bilan   keldim   /   daladan   keldim,   soy   bilan   keldim   soydan
keldim,   maktab   bilan   keldim   /   maktabdan   keldim   singari.   Bir   qaraganda   ularni
sinonim  deb atash qiyin. CHunki   –dan     ishtirok   etgan jumla to‘g‘ridan-to‘g‘rilik
ma`nosini   anglatmoqda.   Agar   bilan   ishlatilgan   holatni   birgalik   ma`nosida
tushunsak,   mantiqqa   zid   bo‘lishi   mumkin.   SHuning   uchun   bu   erda   ma`lum   izoh
talab   etiladi.   Bu   izoh   shundan   iboratki,   gapda   har   ikki   vosita   ham   alohida   ohang
bilan,   ya`ni   cho‘zib   talaffuz   etilsagina   sinonimik   munosabat   vujudga   kelishi
mumkin:   maktab   bila-a-n   keldim   /   maktabda-a-n   keldim     kabi.   Mana   shunday
holatda u   orqali, tomondan   ko‘makchilari bilan ham sinonim bo‘ladi:   dala orqali
keldim,   soy   orqali   keldim,   maktab   orqali   keldim;   dala   tomondan   keldim,   soy
tomondan  keldim,  maktab tomondan  keldim  singari.
Biroq   hamma   erda   ham   chiqish   o‘rin     ma`nosini   anglatgan   holatlarda   ular
sinonim   bo‘laveradi,   deyish   to‘g‘ri   emas:   qishloqdan   keldi,   yurakdan   gapirdi
deyiladiyu, ammo  qishloq bilan gapirdi, yurak bilan gapridi  deyilmaydi.
Harakatning   bajarilishida   vosita   bo‘lganda   sinonim   bo‘ladi:   SHu   yo‘ldan
boradi   mening yoshlik   ham, O‘sha  erdan  tilaydi  sharaf   (Zulfiya),   SHu   yo‘l   bilan boradi   mening   yoshlik   ham,   O‘sha   erdan   tilaydi   sharaf;   Bir   talay   sho‘x-shodon
talabalar   zina   bilan     ko‘tarilishmoqda   edilar   /   Bir   talay   sho‘x-shodon   talabalar
zinadan    ko‘tarilishmoqda edilar   singari.
Matndan sabab ma`nolari anglashilganda ham ular sinonim bo‘ladi:   Buncha
go‘zal,   bu   qadar   dilbar,   /   Zafar   bilan   yangragan   bu   soz!   (Zulfiya)   //   Buncha
go‘zal,   bu   qadar   dilbar,   /   Zafardan   yangragan   bu   soz!   G‘arbdan   kelgan   zulmat
so‘kildi   chok-chok,   /   Sening   o‘g‘illaring   ochgan   o‘t   bilan   (Zulfiya)   //   G‘arbdan
kelgan zulmat so‘kildi chok-chok, / Sening o‘g‘illaring ochgan  o‘tdan.
  Mana   shunday   holatlarda   ular   sababli,   tufayli     so‘zlari   bilan   ham   sinonim
bo‘la   olishi   ma`lum   bo‘lib   turadi.   So‘zlarni   chog‘ishtirish   hatto   bu   ikki   so‘z   va
bilan   o‘rtasidagi  sinonimik munosabatning   – dan   ga qaraganda yaqin va tabiiyroq
ekanligini ko‘rsatadi:   Mehnat bilan  zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi
(Zulfiya)   //   Mehnat   sababli   zumrad   dalalar   /   Kundan   kunga   dilbar   bo‘ladi   //
Mehnat tufayli  zumrad dalalar / Kundan kunga dilbar bo‘ladi.  YAna:  SHirin ekan
farzand,  u bilan  / Oilaga kirar ekan jon  (Zulfiya).
-dan   va   bilan   sinonimiyasida   nozik   holatlar   bor.   Masalan:   Sen     bilan
ajralishni istamayman  gapidagi  –ish  birgalik darajasini emas, balki harakat nomini
ifoda   etgan.   SHunday   ekan,   gapda   harakatning   bajaruvchisi   bir   kishi   va   bu   erda
bilan   ning   ishlatilishi   o‘rinli   emas.   Gap   Sendan   ajralishni   istamayman   tarzida
tuzilishi   kerak.   endi   boshqacha   holatni   tasavvur   qilaylik.   er-xotin   o‘zaro
munosabatlarini   aniqlashtirib,   birga   yashash-yashamasliklari   haqida   gap
ketayotgan   bo‘lsa,   unda   har   ikki   gap:   Sen     bilan   ajralishni   istamayman,   Sendan
ajralishni   istamayman   ham   maqsadga   yaqinlashtirmaydi.   Buning   uchun   gapda
harakat nomini hosil qiluvchi qo‘shimchadan tashqari yana birgalik nisbatni  hosil
qiluvchi – ish   qo‘shimchasi   Sen    bilan   ajralishishni istamayman   tarzida qo‘shilishi
zarur.  Bunday paytda ham – dan    va  bilan  o‘zaro sinonim bo‘la olmaydi. Masalan:
Sendan   ajralishishni   istamayman   deb   bo‘lmaydi.   Sen   bilan   ajralishmoqchiman/
Sen   bilan   ajralmoqchiman,   deyish   mumkin   bo‘lgani   holda   Sendan
ajralishmoqchiman,  deb bo‘lmaydi.   Sendan  ajralmoqchiman  gapining ma`nosi esa
umuman ikki kishi o‘rtasidagi munosabatni anglatadi. Bilan     ko‘makchisining     yordamida ,   ko‘magida,   vositasida,   davomida
singari   so‘zlar   bilan   sinonimik   munosabatda   bo‘lishi   ham   uning   bu   boradagi
imkoniyatlari   naqadar   kengayib   ketganligidan   dalolat   beradi:   yordamida   –   bilan:
CHamadonning   qulfi   yo‘q,   qoq   belidan   tasma   bilan   chandib   qo‘yilgan   edi
(O.YOqubov)   / CHamadonning qulfi yo‘q, qoq belidan   tasma yordamida   chandib
qo‘yilgan   edi;   ko‘magida   –   bilan:   YAshnab   ketdi   dilda   tilaklar,   /   Mehnat   bilan
gulladi   turmush   (Zulfiya)   //   YAshnab   ketdi   dilda   tilaklar,   /   Mehnat   ko‘magida
gulladi turmush; davomida – bilan:  Qishi bilan  etilgan tuproq / Qiz qo‘liga ochar
ko‘ksini   (Zulfiya)   //   Qish   davomida   etilgan   tuproq   /   Qiz   qo‘liga   ochar   ko‘ksini
kabi.
“O‘zbek tili grammatikasi”da “Ravishdosh” mavzusi yoritilish jarayonida –
( i)b   qo‘shimchasi   haqida   aytilgan   quyidagi:   “Bog‘lovchilik   vazifasini   o‘taydi   va
shu bilan birga fe`lning qandaydir bir formasi o‘rnida qo‘llanadi. Buni quyidagi bir
misoldayoq   ochiq   ko‘rish   mumkin:   Keksa   master   Kuznetsov   o‘z   shogirdlaridan
faxrlanib , u ham yaxshi bilaklar bilan bir-ikki so‘z aytdi-da, Omonovga o‘rin berdi
(Iboxon) .   Misoldagi   faxrlanib   formasi o‘rnida   faxrlandi-da    formasini va   aytdi-da
formasi o‘rnida  aytib   formasini qo‘llash mumkin. Demak  faxrlanib   formasidagi  –
(i)b     ravishdosh   yasovchisi   – di     affiksi   bilan     - da     bog‘lovchisiga   xos   tarzda
qo‘llanayapti”   (O‘tg,516)   mulohaza   doirasini   bilan     ko‘makchisi   hisobiga
kengaytirish mumkin. CHunki ayrim misollar tahlili – lanib  va  bilan  o‘rtasida ham
sinonimik   munosabat   shakllanishini   ko‘rsatadi:   Dunyo   ortiq   yorigandi   sen
tug‘ilganda,   /   YUragingni   sevinch   bilan   tingladi   onang   (Zulfiya)   //   Dunyo   ortiq
yorigandi sen tug‘ilganda, / YUragingni  sevinchlanib  tingladi onang; Kunda qizib
yotgan   qumliklaring   ham   /   Jilva   bilan   boqdi   mehribon   (Zulfiya)   //   Kunda   qizib
yotgan qumliklaring ham /  Jilvalanib  boqdi mehribon  singari.
Payt   ma`nosini   anglatadigan         ko‘makchisi   bilan   ham   sinonimik
munosabatga   kirishadi:   Qora   ko‘zlaringning   dilbar   nigohi   /   Kun   bo‘yi   yashaydi
aqlu   hushimda   (Zulfiya)     //   Qora   ko‘zlaringning   dilbar   nigohi   /   Kuni   bilan
yashaydi   aqlu   hushimda;   Goh   qiynaysiz,   goh   yayratasiz   /   Tuni   bo‘yi   bo‘lib yo‘ldoshim   (Zulfiya)   //   Goh   qiynaysiz,   goh   yayratasiz   /   Tuni   bilan   bo‘lib
yo‘ldoshim   kabi.
O‘rin   kelishigi   qo‘shimchasi   va   bilan     o‘rtasidagi   sinonimik   munosabatlar
R.Qo‘ng‘urovning   “O‘zbek   tili   stilistikasi”   asarida   keng   ko‘lamda   tahlil   qilingan
va unda o‘zaro almashishlar jarayonidagi ular bilan birga keladigan boshqa so‘zlar
tarkibida   yuz   beradigan   o‘zgarishlar,   agar   matn   she`riy   shaklda   bo‘lsa,   vaznning
saqlanishiga ta`siri masalalarida ham to‘xtalib o‘tilgan. Ularni sinonim deb qarash
mumkin bo‘lmagan holatlar haqida ham fikrlar bildirilgan. (QR, 126-129).
SHunday qilib, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun me`yoriy xarakterda bo‘lgan
ko‘makchisining   tarixan   bir   qancha   variantlari   bo‘lgan   va   ularning   juda   oz
qisimgina   badiiy   adabiyot   matnlarida   saqlanib   turibdi.   Bu   ko‘makchining   ayrim
kelishik   qo‘shimchalari   bilan   sinonimik   imkoniyatlari   keng   bo‘lib,   bu   narsa
ularning   uslublararo   vazifaviy   chegaralanishlarini   ham   belgilaydi.   A.Pardaevning
dissertatsion ishida boshqa sof ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil qilingan.
Hozirgi   adabiy   tilimizda   ham   funktsional   ko‘makchilarning   mavjudligi,
birinchidan,   ko‘makchilarning   tarixan   mustaqil   so‘zlardan   iborat   bo‘lganligi   va
ularning   dastlab   leksik   ma`no   anglatganligidan,   ikkinchidan   esa,   bu   jarayon   tilda
hali   ham   davom   etib   kelayotganligidan   dalolat   beradi.   Bu   toifadagi   ko‘makchilar
tilimiz tarixi tadqiqotchilarining kuzatsh ob`ekti bo‘lgan va bu tadqiqotlar natijasi
ularning   asosan   fe`l,   ot,   ravish,   ravishdosh   singari   mustaqil   so‘z   turkumlaridan
kelib   chiqqanligidan   dalolat   beradi.   Ana   shunday   mulohazalarni   U.Tursunovning
“O‘zbek   tilida   so‘ng   ko‘makchilar”,   Kononovning   “Poslelogi   v   sovremennom
uzbekskom   literaturnom   yazike”,   A.A.   Koklyanovaning   “Poslelogi   i   slujebnie
imena v uzbekskom yazike”, G.F. Blagovaning “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy
tilidagi ko‘makchilar haqida”, S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan
qisqacha   ocherk   (XI   asr   yozma   yodgorliklari   asosida)”,   A.M.   SHerbakning
“Grammatika starouzbekskogo yazika”, G‘.Abdurahmonov va SH. SHukurovning
“O‘zbek   tilining   tarixiy   grammatikasi”,   H.G‘.   Ne`matovning   “XI-XII   asr   yozma
yodgorliklarida   ko‘makchilar”,   T.Rustamovning   “Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida
ko‘makchilar”,   “Sof   ko‘makchilar”,   e.   Fozilovning   “O‘zbek   tilining   tarixiy morfologiyasi”,   J.Hamdamovning   “O‘zbek   tili   tarixi.   Ikkinchi   qism.   Tarixiy
morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” kabi asarlaridan topishimiz mumkin bo‘ladi.
Funktsional   ko‘makchilarning   sof   ko‘makchilardan   ajralib   turadigan
xususiyati   ularning   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilida   bir   tomondan   o‘zning   dastlabki
leksik   ma`nolarini   saqlab   kelayotganligi   bo‘lsa,   ikkinchi   tomondan   gapning
shakllanishida   ma`lum   grammatik   vazifalarni   bajarishi   bilan   bog‘liq.   Ulardagi   bu
xususiyatni   H.Ne`matov   ravish   ko‘makchilar   misolida   quyidagicha   izohlagan:
“Ravish ko‘makchilar so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi, o‘ta
abstrakt   ma`noga   ega   ekanligi   va   shuning   uchun   kelishik   formalarini
ko‘makchilarga   yaqinlash(tir)sa,   o‘z   grammatik   ma`nosining   mustaqil   so‘z   –
ravishning   lug‘aviy   ma`nosi   bilan   aloqadorligi   va   nutqda   mustaqil   qo‘llana   olish
qobiliyati   bilan   ot   ko‘makchilarga   yaqin   turadi;   ravish   ko‘makchilar   sof   va   ot
ko‘makchilar   orasida   oraliq   o‘rinni   egallaydi.   Bu   oraliq   o‘rin   asosida   ravish
ko‘makchilarda   yo   sof   ko‘makchilarga   (ya`ni   grammatik   ma`nosining   leksik
ma`nodan   batamom   uzilishi)   yoinki   ot   ko‘makchilarga   o‘tish   (ya`ni   egalik   va
kelishik   affikslari   bilan   birikib   kelish)   tendentsiyasi   ko‘zga   yaqqol   tashlanadi.
SHuning   uchun   uze,   otru     ravish   ko‘makchilar   o‘z   xususiyati   bilan   sof
ko‘makchilarga   yaqinlashsa   (mas.,   anin   otru   (Q.2562)-   “bu   tufayli   andin   otru
o‘rnida,   senin   uze   -   sende ” ),   boshqa   bir   necha   ko‘makchilarda   (chunonchi   asra,
tegre,   on,   basa     va  h.k.)   ot   ko‘makchilarga   o‘tishni   ko‘rish   mumkin”.   ( Ne`matov
H.G‘.    XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar, 45). 
H.G‘.Ne`matov     funktsional   ko‘makchilarga   nisbatan   “mustaqil-yordamchi
so‘zlar” atamasini qo‘llaydi .   Olimning fikri qanchalik ilmiy asosga ega ekanligini
anglab   olish   maqsadida   uning   bu   borada   qayod   etganlarini   batafsil   keltirishga
to‘g‘ri   keladi:   “Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlardan   farqlash   maqsadida   ham
mustaqil,   ham   yordamchi   vazifasida   kela   oladigan   so‘zlarni   mustaqil-yordamchi
so‘zlar  deb ataymiz.
Sof ko‘makchilar funktsiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega
emasligi,   mustaqil   so‘zlarsiz   qo‘llana   olmasligi   bilan,   qisman   bo‘lsa-da,
qo‘shimchalarga   (kelishik   affikslariga)   o‘xshasa,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar morfologik   xususiyatlari,   yakka   holda   qo‘llanila   olishi   bilan   mustaqil   so‘zlarga
yaqin   turadi.   Demak,   mustaqil-yordamchi   so‘zlar   sof   yordamchi   so‘zlar   va   sof
mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi.
…dialektik   materializm   noantogonistik   qarama-qarshi   tomonlar   bir-birini
rad   etibgina   qolmay,   ularning   birlashishini   ham   tan   olish   dialektikaning   muhim
elementlaridan   biri   ekanligini   uqtiradi.   …Ikki   qarama-qarshi   elementlar
(elementlar   gruppasi)ning   xususiyatlarini   o‘zida   mujassamlashtiruvchi   element
dialektik logikada  oraliq uchinchi  (vklyuchennioe tret’e) deb ataladi va u dialektik
logikaning   muhim   elementlari   sanaladi.   Dialekti   logika   ta`limoticha,   ikki   o‘zaro
qarama-qarshi   element   orasidagi   orliq   uchinchi,   uning   ta’iati   ochilmaguncha,
elementlarning mohiyati o‘rganilgan hisoblanmaydi.
Mustaqil   va   sof   yordamchi   so‘zlar   orasidagi   munosabatlarni   oraliq
uchinchisiz   –   mustaqil-yordamchi   so‘zlarsiz   aniqlash   qiyin.   SHuning   uchun
yordamchi   so‘zlarni   hech   qanday   mustasnosiz   yo   qo‘shimchalar,   yoyinki   so‘zlar
sostaviga   kiritish   bir   tomonlama   fikr   dir;   yordamchi   so‘z   turkumlarida   ularni
qo‘shichalar   bilan   yaqinlashtiruvchi   elementlar   ham,   mustaqil   so‘zlar   bilan   ham
yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud
Oraliq   uchinchining   til   sistemasidagi   o‘rni   juda   katta;   ular   til   struktur
elementlari   taraqqiyotining   natijasi   bo‘lib,   til   sistemasining   uzluksizligini   (tildagi
turli   xususiyatlarga   ega   bo‘lgan   elementlarning   uzluksiz   ravishda   bir-biri   bilan
bog‘lanishini)   ta`minlaydi”.   ( Ne`matov   H.G‘.     XI-XII   asr   yozma   yodgorliklarida
ko‘makchilar, 48-50).
Darhaqiqat,   ko‘makchilarning   funktsional   ko‘makchilar   deb   ataladigan
ma`lum qismi mustaqil va yordamchi so‘zlar oralig‘ida ekanligiga hech kim e`tiroz
bildirmaydi.   SHunday   ekan,   H.Ne`matovning   bu   boradagi   qarashlari   ham   chuqur
ilmiy asosga egadir.
Bizni   bu   o‘rinda   mavzu   tadqiqi   talabdan   kelib   chiqib,   funktsional
ko‘makchilardagi   birinchi   xususiyatni   e`tibordan   qochirmagan   holda   uning
ikkinchi   xususiyati   –   ko‘makchilik   vazifasini   bajarishdagi   o‘ziga   xosligi
qiziqtiradi,   albatta.   Ularning   asosiylari   sifatida   quyidagilarni   ko‘rsatish   mumkin: avval, avval, asno, asosan, atrofida, baravariga, beri, bo‘yi, bo‘ylab, bo‘lak, bob,
boshlab,   boshqa,   buyon,   burun,   davomida,   deb,   dovur,   yoq,     yon,     ilgari,   ich,
yo‘lida, keyin,   ketidan, ko‘ra, misol, muvofiq, nari, nariga,   natijasida,   nisbatan,
oldin,   oldida,   ora,     orasida,   ost,     osha,   ro‘para,   sifatida,   so‘ng,   soyasida,   tag,
taraf, tashqari, tepa, to‘g‘rida/to‘g‘risida, tomon, tortib, tub,  ust,  ustida, xususan,
xususida, chamasi, yaqin, o‘zga, o‘rniga, o‘rtasida, qarab, qaramay, qaramasdan,
qarshi, qatorida, qosh, holda, huzuri (-ga, -da).
Ishda   hozirgi   o‘zbek   tilida   nisbatan   faol   hisoblagan   ko‘makchilar   atrofida
mulohaza yuritilgan. 
AVVAL. “Izohli   lug‘at”da   avval     so‘zining   4   ma`nosi   berilgan   bo‘lib,   u
birinchisida   ot,   ikkinchi   va   uchinchi   ma`nolarida   ravish,   faqat   to‘rtinchi
ma`nosidagina   ko‘makchidir:   “4. ko‘m.   (bosh   kelishik   va   chiqish   kelishigi   bilan)
Biror voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqda so‘z borayotgan
vaqtdan oldin bo‘lganligini bildiradi.  Uchrashuvdan avval. Bundan to‘rt yil avval ”.
(O‘TIL.I,23). 
“O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da bu so‘zning sinonimik qatoriga
ilgari, oldin, burun, qadim    so‘zlari kiritilgan. A.Hojiev bu birliklarning mustaqil
va   yordamchi   ma`nolarini   farqlab,   quyidagilarni   yozadi:   “ Avval,   ilgari,   oldin,
burun   so‘zlari chiqish kelishigidagi  so‘zni yoki vaqt bildiruvchi so‘zni boshqarib,
ko‘makchi   so‘z   vazifasida   qo‘llanadi   va   harakat-hodisaning   chiqish   kelishigidagi
so‘z   bildirgan   narsa-hodisagacha   bo‘lgan   vaqtga   oidligini   biliradi.   Bunda   ularga
muqaddam  so‘zi ham sinonim bo‘ladi”. (HA.O‘TSIL,9).
“O‘zbek   tili   grammatikasi”da   esa   oldin/avval,   burun,   ilgari
ko‘makchilarining   sharhi   berilgan.   Jumladan   quyidagilar   qayd   etilgan:
“ Oldin/avval.   Bu ko‘makchilar   burun     va    ilgari    ko‘makchilariga sinonim bo‘lib,
ular   bildirgan   ma`nolarni   anglatadi:   Urushdan   oldin     (/ avval,/burun / ilgari )
qurilgan”.(I,558).   “ Burun.   Bu   ko‘makchi   ish   va   harakatni   o‘zi   biga   kelgan   so‘z
anglatgan   ish-harakatdan,   voqea   va   bajaruvchi   shaxslardan   oldin   sodir   bo‘lgani
ma`nosini   anglatadi:   Tansiq   o‘z   ishini   hammadan   burun   bajarib   uyga   qaytdi
(Oybek)”.(I,557). “ Ilgari.  Bu ko‘makchi payt munosabati bildirib, biror hodisa, ish- harakatning voqe bo‘lishida undan oldin sodir bo‘lgan hodisa yoki vaqt ma`nosini
bildirish   uchun   qo‘llanadi.   Quyidagi   so‘zlar   bilan   munosabatga   kirishadi:   Ot   va
olmoshlar bilan keladi:  Bu korxayr. Sendan  ilgari  men tarafdorman  (Oybek). Vaqt
bildiruvchi   so‘zlar   bilan   keladi:   Bundan   o‘n   besh   kuncha   ilgari   Kumush   onasiga
bir xat yozgan edi  (A.Qodiriy). Fe`l formalari bilan keladi:  Amrga e`tiroz etishdan
ilgari shu to‘g‘rida javob bersangiz  (A.Qodiriy)”.(I,558).
Ushbu   ko‘makchi   tadqiqiga   bag‘ishlab   T.Qurbonov   va   N.Ernazarovlar
“YOrdamchi so‘zlar stilistikasiga doir” nomli maqola e`lon qilishgan (QT., eN. 77-
81).   Maqolada   avval     ko‘makchi   sifatida   bosh   yoki   chiqish   kelishigidagi   ot,
otlashgan so‘zlarni boshqarib, ularning hokim bo‘lakka tobelanishini ko‘rsatuvchi,
shu   ma`noda   unga   ilgari,   burun,   muqaddam,   oldin,   qadim     kabi   so‘zlar   sinonim
bo‘lib   kela   olishi,   ular   uchun   umumiy   bo‘lgan   ma`no   xususiyati   –   voqea-hodisa
yoki   ish-harakatning   o‘tgan   vaqtda,   hozirga   qadar   sodir   bo‘lganligini   anglatish
ekanligi, ammo ular hamma vaqt ham funktsiyadoshlik qilavermasligi haqida gap
boradi   hamda   oldin     so‘zi   avval     ko‘makchisining   asosan   og‘zaki   so‘zlashuv
nutqiga   xos   sinonimi   hisoblanishi,   o‘zbek   fol’klori   asarlari   tilida   esa   avval   ning
sinonimi sifatida   qadim    so‘zi ko‘plab qo‘llanganligi ta`kidlanadi. SHundan so‘ng
maqolada yuqorida keltirilgan sinonimik qatordagi so‘zlar o‘zaro vazifadoshligiga
ko‘ra   tahlil   qilinadi.   Birinchi     tartib   soni   ham   ayrim   holatlarda   ko‘makchi
vazifasini   bajarib   kelishi   mumkinligi   aytilib   quyidagi   misolni   keltiradi:   Birinchi
o‘zlaring buzasanlar qoidani, deb to‘ng‘illadi   (S.Siyoev). (QT., eN. 78-79). 
Aytilganlarga   quyidagilarni   qo‘shimcha   qilish   mumkin:   dominantasi   avval
so‘zi bo‘lgan sinonimik qatordagi so‘zlarning o‘rnini bemalol almashtirib qo‘llash
mumkin va bunda deyarli mazmunga putur etmaydi. Ular orasida faqat  ilgari   so‘zi
bo‘g‘inlar   soniga   ko‘ra   ulardan   farqlanadi   va   buning   she`riy   asarlar   uchun
ahamiyati   bor:   Turkman   qiz   quyoshdan   turib   ilgari,   Ko‘tarma   kranda   yuksak
uylarni…   (Zulfiya)-   Turkman qiz quyoshdan turib   avval,   Ko‘tarma kranda yuksak
uylarni…   Hatto   tomchisidan   ilgari   kelib   Terib   olajakmiz   har   ko‘sak   durni!
(Zulfiya)   -   Hatto   tomchisidan   avval   kelib   Terib   olajakmiz   har   ko‘sak   durni!
(Zulfiya). Sinonimik   qatordagi   so‘zlarga   uslub   talabi   nuqtai   nazardan  qaraganda   ham
A.Hojievning   quyidagi   fikrlarini   inobatga   olish   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi:
“ Avval,   oldin     so‘zlari   kontekst   yoki   boshqa   biror   vosita   yordamisiz   “o‘tmish”
ma`nosini   aniq   ifodalay   olmaydi.   Ilgari,   burun,   qadim     so‘zlari   esa   “o‘tmish”
ma`nosini   aniq   ifodalay   oladi.   Ilgari   so‘zi,   ko‘pincha,   avval,   oldin   so‘zlariga
nisbatan   uzoqroq   o‘tmishni   ifodalash   uchun   qo‘llanadi.   Oldin   ko‘proq   oddiy
so‘zlashuvga   xos.   Burun   so‘zi   ilgari   so‘ziga   nisbatan   ham   uzoqroq   o‘tmishni
bildiradi. Lekin  ilgari, avval, oldin  so‘zlariga nisbatan kam qo‘llanadi.  Qadim  so‘zi
burun  so‘ziga nisbatan ham uzoq o‘tmishni bildiradi” (HA.O‘TSIL,8). Darhaqiqat,
mana   bu   misollarda   bayon   etilayotgan   voqeadangina   oldin   bo‘lganini   ma`lum
qilish uchun ishlatiladi:   Lekin uni bag‘rimga bosishdan    avval,   Temir kishanlarini
ko‘zimga   surtdim!   (Zulfiya) .   Mavlono       Fazliddin       devor     tepasidagi     xatarga
Xonzoda   begim hammadan   avval   ro‘baro‘   bo‘lishidan     qo‘rqdi-yu,   zinapoyaga
birinchi bo‘lib  qadam  qo‘ydi   (PQ,YUT,134).  Oldin  ko‘makchisi orqali esa bo‘lib
o‘tgan   voqea-hodisaning   vaqt   nuqtai   nazaridan   mavhumligi   ifoda   etilishi   ma`lum
bo‘ladi:   Ular     hali     biror     marta     hamsuhbat     bo‘lmaslaridan   va   ruhan
yaqinlashishga     ulgurmaslaridan   oldin   boshlangan     jismoniy     yaqinlik     Bobirga
uyat     ishdek     tuyular     va     uning       ilgarigi       musaffo     tuyg‘ularini     poymol
qilayotganday   bo‘lardi.  (PQ,YUT,158).  Ular  ayvonga  chiqar  ekanlar, Mavlono
Fazliddin     bundan     salkam   uch   yil   oldin   Quvasoy   bo‘yida   bo‘lib   o‘tgan     qonli
voqealarni  yana bir esladi  ( PQ,YUT,99).
Bu   holat   uning   rasmiy   va   ilmiy   uslublar   doirasida   ham   faol   qo‘llanilishiga
asos   bo‘ladi:   Ilmiy   unvon   berish   haqidagi   qaror   o‘n   yildan   ko‘proq   vaqt   oldin
qabul   qilingan   bo‘lsa,   uning   qanchalik   asoslanganligi   xususidagi   masalani
attestatsiya organlari ko‘rib chiqmaydi.  (OAK Nizomi,39).
Ilgari     so‘zi   ham   ko‘makchi   sifatida   kitobiy   uslublarda   faoldir:   Kengash
majlisini   ochish   oldidan     “Ilmiy   darajalar   berish   tarkibi   to‘g‘risida   Nizom”ga
muvofiq   ilgari   tuzilgan   komissiya   xulosasining   loyihalari   kengash   a`zolariga
tarqatiladi.  (OAK Nizomi,9). Ammo   burun,     muqaddam   va   qadim   so‘zlarining   hozirgi   adabiy   tilimizda
qo‘llanish   doirasi   bir   qadar   chegaralanib   qolganligi,   asosan   badiiy   matnlarda
ishlatilayotgani  kuzatiladi:   Bundan    uch    kun   burun   naqshbandiy    darvishlaridan
biri    Zuhra  begimga   SHayboniyxondan         maxfiy     bir     xat  keltirib     bergan     edi
(PQ,YUT,168).  Lekin  bundan o‘n besh kuncha   burun  Ahmad Tanbal degan yana
bir   badavlat   bek   Mulla   Fazliddinni   so‘roqlab,   kechki   payt   uning   uyiga   keldi
( PQ,YUT,15).  G‘ani Murodov ikki yil  muqaddam  otpuska olib va shu bilan birga
maktabdan   ham   bo‘shab   ketgan   edi   (P.Tursun) .   Nimadir   qalbimni   uyg‘otib,
bahordan   ilgari     Qo‘zg‘atar   vulqonday   sevinchbaxsh   ilhomlar     (Zulfiya).   SHu
bilan   birga   huquqshunoslar   avval     o‘rniga     muqaddam   ni   qo‘llashni   afzal
ko‘rishadi:… bundan   muqaddam   sudlanmagan     (tergov   bayonnomasidan).
Qabriston bundan o‘n yillar  muqaddam   to‘lganligi uchun marhumlar dafn etilmay
qo‘yilgandi,   shu   sababli   bu   tomonga   odamlar   kam   qatnardi   (I.Nishonov.   Qabr
ichidagi qasr,2).
Avval   ga   boshda     so‘zning   ham   ko‘makchi   sifatida   sinonim   bo‘la   olishi
mumkinligi   uning   nutqiy   qamrov   ko‘lamini   yanada   kengaytiradi:
Kalavalanmasdan   boshda   shu  gapni  ayta  qolsang   bo‘lmaydimi!   (So‘zlashuvdan).
Xalq   tilida     avval   boshdan   degan   jumlaning   qo‘llanilish   ham   ularning   o‘zaro
sinonim bo‘la olishini tasdiqlovchi dalildir. Ishda boshqa funktsional ko‘makchilar
ham ana shu tarzda tahlil etilgan.
Turkiy   tillarda   yordamchi   so‘zlar   tizimida   qaraladigan   bog‘lovchilar
grammatik   jihatdan   o‘zgarmaydi   va   mustaqil   lug‘aviy   ma`noga   ega   bo‘lmaydi.
Ulardan   gap   bo‘laklari   hamda   ayrim   gaplarning   tuzilishi   va   ma`nolariga   ko‘ra
bo‘ladigan   turli   xil   munosabatlarni   ifodalash   uchun   qo‘llaniladi.   Bog‘lovchilar
o‘zlari   bog‘lagan   ayrim   so‘zlar   va   ayrim   sodda   gaplarning   o‘zaro   qanday
munosabatda   ekanliklarini   ko‘rsatish   bilan   birga,   shu   munosabatlarining   turini,
xususiyatlarini ifoda etadi.
O‘zbek tilshunosligida bog‘lovchilar grammatik yo‘nalishda atroflicha 
o‘rganilgan. Prof. A.Muxtorov bog‘lovchilarning grammatik xususiyatlarini  o‘rganish sohasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan. U “Hozirgi o‘zbek tilida 
bog‘lovchilar” (1953)  mavzuidagi  nomzodlik ishini ham himoya qilgan. 
Prof.M.Asqarova “O‘zbek tilida bog‘lovchi-yuklamalar haqida” nomli maqolasini 
e`lon qilish bilan yordamchi so‘zlar orasida bir-biriga ko‘chish, birining vazifasini 
ikkinchisi bajarishdek xususiyat barcha yordamchi so‘zlarga xos ekanligini ilmiy 
jihatdan asoslashga muvaffaq bo‘lgan edi. ( Asqarova M.  O‘zbek tilida bog‘lovchi-
yuklamalar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti, 1962, 5-son.) 
O‘zbek   tilida   ergashtiruvchi   bog‘lovchilarning   taraqqiyot   tarixi   esa
A.Matg‘oziev   tomonidan   maxsus   tadqiq   etilib,   nomzodlik   dissertatsiyasi   sifatida
himoya qilingan edi (1966).
Ilmiy adabiyotlarda bog‘lovchilar  gapdagi vazifasiga ko‘ra quyidagicha ikki
turga ajratib tasnif qilinadi: a) teng bog‘lovchilar, b) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
(Hozirgi o‘zbek adabiy tili, ikki tomlik, I tom. – T.: Fan, 1966, 360-bet; O‘zbek tili
grammatikasi,  I   tom,  567-bet;   Mirzaev  M., Usmonov   S., Rasulov  I . O‘zbek  tili.  –
T.:O‘qituvchi,   1978,   148-bet;   SHoabdurahmonov   SH.,   Asqarova   M.,   Hojiev   A.,
Rasulov   I.,   Doniyorov   X.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili,   1-qism.   –   T.:   O‘qituvchi,
1980,   425-bet;   Tursunov   U.,   Muxtorov   A.,   Rahmatullaev   SH.   Hozirgi   o‘zbek
adabiy tili. – T.: O‘zbekiston, 1992, 382-bet). 
Gap   bo‘laklari   va   ayrim   sodda   gaplar   orasidagi   teng   munosabatlarni
ifodalovchi   bog‘lovchilar   teng   bog‘lovchilar     deb   yuritiladi.   ergashtiruvchi
bog‘lovchilar esa qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash
uchun   xizmat   qiladi.   Agar   va,   hamda,   ammo,   lekin,   biroq,   yo,   yoki,   yohud,   dam-
dam,   bir-bir,   goh-goh,   goho,   ba`zan-ba`zan   singari   bog‘lovchilar   teng
bog‘lovchilar   tarkibiga   mansub   bo‘lsa,   chunki,   shuning   uchun,   agar,   agarda,
basharti,   agarchi,   go‘yo,   go‘yoki,   -ki,   -kim,   ya`ni     singari   bog‘lovchilar   esa
ergashtiruvchi   bog‘lovchilar   sirasiga   kiradi.  Bog‘lovchilarning  bunday  tasnifi  shu
kungacha nashr etilgan  deyarlik barcha ilmiy adabiyotlarda takrorlanadi.
Bog‘lovchilarning nutq jarayonida o‘rinli, maqsadga muvofiq holda 
qo‘llanishi vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uslubiy g‘alizlikning oldini oladi.  Ularning nutqdagi qo‘llanishi esa pragmatik (hosila) ma`nolarning vujudga kelishi 
bilan bog‘liq.
  Pragmatika   tilshunoslikning   nazariy   va   amaliy   tarmoqlaridan   biri   sifatida
insonning   ijtimoiy   faoliyatini   o‘zida   mujassamlashtirgan   nutqiy   jarayon,   nutqiy
vaziyat   ta`siri   bilan   namoyon   bo‘luvchi   kommunikativ   niyat   bilan   bog‘liq
tushunchalarni   o‘rganadi.   Pragmatika   nutqiy   aktning   bevosita   matn   bilan
munosabatini   o‘rganadi.   Nutqiy   akt   bilan   matn   o‘rtasidagi   o‘zaro   xilma-xil
munosabat   pragmatikaning   asosiy   o‘rganish   ob`ekti   sanaladi.(   Nurmonov   A.,
Hakimov   M.   Lingvistik   pragmatikaning   nazariy   shakllanishi   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti,   2001,   4-son,   55-bet).   Masalan,   shoir   Abdulla   Oripovning   “Yillar
armoni” to‘plamidan olingan quyidagi parchaga diqqat qilaylik:  
                         Men kuylayman goh dilda qadar ,
                         Goh sevinib she`r to‘qiyman men.
                         Tinglamasa o‘zgalar  agar
                         O‘z-o‘zimga she`r o‘qiyman men  
Keltirilgan   matnda   goh     teng   bog‘lovchisining   ikki   misrada   ham   takror
qo‘llanishi lirik qahramonning xatti-harakati ( kuylayman, she`r to‘qiyman va she`r
o‘qiyman )ning   davomiyligi,   bir-biri   bilan   uzviy   bog‘liqligini   ifodalashga   xizmat
qiladi.    
  Endi   quyidagi   nasriy   parchaga   diqqatni   qarataylik:   SHahardagi   hamma
soatlar besh minut ilgari –   noto‘g‘ri bo‘lsa va hamma shunga amal qilsa , sening
soating besh minut keyin – to‘g‘ri bo‘lganidan nima foyda?!  (A.Qahhor. Hikmatga
moyil fikrlar).
Keltirilgan  bu parchada  va    biriktiruvchi bog‘lovchi   qo‘llanib, uyushiq 
bo‘laklarni o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kiritishi pragmatik hosila 
ma`no – ko‘pchilik ozchilikni engadi, oqimga qarshi suzib bo‘lmaydi, degan 
muhim ijtimoiy-falsafiy  fikrning yorqin ifodalanishiga vosita bo‘lgan. Bu esa har 
qanday gapdan anglashiladigan mazmun bilan fikr sub`ekti o‘rtasidagi  
munosabatlar  pragmatikaga dahldor ekanligini ko‘rsatadi. Nutqiy akt, predikativ 
bo‘lmagan so‘zlar, kontekst, nutqiy vaziyat, so‘zlovchi shaxsi kabi tushunchalar  lingvistik pragmatikaning markaziy tushunchalari qatoriga kiradi. Bunday 
tushunchalar matn tarkibidagi teng bog‘lovchilar pragmatikasi tadqiqida ham 
muhim ahamiyatga egadir.
  Har   qanday   til   birligi,   jumladan   yordamchi   so‘zlar   tarkibiga   kiruvchi   teng
bog‘lovchilar   ham     nutq   jarayonida   pragmatik,   hosila   ma`no   kasb   etadi.     Aslida
bog‘lovchilar   qo‘shma   gap   tarkibidagi   ayrim   sodda   gaplarni   hamda   uyushiq
bo‘lakli murakkab sodda gaplar orasidagi turli xil munosabatlarni ifodalash uchun
qo‘llanuvchi   yordamchi   so‘zlardir.   ( SHoabduraxmanov   SH.   va   bosh.   Hozirgi
o‘zbek adabiy tili, 1-qism. – T.: O‘qituvchi, 1980, 424-bet). Matn talabi bilan ular
xilma-xil pragmatik, hosila ma`nolar ham kasb etishi mumkin. Masalan, quyidagi
matnga   diqqat   qilaylik:   Samarqand   –   o‘zining   boy   tarixi,   buyuk   madaniyati,
muqaddas   obida   va   koshonalari   bilan   shuhrat   qozongan   dunyo   taraqqiyotining
beshiklaridan   biri   bo‘lib,   bugun   ham   o‘z   salohiyati   va   betakror   qiyofasi   bilan
jahon   miqyosida   ming-minglab   muxlislarni   o‘ziga   maftun   etib   kelayotgani,
xalqimizning   g‘urur   va   iftixoriga   aylangani   haqida   gapirish   ortiqcha,   deb
o‘ylayman  (I.A.Karimov).
  Bu   matnda     va   bog‘lovchisi   uch   marta   takror   qo‘llangan,   birinchi   marta
( obida va koshonalari  bilan ) va  ikkinchi  marta qo‘llanish ( salohiyati  va betakror
qiyofasi   bilan )   uyushiq   bo‘lakli   aniqlovchilarni   ta`kidlash,   matnga   kuchli,
ko‘tarinki   ruh bag‘ishlash uchun xizmat qilgan. So‘nggi qo‘llanishda esa ( g‘urur
va iftixoriga aylangani ) to‘ldiruvchilardan birining tushirib qoldirilgan grammatik
ko‘rsatkichlarini ( -iga ) mantiqan tiklanishi uchun vosita vazifasini bajaradi.
  Ba`zan   nasriy   matnlarda   ortiqcha   jimjimadorlikka   intilib,   ortiqcha,   noo‘rin
qo‘llangan biriktiruv bog‘lovchilari ham ko‘zga tashlanadi:   Muhabbat – g‘ishtlari
sog‘inch  va  hijron  olovida  pishgan,   loylari  ko‘z   yoshlaridan   qorilgan,  balandligi
umid va orzulardan  ko‘tarilgan ,   mardlik va  fidoyilikdan ziynatlangan  va sadoqat
tufayli   abadiyatga   yuz   tutgan   minoradir   (Muhammad   Ismoil.   YOzuvchi   yon
daftaridan).   Bu   matnda   va     bog‘lovchisining   to‘rt   marta   qo‘llanishi,   yuqorida
keltirilgan   matnning   ayniqsa   oxirgi   qismlarini   tushunishni,   undagi   pragmatik
ma`noni anglash jarayonini qiyinlashtiradi.     SHe`riy matnlarda  biriktiruv bog‘lovchilari turli xil pragmatik 
imkoniyatlarini ko‘proq namoyon etadi. Masalan, taniqli shoir, O‘zbekiston 
Qahramoni  Abdulla Oripovning “Hakim va Ajal” dostonidan olingan quyidagi 
parchalarga diqqat qilaylik:  
                       1.  Kori xayrga baxsh etardi lahzayu onni,
                        Ortar edi kitobida  qayd va sahifa.
Matnda  –yu  yuklamasi bilan  va  bog‘lovchisi o‘zaro ma`nodoshlik hosil 
qilgan. Qiyoslang:  lahzayu onni // lahza va onni; qayd va sahifa // qaydu sahifa .    
                2.   Uni taftish qilmoqdaydi Malika ayon
                     Va barobar pinxon dilin borardi yorib.
Matnda  va  bog‘lovchisi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash hamda bog‘langan 
qo‘shma gapni vujudga keltirish vositasi sifatida ko‘rinadi.
                      3.  Va axiyri panoh  istab  kelmish bu tomon,
                     Dong‘i ketgan ulug‘ Hakim, yurtdosh vazirga  
  Matnda  va  bog‘lovchisi oldingi gapni keyingi gap bilan bog‘laydi, shu 
asosda  mantiqiy bog‘lanish vujudga keladi.
                  4.  Nogahonda duv yorishdi Hakimning yuzi,
                   Dedi: - Olgil istagancha  oltin va kumush,
                  Seni menga parvardigor yo‘lladi o‘zi,
                  Topshiraman senga Mirzo, og‘ir bir yumush.
  Matnda  va  bog‘lovchisi  uyushiq to‘ldiruvchilarni o‘zaro bog‘lash uchun 
vosita bo‘lmoqda.
                  5.   Qirqqa etgach jonlanadi marhum mutlaqo,
                   Tilga kirar va oyoqqa turgaydir  beshak  
  Bu matnda  va   bog‘lovchisi so‘zlarni emas, balki iboralarni o‘zaro 
bog‘lashga xizmat qilmoqda: qiyoslang:  tilga kirmoq va oyoqqa turmoq .
                      6.   Bormikin yo tiriklikda o‘zga tartibot,
                      CHeklimikan mavjudotning haddi, sanog‘i?
                      Lekin bunda mantiq qani? Asli ne murod?
                       Barobarmi yaxshi bilan yomonning dog‘i ?  
  Bu matndagi   bilan   yordamchisi biriktiruv bog‘lovchisi  va   ga ma`nodosh 
vazifani bajarmoqda:  qiyoslang:  yaxshi bilan yomonning // yaxshi va yomonning.
                       7.  Ko‘nikdilar asrlar ham taqdir ishiga,
                       Saltanatlar kelib ketdi  takror va  takror.
                       Faqat Hakim buyuk CHarxning aylanishiga
                     Sukut ichra quloq tutib yotar bedor.    Bu o‘rinda aynan bir so‘z  (takror)  ning yonma-yon bog‘lovchi yordamida 
qo‘llanishi matn orqali ifodalanayotgan chuqur davomiylik, an`anaga sadoqat 
motivlarining ifodasi uchun xizmat qilmoqda.  
                      8.  Badaviy shaklida kelib Azroil
                       Muhammadga dedi: - Joningni olgum.
                       Va lekin hurmatga erursan noil,
Tila   tilagingni,  do‘st   bo‘lib  qolgum… ;   Baharhol   ro‘shnolik   bo‘lsa   bir   qo‘y
so‘yib   yuborishga   harakat   qilingiz   va   lekin   men   aytgan   gap   yodingizdan
ko‘tarilmasin  (A.Qodiriy. Obid ketmon) kabilar.
  Oxirgi parchalarda   va lekin   bog‘lovchilari yonma-yon kelib, uslubiy ma`no
ifodalashga   xizmat   qilayotir.   Bundan   ko‘rinadiki,   yordamchilar,   jumladan
biriktiruv   bog‘lovchilari   matn   talabi   bilan   turlicha   pragmatik   (hosila)   ma`nolarni
ifodalashga xizmat qiladi.  
  Biriktiruvchi   bog‘lovchilar   gapning   uyushiq   bo‘laklarini,   qo‘shma   gap
tarkibidagi ayrim sodda gaplarni bir-biri bilan munosabatga kiritadi. O‘zbek adabiy
tilida   bunday   bog‘lovchilardan   eng   faol   qo‘llanadigani   va        bog‘lovchisidir:   Oy
suzar   osmonda   oppoq   va   masrur   //   Huv,   cho‘qqiga   chiqqaning   zamon
(H.Aslanova);  Tong tortig‘i sahifa  va  sahifa nomlar // Bir kungina qo‘shiq tug‘may
botmaydi   shomlar   (M.YUsuf);   Oradan   bor-yo‘g‘i   uch   kun   o‘tdi   va   g‘uriylar
orasidagi sotqinlar kirdikorlari fosh bo‘ldi  (E.Samandar. Sulton Jaloliddin);  Ko‘ksi
to‘la   oppoq,   to‘zgan   soqoli   //   Oq   yaktak,   o q   ishton   va   yalangoyoq   (SH.Qurbon);
Kunlar   shu   tariqa   mehnatda   o‘tar   //     O‘tar   suvday   oqib   tinmagur   va   shan
(SH.Qurbon);  Mulla Muhsin boshida gapga tushunmay tursa ham, so‘ngra payqab
olib   iljayadi   va   domlaning   “maslahat”larini   qabul   qilgan   vaziyat   ko‘rsatadi
(A.Qodiriy. Obid ketmon)kabilar.
  Ba`zan   she`riy   matnlarda   misra   va   bog‘lovchisi   bilan   boshlanadi,   bu   esa
ifodalanayotgan   pragmatik   hosila   ma`noning   kuchli,   emotsional-ekspressiv
ohangda   ifodalanishini   ta`minlashga   xizmat   qiladi:   Qancha   diyorlarda   sayr   etib
yurdim   //   Qancha   manzillarda   tuzdim   oshyon   //   Va   buyuk   hikmatga   axir   yuz
burdim   //   Siylangan   joyida   azizdir   inson   (A.Oripov);   Uni   taftish   qilmoqdaydi Malika ayon //   Va barobar pinxon dilin borardi yorib   (A.Oripov. Hakim va Ajal)
kabilar.
Va   bog‘lovchisi   uyushiq   sifatlovchi   aniqlovchilarni   bog‘laganda,   ular
ifodalayotgan   ma`noni   kuchaytirish,   bo‘rttirish   uchun   ham   xizmat   qiladi:     Vazir
SHamsulmulk   hikmat   va   donish   sohibi   edi,   unga   izn   berildi   (E.Samandar.   Sulton
Jaloliddin);  Odam isi yoqmas emish,  tund va badqovoq  // Faqat kitob varaqlarmish
qarab darchadan  (A.Oripov. Hakim va Ajal) kabilar.
Hamda     bog‘lovchisi   va ,     ham     bog‘lovchilari   singari   gap   bo‘laklari   va
qo‘shma   gap   tarkibidagi   ayrim   gaplarni   bog‘lashga   xizmat   qiladi.   Bu   bog‘lovchi
qator   uyushgan   bo‘laklarning   oxirgisidan   oldin   kelganda,   uyushgan   bo‘laklar
orasidagi tenglikni ko‘rsatish bilan birga oxirgi uyushgan bo‘lakni ajratib, ta`kidlab
ko‘rsatish   uchun   ham   xizmat   qiladi:   Litsey   o‘quvchilaridan   Qodir   Valijonov,
Karimjon   Akobirov,   Nilufar   SHomirzaeva     hamda   Nigoraxon   Tursunxo‘jaevalar
fan   olimpiadasida   g‘oliblikni   qo‘lga   kiritganlari   uchun   qimmatbaho     sovg‘alar
bilan mukofotlandilar  (“Samarqand” gazetasi) kabilar.       
   Ham     bog‘lovchi   vazifasida   kelganda,   va   bog‘lovchisi   kabi   uyushgan
bo‘laklarni   bog‘laydi   va   bo‘laklar   orasidagi   tenglik   munosabatini   ifodalashga
xizmat   qiladi:   Bu   gap   albatta   shu   erda   qolishi,   Ahmadjonlarga,   So‘nagul   ham
Bahriddinlarning   qulog‘iga   etib   bormasligi   kerak   (A.Muxtor.   Davr   mening
taqdirimda);   U   O‘ktam   ham   O‘sarjonga   qarabsalmoqlanib   dedi   (Oybek.   Oltin
vodiydadan shabadalar) kabilar. 
  Ham   so‘zi uyushgan bo‘laklarning oldida yoki oxirida takrorlanib kelishi
mumkin. U faqat uyushgan bo‘laklarning oldida kelgandagina bog‘lovchi sanaladi:
O‘z to‘yida  ham  mehmon //   Ham  mezbon bo‘lmish bu jon //              Kuylar
YAhyo, Qahramon //  Xandon bo‘lgan Nurullo  (YAhyo Tog‘a. Uchsang, burgutday
uch…)   kabilar.
Agar     ham     bog‘lovchisi   uyushiq   bo‘laklardan   keyin   takrorlanib   kelsa,   bu
uyushiq bo‘laklarni alohida, ajratib ko‘rsatish uchun vosita vazifasini bajaradi: …
Fotima   opam   go‘zallikda   ham,   sho‘xlikda   ham,   o‘yinga   ustalikda   ham
o‘rtoqlaridan qolishmasdi   (O‘.Umarbekov. Fotima va Zuhra) kabi. Bu bog‘lovchi matn tarkibida ish-harakatning bir vaqtda ( gapirdi ham jim turdi, bordi ham qaytdi
kabi)   yoki   ketma-ket   bo‘lganini   ko‘rsatadi   ( keldi   ham   ketdi;   o‘qidi   ham   yozdi;
yig‘ladi ham kuldi;  chopdi ham to‘xtadi   kabi).
  Umuman   olganda,   biriktiruvchi   bog‘lovchilar   sodda   va   qo‘shma   gaplar
tarkibida   qo‘llanar   ekan,   xilma-xil   uslubiy   xususiyatlarini   ham   namoyon   etadi.
Teng   bbog‘lovchilar   sirasidan   o‘rin   olgan   zidlovchi   bog‘lovchilar   ham   matn
tarkibida xilma-xil  uslubiy va pragmatik xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Zidlovchi   bog‘lovchilar   sodda   gaplar   va   bog‘langan   qo‘shma   gaplar
tarkibida   qo‘llanib,   biror   hodisa,   ish-harakat   yoki   biror   predmetni   boshqasiga   zid
qo‘yish va ular orasidagi qarama-qarshi munosabatni bildirish uchun xizmat qiladi.
Bunday bog‘lovchilardan faol qo‘llanuvchilar qatoriga  lekin ,  ammo ,  biroq ,  holbuki
kabi yordamchilar kiradi:   Har qanday qonunga chap berish mumkin,   lekin   uyatga
chap   berib   bo‘lmaydi.   CHunki   qonun   odamdan   tashqarida,   uyat   esa   odamning
ko‘ksida   bo‘ladi   (A.Qahhor.   Hikmatga   moyil   fikrlar);   YAxshi   yozolmaganingni
kechirish   mumkin,   lekin   yaxshi   yozishni   istamaganingni   kechirish   mumkin   emas
(A.Qahhor.   Hikmatga   moyil   fikrlar); .   SHuhratparast   oshnam   sen   ham   bo‘sh
kelma…   //   Biroq   nima   derdi   bunga   odamlar   (H.Aslanova);   Balki   yarim   yo‘lda
tolarman,  lekin  –  //  Hech kim qaytarolmas niyatlarimdan  (H.Aslanova);  Bizni ne
vahimalar kutib turibdi //  Ammo , qo‘rqinchlarga berurmiz  bardosh   (H.Aslanova)
kabilar.
  Ba`zan   lekin   zidlov bog‘lovchisi bilan  va    biriktiruv bog‘lovchisi yonma-
yon holda misralar boshida kelib, murakkab obrazli fikr ifodasi, inkor ma`nosini 
kuchaytirish  uchun xizmat qiladi:  Badaviy shaklida kelib Azroil // Muhammadga 
dedi: - Joningni olgum //  Va lekin hurmatga erursan noil  // Tila tilagingni, do‘st 
bo‘lib qolgum  (A.Oripov. Hikmat sadolari); B og‘ning qiy-chuviga quloq 
tutaman // Bu erda turfa xil qushlar aylanar //  Sa`vayu qaldirg‘och – o‘zi bir 
jahon //  Va lekin ko‘payib ketmish maynalar  (A.Oripov) kabilar.
Hozirgi   o‘zbek   she`riyatida   lekin     zidlovchisining   qisqargan,   arxaik   shakli
lek   ning   qo‘llanilishi     vazn   va   qofiya   talabi   bilan   yuz   beradi:   Goho   portlar alamdan   //     Lek,   ayrilmas   qalamdan   //     YAngamizga   egamdan   //   ehson   bo‘lgan
Nurullo  (YAhyo Tog‘a. Uchsang, burgutday uch…) kabilar.
Ayrim she`riy matnlar tarkibida    ammo   bog‘lovchisi ikki marta yonma-yon
takrorlanadi, bu esa zid ma`noni kuchaytirishning muhim uslubiy vositasi sifatida
namoyon bo‘ladi:   Ammo, ammo sen ketasan, ma`lum intiho //                   YUrakda
tizilib qoladi izing //  Uch oy bu olamga ulashgan Safo – //                 Mangu iz –
bahorga o‘xshaysan o‘zing  (M.Hasanova) kabilar.
  Zidlovchi   bog‘lovchilardan   ammo ,   lekin   bog‘lovchilari   qavat   (yonma-yon)
kelib,   ammo   lekin   tarzida   qo‘llanadi.   Bunday   qo‘llanish   asosan,   so‘zlashuv
uslubiga xoslangan bo‘lsa-da, u hozirgi kunda badiiy uslubda   uchraydi:   …bir oy
Salomat opa, bir oy Karomatxon  muxarrir  bo‘ladi.   Ammo lekin   Salomat opaning
gazetasi har safar tanqidga uchraydi  (A.Muxtor. Davr mening taqdirimda)   kabilar.
  Balki   bog‘lovchisi   predmet,   shaxs   yoki   ish-harakat   orasidagi   zid,   qarama-
qarshi   munosabatni   taajjub,   gumonsirash   semasi   yordamida   ifodalashga   xizmat
qiladi:   Bu   sodiq   qul,   balki   undan   ham   battar   odam   edi   (Oybek.   Qutlug‘   qon);   U
ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi  (Oybek. Navoiy) kabilar.
  SHunday     qilib,   o‘zbek   tili   morfologik   tizimida   ammo ,   lekin ,   biroq ,   balki ,
holbuki   kabi   zidlovchi   bog‘lovchilari  o‘z  o‘rniga  ega,  ular  gapda  mazmunan     zid
bo‘laklarni   bog‘lash,   ularni   o‘zaro   munosabatga   kiritish   uchun   qo‘llanuvchi
muhim uslubiy vositalardan biridir. 
So‘z   turkumlari   orasida   grammatik   munosabatlarni   yuzaga   keltirishdek
vazifani   ado   etishi   bilan   bog‘lovchilar   o‘zbek   tilida   o‘ziga   xos   mavqega   ega.
Ularning   funktsional   uslublar   doirasida   qo‘llanilishi   ham   maxsus   kuzatishlarni
taqozo   etadi.   CHunki   o‘zbek   tilidagi   bog‘lovchilarning   son   jihatdan   salmoqli
ekanligi,   ular   o‘rtasidagi   sinonimik   munosabatlar   qo‘llanilishda   funktsional
chegaralanishlarni  ham  keltirib chiqargan.  Ilmiy va badiiy uslubga  doir  bir  necha
bog‘lovchilarni qiyoslash orqali bunga ishonch hosil qilish mumkin. 
O‘zbek tilining ilmiy uslubi haqida doktorlik dissertatsiyasi yozgan 
M.Mukarramov “Ilmiy nutqda qo‘llangan bog‘lovchilar funktsional-stilistik nuqtai 
nazardan tekshirilsa, grammatika kitoblarida ko‘rsatilgan bog‘lovchilarning  hammasi teng ishlatilmasligi ko‘rinadi. Ilmiy nutqda ba`zi bog‘lovchilar aktiv, 
ba`zilari passiv, ayrimlari esa umuman qo‘llanmasligi ma`lum bo‘ladi” degan 
fikrlarni bayon etgan (Mukarramov M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining ilmiy stili.- 
Toshkent: Fan, 1984, 102-b.) va ilmiy nutqda faol qo‘llanuvchi bog‘lovchilar 
sifatida  va, ammo, lekin, yoki, ya`ni, agar, chunki, shuning uchun    kabi birliklarni 
ko‘rsatgan. Aksincha,  hamda, -u(yu), ham, bilan, bordiyu, deb, balki, biroq, faqat, 
holbuki, yo, yo-yo, yoinki, yoxud, -kim, go‘yo, go‘yoki, ba`zan-ba`zan, bir-bir, 
agarda, garchand, basharti, mobodo, zeroki, nainki, ammo lekin, goh-goh, dam-
dam, xoh-xoh, kim   kabi birliklarning passiv ekanligini qayd etgan. 
Ayiruv   bog‘lovchilari   sodda   gaplar   yoki   bog‘langan   qo‘shma   gaplarda
uyushgan   bo‘laklarni,   shuningdek,   qo‘shma   gap   qismlarini   bog‘laydi   hamda
ulardagi   voqea-hodisa,   ish-harakat   va   holatning   almashinib   turishi   yoki   bir-birini
taqozo   qilishini   ham   ifodalaydi.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili   badiiy   va   publitsistik
uslublarida   yo,   yoki,   yoxud,   yoinki,   yo…   yo,   goh…   goh,   dam…   dam,   bir…   bir,
ba`zan…  ba`zan, xoh… xoh   singari yordamchilar eng faol qo‘llanuvchi ayiruvchi
bog‘lovchilar     qatoriga   kiradi:   O‘tdi   yoshlik   zavq   bilan,   gohi   to‘polon   bilan   //
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan  //                             Ayri ham tushdim
ba`zan   qalb   bilan,   imon   bilan   //     Lekin   seni   yo‘qotdim,   birinchi   muhabbatim…
(A.Oripov) kabi.  
Ba`zan   va,   yo   bog‘lovchilari   misra   boshida   yonma-yon   qo‘llanib,
ifodalanayotgan   ritorik   so‘roqni   kuchaytirishga   xizmat   qiladi:   Men   derdim     bu
qizning   qayda   go‘shasi   //   Yo‘llarida   uning   kimdir   zormikan?   //   O,   u   sevgisidan
baxtiyormikan //    Va yo  manzilida xazon to‘shagi?  (A.Oripov); e shilib, to‘lg‘onib
ingranadi   kuy   //     Qaylardan   kelmoqda   bu   ohu   faryod   //   Kim   u   yig‘layotgan,
Navoiymikin //  Va yo  may kuychisi Xayyommikin, dod!  (A.Oripov) kabilar.
Ba`zan  dam    so‘zi ayiruv bog‘lovchisi sifatida bir bandning har satrida
takrorlanib keladi hamda u ma`no kuchaytirish vositasi sifatida ko‘rinadi:  Dam  
og‘ir xayolga bo‘lur zanjirband //  Dam  qo‘shiq to‘qiydi u yona-yona // Intilar 
yulduzlar tumaniga  dam  //  Dam  oyning yonida bo‘lar parvona  (A.Oripov) kabilar. Na…, na   yordamchisi uyushiq bo‘laklar yoki qo‘shma gap tarkibidagi ayrim
sodda gaplar oldida takrorlanib keladi hamda ular ifodalayotgan inkor ma`nosini 
alohida ta`kidlash, uqdirib ko‘rsatish uchun xizmat qiladi: e nasidan qolgan yodgor
buyumday // Har kimga ko‘z-ko‘zlab kerilar ayon //  Na oltinga berar, na berar 
shunday  // Allaqanday ochko‘z, nokas olomon  (SH.Qurbon);   Na bir so‘z dedim 
senga  //  Na tun bir so‘z degaydir  // Dod solib yo‘llaringga – // Qo‘llarim 
cho‘zilgaydir  (X. Rustamova. Bir shirin so‘z qidirar bashar) kabilar. 
YOrdamchi   so‘zlar   orasida,   jumladan   teng   bog‘lovchilar   orasida   ham
ma`nodoshlik   (sinonimiya)   hodisasi   mavjud.   Sinonimiya   bog‘lovchilar   orasida
keng   tarqalgan.   Lekin   bog‘lovchilar   sinonimiyasi   –   bu,   tenglik,   bir   xillik   degani
emas,   ya`ni   ba`zi   o‘rinlarda   bog‘lovchilar   o‘rnini   yuklamalar,   yoki   aksincha
yuklamalar   o‘rnini   ayrim   ko‘makchilar   yoki   bog‘lovchilar   egallashi   mumkin.   Bu
holatlarda   esa   uslubiy   ma`no   nozikliklarini   to‘la   inobatga   olish   lozim   bo‘ladi.
Masalan,   ba`zan   –u,   -yu,   -da        yuklamalari     va   biriktiruv   bog‘lovchisiga   semantik
jihatdan   ma`nodosh   bo‘ladi.   Bunday   ma`nodoshlikni   qiyoslash   orqali   sezish
mumkin:   -Bechora   onamning   aybi   nimada?   –   deb   o‘yladi   u.   –   Gunohi
o‘qimaganligidami?   Kechayu   kunduz   otamning   injiqliklarini   ko‘tarib,   keldi-
ketdisiga   qaraganimi?   (B.O.Surat).       qiyoslang:   kechayu   kunduz   //   kecha   va
kunduz;   Quyosh   ham   aylagan   o‘lka,   chiqadur   har   kuni   yo‘lga   //   Nurin   sochgay
bog‘-u   cho‘lga ,   diyori   O‘zbekistonda   (A.Xishraviy.   Diyori   O‘zbekistonda).
Qiyoslang:  bog‘-u cho‘lga // bog‘ va cho‘lga  kabilar.
SHunday qilib, bog‘lovchilar grammatika doirasida nafaqat so‘z yoki 
birikmalarning sintaktik munosabatga kirishuviga ko‘maklashadi, shu bilan birga, 
bu sintaktik munosabatlar jarayonida turli-tuman semantik va stilistik  ma`no 
ottenkalarining yuzaga kelishiga ham xizmat qiladi.

Yordami so‘zlar – ko‘makchilar bog‘lovchilar yuklamalar stilistikasi R e j a : 1. YOrdamchi so‘zlarning grammatik tabiati. 2. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlari. 3. Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari. 4. YUklamalarning stilistik xususiyatlari. 5. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar sinonimiyasi.

O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funktsional-stilistik xususiyatlari A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz. Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish ob`ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan. Jumladan, H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik so‘ngshakllar” nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Toshkent, 1951), SH.SHoabdurahmonovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar” (Toshkent,1953), R.Rasulovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari” (Toshkent,) T.Rustamovning “O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1995), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan. “O‘zbek tili grammatikasi, I tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik nashrida, A.N.Kononovning “Grammatika yazika tyurkskix runicheskix pamyatnikov.VII-IX vv.” (L.,1980), “Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika” (M.-L., 1960), S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk” (Toshkent,1959), E.Fozilovning “O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi” (Toshkent,1965), A.M.SHerbakning “Grammatika starouzbekskogo yazika” (M.-L.,1962), G‘.Abdurahmonov va SH.SHukurovlarning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” (Toshkent, 1973) singari asarlarda ham ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud. Bundan tashqari o‘zbek tili tarixi va adabiy til grammatikasini o‘rganishga doir darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham ko‘makchilar borasidagi fikrlar anchagina. U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullaevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent,1992), SH.SHoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev,

I.Rasulov, X.Doniyorovlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent, 1980), G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning “Qadimgi turkiy til” (Toshkent,1982), J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism.Tarixiy morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” (Samarqand, 2003) singari darslik va o‘quv qo‘llanmlari shular jumlasidandir. Ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar son jihatdan salmoqli bo‘lganligi uchun ularni ma`lum guruhlarga ajratish mumkin. A.A. Koklyanovaning “O‘zbek tilida so‘ngko‘makchilar va ko‘makchi otlar”, H.G‘.Ne`matovning “XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar (“Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Hibatul haqoyiq” materiallari asosida)”, G.F.Blagovaning “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida” maqolalari ko‘makchilarni diaxronik, A.G‘ulomovning “Ko‘makchili konstruktsiya haqida”, U.Tursunovning “O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar” maqolalari sinxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, O‘.Saidovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarning o‘rganilishiga doir” maqolasida esa bu borada yaratilgan tadqiqotlarga obzor berilgan. V.Egamovning “O‘zbek shevalarida so‘ng ko‘makchili so‘z birikmalarining semantik-grammatik munosabatlari”, X.Jo‘raevning “Ko‘makchilarni sheva materiallariga taqqoslab o‘rganish”, T.Almamatovning “Xalq shevalarida “tur” ko‘makchi fe`li haqida” maqolalariga sheva materiallari asos bo‘lgan. A.Abdullaevning “Ko‘makchilar yordami bilan tarkib topgan so‘z birikmalarida ifodalangan sintaktik munosabatlar”, O.Amirovaning “Sabab hollarining ko‘makchi konstruktsiyali so‘zlar bilan ifodalanishi” ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan. Biz ularga zaruriyatga qarab kerakli o‘rinlarda murojaat qilamiz. Ammo bu sohada maxsus kuzatishlar olib borgan H.Berdiyorov va T.Rustamovlarning tadqiqotlariga to‘xtalish joizdir. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarni lingvistik tahlil qilishga bag‘ishlangan dastlabki ishlardan biri H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Samarqand, 1949) deb atalgan nomzodlik dissertatsiyasi bo‘lib hisoblanadi.

Dissertatsion ish ikki qismdan iborat bo‘lib, uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi, so‘ngko‘makchilarning grammatik va relivatsion ahamiyati hamda ular bilan qo‘shimchalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. 2- qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning grammatik tabiati yoritilgan. Ular asl, ravish, ravishdosh, chog‘ishtirma so‘z va affiks so‘ngko‘makchilar tarzida guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Ko‘makchi otlar keng yoritilgan. Ishning birinchi qismi so‘z turkumlarining, jumladan ko‘makchilarning kelib chiqishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Dissertatsiya muallifi ta`kidlaydiki, XIX asrning bir qancha tilshunoslari (L.Nuare, V.Vundt, M.Myuller) so‘z turkumlarining kelib chiqishi to‘g‘risida gapirganda, fe`l turkumini kishilar tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar va fe`ldan boshqa so‘z turkumlari ajralib chiqqan deydilar. Demak, bularning fikricha, fe`l boshqa so‘z turkumlarining taraqqiyoti uchun ajralib chiqish imkoniyati bo‘lib xizmat etadi. (BH, 9). H.Berdiyorov N.YA.Marrning “Bir vaqtlar so‘z turkumlari bo‘lmagan edi. Asta-sekin gap bo‘laklaridan harakatni, ya`ni o‘timli fe`l, keyinroq o‘timsiz fe`lni hosil qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ot ajraladi. Ot – aniqlovchi, sifat funktsiyasini bajaradi, ot (otlarning ma`lum doirasida) olmosh bo‘ladi, so‘ngra bog‘lovchi bo‘ladi va qolgan so‘z turkumlari yuqorida ko‘rsatilgan so‘z turkumlarining birontasidan hosil bo‘ladilar”. ( Marr N.YA. Izbrannie raboti, t.II. – M.,1934, s.417. Tarjima H.Berdiyorovniki). (BH,11), degan fikriga tayanib, “birinchi so‘z, turmushda, ishlab chiqarish protsessida kishilik fikrlashi tomonidan ajratilgan, ya`ni predmetlarning nomini va muhit ko‘rinishlarini, hodisalarini ko‘rsatuvchi ot ekan”, degan xulosaga keladi (BH,12) va yana quyidagilarni aytadi:“Umuman biz ayta olamizki, ot, fe`l va olmosh turkumlari til taraqqiyotida sifat, son, ravish va yordamchi so‘zlarga qaraganda eng avval ajralib chiqqan so‘z turkumlaridir”. (BH,12). Muallif tadqiqotda o‘zbek tilshunosligida birinchi marta hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning

qanday semantik ma`nolari reallishuviga hamda gapda qanday vazifalarda kelishiga oid nazariy qarashlarini bayon qiladi. Bu ko‘makchilarning o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan ma`nodosh variantlari to‘g‘risida esa, buni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ymagani uchun, yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritadi. Tilshunoslikda mavjud bo‘lgan an`anaviy usullardan chiqmagan holda biz hozirda “ko‘makchilar” deb o‘rganib kelayotgan til birliklarini oldko‘makchilar ga qarama-qarshi ravishda so‘ngko‘makchilar tarzida talqin qiladi. Bu qarashlar orasida so‘z turkumlarining, xususan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi fikrlar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda o‘rni bilan ayrim faktlarning lingvostitistik tahlili berilganligi xulosalarning ilmiyligini ta`minlashda va amaliy jihatlarini ko‘rsatib berishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Dissertant ish yakunida bugungi kunda ham yordamchi so‘zlar relivatsion tabiatini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lgan quyidagi xulosaga keladi: so‘ngko‘makchilar til taraqqiyoti nuqtai nazaridan mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan kelib chiqqandir. Bular hozirgi o‘zbek adabiy tilining gap qurilishida, gaplarning ma`nosini tayinlashda, so‘zlarni o‘zaro munosabatga keltirishda katta rol’ o‘ynaydi.(BH,126). So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror bo‘lagiga bog‘langan holda qo‘llaniladi. So‘ngko‘makchilar mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni yoki so‘zlarni birlashtirish, kengaytirish qobiliyatiga ega emasligi, morfologik tomondan ayrim semantik morfemalarga bo‘linmasligi, urg‘uni qabul qilmasligi, gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda ishtirok etgan so‘zlarga bog‘lanib kelgandagina atash, sabab, maqsad, fazo kabi qo‘shimcha ma`nolarni ifodalab keladilar. (BH,127). O‘zbek tili, qolaversa turkologiyada ko‘makchilarni o‘rganishga oid ishlar orasida T.Rustamovning tadqiqotlari ham sezilarlidir. U ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan “O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1965), “Sof