logo

Biologik xilma xillikni muxofaza qilish.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

452.2265625 KB
Mavzu: Biologik xilma xillikni 	
muxofaza qilish. 	
 	
Reja: 
 
1.Biologik xilma xillik  
2.Turlar aro biologic xilma xillik 
3.	Biologik xilma xillik va uni  	
baxolash. 
 
 
 
 
 
 
                 	Organik  olam  evolutsiyasi  to’g’risida  mulohaza 	
yuritganda  nima  sababdan  barcha  tirik  mavjudodlar 
oddiydan  murakkablanish  tomon  bir  xil  rivojlanmagan, 
ular  orasida  soda  va  murakkab  tuzilishga  ega  bo’lgan 
mavjudodlar  mavjud,  degan  savol  tug’ilishi  mumkin.  Fan 
oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A. N. Seversov va 
I.  I.  Shmalgauzen  ijobiy  hal  qiladilar.  Ma’lumki,  Darvin 
o’z  davrida  evalusion  jarayon  organizmlarning  tinmay 
muhit  sharoitiga  mumkin  qadar  ko’proq  moslanishidan 
iborat  ekanligini  aytib o’tgan  edi. Atrof-muhitning  tarixiy 
davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o’zgarishi odatda 
organizmlar  umumiy  yoki  xususiy  moslanishlarni  keltirib 
chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur 
bo’lgan  organlar  sistemasining  takomillashuvi  bilan 
aloqador.  Agar  muhit  sharoitning  o’zgarishi  bilan:  1)  bir 
turga  mansub  individlar  soni  ortsa;  2)  ular  ishg’ol  qilgan 
areal kengaya borsa; 3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, 
kenja  turlar,  turlar  va  boshqa  taksonlar  hosil  bo’lsa,  bu 
jarayon biologik  yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi 
vaqtda  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  boshqa  qushlarga 
nisbatan  Hindiston  maynasi  biologic  progress 
holatidadir.  Yashash joyiga nisbatan instinktning yo’qligi, 
tanasining  bir  muncha  yirikligi,  tajavuzkorligi,  xilma-xil 
oziqlar  bilan  oziqlanishi,  tez  urchishi,  ularning  yashash 
uchun  kurashda  g’olib  kelib,  son  jihatdan  tobora  ko’paya 
borishiga,  arealining  kengayishiga  sabab  bo’lmoqda. 
Dastlab  XX  asr  boshlarida  Hindiston  maynasi  Markaziy 
Osiyoning  chegara  tumanlarida  uchragan  bo’lsa,  hozirgi 
vaqtga  kelib,  uni  shimoliy  tumanlar  hamda  boshqa 
respublika va viloyatlarda ham ko’rish mumkin.                    A.  N.  Sevresov  va  I.I.  Shmalgauzenlar  biologik 
progressning asosiy yo’nalishlari haqida mulohaza yuritib, 
uni  aromorfoz,  idioadaptatsiya,  umumiy  degeneratsiya 
asosida bo’lishini aniqladilar. 
   Biologik progress har xil usulda amalgam oshadi. Uning 
birinchi  usulida  tarixiy  jarayonda  organizmlar  hayot 
faoliyati  uchun  nihoyatda  muhim  bo’lgan  organlar 
sistemalari  takomillashadi.  U  morfofiziologik  yuksalish  – 
aromofoz deb тomlanadi.   Ikkinchi usulda organism hayot 
faoliyati  uchun  ikkinchi  darajali  organlar  sistemasi 
o’zgaradi  va  organizmlar  tuzilishi  murakkablashmaydu, 
lekin  muhitga  moslashadi.  Uchinchi  organizmlar  tuzilishi 
murakkabdan  soddaga  o’zgarishi  natijasida  biologik 
progressga yo’liqqan bo’ladi. 
      Morfofiziologik  yuksalish  deganda  organizmlar 
tuzilishining  umumiy  darajasini,  hayot  faoliyati 
yuksalishini  amalga  oshiradigan  evolutsion  o’zgarishlar 
tushuniladi.  Aromorfozlar  yashash  uchun  kurashda  ancha 
afzalliklar  yaratadi  va  tirik  mavjudotlarni  yangi  muhit 
sharoitida keng doirada yashashga imkon beradi. 
      O’simliklarning  suv  muhitidan  quruqlikda  yashashga, 
spora  bilan  ko’payishdan  urug’dan  ko’payishga  o’tishi, 
yopiq  urug’lilarning  kelib  chiqishi  aromofoz  tipidagi 
yuksalishlardir. Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon 
aylanish,  hazm  qilish,  nafas  organlarining  murakkablasha 
borishi,  baliqlar,  suvda  ham  quriklikda  yashovchilar, 
sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar sinflarining 
kelib  chiqishi  ham  organik  olam  evolutsiyasining 
aromorfoz yo’nalishida amalgam oshgan.     Aromorfoz yo’nalish tufayli organic olam evolutsiyasida 
o’simliklarning,  hayvonlarning  tuzilishi,  hayot  faoliyati 
tobora  murakkablashgan,  ularning  yangi-yangi  guruhlari 
paydo  bo’lgan,  areali  kengaygan,  turkum,  sinf,  tip  hosil 
bo’lish jarayoni tezlashgan. 
      Aromorfoz  yo’nalish  uzoq  davom  etgan  irsiy 
o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish asosida ro’y bergan. 
   O’simlik va hayvonlarning har qanday yirik taksonomik 
birligida  aromorfoz  tipidagi  o’zgarishlarni  ko’rish 
mumkin. 
      Idioadaptatsiya  organizmlarning  muayyan  yashash 
sharoitiga  moslashuviga  yordam  beradigan  evolutsion 
o’zgarishlardir.  Aromorfozlardan  farqli  o’laroq, 
idioadaptatsiya  umumiy  moslanish  emas,  balki  xususiy, 
juz’iy  moslanishlar  bilan  aloqadordir.  Ular  organizmlar 
tuzilishi  darajasini,  hayot  faoliyatini  ajdodlarga  nisbatan 
yuqoriga  ko’tarmaydi.  Hayvonlarda  himoya  rangi, 
mimikriya  hodisasi,  o’simliklarda  shamol,  hashoratlar, 
qushlar yordamida chetdan changlanish bo’yicha xilma-xil 
muvofiqlanishlar, meva va ularning tarqalishi bilan bog’liq 
moslanishlar  idioadaptatsiya  misol  bo’la  oladi. 
Hashoratxo’rlar turkumiga mansub hayvonlarning bazilari 
quruqlikda, suda yoki yer ostida yashashga moslashganligi 
ham idioadaptatsiya misoldir. 
      Umumiy  degeneratsiya  tarixiy  jarayonda  murakkab 
tuzilishdan oddiy tuzilishga o’tish demakdir. Organik olam 
evolutsiyasining  bu  yo’nalishi  o’rganizmlarning  o’troq 
yoki  parazit  holda  hayot  kechirishi  bilan  uzviy  aloqador. 
Masalan, assidiy lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv  sistemasi  xorda,  ko’z  rivojlangan  bo’ladi.  Keyinchalik 
lichinka  o’troq  hayot  kechirishga  o’tib,  voyaga  yetish 
jarayonida organizmda  regressiv  metomorfoz  ro’y beradi. 
Xorda  nerv  sistemasining  asosiy  qismi  yo’qolib  qolgani 
tugunchaga aylangan bo’ladi. 
      Odam  parazitlari,  cho’chqa  solityori,  tasmasimon 
chuvalchanlarda  ichak  bo’lmaydi,  nerv  sistemasi  soda 
tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo’q. Lekin ularda 
“xo’jayin” ichak devorlariga yopishish uchun so’rg’ichlar, 
kuchli  rivojlangan  ko’payish  organi  bo’ladi.  Shuningdek, 
ko’pgina  o’simliklarda,  masalan,  parazit  holda  yashovchi 
zarpechakda asosiy organlaridan biri barg bo’lmaydi, ildiz 
o’rniga  poyada  so’rg’ichlar  hosil  bo’lib  uning  yordamida 
“xojayin”  o’simlikdan  oziq  moddalarni  so’rib  oladi. 
Zarpechak  ko’plab  meva,  urug’  beradi.  Uning  mevasi 
o’tx’o’r  hayvonlarning  oziqlanish  organlarida  hazm 
bo’lmaydi.  Shunday  qilib,  umumiy  degeneratsiya 
organizmlar  tuzilishini  soddalashtirsa  ham,  biroq  bu 
turdagi  organizmlar  sonining  ko’p  bo’lishiga,  arealning 
kengayishiga,  yangi  sistematik  guruhlarning  taraqqiy 
etishiga, ya’ni biologik yuksalishga olib keladi. 
      Hozirgi  vaqtda  hashoratlar,  suyakli  baliqlar, 
kemiruvchilarning  ko’pgina  guruhlari,  gulli  o’simliklar 
biologik yuksalish guruhlari progress holatidadir. 
      Organik  olamning  rivojlanishida  biologik  yuksalish  – 
progressiya  qarama-qarshi  o’laroq,  bioligik  regress  ham 
uchraydi. Bioligik regressda muhit sharoitiga organizmlar 
yetarlicha  moslasha  olmganliklari  sababli  ularning:  a) 
avloddan  avlodga  o’tgan  sari  individlar  soni  qisqradi;  b) 
populyatsiyalar, turlar soni kamayadi.        O’simliklardan  ginklar  oilasi,  sutemizuvchilardan 
hashoratxo’rlar turkumiga kiruvchi faqat ikki turdan iborat 
vixuol avlodi biologik regress holatidadir. 
  
2.Evolutsiyaning sintetik nazariyasi.	 	
   XX asrga kelib irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har xil 
turga  kiruvchi  organizmlar  orasidagi  munosabatlar,  tur 
strukturasi  kabi  masalalar  atroflicha  o'rganila  boshlandi. 
Genetika,  ekologiya,  molekulyar  biologiya  singari 
biologiyaning yangi shoxobchalari 
shakllandi.  Mazkur  fanlarning  klassik  darvinizm  bilan 
qo'shilishi  natijasida  evolutsiyaning  sintetik  nazariyasi 
yaratildi. Bu nazariyaning asosiy qoidalari bo'lib: 
1.Evolutsiyaning  boshlang'ich  materiali  mutatsion  va 
kombinativ o'zgaruvchanlik hisoblanadi. 
2.  Evolutsiyaning  boshlang'ich  birligi  populyatsiya 
sanaladi. 
3. Evolutsiyaning boshlang'ich omili populyatsiya to'lqini, 
genetik-avtomatik jarayonlar va alohidalanishdan iborat. 
4.  Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan. 
5. Tur morfologik, bioximik, fiziologik, ekologik, genetik 
jihatdan  nisbatan  farqlanuvchi,  jinsiy  jihatdan 
alohidalashgan  kenja  tur,  populyatsiyalar  majmuasidan 
tashkil topgan. 
6.    Genlar  almashishi,  oqimi  faqat  tur  doirasida  amalga 
oshadi.  7.    Evolutsiya  divergent,  ya'ni  bir  ajdod  turdan  bir  necha 
yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod 
turdan yagona yangi tur kelib chiqishi ko'rinishida bo'ladi. 
8.   Evolutsiya asta-sekin kechuvchi uzoq muddatli jarayon 
bo'lib, bunda turlarning kelib chiqishi bir populyatsiyaning 
boshqa,  yangi  populyatsiya  bilan  almashishi  orqali 
tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi. 
9.    Turning  asosiy  mezoni  jinsiy  alohidalanish  ekanligi 
e'tiborga  olinsa,  mazkur  mezonni  jinsi  yaxshi 
ifodalanmagan  organizmlarga  nisbatan  tatbiq  qilib 
bo'lmaydi. 
10.  Mikroevolutsiya tur doirasidagi, makroevolutsiya esa 
turdan  yuqori  taksonlardagi  evolyutsion  jarayonlarni 
ifodalaydi. 	
Evolutsiyaning  boshlang'ich  materiali  mutatsion  va 	
kombinativ o'zgaruvchanlik hisoblanadi. Mutatsiyalar gen, 
xromosoma,  genom  va  sitoplazmatik  xillarga  bo'linadi. 
Gen  tarkibidagi  nukleotidlar  sonining  ortishi,  kamayishi 
yoki  o'rin  almashinishi  o'zgaruvchanlikni  keltirib 
chiqaradi.  Mutatsiya  tasodifan  va  ahyon-ahyonda 
uchraydi. Gen mutatsiyalarining takrorlanishi 10"6—10-8 
ga teng. Xromosoma mutatsiyasi ayrim xromosomalarning 
biror  qismi  uzilib  yoki  ortib  ketishi,  o'rin  almashinishi 
tufayli yuzaga keladi. Agar bir xromosomada bir necha yuz 
genlar  borligi  e'tiborga  olinsa,  u  holda  xromosoma 
mutatsiyalari  juda  katta  o'zgarishlarga  olib  keladi..  Gen, 
xromosoma  mutatsiyalariga  qaraganda  genom 
mutatsiyalar juda kam hollarda ro'y beradi.  Mutatsiyalarning  ko'pchiligi  zararli  bo'ladi  va  tabiiy 
tanlanish orqali bartaraf etiladi. 
Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda 
foydali  bo'lishi  mumkin.  Bunday  hollarda  mutatsiyalar 
organizm  urchiyotganda  kelgusi  bo'g'inlariga  beriladi.  U 
urchish  natijasida  asta-sekin  ko'paya  boradi.  Har  qanday 
foydali mutatsiyaga ega 
bo'lsa  ham  yakka  organizm  hech  bir  payt  evolutsion 
jarayonni hosil etolmaydi. 
Evolutsiyaning  boshlang'ich  hodisasi.  Uzoq  vaqt  davom 
etadigan  mutatsion  o'zgaruvchanlik,  tabiiy  tanlanish  bir 
populyatsiya  doirasida  har  xil  genotipli  organizmlarning 
populyatsiyada  tutgan  o'rnini,  boshqacha  aytganda, 
populyatsiya  genofondini  nisbatan  o'zgartirishi  mumkin. 
Populyatsiya  genofondining  o'zgarishi  evolutsion  jarayon 
tomon  qo'yilgan  dastlabki  qadamdir.  Populyatsiya 
genofondining  o'zgargan  yoki  o'zgarmaganligini  qanday 
bilish mumkin? 
Odatda populyatsiya genofondidagi u yoki bu gen ta'sirida 
vujudga  kelgan  belgini  turli  xil  organizmlarni  bir  necha 
bo'g'inlar-da  sanash  orqali  ularning  har  bir  bo'g'indan 
takrorlariish  miqdori  aniqlanadi. Ularning o'zaro nisbatini 
taqqoslash  yo'li  bilan  populyatsiya  genofondining 
o'zgargan  yoki  o'zgarmaganligi  haqida  mulohaza 
yuritiladi.  1928—  1929-yillarda  Amerika  genetigi  Meller 
retsessiv letal mutatsiyalarini aniqlash usullarini ixtiro etdi 
va  bu  bilan  mutatsiyalarni  tajriba  orqali  o'rganish 
mumkinligini  isbotladi.  Populyatsiya  genofondining  uzoq  davom etadigan, yo'naltirilgan o'zgarishlari evolutsiyaning 
boshlang'ich hodisasi deyiladi. 
Evolutsiyaning  boshlang'ich  omillari.  Genlar  dreyfi. 
Kichik  populyatsiyalarda  mutant  allellarga  ega  individlar 
tez  va  tasodifiy  o'zgarishi  mumkin.  Masalan,  Rayt,  bir 
necha  oziqli  probirkaga  A  geni  bo'yicha  geterozigota 
bo'lgan  ikkitadan  erkak  va  urg'ochi  drozofilalarni 
joylashtirib,  ularning  nasllari  ustida  kuzatish  o'tkazdi.  Bir 
necha  bo'g'indan  so'ng  probirkadagi  drozofilalar 
tekshirilganda,  ba'zi  populyatsiyada  faqat  mutant 
gomozigota  borligi,  boshqa  populyatsiya  tarkibida  u 
tamoman  uchramasligi,  uchinchilarida  esa  dominant  ham 
retsessiv  allel  formalar  borligi  aniqlandi.  Populyatsiya 
genofondidagi  genlarning  bunday  tasodifiy  o'zgarishi 
genlar dreyfi deyiladi. 
3. Biologik xilma-xillik va uni baholash	 	
   Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi ta'rifiga ko'ra bioxilma-
xillik  -  hayotning  barcha  shakllari  ko'rinishlari  va 
uyushmalarining  xilma-xilligidir.  Bioxilma-xillik  yoki 
biologik xilma-xillik termini Yerdagi barcha jonli narsalar 
-  hayvonlar,  o'simliklar,  mikroorganizmlar,  barcha 
genotiplar  va  ekosistemalarning  xilma-xilligini  anglatadi. 
Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha 
emas,  balki  u  biologik  dunyoning  barcha  qismlarining 
o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch 
bosqichda  ko'rib  chiqiladi:  turlar  xilma-xilligi  -  ya'ni 
barcha  o'simliklar  va  hayvonlarni,  shuningdek 
qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik 
xilma-xillik  -  tur  chegarasidagi  genetik  materialning 
xilma-xilligi;  ekosistemalar  xilma-xilligi  -  ekosistemalarning  turli-tumanligi  (masalan,  o'rmon,  tog', 
dasht  yoki  savanna,  cho'l  va  h.k.).  Bu  barcha  bosqichlar 
birgalikda  bioxilma-xillik  komponentlarini  shakllantiradi. 
Bu  xilma-xillik  ekosistemalarni  ishonchli  faoliyat 
ko'rsatishiga  ko'maklashadi  hamda  biologik  boylik  va 
moslashishning asosi hisoblanadi. 
      O’zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish 
davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligining O’rmon xo’jaligi Bosh boshqarmasi 
bilan  hamkorlikda  joriy  yilning  11  yanvar  kuni 
qo’riqxonalar  va  milliy  bog’lar  kuni  munosabati  bilan 
"O’zbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi" 
mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar. 
Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  tizimi 
O’zbekistonning biologik xilma-xilligini muhofaza etishda 
asosiy  o’rinni  egallaydi.  O’zbekistonning  Muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar tizimiga 8 ta davlat qo’riqxonasi, 
Quyi-Amudaryo biosfera rezervati, 2 ta milliy tabiat bog’, 
9  ta  buyurtmaxona  va  jonivorlarning  noyob  turlarini 
ko’paytirish  bo’yicha  respublika  "Jayron"  ekomarkazi 
kiradi. 
Mazkur tizimda davlat tabiat qo’riqxonalari asosiy o’rinni 
egallaydi.  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga 
muvofiq  davlat  qo’riqxonalari  hududlari  qat’iy  muhofaza 
rejimi  ostida  bo’lib,  unda  yil  davomida  yovvoyi  tabiatni 
muhofaza  qilish  borasida  kuzatuvlar  olib  boriladi. 
Qo’riqxonalarning  asosiy  maqsadi  qimmatli  tabiiy 
ob’yektlar,  landshaftlar,  noyob  va  qimmatli  o’simliklar 
hamda  hayvonlarning  irsiy  fondini  saqlab  qolishdir. 
Bugungi  kunda  qo’riqxonalarda  faoliyat  olib  borayotgan  mutaxassislar aholi o’rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi 
tabiat  boyliklarining  muhimligini  anglash,  Yer  yuzidagi 
hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning 
o’rni  bilan  bog’liq  keng  targ’ibot-tashviqot  ishlarini  olib 
borishga da’vat etilgan. 
Qator  mamlakatlar  bioxilma-xillikni  muhofaza  qilishda 
Milliy bog’larni rivojlantirishga xissalarini qo’shmoqdalar. 
2011  yilning  26  avgust  kuni  O’zbekiston  Respublikasi 
Hukumatining  243-sonli  Qarori  bilan  68717,  8  ga 
maydonga  ega  Quyi-Amudaryo  davlat  biosfera  rezervati 
tashkil  etildi.  Mazkur  rezervat  "Baday-to’qay"  davlat 
qo’riqxonasi  bazasida  tashkil  etildi.  Qo’riqlash  hududi 
11568, 3 ga bo’lib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud 
hisoblanadi.

Mavzu: Biologik xilma xillikni muxofaza qilish. Reja: 1.Biologik xilma xillik 2.Turlar aro biologic xilma xillik 3. Biologik xilma xillik va uni baxolash.

Organik olam evolutsiyasi to’g’risida mulohaza yuritganda nima sababdan barcha tirik mavjudodlar oddiydan murakkablanish tomon bir xil rivojlanmagan, ular orasida soda va murakkab tuzilishga ega bo’lgan mavjudodlar mavjud, degan savol tug’ilishi mumkin. Fan oldidagi bu muammoni rus olimlaridan A. N. Seversov va I. I. Shmalgauzen ijobiy hal qiladilar. Ma’lumki, Darvin o’z davrida evalusion jarayon organizmlarning tinmay muhit sharoitiga mumkin qadar ko’proq moslanishidan iborat ekanligini aytib o’tgan edi. Atrof-muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o’zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarni keltirib chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo’lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitning o’zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni ortsa; 2) ular ishg’ol qilgan areal kengaya borsa; 3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo’lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologic progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo’qligi, tanasining bir muncha yirikligi, tajavuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g’olib kelib, son jihatdan tobora ko’paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo’lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib, uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko’rish mumkin.

A. N. Sevresov va I.I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo’nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo’lishini aniqladilar. Biologik progress har xil usulda amalgam oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo’lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofiziologik yuksalish – aromofoz deb тomlanadi. Ikkinchi usulda organism hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o’zgaradi va organizmlar tuzilishi murakkablashmaydu, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o’zgarishi natijasida biologik progressga yo’liqqan bo’ladi. Morfofiziologik yuksalish deganda organizmlar tuzilishining umumiy darajasini, hayot faoliyati yuksalishini amalga oshiradigan evolutsion o’zgarishlar tushuniladi. Aromorfozlar yashash uchun kurashda ancha afzalliklar yaratadi va tirik mavjudotlarni yangi muhit sharoitida keng doirada yashashga imkon beradi. O’simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga, spora bilan ko’payishdan urug’dan ko’payishga o’tishi, yopiq urug’lilarning kelib chiqishi aromofoz tipidagi yuksalishlardir. Umurtqali hayvonlarda nerv sistemasi, qon aylanish, hazm qilish, nafas organlarining murakkablasha borishi, baliqlar, suvda ham quriklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar sinflarining kelib chiqishi ham organik olam evolutsiyasining aromorfoz yo’nalishida amalgam oshgan.

Aromorfoz yo’nalish tufayli organic olam evolutsiyasida o’simliklarning, hayvonlarning tuzilishi, hayot faoliyati tobora murakkablashgan, ularning yangi-yangi guruhlari paydo bo’lgan, areali kengaygan, turkum, sinf, tip hosil bo’lish jarayoni tezlashgan. Aromorfoz yo’nalish uzoq davom etgan irsiy o’zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish asosida ro’y bergan. O’simlik va hayvonlarning har qanday yirik taksonomik birligida aromorfoz tipidagi o’zgarishlarni ko’rish mumkin. Idioadaptatsiya organizmlarning muayyan yashash sharoitiga moslashuviga yordam beradigan evolutsion o’zgarishlardir. Aromorfozlardan farqli o’laroq, idioadaptatsiya umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz’iy moslanishlar bilan aloqadordir. Ular organizmlar tuzilishi darajasini, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko’tarmaydi. Hayvonlarda himoya rangi, mimikriya hodisasi, o’simliklarda shamol, hashoratlar, qushlar yordamida chetdan changlanish bo’yicha xilma-xil muvofiqlanishlar, meva va ularning tarqalishi bilan bog’liq moslanishlar idioadaptatsiya misol bo’la oladi. Hashoratxo’rlar turkumiga mansub hayvonlarning bazilari quruqlikda, suda yoki yer ostida yashashga moslashganligi ham idioadaptatsiya misoldir. Umumiy degeneratsiya tarixiy jarayonda murakkab tuzilishdan oddiy tuzilishga o’tish demakdir. Organik olam evolutsiyasining bu yo’nalishi o’rganizmlarning o’troq yoki parazit holda hayot kechirishi bilan uzviy aloqador. Masalan, assidiy lichinkasida xordali hayvonlarga xos nerv

sistemasi xorda, ko’z rivojlangan bo’ladi. Keyinchalik lichinka o’troq hayot kechirishga o’tib, voyaga yetish jarayonida organizmda regressiv metomorfoz ro’y beradi. Xorda nerv sistemasining asosiy qismi yo’qolib qolgani tugunchaga aylangan bo’ladi. Odam parazitlari, cho’chqa solityori, tasmasimon chuvalchanlarda ichak bo’lmaydi, nerv sistemasi soda tuzilgan, mustaqil harakatlanish deyarli yo’q. Lekin ularda “xo’jayin” ichak devorlariga yopishish uchun so’rg’ichlar, kuchli rivojlangan ko’payish organi bo’ladi. Shuningdek, ko’pgina o’simliklarda, masalan, parazit holda yashovchi zarpechakda asosiy organlaridan biri barg bo’lmaydi, ildiz o’rniga poyada so’rg’ichlar hosil bo’lib uning yordamida “xojayin” o’simlikdan oziq moddalarni so’rib oladi. Zarpechak ko’plab meva, urug’ beradi. Uning mevasi o’tx’o’r hayvonlarning oziqlanish organlarida hazm bo’lmaydi. Shunday qilib, umumiy degeneratsiya organizmlar tuzilishini soddalashtirsa ham, biroq bu turdagi organizmlar sonining ko’p bo’lishiga, arealning kengayishiga, yangi sistematik guruhlarning taraqqiy etishiga, ya’ni biologik yuksalishga olib keladi. Hozirgi vaqtda hashoratlar, suyakli baliqlar, kemiruvchilarning ko’pgina guruhlari, gulli o’simliklar biologik yuksalish guruhlari progress holatidadir. Organik olamning rivojlanishida biologik yuksalish – progressiya qarama-qarshi o’laroq, bioligik regress ham uchraydi. Bioligik regressda muhit sharoitiga organizmlar yetarlicha moslasha olmganliklari sababli ularning: a) avloddan avlodga o’tgan sari individlar soni qisqradi; b) populyatsiyalar, turlar soni kamayadi.