logo

Barkamol shahsni tarbiylashda biologik ta’limning roli

Yuklangan vaqt:

17.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

24.046875 KB
Barkamol shahsni tarbiylashda   biologik ta’limning roli .
Reja:
1. Biologik ta’lim yutuqlari.
2. O‘quvchilarni kasbga yo‘ . lashda b iologik ta’limning roli
3. Biologik ta’limning tarbiyaviy roli.
        4.    Barkamol shahsni tarbiyalashda  b iologik ta’limning roli. Biologik   ta’limning   roli   insoniyat   hayotida   katta   ahamiyatga   ega.   Biologiya
o‘qituvchi biologik bilimlarning har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur
anglashi,   bunga   ishonch   hosil   qilishi   lozim,   bu   shunday   ishonchni   o‘quvchilarda
tarbiyalash   uchun   zarurdir.   Maktabda   o‘qituvchining   muvaffaqiyatli   ish   olib
borishining   birinchi   sharti   ana   shudir,   chunki   tarbiyalovchi   ta’lim   jarayoni
ishonchga asoslanadi.
Biologiya   o‘qituvchisining   kasbi,   o‘quvchilarga   nega   har   bir   odam
biologiyani   o‘rganish   zarurligini   singdirishi   uchun   yuqori   saviyadagi   bilim   va
mustahkam irodani talab etadi.
XXI  asrda fan va texnika rivojlanib ketdi, natijada insoniyat o‘zi yashayotgan
muhit   bilan   qarama-qarshilikka   duch   kelmoqda,   muhit   uning   sog‘ligiga   va
hayotiga   havf   solmoqda.   Sababi   ishlab   chiqarish   va   transport   chiqindilari,
o‘rmonlarni kamayishi, azon qavatida teshiklar hosil bo‘lishidir.
Butun   dunyoda   tabiatni   muhofaza   qilish,   uning   resurslarini   qayta   tiklash   va
ulardan   unumli   foydalanish,   barcha     insoniyat   oldida   turgan   muhim   vazifalardan
bo‘lib   kelmoqda.   Har   bir   kishi,   davlat   va   butun   insoniyat   uchun   biologik
bilimlarning   keng   yoyilishi   va   ahamiyati   misli   ko‘rilmagan   darajada   oshganligini
guvoxi bo‘lmoqda.
Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat biologiya asriga kirib
borayotganligidan haqida dalolat beradi. 
Biologiya   fanining   yutuqlari   ko‘p   jihatidan   tabiiy   fanlar   fizika,   ximiya,
matematika,   astronomiya   va   boshqa   tabiiy   fanlar   sohasida   erishilgan   yutuqlardan
foydalanish natijasida yuz bermoqda. Bu fanlarning yutuqlari va metodlari asosida
elektron   mikroskopiya,   spektroskopiya,   rentgenostruktura   tahlili,   hujayraning
molekulyar   va   submolekulyar   darajada   o‘rganish   imkonini   berdi.   Bioximiya   va
biofizika   metodlari   asosida   tajribalar   o‘tkazish   natijasida   moddalar   almashinuvi
ayniqsa   oqsil   biosintezining   mexanizmi,   fotosintez   sirlari   ochildi.   Irsiyatning
moddiy   asosi   DNK   va   RNK   strukturasi,   funksiyasi   ayon   bo‘ladi,
aminokislotalarning genetik kodi ochib berildi. Olimlarning   diqqat   e’tibori   hayot   hodisalarining   mohiyatini   aniqlashga,
moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlikni boshqarishning turli usullarini
ishlab chiqarishga qaratilgan.
Hujayra   va   uning   organoidlarida   boradigan   ko‘p   jarayonlarining   fizik-
kimyoviy   va   biologik   mohiyatini   ochib   bergan   fan   yutuqlari   hayotiy   jarayonlari
borishiga aktiv aralashishi imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari
meditsina oldiga rak, virus, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi
vazifalarini   qo‘ymoqda   va   bu   xastaliklar   asta-sekinlik   bilan   o‘z   davosini
topmoqda.
Hozirgi   vaqtda   tirik   organizmlarni   tuzilishi   va   unda   boradigan   jarayonlarga
asoslangan  texnika fani  – kibernetika asosida  tabiiyot  fanlarida yangi  yo‘nalish  –
botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog‘laydigan fandir.
Bionika   organizmlarning   morfologik   va   funksional   moslanishlarini
muxandislik masalalarini echish doirasida aniqlaydi va tahlil qildi. Masalan, sezgi
organlari juda kichik bo‘lgan hashoratlar, tez va ko‘p xarakatlanib energiyani kam
sarflashi,   tez   ta’sirlanishi,   tanlovchanligi   va   o‘z-o‘zini   boshqara   olishi   kabilar
olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga qo‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi.
Hozirgi   vaqtda   juda     ko‘p   qurilmalar   hayvonot   va   o‘simlik   olamining   tuzilishiga
asoslangan holda ishlab chiqilgan.
Hayotiy   jarayonlarni   boshqarishda   fiziologik   faol   moddalarni   roli   nihoyatda
ortib   bormoqda.   SHuning   uchun   biologlar   biologik   faol   moddalar   gormonlar,
vitaminlar,   antibiotiklar,   oqsillar   hosil   qiladigan   mikroorganizm   shtammlarini
yaratib   gen   va   hujayra   muxandisligi   usullarini   qo‘llab   insoniyat   uchun   zarur
bo‘lgan  moddalarni  sintez  qilib  olmoqda.  Bunga  misol   qilib hozirgi  vaqtda  ichak
tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali
insulinni   sintez   qilish   yo‘lga   qo‘yilgan.   Bu   jarayonlar   biotexnologiyada   keng
qo‘llanilmoqda.
Hozirgi   vaqtda  insoniyat,  zamonaviy genetika  va  biotexnologiya yutuqlariga
tayanib,   xossalari   oldindan   ma’lum   bo‘lgan   mikroorganizmlarni   shtammlarini
yarata   oladigan   bo‘ladi.   Mikroorganizmlardan   va   hayvonlar   uchun   zarur   bo‘lgan vitaminlar,   antibiotiklar   va   boshqa   gormonlari   ishlab   chiqaradilar.   Bu
biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilib, hayvonlar ozuqasiga
qo‘shib   berilmoqda.   Mikroorganizmlar   yordamida   hayvonlar   mahsuldorligini
oshirish,   o‘simliklarni   o‘sish   va   rivojlanishini   tezlashtirish,   hosilni   hamda
o‘simliklarni   kasalliklarga   chidamligini   oshirish   usullari   yo‘lga   qo‘yilgan.   Gen
injeneriyasi   usullari   qo‘llanib   ko‘sak   qurtiga   chidamli   g‘o‘za   va   kolarado
qo‘ng‘iziga chidamli kartoshka navi etishtirilgan.
Biologiya   fanining   yangi   sohasi-kosmik   biologiya   hozirgi   vaqtda   vujudga
kelgan.   Undan   koinotdagi   hayotning   shakllari,   tarqalishi   va   uning   xususiyatlari
qanday,   o‘zga   sayyoralarda   hayot   nishonalari   bor   yoki   yo‘qligi   haqidagi
olamshumul   savollarga   javob   kutilmoqda.   Biologiya   fani   erishgan   yutuqlarini
ishlab   chiqarishga   joriy   qilingan   sari   odamlar   uchun   biologik   ta’lim   profetsional
tayyorgarlik   elementi   bo‘lib   qoladi.   Umumiy   texnika   taraqqiyoti   bilan   birga
ularning   ixtisoslariga   bo‘lgan   talablari   ham   oshmoqda.   Ular   agronomiya   va
zootexnika bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamoqdalar.
Shundan   ko‘rinib   turibdiki,   o‘rta   maktabda   biologiya   ta’limi   politexnik
xarakterga   ega   bo‘lmog‘i   va   u   yosh   avlodning   ijtimoiy   foydali   hamda   unumli
mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu aloqa fermer xo‘jaliklarida, ko‘q
alamzorlashtirishda,   yangi   foydali   qazilmalarni,   o‘simliklarni   qidirib   topishda,
dorivor   o‘simliklar   to‘plashda   va   boshqa   ijtimoiy   foydali   ishlarda   amalga
oshiriladi.   Bu   nazariy   bilimlarni   chuqurlashtirishga   yordam   qiladi   va   tabiat,
qishloq   xo‘jaligi   bilan   bog‘liq   maktab   o‘quvchilariga   kasb   tanlashlariga   imkon
beradi.
Biologiyani   o‘rganish   mehnatga   muhabbat   va   hurmatni,   mehnatni
insoniyatning   barcha   moddiy   va   ma’naviy   boyliklarining   manbai   sifatida   e’tirof
etishni   tarbiyalash   uchun   keng   imkoniyatlar   beradi.   Maktabda   biologiya   kursini
o‘rganishni   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilganda   u   maktabni   tamomlab   chiqqandan   keyin
ham   mustaqil   ravishda   ma’lumot   olish   yo‘li   bilan   bilimlarni   tinmay   yangilab
borish ehtiyojini tug‘diradi va rivojlantiradi. Hozirgi   zamon   kishisi   hayotining   tirik   tabiat   to‘g‘risidagi   ilmiy   bilimlarsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki uning hayoti o‘simliklar va hayvonot olami bilan
butkul bog‘langan. Lekin o‘simliklar – Yerda organik xom ashyo va energiya olish
manbaidir.   Hayvonot   dunyosi   o‘z   navbatida   turli   xil   oziq-ovqat   va   sanoat   xom
ashyosining   manbai   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Tabiiy   boyliklardan   mohirona
foydalanish   va ularni  ko‘paytirish  xalq  va  davlat  farovonligini   yuqoriga  ko‘tarish
uchun xizmat qiladi.
To‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilgan   biologik   ta’lim,   ilmiy   dunyoqarashni   tarbiyalashga
imkon beradi. O‘quvchilar, biologik ta’lim  olaturib, tabiat  faktlari  va hodisalarini
o‘zaro   bog‘lanishda,   xarakat,   o‘zgarish   va   rivojlanish   holatida   tushunishga
o‘rganadilar.
Biologik   ta’lim   ko‘p   jihatdan   yosh   avlodni   aqliy,   axloqiy,   estetik
tarbiyalashga   yordam   beradi.   Ajoyib   manzara   yosh   ruhning   rivojlanishiga   shu
qadar   ulkan   darajada   tarbiyaviy   ta’sir   ko‘rsatadiki,   pedagogning   ta’siri   u   bilan
tenglasha olmaydi. Biologiyani o‘rganishda estetik tarbiyaga barcha o‘quv tarbiya
jarayonining uzviy qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok qilish estetik qabul qilish va
xissiyotlarni o‘z ichiga oladi.
Biologik   ta’lim   insonning   qalbi   va   aqliga   ijobiy   ta’sir   qilish   uchun   hamma
imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga
juda   katta   huzur   baxsh   etadi.   Tabiat   vositalari   bilan   estetik   tarbiya   berish   yosh
avlodning umumiy estetik tarbiyasiga ko‘maklashadi.
Tabiatni   sevish   –   katta   va   murakkab   tuyg‘udir.   U   yuksak   qalb   va   aql
doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining asosiy  tomonini
tashkil etadi. Bu tuyg‘u ko‘p jihatdan vatanparvarlik xislariga mos keladi. Jonajon
tabiatga   bo‘lgan   muhabbat   bilan   birga   yosh   avlodga   jonajon   o‘lkaga,   jonajon
mamlakatga   qo‘yilgan   mehr   o‘sadi.   U   bevosita   bolalikda,   maktab   yillarida
tug‘iladi. Ulg‘ayish va etuklik mehru muhabbatni xis etib olishga olib keladi va uni
mustahkamlaydi. Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda
bo‘lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning
chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini o‘z qo‘llari   bilan   yaratish   va   ko‘paytirishga   o‘rgatadi.   Bularning   barchasiga   biologik
qonuniyatlarni chuqur va ongli ravishda o‘zlashtirgandagina erishish mumkin. Asosiy adabiyotlar
№ Muallif Adabiyot
nomi Adabiyo
t turi Nashr
yili Adabiyo
t   ARM
dagi
shifri Adabiy
otning
ARM
dagi
invento
r
raqami ARM 
dagi 
soni
1. A.T.G‘ofurov 
va boshqalar Biologiyani
o’qitishning
umumiy
metodikasi o’quv
qo’llan
ma 2005 U-6761 74.264.
5
T 63    12
2. A.T.G’ofurov, 
J.O.Tolipova  
boshqalar Biologiyani
o’qitish
metodikasi Darslik 2012 U-6761 74.264.
5
T 63 1 0
3. И.Ф.Шефер, 
Б.Э.Матчонов Обшая
методика
преродаван
ия
биологии учебное
пособие 2005 012652 6869
Sh531      5
4. Steven
J.Osterling. Multi ple-
Choise Constru
cted-
Respons 2004       -       - Elektr
on 
varian
t

Barkamol shahsni tarbiylashda biologik ta’limning roli . Reja: 1. Biologik ta’lim yutuqlari. 2. O‘quvchilarni kasbga yo‘ . lashda b iologik ta’limning roli 3. Biologik ta’limning tarbiyaviy roli. 4. Barkamol shahsni tarbiyalashda b iologik ta’limning roli.

Biologik ta’limning roli insoniyat hayotida katta ahamiyatga ega. Biologiya o‘qituvchi biologik bilimlarning har bir inson hayoti va mehnatidagi rolini chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim, bu shunday ishonchni o‘quvchilarda tarbiyalash uchun zarurdir. Maktabda o‘qituvchining muvaffaqiyatli ish olib borishining birinchi sharti ana shudir, chunki tarbiyalovchi ta’lim jarayoni ishonchga asoslanadi. Biologiya o‘qituvchisining kasbi, o‘quvchilarga nega har bir odam biologiyani o‘rganish zarurligini singdirishi uchun yuqori saviyadagi bilim va mustahkam irodani talab etadi. XXI asrda fan va texnika rivojlanib ketdi, natijada insoniyat o‘zi yashayotgan muhit bilan qarama-qarshilikka duch kelmoqda, muhit uning sog‘ligiga va hayotiga havf solmoqda. Sababi ishlab chiqarish va transport chiqindilari, o‘rmonlarni kamayishi, azon qavatida teshiklar hosil bo‘lishidir. Butun dunyoda tabiatni muhofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash va ulardan unumli foydalanish, barcha insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan bo‘lib kelmoqda. Har bir kishi, davlat va butun insoniyat uchun biologik bilimlarning keng yoyilishi va ahamiyati misli ko‘rilmagan darajada oshganligini guvoxi bo‘lmoqda. Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat biologiya asriga kirib borayotganligidan haqida dalolat beradi. Biologiya fanining yutuqlari ko‘p jihatidan tabiiy fanlar fizika, ximiya, matematika, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar sohasida erishilgan yutuqlardan foydalanish natijasida yuz bermoqda. Bu fanlarning yutuqlari va metodlari asosida elektron mikroskopiya, spektroskopiya, rentgenostruktura tahlili, hujayraning molekulyar va submolekulyar darajada o‘rganish imkonini berdi. Bioximiya va biofizika metodlari asosida tajribalar o‘tkazish natijasida moddalar almashinuvi ayniqsa oqsil biosintezining mexanizmi, fotosintez sirlari ochildi. Irsiyatning moddiy asosi DNK va RNK strukturasi, funksiyasi ayon bo‘ladi, aminokislotalarning genetik kodi ochib berildi.

Olimlarning diqqat e’tibori hayot hodisalarining mohiyatini aniqlashga, moddalar almashinuvi, irsiyat va o‘zgaruvchanlikni boshqarishning turli usullarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Hujayra va uning organoidlarida boradigan ko‘p jarayonlarining fizik- kimyoviy va biologik mohiyatini ochib bergan fan yutuqlari hayotiy jarayonlari borishiga aktiv aralashishi imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari meditsina oldiga rak, virus, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini qo‘ymoqda va bu xastaliklar asta-sekinlik bilan o‘z davosini topmoqda. Hozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi va unda boradigan jarayonlarga asoslangan texnika fani – kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yo‘nalish – botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog‘laydigan fandir. Bionika organizmlarning morfologik va funksional moslanishlarini muxandislik masalalarini echish doirasida aniqlaydi va tahlil qildi. Masalan, sezgi organlari juda kichik bo‘lgan hashoratlar, tez va ko‘p xarakatlanib energiyani kam sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va o‘z-o‘zini boshqara olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga qo‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p qurilmalar hayvonot va o‘simlik olamining tuzilishiga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarni roli nihoyatda ortib bormoqda. SHuning uchun biologlar biologik faol moddalar gormonlar, vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan mikroorganizm shtammlarini yaratib gen va hujayra muxandisligi usullarini qo‘llab insoniyat uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez qilib olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali insulinni sintez qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi vaqtda insoniyat, zamonaviy genetika va biotexnologiya yutuqlariga tayanib, xossalari oldindan ma’lum bo‘lgan mikroorganizmlarni shtammlarini yarata oladigan bo‘ladi. Mikroorganizmlardan va hayvonlar uchun zarur bo‘lgan

vitaminlar, antibiotiklar va boshqa gormonlari ishlab chiqaradilar. Bu biopreparatlarni sanoat usulida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilib, hayvonlar ozuqasiga qo‘shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida hayvonlar mahsuldorligini oshirish, o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishini tezlashtirish, hosilni hamda o‘simliklarni kasalliklarga chidamligini oshirish usullari yo‘lga qo‘yilgan. Gen injeneriyasi usullari qo‘llanib ko‘sak qurtiga chidamli g‘o‘za va kolarado qo‘ng‘iziga chidamli kartoshka navi etishtirilgan. Biologiya fanining yangi sohasi-kosmik biologiya hozirgi vaqtda vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari qanday, o‘zga sayyoralarda hayot nishonalari bor yoki yo‘qligi haqidagi olamshumul savollarga javob kutilmoqda. Biologiya fani erishgan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilingan sari odamlar uchun biologik ta’lim profetsional tayyorgarlik elementi bo‘lib qoladi. Umumiy texnika taraqqiyoti bilan birga ularning ixtisoslariga bo‘lgan talablari ham oshmoqda. Ular agronomiya va zootexnika bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamoqdalar. Shundan ko‘rinib turibdiki, o‘rta maktabda biologiya ta’limi politexnik xarakterga ega bo‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu aloqa fermer xo‘jaliklarida, ko‘q alamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, o‘simliklarni qidirib topishda, dorivor o‘simliklar to‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq maktab o‘quvchilariga kasb tanlashlariga imkon beradi. Biologiyani o‘rganish mehnatga muhabbat va hurmatni, mehnatni insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarining manbai sifatida e’tirof etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabda biologiya kursini o‘rganishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda u maktabni tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yo‘li bilan bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini tug‘diradi va rivojlantiradi.

Hozirgi zamon kishisi hayotining tirik tabiat to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki uning hayoti o‘simliklar va hayvonot olami bilan butkul bog‘langan. Lekin o‘simliklar – Yerda organik xom ashyo va energiya olish manbaidir. Hayvonot dunyosi o‘z navbatida turli xil oziq-ovqat va sanoat xom ashyosining manbai bo‘lib xizmat qiladi. Tabiiy boyliklardan mohirona foydalanish va ularni ko‘paytirish xalq va davlat farovonligini yuqoriga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan biologik ta’lim, ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashga imkon beradi. O‘quvchilar, biologik ta’lim olaturib, tabiat faktlari va hodisalarini o‘zaro bog‘lanishda, xarakat, o‘zgarish va rivojlanish holatida tushunishga o‘rganadilar. Biologik ta’lim ko‘p jihatdan yosh avlodni aqliy, axloqiy, estetik tarbiyalashga yordam beradi. Ajoyib manzara yosh ruhning rivojlanishiga shu qadar ulkan darajada tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadiki, pedagogning ta’siri u bilan tenglasha olmaydi. Biologiyani o‘rganishda estetik tarbiyaga barcha o‘quv tarbiya jarayonining uzviy qismi sifatida qaraladi. Ilmiy idrok qilish estetik qabul qilish va xissiyotlarni o‘z ichiga oladi. Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan estetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy estetik tarbiyasiga ko‘maklashadi. Tabiatni sevish – katta va murakkab tuyg‘udir. U yuksak qalb va aql doiralarini qamrab oladi va odamning ongli ma’naviy hayotining asosiy tomonini tashkil etadi. Bu tuyg‘u ko‘p jihatdan vatanparvarlik xislariga mos keladi. Jonajon tabiatga bo‘lgan muhabbat bilan birga yosh avlodga jonajon o‘lkaga, jonajon mamlakatga qo‘yilgan mehr o‘sadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida tug‘iladi. Ulg‘ayish va etuklik mehru muhabbatni xis etib olishga olib keladi va uni mustahkamlaydi. Biologik ta’lim butun yosh avlodni tabiatga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga olib keladi: unga nisbatan ta’sirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini o‘z