logo

Geografik axborot to’plamini yaratishda GIS dasturlarining roli

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.9345703125 KB
  Geografik axborot to’plamini yaratishda GIS dasturlarining roli
Reja:
KIRISH.
1. Geografik axborot tizimining ta’rifi. 
2.   Geografik axborot tizimining rivojlanish tarixi.                                                              
3 .Geografik axborot tizimining umumiy tushunchalari.                                                     
4 . Geografik axborot tizimining tarkibiy qismlari.                                                               
5.  Geografik axborot tizimida qo’llaniladigan dasturiy ta’minotlar.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.                                          Kirish
  Geografik   axborot   tizimi   (GAT)   geofazoviy   ma’lumotlarni   to plash,ʻ
boshqarish   va   tasvirlashga   mo ljallangan   kompyuter   tizimi   bo lib,   unda   mazkur	
ʻ ʻ
ma’lumotlarni   voqea,   hodisa,   faoliyat   yoki   undagi   tafsilotlar   bilan   birga   ularning
qayerda   mavjud   ekanligini   tasvirlar,   jadvallar   orqali   aks   ettirish   mumkin.
Geoaxborot   tizimining   boshqacha   ko rinishi   bo lgan   geoinformatika   deganda	
ʻ ʻ
geoaxborot   tizimining   rivojlanishi   bilan   bog liq   bo lgan   ilmiy-texnik   va   amaliy	
ʻ ʻ
fanlar   majmuasi   tushuniladi.   Bu   majmua   geografiya,   informatika   va   informatsion
texnologiyalar   nazariyasi,   kartografiya   va   hisoblash   texnikasiga   yangicha
yondashishlar   o rtasidagi   bog liqlikdan   kelib   chiqadi.   Hozirgi   kunda   axborot	
ʻ ʻ
tizimining   ushbu   bo limi   jadal   sur’atlar   bilan   o sib   borishi   natijasida   u   nafaqat	
ʻ ʻ
texnik   sohalarda,   balki   hayotimizning   turli   ijtimoiy   sohalarida   ham   qo llanilib	
ʻ
kelmoqda.   GATning   qo llanilish   sohalari   keng   bo lib,   u   turli   holatlarda,   jumladan	
ʻ ʻ
sog liqni   saqlashda   yangi   klinika   va   shifoxonalarni   geografik   jihatdan   mos   va	
ʻ
aholiga   qulay   qilib   joylashtirish   jarayonida,   yuk   tashish   bilan   shug ullanadigan	
ʻ
korxonalar   uchun   yo l   marshrutlari   va   jadvallarini   tuzish   hamda   aniqlashda,	
ʻ
avtomobil   yo llarini   quruvchi   korxonalarga   yangi   trassa   va   yo llarni   loyihalashda	
ʻ ʻ
eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek,  davlat  fondidagi yerlarni  to g ri	
ʻ ʻ
va   oqilona   hisoblashda,   fermerlar   uchun   yangi   yerlarni   o zlashtirishda,   yerlarninig	
ʻ
holatini aniqlash va ular to g risida yetarli ma’lumot olishda juda qo l keladi.	
ʻ ʻ ʻ
Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yig ish va	
ʻ
qayta   ishlash   orqali   avtomatlashgan   raqamli   ma’lumotlar   bazasini   yaratish,   uni
kelgusida   tahlil   qilish   va   bosmaga   chiqarish   uchun   saqlashdan   iborat.   Geoaxborot
tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb
tushunish to g ri emas, chunki  ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib,	
ʻ ʻ
muhim   qarorlar   qabul   qilishda   ham   qo llaniladi.   Bu   tizim   bizga   an’anaviy   usulda	
ʻ
yaratiladigan   jadval   ma’lumotlardan   farqli   ravishda   ma’lumotlar   so rovi,   turli	
ʻ
qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi.
Geografik axborot tizimining ta’rifi.
Geografik   axborot   tizimi   yoki   geoaxborot   tizimiga   olimlar   turlicha   ta’rif
berishgan.   Masalan,   J.Berri   shunday   ta’rif   beradi:   “Geografik   axborot   tizimi   –   bu
ma’lumotlarni   boshqarish,   kartografik   tasvirlash   va   tahlil   qilish   uchun   yaratilgan
ichki   pozitsiyalashgan   fazoviy   axborot   tizimidir”.   Bu   ta’rif   unchalik   to liq   emas,
ʻ
chunki   unda   inson   axborot   tizimining   muhim   bir   elementi   sifatida   ko rsatilmagan,	
ʻ
vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi sifatida muhim   rol   o ynaydi.   Demak,   insonning   bevosita   qatnashuvi   GATda   muhim   rolʻ
o ynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni to liq va tushunish uchun	
ʻ ʻ
osonroq   deyishimizga   asosimiz   bor,   ya’ni:   “Geografik   axborot   tizimi   –   bu
geofazoviy   ma’lumotlarni   to plash,   saqlash,   izlash,   tahlil   qilish   va   tasvirlashga	
ʻ
mo ljallangan kompyuter tizimidir”. Yuqoridagi ta’rifga yanada soddaroq ko rinish	
ʻ ʻ
beradigan bo lsak, unda geoaxborot tizimi bu dasturiy apparat va inson faoliyatining	
ʻ
geografik   ma’lumotlarni   saqlash,   boshqarish   va   tasvirlashga   mo ljallangan	
ʻ
kompleks   tizimdir,   degan   xulosa   kelib   chiqishi   mumkin.   Keltirilgan   fikrlarni
umumlashtirgan holda quyida eng aniq ta’rifni bersak bo ladi: “Geoaxborot tizimi –	
ʻ
bu   asosiy   vazifalari   tabiat   va   jamiyat   hodisalarining   geofazoviy   ma’lumotlarini
maxsus   vositalar   yordamida   to plash,   saqlash,   boshqarish,   tahlil   qilish,	
ʻ
modellashtirish va tasvirlashdan iborat bo lgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi	
ʻ
ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”. Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar
keltirish,   u   haqidagi   muhokamalarni   davom   ettirish   mumkin,   biroq   barcha
ta’riflarning   zamirida   yuqorida   keltirilgan   asosiy   ma’no   yotadi.   Shuning   uchun
keltirilgan ta’rifni bosh ta’rif deb qabul qilish mumkin. Yuqorida berilgan ta’rifdagi
fazoviy-geografik   ma’lumotlar   turkumi   deganda   barcha   yer   to g risidagi	
ʻ ʻ
ma’lumotlarni,   jumladan   koordinatalarni,   yer   uchastkalari   chegaralarini,   ular
joylashgan   joy   to’g’risidagi   ma’lumotlarni,   joyning   huquqiy   va   iqtisodiy
ma’lumotlarini   hamda   ko’plab   muhim   bo’lgan   fazoviy   ma’lumotlarni   tushunish
lozim.
Geografik axborot tizimining rivojlanish tarixi.
Geografik   axborot   tizimi   tushunchasi   1960-yillar   o rtasida   Kanadada   paydo	
ʻ
bo lib, Kanada geografik axborot tizimi (Canadian Geographic Information System	
ʻ
CGIS)   deb   atalgan.   Tizimning   asosiy   maqsadi   Kanada   yer   resurslari
inventarizatsiyasini   o tkazish   va   shu   asosda   yer   resurslarining   mavjud   holati   va	
ʻ
kelajakdagi   potensialini   aniqlashdan   iborat   edi.   Hozirda   rivojlangan   davlatlarda
geoaxborot   tizimi   ko plab   ijtimoiy   sohalar,   iqtisodiyot,   siyosat,   ekologiya,   tabiiy
ʻ
resurslarni   boshqarish   va   tabiatni   muhofaza   qilish,   kadastr,   ilm-fan   va   boshqa
sohalarda   qo llanilib   kelmoqda.   Geoaxborot   tizimi   bizning   sayyoramizga   tegishli	
ʻ
global,   hududiy,   milliy,   lokal-axborot   turlari:   kartografiya,   masofadan   zondlash,
statistika, kadastr ma’lumotlari, gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsiyasi
materiallarini   kuzatish,   burg ulash   natijalari,   suv   ostini   zondlash   va   hokazolarni	
ʻ
integrallashtirgan   holda   hamma   jabhalarni   egallab   kelmoqda.   Geoaxborot   tizimini
kengroq   rivojlantirishda   xalqaro   assotsiatsiyalar   (BMT,   YeH   va   b.),   davlat
uyushmalari,   vazirliklar,   kartografiya,   geologik   va   yer   tuzish   xizmatlari,   ilmiy
institutlar   hamda   xususiy   firmalar   qatnashmoqdalar.   Ko plab   davlatlarda   maxsus	
ʻ
milliy   va   viloyat   miqyosidagi   organlar   tuzilgan   bo lib,   ularning   vazifalariga
ʻ geoaxborot   tizimi   va   avtomatlashtirilgan   kartografiya,   davlat   harbiy   siyosatini
geoinformatikada   formallashtirish,   milliy   rejalashtirish,   huquqiy   muammolarni   o zʻ
ichiga   olgan   geografik   axborotlarni   sir   saqlagan   holda   yig ish   hamda   tarqatish   va	
ʻ
boshqalar   kiradi.   O zbekistonda   1991–1992-yillarda   O zdavgeologqo mita   fondi	
ʻ ʻ ʻ
tomonidan   Markaziy   Qizilqumning   1:50000   masshtabli   kartografik   ma’lumotlar
bazasini   yaratishni   o z   ichiga   olgan   geoaxborot   tizimi   tuzilgan   edi.   1996–1999-
ʻ
yillarda   „GGP-Qiziltepageologiya”   ekspeditsiyasi   bilan   hamkorlikda   Toshkent
shahri uchun 1:25000 masshtabda, Farg ona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va	
ʻ
O zbekiston   uchun   1:1000000   masshtabdagi   raqamli   kartalari   geoekologik   GAT	
ʻ
loyihasi   uchun;   1997–1998-yillarda   esa   O zbekistonning   1:1000000   va	
ʻ
Toshkentning   1:25000   masshtabli   raqamli   kartalari   tuzildi.   Hozirgi   kunga   kelib
Toshkent   shahrining   1:2000   masshtabli   raqamli   kartalari   Markaziy   Aerogeodeziya
davlat   unitar   korxonasi   (MADUK)   tomonidan   to liq   tuzib   bo lindi.   MADUK   va
ʻ ʻ
Koreya   Respublikasining   KOICA   agentligi   o rtasida   “O zbekiston   Respublikasida	
ʻ ʻ
geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 2006-yil avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha
doirasida   Toshkent   shahri   va   Toshkent   viloyati   bo yicha   geoaxborot   tizimi   va	
ʻ
ma’lumotlar   bazasini   tuzish   kelishilgan.   Albatta,   geoaxborot   tizimini   tuzish   juda
katta   mablag   va   kuch   talab   etadi.   Bunda   esa   imtiyozli   xalqaro   kreditlarning   o rni	
ʻ ʻ
katta. O zGASHKLITI da qisman Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi	
ʻ
raqamli   kartasi   tuzilgan.   Hozirda   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   "Rivojlanish
Dasturi"   loyihasi   doirasida   ham   O zbekiston   Respublikasida   geoaxborot   tizimini	
ʻ
yaratish bo yicha ishlar boshlangan. O zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-	
ʻ ʻ
yil   25-sentabrdagi   “Milliy   geografik   axborot   tizimini   yaratish”   investitsiya
loyihasini   amalga   oshirish   choratadbirlari   to g risida”gi   PQ-2045-sonli   qarori	
ʻ ʻ
asosida   O zbekiston   Respublikasining   barcha   hududlarida   joriy   qilinadigan,   asosiy	
ʻ
iqtisodiyot   tarmoqlari   va   faoliyat   sohalari   axborotini   qamrab   oladigan   hamda
quyidagilarni   o z   ichiga   oluvchi   funksional   avtomatlashtirilgan   kompleks   axborot	
ʻ
tizimi   –  Milliy  geografik  axborot   tizimini  yaratish   va  rivojlantirish  bo yicha  ishlar	
ʻ
olib   borilmoqda.   Milliy   geografik   axborot   tizimi   (MGAT)   yagona   tizimga
integratsiyalanadigan,   vazirlik   va   idoralar   tomonidan   ularning   vakolatlari   va
vakolatlarning   tarmoqlar   bo yicha   taqsimlanishidan   kelib   chiqib   yaratiladigan	
ʻ
axborot resurslari kompleksini o zida aks ettiradi.	
ʻ
Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari 
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar,
yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam beradi. Hozirda
bu   tizimni   insoniyat   faoliyati   va   dunyoda   boʻlayotgan   oʻzgarishlar,   voqea-
hodisalarni   tasvirlash,   tahlil   qilish,   muammoli   vaziyatlarni   aniqlash   va   ularni tushunish   uchun   qoʻllab   kelmoqdalar.   Kartalar   orqali   tasvirlab   berilgan   tahliliy
muammolar   insonga   har   xil   sonlar,   diagrammalardan   koʻra   vizual   ravishda
samaraliroq   tushunishga   yordam   bermoqda.   Buning   sababi,   hozirda   GAT   orqali
vizual   koʻrinishda   biror-bir   muammoni   tasvirlashda   juda   koʻplab   usullardan
foydalanilmoqda.   Bu   usullar   jumlasiga   turli   ranglar,   uch   oʻlchamli   koʻrinishlar,
vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish
qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik tizimlar
turkumidan   boʻlsa-da,   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   sogʻliqni   saqlash   sohalarida   ham   keng
qoʻllanila   boshladi.   Hozirgi   kunda   geoaxborot   tizimining   ilmiy   asoslari   keng
koʻlamda   oʻrganilmoqda   va   endilikda   kartalar   orqali   tasvirlash   geografik   bilimlar
sohasida   isbotlangan   usullardan   biriga   aylandi.   Agar   biron-bir   sohaga   oid
muammolarni   tushunishga   va   ularning   yechimini   izlashga   kirishadigan   boʻlsak,
endilikda   darhol   oʻsha   muammoning   raqamli   kartasini   ishlab   chiqishimiz   ,
muammoning   koʻlamini   baholash   orqali   yechimlar   izlashimiz   va   shunga   yarasha
qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi.
Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari  
GATni   ta’riflashning   yana   bir   usuli   to g risida   ma’lumot   Marbl   va   Pikueʻ ʻ
(Marble   &   Pequet,   1983)   tomonidan   berilgan.   Bunga   ko ra,   GATning   o zi   ham	
ʻ ʻ
tizimlarga bo linadi va ular quyidagilar: 	
ʻ
1.   Ma’lumotlarni   to plash   tizimi.   Bu   tizimda   ma’lumotlar   turli   xil	
ʻ
manbalardan   olinadi   va   boshlang ich   qayta   ishlov   amalga   oshiriladi.   Bu   tizimning	
ʻ
asosiy vazifasi turli xil fazoviy ma’lumotlarni o zgartirish (rastr ko rinishdan vektor	
ʻ ʻ
ko rinishiga keltirish) dan iboratdir.	
ʻ
 2. Ma’lumotlarni saqlash va ajratish tizimi. Tizimning asosiy vazifasi fazoviy
ma’lumotlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat. 
3. Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni hal
qilish uchun ma’lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi.
  4.   Ma’lumotni   chiqarish   tizimi.   To liq   yoki   qisman   ma’lumotlar   bazasi	
ʻ
jadval,   diagramma   yoki   karta   ko rinishida   tasvirlanib,   bosmaga   chiqariladi   yoki	
ʻ
foydalanuvchining   talabiga   ko ra   elektron   yoki   qog ozli   ma’lumot   ko rinishida	
ʻ ʻ ʻ
beriladi. 
Yuqoridagi to rtta tizim GATning ajralmas va amalga oshirilishi shart bo lgan	
ʻ ʻ
muhim   tizimlaridir.   Barcha   jarayonlar   mana   shu   tizim   ichida   amalga   oshiriladi   va
bunda   ham,   albatta,   inson   omili   juda   muhim   rol   o ynaydi.   Geoaxborot   tizimida	
ʻ geofazoviy   ma’lumotlar   bilan   ishlashda   uning   besh   tarkibiy   qismi   yoki
komponentlari   muhim   sanaladi.   Bu   kompyuter   tizimi,   dasturiy   ta’minot,   insoniy
resurslar, ma’lumot, tahliliy jarayonlar va zaruriy infratuzilmalardir.
Kompyuter   tizimi   –   bu   geoaxborot   tizimini   yuritish   uchun   zarur   bo lganʻ
kompyuter   va   operativ   tizimni   nazarda   tutadi.   Odatda   bunday   operativ   dasturlar
turkumiga   Windows,   Unix   yoki   Linux   kabilar   kiradi.   Qo shimcha   ravishda   bu	
ʻ
tizimga   geoaxborot   tizimi   uchun   zarur   hisoblangan   maxsus   monitorlar,
digitayzerlar, skanerlar (fazoviy ma’lumotlarni raqamli ko rinishga keltirish uchun),	
ʻ
GPS   qurilmalar   (dala   ma’lumotlarini   tizimga   kiritish   uchun),   printer   va   plotterlar
(ma’lumotni bosmaga chiqarish uchun) kerak bo ladi. 	
ʻ
Dasturiy   ta’minot   –   geoaxborot   tizimi   va   unda   qo llaniladigan   jihozlarni	
ʻ
ishlatish   uchun   zarur   bo lgan   dasturlardir.   Barcha   dasturlar   uchun   muhim   bo lgan	
ʻ ʻ
jihat   bu   umumiy   interfeys,   ya’ni   menyu,   grafik   belgilar,   buyruqlar   tablosi   va
skriptlardir. 
Insoniy   resurslar   –   geoaxborot   tizimining   maqsad   va   vazifalarini   aniqlab
beruvchi   malakali   geoaxborot   tizimi   mutaxassislari   guruhi   va   tizimdan
foydalanuvchilar nazarda tutiladi. 
Ma’lumot   –   bu   biz   uchun   muhim   sanalgan   axborotni   yaratish   uchun   zarur
bo ladigan va turli xil tizimga kiritiladigan belgilardir.	
ʻ
Infratuzilma   va   jarayonlar   –   geoaxborot   amallarini   bajarish   uchun   zarur
bo ladigan   moddiy,   tashkiliy   va   boshqaruv   jarayonlarini   o z   ichiga   oladi.
ʻ ʻ
Infratuzilma   deganda   zaruriy   malaka,   ma’lumot   standartlari,   ma’lumotni   saqlash
joylari va umumiy tashkiliy masalalar tushuniladi. 
GATning   funksional   imkoniyatlari   –   GAT   va   mos   dasturiy   vositalarning
funksiyalari to plami bo lib, ular quyidagilardir:	
ʻ ʻ
    Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga mavjud raqamli ma’lumotlar to plami	
ʻ
   yoki   raqamlashtirish   yo li   orqali   kiritish.     Ma’lumotlarni   bir   formatdan	
ʻ
ikkinchi formatga aylantirish, kartografik
   proyeksiyalarni   transformatsiyalash,   koordinata   sistemasini   o zgartirish	
ʻ
orqali   ma’lumotlar   turini   o zgartirish.     Ichki   va   tashqi   ma’lumotlar   bazasida	
ʻ
ma’lumotlarni saqlash, boshqarish
   Kartometrik operatsiyalar.
   Foydalanuvchining shaxsiy sozlash ( настройка ) vositalari. Geografik axborot tizimi fanining ilmiy asosi 
GAT asosan quyidagi beshta savolga javob beradi: 
1. Joy. … da nima joylashgan? Birinchi savol  ayni paytda ma’lum bir joyda
nima   borligini   aniqlashtiradi.   Joylar   esa   har   xil   usullar   bilan   aniqlanishi
mumkin, masalan, nomlanishi , pochta indeksi va albatta koordinatalari bilan. 
2.   Sharoit.   Qayerda   joylashgan?   Ikkinchi   savol   ham   birinchi   savolga
o xshash,   lekin   bunga   javob   berishda   fazoviy   tahlil   talab   etiladi.   Birinchiʻ
savolda joy aniqlashtirilgan bo lsa, ikkinchi savolda o sha joyda nima borligi	
ʻ ʻ
va qanday sharoitda ekanligi aniqlashtiriladi. (Masalan, 200m x 2 o lchamli,	
ʻ
qurilishga   mos   keladigan   tuproqli   va   asosiy   avtomobil   yo lidan   100   m	
ʻ
masofada joylashgan maydonni topish). 
3.   Tendensiya.   ….   dan   boshlab   nima   o zgargan?   Uchinchi   savol   birinchi   va	
ʻ
ikkinchi   savolni   birlashtirib   va   ularga   qo shimcha   tarzda   aniq   bir   maydonda
ʻ
aniq vaqt ichida nimalar o zgarganligini aniqlaydi. 	
ʻ
4.   Strukturalar.   Qanday   fazoviy   strukturalar   mavjud?   Bu   savol   birmuncha
murakkabroq.   Masalan,   atom   elektr   stansiyasiga   yaqin   aholi   punktlarida
saraton   kasalligining   asosiy   sababi   nima,   degan   savolni   oydinlashtirishda
saraton   bilan   og rigan   bemorlar   sonini,   qayerda   joylashganini   va   ularga	
ʻ
tegishli boshqa ko plab sabablarni bilish juda muhim. 
ʻ
5. Modellashtirish. Agar …. bo lsa, nima bo ladi? Bu savol biror-bir qurilish	
ʻ ʻ
yoki   masalan,   yangi   avtomobil   yo li   tarmog i   o tkazilsa,   atrof-muhitga	
ʻ ʻ ʻ
qanday   ta’sir   etishini   aniqlash   uchun   beriladi.   Albatta,   bu   kabi   savollarni
oydinlashtirishda geografik yoki boshqa turdagi axborotlar talab etiladi. 
Mutaxassislar geografik axborot tizimini qisqacha “geoinformatika” deb ham
atashadi.   “Geoinformatika”   uch   ildiz:   geografiya,   informatika   va   avtomatika
tushunchalaridan tashkil  topgan. Inglizcha adabiyotlarda “Informatics”, “Computer
Science”   degan   tushunchalar   bor   va   u   elektron   hisoblash   texnikasini
takomillashtirish,   dasturlash,   amaliy   matematika,   operatsion   tizimlar,   sun’iy
intellekt   masalalari   va   boshqa   tushunchalarni   o z   ichiga   oladi.   Geoinformatika	
ʻ
atamasi   1980-yillar   oxiriga   kelib   yanada   ommaviylashdi   va   hozirda   Geographic
Information   System   yoki   qisqacha   GIS   atamasi   ingliz   ilmiy   adabiyotining   deyarli
barchasida keng qo llanilmoqda.	
ʻ
 GEO+GRAPHIC+INFORMATION+SYSTEM    fazoviy   ma’lumotlarni   boshqarish,   qayta   ishlash   va   tahlil   qilish   uchun
axborot tizimi;  
   xulosa (yechim) chiqarish uchun axborotlar ketma-ketligi.
GEOGRAPHIC :  
   yerga   oid   ma’lumotlar   (fazoviy   bo lmagan   ma’lumotlar   ishlatilmaydi);ʻ
turlari: sun’iy, tabiiy va aralash.
INFORMATION :  
  ma’lumotlar;
   fazoviy ma’lumotlar;
   geofazoviy ma’lumotlar;
   axborotlar;
   tushunchalar;
   axborotlardan foydalanish;
   geoinformatika;
   geofazoviy ma’lumotlar tomonidan yoritilgan axborotlar.
Geoaxborot   tizimida   qo llaniladigan   dasturiy   ta’minotlar	
ʻ
Geoaxborot tizimida qo llaniladigan maxsus dasturlar asosan ikki turga bo linadi va	
ʻ ʻ
ular quyidagilardan iborat: 
1.   Pulli   dasturlar.   Ular   jumlasiga   hozirda   mashhur   bo lgan   ESRI	
ʻ
kompaniyasining   ArcView   oilasidagi   dasturlar,   GIS   MapInfo   Professional,
AutoCAD Map 3D, Geomedia Professional, Panorama, RemoteView, Bentley Map,
Erdas Imagine kabilar kiradi. 
2.   Ochiq   kodli   dasturlar.   Mazkur   bepul   geoaxborot   tizimi   dasturlariga
Quantum GIS (QGIS), GRASS GIS, gvGIS, ILWIS, JUMP GIS, MapWindow GIS,
SAGA GIS, Capaware, FalconView, Kalypso, TerraView, Whitebox GIS kiradi. 
ArcView dasturiy tizimi . ArcView ESRI kompaniyasining dasturi bo lib, bu	
ʻ
dastur   avlod   sifatida   bir   necha   seriyalar   turkumida   ishlab   chiqiladi.   ArcView
dasturining ilk avlodi 1993-yili Arc/Info tizimi uchun qo shimcha sifatida yaratildi	
ʻ
va   bu   dastur   ommaviy   ravishda   foydalanuvchilar   uchun   mo ljallangan.   ArcView	
ʻ
kartografik   ma’lumotlarni   yaratish,   tahlil   qilish   va   tasvirlash   uchun   juda   qulay dastur   hisoblanadi.   ArcView   ning   birinchi   va   ikkinchi   versiyalari   ma’lum   hudud
bo yicha tarqalgan geografik ma’lumotlar (obyekt va hodisalar) ni ko rish va tahlilʻ ʻ
qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan.
Bu   dasturni   qo llash   sohalari   turlicha,   ya’ni   biznes   va   fan,   ta’lim   va   boshqaruv,	
ʻ
ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat, ishlab chiqarish va ekologiya,
transport   va   neft-gaz   sanoati,   yerdan   foydalanish   va   kadastr   hamda   boshqa
sohalardir.
Ushbu   dasturning   keyingi   avlodlari   chiqishi   bilan   undagi   funksiyalar   ham
tobora   oshib   boradi.   Masalan,   ikkinchi   avlod   vakilida   geografik   elektron   jadvallar
bilan   ishlash,   qaror   qabul   qilish   va   statistik   ma’lumotlarni   jadval   ko rinishida	
ʻ
kiritish   imkoniyatlari   mavjud   bo lsa,   uchinchi   avlodida   fazoviy   tahlil   va	
ʻ
modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab
chiqarish sohasida ArcView dasturining to qqizinchi avlodi ishlatib kelinmoqda va	
ʻ
u yuqoridagilardan ko ra ko proq funksiyalar bilan to ldirilgan hamda ishlash tezligi	
ʻ ʻ ʻ
ham oshirilgan. ArcView dasturi quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo ljallangan:	
ʻ
  kartalarni yaratish va tahrir qilish;
   kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;
   mavzuli kartalar yaratish;
   geografik va semantik ma’lumotlarni fazoviy hamda statistik tahlil qilish;
   geokodlash;
   ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;
   karta hisoboti va xulosalarini printer, plotter yoki grafik fayllarga o tkazish.	
ʻ
ArcView   dasturidan   fazoviy   ma’lumotlar   bilan   ishlashda   foydalanish
mumkin.   Dasturning   asosiy   xususiyati   –   jadval   ko rinishida   oddiylik   bilan   ishga	
ʻ
tushishi,   dBASE   tipidagi   fayllar   va   server   ma’lumotlar   bazasidan   ma’lumotlarni
tasvirlashda,   qayta   ishlashda   ularni   yaxshi   tushunish   va   tahlil   etishdir.   ArcView
dasturi quyidagi xususiyatlarga ega: 
1.   O zlashtirilishi   oddiy.   ArcView   dasturida   foydalanuvchi   uchun   tushunarli	
ʻ
va   qulay   interfeys   yaratilgan   hamda   kartografik   qayta   o zgartirish   berilgan   bo lsa	
ʻ ʻ
ham   u   berkitilgan.   Operatsiyalar   tushunarli   va   oddiy   bo lib,   bazaviy   ma’lumotlar
ʻ
bilan   ishlash   imkoniyatiga   ega.   Kartografik   ish   stolini   o zlashtirish   uchun   bazaviy
ʻ
ma’lumotlar bilan ishlash ish tajribasiga ega bo lish lozim.	
ʻ   2.   Ma’lumotlar   oynasini   3   xil   ko rinishda   va   xohlagan   miqdorda   ko rishʻ ʻ
mumkin: karta oynasi, ro yxatlar va grafiklar. 	
ʻ
3.   Ma’lumotlarni   sinxron   texnologiyada   tasvirlash,   bir   vaqtning   o zida	
ʻ
tarkibida bir xil ma’lumotlarga ega bir nechta oynalarni ochish imkoniyati mavjud,
hatto   bir   oynada   ma’lumotlarni   o zgartirish   natijasida   avtomatik   ravishda   boshqa	
ʻ
oynalarda ham o zgarish kuzatiladi. 	
ʻ
4. Rastr ma’lumoti bilan ishlash. Ko rilayotgan dasturda rastr ma’lumotlarini	
ʻ
ishga   tushirish   va   geografik   proyeksiyalarga   bog lash   yetarli   darajada   sodda	
ʻ
keltirilgan.   Muhim   jihati   shundaki,   foydalanuvchi   kamida   3   ta   koordinata
nuqtalarini   bilishi   lozim.   Hozircha   bu   dasturda   rastr   ma’lumotlarini   burish   va
cho zish   imkoniyati   mavjud   emas,   ammo   bu   masalalar   ushbu   dastur	
ʻ
foydalanuvchilari tomonidan yozilgan ilovalarda mavjud. 
5.   Ma’lumotlarni   vizuallashtirish.   Bu   tartib   foydalanuvchiga   jadval
ko rinishidagi   ma’lumotlarni   har   xil   ko rinishda   ko rsatish   imkoniyatini   beradi.
ʻ ʻ ʻ
Misol   uchun,   belgilar,   diagramma,   rang   berilgan   maydon   va   chiziqli   obyekt   va
boshqalarni   masshtablangan   usulda   ko rish   mumkin.   Kartada   ma’lumotlarni	
ʻ
tasvirlashda   foydalanuvchi   raqam   ko rinishidagi   ma’lumotlarni   emas,   balki   uning	
ʻ
orqasida turgan kartani ko radi. 	
ʻ
6.   Geoaxborot   tahlil   vositalari.   ArcView   dasturida   bufer
(loyihalashtirilayotgan)   chegarani   hosil   qilish,   ishlab   chiqarish   obyektlarini
shakllantirish,   obyektlarni   hosil   qilish   va   o zgartirish,   grafik   tahrirlash   va   boshqa	
ʻ
imkoniyatlarni   beradi.   Foydalanuvchi   mavzuli   kartalarni   hosil   qilish,   yaratish   va
saqlash,   rang   berish   va   parametrlarga   bog liq   holda   geografik   obyektlarni	
ʻ
rasmiylashtirish imkoniyatiga ega. 
7. Geografik obyektlarni guruhlashtirish. Bu vositalar turli vaziyatlarni tezkor
tahlil va prognoz qilish imkoniyatiga ega. 
8.   Hisobotlar   va   nashrlar   hosil   qilish.   ArcView   dasturida   turli   ko rinishdagi	
ʻ
printer   qurilmalaridan   karta   bo lagi,   jadval,   grafik   va   yozuv   ko rinishidagi	
ʻ ʻ
hisobotlar hosil qilish va nashrga berish mumkin. Standart drayverlari orqali xulosa
nashrga beriladi. 
9.  ArcView   dasturi   shaxsiy   kompyuterlarning   (Windows   95,   98,  NT,   XP   va
Vista),   Macintosh,   HP   UNIX   va   boshqa   tizimlari   bilan   ham   ishlaydi.   Barcha
tizimlarda   foydalanuvchi   interfeysi   bir   xil   ko rinishda   bo lib,   CD-ROMga	
ʻ ʻ
uzatiladigan ArcView formatidagi  ma’lumotlar yuqorida ko rsatib o tilgan tizimlar	
ʻ ʻ
orqali ham qabul qilinadi.  10.   Ma’lumotlardan   foydalanish.   Masofaviy   baza   ma’lumotlaridan
biriktirilgan   jadvallar   yordamida   foydalanish   mumkin.   ArcView   dasturidan
chiqmasdan   turib,   biriktirilgan   jadvallarni   tahrirlash   va   o zgartirishlarni   saqlashʻ
mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini to g ridan to g ri ochish
ʻ ʻ ʻ ʻ
mumkin. Windows uchun mo ljallangan AtlasGIS dasturi. 	
ʻ
Windows   uchun   mo ljallangan   AtlasGIS   dasturi
ʻ   Strategic   Mapping   Inc.
(Santa   Clara,   USA)   kompaniyasiga   tegishli   bo lib,   interaktiv   geografik   axborot	
ʻ
tizimi ko rinishida bo ladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi. AtlasGIS	
ʻ ʻ
–   bu   ishchi   dasturlar   yordamida   tez   va   oson   universal   kartografiyaning   tahliliy   va
tasviriy   imkoniyatlarini   o z   ichiga   olgan   ko p   funksiyali   axborot   kartografik	
ʻ ʻ
tizimdir. Uning imkoniyatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:  kartalarni kiritish, tahrir
qilish va bosmaga chiqarish;
   tasvirlash vositalarini rivojlantirish: shtrix va ranglardan to laligicha	
ʻ
   foydalanish,   simvollarni   yaratish   va   tahrir   qilish,   ko p   sonli   qo yilmalar,	
ʻ ʻ
mavzuli   kartografiyalash;     ishchi   grafika   –   doiraviy   va   chiziqli   diagrammalar,
grafiklar;
   Atlas Ware GIS/S/VB yordamida amaliy masalalarni yaratish imkoniyati
  (S++ va MS Visual Basic);  rastr loyihalar bilan ishlash;
     fazoviy   qidiruv/tahlil   –   geografik   obyektlarni   birlashtirish,   geografik 
belgilariga   qarab   ma’lumotlarni   jamlash,   bufer   zonalarni   yaratish;     geokodlash   –
pochta manzili va indeksi bo yicha izlash, bunda manzil nomi	
ʻ
   to liq   yoki   qisman   kiritiladi;   maxsus   o rnatilgan   funksiya   va   operatorlar	
ʻ ʻ
yordamida ma’lumotlarni qayta
   ishlovchi   vositalar   (59   funksiya   va   22   operator);     SQL   serverlarga   va
tarmoqda ishlashga qulay bo lishi uchun ichki	
ʻ
   o rnatilgan   SQL   ta’minoti;     geografik   obyektlarni   multimedia   vositalari	
ʻ
bilan birlashtiruvchi
   Application   Linking   tizimi;     raqamlashtirishda   qo llaniladigan   barcha	
ʻ
digitayzerlar bilan birga ishlash
  imkoniyati;  rastr va vektor tasvirlar bilan ishlash imkoniyati;
   bir qismi rastr va bir qismi vektordan tashkil topgan va soni 250 tagacha   bo lgan qatlamlar bilan ishlash imkoniyatlari. AtlasGIS tizimida “What Youʻ
See   Is   What   You   Map”   tamoyili   qo llanilgan,   ya’ni   “Nimani   ko rsang,   o shani	
ʻ ʻ ʻ
kartaga   tushirasan”   qabilida.   AtlasGISning   boshqa   GAT   dasturlaridan   farqi
shundaki,   u   maxsus   makrotil   yordamida   emas,   balki   keng   tarqalgan   MS   Visual
Basic   va   S   tillari   yordamida   dasturlanadi.   Bu   esa,   o z   navbatida,   dasturdan	
ʻ
foydalanuvchilarga qo shimcha algoritmlarni yaratish imkonini beradi. Bu tizimning	
ʻ
kamchiligi   uning   qimmatligidir.   Boshqa   dasturlarda   keng   tarqalgan   DXF-formatni
AtlasGIS tushunadigan formatga o zgartiradigan alohida konvertir mavjud bo lib, u	
ʻ ʻ
qo shimcha   ravishda   sotiladi.   Vaholanki,   bunday   konvertirlash   boshqa   dasturlar	
ʻ
doirasiga kiritilgan. 
MapInfo   maxsus   tizimi.   Mapping   (kartografik)   tizimlari   –   bu   kartalarni
professional   ishlab   chiqishga   mo ljallangan   maxsus   dastur   mahsulotidir.   Mapping	
ʻ
hamma kerakli elementlarni tasvirlaydigan standart topokartalarni ishlab chiqarishda
yaxshi   samara   berib   kelmoqda.   Mappingda   CAD   da   bo lmagan   ko pgina	
ʻ ʻ
qo shimcha   imkoniyatlar   mavjud.   Obyektlarni   kartalarda   tasvirlash   belgilangan	
ʻ
tartibda   shartli   belgilarga   asoslangan   holda   olib   boriladi.   Bu,   o z   navbatida,   qisqa	
ʻ
vaqt   ichida   yuqori   sifatli   standart   kartalarni   tuzishni   ta’minlaydi.   Mapping
modellashtirish   va   tahlil   qilish   imkoniyatini   bersa,   mavzuli   kartografiyalash   va
monitoring   qilishni   chegaralaydi.   Bunday   imkoniyatni   faqatgina   ArcGIS   orqali
bajarish   mumkin.   MapInfo   dasturi   fazoviy   jihatdan   bog langan   turli   xil
ʻ
ma’lumotlarni tasvirlash imkoniyatini beradi. Bu tizim Desktop GIS (ishchi dastur)
sinfiga kiradi. 80-yillarning oxirida MapInfo va AtlasGIS Desktop GIS turkumidagi
dastur   bozorini   bo lishib   olgan   bo lsa,   Windows   operativ   dasturiga	
ʻ ʻ
moslashtirilgandan so ng raqibini yengib o tdi. MapInfoning eng muhim xususiyati
ʻ ʻ
bu uning universalligidir. Tizim boshqa dasturlar – DOS, Windows, Windows NT,
UNIX bilan va geoaxborot tizimi dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik
ma’lumotlar   bazasini   yaratish   va   ishlatish   vositalari   bilan   birgalikda   ishlash
xususiyatiga   ham   egadir.   Tizim   doirasiga   quyidagi   imkoniyatlar   kiritilgan:
ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini tahlil qilish usullari;
   geografik obyektlarni izlash;
   kartalarga mavzuli sayqal berish usullari;
   shartli belgilarni yaratish va tahlil qilish usullari;
   keng qamrovli ma’lumotlar formatining mavjudligi;
   masofadan turib ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlarni tarqoq holda
qayta ishlash.  MapInfo dasturi yordamida joy to g risidagi ma’lumotlarni uning manzili vaʻ ʻ
nomi   orqali   topish,   shuningdek,   ko chalarning   kesishuvini,   chegarasini,   interaktiv	
ʻ
yoki   avtomatik   ravishda   geokodlashni   amalga   oshirish   va   ma’lumotlar   bazasidan
obyektlarni   kartaga   ko chirish   mumkin.   Ma’lumotlarni   tizimda   tasvirlash   jadval,	
ʻ
karta,   diagramma   va   matn   ko rinishida   bo lishi   mumkin.   Tizim   orqali   maxsus	
ʻ ʻ
geografik tahlil  va grafik tahrir  qilish  mumkin. Tizimda turli  geodezik masalalarni
hal   qilish,   kartalarni   arxivlash   va   vektorlash,   kartografik   proyeksiyalash,   fazoviy
ma’lumotlarni   birlashtirish   mumkin.   Dasturdagi   maxsus   MapBasic   dasturlash   tili
orqali   interfeysni   o zgartirish   va   Excel,   Lotus   1-2-3,   dBase   dasturlariga   to g ridan	
ʻ ʻ ʻ
to g ri bog lanib, ma’lumotlar almashinish mumkin.	
ʻ ʻ ʻ XULOSA
Bugungi   kunga   kelib   geoaxborot   tizimi   rivojlanishi   bilan   birga
geoinformatika   ta’limini   isloh   qilish   zaruriyati   paydo   bo lmoqda.   Hozirdaʻ
geoaxborot   tizimi   nafaqat   texnik   fanlar   majmuasi   sifatida,   balki   boshqaruv,   qaror
qabul   qilish   hamda   ijtimoiy   maqsadlarga   yo naltirilgan   fan   sifatida   ham	
ʻ
qaralmoqda.   Alohida   tashkilotlar   miqyosida   geoaxborot   tizimi   bo yicha   aniq	
ʻ
dasturlarni   o qitish   yo lga   qo yilgan   bo lib,   ularning   asosiy   maqsadi   dasturda	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ishlashni  o rganish bo lmoqda. Ammo bu soha rivojlanishi bilan birga bakalavrlik,	
ʻ ʻ
magistrlik   hamda   doktorlik   dasturlari   nafaqat   texnik,   balki   yuqorida   sanalgan
sohalarni   o z   ichiga   olgan   bo lishi   lozim.   Shuning   uchun   ham   zamonaviy
ʻ ʻ
mutaxassis   o z   ustida   ishlashi   va   aynan   geoinformatika   sohasidagi   bilimlarni
ʻ
egallashi juda muhimdir. 
Yangi ochilayotgan geoinformatika sohasidagi o qitish dasturlari, ya’ni ilmiy	
ʻ
yo nalishga   asoslangan   magistrlik   va   doktorlik   dasturlari   mutaxassislar   fikricha	
ʻ
quyidagilarni qamrab olishi zarur: 
   ishbilarmonlik va boshqaruvchilik;
   geografik bilimlar tamoyillari;
   geoaxborot texnologiyalarini bilish va tushunish;
   tashkiliy masalalarni bilish;
   moliya, investitsiya va tavakkalni boshqarish;
   xodimlar bilan ishlash tamoyillari;
   turli sohalar o rtasidagi o zaro farqlar;	
ʻ ʻ
   turli davlatlarning axborot sohasi bo yicha qonunlari;	
ʻ
   malaka oshirish va tahliliy malakalar.
Dunyodagi   ko pgina   geoaxborot   mutaxassislari   o zlarini   texnik	
ʻ ʻ
yo nalishdaman   deb   hisoblashadi,   vaholanki,   geoaxborot   sohasi   nafaqat   texnik	
ʻ
bilimlardan, balki yuqoridagi bilimlardan ham tashkil topgan bo lishi zarur. Bunday	
ʻ
bilimlarni o rganish va dunyodagi ushbu soha vakillari bir xildagi bilim, malaka va	
ʻ
tushunchaga   ega   bo lishi   uchun   yaratilayotgan   ta’lim   dasturlari   asosan   uch	
ʻ
tamoyilga asoslanishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O zbekiston Respublikasining Yer Kodeksi (1998 – yil 30 aprel) ʻ
2.   O zbekiston   Respublikasining   „Standartlashtirish   to g risida”gi   Qonuni
ʻ ʻ ʻ
(1993 - yil 28 - dekabr, 1002-XII-son). 
3.   Muhammadiyev   J   .Axborot   xavfsizligini   huquqiy   ta’minlash.
http://huquqburch.uz/uz/article/2817/  
4.   Bernhardsen   T.   Geographic   Information   Systems:   An   Introduction.   John
Wiley and Sons. (2002) 435 pages. 
5.   Bolstadt   P.   GIS   Fundamentals:   A   First   Text   on   Geographic   Information
Systems, 4th edition. (2012) 674 pages. 
6. Chang, Kang-Tsung. Introduction to Geographic Information System  (7th
edition). McGraw-Hill Education. (2013) 480 pages. 
7. Longley P., Goodchild M., Maguire D., Rhind D. Geographic Information
Systems and Science (3rd edition). WileyWilson, J. P. (2011) 539 pages. 
8.   Michael   N.   Demers.   Fundamentals   of   Geographic   Information   Systems.
John Wiley and Sons. (2003) 636 pages. \
9.   Samborsky   A.,   Magdiev   Kh.,   Popiv   I.   Creation   of   National   Geographic
Information   System   for   Uzbekistan.   Prezentatsiya.   Inspire   (2010)
http://inspire.ec.europa.eu/events/conferences/inspire_2010/presentations/2
49_pdf_presentation.pdf 
10.NGIS Koreya internet ma’lumotlari. 
11.NGIS Indiya internet ma’lumotlari.

Geografik axborot to’plamini yaratishda GIS dasturlarining roli Reja: KIRISH. 1. Geografik axborot tizimining ta’rifi. 2. Geografik axborot tizimining rivojlanish tarixi. 3 .Geografik axborot tizimining umumiy tushunchalari. 4 . Geografik axborot tizimining tarkibiy qismlari. 5. Geografik axborot tizimida qo’llaniladigan dasturiy ta’minotlar. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Kirish Geografik axborot tizimi (GAT) geofazoviy ma’lumotlarni to plash,ʻ boshqarish va tasvirlashga mo ljallangan kompyuter tizimi bo lib, unda mazkur ʻ ʻ ma’lumotlarni voqea, hodisa, faoliyat yoki undagi tafsilotlar bilan birga ularning qayerda mavjud ekanligini tasvirlar, jadvallar orqali aks ettirish mumkin. Geoaxborot tizimining boshqacha ko rinishi bo lgan geoinformatika deganda ʻ ʻ geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bog liq bo lgan ilmiy-texnik va amaliy ʻ ʻ fanlar majmuasi tushuniladi. Bu majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi, kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar o rtasidagi bog liqlikdan kelib chiqadi. Hozirgi kunda axborot ʻ ʻ tizimining ushbu bo limi jadal sur’atlar bilan o sib borishi natijasida u nafaqat ʻ ʻ texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qo llanilib ʻ kelmoqda. GATning qo llanilish sohalari keng bo lib, u turli holatlarda, jumladan ʻ ʻ sog liqni saqlashda yangi klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va ʻ aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida, yuk tashish bilan shug ullanadigan ʻ korxonalar uchun yo l marshrutlari va jadvallarini tuzish hamda aniqlashda, ʻ avtomobil yo llarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yo llarni loyihalashda ʻ ʻ eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni to g ri ʻ ʻ va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni o zlashtirishda, yerlarninig ʻ holatini aniqlash va ular to g risida yetarli ma’lumot olishda juda qo l keladi. ʻ ʻ ʻ Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yig ish va ʻ qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb tushunish to g ri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib, ʻ ʻ muhim qarorlar qabul qilishda ham qo llaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy usulda ʻ yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar so rovi, turli ʻ qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi. Geografik axborot tizimining ta’rifi. Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif beradi: “Geografik axborot tizimi – bu ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik to liq emas, ʻ chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida ko rsatilmagan, ʻ vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi sifatida

muhim rol o ynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi GATda muhim rolʻ o ynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni to liq va tushunish uchun ʻ ʻ osonroq deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik axborot tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni to plash, saqlash, izlash, tahlil qilish va tasvirlashga ʻ mo ljallangan kompyuter tizimidir”. Yuqoridagi ta’rifga yanada soddaroq ko rinish ʻ ʻ beradigan bo lsak, unda geoaxborot tizimi bu dasturiy apparat va inson faoliyatining ʻ geografik ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va tasvirlashga mo ljallangan ʻ kompleks tizimdir, degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyida eng aniq ta’rifni bersak bo ladi: “Geoaxborot tizimi – ʻ bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida to plash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, ʻ modellashtirish va tasvirlashdan iborat bo lgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ʻ ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”. Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar keltirish, u haqidagi muhokamalarni davom ettirish mumkin, biroq barcha ta’riflarning zamirida yuqorida keltirilgan asosiy ma’no yotadi. Shuning uchun keltirilgan ta’rifni bosh ta’rif deb qabul qilish mumkin. Yuqorida berilgan ta’rifdagi fazoviy-geografik ma’lumotlar turkumi deganda barcha yer to g risidagi ʻ ʻ ma’lumotlarni, jumladan koordinatalarni, yer uchastkalari chegaralarini, ular joylashgan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni, joyning huquqiy va iqtisodiy ma’lumotlarini hamda ko’plab muhim bo’lgan fazoviy ma’lumotlarni tushunish lozim. Geografik axborot tizimining rivojlanish tarixi. Geografik axborot tizimi tushunchasi 1960-yillar o rtasida Kanadada paydo ʻ bo lib, Kanada geografik axborot tizimi (Canadian Geographic Information System ʻ CGIS) deb atalgan. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslari inventarizatsiyasini o tkazish va shu asosda yer resurslarining mavjud holati va ʻ kelajakdagi potensialini aniqlashdan iborat edi. Hozirda rivojlangan davlatlarda geoaxborot tizimi ko plab ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, tabiiy ʻ resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr, ilm-fan va boshqa sohalarda qo llanilib kelmoqda. Geoaxborot tizimi bizning sayyoramizga tegishli ʻ global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr ma’lumotlari, gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsiyasi materiallarini kuzatish, burg ulash natijalari, suv ostini zondlash va hokazolarni ʻ integrallashtirgan holda hamma jabhalarni egallab kelmoqda. Geoaxborot tizimini kengroq rivojlantirishda xalqaro assotsiatsiyalar (BMT, YeH va b.), davlat uyushmalari, vazirliklar, kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, ilmiy institutlar hamda xususiy firmalar qatnashmoqdalar. Ko plab davlatlarda maxsus ʻ milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan bo lib, ularning vazifalariga ʻ

geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy rejalashtirish, huquqiy muammolarni o zʻ ichiga olgan geografik axborotlarni sir saqlagan holda yig ish hamda tarqatish va ʻ boshqalar kiradi. O zbekistonda 1991–1992-yillarda O zdavgeologqo mita fondi ʻ ʻ ʻ tomonidan Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini yaratishni o z ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996–1999- ʻ yillarda „GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri uchun 1:25000 masshtabda, Farg ona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va ʻ O zbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GAT ʻ loyihasi uchun; 1997–1998-yillarda esa O zbekistonning 1:1000000 va ʻ Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi. Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan to liq tuzib bo lindi. MADUK va ʻ ʻ Koreya Respublikasining KOICA agentligi o rtasida “O zbekiston Respublikasida ʻ ʻ geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 2006-yil avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo yicha geoaxborot tizimi va ʻ ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan. Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablag va kuch talab etadi. Bunda esa imtiyozli xalqaro kreditlarning o rni ʻ ʻ katta. O zGASHKLITI da qisman Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi ʻ raqamli kartasi tuzilgan. Hozirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi doirasida ham O zbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini ʻ yaratish bo yicha ishlar boshlangan. O zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- ʻ ʻ yil 25-sentabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish choratadbirlari to g risida”gi PQ-2045-sonli qarori ʻ ʻ asosida O zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy ʻ iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni o z ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot ʻ tizimi – Milliy geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish bo yicha ishlar ʻ olib borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va vakolatlarning tarmoqlar bo yicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan ʻ axborot resurslari kompleksini o zida aks ettiradi. ʻ Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar, yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlar, voqea- hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni

tushunish uchun qoʻllab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan koʻra vizual ravishda samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab usullardan foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli koʻrinishlar, vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni saqlash sohalarida ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini ishlab chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi. Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari GATni ta’riflashning yana bir usuli to g risida ma’lumot Marbl va Pikueʻ ʻ (Marble & Pequet, 1983) tomonidan berilgan. Bunga ko ra, GATning o zi ham ʻ ʻ tizimlarga bo linadi va ular quyidagilar: ʻ 1. Ma’lumotlarni to plash tizimi. Bu tizimda ma’lumotlar turli xil ʻ manbalardan olinadi va boshlang ich qayta ishlov amalga oshiriladi. Bu tizimning ʻ asosiy vazifasi turli xil fazoviy ma’lumotlarni o zgartirish (rastr ko rinishdan vektor ʻ ʻ ko rinishiga keltirish) dan iboratdir. ʻ 2. Ma’lumotlarni saqlash va ajratish tizimi. Tizimning asosiy vazifasi fazoviy ma’lumotlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat. 3. Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni hal qilish uchun ma’lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi. 4. Ma’lumotni chiqarish tizimi. To liq yoki qisman ma’lumotlar bazasi ʻ jadval, diagramma yoki karta ko rinishida tasvirlanib, bosmaga chiqariladi yoki ʻ foydalanuvchining talabiga ko ra elektron yoki qog ozli ma’lumot ko rinishida ʻ ʻ ʻ beriladi. Yuqoridagi to rtta tizim GATning ajralmas va amalga oshirilishi shart bo lgan ʻ ʻ muhim tizimlaridir. Barcha jarayonlar mana shu tizim ichida amalga oshiriladi va bunda ham, albatta, inson omili juda muhim rol o ynaydi. Geoaxborot tizimida ʻ