logo

Erix Mariya Remark G`arbiy frontda o`zgarish yo`q

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.7763671875 KB
Erix Mariya Remark G`arbiy frontda o`zgarish yo`q
Reja:
1.Asar haqida qisqacha ma`lumot.
2.Roman sujeti mohiyati.
3.Tahlil va mulohazalar.
4.Xulosa. „ G arbiy frontda o zgarish yo qʻ ʻ ʻ “ ( nemischa :   Im Westen nichts Neues )   —   Erich
Maria Remarquening , 1929-yilda nashr etilgan mashhur asari. Bu roman, yosh 
askar Paul Boymer va uning ulfatlari frontdagi hayoti va barcha ko rgan 	
ʻ
narsalari haqida hikoya qiladi. Remark,   Ernest Hemingway   kabi, „yo qotilgan 	
ʻ
avlod“ tushunchasini qo llagan. U Urushda olingan ruhiy shikastlanish sababli 	
ʻ
yosh odamlar, urushdan so nggi hayotda o z joyini topa olmaganlarini tasvirlab	
ʻ ʻ
bergan. Urushdagi voqealar oddiy askar hayoti timsolida tasvirlanadi.
Ushbu romanni ilk bora bolalikda qiziqarli sarguzasht asar sifatida o‘qigan 
bo‘lsam, oradan yillar o‘tib ulg‘aygach o‘qib chiqqanimda undan butunlay 
boshqacha taassurot olganman. Remark ko‘z oldimda haqiqiy patsifist, 
urushdan nafratlanadigan darajaga kelgan inson sifatida namoyon bo‘lgan. 
Insoniyat tarixidagi urushlar oddiy xalq vakillari uchun hech qachon foydasi 
yo‘qligi, aksincha, ular odamlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini anglab
yetganman. Romanni dunyodagi jamiki insonlar o‘qib chiqib xulosa qilishini 
xohlagan bo‘lar edim. 
“G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” Erix Mariya Remarkning 1929-yilda nashr 
etilgan romani. Kirish so‘zida muallifning “Bu kitob aybnoma ham, afvnoma 
ham emas. Bu shunchaki urush dastidan juvonmarg bo‘lgan avlod haqidagi, 
garchi zambarak o‘qidan omon qolsa-da, shu urushning qurboniga aylanganlar 
to‘g‘risidagi ko‘ngil izhoridir”, degan so‘zlaridan-da sizni qanday qiyin asar 
kutib turganini his etasiz. Urushga qarshi ruhda yozilgan romanda Birinchi 
jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini 
boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-
umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir “yo‘qotilgan avlod”ning ayanchli 
qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Asar yosh askar Paul Boymerning 
boshidan kechirgan voqealar, shuningdek, uning Birinchi jahon urushidagi 
frontdoshlari haqida hikoya qiladi. Ernest Xeminguey singari, Remark ham “yo‘qotilgan avlod” tushunchasini 
urushda olgan jarohatlari tufayli tinch hayotga kira olmagan yoshlarni 
tasvirlash uchun ishlatgan. Remarkning ishi shu tariqa Veymar respublikasi 
davrida hukmronlik qilgan o‘ng qanot konservativ harbiy adabiyotga nisbatan 
keskin qarama-qarshi edi; ular qoida tariqasida Germaniya yutqazgan urushni 
oqlashga va o‘z askarlarini qahramonlashtirishga harakat qilar edi. Remark esa 
oddiy bir askar nomidan urush voqealarini haqqoniy tasvirlaydi.
Birinchi jahon urushi avjida. Germaniya allaqachon Fransiya, Rossiya, Angliya
va Amerikaga qarshi kurashmoqda. Hikoya nomidan olib borilayotgan 
qahramon Paul Boymer o‘z sheriklarini tanishtiradi. Bu yerda maktab 
o‘quvchilari, dehqonlar, baliqchilar, turli yoshdagi hunarmandlar to‘plangan. 
Guruh tarkibining deyarli yarmini yo‘qotgan. Inglizlar bilan dahshatli jangdan 
keyin harbiy harakatlar markazidan 9 kilometr uzoqlikda dam olishyapti.
Inglizlar hujumi paytida bo‘lgan yo‘qotishlar tufayli ular ikki marta ko‘proq 
ovqat va sigaretaga ega bo‘ladi. Askarlar uxlaydi, to‘yib ovqatlanadi, chekadi 
va qarta o‘ynaydi. Myuller, Kropp va Paul yarador sinfdoshining oldiga boradi.
To‘rt sinfdosh sinf rahbari Kantorekning “samimiy gaplari”ga ishonib, bitta 
rotaga tushgan edi. Yozef Bem urushga borishni xohlamagandi, lekin 
pirovardida rozi bo‘lishdan boshqa iloji qolmagan, aks holda uning uchun 
hamma eshiklar bekilardi.
U birinchi bo‘lib o‘ldiriladi. Ko‘zlaridagi jarohatlar tufayli yashirinishga joy 
topa olmaydi va otib tashlanadi. Kroppga yozgan xatida sobiq ustozi Kantorek 
ularni “temir yigitlar” deb nomlab, salomlarini yo‘llaydi. Minglab Kantoreklar 
shunday qilib yoshlarni aldaba urushga jo‘natgan.
Yigitlar boshqa sinfdoshi Kimmerixni dala shifoxonasida oyoqlarini kesib 
tashlagan holda topadi. Frans Kimmerixning onasi Pauldan “axir u hali bola-
ku” deb, unga qarab yurishni so‘raydi. Ammo bu ishni qanday qilib eplab  bo‘ladi? Fransga bir qarash u yashab ketmasligini tushunish uchun yetarli edi. 
Frans hushsiz yotganda uning eng sevimli sovg‘a sifatida olingan soati 
o‘g‘irlanadi. Uning charmdan bo‘lgan ajoyib inglizcha etiklari joyida edi, biroq
endi ular unga kerak emas. U o‘rtoqlari ko‘z o‘ngida o‘ladi. Ruhan 
tushkunlikda, ular Fransning etiklari bilan kazarmaga qaytadi.
Kazarmaga yangi-yangi askarlar kela boshlaydi. O‘lganlar tiriklar bilan 
almashtiriladi. Yollanganlarning biri aytadiki, ular faqatgina sholg‘om bilan 
kun ko‘rmoqda. Kropp urushning o‘ziga xos yo‘lini taklif qiladi: generallar 
o‘zlari bir-biri bilan jang qilsin va yutgan o‘z mamlakatini g‘olib deb e’lon 
qisin. Hozir urushni boshlamagan va unga umuman kerak bo‘lmagan boshqalar
ular uchun kurashmoqda.
Yangi askarlar bilan to‘ldirilgan rota sapyorlik ishlari uchun odimlaydi. 
Tajribali Kat askarlarni o‘q va portlash ovozlarini aniqlashni va ulardan qanday
ehtiyot bo‘lish kerakligini o‘rgatadi. “Frontning noaniq ovozi”ni tinglab, u 
tunda “chekib olishga vaqt berilishini” taxmin qiladi.
Paul oldingi chiziqdagi askarlarning xatti-harakatlari, ularning barchasi 
instinktiv ravishda snaryad hushtak chalganda yotib oladigan yer bilan 
bog‘liqligi haqida o‘ylaydi.
Kat kutganidek, qattiq otishma boshlandi. Kimyoviy bombalar portlaydi. “Gaz,
gaz!” qichqiriqlarini eshitgan hamma niqobning mustahkamligiga umid qiladi. 
Askarlar tepalikka chiqib olishi kerak, ammo u yerda ham dahshatli otishma 
ketmoqda.
Yigitlar sinfdan qancha odam qolganini hisoblaydi. Yetti kishi o‘lgan, biri 
jinnixonada, to‘rt kishi yarador – sakkiz nafari qolgan. Dam olishadi. Ular 
shamga qopqoq yopishtiradi, u yerga bitlarni tashlaydi, umuman, shu kabi 
yo‘llar bilan ko‘ngil yozadi. Hujum tayyorlanmoqda. Maktabda qatron hidi anqigan tobutlar ikki qavat qilib
yotqizilgan. xandaqda kalamushlar ko‘payib ketgan; ularga qarshi 
kurashishning hech qanday yo‘li yo‘q. Otishma tufayli askarlarga ovqat 
yetkazib bo‘lmaydi. Fransuzlarning hujumi tufayli ular zaxira chizig‘iga 
tashlanadi. Kontrhujumdan so‘ng yigitlar konserva va ichimliklar 
ko‘rinishidagi o‘ljalar bilan qaytib keladi. O‘lganlar katta o‘raga yotqizilgan, u 
yerda ular allaqachon uch qavatni hosil qilgan.
150 kishilik guruhdan atigi 32 kishi qolgan.
Paulni ofisga chaqirishadi, unga ta’til guvohnomasi va safar hujjatlari beriladi. 
U mashinaning derazasidan “yoshligining chegara postlari”ni hayajon bilan 
kuzatadi. Mana uning uyi. Onasi kasal. Ularning oilasida his-tuyg‘ularni 
ifodalash odatiy hol emasligi bois onasining “aziz o‘g‘lim” degan so‘zlarida 
unga kuchli ta’sir qiladi. Otasi harbiy kiyimdagi o‘g‘lini do‘stlariga 
ko‘rsatmoqchi, lekin Paul hech kim bilan urush to‘g‘risida gaplashmoqchi 
emas. U restoranlarning sokin burchaklarida, pivo ustida yoki bo‘lmasa o‘z 
xonasidan yolg‘izlik izlaydi. Nemis o‘qituvchisi uni pivoxonaga chaqiradi. U 
yerda tanish vatanparvar o‘qituvchilar qanday qilib “fransuzlarni kaltaklash” 
haqida munozara qiladi. Ular uni pivo va sigareta bilan mehmon qilishadi, shu 
bilan birga, Belgiyani, Fransiyaning ko‘mirga boy hududlarini va Rossiyaning 
yirik qismlarini egallashni rejalashtirishadi.
Paul do‘sti Kimmerixning onasini ziyorat qilib, o‘g‘lining yurakdan olgan 
jarohatdan darhol o‘lim topgani haqida gapirib beradi. Uning hikoyasi 
shunchalik ishonarli ediki, ona ishonadi.
O‘zini urushga tayyorlagan kazarmaga boradi. Uning yaqinda rus harbiy 
asirlarining katta lageri joylashgan. Pol rus asirlari lagerida turib, bu 
“bolalarining yuzlari va havoriylarning soqollari”ga ega odamlarga qarab,  oddiy odamlarni dushman va qotilga aylantirgan odamlar kimligi haqida 
o‘ylaydi. U sigaretalarni sindirib, yarimtadan to‘r orqali ruslarga irg‘itadi.
Paul o‘z qismiga qaytib, eski do‘stlari bilan uchrashadi. Ular bir hafta parad 
maydonchasida mashq qiladi. Kayzer kelishi munosabati bilan yangi kiyimlar 
olishadi. Kayzer askarlarda hech qanday taassurot qoldirmaydi. Urushlarni 
kimlar boshlagani va nima uchun urushlarga ehtiyoj borligi to‘g‘risida 
tortishuvlar yana avj oladi. “Fransuz mehnatkashini oling, nega u bizga hujum 
qilishi kerak! Bularning barchasi rasmiylar tomonidan o‘ylab topilgan”, kabi 
so‘zlar yangraydi.
Mish-mishlarga ko‘ra, ular Rossiyaga yuboriladi. Lekin aslida ular juda qaynoq
nuqtalarga, oldingi chiziqqa yuboriladi. Yigitlar u yerda razvedkaga boradi. 
Tun, raketalar, otishma. Paul adashib qoladi va ularning xandaqlari qaysi 
tomondaligini bilmaydi. Paul kunni o‘ra ichida – suv va loyda o‘tkazadi. U 
to‘pponchasini yo‘qotib qo‘ygan va mabodo qo‘l jangi bo‘lib qolsa deb 
pichog‘ini tayyorlab qo‘ygan edi. Adashib qolgan fransuz askari u yotgan 
chuqurlikka tushib qoladi. Paul unga pichoq bilan tashlanadi. Tun tushishi 
bilan Paul o‘z xandaqlariga qaytadi. U hayratda – birinchi marta aslida unga 
hech narsa qilmagan odamni o‘ldirdi...
Askarlar oziq-ovqat omborini qo‘riqlash uchun yuboriladi. Ularning tarkibidan 
olti kishi tirik qoladi: Kat, Albert, Myuller, Tyaden, Leyer, Deterling – barchasi
shu yerda. Ular qishloqda eng ishonchli beton yerto‘lani topadi. Qochib ketgan 
aholining uylaridan to‘shaklar va hattoki ko‘k ipakdan tikilgan choyshablar 
bilan o‘ralgan krovatlar topib kelishadi. Paul va Kat qishloqni razvedka 
qilishga boradi. Ular og‘ir artilleriya o‘qlari ostida omborxonadan ikkita 
cho‘chqa bolasini topadi. Ajoyib tushlik tayyorlanadi. Qishloq o‘qqa tutilib 
yonib ketadi, ombor esa xarob bo‘ladi. Endi bu yerdan xohlagan narsani olib  ketish mumkin. Bundan soqchilar ham, o‘tib ketayotgan haydovchilar ham 
foydalanadi. Bu misoli o‘lat paytidagi bazm edi.
Bir oy o‘tgach, bazm tugaydi va ular yana oldingi chiziqqa olib ketiladi. Ular 
ketayotgan kolonna o‘qqa tutiladi. Albert va Paul Kyoln monastiri 
kasalxonasiga tushib qoladi. Bu yerga doimiy ravishda yaradorlarni olib 
kelishadi, o‘liklarni olib ketishadi. Albertning oyog‘ini eng yuqori qismigacha 
kesib tashlashadi. Sog‘ayib ketganidan keyin Paul yana birinchi qatorlarda 
janga tashlanadi. Vaziyat umidsiz. Amerika, Angliya va Fransiya polklari 
urushdan charchagan nemislar ustiga bostirib kelmoqda. Myuller yorituvchi 
raketa bilan o‘ldiriladi. Boldiridan yaralangan Katni Paul orqasiga opichib 
olovdan olib chiqishga yuguradi, ammo shu payt Kat bo‘yniga urilgan snaryad 
parchasidan vafot etadi. Paul urushga borgan sinfdoshlarining ichida tirik 
qolgan eng oxirgisi bo‘lib qoladi. Shu kunlarda hamma yaqinlashib kelayotgan 
sulh haqida gapira boshlaydi.
Paul 1918-yil oktabrda o‘ldiriladi. U paytlarda front sokin va harbiy xabarlar 
qisqa edi: “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”.
Remarkning ushbu romanida urushga qarshi o‘ta kuchli protest bo‘lib, u 
insoniyat tabiatidagi buzg‘unchilikka urg‘u beradi. Hikoya qiluvchi orqali 
urush haqidagi romantik g‘oyalar, vatanparvarlik va sharaf haqidagi 
balandparvoz nutqlar xandaqdagi dahshatli voqeliklar orasida yo‘qolib 
ketishini juda katta mahorat bilan yoritib beradi.
Remark aslida askarlar vatanparvarlik ruhidagi abstrakt g‘oyalar uchun 
kurashmayotganini, ular shunchaki tirik qolishga harakat qilayotganini 
ta’kidlaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana topish muammolari ham, 
dushman olovi va bomba portlashining oldini olish bilan bir qatorda, 
askarlarning asosiy muammolaridir. Romandagi hech narsa urush tajribasini 
ulug‘vor va romantik qilib ko‘rsatmaydi. Hatto Paul va uning hamrohlari  o‘rtasidagi samimiy do‘stlik ham. Chunki buning uchun siz dahshat va doimiy 
azob-uqubatlar ko‘rinishidagi yuqori narxni to‘lashingiz kerakligi ta’kidlanadi.
Asar davomida Paul shaxsiyati urushning oldin unda kuzatilmagan holatlarni 
his qilishga majburlashi bilan to‘qnash keladi. Urushdan oldingi voqealarni 
eslab, oldin u umidsiz askar emas, mutlaqo boshqa odam bo‘lganini sezadi. 
Paul mehribon va sohir qalb egasi edi. Urushdan oldin u oilasini sevgan va 
she’rlar yozgan, ammo urush sabab paydo bo‘lgan dahshat tufayli aql-idrokini 
saqlab qolish uchun his-tuyg‘ularidan chetga chiqishni va omon qolish 
o‘rganadi.
Paulning boshidan o‘tgan voqealar o‘smirlik chog‘ida urushda jang qilishga 
yuborilgan va kattalar bilan jang qilishni o‘rgangan, “yo‘qotilgan avlod” deb 
nomlangan butun bir avlodning tajribasini aks ettiradi. Urushda qancha uzoq 
umr ko‘rsa, shunchalik undan nafratlanadi va azoblanadi. Bu azoblar esa uning 
tengdoshlarini urush xarob qilganiga va ularning ongini urush buzganiga 
bo‘lgan ishonchdan kelib chiqadi.
Remark, shuningdek, ikki avlod o‘rtasidagi urush ochgan chuqur jarlikni 
tasvirlaydi va urushni yosh avlodga xiyonat sifatida baholaydi. Paul davridagi 
avlod o‘zi ishonadigan va obro‘li shaxslar deb hisoblaydigan odamlarning 
bosimi tufayli urushga ketadi. Ularni yetuklikka olib borishi kerak bo‘lgan 
odamlar aslida vatanparvarlik burchi haqidagi bo‘sh shiorlar ostida o‘limga 
mahkum qiladi. Paul va uning do‘stlari dushmanlari haqida gaplashganda ular 
boshqa tarafdagi askarlarni nazarda tutmaydi, aksincha, o‘zlarining yuqori 
martabali boshliqlarini nishonga oladi. Ular uchun barcha askarlar, kelib 
chiqishi va tomonidan qat’iy nazar, qurbonlardir.
Asarda simvolizm ko‘p ishlatilmasa ham, muhim belgilardan hisoblanadi. 
Kimmerixning etiklari bo‘lib, ular o‘lgan askardan tirik askarga o‘tadi. 
Kimmerixning o‘zi ularni o‘lik parashyutchidan oladi va u o‘lgan zahotiyoq  Myuller ularni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Paul ularni Myullerga topshiradi
va u o‘lgandan keyin o‘ziga meros qilib oladi. Shu ma’noda bu epizodlar bir 
juft etik inson hayotiga qaraganda qimmatroq va uzoqroqligini, urushda inson 
hayoti mutloq ahamiyatsizligini anglatadi. Ammo bu etiklar, shuningdek, 
vayronagarchilik va o‘limdan kelib chiqadigan his-tuyg‘ularga berilib 
qolmasdan, askar omon qolishi uchun kerak bo‘lgan pragmatizmni ham 
anglatadi.
Paul josus sifatida biror davlatning yeriga kirishi u urush paytida amalga 
oshirishi kerak bo‘lgan eng xavfli harakatlardan biri edi, chunki u har ikki 
tomondan ham hujumlar nishoniga aylanadi. Qaysidir ma’noda bu 
millatchilikning rad etilishini anglatadi: u Germaniya hududidan chiqib, boshqa
millat tomonidan boshqarilmaydigan makonga kiradi. Ushbu missiya, 
shuningdek, Paul romandagi eng og‘ir voqealarni boshdan kechirishi uchun 
sharoitlarni ta’minlaydi: birinchi marta u odamni yuzma-yuz jangda o‘ldiradi 
va bu uni hayotga muhabbatning haqiqiy narxini tushunishga majbur qiladi.
Paul rus asirlari oldida bo‘lganida ular uning dushmanlari ekaniga deyarli 
ishonmaydi. U va uning hamrohlari ikkala tomonning ham askarlariga bir xil 
g‘oyalar uchun kurashish buyurilganini anglab yetadi. Bu fikrlardan keyin ular 
uchun kim haq yoki nohaqligini aniqlashning iloji yo‘q edi. Oxir-oqibat, 
milliyatchilik g‘oyalari shunchaki hokimiyatdagi va hokimiyatga kelishni 
xohlovchi liderlar tomonidan fuqarolarni ishontirish va urushga olib borishda 
ishlatadigan vositalar bo‘lib xizmat qilishini anglab yetishgan edi.
Urush aslida o‘zlari umuman jangga kirmaydigan bir necha erkaklar uchun 
foydalidir; bu bema’nilikning eng yomon tarafi shundaki, bir necha kishining 
qarori bilan urushda millionlab oddiy askar qurbon bo‘ladi. Mana bizga qanday
postulatlarni beradi bu ajoyib roman. Romanning muvaffaqiyatini tushuntirish juda oson: Remark romanda nimani 
o‘ylagan bo‘lsa, shuni yozgan. Nafaqat romanni yozayotganda, balki dushman 
askarlari safidagi undan faqatgina kiyimlarini rangi bilan ajralib turadigan halol
odamlarni ko‘rganida ham ularga nimani o‘ylasa, shuni aytgan. Qanday qilib 
hayot deb atalmish biz biladigan noaniq faoliyatda ba’zi bir aqlga 
sig‘maydigan o‘simliklar qutblarning muzli yuzasiga moslashgani kabi, 
insoniyat urushga ham moslasha olganini ro‘y-rost aytib bergan edi. 
Romanning katta muvaffaqiyatiga qaramay, Germaniyada hokimiyat tepasiga 
natsistlar kelgach, Remarkni o‘z mamlakatida shunchalik yomon ko‘ra 
boshlashdiki, u avval Shveysariyaga, keyinchalik AQShga ko‘chishga majbur 
bo‘ldi.
Birinchi jahon urushidan keyingi Germaniyada hech kim urushni eslashni 
istamas edi. Remark odamlarni urush haqida yana bir jahon urushi 
boshlanishidan oldin o‘ylashga majbur qildi. Ammo u natijaga erisha olmadi. 
Erix Mariya Remark o‘zining eng katta yutug‘iga erisha olmadi. Gitler 
hokimiyat tepasiga kelgach, Remark quvg‘inga uchradi, uning kitoblari 
namoyishkorona yoqildi. Uning asarlarida urushning qoralanishi Vermaxt 
uchun zarar edi. Aslida o‘sha paytdagi nemis xalqi ayni shu asardan xulosa 
qilganlarida edi, asardagi kabi Paullar ikkinchi jahon urushida ham millionlab 
jonlarini qurbon qilmasmidi... Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Erix Mariya Remark “G`arbiy frontda o`zgarish yo`q” 
Yangi asr avlodi. Toshkent. 2016 - 240 bet.
To`rtinchi nashri. 
Rus tilidan Nizom Komil tarjimasi.
2.  https://daryo.uz
3. uz.m.wikipedia.org

Erix Mariya Remark G`arbiy frontda o`zgarish yo`q Reja: 1.Asar haqida qisqacha ma`lumot. 2.Roman sujeti mohiyati. 3.Tahlil va mulohazalar. 4.Xulosa.

„ G arbiy frontda o zgarish yo qʻ ʻ ʻ “ ( nemischa : Im Westen nichts Neues ) — Erich Maria Remarquening , 1929-yilda nashr etilgan mashhur asari. Bu roman, yosh askar Paul Boymer va uning ulfatlari frontdagi hayoti va barcha ko rgan ʻ narsalari haqida hikoya qiladi. Remark, Ernest Hemingway kabi, „yo qotilgan ʻ avlod“ tushunchasini qo llagan. U Urushda olingan ruhiy shikastlanish sababli ʻ yosh odamlar, urushdan so nggi hayotda o z joyini topa olmaganlarini tasvirlab ʻ ʻ bergan. Urushdagi voqealar oddiy askar hayoti timsolida tasvirlanadi. Ushbu romanni ilk bora bolalikda qiziqarli sarguzasht asar sifatida o‘qigan bo‘lsam, oradan yillar o‘tib ulg‘aygach o‘qib chiqqanimda undan butunlay boshqacha taassurot olganman. Remark ko‘z oldimda haqiqiy patsifist, urushdan nafratlanadigan darajaga kelgan inson sifatida namoyon bo‘lgan. Insoniyat tarixidagi urushlar oddiy xalq vakillari uchun hech qachon foydasi yo‘qligi, aksincha, ular odamlarga faqat kulfat olib kelishi mumkinligini anglab yetganman. Romanni dunyodagi jamiki insonlar o‘qib chiqib xulosa qilishini xohlagan bo‘lar edim. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” Erix Mariya Remarkning 1929-yilda nashr etilgan romani. Kirish so‘zida muallifning “Bu kitob aybnoma ham, afvnoma ham emas. Bu shunchaki urush dastidan juvonmarg bo‘lgan avlod haqidagi, garchi zambarak o‘qidan omon qolsa-da, shu urushning qurboniga aylanganlar to‘g‘risidagi ko‘ngil izhoridir”, degan so‘zlaridan-da sizni qanday qiyin asar kutib turganini his etasiz. Urushga qarshi ruhda yozilgan romanda Birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar obrazi orqali urush dahshatlarini boshidan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu- umidlari chilparchin bo‘lgan butun bir “yo‘qotilgan avlod”ning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. Asar yosh askar Paul Boymerning boshidan kechirgan voqealar, shuningdek, uning Birinchi jahon urushidagi frontdoshlari haqida hikoya qiladi.

Ernest Xeminguey singari, Remark ham “yo‘qotilgan avlod” tushunchasini urushda olgan jarohatlari tufayli tinch hayotga kira olmagan yoshlarni tasvirlash uchun ishlatgan. Remarkning ishi shu tariqa Veymar respublikasi davrida hukmronlik qilgan o‘ng qanot konservativ harbiy adabiyotga nisbatan keskin qarama-qarshi edi; ular qoida tariqasida Germaniya yutqazgan urushni oqlashga va o‘z askarlarini qahramonlashtirishga harakat qilar edi. Remark esa oddiy bir askar nomidan urush voqealarini haqqoniy tasvirlaydi. Birinchi jahon urushi avjida. Germaniya allaqachon Fransiya, Rossiya, Angliya va Amerikaga qarshi kurashmoqda. Hikoya nomidan olib borilayotgan qahramon Paul Boymer o‘z sheriklarini tanishtiradi. Bu yerda maktab o‘quvchilari, dehqonlar, baliqchilar, turli yoshdagi hunarmandlar to‘plangan. Guruh tarkibining deyarli yarmini yo‘qotgan. Inglizlar bilan dahshatli jangdan keyin harbiy harakatlar markazidan 9 kilometr uzoqlikda dam olishyapti. Inglizlar hujumi paytida bo‘lgan yo‘qotishlar tufayli ular ikki marta ko‘proq ovqat va sigaretaga ega bo‘ladi. Askarlar uxlaydi, to‘yib ovqatlanadi, chekadi va qarta o‘ynaydi. Myuller, Kropp va Paul yarador sinfdoshining oldiga boradi. To‘rt sinfdosh sinf rahbari Kantorekning “samimiy gaplari”ga ishonib, bitta rotaga tushgan edi. Yozef Bem urushga borishni xohlamagandi, lekin pirovardida rozi bo‘lishdan boshqa iloji qolmagan, aks holda uning uchun hamma eshiklar bekilardi. U birinchi bo‘lib o‘ldiriladi. Ko‘zlaridagi jarohatlar tufayli yashirinishga joy topa olmaydi va otib tashlanadi. Kroppga yozgan xatida sobiq ustozi Kantorek ularni “temir yigitlar” deb nomlab, salomlarini yo‘llaydi. Minglab Kantoreklar shunday qilib yoshlarni aldaba urushga jo‘natgan. Yigitlar boshqa sinfdoshi Kimmerixni dala shifoxonasida oyoqlarini kesib tashlagan holda topadi. Frans Kimmerixning onasi Pauldan “axir u hali bola- ku” deb, unga qarab yurishni so‘raydi. Ammo bu ishni qanday qilib eplab

bo‘ladi? Fransga bir qarash u yashab ketmasligini tushunish uchun yetarli edi. Frans hushsiz yotganda uning eng sevimli sovg‘a sifatida olingan soati o‘g‘irlanadi. Uning charmdan bo‘lgan ajoyib inglizcha etiklari joyida edi, biroq endi ular unga kerak emas. U o‘rtoqlari ko‘z o‘ngida o‘ladi. Ruhan tushkunlikda, ular Fransning etiklari bilan kazarmaga qaytadi. Kazarmaga yangi-yangi askarlar kela boshlaydi. O‘lganlar tiriklar bilan almashtiriladi. Yollanganlarning biri aytadiki, ular faqatgina sholg‘om bilan kun ko‘rmoqda. Kropp urushning o‘ziga xos yo‘lini taklif qiladi: generallar o‘zlari bir-biri bilan jang qilsin va yutgan o‘z mamlakatini g‘olib deb e’lon qisin. Hozir urushni boshlamagan va unga umuman kerak bo‘lmagan boshqalar ular uchun kurashmoqda. Yangi askarlar bilan to‘ldirilgan rota sapyorlik ishlari uchun odimlaydi. Tajribali Kat askarlarni o‘q va portlash ovozlarini aniqlashni va ulardan qanday ehtiyot bo‘lish kerakligini o‘rgatadi. “Frontning noaniq ovozi”ni tinglab, u tunda “chekib olishga vaqt berilishini” taxmin qiladi. Paul oldingi chiziqdagi askarlarning xatti-harakatlari, ularning barchasi instinktiv ravishda snaryad hushtak chalganda yotib oladigan yer bilan bog‘liqligi haqida o‘ylaydi. Kat kutganidek, qattiq otishma boshlandi. Kimyoviy bombalar portlaydi. “Gaz, gaz!” qichqiriqlarini eshitgan hamma niqobning mustahkamligiga umid qiladi. Askarlar tepalikka chiqib olishi kerak, ammo u yerda ham dahshatli otishma ketmoqda. Yigitlar sinfdan qancha odam qolganini hisoblaydi. Yetti kishi o‘lgan, biri jinnixonada, to‘rt kishi yarador – sakkiz nafari qolgan. Dam olishadi. Ular shamga qopqoq yopishtiradi, u yerga bitlarni tashlaydi, umuman, shu kabi yo‘llar bilan ko‘ngil yozadi.

Hujum tayyorlanmoqda. Maktabda qatron hidi anqigan tobutlar ikki qavat qilib yotqizilgan. xandaqda kalamushlar ko‘payib ketgan; ularga qarshi kurashishning hech qanday yo‘li yo‘q. Otishma tufayli askarlarga ovqat yetkazib bo‘lmaydi. Fransuzlarning hujumi tufayli ular zaxira chizig‘iga tashlanadi. Kontrhujumdan so‘ng yigitlar konserva va ichimliklar ko‘rinishidagi o‘ljalar bilan qaytib keladi. O‘lganlar katta o‘raga yotqizilgan, u yerda ular allaqachon uch qavatni hosil qilgan. 150 kishilik guruhdan atigi 32 kishi qolgan. Paulni ofisga chaqirishadi, unga ta’til guvohnomasi va safar hujjatlari beriladi. U mashinaning derazasidan “yoshligining chegara postlari”ni hayajon bilan kuzatadi. Mana uning uyi. Onasi kasal. Ularning oilasida his-tuyg‘ularni ifodalash odatiy hol emasligi bois onasining “aziz o‘g‘lim” degan so‘zlarida unga kuchli ta’sir qiladi. Otasi harbiy kiyimdagi o‘g‘lini do‘stlariga ko‘rsatmoqchi, lekin Paul hech kim bilan urush to‘g‘risida gaplashmoqchi emas. U restoranlarning sokin burchaklarida, pivo ustida yoki bo‘lmasa o‘z xonasidan yolg‘izlik izlaydi. Nemis o‘qituvchisi uni pivoxonaga chaqiradi. U yerda tanish vatanparvar o‘qituvchilar qanday qilib “fransuzlarni kaltaklash” haqida munozara qiladi. Ular uni pivo va sigareta bilan mehmon qilishadi, shu bilan birga, Belgiyani, Fransiyaning ko‘mirga boy hududlarini va Rossiyaning yirik qismlarini egallashni rejalashtirishadi. Paul do‘sti Kimmerixning onasini ziyorat qilib, o‘g‘lining yurakdan olgan jarohatdan darhol o‘lim topgani haqida gapirib beradi. Uning hikoyasi shunchalik ishonarli ediki, ona ishonadi. O‘zini urushga tayyorlagan kazarmaga boradi. Uning yaqinda rus harbiy asirlarining katta lageri joylashgan. Pol rus asirlari lagerida turib, bu “bolalarining yuzlari va havoriylarning soqollari”ga ega odamlarga qarab,