logo

BIOLOGIK MEMBRANALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1491.90625 KB
MA’RUZA:   BIOLOGIK MEMBRANALARNING TUZILISHI VA
FUNKSIYASI.
Reja:
1.   Hujayra   membranasining   tuzilish   asoslari.   Membrana   lipidlari   va
oqsillari.
2.   Biologik   membranalar   tuzilishiga   doir   hozirgi   zamon   tasavvurlari.
Model membranalar.
3. Membranalarning fizik va kimyoviy xossalari. Bugungi kunga kelib, biologiya fanlari doirasida olib borilayotgan ko‘pgina
tadqiqotlar asosan hujayra darajasida yoki uning tashqi qobig‘i – membrana ustida
bormoqda.   Chunki,   organizmda   sodir   bo‘layotgan   yoki   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan
fiziologik   va   biokiyoviy   jarayonlarning   mexanizmini   bilish   uchun   albatta
hujayrada   boradigan   jarayonlarni   bilish   talab   qilinadi.   Hujayra   membranasi   juda
yupqa   ko‘zga   ko‘rinmas   bo‘lsa-da,   hujayraviy   jarayonlarning   normal   kechishida
juda   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Birinchi   navbatda   ular   hujayrani   tashqi   muhitdan
chegaralab   turadi.   Hujayralararo   bo‘shliqdagi   va   hujayra   ichidagi   mavjud
moddalarning   almashinishini   boshqarib   boradi.   Keraksiz   bo‘lgan   moddalarni
o‘tkazmaydi   (kerakli   moddalarni   tanlab   o‘tkazadi),   qoldiq   moddalarni   chiqarib
yuboradi.   Membrana   yuzasida   elektr   potensiallarini   hosil   bo‘lishini   va   uni
tarqalishini   ta’minlaydi.   Shu   orqali   sezgilarning   hosil   bo‘lishida   ishtirok   etadi.
Tadqiqot   natijalari   asosida   shuni   aniq   aytish   mumkinki,   ko‘pgina   patologik
holatlarning   rivojlanishi,   aynan   membranalarning   fizik   va   kimyoviy   omillar
ta’sirida  jiddiy shikastlanishi  natijasida  kelib  chiqadi.  Dastlab  hujayra  zararlanadi
va   nobud   bo‘ladi   (nekroz)   keyin   to‘qima   yallig‘lanishi   kabi   og‘ir   oqibatlarni
yuzaga   kelishini   rag‘batlantiruvchi   holatlar   sodir   bo‘lib,   uni   oldini   olinmasa,
organizmning nobud bo‘lishi mumkin.
1. Hujayra membranasining tuzilish asoslari. Membrana lipidlari va
oqsillari.
Organizmlar   hayot   faoliyati   jarayonlarini   o‘rganishning   qiyinligini   tirik
materiyaning   funksional   xossalarini   aks   ettiruvchi   termodinamik   va   kinetik
ko‘rsatkichlarning   murakkabligigagina   emas,   tirik   organizm   barcha   qismlarining
tuzilish   jihatdan   juda   yuksak   va   murakkab   tuzilganligiga   ham   bog‘liqdir.   Tirik
organizmlarda   barcha   hayotiy   (biokimyoviy   va   fiziologik)   jarayonlar   aynan
hujayralarda   kechishi   ma’lum.   Hujayralar   atrof-muhit   bilan   modda   va   energiya
almashib   turadigan   ochiq   termodinamik   funksiyadir.   Hujayralarda   ushbu
jarayonlarning   normal   darajada   borishini   uni   o‘rab   turgan   yupqa   parda   – membrana   ta’minlab   turadi.   Membranalar   juda   yupqa   tuzilgan   bo‘lsada,   hujayra
hayot faoliyati uchun benihoya katta ahamiyatga egadir. 
Shu   sababdan,   biologiya   fanlari   (biokimyo,   sitologiya,   biofizika,
fiziologiya   va   boshq.)   doirasida   olib   borilayotgan   ko‘pgina   izlanishlar   birinchi
navbatda   membrananing   kimyoviy   tuzilishi   va   uning   ishlash   mexanizmini
o‘rganishga qaratilgan. Hozirgi davrga kelib, biologiyada mustaqil ilmiy yo‘nalish
–   membranologiya   shakllandi.   Membranologiya   biologik   membranalar   tuzilishi,
molekulyar   shakllanishi,   membrana   tarkibiy   qismlarining   faoliyat   mexanizmlari,
membrananing   fizik-kimyoviy   xossalari   va   ular   faolligining   boshqarilishi
masalalarini tekshirish bilan shug‘ullanadi.
Ta’kidlab   o‘tganimizdek,   barcha   tirik   hujayralarning   ichki   muhiti   tashqi
muhitdan   membrana   orqali   ajralib   turadi.   Shuningdek,   hujayra   organellalari   va
kompartmentlari (hujayra ichki qismlari) membrana bilan ajralib turadi. Membrana
so‘zi   lotincha   membrana   -   yupqa   parda   degan   ma’noni   beradi.   Hujayra
membranasi qalinligi  o‘rtacha 7- 0 nm ga teng moddalarning tanlab o‘tkazilishini
ta’minlaydi hamda turli xil tashqi ta’sirlardan himoyalaydi.
Biologik   membranalar   faoliyati   xilma-xil   bo‘lib,   shulardan   biri   –
baryerlikdir.   Membranalar   hujayra   ichki   muhitini   tashqi   muhitdan   ajratib
qolmasdan,   hujayra   ichini,   struktura   va   funksional   alahidalashgan   bo‘limlar   –
kompartmentlarga   bo‘linishida   ham   ishtirok   etadi.   Hujayra   organoidlari
membranalari   alohida-alohida   tuzilishga   va   o‘ziga   xos   ishlash   mexanizmiga
egadir. Biomembranalarning sxematik tuzilishi (Asrarov, Xushmatov 2006).
Rasmda   barcha   hujayralarning   membranalari   uchun   umumiy   bo‘lgan
tuzilish   sxemasi   keltirilgan.   Unga   ko‘ra   membrananing   tashqi   va   ichki   tomonini
periferik oqsillar o‘rab turadi. O‘rta qavatda 2 qator fosfolipid qatlam joylashgan.
o‘tgan. Ular ion kanallarini hosil qiladi. 
A.   Remizov   ma’lumotlarida   keltirilishicha,   har   qanday   membrananing
asosini   ikkilangan   lipid   qatlami   (aytarli   darajada   fosfolipidlar)   tashkil   etadi.
Membranani   hosil   qiluvchi   lipid   molekulalari,   amfipatik   birikmalar   hisoblanadi,
ya’ni   ikkita   turli   xildagi   funksional   qismdan:   qutblangan   “boshcha”   va   noqutbiy
gidrofob “dumchalar” dan iborat (4.2-rasm). 
Fosfolipidning kimyoviy tuzilish sxemasi (Remizov, 2005).
Ikkilangan   lipid   qatlami,   lipidlarning   monoqatlamidan   shunday   tashkil
topadiki,   ikkala   qatlamning   gidrofob   “dumlari”   ichki   tomonga   yo‘nalgan   bo‘ladi.
Bunda   gidrofob   qismlardagi   molekulalarning   suv   bilan   bo‘ladigan   eng   kichik
kontakti amalga oshiriladi.
Fosfolipidning suv bilan o‘zaro bog‘lanishi (Remizov, 2005).
Hozirgi   vaqtda   membrana   tuzilishini   tushuntirishda   ko‘proq   1972   yilda
Singer   va   Nikolson   lar   tomonidan   taklif   etilgan   “suyuq-mozaika”   modelidan foydalanilib   kelinmoqda.   Bu   modelda   aytib   o‘tilishicha,   fosfolipid   molekulalari
membranada   ikki   qatlam   hosil   qilib   joylashgan   va   ular   doimo   har   xil   harakatda
bo‘ladi.   Ba’zan   lipid   molekulalari   bir   qatlamdan   ikkinchisi   flip-flop   yoki
arg‘imchoq sakrash  orqali o‘tishi kuzatiladi. Ikkita  qatlamdagi lipid molekulalari
tarkib   jihatidan   o‘zaro   farqlanadi,   ya’ni   fosfolipidlar   ikki   qatlamda   assimetrik
joylashgan. Ularning fikriga ko‘ra, membranalar qo‘zg‘almaydigan tinch turuvchi
strukturalar   hisoblanmaydi.   Ya’ni,   membranadagi   lipidlar   va   oqsillar   bir-birlari
bilan   o‘rin   almashtirib,   membrana   tekisligi   bo‘ylab   lateral   diffuziyani   hosil   qilib
hamda   tekislikka   perpendikulyar   ravishda   ko‘chib   turadi.   Lateral   diffuziyaga
lipidlarning   yuksak   darajadagi,   “flip-flop”   ga   esa   past   darajadagi
qo‘zg‘aluvchanligi   mos   keladi,   ya’ni   membrananing   turli   tomonlaridagi
lipidlarning   bir-birlari   bilan   o‘rin   almashtirishlari   juda   ham   kam   uchraydigan
jarayondir. 
Biomembranalar   oqsil   molekulalari,   lipidlar,   suv   va   anorganik
komponentlardan tashkil topgan. Biomembranalar tarkibiga kiruvchi oqsillar xilma
-   xil   bo‘lib,   ularning   molekulyar   massasining   qiymati     o‘rtacha   10   -   240   kD
hisoblanadi. Oqsillar  membranada lipid molekulalari matriskida joylashish o‘rniga
ko‘ra   integral   va   periferik   oqsillarga   bo‘linadi.   Oqsillar   gidrofob   xususiyatiga
ko‘ra,   alohida   yoki   lipid   molekulasiga   birikkan   holda   bo‘ladi.   Membranaga   kam
bog‘langan noelektrostatik, periferik oqsillar va lipidga bog‘langan integral oqsillar
fermentativ, modda va ionlar tashilishi, regulyator  va struktura kabi funksiyalarni
ta’minlaydi.   Membranada   oqsil   molekulalari   uglevodlar   bilan   birikib
glikoproteinlarni   yoki   lipidlar   bilan   birikib,   lipoproteinlarni   hosil   qiladi.   Oqsillar
hujayra quruq massasining 10-15 % ni, lipidlar 25-75 % ni tashkil qiladi. 
Membrana   lipidlari   14-22   ta   uglerod   atomlaridan   iborat   bo‘lib,
fosfolipidlar, glikolipidlar va steroidlardan tashkil topgan. Fosfolipidlar molekulasi
qutblangan   “bosh”   qismi,   ya’ni   gidrofil   va   qutblanmagan   “dum”   (gidrofob)
qismlardan   tashkil   topgan.   Bosh   qismi   fosfor   kislotasi   qoldig‘i,   gidrofob   qismi
uglevodorodlar   qoldig‘idan   tashkil   topgan.   Lipid   molekulalari   hujayra
membranasida qalinligi 3,5-4,0 nm bo‘lib, ikki qavat  hosil qilib joylashadi.  Tashqi   hujayra   membranalariga   glikokaliks   xarakterlidir.   Hujayra
membranasi   tashqi   qavatiga   xos   bo‘lgan   hamma   xossalari   glikokaliksga   bog‘liq,
Masalan, fagotsitoz, yoki boshqa hujayralarni tanishi va birlashishi, ya’ni adgeziya
qobiliyati. Eritrotsit membranalari glikokaliksi ularni agglyutinatsiyadan, ya’ni qon
hujayralarini   birlashishidan   saqlab   turadi.   Hujayra  yuzasini   immun   xossalari   ham
glikokaliksga   bog‘liq.   Glikokaliksni   shikastlanishi,   yuqorida   ko‘rsatilgan
jarayonlarni   borishiga   to‘sqinlik   qiladi   yoki   jarayonni   izdan   chiqaradi.   Natijada
hujayra faoliyati izdan chiqadi, bu esa turli patologiyalarga asos bo‘lishi mumkin.
Suv membranada bog‘langan, erkin va kam bog‘langan formalarda bo‘ladi.
Ichki   bog‘langan   suv,   alohida   molekulalar   holida   uglevodorod   molekulalariaro
joylashib, YAMR-  spektroskopiyada korrelyatsion vaqti : 
  
s   =   10 -7
  sek ni  tashkil  etadi. Bog‘langan suv gidrat qobiq holida lipid va
oqsil   qutbli   qismlarida   joylashib,   osmotik   nofaolligi   uchun   erituvchi   emas.   Erkin
suv izotrop xarakatchan ko‘rinishda bo‘lib, lipid qatlamlar orasida joylashadi.
2. Biologik membranalar tuzilishiga doir hozirgi zamon tasavvurlari.
Model membranalar.
Biologik   membranalarning   tuzilishi,   unda   biomolekulalarning   joylanishi
ko‘p   yillar   davomida   o‘rganilib,   ultrastrukturasi   haqida   bir   qator   ilmiy   qarashlar
vujudga   kelgan.   Membrana   tabiatiga   ko‘ra   juda   murrakkab   tizim   bo‘lib,   uning
xususiyatlarini   belgilash   maqsadida   turli   xil   modellar   taklif   qilingan.   Ushbu
modellarda   membrananing   asosiy   tarkibiy   qismi   fosfolipid   va   oqsil   moddalardan
iborat   ekanligi,   oqsil   molekulalarining   gidrofob   qismi   lipidlar   tomonga,   gidrofil
qismi   suv   tomonga   tortilib   turishi   muhokama   qilingan.   Shuningdek   ushbu
modellarda   fosfolipidlar   membranada   bir   xil   tarqalmagan   bo‘lib,   xolin   guruhiga
ega bo‘lganlari membrana tashqarisida, aminogruppaga ega bo‘lganlari membrana
ichkarisida joylashgan. 
Biologik membranalarning tuzilishining birinchi modelini1902 yili Overton
taklif   qildi.   Overton   membranalardan   lipidlprda   eruvchi   moddlar   yaxshi   o‘tishini
birinchilardan bo‘lib payqadi va membranalar fosfolipidlarning yupqa qatlamidan iborat degan taxminni aytdi. 1925 yil Gorter va Grendel eritrotsit membranalaridan
ajratib   olingan   lipidlar,   eritrotsit   tashqi   yuzalari   yig‘indisidan   ikki   marta   katta
ekanligini aniqladilar. Ushbu natijalar asosida ular   membranalar lipidlprning ikki
qatlamidan   (qo‘shqatlamdan)   iborat   degan   xulosaga   keldilar.   Ushbu   gipoteza
biomembranalarning   elektr   parametrlarini   o‘lchash   tasdiqlandi;   1935   yil   Koul   va
Kyortis   o‘z   tajribalarida   membranalar   yuqori   elektr   qarshilikka   va   katta   elektr
sig‘imga egaligini ko‘rsatdilar.
Biomembranalarning   tuzilishi   va   faoliyat   mexanizmlarini   tushintirishda
1935   yilda   yaratilgan   Daniyelli   va   Devsonning   “buterbrod”   modeli   muhim   o‘rin
tutdi.   Bu   gipotezaga   ko‘ra   biologik   membranalar   ikki   qavat   lipid   molekulalari
qavati   va   uni   ikki   tomonidan   o‘rab   turuvchi   oqsil   molekulalari   globulalar
yig‘indisidan tashkil topganligi ta’kidlanadi.
Biomembrana struktura tuzilishiga oid Daniyelli va Davson tomonidan
yaratilgan model. Hujayra membranasining strukturaviy modeli 
(A - Daniel-Davsonning elementar membranasi; B - Lenard va
Singerning suyuq-mozaika modeli).
F. Danielli tomonidan olib borilgan ilmiy tekshirishlarda membranada ikki
qavatli   fosfolipid   molekulalari   radial   holatda   joylashgan.   Bunda   fosfolipid
molekulasining   qutbli   atom   guruhlari   membrana   suv   fazasi   tomonga   va   qutbsiz
atom   guruhlari   esa   o‘zaro   taqalib   turadi   deb   ko‘rsatilgan.   Lipid   molekulalari
qo‘shqavatining  ikki  tomonida joylashgan oqsil  molekulalari  globula ko‘rinishida
bo‘lib,   ularning     qutbli   atom   guruhlari   membrana   suv   fazasi   tomonga   va   qutbsiz
atom   guruhlari   lipid   molekulalari   fazasiga   qarab   joylashgan   holatda   bo‘ladi   deb
ko‘rsatiladi.   Ammo   Daniyelli   modeli   ham   vaqt   o‘tishi   bilan,   biofizikada   yangi
ma’lumotlar olinishi bilan talabga javob bermay qoldi.
1964   yilda   yaratilgan   J.Robertsonning   biomembranalar   strukturasiga   oid
modelida   membrana   uch   qavatli   ekanligi,   ya’ni   ikkita   lipid   molekulalari
qo‘shqavatini  ichki tomondan oqsil  molekulalari va tashqi  tomondan glikoproteid
molekulalari   o‘rab   turishi   qayd   etiladi   va   bu   tuzilish     universal,   ya’ni   barcha
biomembranalar   bir   xil   tuzilishga   ega   ekanligi   ko‘rsatib   beriladi.   Shuningdek
J.Robertsonning membrana modelida membrana tashqi tomonida joylashgan oqsil
molekulalarining fibrillyar shaklda ekanligi ta’kidlanadi. 
1966 yilda J.Lenard va S.Singer tomonidan biomembranalarning tuzilishini
tushintirishda   membrananing   suyuq-mozaika   modeli   yaratildi.   Unga   ko‘ra
membrana suyuq fazadan tashkil topgan lipid molekulalari va unda botib turuvchi
yoki   suzib   yuruvchi   oqsil   molekulalaridan   iboratligi   ta’kidlanadi.   1970   yilda
yaratilgan   G.Vanderskiy   va   D.Gren   tomonidan   yaratilgan   biomembranalarning
oqsil-kristall   tuzilish   modeli   esa   membranada   oqsil   strukturalarining   membrana
faoliyatiga   bog‘liq   holatdagi   konformatsiyalari   o‘zgarishlarini   to‘laroq   tushintirib
berishga   harakat   qiladi.   1972   yil   S.Singer   va   G.Nikolson   tomonidan
biomembranalarning   suyuq-mozaika   modeliga   to‘g‘risidagi   fikrlar   rivojlantirilib,
unga   binoan   fosfolipid   molekulalari   membranada   ikki   qatlam   hosil   qilib
joylashgan  va  ular   doimo har  xil   harakatda  bo‘ladi. Ba’zan  lipid  molekulalari   bir qatlamdan   ikkinchisi   flip-flop   yoki   arg‘imchoq   sakrash   orqali   o‘tishi   kuzatiladi.
Ikkita     qatlamdagi   lipid   molekulalari   tarkib   jihatidan   o‘zaro   farqlanadi,   ya’ni
fosfolipidlar ikki qatlamda assimetrik joylashgan. 
Hozirgi   vaqtda   biomembranalarning   tuzilishiga   oid   gipotezalar   ichidan
Singer   va   Nikolson     suyuq-mozaika   modeli   qabul   qilingan.   Shu   bilan   birga
zamonaviy   biofizika   fanida   biomembranalarning   struktura   tuzilishida   oqsil
molekulalarining   joylashish   konformatsiyalari   to‘liq   tushintirib   beriladi.
Biomembranada   joylashgan   oqsil   molekulalarining   ion   kanallari   hosil   qilish
mexanizmlari,   retseptor   oqsil   molekulalari,   lipid   molekulalarining   turlari   va
vazifasi kabi murakkab holatlar ilmiy jihatdan to‘liq asoslab berilgan.
Hujayra membranasining qalinligi J.Robertson tomonidan taxminan 75 A o
ekanligi   qayd   etilgan   va   ko‘pgina   tajribalar   asosida   bu   ko‘rsatkichning   o‘rtacha
qiymati   100   A o
  deb   baholangan.   Hujayra   membranasining   kimyoviy   tarkibi   va
tarkibiy   qismlarining   o‘zaro   joylashish   konformatsiyalari   membrana   faoliyati
xususiyatlariga   mos   keladi.   Elektron   mikroskopda   kuzatilganda   hujayra
membranasi   ikkita,   qalinlik   o‘lchami   o‘rtacha   20   A o  
ga   teng   bo‘lgan   monosloy
qatlamlardan   va   ularning   o‘rtasida     qalinlik   o‘lchami   o‘rtacha   35   A o  
ga   teng
bo‘lgan qatlamdan tashkil topganligini ko‘rish mumkin.
Hujayra   membranasining   elastiklik,   qisqaruvchanlik,   mexanik   xossalari
unda joylashgan oqsil molekulalarining holati bilan tushuntiriladi.
3. Membranalarning fizik-kimyoviy xossalari.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, hujayra membranasi oqsil, yog‘, uglevod va
boshqa  organik  va  noorganik  moddalardan  iborat  bo‘lib,  ular   moddalarni  hujayra
ichkarisiga va o‘z navbatida tashqarisiga o‘tishini ta’minlab beradi. Bu jarayonning
normal   kechishi   membranalar   kimyoviy   tarkibining   doimiy   bo‘lishi   hamda   uning
fizikaviy   xossalariga   ham   bo‘g‘liq   bo‘ladi.   Shunga   ko‘ra,   biomembranalar   ham
o‘ziga xos fizikaviy va kimyoviy xossalarga ega.  Ma’lumki, membrananing lipid qo‘shqatlami hujayrada o‘ziga xos bo‘lgan
suyuq   faza   hosil   qiladi.   Suv   va   lipid   fazalar   orasida   esa   ko‘plab   fermentlar   va
ularning   substratlari,   turli   xil   oqsillar,   retseptorlar,   glikolipidlar,   gliko-   va
lipoproteidlar joylashgan ( aniqrog‘i “suzib” yuradi).
Membrana   qo‘shqatlamining   qovushqoqlik,   qutblanlik,   sirt   zaryadi   kabi
asosiy  xossalariga   deyarli  hamma  membranalarda  joylashgan     fermentlar  faolligi,
shuningdek retseptorlar faoliyati bog‘langan. 
Biomembranalarning  uchta  asosiy   funksiyalari   mexanik,  matritsa   va  barer
funksiyalari   ularning   xossalariga   bog‘liq.   Mexanik   funksiya   hujayra   va   uning
organellalarini mustahkamligini va avtonomligini ta’minlaydi. Matritsa funksiyasi
esa membrana oqsillarini o‘zaro joylashishini, oriyentatsiyasini ta’minlaydi, bu esa
o‘z   navbatida   ushbu   oqsil   tizimlarini   optimal   ishlashiga   asos   bo‘ladi.   Masalan,
membrana fermentlarining o‘zaro ta’siri, yoki membranadagi poliferment tizimlar
faoliyati,   nafas   zanjirini   tashkil   qilgan   ansambl   va   boshqa   faoliyati   uchun   albatta
membranada   joylashish   tartibi   muhim   o‘rin   tutadi.   Biomembranalar   barer
funksiyaga   ega,   ya’ni   membrana   hujayra   uchun   yot   bo‘lgan   moddalarni   ichki
tomonga   o‘tkazmaydi,   faqat   hujayra   uchun   kerakli   moddalar   tanlab   o‘tkaziladi,
ushbu   moddalarni   hujayra   ichiga   kirishi   boshqarilib   turiladi,   ya’ni   hujayraning
funksional holatiga bog‘liq ravishda membranaga singadi.
Shuningdek,   biomembranalar   tanlab   o‘tkazuvchanlik,   egiluvchanlik,
qo‘zg‘aluvchanlik, fagotsitoz, energiya hosil qilish,  retseptorlik kabi funksiyalarga
ham   ega,   ushbu   funksiyalar   membrananing   o‘ziga   xos   bo‘lgan   xossalari   orqali
ta’minlanadi.
Biomembranalar faol tizim bo‘lib, u hujayraning tashqi muhit bilan o‘zaro
munosabatlarini,   turli   xil   moddalarni,   jumladan   ionlarni   tanlab   tashqi   muhitdan
hujayra   ichkarisiga   kirishi   yoki   tashqariga   chiqarilishini,   gormonlar   va   boshqa
boshqaruvchi   molekulalarning   bog‘lanishini,   fermentlar   katalizlaydigan   turli
rekatsiyalarning   kechishini,   elektr   impulslarning   hosil   bo‘lishi   va   o‘tkazilishini
ta’minlaydi.   Har   bir   membrana   o‘ziga   xos   bo‘lgan   funksiyani   bajaradi.   Umuman
membranalarning strukturasi ma’lum vazifani bajarish uchun moslashgan bo‘ladi.  Membranada tizimlar ikkita asosiy faza holatida bo‘lishi mumkin:
1) qattiq ikki qatlamli kristall  holat yoki gel holatida;
2) suyuq kristall  holatda bo‘ladi.
Ikkala   holatda   ham   lipid   fazasining   ikki   qatlamli   strukturasi   saqlanib
qoladi.   Membrana   harorati   oshirilganda   qattiq   fazaning   suyuq   fazaga   nisbati
o‘zgaradi.   Membranani   tashkil   qilgan   fosfolipidlarning   yarim   miqdori   qattiq     va
ikkinchi yarmi  suyuq bo‘lgan holatni belgilaydigan  harorat   fazali o‘tish harorati
deyiladi.   Bu   harorat   lipidlarning   uglevodorod   zanjiri   uzunligi   va   uning   to‘yinish
darajasiga   bog‘liq.   Fosfolipidlarning   uglevodorod   zanjirlarning   uzunligi   oshishi
bilan   fazali   o‘tish   harorati   ham   oshadi   va   to‘yinish   darajasi   kamayishi   bilan   bu
harorat pasayadi. Fazali o‘tishda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar asosida lipidlarning
uglevodorod   zanjirlarining   fazoviy   o‘zgarishlari   yotadi.   Gel-suyuq   kristall
holatdagi   fazalararo   o‘tishda   uglevodorod   zanjirlari   trans   -   holatidan   tartibsiz
holatiga   o‘tishi   sodir   bo‘ladi.   Bunda   bir   lipid   molekulasi   egallaydigan   yuzaning
qiymati   oshadi   va   uglevodorod   qatlamining   qalinligi   kamayadi.   Bunda   tashqi
kavatlar   oqsil   molekulalaridan   va   o‘rtada   joylashgan   qavat   ikki   qator   holatda
joylashgan   lipid   molekulalaridan   tashkil   topganligi   aniqlangan.   Membrana   tashqi
tomonida   joylashgan   oqsil   molekulalari   yaxlit   holatda   emasliga   sababli   lipid
molekulalari   hujayra   tashqarisida   mavjud   bo‘lgan   gidrofob   xususiyatga   ega
moddalar   bilan   bevosita   ta’sirlashadi.   Buning   natijasida   esa   suvda   erimaydigan
holatdagi moddalar membranadan bemalol lipid molekulalari qavatida erishi orqali
o‘ta oladi. Hujayra membranasi tashqi tomonida joylashgan oqsil molekulalarining
maxsus       konformatsiyasidan   hosil   bo‘ladigan   ion   kanallari   orqali   turli   xil   ionlar
qat’iy   tartibda,   maxsus   tanlovchanlik   xususiyati   asosida   hujayra   ichki   muhitiga
o‘tkaziladi   yoki   tashqariga   chiqarib   yuborilishi   amalga   oshadi.   Shu   bilan   birga
membrana   tashqi   qismida   joylashgan   oqsil   molekulalari   membrananing   ichki   va
tashqi   qavatlarida   joylashgan   ferment   tizimlari,   ion   kanallari,   biologik   faol
moddalar   bilan   tanlovchanlik   asosida   ta’sirlashadigan   retseptor   deb   ataluvchi
maxsus   molekula   tuzilmalarini   tashkil   etadi.   Bu   tuzilmalar   faoliyati   asosida
hujayra tashqi muhit ta’sirotlarini qabul qiladi. Biomembranalar   molekulalarining   harakatlanuvchanligini   va   membrana
orqali   o‘tuvchi   zarrachalarning   diffuziyasini   o‘lchash   bilipid   qatlami   o‘zini   suv
kabi   tutishidan   dalolat   beradi.   Ikkinchi   tomondan,   membrana   tartibli   holdagi
strukturadir.   Ko‘rsatilgan   bu   ikkala   fakt   membranadagi   fosfolipidlar   uning   tabiiy
holdagidek   ishlab   turishida   suyuq   kristallik   holatida   bo‘ladi   deb   xulosa   qilish
imkonini   beradi.   Membrananing   suyuq   h’olatda   bwlishini   EPR   (elektron
paramagnit rezonans) va YaMR usullari orqali aniqlash mumkin. 
Membranalar   lipid   qatlamining   qovushqoqligi   suvning   qovushqoqligidan
taxminan   100   marta   ortiq,   bu   esa   taxminan   o‘simlik   moyining   qovushqoqligiga
mos keladi. Sirt tarangligi esa suvnikidan 100 va 1000 marta kichik, ya’ni 0,03-1
m   N/m.   Harorat   o‘zgarganda,   membranada   fazoviy   o‘tishlarni,   ya’ni   isitilganda
lipidlarning   erishi,   sovitilganda   esa   kristallanishini   kuzatish   mumkin.   Fazoviy
o‘tishlar   energiyaning   o‘zgarishi   bilan   bog‘liq   bo‘lgani   tufayli   uni   xususan,
haroratning  o‘zgarishida  issiqlik   sig‘imi   S ning  ortishiga  qarab  payqash  mumkin.
Biqatlamning   suyuq   kristallik   holati   kichik   qovushqoqlikka   va   qattiqlik   holatiga
qaraganda turli moddalarda katta eruvchanlikka ega. Suyuq kristallik biqatlamning
qalinligi qattiqnikaga qaraganda kichik bo‘ladi.
Molekulalarning qattiq va suyuq holatdagi konformatsiyasi (strukturasi) 
turlichadir, bunga renggenostruktur analiz tufayli  ishonch hosil qilish mumkin. 
Suyuq fazada fosfolipid molekulalari diffuziyalanuvchi modda molekulalarini 
ishga kirishi imkoniyatiga ega bo‘lgan bo‘shliq hosil bo‘ladi. ADABIYOTLAR
1.Ярмоне	нко С.П., Вайнсо	н А.А. Радиобиология человека 	
нживотных.
М., "Высшая школа", 2004.
2.
Remizov	.Tibbiy va biologik biofizika.	 Toshkent 	 Ibn Sino nashriyoti	
,2006.
3.
Yu.B. Kudryashov. Radiaщyunnaya 	bi	ofiz	ika ( ionnziruyush	ie 	
izlucheniya). Moskva, Fizmatlit.2004.
4. Ye	
. Ismoilov, N. Mamatqulov, G‘. Xodjaev, Q.Norboev, Biofizika 	
va radiobiologiya, Sano-standart nashriyoti, Toshkent-2018.
5.
 Radjabov A.I. Radiobiologiya, “Fan va texnologiya” Toshkent-
2018
6.
Umarova	F.T. Universitet.	 2003.

MA’RUZA: BIOLOGIK MEMBRANALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI. Reja: 1. Hujayra membranasining tuzilish asoslari. Membrana lipidlari va oqsillari. 2. Biologik membranalar tuzilishiga doir hozirgi zamon tasavvurlari. Model membranalar. 3. Membranalarning fizik va kimyoviy xossalari.

Bugungi kunga kelib, biologiya fanlari doirasida olib borilayotgan ko‘pgina tadqiqotlar asosan hujayra darajasida yoki uning tashqi qobig‘i – membrana ustida bormoqda. Chunki, organizmda sodir bo‘layotgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan fiziologik va biokiyoviy jarayonlarning mexanizmini bilish uchun albatta hujayrada boradigan jarayonlarni bilish talab qilinadi. Hujayra membranasi juda yupqa ko‘zga ko‘rinmas bo‘lsa-da, hujayraviy jarayonlarning normal kechishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda ular hujayrani tashqi muhitdan chegaralab turadi. Hujayralararo bo‘shliqdagi va hujayra ichidagi mavjud moddalarning almashinishini boshqarib boradi. Keraksiz bo‘lgan moddalarni o‘tkazmaydi (kerakli moddalarni tanlab o‘tkazadi), qoldiq moddalarni chiqarib yuboradi. Membrana yuzasida elektr potensiallarini hosil bo‘lishini va uni tarqalishini ta’minlaydi. Shu orqali sezgilarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Tadqiqot natijalari asosida shuni aniq aytish mumkinki, ko‘pgina patologik holatlarning rivojlanishi, aynan membranalarning fizik va kimyoviy omillar ta’sirida jiddiy shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Dastlab hujayra zararlanadi va nobud bo‘ladi (nekroz) keyin to‘qima yallig‘lanishi kabi og‘ir oqibatlarni yuzaga kelishini rag‘batlantiruvchi holatlar sodir bo‘lib, uni oldini olinmasa, organizmning nobud bo‘lishi mumkin. 1. Hujayra membranasining tuzilish asoslari. Membrana lipidlari va oqsillari. Organizmlar hayot faoliyati jarayonlarini o‘rganishning qiyinligini tirik materiyaning funksional xossalarini aks ettiruvchi termodinamik va kinetik ko‘rsatkichlarning murakkabligigagina emas, tirik organizm barcha qismlarining tuzilish jihatdan juda yuksak va murakkab tuzilganligiga ham bog‘liqdir. Tirik organizmlarda barcha hayotiy (biokimyoviy va fiziologik) jarayonlar aynan hujayralarda kechishi ma’lum. Hujayralar atrof-muhit bilan modda va energiya almashib turadigan ochiq termodinamik funksiyadir. Hujayralarda ushbu jarayonlarning normal darajada borishini uni o‘rab turgan yupqa parda –

membrana ta’minlab turadi. Membranalar juda yupqa tuzilgan bo‘lsada, hujayra hayot faoliyati uchun benihoya katta ahamiyatga egadir. Shu sababdan, biologiya fanlari (biokimyo, sitologiya, biofizika, fiziologiya va boshq.) doirasida olib borilayotgan ko‘pgina izlanishlar birinchi navbatda membrananing kimyoviy tuzilishi va uning ishlash mexanizmini o‘rganishga qaratilgan. Hozirgi davrga kelib, biologiyada mustaqil ilmiy yo‘nalish – membranologiya shakllandi. Membranologiya biologik membranalar tuzilishi, molekulyar shakllanishi, membrana tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari, membrananing fizik-kimyoviy xossalari va ular faolligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan shug‘ullanadi. Ta’kidlab o‘tganimizdek, barcha tirik hujayralarning ichki muhiti tashqi muhitdan membrana orqali ajralib turadi. Shuningdek, hujayra organellalari va kompartmentlari (hujayra ichki qismlari) membrana bilan ajralib turadi. Membrana so‘zi lotincha membrana - yupqa parda degan ma’noni beradi. Hujayra membranasi qalinligi o‘rtacha 7- 0 nm ga teng moddalarning tanlab o‘tkazilishini ta’minlaydi hamda turli xil tashqi ta’sirlardan himoyalaydi. Biologik membranalar faoliyati xilma-xil bo‘lib, shulardan biri – baryerlikdir. Membranalar hujayra ichki muhitini tashqi muhitdan ajratib qolmasdan, hujayra ichini, struktura va funksional alahidalashgan bo‘limlar – kompartmentlarga bo‘linishida ham ishtirok etadi. Hujayra organoidlari membranalari alohida-alohida tuzilishga va o‘ziga xos ishlash mexanizmiga egadir.

Biomembranalarning sxematik tuzilishi (Asrarov, Xushmatov 2006). Rasmda barcha hujayralarning membranalari uchun umumiy bo‘lgan tuzilish sxemasi keltirilgan. Unga ko‘ra membrananing tashqi va ichki tomonini periferik oqsillar o‘rab turadi. O‘rta qavatda 2 qator fosfolipid qatlam joylashgan. o‘tgan. Ular ion kanallarini hosil qiladi. A. Remizov ma’lumotlarida keltirilishicha, har qanday membrananing asosini ikkilangan lipid qatlami (aytarli darajada fosfolipidlar) tashkil etadi. Membranani hosil qiluvchi lipid molekulalari, amfipatik birikmalar hisoblanadi, ya’ni ikkita turli xildagi funksional qismdan: qutblangan “boshcha” va noqutbiy gidrofob “dumchalar” dan iborat (4.2-rasm). Fosfolipidning kimyoviy tuzilish sxemasi (Remizov, 2005). Ikkilangan lipid qatlami, lipidlarning monoqatlamidan shunday tashkil topadiki, ikkala qatlamning gidrofob “dumlari” ichki tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunda gidrofob qismlardagi molekulalarning suv bilan bo‘ladigan eng kichik kontakti amalga oshiriladi. Fosfolipidning suv bilan o‘zaro bog‘lanishi (Remizov, 2005). Hozirgi vaqtda membrana tuzilishini tushuntirishda ko‘proq 1972 yilda Singer va Nikolson lar tomonidan taklif etilgan “suyuq-mozaika” modelidan

foydalanilib kelinmoqda. Bu modelda aytib o‘tilishicha, fosfolipid molekulalari membranada ikki qatlam hosil qilib joylashgan va ular doimo har xil harakatda bo‘ladi. Ba’zan lipid molekulalari bir qatlamdan ikkinchisi flip-flop yoki arg‘imchoq sakrash orqali o‘tishi kuzatiladi. Ikkita qatlamdagi lipid molekulalari tarkib jihatidan o‘zaro farqlanadi, ya’ni fosfolipidlar ikki qatlamda assimetrik joylashgan. Ularning fikriga ko‘ra, membranalar qo‘zg‘almaydigan tinch turuvchi strukturalar hisoblanmaydi. Ya’ni, membranadagi lipidlar va oqsillar bir-birlari bilan o‘rin almashtirib, membrana tekisligi bo‘ylab lateral diffuziyani hosil qilib hamda tekislikka perpendikulyar ravishda ko‘chib turadi. Lateral diffuziyaga lipidlarning yuksak darajadagi, “flip-flop” ga esa past darajadagi qo‘zg‘aluvchanligi mos keladi, ya’ni membrananing turli tomonlaridagi lipidlarning bir-birlari bilan o‘rin almashtirishlari juda ham kam uchraydigan jarayondir. Biomembranalar oqsil molekulalari, lipidlar, suv va anorganik komponentlardan tashkil topgan. Biomembranalar tarkibiga kiruvchi oqsillar xilma - xil bo‘lib, ularning molekulyar massasining qiymati o‘rtacha 10 - 240 kD hisoblanadi. Oqsillar membranada lipid molekulalari matriskida joylashish o‘rniga ko‘ra integral va periferik oqsillarga bo‘linadi. Oqsillar gidrofob xususiyatiga ko‘ra, alohida yoki lipid molekulasiga birikkan holda bo‘ladi. Membranaga kam bog‘langan noelektrostatik, periferik oqsillar va lipidga bog‘langan integral oqsillar fermentativ, modda va ionlar tashilishi, regulyator va struktura kabi funksiyalarni ta’minlaydi. Membranada oqsil molekulalari uglevodlar bilan birikib glikoproteinlarni yoki lipidlar bilan birikib, lipoproteinlarni hosil qiladi. Oqsillar hujayra quruq massasining 10-15 % ni, lipidlar 25-75 % ni tashkil qiladi. Membrana lipidlari 14-22 ta uglerod atomlaridan iborat bo‘lib, fosfolipidlar, glikolipidlar va steroidlardan tashkil topgan. Fosfolipidlar molekulasi qutblangan “bosh” qismi, ya’ni gidrofil va qutblanmagan “dum” (gidrofob) qismlardan tashkil topgan. Bosh qismi fosfor kislotasi qoldig‘i, gidrofob qismi uglevodorodlar qoldig‘idan tashkil topgan. Lipid molekulalari hujayra membranasida qalinligi 3,5-4,0 nm bo‘lib, ikki qavat hosil qilib joylashadi.