logo

HAVZA BALIQCHILIGI GIGIENASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.2724609375 KB
H AVZA  BALIQCHILIGI GIGIENASI.
Reja:
1. Baliqchilikning ahamiyati va baliqlarni saqlash usullari.
2. Baliqlarni oziqlantirish sharoitlari.
3. Baliqchilik hovuzlari gig ienasi. Respublikamizda   iste’mol   uchun   baliqlar   maxsus   ko‘l   xo‘jaliklarida,
baliqchilik   hovuz   xo‘jaliklarida,   katta   suv   havzalaridan   etishtiriladi.   Baliq
etishtirish   jarayoni   to‘liq   yoki   noto‘liq   tizimli   usullarda   amalga   oshiriladi.
To‘liq   tizimli   jarayonda   baliqlar   uvidiriq   (ikra)   dan   to   tayyor   baliq
holatigacha   boqiladi,   noto‘liq   usulda   faqat   tovar   baliqlar   o‘stiriladi.   To‘liq
tizimli usulda boqilganda baliqchilik xo‘jaliklarida bir qator hovuzlar bo‘lib,
ular baliqlarning yoshiga, turlariga qarab saqlanadi.
Bugungi   kunda   sun’iy   ko‘llarda   baliq   o‘rchitish   va   o‘stirish   keng
rivojlanmoqda. Chuchuk suv havzalari baliqchilikni rivojlantirishning asosiy
manbaidir. Baliqchilikni rivojlantirishda torfi olingan chuqurlar, sholi ekilgan
maydonlar ham juda qo‘l keladi.
Suv   havzalarining   meliorativ   holatini   yaxshilash   va   havza
baliqchiligini   ixtisoslashtirish   baliq   mahsulotini   ko‘paytirishning   asosiy
yo‘lidir. Bunda suv havzalarida zoogigienik sharoitlarini barpo qilish muhim
rol o‘ynaydi.
Havza   baliqchiligi   shartli   ravishda   iliq   va   sovuq   suvli   havzalarga
bo‘linadi.   Ular   bir-birida n   o‘ rchitish   va   o‘stirish   t exnologiyasi   bila n   far q
qi ladi.   Bu   farqlar   urchitiladigan   bal iq lar n ing   biolog i k   xususiyati,   suvning
harorati, gaz, min e ral va  kimyo viy tarkibiga ta’sircha n ligiga bo g‘ li q dir.
Iliq   suvli   havza   bali q chilik   xo‘jalig i da,   su v ning   harorati   +20 0
S   dan
yu q ori   bo‘lgan   joylarda   karp,   amur   oq   bali g‘i ,   oq   va   tal g‘ ir   do‘ng   p eshona,
tillasimo n  va kumushsimon karas va boshqalar  o‘ rchitiladi. Bu bal iq lar ba h or
va   yozda   o‘ rch i ydi,   o‘sadi   va   r ivoj lanadi.   Q ishda   suv ning   tubidagi
chuqurlarga   k i r ib   yotadi,   oziqlanmaydi   va   kam   h arakatlanadi.   Ba h orda   esa
suv isigandan keyi n  u v ildiri q  sochish joyiga borib, o‘sha erda ko‘payadi.
Sovuq suvli havza baliqchilik xo‘jaliklarida quyidagi turdagi baliqlar
o‘rchitiladi: forel, ryapushka, sig, ripus va boshqalar. Bu baliqlar uchun oqar
suv   toza   va   kislorodga   boy   bo‘lishi   yaxshi   bo‘ladi.   Sovuq   suvni   yaxshi ko‘radigan   baliqlar   issiq   suvni   yaxshi   ko‘radigan   baliqlarga   nisbatan   kam
pusht   bo‘ladi.   Ba’zi   bir   baliqlar,   masalan,   forel   havzalarda   ko‘paymaydi,
Shuning   uchun   ularning   uvildirig‘i   baliqchilik   zavodlarida   sun’iy   yo‘l   bilan
urug‘lantiriladi va inkubatsiyalantiriladi.
Baliqchilik   xo‘jaliklari   to‘liq   va   to‘liq   bo‘lmagan   tizimli   bo‘ladi.
To‘liq   tizimli   baliqchilikda   baliq   uvildiriqdan   450   -   500   grammga   etguncha
o‘stiriladi.   To‘liq   bo‘lmagan   tizimli   baliqchilik   xo‘jaliklari   tovar
yo‘nalishidagi   balikni   o‘stirish   uchun   to‘liq   tizimli   xo‘jalikdan   mayda
baliqlarni oladi.
Baliqlarni   oziqlantirish   -   baliqlarni   oziqlanishida   tabiiy   oziqalar,
ayiiqsa  havzalarga  qo‘shimcha  oziqalar  solish  katta  axamiyatga  ega.  Ammo
baliqchilikni   intensiv   rivojlantirishda,   ayniqsa   baliqlarning   zichligi   yuqori
bo‘lganda to‘yimli qo‘shimcha oziqalarga bo‘lgan talabi ortadi.
Baliqlarni   to‘yimli   oziqalar   bilan   oziqlantirish   baliqchilikni
rivojlantirish   va   ularni   modda   almashishini   buzilishidan   kelib   chiqadigan
kasalliklardan   saqlashning   garovidir.   Baliqlar   uchun   va   boshqa   qishloq
xo‘jalik xayvonlari uchun ham oziqa ratsionida etarli darajada oqsil, ayniqsa
almashinmaydigan   aminokislotalar,   yog‘lar,   mineral   tuzlar,   mikroelementlar
va vitaminlar bo‘lishi kerak.
Havza   baliqchiligida   har   xil   o‘simliklar   va   hayvonot   olamidan
olinadigan oziqalardai foydalaniladi: kunjara va shrot, xashaki no‘xat, yasmiq
doni,   bo‘rilukkak,   makkajo‘xori,   suli,   arpa,   bug‘doy   javdar,   un,   kepak,
achitqi   ozpqalar,   qon,   go‘sht-suyak,   nichan   unlari   va   boshkalar.   Omuxta
oziqalar va boshqa ozaqalar aralashmasi nisbatini tuzib baliqlar oziqlantirilsa
yaxshi   natijalar   beradi.   Masalan,   1   ga   havzada   3   -   5   ming   bir   yillik   karp
baliqlari bo‘lsa ozikalar  aralashmasi  tarkibida  26 –  30 % protein, 3  - 3,5 %
yog‘   va   10%   ga   yaqin   kletchatka,   1   %   bo‘r   va   g‘ovak   ohaktoshlar   bo‘lishi
kerak.   Ratsionni   vitamin   bilan   taminlash   uchun   gidroliz   yoki   oziqa achitqilari,   vitamin   V
2   aralashtirilgan   oziqalar,   20   –   30   %     ko‘k   o‘t   va
boshkalar qo‘shiladi.
Baliqlarni oziqlantirish uchun oziqalar har xil usullarda tayyorlanadi.
Donador   qilingan   omuxta   oziqalar   silindrsimon   qilib   tayyorlanadi.
Briketlangan   oziqalar   xo‘jalikni   o‘zida   tayyorlanadi,   ko‘pincha   xamirsimon
qilib ishlatiladi.
Oziqa   aralashmalari   tez   yoyilib   ketmasligi   uchun   birlashtiruvchi
oziqalar   zig‘ir   kunjarasi,   texnik   kraxmal   va   boshqalar   ishlatiladi.   Donador
qilingan   oziqalar   LKU-1,   AKU-2-2,   KRZ-1,   DRK   va   boshka   oziqa
tarqatgichlar yordamida tarqatiladi. Xamirsimon oziqalar  oziqa tarqatgichlar
bilan   jixozlangan   qayiqlarda   tarqatiladi.   Xo‘jaliklarda   baliqlar   ko‘pincha
kuniga bir marta ertalab oziqlantnriladi.
Havza   baliqchiligida   ishlab   chiqarish   jarayonlari   naslli   baliqlarni
saralashdan boshlanib, 5 - 11 yil davom etadi.
Baliqlarni   urug‘lanishi   va   uvildiriq   qo‘yish   vaqtidan   oldin   parazit
kasallikariga qarshi 5% li tuzli suvda ishlov beriladi. Baliqlarni o‘tirishdan 10
-   12   soat   oldin   havzaga   suv   qo‘yiladi.   Urg‘ochi   baliqlar   qo‘ygan   uvildiriq
erkak   baliqlar   ajratgan   suti   bilan   urug‘lanadi   va   yopishqoq   uvildiriq   bironta
muhitga yopishib ko‘p chiqishi uchun oziqa ko‘p bo‘lishi, begona va yirtqich
baliqlar   bo‘lmasligi,   suv   qung‘izlari   va   baqalardan   tozalanipsh   kerak.
Uvildiriqdai chiqkan mayda baliqchalar o‘sadigan havzalarga utkaziladn.
Kuzga   kelib   kerakli   miqdorda   standart   bir   yillik   baliqchalarni   olish
uchun   o‘sadigan   havzalardagi   baliqni   ko‘paytirish   qoidasiga   rioya   qilish
kerak. Baliqlarni o‘sishi, oziqlanishi va sog‘lig‘i ushlab tekshirish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Kuzda   havoning   harorati   -5 0
  -   8°C   ga   tushganda   o‘sadigan
havzalarning   suvi   qo‘yib   yuboriladi   va   baliqchalar   5   %   li   osh   tuzi   eritmasi
bilan ishlov berilib qishlaydigan havzaga o‘tkaziladi. Suv muzlagandan keyin har   kuni   suvning   harorati   oyiga   uch   marta,   suvning   tarkibidagi   kislorod   va
karbonat   angidrid   gazi   qish   davomida   4   marta,   suvning   pH,   sulfat   va   temir
tuzlari miqdori ham tekshiriladi.
Baliqchilik   havzalari   -   baliqchilik   havzalarining   o‘lchamlari,
chuqurligi,  oqishi  o‘rchitiladigan  baliqning  biologik  xususiyatiga  bog‘liqdir.
Iliq suvni hohlovchi baliqlar havzasi chuqur bo‘lmasligi, sekin oqadigan yoki
oqmaydigan   bo‘lib,   baliqlar   mahsuldorligini   oshishi   uchun   organik   va
mineral   moddalarga   boy   bo‘lishi   kerak.   Jumladan,   suv   osti   o‘tlari   etarli
darajada   rivojlangan   bo‘lishi   zarur.   Ammo   qattiq   suvlarda   o‘sadigan
o‘simliklar   bo‘lmasligi   kerak.   Baliqlar   hayotining   har   xil   davrida   ularni
biologik xususiyatlari tashki muhit sharoitiga qarab o‘zgaradi. Shuning uchun
ularning har xil yoshidagi o‘zgarishiga qarab havzalarni qurish zarur.
Uvildiriq   qo‘yadigan   havza   -   baliqlarning   ko‘payishi   uchun   xizmat
qiladi,   uning   yuzasi   200   -   500   m 2
  dan   1000   -   2000   m 2
  gacha   etadi.   Bu
havzalar   uchun   katta   yo‘llardan   uzoq,   balchiq   bosmagan   va
botkoqlashmagan,   neytral   yoki   kuchsiz   ishqoriy   tuproqli   joylar   tanlanadi.
Havzaning   chuqurligi   0,4   -   0,5   m   bo‘lib,   tubi   qiya   qilinadi.   Suv   kirishi   va
chiqib ketishi o‘z holida bo‘lishi kerak.
Yosh   baliqchalar   (malka)   o‘sadigan   havzalarga   -   uvildiriq
qo‘yadigan   havzalardan   yoki   baliqchilik   xo‘jaligida   etishtirilgan   lichinkalar
olib   kelib   boqiladi.     Uning   er   maydoni     0,25   -   1     ga   bo‘lib,   bu   erda   yosh
baliqchalar 15 - 18 kun, ba’zan 30 - 45 kungacha boqiladi.
O‘stirish   havzasida   -   yosh   baliqlar   ma’lum   og‘irlikka   etguncha
boqiladi.   Uning   er   maydoni   20   gektargacha   bo‘lib,   chuqurligi   70   -   80   sm
bo‘ladi. Eng chuqur joyi 120 - 150 sm, eng yuza joyi 20 - 30 sm ga to‘g‘ri
keladi. 
Y a ylov   havzasida   -   tovar   baliqlar   etishtirilib,   maydon   bir   necha   o‘n
gektar bo‘ladi. Ularning chuqurligi 0,8 - 1,5 m dan 2,5 - 3 m gacha bo‘ladi. Ona   baliqlar   havzasi   -   yozgi   va   qishki   turlarga   bo‘linib,   bu
havzalarda   ishlab   chiqarish   va   bosh   sonini   to‘ldiradigan   yosh   baliqlar
saqlanadi.  Ular  alohida  havzalarda  rivojlantiriladi,  chunki  karp  baliqlarining
kattalari   yosh   baliqlar   uchun   har   xil   kasalliklarni   tarqatuvchi   manba
hisoblanadi.   Bu   havzalar   yozda   bemalol   yayrab   yuradigan,   boqiladigan
darajada   bo‘lsa,   qish   vaqtlari   esa   qishlash   vazifasini   bajaradi.   Uning   er
maydoni   mavjud   nasl   beradigan   va   bosh   sonini   to‘ldiradigan   yosh   baliqlar
soniga bog‘liqdir.
Qishlovchi   havzalar   -   qish   paytlarida   baliqlarni   qishlashi   uchun
xizmat qiladi. Ularning er maydoni 0,2 - 1,5 ga, chuqurligi 1 - 1,2 m, janubiy
hududlarda   esa   1,5   m   bo‘lishi   kerak.   Qishlovchi   havzalarning   tubi
mustahkam   va   suv   o‘tlari   bo‘lmasligi   kerak.   Bu   havzalar   suv   manbalariga
yaqin bo‘lishi va doimo suvi almashtirilishi zarur.
Karantin   havzasi   -   boshqa   xo‘jaliklardan   keltirilgan   baliqlardan
biron-bir   kasallik   tarqalmasligining   oldini   olish   maqsadida   xizmat   qiladi.
Erkak,   urg‘ochi   va   o‘sishdagi   baliqlar   alohida-aloxida   saqlanadi.   Suvning
harorati   +12°S   dan   yuqori   qilib   20   kun,   agar   +12°S   dan   past   bo‘lsa   bu
kungacha   yana   20   kun   qo‘shib   karantindan   saqlanadi.   Q ish   va q tlarida
karantin   butun   qish   davomida   bo‘ladi   va   doi m o   nazorat   qil i b   turiladi.
Karantin   havzalari   0,2-0,3   ga   joyni   egallab,   baliqchilik   xo‘jaligining   oxirgi
chekkasida,   ishlab   chiqarish   havzalaridan   kamida   20   -   30   m   uzoqlikda
joylashtiriladi.
O‘stirish   (sadki)   havzasi   -   kichik   bo‘lib,   maydoni   100   -   200   m 2
bo‘ladi va uni muzlamaydigan suv qatlami 1 m bo‘lishi kerak. Bu havzalarda
uvildiriq   qo‘yish   davrigacha   bir   yillik   baliqlar   va   kech   uvildiriq   qo‘yadigan
nasldor baliqlar saqlanadi.
Havza   baliqchiligi   ekstensiv   va   intensiv   shaklda   rivojlantiriladi.
Ekstensiv   rivojlantirishda   faqat   tabiiy   oziqa   bazasidan   foydalanadi.   Intensiv boqishda   esa   havzalarga   o‘g‘itlar   va   har   xil   oziqalar   solib   turiladi.   Buning
natijasida   baliqlarni   urug‘   qo‘yishi   ko‘payadi   va   mahsuldorligi   oshadi.
Binobarin,   ekstensiv   baliqchilikda   har   100   ga   havzadan   200   -   300   s   gacha
baliq   olinsa,   intensiv   boqishda   e sa   600   -   2000   s   gacha   mahsulot   olish
mumkin.   Havza   baliqchiligi   samaradorligini   oshirishda   havzalardagi   oziqa
bazasiii   ko‘paytirish,   melioratsiya   ishlarini   yaxshilash,   o‘g‘it   va   qo‘shimcha
oziqalar solish ishlarini yo‘lga qo‘yish zarur.
Havza   suvlarida   haddan   tashqari   o‘tlar   o‘sib   ketsa   baliqlarning
mahsuldorligi   pasayadi.   Ayniqsa   suv   ustidagi   qattiq   o‘simliklar   katta   zarar
etkazadi.   Bunday   o‘tlar   vaqtida   o‘rib   tozalanishi   kerak.   Havzalardagi   ko‘p
miqdordagi   yumshoq   suv   osti   va   suzib   yuradigan   o‘simliklarni   yo‘qotish
uchun oq amur baliqlari o‘stiriladi.
Baliqchilikda   ham   xuddi   o‘simlikchilikdagi   kabi   organik   o‘g‘itlar
ishlatiladi.   Havzada   oldindan   qaysi   elementlar   etishmasligi   aniqlangan
bo‘ladi.   Ishlatilayotgan   o‘g‘itlar   suvning   harorati,   gaz   rejimi,   tuproqning   va
suvning   pH   iga   ta’sir   qiladi.   Havzalar   suv   ustida   qalqib   suzib   yuradigan
o‘simliklari rivojlanishi uchun azot va fosfor nisbatini hisobga olish kerak.
Mineral   o‘g‘itlardan   superfosfat,   fosforit   uni,   so‘ndirilmagan   ohak,
kaliyli   va   natriyli   selitra,   sulfat-ammoniysi,   sintetik   mochevinadan
foydalaniladi.   Organik   o‘g‘itlar   ko‘proq   havzalar   tuprog‘i   qumoq,   qum,
kulrang   bo‘lgan   erlarga   yaxshi   samara   beradi.   Bu   maqsadda   juda   yaxshi
chirigan go‘ng, har xil chiqindilar yoki torfdan chiritib tayyorlangan o‘g‘itlar
(kompost)   va   ko‘k   o‘tlardan   foydalaniladni.   Go‘ng   va   kompostlar   iloji
boricha   quritilib   yangidan   hosil   qilayotgan   havzalar   eriga   ishlatilsa   yaxshi
bo‘ladi.   1   ga   maydonga   2   t   hisobidan   solinadi.   Havza   quritilgan   vaqtda
dukkakli   va   boshoqli   ekinlar   ekilib   keyin   o‘riladi,   qolgan   qismlari   va
o‘simliklar tomirlari havza uchun yaxshi o‘g‘it bo‘lib xizmat qiladi. Baliqchilik   havzalari   suviga   bo‘lgan   gigiena   talablari   -   baliqchilik
havzalariga   baliklarning   ko‘payishi   va   o‘sishi   uchun   yaroqli   bo‘lgan   suv
manbalaridan   foydalaniladi.   Suv   sifatini   ozroq   o‘zgarishi   baliqlarning   hayot
sharoitiga   unchalik   ta’sir   qilmaydi.   Ammo,   suv   manbalariga   oqava   ouvlar,
pestitsidlar va boshqalar tushsa albatta baliqlarni nobud qiladi.
Baliklarning   biologik   xususiyati   tabiiy   suvlarning   fizik   va
gidrokimyoviy   holatiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Baliqlarning   hayotida   suvning
harorati, gaz va tuz tarkibi alohida o‘ringa ega.
Suvning   harorati   -   havzalardagi   suvning   harorati   baliqlarning   o‘sish
va   rivojlanishi,   Shuningdek   kasalliklarni   kelib   chiqishiga   sezilarli   ta’sir
qkiladi.   Chuchuk   suvli   suv   havzalarida   yil   davomida   harorat   0   dan   +30°C
a t rofida bo‘ladi .   K uchli mi n eralizatsiyala n gan suvlar hatto  - 5°C gacha sovisa
ham muzlamaydi. Shunday va q tda hatto 0   -   2 0
C past harorat ham va +30°C
yuqori   harorat   ham   bali q larga   n oxush   ta’snr   etadi.   Past   h aroratlar   karp
baliqlar i ni   fiziologik   jarayonlar ini   sekinlashtiradi,   uzo q   davom   etsa   nerv
faoliyati, nafas olish va  q on aylanish  tizimini  buzadi.
Suvning +30°C dan yuqori haroratida bali q lar oyqulog‘ining barglari
kuyadi,   terilarida   shilimshiqsimon   o q   dog‘lar   p aydo   bo‘ladi.   Bahor   -   yoz
mavsumlarida suvning harorati +20 0
 - 25°C atrof i da bo‘lsa o‘tkir kechadigan
krasnuxa   va   suzish   pufakchalarini   yallig‘lanish   kasalliklari   paydo   bo‘lishi
mu:mkin.   Suv   h aroratini   yuqori   va   p ast   darajada   tez - tez   o‘zgarib   turishi
bal iq lar uchu n   mavjud tab i iy oziqalarni ko‘payishi va uni baliqlar tamondan
iste’mol qilishiga ta’sir etadi.
Issiq   suvda   o‘sadiga n   bal i qlar   +22 0
  -   28°C   haroratda   i n tensiv
oziqlanadi   va   o‘sadi.   Ular   suvning   harorati   +13 0
  -   22°C   da     uru g‘   q o‘yadi.
Karp bali g‘i ni +12°C da ko‘payish xususiyati yo‘ q olad i , oz i qa ni  yomo n  eydi .
+10°C da esa kam xarakatchan bo‘lib, o‘sishi sekinlashadi. Harorat +2 0
 - 4 0
C
ga   tushsa   umuman   oziqlanmaydi.   Yosh   karp   baliqchalarining   qishlayd i ga n havzalari da   suvning   h arorati   +1 0
  -   2°C   dan   pa st   bo‘lmasligi   kerak.   Sovuq
suvni   yoqt i radigan   baliqlar   uchun   suvning   harorati   +8 0
  -   16°C   da   yaxshi
oziqlanadi, o‘sadi va rivojlanadi. +10°C dan past bo‘lsa ham urug‘   q o‘yadi.
Tovlanuvchi   forel   baliqlari   uchun   suvning   harorati   +16 0
  –   18 0
C   va   sevan
foreli uchun +8 0
  –  12 0
C yaxshi hisoblanadi.   Suv  haroratini har kuni nazorat
qilib boriladi.
Havza suvlarida erigan gazlar   -   suvda gigienik muhitni paydo qilib,
baliqlarga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   ta’sir   etishi   mumkin.   Suvda   erigan   kislorod,
karbonat angidrid, vodorod sulfid va metan gazlari ko‘proq ahamiyatga ega.
Kisloro d   -   e rigan   kislorod   baliqlar   hayot i da   juda   zarur.   Havoning
harorati,   atmosfera   bosimi,   shamol   ta’sirida   s uvning   to‘lqi n lanishi   -
aralashishi  va  suvdagn  o‘sayotgan  o‘simliklarga  qarab  kislorodning  mi qd ori
o‘zgaradi. Suvda organik moddalar ko‘p bo‘lsa ularning oksidlanishiga ko‘p
mi q dorda kislorod sarf bo‘lib, erigan  h oldagi kislorodning miqdori kamayadi.
Suv havzalarida eriga n  kislorod miqdori 0 dan 14,5 mg/l gacha bo‘lad i .
Karp   bal iq lari   suvning   tarkibida   erigan   kislorod   m iqd ori   6   -   7   mg/ l ,
karas bali g‘ i esa 0,5  -  0,7 mg/l bo‘lganda yashay oladi. Forel balig‘i 7  -  8 dan
10 mg/l gacha talab etadi.
Bal i qlar   kislorodi   kam   suvlarda   saqlansa   ularning   harakatchanligi
susayadi,   oziqla nishi   b i rdan   pasayadi,   ori q la y di   va   har   xil   kasalliklarga
nisbatan chidamliligi pa s ayadi.
Suvniing   tarkib i da   erigan   kislorod   kam   bo‘lsa   qishlaydigan   havza
baliqlariga   katta   ta’sir   etadi.   Uning   miqdori   2,5   -   3   mg/l   gacha   kamaysa
baliqlar bezovtala n adi va ular suvning betiga chiqib qoladi .
Yoz   paytlari   suvda   kislorod   et i shmasa   uning   m iqdor i ni   q uyidagi
yo‘llar   bilan   ko‘tar i sh   mumkin:   1.   Kam   suvli   havzalarga   s uv   kirish   oqimini
k o‘payt i ri sh ;   2.   Havzalar   ustida   sun’iy   yomg‘ir   yog‘adigan   quril malar n i o‘rnatish;   3.   Suv   oqib   kiradigan   yullarga   aeratorlar   o‘rnat i sh;   4.   Motorli
qayiqlar yordamida suv n i aralash ti rish.
Q ishlaydigan havzalardagi suv tarkib i dag i  erigan kis l orodni suvni tez-
tez almashtirish va aeratorlar o‘rnatish yo‘li bilan hamda kompre s sorlar bilan
so‘rilgan havon i  sachratish yo‘ l i bilan boyitish  m umkin.
Karbo n at   angidr i d   -   q ariy i b   ham m a   vaqt   suvda   bo‘ladi.   U   erkin
holida gaz va bir i kmalar   ya’ni   tuzlar holida uchraydi. Havzalar suvida erkin
holi d ag i   karbona t   angidrid   gazini ng   miqdori   20   -   30   mg/l   dan   oshmasligi
kerak.   Havzalarda   ko‘k   o‘siml i klarni   bor-yo‘qligiga   qarab   har   ku n i   erkin
holdagi karbonat angidrid gazini miqdori o‘zgarib turishi   kuzatiladi . Kunduz
kunlari fotosintez tufayli karbonat angidrid yo‘ q oladi, kechasi esa yig‘iladi.
Suvning tarkibida kislorod etarli bo‘lsada, karbonat angidrid miqdori
ko‘paysa   bali ql arga   salbiy   ta’s i r   etadi.   Bundan   va q tda   baliqlarni   oziqlanishi
tezda pasayadi, o‘sishi sekinlashad i  va kasalliklar paydo bo‘ladi. Yoz vaqtlari
suvning tarkibida erkin holidagi karbonat angidridining mi q dori 200 mg/ l   ga
etsa   kar p   baliqlari   nobud   bo‘ladi.   Forel   baliq l ariga   esa   60   mg/l   ham   qattiq
ta’sir   etad i .   Shu   tufayli   havza   suvlaridagi   erk i n   karbonat   angidrid   gazini
n azorat   q ilib   turish   kerak,   kislorod   etishmasa   bali q lar   yig‘ilib   to‘da   bo‘lib
turadilar.
Havza   suvlarida   erkin   karbonat   aig i dridning   miqdori   yozda   20   mg/l
va  q ishda 40 mg/l dan oshmasligi kerak.
Suvdagi vodorod sulfid va metan   -   h avza suvlarida anaerob   sh aroitda
organik moddalarning chirishi tufayli ba’zan vodorod sulfid va  me tan  gaz lar i
hosil   bo‘ladi.   Vodorod   sulfidning   miqdori   1   mg / l   ga   etsa   bal i qlarni   nafas
olishi   pasayadi   va   ular   kislorodni   hazm   qil i sh   qobi l iyatini   yo‘qotadi,   nafas
olish   harakati   susayib   halok   bo‘ladi.   Suvning   tarkibida   metan   1   -   3   mg/l
bo‘lsa ko‘pgina bali q larni   zaharlaydi. Urug‘   qo‘y i lgan   h avza   suvlarining   tar k ibidagi   gazlar   urug‘   qo‘y i sh
davrida   har   kuni   tekshiriladi .   Q ishlaydigan   havzalarda   esa   har   10   kunda   bir
m arta,   boshqa   havzalarda   ham   10   -   15   kunda   tekshirilib   tur il adi.   Yoz
va q tlarida iloji boricha kuniga ikk i  marta  -  ertalab va kechqurun tekshiriladi.
Suvda   erigan   mineral   moddalar   -   s uvning   tarkibidagi   mineral
moddalarni   tarkibi   va   m iq dori   (kalsiy,   fosfor,   kad m iy,   magniy,   natriy,
oltin gugurt, temir va boshqalar) havzalardagi oziqa bazalariga bog‘liq. Bular
bal i qlarning   rivojlanishi   va   vazniga   ta’sir   etadi.   Havza   suvlarida   mineral
tuzlar  etarli  miqdorda bo‘lishi   kerak.
Suvning   qattiqligi   -   s uvning   qattikligi   kalsiy   va   magniy   oksid i
tuzlariga   bog‘liq   bo‘ladi.   Havza   suvlar i da   bulardan   tash q ari   sulfat   oksid
tuzlari ham bo‘lishi mumkin. Karp baliqlar i  uchun suvning qattiqligi 1,8  -  1,9
mg / e k sv/l bo‘lsa   q ulay hisoblanadi ,   Forel baliqlari uchun   e sa 2,9   -   4,28   mg/
ekv./l dan kam bo‘lmasligi kerak.
Suvning oksidla nishi   -  bu 1 l suvdagi organik moddalarni oksidlanishi
uchun   sarf   bo‘lgan   erigan   kislorod   miqdori   bilan   belgilanadi.   Tabiiy   havza
suvlarida   suvning   oksidlanish i   10   -   12   mg/l   dan   osh may di.   Suv   ha v zalarini
suv   bossa,   suvlarga   o‘ g‘ it   solinganda   va   oqava   su v lar   qo‘shilsa   oksidlanish
miq dori ortib ketadi. Suvning oksidlanishini oshib borishi natijasida kislorod
kamayadi   va   baliqlar   karaxt   bo‘l ib ,   nobud   bo‘ladi.   Suv   havzalarida   karp
baliqlari uchun oksidlanish 15  -  20 mg/l dan osh m asligi kerak.
Suv ning   aktiv   reaksiyasi   ( pH )   -   s uvning   pH   ham   havza   bal iq larini
hayot faoliyatiga ta’sir etadi. Karp bali q larida pH ni pasa yi sh i dan oyqulog‘i
barglari   kasallanadi   va   yaralangan   joylarda   esa   mikroorganizmlar   rivojlanib
bali q larni  n obud bo‘lishga ol i b keladi. Vodorod  ion l ari ning 6,4 dan pasayishi
yosh   karp   baliqlarida   gel m intlarni   ko‘ p ayishiga   sabab   bo‘ladi.   Baliqchilik
havza suvlar i da pH 7  -  8 atrofida  ya’ni  neytral yoki kuchsiz ishqoriy  muhitda
bo‘lishi eng qulay hisoblanadi. Azot va fosfor   -   b aliqlarni hayot faoliyati va mahsuldorlig i da azot va
fo s for   zaruriy   elementlardan   h isoblanadi.   Suv   tarkibida   azotning   miqdori
karp   baliqlari   yashaydigan   havzalarda   yoz   vaqtlarida     albunoidli   azot   1,0
mg/l, ammiak 1 mg/l, azot nitrati 0,1 mg/l, qish vaqtlarida esa albunoidli azot
0,5 mg/l, ammiak 1,0 mg/l, azat nitrati 1 - 2 mg/l, azot nitriti izlari bo‘lishi
kerak.   Fosforning   miqdori   qishlovchi   havza   suvlarida   0,5   mg/l   dan
oshmasligi   kerak.   Suvning   tarkibida   erkin   ammiakni   miqdori   0,2   -   1,0   mg/l
bo‘lsa baliqlar zaharlanadi.
Sulfatlar  - havza suvlarida kelib chiqishi jihatidan sulfatlar mineral va
organik   natriy   bisulfat   yoki   magniy   bisulfat   shakllarida   uchraydi.   Organik
shaklda   kelib   chiqqan   sulfatlar   gigienik   tomondan   ahamiyatga   ega,   ya’ni
Shunga   qarab   suvning   ifloslik   darajasini   bilish   mumkin.   Baliqchilik   havza
suvlarida uning miqdori 20  -  30 mg/l dan oshmaslig i  ker ak .
Temir   -   s uv hayvonlari va o‘simliklar o‘ z   hayot faoliyati uchun temir
moddalari juda zarurdir. Ammo uning  miq dori ko‘ p ayib ketsa  ya’ni  1,5 mg/l
va un d an o shib ketsa  suv havzasini mahsuldorligi pasayadi, ular baliq l ar ning
oyquloq   barglariga   o‘tirib   nafas   olishini   qiyinlashtiradi,   bo‘g‘iladi   va   hal o k
bo‘ladi. Temirning mi q dori havza suvlarida 1,0 mg/l dan oshmasliga kerak.
Havza   bali q chiligida   Chorvachilik   fermalari   o q ava   suvlari   va   suvda
suzuvchi parrandalarning ajratgan tezaklari juda   xavfli hisob l anadi. U l arning
tarki b ida   orga nik   moddalar   juda   ko‘p   bo‘ladi.   Ko‘p   m iq dorda   havzalarga
tushish i   tufayli   ular   chiriydi   va   a mmi ak,   vodorod   sulfid   va   boshqa   zararli
moddalarni   ajratadi.   Bular   e s a   baliqlarga   zararl i   ta’sir   etadi.   Ayniqsa
baliqchilik   havzalariga   sanoat   korxonalari,   kommunal   va   bo sh qa   ishlab
chiqarishlarning oqava chiqindi suvlari tushishi  m utla qo  mu mk in  e mas .  Adabiyotlar
1. Kuznetsov   A.F. ,   Demchuk   M.V.   -   « Gigiena   selskoxozyaystvenn ыx
jivotnыx» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk, 2007
3. Kochish I.I., Kalujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena»,
Moskva, 2008
4. Yarbekov M., Naxalboev A. Havza baliqchiligi fanidan  ma’ruzalar matni.   
Samarqand , 200 8

H AVZA BALIQCHILIGI GIGIENASI. Reja: 1. Baliqchilikning ahamiyati va baliqlarni saqlash usullari. 2. Baliqlarni oziqlantirish sharoitlari. 3. Baliqchilik hovuzlari gig ienasi.

Respublikamizda iste’mol uchun baliqlar maxsus ko‘l xo‘jaliklarida, baliqchilik hovuz xo‘jaliklarida, katta suv havzalaridan etishtiriladi. Baliq etishtirish jarayoni to‘liq yoki noto‘liq tizimli usullarda amalga oshiriladi. To‘liq tizimli jarayonda baliqlar uvidiriq (ikra) dan to tayyor baliq holatigacha boqiladi, noto‘liq usulda faqat tovar baliqlar o‘stiriladi. To‘liq tizimli usulda boqilganda baliqchilik xo‘jaliklarida bir qator hovuzlar bo‘lib, ular baliqlarning yoshiga, turlariga qarab saqlanadi. Bugungi kunda sun’iy ko‘llarda baliq o‘rchitish va o‘stirish keng rivojlanmoqda. Chuchuk suv havzalari baliqchilikni rivojlantirishning asosiy manbaidir. Baliqchilikni rivojlantirishda torfi olingan chuqurlar, sholi ekilgan maydonlar ham juda qo‘l keladi. Suv havzalarining meliorativ holatini yaxshilash va havza baliqchiligini ixtisoslashtirish baliq mahsulotini ko‘paytirishning asosiy yo‘lidir. Bunda suv havzalarida zoogigienik sharoitlarini barpo qilish muhim rol o‘ynaydi. Havza baliqchiligi shartli ravishda iliq va sovuq suvli havzalarga bo‘linadi. Ular bir-birida n o‘ rchitish va o‘stirish t exnologiyasi bila n far q qi ladi. Bu farqlar urchitiladigan bal iq lar n ing biolog i k xususiyati, suvning harorati, gaz, min e ral va kimyo viy tarkibiga ta’sircha n ligiga bo g‘ li q dir. Iliq suvli havza bali q chilik xo‘jalig i da, su v ning harorati +20 0 S dan yu q ori bo‘lgan joylarda karp, amur oq bali g‘i , oq va tal g‘ ir do‘ng p eshona, tillasimo n va kumushsimon karas va boshqalar o‘ rchitiladi. Bu bal iq lar ba h or va yozda o‘ rch i ydi, o‘sadi va r ivoj lanadi. Q ishda suv ning tubidagi chuqurlarga k i r ib yotadi, oziqlanmaydi va kam h arakatlanadi. Ba h orda esa suv isigandan keyi n u v ildiri q sochish joyiga borib, o‘sha erda ko‘payadi. Sovuq suvli havza baliqchilik xo‘jaliklarida quyidagi turdagi baliqlar o‘rchitiladi: forel, ryapushka, sig, ripus va boshqalar. Bu baliqlar uchun oqar suv toza va kislorodga boy bo‘lishi yaxshi bo‘ladi. Sovuq suvni yaxshi

ko‘radigan baliqlar issiq suvni yaxshi ko‘radigan baliqlarga nisbatan kam pusht bo‘ladi. Ba’zi bir baliqlar, masalan, forel havzalarda ko‘paymaydi, Shuning uchun ularning uvildirig‘i baliqchilik zavodlarida sun’iy yo‘l bilan urug‘lantiriladi va inkubatsiyalantiriladi. Baliqchilik xo‘jaliklari to‘liq va to‘liq bo‘lmagan tizimli bo‘ladi. To‘liq tizimli baliqchilikda baliq uvildiriqdan 450 - 500 grammga etguncha o‘stiriladi. To‘liq bo‘lmagan tizimli baliqchilik xo‘jaliklari tovar yo‘nalishidagi balikni o‘stirish uchun to‘liq tizimli xo‘jalikdan mayda baliqlarni oladi. Baliqlarni oziqlantirish - baliqlarni oziqlanishida tabiiy oziqalar, ayiiqsa havzalarga qo‘shimcha oziqalar solish katta axamiyatga ega. Ammo baliqchilikni intensiv rivojlantirishda, ayniqsa baliqlarning zichligi yuqori bo‘lganda to‘yimli qo‘shimcha oziqalarga bo‘lgan talabi ortadi. Baliqlarni to‘yimli oziqalar bilan oziqlantirish baliqchilikni rivojlantirish va ularni modda almashishini buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklardan saqlashning garovidir. Baliqlar uchun va boshqa qishloq xo‘jalik xayvonlari uchun ham oziqa ratsionida etarli darajada oqsil, ayniqsa almashinmaydigan aminokislotalar, yog‘lar, mineral tuzlar, mikroelementlar va vitaminlar bo‘lishi kerak. Havza baliqchiligida har xil o‘simliklar va hayvonot olamidan olinadigan oziqalardai foydalaniladi: kunjara va shrot, xashaki no‘xat, yasmiq doni, bo‘rilukkak, makkajo‘xori, suli, arpa, bug‘doy javdar, un, kepak, achitqi ozpqalar, qon, go‘sht-suyak, nichan unlari va boshkalar. Omuxta oziqalar va boshqa ozaqalar aralashmasi nisbatini tuzib baliqlar oziqlantirilsa yaxshi natijalar beradi. Masalan, 1 ga havzada 3 - 5 ming bir yillik karp baliqlari bo‘lsa ozikalar aralashmasi tarkibida 26 – 30 % protein, 3 - 3,5 % yog‘ va 10% ga yaqin kletchatka, 1 % bo‘r va g‘ovak ohaktoshlar bo‘lishi kerak. Ratsionni vitamin bilan taminlash uchun gidroliz yoki oziqa

achitqilari, vitamin V 2 aralashtirilgan oziqalar, 20 – 30 % ko‘k o‘t va boshkalar qo‘shiladi. Baliqlarni oziqlantirish uchun oziqalar har xil usullarda tayyorlanadi. Donador qilingan omuxta oziqalar silindrsimon qilib tayyorlanadi. Briketlangan oziqalar xo‘jalikni o‘zida tayyorlanadi, ko‘pincha xamirsimon qilib ishlatiladi. Oziqa aralashmalari tez yoyilib ketmasligi uchun birlashtiruvchi oziqalar zig‘ir kunjarasi, texnik kraxmal va boshqalar ishlatiladi. Donador qilingan oziqalar LKU-1, AKU-2-2, KRZ-1, DRK va boshka oziqa tarqatgichlar yordamida tarqatiladi. Xamirsimon oziqalar oziqa tarqatgichlar bilan jixozlangan qayiqlarda tarqatiladi. Xo‘jaliklarda baliqlar ko‘pincha kuniga bir marta ertalab oziqlantnriladi. Havza baliqchiligida ishlab chiqarish jarayonlari naslli baliqlarni saralashdan boshlanib, 5 - 11 yil davom etadi. Baliqlarni urug‘lanishi va uvildiriq qo‘yish vaqtidan oldin parazit kasallikariga qarshi 5% li tuzli suvda ishlov beriladi. Baliqlarni o‘tirishdan 10 - 12 soat oldin havzaga suv qo‘yiladi. Urg‘ochi baliqlar qo‘ygan uvildiriq erkak baliqlar ajratgan suti bilan urug‘lanadi va yopishqoq uvildiriq bironta muhitga yopishib ko‘p chiqishi uchun oziqa ko‘p bo‘lishi, begona va yirtqich baliqlar bo‘lmasligi, suv qung‘izlari va baqalardan tozalanipsh kerak. Uvildiriqdai chiqkan mayda baliqchalar o‘sadigan havzalarga utkaziladn. Kuzga kelib kerakli miqdorda standart bir yillik baliqchalarni olish uchun o‘sadigan havzalardagi baliqni ko‘paytirish qoidasiga rioya qilish kerak. Baliqlarni o‘sishi, oziqlanishi va sog‘lig‘i ushlab tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi. Kuzda havoning harorati -5 0 - 8°C ga tushganda o‘sadigan havzalarning suvi qo‘yib yuboriladi va baliqchalar 5 % li osh tuzi eritmasi bilan ishlov berilib qishlaydigan havzaga o‘tkaziladi. Suv muzlagandan keyin

har kuni suvning harorati oyiga uch marta, suvning tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazi qish davomida 4 marta, suvning pH, sulfat va temir tuzlari miqdori ham tekshiriladi. Baliqchilik havzalari - baliqchilik havzalarining o‘lchamlari, chuqurligi, oqishi o‘rchitiladigan baliqning biologik xususiyatiga bog‘liqdir. Iliq suvni hohlovchi baliqlar havzasi chuqur bo‘lmasligi, sekin oqadigan yoki oqmaydigan bo‘lib, baliqlar mahsuldorligini oshishi uchun organik va mineral moddalarga boy bo‘lishi kerak. Jumladan, suv osti o‘tlari etarli darajada rivojlangan bo‘lishi zarur. Ammo qattiq suvlarda o‘sadigan o‘simliklar bo‘lmasligi kerak. Baliqlar hayotining har xil davrida ularni biologik xususiyatlari tashki muhit sharoitiga qarab o‘zgaradi. Shuning uchun ularning har xil yoshidagi o‘zgarishiga qarab havzalarni qurish zarur. Uvildiriq qo‘yadigan havza - baliqlarning ko‘payishi uchun xizmat qiladi, uning yuzasi 200 - 500 m 2 dan 1000 - 2000 m 2 gacha etadi. Bu havzalar uchun katta yo‘llardan uzoq, balchiq bosmagan va botkoqlashmagan, neytral yoki kuchsiz ishqoriy tuproqli joylar tanlanadi. Havzaning chuqurligi 0,4 - 0,5 m bo‘lib, tubi qiya qilinadi. Suv kirishi va chiqib ketishi o‘z holida bo‘lishi kerak. Yosh baliqchalar (malka) o‘sadigan havzalarga - uvildiriq qo‘yadigan havzalardan yoki baliqchilik xo‘jaligida etishtirilgan lichinkalar olib kelib boqiladi. Uning er maydoni 0,25 - 1 ga bo‘lib, bu erda yosh baliqchalar 15 - 18 kun, ba’zan 30 - 45 kungacha boqiladi. O‘stirish havzasida - yosh baliqlar ma’lum og‘irlikka etguncha boqiladi. Uning er maydoni 20 gektargacha bo‘lib, chuqurligi 70 - 80 sm bo‘ladi. Eng chuqur joyi 120 - 150 sm, eng yuza joyi 20 - 30 sm ga to‘g‘ri keladi. Y a ylov havzasida - tovar baliqlar etishtirilib, maydon bir necha o‘n gektar bo‘ladi. Ularning chuqurligi 0,8 - 1,5 m dan 2,5 - 3 m gacha bo‘ladi.