logo

Mehnatni muxofaza qilish qonunlari va nizomlari. Texnika havfsizlik asoslari

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23.8818359375 KB
Mehnatni muxofaza  qilish qonunlari va nizomlari. Texnika havfsizlik
asoslari
Reja:
1. O‘zbekistonda mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha chiqarilgan qonunlar.
2. Mehnat muhofazasining nazariy asoslari.
3. Mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari bo‘yicha
qabul qilingan qarorlar. O‘zbekistonda mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha chiqarilgan qonunlar  
Mehnatni   muhofaza   qilish   –   ishlab   chiqarishdagi   mehnat   xavfsizligini
ta’minlashga   qaratilgan   vositalar   usullar   majmuidir.   Demak,   insonning   mehnat
xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni
amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganishni talab etadi. Shu
sababli,   inson   mehnat   faoliyatining   xavfsizligini   ta’minlash   bo‘yicha   tadqiqot
ishlari eramizdan oldingi 384–322-yillarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi
460–377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi. Tiklanish davrining
buyuk,   taniqli   olimi   Paratsels   (1493–1541-y.)   tog‘   ishlarini   bajarishda   yuzaga
keladigan   10   xavfli   faktorlarni   o‘rganib   chiqqan.   U   o‘z   asarlarida:«Barcha
moddalar   zahardir   va   barcha   moddalar   dori-darmon   hamdir.   Faqat   bir   me’yor
ushbu   moddani   zaharga   aylantirsa,   ikkinchi   me’yor   esa   uni   dori-darmonga
aylantiradi», deb yozadi. 
Shu   sababli   «Mehnatni   muhofaza   qilish»mustaqil   fan   sifatida   shakllandi   va
o‘z   nazariyasiga,   uslubiga   hamda   tamoyillariga   ega   bo‘ldi.   Shu   bilan   bir   qatorda
«Mehnatni   muhofaza   qilish»   fani   muhandislik   psixologiyasi,   psixofiziologiya,
mehnat   fiziologiyasi,   mehnat   gigiyenasi,   antropometriya,   ergonomika,   texnikaviy
estetika   kabi   fanlarning   yutuqlariga   asoslanadi.   Ushbu   fanlar   bir-biridan   tadqiqot
qilinadigan   yoki   o‘rganiladigan   o byektlarining   turi,   ua’ni   «inson-mashina»,
«inson-muhit»,  «inson-mashinamuhit»   tizimlari   bilan  farq  qiladi.   Birinchi   turdagi
tizimlar   qonuniyatlarini   muhandislik   psixologiyasi,   psixofiziologiya,   mehnat
fiziologiyasi   o‘rgansa,   «inson-muhit»   tizimi   qonuniyatlarini   mehnat   gigiyenasi
o‘rganadi.   «Insonmashina-muhit»  qonuniyatlari   esa   ergonomikaning   asosiy   tatbiq
obyekti   hisoblanadi.   Lekin,   real   ishlab   chiqarish   11   sharoitida   barcha   turdagi
bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida
bir   necha   omillar   bilan   bog‘lanadi,   o‘zaro   ta’sirda   bo‘ladi.   Shu   sababli,   ishlab
chiqarish   sharoitidagi   umumlashgan   xavfli   va   zararli   faktorlarning   inson   sog‘ligi
va   mehnat   qobiliyatiga   birgalikdagi   ta’sirini   alohida   mustaqil   fan   –   «Mehnatni
muhofaza qilish» fani o‘rganadi. «Mehnat   muhofazasi»   –   bu   tegishli   qonun   va   boshqa   me’yoriy   hujjatlar
asosida   amal   qiluvchi,   insonning   mehnat   jarayonidagi   xavf-sizligi,   sihat-
salomatligi   va   ish   qobiliyatini   saqlanishini   ta’minlashga   qaratilgan   ijtimoiy-
iqtisodiy,   tashkiliy,   texnikaviy,   sanitariya-gigiyenik   va   davolash   profilaktik
tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi
davlat siyosati Ishlab chiqarish vaqtida ishchilar va xodimlar salomatligini saqlash,
ularning mehnatini to‘liq muhofaza etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri
hisoblanadi.   Bu   respublikamizning   «Mehnatni   muhofaza   qilish»   to‘g‘risidagi
qonunida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda quyidagilar alohida ta’kidlangandir:
-   korxonaning   ishlab   chiqarish   faoliyati   natijalariga   nisbatan   xodimning
hayoti va sog‘ligi ustuvorligi;
-   mehnatni   muhofaza   qilish   sohasidagi   faoliyatni   iqtisodiy   va   ijtimoiy
siyosatning boshqa uo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
- mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;
- mehnatni ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yaratilishini va ish joylarida
atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;
- korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini
nazorat qilish;
- mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok
etishi;
- oliy o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar
tayyorlash;
-   xavfsiz   texnika,   texnologiyalar   va   xodimlarni   himoyalash   vositalari   ishlab
chiqilishi hamda joriy etilishini rag‘batlantirish;
-   fan,   texnika   yutuqlarida   hamda   mehnatni   muhofaza   qilish   bo‘yicha
vatanimiz va chet el ilg‘og tajribasidan keng foydalanish;
- ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez
ovqatlar bilan bepul ta’minlash; -   korxonalarda   mehnatning   sog‘lom   va   xavfsiz   shartsharoitlarini   yaratishga
ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;
-   ishlab   chiqarishdagi   har   bir   baxtsiz   hodisani   va   har   bir   kasb   kasalligini
tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi
jarohatlanishlar   hamda   kasb   kasalliklariga   chalinishlar   darajasi   haqida   aholini
xabardor qilishning majburiyligi;
-   ishlab   chiqarishdagi   baxtsiz   hodisalardan   jabrlangan   yoki   kasb   kasalligiga
uo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himo-yalash;
-   kasaba   uyushmalari   va   boshqa   jamoat   birlashmalari,   korxo-nalar   hamda
alohida   shaxslaming   mehnatni   muhofaza   qilishni   ta’-minlashga   qaratilgan
faoliyatini har tomonlama qo‘llab- quvvatlash;
-   mehnatni   muhofaza   qilish   muammolarini   hal   etish   chog‘ida   xalqaro
hamkorlikni uo‘lga qo‘yish tamoyillariga asoslanadi. 
Mehnat muhofazasining nazariy asoslari
Mehnat muhofazasining ergonomik asoslari Ergonomika – insonning mehnat
faoliyati   davomida   faoliyatni   samarali   bo‘lishini   va   inson   uchun   qulay   sharoitlar
yaratilishini   ta’minlay   oladigan   funksional   imkoniyatlarni   o‘rganuvchi   fandir.
Boshqacha   aytganda,   bu   fan   –   inson   xususiyati,   mashina   imkoniyatlari   va
tavsifnomalari hamda muhit xususiyati orasidagi  o‘zaro muvofiqlik hamda o‘zaro
ta’sirni   o‘rganuvchi   fandir.   Ergonomika   atamasini   qo‘llash   polyak   olimi
Yastshembovskiy   tomonidan   taklif   etilgan   va   u   o‘zining   «Chert   ergonomiki,   to
yest nauki o trude» nomli kitobida ushbu atamani ishlatgan. Ergonomika sohasida
«inson-mashina-muhit» tizimining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi quyidagi besh
xil   muvofiqlik   mavjud:   ma’lumotlar   (axborot),   biofizik,   energetik,   fazoviy-
antropometrik   va   texnik-estetik:   Ma’lumotlar   muvofiqligi.   Murakkab   tizimlarda
ishchi   odatda,   bevosita   fizik   jarayonlarni   boshqarmaydi.   Chunki   ko‘pincha
xavflilik   nuqtayi   nazaridan   ishchi,   ushbu   jarayonning   bajarilish   joyidan   ma’lum
masofada   uzoqda   bo‘ladi.   Boshqarish   o byektlari   esa   ko‘rinmaydigan,
eshitilmaydigan, sezilmaydigan holatda bo‘lishi mumkin. Ishchi faqatgina o‘lchash
asboblari   va   jihozlarining   ko‘rsatkichlarini   ko‘rishi,   signallarni   eshitishi   va   bu orqali jarayon borishini boshqarib, nazorat qilib borishi mumkin. Bu turdagi barcha
qurilmalar   ma’lumotni   aks   ettiruvchi   vositalar   deb   yuritiladi.   Ayrim   hollarda,
ishchi   boshqarish   dastaklaridan,   yoqib-o‘chirgichlardan   va   shu   kabi   boshqa
boshqarish   jihozlaridan   foydalanishi   mumkin.   Bunday   boshqarish   vositalarining
birgalikdagi   holati   sensomotor   qurilmalar   deb   ataladi.   Ma’lumotni   aks   ettiruvchi
vositalar   va   sensomotor   qurilmalar   mashinaning   axborot   modelini   tashkil   etadi.
Ishchi   ushbu   model   orqali   eng   murakkab   tizimlarni   ham   xavfsiz   boshqarishi
mumkin   bo‘ladi.   Ish   davrida   mashinaning   barcha   texnologik   va   energetik
ko‘rsatkichlarini   ta’minlaydigan   va   shu   bilan   bir   vaqtda   ishchining   xotirasi   va
fikrini charchatmasdan (zo‘riqtirmasdan) barcha ma’lumotlarni qabul qilish hamda
qayta   ishlash   imkonini   beradigan   ma’lumot   modelini   yaratish   –   ergonomikaning
asosiy   vazifasi   hisoblanadi.   Albatta,   bu   masala   yechimi   xavfsizlikni   ta’minlash,
ishdagi   aniqlik,   sifat,   ish   unumdorligi   kabi   ko‘rsatkichlarga   bog‘liq   bo‘ladi.   Shu
sababli,   ma’lumot   modeli   insonning   psixofiziologik   imkoniyatlariga   mos   kelishi
zarur.   Biofizik   muvofiqlik.   Biofizik   muvofiqlik   deganda,   ishchining   maqbul   ish
qobiliyatini   va   me’yoriy   fiziologik   holatini   ta’min-laydigan   mehnat   sharoitini
yaratish   tushuniladi.   Mehnat   sharoitining   asosiy   omillarini   ruxsat   etilgan
miqdorlari   (REM)   standart   asosida   belgilangan.   Lekin   ular   ko‘pincha   ishchining
funksional vazifalari bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli, mashinalarni ishlab
chiqishda   (loyihalashda)   shovqin,   titrash,   yoritilganlik,   havo   muhiti   va   shu   kabi
omillami maxsus tadqiqot qilish va ularning miqdorlarini REM bo‘yicha o‘rnatish
talab etiladi.
Ma’lumki,   insonning   kuch   va   energetik   ko‘rsatkichlari   ma’lum   chegaraga
egadir. Sensomotor qurilmalarini harakatga keltirish ko‘r yoki juda kam kuch talab
etishi mumkin. Birinchi holda, inson tez charchashi va bu boshqariluvchi tizimda
ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi holatda esa, ishchi ish dastagi
qarshiligini   his   qilmaganligi   sababli   ish   aniqligi   pasayishi   mumkin.   Energetik
muvofiqlik   deganda,   sarflanadigan   kuch,   quvvat,   tezlik   va   harakat   aniqligi
nisbatida   mashinaning   sensomotor   qurilmalari   bilan   insonning   optimal
imkoniyatlarini mos kelishi tushuniladi. Mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari bo‘yicha
qabul qilingan qarorlar
Mehnatni   muhofaza   qilish   va   mehnat   xavfsizligini   boshqarish   O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   7-   noyabr   1994-yildagi   538-sonli   qaroriga
asosan   korxonalarda   mehnatni   muhofaza   qilish   davlat   boshqaruviga   o‘tkazildi   va
bi masalada bosh mutasaddi qilib Mehnat vazirligi tayinlandi. Keyinchalik Vazirlar
Mahkamasining   16-fevral   1995-yildagi   58-   son   qarori   bilan   Mehnat   vazirligi
qoshida   «Mehnatni   muhofaza   qilish   boshqarmasi»   tuzildi.   Bu   boshqarmaning
vazifasi   respublikamizdagi   korxona   va   muassasalarda   mehnat   xavfsizligini
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tashkiliy va texnikaviy muammolarni  o‘z
vaqtida   yechilishini   nazorat   qilish   hamda   xavfsizlik   mezonlarini   muhokama   etish
va   tasdiqlash   jarayonida   ishtirok   etishdan   iboratdir.   Mehnat   xavfsizligi   xizmatini
bevosita   tashkilotning   bosh   rahbari   boshqaradi.   Unga   amalda   bu   xizmatni   tashkil
etish   uchun   uning   yordamchisi   va   asosiy   mutasaddi   shaxs   sifatida   texnika
xavfsizligi   muhandisi   tayinlanadi   va   unga   25   hamkorlik   uchun   ko‘r   yillik   ish
tajribasiga   ega   bo‘lgan   muhandis   hamda   texnik   xodimlar,   mehnat   jamoalari   va
kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari
saylagan vakillari jalb etiladi. Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifasi ishlab
chiqarishda   sodir   bo‘ladigan   jarohatlanish   va   boshqa   baxtsizliklarni   keltirib
chiqaradigan   sabablarni   bartaraf   qilish   va   tashkilot   ma’muriyatining   ishchi-
xizmatchilarga ish sharoitini  yaxshilab  borishi  ustidan nazorat  qilib turish,  fan va
texnika   yutuqlarini   joriy   etish   asosida   mehnat   xavfsizligi   va   himoya   vositalarini
muttasil takomillashtirish, mehnat
madaniyatini   oshirish,   baxtsizliklarni   oldini   olishga   qaratilgan   tashkiliy   va
texnik   hamda   sanitariya   tadbirlarini   ishlab   chiqish   va   ularni   joriy   qilishdan
iboratdir.
Mehnat   xavfsizligini   boshqarish   tizimining   birdan   bir   maqsadi,   mehnat
muhofazasi   qonun-qoidalariga   ishchi   va   xizmatchilarning   e’tiborini   oshirish,
sog‘lom   va   xavfsiz   ish   sharoitini   yaratishni   yagona,   to‘g‘ri   yechimini   aniqlash
hamda uni ishlab chiqarishda tatbiq etishga tavsiya qilishdir. Mehnat xavfsizligini boshqarish   –   bu   bir   qator,   tashkiliy,   texnikaviy   va   sanitar-gigiyenik   hamda
iqtisodiy tadbirlar tizimini tayyorlash va joriy qilish asosida amalga oshiriladi.
Asosiy adabiyotlar
1. N.A.Muslimov,   SH.S.SHaripov,   M.Qodirov.   “Texnik   ijodkorlik   va
dizayn”. - T.: “TDPU”, 2010. 
2. A.S.Iskandarov.   «Materiallarni   kesib   ishlash,   kesuvchi   asboblar   va
stanoklar.-T.: “Fan va texnologiya” 2004.
3. R.S.SHermuxamedov,   S.S.YAxyaev,   A.E.Parmonov.   CHilangarlikdan
amaliy ishlar.-T.: «Iqtisod-moliya» 2007.
4. G‘.M.Abduqodirov. Kasb ta’limi praktikumi.-T.: “Sharq” 2012.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
1. V .A. Mirboboev.   “ Konstruksion   materiallar   texnologiyasi ” -   T.:
« O‘qituvchi » 2004 
2. K.B.Usmonov “Metall kesish asoslari” T.: «O‘qituvchi» 2004 y
3. Mangal S.K Mangal Uma. Educational technology Dehli-2012.
4. G’.R.Raxmonberdiyev,   M.T.Primqulov,   Yu.T.Toshpo‘latov.   Qog’oz
texnologiyasi asoslari. Toshkent-2009
5. A.Olimov,   A.qosimov   Mashinasozlik   texnologiyasi.   Toshkent
O‘zbekiston-2003
6. M.A.Babajonov   Texnologik   jarayonlarni   loyixalash   Cho‘lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009
7. Z.Sotvoldiyev Dizayn asoslari 2015
8. D.D.zuparova N.N.Karimov “Dizayn tarixi” 2015
9. D.A.Nozilov “O‘rta Osiyo dizayn tarixi” 1998

Mehnatni muxofaza qilish qonunlari va nizomlari. Texnika havfsizlik asoslari Reja: 1. O‘zbekistonda mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha chiqarilgan qonunlar. 2. Mehnat muhofazasining nazariy asoslari. 3. Mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar.

O‘zbekistonda mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha chiqarilgan qonunlar Mehnatni muhofaza qilish – ishlab chiqarishdagi mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan vositalar usullar majmuidir. Demak, insonning mehnat xavfsizligini ta’minlash birinchi navbatda uning mehnat faoliyati jarayonini va uni amalga oshirishda yuzaga keladigan xavfli faktorlarni o‘rganishni talab etadi. Shu sababli, inson mehnat faoliyatining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot ishlari eramizdan oldingi 384–322-yillarda ijod qilgan Aristotel, eramizdan oldingi 460–377-yillarda yashagan Gippokrat asarlarida ham uchraydi. Tiklanish davrining buyuk, taniqli olimi Paratsels (1493–1541-y.) tog‘ ishlarini bajarishda yuzaga keladigan 10 xavfli faktorlarni o‘rganib chiqqan. U o‘z asarlarida:«Barcha moddalar zahardir va barcha moddalar dori-darmon hamdir. Faqat bir me’yor ushbu moddani zaharga aylantirsa, ikkinchi me’yor esa uni dori-darmonga aylantiradi», deb yozadi. Shu sababli «Mehnatni muhofaza qilish»mustaqil fan sifatida shakllandi va o‘z nazariyasiga, uslubiga hamda tamoyillariga ega bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda «Mehnatni muhofaza qilish» fani muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi, mehnat gigiyenasi, antropometriya, ergonomika, texnikaviy estetika kabi fanlarning yutuqlariga asoslanadi. Ushbu fanlar bir-biridan tadqiqot qilinadigan yoki o‘rganiladigan o byektlarining turi, ua’ni «inson-mashina», «inson-muhit», «inson-mashinamuhit» tizimlari bilan farq qiladi. Birinchi turdagi tizimlar qonuniyatlarini muhandislik psixologiyasi, psixofiziologiya, mehnat fiziologiyasi o‘rgansa, «inson-muhit» tizimi qonuniyatlarini mehnat gigiyenasi o‘rganadi. «Insonmashina-muhit» qonuniyatlari esa ergonomikaning asosiy tatbiq obyekti hisoblanadi. Lekin, real ishlab chiqarish 11 sharoitida barcha turdagi bog‘lanishlar bir vaqtda yuzaga keladi va shu sababli inson o‘z mehnat faoliyatida bir necha omillar bilan bog‘lanadi, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Shu sababli, ishlab chiqarish sharoitidagi umumlashgan xavfli va zararli faktorlarning inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga birgalikdagi ta’sirini alohida mustaqil fan – «Mehnatni muhofaza qilish» fani o‘rganadi.

«Mehnat muhofazasi» – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavf-sizligi, sihat- salomatligi va ish qobiliyatini saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy- iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyenik va davolash profilaktik tadbirlar hamda vositalar tizimidan iboratdir. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati Ishlab chiqarish vaqtida ishchilar va xodimlar salomatligini saqlash, ularning mehnatini to‘liq muhofaza etish davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu respublikamizning «Mehnatni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi qonunida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda quyidagilar alohida ta’kidlangandir: - korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘ligi ustuvorligi; - mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa uo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish; - mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish; - mehnatni ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlar yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash; - korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish; - mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi; - oliy o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar tayyorlash; - xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi hamda joriy etilishini rag‘batlantirish; - fan, texnika yutuqlarida hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘og tajribasidan keng foydalanish; - ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlar bilan bepul ta’minlash;

- korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shartsharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish; - ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi; - ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga uo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himo-yalash; - kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxo-nalar hamda alohida shaxslaming mehnatni muhofaza qilishni ta’-minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab- quvvatlash; - mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni uo‘lga qo‘yish tamoyillariga asoslanadi. Mehnat muhofazasining nazariy asoslari Mehnat muhofazasining ergonomik asoslari Ergonomika – insonning mehnat faoliyati davomida faoliyatni samarali bo‘lishini va inson uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlay oladigan funksional imkoniyatlarni o‘rganuvchi fandir. Boshqacha aytganda, bu fan – inson xususiyati, mashina imkoniyatlari va tavsifnomalari hamda muhit xususiyati orasidagi o‘zaro muvofiqlik hamda o‘zaro ta’sirni o‘rganuvchi fandir. Ergonomika atamasini qo‘llash polyak olimi Yastshembovskiy tomonidan taklif etilgan va u o‘zining «Chert ergonomiki, to yest nauki o trude» nomli kitobida ushbu atamani ishlatgan. Ergonomika sohasida «inson-mashina-muhit» tizimining kafolatli faoliyatini ta’minlovchi quyidagi besh xil muvofiqlik mavjud: ma’lumotlar (axborot), biofizik, energetik, fazoviy- antropometrik va texnik-estetik: Ma’lumotlar muvofiqligi. Murakkab tizimlarda ishchi odatda, bevosita fizik jarayonlarni boshqarmaydi. Chunki ko‘pincha xavflilik nuqtayi nazaridan ishchi, ushbu jarayonning bajarilish joyidan ma’lum masofada uzoqda bo‘ladi. Boshqarish o byektlari esa ko‘rinmaydigan, eshitilmaydigan, sezilmaydigan holatda bo‘lishi mumkin. Ishchi faqatgina o‘lchash asboblari va jihozlarining ko‘rsatkichlarini ko‘rishi, signallarni eshitishi va bu

orqali jarayon borishini boshqarib, nazorat qilib borishi mumkin. Bu turdagi barcha qurilmalar ma’lumotni aks ettiruvchi vositalar deb yuritiladi. Ayrim hollarda, ishchi boshqarish dastaklaridan, yoqib-o‘chirgichlardan va shu kabi boshqa boshqarish jihozlaridan foydalanishi mumkin. Bunday boshqarish vositalarining birgalikdagi holati sensomotor qurilmalar deb ataladi. Ma’lumotni aks ettiruvchi vositalar va sensomotor qurilmalar mashinaning axborot modelini tashkil etadi. Ishchi ushbu model orqali eng murakkab tizimlarni ham xavfsiz boshqarishi mumkin bo‘ladi. Ish davrida mashinaning barcha texnologik va energetik ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan va shu bilan bir vaqtda ishchining xotirasi va fikrini charchatmasdan (zo‘riqtirmasdan) barcha ma’lumotlarni qabul qilish hamda qayta ishlash imkonini beradigan ma’lumot modelini yaratish – ergonomikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Albatta, bu masala yechimi xavfsizlikni ta’minlash, ishdagi aniqlik, sifat, ish unumdorligi kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli, ma’lumot modeli insonning psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Biofizik muvofiqlik. Biofizik muvofiqlik deganda, ishchining maqbul ish qobiliyatini va me’yoriy fiziologik holatini ta’min-laydigan mehnat sharoitini yaratish tushuniladi. Mehnat sharoitining asosiy omillarini ruxsat etilgan miqdorlari (REM) standart asosida belgilangan. Lekin ular ko‘pincha ishchining funksional vazifalari bilan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shu sababli, mashinalarni ishlab chiqishda (loyihalashda) shovqin, titrash, yoritilganlik, havo muhiti va shu kabi omillami maxsus tadqiqot qilish va ularning miqdorlarini REM bo‘yicha o‘rnatish talab etiladi. Ma’lumki, insonning kuch va energetik ko‘rsatkichlari ma’lum chegaraga egadir. Sensomotor qurilmalarini harakatga keltirish ko‘r yoki juda kam kuch talab etishi mumkin. Birinchi holda, inson tez charchashi va bu boshqariluvchi tizimda ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi holatda esa, ishchi ish dastagi qarshiligini his qilmaganligi sababli ish aniqligi pasayishi mumkin. Energetik muvofiqlik deganda, sarflanadigan kuch, quvvat, tezlik va harakat aniqligi nisbatida mashinaning sensomotor qurilmalari bilan insonning optimal imkoniyatlarini mos kelishi tushuniladi.