Axborot va axborotb jarayonlari
Mavzu: Axborot va axborotb jarayonlari . Reja: I. A x borot t i zi m l ari , ul arni ng t url ari v a t asni fl ani shi . II. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo’lash III. A x borot t i zi m i IV. Kirish V. Asosiy qisim VI. Xulosa VII. Ilov alar (mav zuga oid k rossv ord y ok i t est ) . VIII. Foy dalanilgan adabiy ot lar. 1
Krish 2
Axborot jarayoni - Bu kolleksiya jarayoni (qabul qilish), uzatish (almashish), uzatish, saqlash, qayta ishlash (o'zgartirish). Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasida mustaqillik yillari davrida amalga oshirilgan tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. O‘zbekiston Jahon axborot hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanuvchilar soni tobora oshib bormoqda. Jamiyat va davlat boshqaruvida, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, ilm-fan sohalarida, ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida, bozor iqtisodiyotida, xalqaro aloqalarda va umuman, jamiyatimizning barcha jabhalarida kompyuter ilmi va amaliyoti keng quloch yoydi. O‘zbek tili Davlat tili maqomida jamiyatimiz hayotida keng qo‘llanilmoqda. Kundan kunga rivojlanayotgan zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid kengayib borayotgan so‘z boyligining o‘zbek tilidagi izohiga katta ehtiyoj mavjuddir. Ushbu munosabat bilan o‘zbek tilida lotin alifbosida AKT sohasidagi tushunchalarni ta’riflab beruvchi izohli lug‘at tayyorlashga qaror qilindi. Qo‘lingizdagi “AKT izohli lug‘ati” axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga oid 3000 dan ortiq atama va tushunchalar uchun ta’rif va izohlarni hamda ushbu sohada ishlatiladigan juda ko‘p qo‘shimcha ma’lumotlarni ilovalar shaklida o‘zida mujassamlashtirgan. Undan axborotlashtirish sohasida ishlayotgan muhandisu-texnik, menejer va dasturlovchilardan tortib oddiy o‘quvchi, talaba va keng jamoatchilik vakillari foydalanishlari mumkin. Lug‘atni tuzishda boy o‘zbek tili imkoniyatlaridan iloji boricha foydalanishga harakat qilindi, biroq u mutlaq mukammallikka da’vo qilolmaydi. Bu faqatgina birinchi urinish xolos. Shu munosabat bilan lug‘atni takomillashtirishga qaratilgan fikr va mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi va ularni keyingi nashrlarimizda albatta inobatga olamiz deb umid qilamiz. ASOSIY QISIM Tizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro bog'langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elementlar (obyektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan shahar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak-qon tomiri tizimi, asab tizimi va boshqalar sun’iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya’ni h ar biri o‘ziga xos yagona maqsad yo'lida faoliyat ko‘rsatadi va tizimni tashki l etuvchi elementlardan iboratdir. 3
Quyidagi jadvalda elementlari va asosiy maqsadi ko‘rsatilgan tizimlarga yana bir nechta misollar keltirilgan Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq texnik vositalar, asosan kompyuterlar va murakkab obyektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi.»Tizim» tushunchasiga «axborot» so‘zining qo'shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo'lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming o'zaro bog‘langan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud, chun ki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlaiga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Kibemetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig‘indisini (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparatini o'zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda, maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlami amalga oshirish uchun tuzilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog'langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo'nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlami uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlami qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalami bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarini tatbiq etish nafaqat mayda-chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari, ekspert 4
tizinilari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari xatti-harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini yuksaltirish maqsadlarida amalga oshiriladi. Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum. Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumoнlami qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish). Qo’llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: • ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish; • loyihalashtirishni avtomatlashtirish; • tashkiliy jarayonlarni boshqarish; • texnologik jarayonlarni boshqarish. Ilmiy axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, sta tistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va loyihachi muhandislar mehnatini avtomatlashtirish uchun moljallangan. Tashkiliy boshqaruvning axborot tizimlari — shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallanga’n. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat obyektlari (bank, biija, sug‘urta kompaniyalari, m ehmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimlari turli texnolo gik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar). Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlani um umiy holda quyidagicha tasawur etish mumkin: 5