Erik Mariya Remark “Uch o‘gayni “ asarida urush va uning xalq hayotidagi achchiq izlari
Mavzu:Erik Mariya Remark “Uch o‘gayni “ asarida urush va uning xalq hayotidagi achchiq izlari Reja: 1.Yozuvchining adabiy merosi haqida 2.”Uch og’ayni”asari badiyati 3.Asarda urush va uning izlari 4.Xulosa
Erich Mariya Remark - nemis yozuvchilaridan biri. Ko‘pincha urush va urushdan keyingi yillar haqida roman yozgan. Hammasi bo‘lib, u 15 ta roman yozgan, ulardan ikkitasi vafotidan keyin nashr etilgan. Erich Remarkning iqtiboslari keng tarqalgan va aniqligi va soddaligi bilan o'ziga jalb qiladi.Erich Mariya Remarkning tarjimai holini o'qib bo'lgach, biz bu ajoyib muallifning hayoti va ijodi haqida o'z fikrlarimizni shakllantirishimiz mumkin.Bo‘lajak yozuvchi 1898 yil 22 - iyunda Osnabruk shahrida (Germaniya) tug‘ilgan. Erichning otasi kitob jo‘natuvchi bo‘lib ishlagan. Albatta, buning evaziga har doim kitoblar yetarli edi va yosh Erich bolaligidan adabiyotga qiziqib qoldi. Bolaligida Erix Stefan Zvayg, Tomas Mann, Fyodor Dostoevskiy kitoblarini zavq bilan o‘qidi . Aynan shu mualliflar yozuvchining kelajagida katta ro‘l o‘ynaydi. Erich 6 yoshida maktabga bordi. Maktabda shunday yoshligida, u "pachkun" laqabini olgan, chunki u ko’p yozishni yaxshi ko’rar edi. O’qishni tugatgandan so’ng, u katolik o’qituvchilar seminariyasiga o’qishga kirdi. U erda u uch yil o’qidi, keyin qirollik seminariyasiga o’qishga kirdi. Bu erda u birinchi marta shoir va faylasuf Frits Xörstemeyer bilan uchrashdi. Erich Remark "Orzular panohi" deb nomlangan Frits jamoasining a'zosi bo'ldi. U erda badiiy qarashlar, jamiyatdagi va umuman hayotdagi qiyinchiliklarni muhokama qildi. Aynan Frits Xorstemeyer Remarkni adabiyotni hayotidagi asosiy kasbga aylantirish haqida jiddiy o'ylashga undagan.Remark hayot yo’li juda mashaqatli u o’z asarlarida urush va uning falokoti haqida yozishida maqsad, chunki uning o’zi shunday mashaqqatlarni boshida kechirgan va ularni o’z asarlariga ham ko’chira olgan desak mubolag’a bo’lamaydi.Ikkinchi jahon urushi ichida uch yil davomida yuradi bu
vatq 1912-1915-yillarga to’g’ri keladi.Bu vaqt orasida u onasi va yaqin do’st va ustozi Frist Xorstemeyerdan ajraladi. Adib urushdan qatganida so’ng o’z umrini adabiyotga baxshida qiladi. Remarkning birinchi romani 22 yoshida nashr etildi. Uning nomi "Mansard tushlar" edi. O'shanda ham Erich Remarkning iqtiboslari muvaffaqiyatli chiqqan edi.shundan so’ng adib bir necha asaralar yozdi. Adadiy tomonlama unga unchalik daromad yashi bo’lmaganidan so’ng u boshqa bir necha ishlarda ishlashga majbur bo’ladi,u bir necha vaqt qabrlar uchun yodgorlik sotuvchi bo’lin ishlaydi va uning "Qora obelisk" romaniga mavzu bo’lib hizmat qiladi. 1927- yilda uning ikkinchi romani "Ufqdagi bekat" nashr etildi.Remak shundan so’ng ham bir nechta asarlar yaratadi. Vaqtlar o’tishi bilam Remarak asarlari Germaniyada taqiqlanada va ularni jamoat ko’z o’ngida yoqib yuboradilar.Remarkning turmush o’rtog’I Ilisa Jutta Zambon edi, u ayaol uzoq vaqt sil kasalligi bilan betob bo’ladi va hayotan ko’z yumadi.bu voqea keyinchalik Remarjning ‘Uch og’ayni” romanida jonlanadi. Ya’ni yozuvchi o’z sevgilisini asarga Pat isimli qiz obrazi orqali olib kiradi.1932-1936- yillar oralig’ida Remark to'rt yil davom etgan "Uch o'rtoq" romanini yozishni tugatadi. Romanda uchta yosh do'stning frontdan qaytgandan keyingi hayoti tasvirlangan. O'limga qaramay, roman hayotga chanqoqlik va haqiqiy do'stlik uchun bosh qahramonlar nimalarga tayyorligini tasvirlaydi. Keyingi yili kitob asosida film suratga olinadi. Yozuvchi butun umrini adabiyotga baxshida qilgan.Umri davomida juda ko’plab nodir asalarni nemis adabiyotiga o’zidan meros qilib qoldirgan desak mubolag’a bo’lmaydi.Yozuvchi 72 yil umr kechirsada
bu umri uing uchun juda mazmunli va barakoli bo’ldi deb bemalol ayta olamiz .Yozuvchi 1939-yilda vafot etadi. Biz endi yozuvchining “Uch og’ayni” romoniga to’xtalamiz.Bu romonni yozuvchi 1932-yilda boshlagan bo’lin 1936-yilda tugatadi. Asarni o'qishni boshladimu o'zimni shu davrga tushib qolgandek his etdim. Asar qahramonlari Robert, Kester, Gotfridlar bilan tanishdim. Ular birinchi jahon urushida qatnashishgan urushdan so'ng kichik bir ustaxonada avtomobillarga xizmat qilishadi. Do'stlik, mashina,poyga o'ynash va ichkilik bilan o'zlarini ovutishadi. Shu orqali iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy muammolarni biroz bo'lsada unutishga harakat qilishdi. Ular oddiy insonlar bo'lsada juda sahiy, o'zida borini insonlarga berib ularga xursandchilik ulashishni yaxshi ko'rishadi, har qanday sharoitda ham bir- birini qo'llab- quvvatlashardi, ularda do'stga sadoqat tuyg'usi mustahkam edi. Qaysidir ma'noda men ham ular bilan do'stlashdim. Ular biz yashayotgan tinch ozod hayotdan ancha uzoqda edi. Ular urush qiyinchiliklarini ko'rgan, urush tugagan bo'lsa ham u o'z izlarini qoldirgan edi. Shunday kunlarda qahvaxonalarning birida bu og'aynilar Patritsa Xolman bilan uchrashib qolishadi. Robert unga ko'ngil qo'yadi. Ular park va kafelarda xiyobonlardagi uchrashuvlari dengiz bo'yiga qilgan sayohatlari ularning eng baxtli kunlari edi. To'satdan Patning sog'ligi yomonlashadi. Robert va Kester Pat sog'ayib ketishi uchun barcha choralarni ko'rishadi. Kester do'stining sevgilisi uchun o'zining eng sevimli mashinasi karlni sotadi. (Bu haqiqiy oliyjanoblik edi.) Shifokorlarga ko'rsatishadi, davolatishadi. Afsuski uni saqlab qolisholmaydi. U hayotdan ko'z yumadi. Bu orada Gotfridni otib
o'ldirib ketishadi. Kester va Robert qotilni topishga harakat qilishadi . Va uni o'ldirib do'sti uchun qasos oladi. Menda kuchli tassurot qoldirgan kishilardan yana biri Ferninand Grou. U marhum insonlarning suratini chizib u orqali tirikchilik qiladi. Uning suhbatlarda aytgan gaplari o'zini tutishidagi boshqachalik asarga alohida ruh bergan. Uning quyidagi jumlalari jamiyatdagi axloqiy muammolarga ishora qiladi. ''Hayot haqida o'ylaganingda dilgir bo'lasan. Ammo odamlar hayotni nimaga aylantirganini ko'rganingda esa faqat surbet bo'lish mumkin ''. Asardagi Xasse obrazi ham o'ziga xos o'ringa ega. U ayolini baxtli qilish, hayotini yaxshilash uchun urinadi. Lekin barcha harakatlari bekor ketadi. Asar rivojida Orlov, Zalevski,Roza, Gustav, Yupp kabi obrazlar qatnashadi ''Biz o'tmishimizga daxldor barcha narsaga qarshi -soxtalik va xudbinlik, ochko'zlik va shavqatsizlikka qarshi kurashmoqchi edik; biz bag'ritosh bo'lib qoldik va yaqin o'rtog'imizdan boshqa hech kimga, bizni hech qachon aldamagan osmon, tamaki,daraxtlar, non va zamindan bo'lak hech narsaga ishonmay qo'ydik. Natijada bari yemirildi, qalbakilashdi va unutildi. Unuta olmaganlarning ulushi esa faqat nochorlik va noumidlik, loqaydlik va ichkilik bo'ldi. buyuk insoniylik va mardona talpinishlar davri o'tdi. Korchalonlik, sotqinlik va qashshoqlik tantana qildi. '' Ushbu parchada asarda aytilmoqchi bo'lgan fikr ifodalanib berilgan. Urush tugadi ammo uning asoratlari hali -hanuz insonlarga ta'sir o'tkazmoqda. Urush odamlarda kelajakka ishonchsizlik hissini paydo