logo

MOLXONALAR GIGIENASI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.953125 KB
MOLXONALAR GIGIENASI.
Reja:
1. Chorvachilik f erma si  qurish uchun joy tanlash
2. Bino qismlari va  uning ahamiyati .
3. Molxon a larda ventiliyasiya  va  isitish  tizimi
4. Molxonalarni go‘ngdan tozalash va hashoratlarga qarshi kurash. Hayvonlarni   gigiena   va   sanitariya   talablariga   javob   beradigan
molxonalarda   saqlash,   etarlicha   oziqalar   bilan   ta’minlash   va   ularga   qarash,
parvarish   qilish,   ulardan   olinadigan   mahsulotlarni   ko‘paytiradi,   sifatini
yaxshilaydi.  Shuningdek,  hayvonlarning  har  xil  kasalliklarga  nisbatan  tabiiy
chidamliligini oshiradi hamda jinsiy sikllarning to‘g‘ri borishi, urug‘lanishni,
tug‘ishni   va   yosh   mollarni   saqlab   qolishni   ta’minlaydi.   Sovuq   yoki   issiq,
nam,   qorong‘i,   iflos,   ventilyasiyasi   yomon   molxonalarda   yoki   mollarni
me’yordan ortiq zich saqlash chorva mollari mahsuldorligini kamaytiradi, har
xil yuqumli-yuqumsiz kasalliklarni paydo qiladi.
Ferma qurish uchun joy tanlash  - ferma uchun joyni zooveterinariya
mutaxassislari   ishtirokidagi   guruh   tanlaydi.   Qurilish   uchun   ajratilgan   er
gigiena,   zooveterinariya,   injenerlik   va   iqtisodiy   talablarga   javob   berishi
kerak.   Tanlangan   er   oziqalarni   keltirish,   chorvachilik   mahsulotlarini   va
chiqindilarni   chiqarish   yo‘llari   hamda   hayvonlarni   yaylovga   haydash   uchun
qulay   bo‘lishi   kerak.   Tuproq   har   xil   tuproq   infeksiyasi   (kuydirgi,   qorason,
qoqshol   va   x.k.)   bilan   ifloslanmagan   bo‘lsin.   Ayniqsa   joy   tanlashda   tuproq
tuzilishi, joylarning relefi va  asosiy  shamol yo‘nalishlariga e’tibor beriladi. Er
quruq, er osti suvi kamida 5 m uzoq, havo va suvni yaxshi o‘tkazadigan va
shimadigan   bo‘lishi   kerak.   Organik   moddalar,   chiqindilar   bilan   kuchli
ifloslangan, botqoq va suv bosadigan erlar yaramaydi.  
Qurilish qilinadigan joylar ochiq, deyarli tekis, janubga yoki janubiy-
sharqqa qarab 5° ga qiya bo‘lishi kerak, Shuningdek kuchli shamoldan, qum
va qorlarni uyub yuborishdan to‘silgan bo‘lishi zarur. Fermalar va yaylovlar
oralig‘idan   temir   yo‘l,   katta   avtomobil   yo‘llari,   jarliklar,   sel   yo‘llari
o‘tmasligi   kerak.   Qurilish   uchun   tanlangan   erlarni   aholi   yashash   joylaridan
uzoqda bo‘lishi, bunda sanitariya oralig‘i talabiga to‘liq rioya qilinishi zarur.
Chorvachilik   va   parrandachilik   xom   ashyolarini   qayta   ishlash
korxonalari kamida 1500 m, pichan, poxol omborlari - 500 m, mineral o‘g‘it va zaharli ximikatlar - 300 m, qurilish materiallari, asbob-anjomlar tayyorlash
maydonlari 100 - 300 m uzoqlikda quriladi.
Veterinariya   inshoatlari   bir   necha   shaxsiy,   yordamchi   va   fermer
xo‘jalik   fermalariga   xizmat   ko‘rsatsa,   asosiy   xo‘jalikda   yoki   biror   xo‘jalik
hududida   xizmat   qilish   qulay   bo‘lgan   joyda   quriladi.   Umumiy   xo‘jalikka
xizmat   qiladigan   veterinariya   inshoatlari   atrofi   baland   devor   bilan   o‘ralib,
aholi   yashash   joylaridan   ajratilgan   bo‘ladi   va   veterinariya   punkti   binolari,
karantin   va   izolyator   joylari   va   qushxonalar   kamida   200   m   uzoqlikda
quriladi.
Chorvachilik   fermalarini   qurish   uchun   joy   tanlashda   xo‘jalikning
tabiiy   iqlim   sharoiti,   mollarning   bosh   soni   va   ularning   oziqa   bilan
ta’minlanishi hisobga olinishi kerak.
Y a ngi   fermalarni   loyihalash   va   qurish   hamda   qayta   qurishda
belgilangan   me’yor   va   qoidalarga   amal   qilinadi.   Loyihani   o‘rganish   va
qo‘yilgan   vazifalarni   bajarishda   zooveterinariya   mutaxassislari   faol
qatnashishlari   zarur.   Avvalo,   tanlangan   loyiha   joyning   iqlim   va   tabiiy
iqtisodiy sharoitiga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlash kerak.
Loyiha   ko‘rsatkichlari   chorvachilik   fermalari   va   veterinariya-
sanitariya   me’yorlariga   to‘g‘ri   kelish   -   kelmasligi   diqqat   bilan   o‘rganiladi.
Bunda   ayniqsa   bino   qismlarining   issiqlik-texnik   sifati,   mollarni   saqlash
texnologiyasi,   joylashtirish   me’yori,   ventilyasiyasi,   isitish   yo‘llari,   go‘ng   va
go‘ng   suyuqligini   chiqarish,   tabiiy   va   sun’iy   yoritish,   oziqlantirish   va
sug‘orish   usullari   hamda   atrof   muhitni   ifloslanish,   yuqumli   va   invazion
kasalliklardan   saqlashga   katta   ahamiyat   beriladi.   Loyihada   oqava   suvlarni
tozalash   va   dezinfeksiya   qilish,   maishiy   xo‘jalik   va   go‘ng   suyuqliklarini
kanalizatsiya orqali chiqib ketishi ham ko‘zda tutiladi.
Loyiha   zoogigienik   va   veterinariya-sanitariya   me’yor   talablariga
to‘g‘ri   kelmasa,   zooveterinariya   mutaxassislari   uni   o‘zgartirishni   tavsiya etadi.   Zooveterinariya   mutaxassislari   xo‘jalikda   va   tumanda   qurilayotgan
qurilishning sifatini nazorat qiladi.
Agar  loyiha   o‘zgartirilgan  yoki  zoogigiena   va  veterinariya-sanitariya
qoidalari   qurilishda   buzilgan   bo‘lsa,   qurilishni   yoki   qayta   qurilayotgan
binolardagi ishlarni to‘xtatishga yoki qurilgan inshoatni ishlatish uchun qabul
qilmasliklariga   haqlari   bor.   Chorvachilik   va   parrandachalik   inshootlarini
bitgandan   so‘ng   qabul   qilishda   hay’at   tarkibida   veterinariya-sanitariya
nazorat   vakili   va   zootexniya   mutaxassislari   bo‘lishi   kerak.   Yangi   qurilgan
yoki  qayta qurilgan  chorvachilik  fermalariga chorva  mollarini kiritish  butun
hudud,   ishlab   chiqarish   va   qo‘shimcha   binolar   yaxshilab   tozalanadi   va
dezinfeksiya qilinganidan keyin ruxsat etiladi.
Binolarning   ayrim   qismlariga   bo‘lgan   talab   -   qishloq   xo‘jaligi
binolarini  kismlariga  binoning  asosi,  poydevor,  sokol,  devor,  pol,  shift,  tom
usti, darvoza, deraza va boshqalar kiradi.
Bino   asosi   -   c horvachilik   qurilishlarining   asosi   bo‘lib,   tabiiy   tuproq
er hisoblanadi. U mustahkam, bir xil tarkibli, emirilmaydigan, quruq bo‘lishi
va   bino   tagi   cho‘kishi   2   smdan   oshmasligi   kerak.   Binolarning   asosi
muzlaydigan qismdan 20 - 25 sm pastda bo‘lishi, er osti suvlari esa kamida 3
m   chuqurda   bo‘lishi   kerak.   Tabiiy   asoslarning   sifatlisi   qoyali   va   yirik
sinadigan tuproqlar hisoblanadi. Suv yuvish havfi bo‘lmasa qumoq tuproqlar
ham   ishlatiladi.   Loyqa   tuproqlar   muzlagan   vaqtda   ko‘pchiydi   va   erigandan
keyin   o‘tiradi,   natijada   binolar   poydevori,   devorlari   yorilib,   cho‘kishi
mumkin.
Poydevor   -   binoning   er   osti   qismi   bo‘lib,   uning   hamma   qismlarini
ko‘taradi.   Poydevor   namlik,   past   harorat   ta’sirida   emirilmaydigan,
mustahkam   va   uzoq   muddat   chidaydigan   bo‘lishi   kerak.   Devor   tagiga
poydevor   uzluksiz   (lentasimon)   perimetri   bo‘yicha   qo‘yiladi   yoki   alohida-
alohida   qurilib,   xarsang   toshlardan   yoki   g‘ishtdan   teriladi.   Hozirgi   vaqtda mahalliy materiallar ham ishlatiladi. Poydevorning chuqurligi ko‘pchiydigan
tuproq bo‘lsa 50 - 70 sm bo‘ladi.
Sokol  - poydevorning ustki qismida bo‘lib, tuproqdan yuqorida turadi
va   uning   ustiga   devor   tushadi.   Devorni   yog‘in-sochin   va   erning   iamligidan
saqlash uchun sokol va devor o‘rtalig‘iga nam o‘tkazmaydigan izolyasiyalar
yotqiziladi (1,5 - 2 sm qalinlik qora qog‘oz, asfalt, bitum, polietilen va h.k.).
Devor   -   b u   binolarning   aso s iy   to‘sig‘i   bo‘lib,   u   bino   ustini   ko‘tarib
turadi. U molxo n alarni tashqi muhit ta’sirlaridan saqlaydi, bino ichida harorat
va   namlik   rejimini   hamda   oynalar   orqali   tabiiy   yorug‘lik   bilan   ta’minlaydi.
Devor etarli dara j ada mustahkam, yong‘inga chidamli, o‘rtacha o g‘ irlikda va
arzon bo‘lishi kerak.
Molxonalarning   devorlari   gigiena   tomondan   yaxshi   is s iql i k   saqlash
xususiyatiga ega, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti past, termik qarshilik
koeffitsienti yuqori, etarli issiqlikka   chidaml i   va o‘rtacha havo o‘tkazadigan
bo‘lishi   kerak.   Devorlarda   konden sat   hosil   bo‘lishiga   yo‘l   qo‘yilmaydi.
Tashqi   harorat   - 30°C   dan   past   bo‘lmagan   hudud larda   devorlarni   namlikdan
saqlaydigan   material   bilan   qoplash   lozim   (rezina ,   bitum ,   polietilen   va   h.k .).
Devor uchun qurilish materiallari i q lim sharoitiga qarab tanlanadi.
Shift   -   b inolarning chordog‘ini bino ichidan ajratadigan qismi bo‘lib,
ma’lum   darajada   molxonalarni   issiq   tutadi,   harorat   ia   namlik   rejimini
me’yor da saqlashga yordam beradi. Janubiy  hudud larda esa molxon a lar ni  isib
ketishidan   saqlaydi.   Tug‘ruqxona   -   profilaktoriyalarda,   buzoqxona   va   ona
cho‘chqalar saqlash joylarida shiftning bo‘lishi shart.
Molxonalarning   shifti   zoo gigieia   va   qurilish   talablariga   qarab
quyidagicha   bo‘ladi:   shiftlarni   issiql i k   o‘tkazuvchanlik   koeffitsienti   kam
bo‘lishi   (0,7 - 0,2   m 2
/c 0
/s   kkal);   quruq,   suv   o‘tkazmaydigan,   havoni   kam
o‘tkazadigan,   silliq,   engil,   mustahkam   va   yomon   yonadigan   materiallardan
qilingani   ma’qul.   Shiftlarni   muzlash   va   namlik   shimishiga   yo‘l   qo‘ymaslik kerak.   Qurilishda   ko‘pincha   taxtadan,   shox   -   shabba   ustiga   to‘shalgan
qami sh dan   shift   qilinadi   va   tagidan   suvaladi.   Beton   plita,   temir   beton   va
pishiq g‘ishtdan qilingan shiftlar gigiena talablariga javob bermaydi, chunki
ular   kondensata   bilan   qori sh ib   qoladi.   Bunday   shiftlar   mineral   tolalar,
penobeton, penosilikat va boshqalar yordamida isitiladi. Taxtadan yoki shox-
shabbadan   qilingan   shiftlar   ustidan   issiqlikni   yaxshi   saqlashi   uchun   tol
solinib, uning ustidan 5 - 6 sm qalinlikda mineral tolalar to‘shalib, chekkalari
to‘sinlarga mahkamlanad i .
Issi q lik   saqlaydigan   qavatdan   ventilyasiya   kanali   qilinadi.   Bu   bilan
binodagi   namlikni   yo‘ q otishga   va   is i tgichlarni   quruq   saqlashga   erishiladi.
Usti   birga   yopilgan   binolar   har   xil   issiqlik   saqlovchi   materiallar   bilan
(mineral paxta, keramzit, penoplast, penopolistirol, fibrolit,   q amish, bosilgan
poxol va bosh q alar) 15   -   20 sm qalinlikda solinib, ustidan bug‘ va namlik n i
o‘tkazmaydigan materiallar bilan  yo piladi (ruberoid, tol, bitum va bosh q alar).
Shiftlarni   issiqlik   yo‘qotish   qarshiligi   2,5   -   3,0   m 2
/c°/s   kkal   dan   kam
bo‘lmasligi   kerak.   Devorlarni   yomg‘ir- q ordan   s aqlash   uchun   tom   ustidan
yopiladigan materiallar 20  -  45 sm tashqariga chiqariladi.
Pol   -   ch orva   binolarining   s anitariya-gigiena   holati   va   mikroiqlimni
saqlash   pol n ing   q aysi   materialdan   qilinganligiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Pollarni
qurishda   sanitariya-gigiena   talablari   bo‘yicha   juda   mustahkam,   yaxlit,   tekis,
issiqlik   kam   o‘tkazadigan ,   namlikni   yu t maydigan,   dezinfeksiya   qilishga
q ulay va dezinfeksiya dorilariga chidamli bo‘lishi kerak.
Chorvachilik   binolari   polining   osti   bo‘sh   bo‘lmaydi,   balki   tu p ro q
bilan   to‘ldirilib   bosiladi.   Tuproq   ustiga   namlikni   o‘tkazmaydigan   qavat
(yo g‘ langan   tuproq,   qora   mumlangan   qog‘oz ,   beton)   yopiladi.   Binolar n ing
poli erdan 15  -  20 sm balandlikka ko‘tariladi.
Namlikni   o‘tkazadigan   yaxlit   qilingan   pollarning   tagidagi   tuproqni
namlik   o‘tkazmaydigan   qavat   bilan   yopiladi.   Bu   esa   tuproqqa   namlik, siydikni   shimilishidan   saqla y di.   Tuproq   orqali   issiqlikning   12   -   20   % i
yo‘qolishi   mumkin.   Issi q likni   ko‘p   yutadigan   pollar   sovuq   bo‘ladi.   Bu   esa
mollarning   shamollashiga   sabab   bo‘ladi.   Shuning   uchun   pollarni   isitishga
juda katta ahamiyat beriladi. Bu ma q sadda shlak, taxta, ichi bo‘sh g‘ishtlar va
boshqa   materiallar   ishlatiladi   yoki   elektr   energiyasi   yordamida   pol   tagidan
isitiladi.
Polning   us t i   g‘adir-budir   va   elastik   bo‘lishi   gigiena   tomondan
ahamiyatli.   Q attiq   pollar   hayvonlarning   oyok   tuyoqlariga   ta’sir   qiladi,   tez
charchaydi   va   har   xil   kasalliklarning   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   Silliq
pollarda   mollar   toyib   oyog‘ini   sindirishi   yoki   lat   eyishi   mumkin.   Ayniqsa,
silliq pollar bo‘g‘oz mollar uchun xavfli.   Tekis va sal qiya qilingan pollardan
suyuqliklar   kanalizatsiya   ariqchasiga   qarab   yaxshi   oqadi.   Polning   qiyaligi
ko‘p   bo‘lmay,   sigir   va   otlar   uchun   sa q lanadigan   binolar   uchun   1   -   1,5°,
cho‘ch q alar uchun 2   -   4° bo‘lishi kerak. Polni haddan tashqari qiya bo‘lishi
bog‘lanadigan   hayvonlarda   orqa   oyoqlarga   og‘irlik   tushiradi,   ur g‘ ochi
hayvonlarda esa bachadon, qin tushishi va bola tashlash hollari yuz beradi.
Chorvachilik   fermalarida   molxona,   cho‘chqaxona   va   q o‘yxonalarda
panjarali   pollar   ishlatil adi .   Panjaralar   yog‘ochdan,   beton,   temir-beton   yokni
qu y ma   cho‘yandan   qilin adi .   Panjara   pollarni   o‘rnatishda   sanitariya-gigiena
talablariga javob berishi, oson tozalanishi va dezinfeksiya qilinishini hisobga
olish zarur.
Tom   usti   -   m olxonalarni   yomg‘irdan ,   sovib   yoki   isib   ketishdan   tom
saqlaydi. Tom usti suv o‘tkazmaydigan, mustahkam, engil, yon g‘ inga xavfli
bo‘lmaydigan   bo‘lishi   zarur.   Shakli   jihatdan   tom   ustlari   bir   nishabli,   ikki
nishabli va teki s   bo‘lishi mumkin. Tom usti yopqichlari yog‘och to‘sinlarga
urilgan taxtalarga berkitiladi. Shakli jihatidan to‘sinlar osma va qiya bo‘ladi.
Osma to‘siqlar taxta yoki temir   -   betondan qilinishi mumkin .  Tom usti asosan
tunuka, qora qog‘oz, shifer, somon li  loy va sintetik materiallar bilan yopiladi. Darvoza,   eshik   va   eshik   oldi   -   t ashqi   darvoza   hayvonlarning   kirish
chiqishi,   oziqalarni   kiritish ,   go‘ng   chiqarishga   xizmat   qiladi .   Shuni n gdek
binolarda   issiqlikni   saqlash   uchun   tashqi   to‘siq   ham   hisoblanadi.   Darvoza
etarlicha   zich   o‘rnatilib,   muzlamaydigan   va   namlikni   kondensatsiya
qilmaydiga n   bo‘lishi   kerak.   Molxonalarni   har   bir   bo‘limlarida   kamida   2   ta,
birinchisi   asosiy,   ikkinchisi   ehtiyoj   darvozasi   bo‘ladi.   Darvozalar ni
o‘lchamlar i   binolarga   kiradigan   transport   vositalarini   h isobga   olib   qilinadi.
Molxona,   qo‘yxona,   cho‘chqaxona   va   parrandaxonalarda   kengligi   2   m   va
balandligi 1,8 m, otxo n alarda esa kengligi 2,1 m va balandligi 2,4 m bo‘ladi.
Darvozalar   ikki   tabaqali   qilinib,   tashqariga   qarab   ochilishi   kerak.   Eshik
bo‘sag‘asi ichki tomondan pol bilan teng qilinib, tashqi tomondan esa 5-8 sm
ga ko‘tarilgan bo‘lib, yomg‘ir-qor suvlari oqib kirmasligi uchun qilinadi.
Binolarga   darvozalarni   o‘rnatishda   asosiy   shamol   esish   yo‘nalishini
hisobga   olish   zarur,   chunki   shamol   to‘g‘ri   ursa   molxonalar   ichi   juda   sovub
ketishi   mumkin.   Iloji   boricha   ko‘p   ishlatiladigan   darvozalar   janubiy   sharq
tomonga   o‘rnatilmaydi,   darvoza   eshiklarni   molxonalarni   yon   tomonlariga
o‘rnatish   ma’qul.   Molxonalar   uzunligi   tomoniga   o‘rnatilgan   darvozalar
ehtiyoj   eshigi   hisoblanib,   asosan   qo‘pincha   binolar,   yayratish   maydonlari
bilan   bog‘lanishda   xizmat   qiladi.   Uzun   binolarda   ko‘ndalang   o‘tish   yo‘llari
to‘g‘risiga   ham   darvozalar   o‘rnatiladi.   Qo‘yxonada   uzunasi   tomondagi
darvoza ochiq ayvonlar tomonida quriladi.
Deraza va yoritish vositalari   -   chorvachilik binolari derazalar orqali
tabiiy   yorug‘lik   va   elektr   chiroqlari     yordamida   sun’iy   yorug‘lik     bilan
ta’minlanadi.     Devorlarga     o‘rnatilgan     derazalar   oldingi   yoki   yonbosh
tomonda   bo‘ladi.   Tomga   o‘rnatilgan   oynalar   yuqoridan   yorug‘lik   beradi.
Binolarni   yoritish   darajasi   oynalarni       katta-kichikligi,       devorlar       ichki
tomonining     rangi,   bulutli   havo   va   boshqalarga   bog‘liq   bo‘ladi.   Janubiy
hududlarda   shimolga   nisbatan   yorug‘lik   kuchi   3   barobarga   ko‘p.   Shunnng uchun molxonalarni qurishda buni hisobga olish zarur. Oqlangan  devorlarda
nurlanish     Shu’lasi       95   %   yog‘och   va   g‘ishtda   40   %   va   iflos   yog‘och   va
devorlarda 20   % bo‘ladi. Shuning uchun molxonalar devori, sog‘ish  joylari,
yuvish xonalari va  laboratoriyalarni devor va  shiftlari  ochiq rangga, sun’iy
qochirish punktlarining devori  esa  ochiq - yashil  rangga bo‘yalgani ma’qul.
Katta   o‘lchamlardagi   va   yuqorigacha   balandlikdagi   derazalar   ko‘p
yorug‘lik   beradi.   Poldan   oyna   derazasi   tagigacha   bo‘lgan   balandlik   bog‘lab
boqilgan   sigirxonalar   uchun   1,2   -   1,3   m,   bog‘lanmay   boqilsa   1,8   -   2,4   m,
sun’iy   qochirish   punktida   0,8   m,   cho‘chqaxonada   kamida     1,2   m,
qo‘yxonalarda 1 m bo‘ladi. Derazalar ana shunday balandlikda joylashtirilsa
molxonalardagi   hayvonlar   ko‘p   sovuq   qotmaydi   va   yorug‘lik   bilan   yaxshi
ta’minlanadi.   Sun’iy   yo‘l   bilan   binolardagi   mikroiqlim   ko‘rsatgichlari
boshqarib borilsa,   ayniqsa     parrandaxonada deraza bo‘lmasa ham   bo‘ladi.
Bu  issiqlikni yo‘qotishdan va suv bug‘larining  kondensatsiyasidan saqlaydi.
Derazasiz   binolar   derazali   binolarga   nisbatan   ancha   afzalliklarga   ega   ya’ni
qurilish   osonlashadi   va   arzonlashadi,   ventilyasiya   qilish   osonlashadi.
Derazasiz binolarni industriya yo‘li bilan tayyorlangan elementlar yordamida
qurishni   engillashtiradi,   qurilish-montaj   ishlarini   osonlashtiradi.   Deraza siz
binolarning   yorug‘lik   kuni,   yorug‘lik   kuchi   va   spektral   t arkibini   boshqa ri sh
oson.   S.   P .   Plyashenko   va   bosh q alar   o‘z   tajribalarida   6   -   oylikdan   katta
buzoqlarni   bo‘rdoqiga   boqishda   deraza siz   binolarda   sa q lash   samarali
ekanligini   kayd   etadi.   A.   P.   Onegov   va   A.   E .   Yamov   cho‘chqalarni
bo‘rdoqiga   boqishda   sun’iy   yoritishning   afzalligini   aniqlaganlar.   Deraza siz
binolarni   sun’iy   y o‘l   bilan   yoritishda   12   soat   davomida   yorig‘likni   30
lyuksda, kechasi esa 3  -  5 lyuksda ushlash zarur.
Molxonalarda   ventiliyasiya,   isitish,   yoritish   tizimi   -   c horvachilik
binolarini   qurishda   harorat   va   namlik   rejimini   saqlash   va   ta’minlash
hayvonlarning sog‘lig‘i va ularning mahsuldorligini oshirish garovidir. Bino qismlarini (devor, shift, pol, tom usti) issiqlik saqlash xususiyati hayvonlarni
mu’tadil haroratdagi havo bilan ta’minlaydi va organizmning issiqlik holatini
belgilaydi.   Bino   qismlari   va   ichki   havoning   haroratini   sezilarli   farq   qilishi
(+30°C   dan   yuqori)   hayvonlar   organizmining   issiqlik   holatini   buzilishiga
hamda ichki jihozlar ustida kondensatni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Binolar ventilyasiyasi   - ventilyasiyaning sanitariya-gigiena tomondan
ahamiyati Shundaki, molxonalar ichidagi havo tashqi havo bilan tez almashib
turmasa   hayvonlarga   zararli   ta’sir   etadi.   Bino   havosida   ko‘p   miqdorda
issiqlik   va   namlik   yig‘iladi,   havo   tarkibida   chang   va   mikroorganizmlar,
karbonat   angidrid   gazi,   ammiak,   vodorod   sulfid,   metan   va   boshqalar
ko‘payadi.   Ventilyasiyasi   yo‘q   molxonalar   200   bosh   sigir   saqlansa   bir   soat
davomida   153   ming   kkal   umumiy   issiqlik,   73,4   kg   namlik   va   22,8   m 3
karbonat   angidrid   gazi   yig‘iladi.   Bunday   havo   hayvonlarning   issiqlik
almashishiga   yomon   ta’sir   etib,   ularda   ishtaha   yo‘qoladi,   modda   almashish
pasayadi. Natijada hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi.
Ventilyasiyasi yomon ishlaydigan molxonalardagi sigirlarning suti 18
%   ga,   bo‘rdoqi   cho‘chqalarning   o‘sishi   50   %   ga   va   tovuqlarning   tuxum
qilishi     10   –   15   %   ga   pasayadi.   P.   I.   Pritulin   va   D.   V.   Lobunsovalarning
ma’lumotiga   ko‘ra,   havo   yomon   almashadigan   cho‘chqaxonalarda   cho‘chqa
bolalarining o‘limi 30   % ga ortadi.
Ventilyasiya   bo‘lmagan   yoki   yomon   ishlaydigan   molxonalarda   bino
qismlarining ichki yuzasida kondensat paydo bo‘lib, ularning tez emirilishiga
sabab   bo‘ladi.   Natijada   binolarni   remont   qilish   va   qurilish   materiallarini
ortiqcha sarf qilishga, harajatning ko‘payishiga olib keladi.
Ventilyasiyani nazorat qilib borishda binoning issiqlik, namlik, gazlar
miqdori,   shuningdek   mollarni   saqlash   usuli,   go‘ng   va   go‘ng   suyuqliklarini
chiqarish   yo‘llarini   hisobga   olish   zarur.   Ventilyasiya   binoning   havo almashishini   ta’minlashi   va   kerak   bo‘lgan   me’yorda   mikroiqlimni   barpo
etishi kerak.
Chorvachilik binolarida har xil turdagi va qurilishdagi ventilyasiyalar
ishlatiladi, bular tabiiy, sun’iy va aralash ventilyasiyalar bo‘lishi mumkin.
Tabiiy   ventilyasiya   -   binolardagi   havoning   chiqishi   va   tashqaridan
kirishi, ichki va tashqi haroratning farqi, tashqi va ichki havoning hajmini bir
xil zichligiga hamda havo harakatining kuchi va yo‘nalishiga bog‘liq. Tabiiy
ventilyasiyalarning   havo   so‘rishi   quvurli   yoki   quvursiz   bo‘lishi   mumkin.
Quvursiz   tabiiy   ventilyasiyalarga   eshik   va   oynalarning   tirqishi,   bino
qismlarining   havo   o‘tkazishi   va   boshqalar   kiradi.   Ammo   quvursiz
ventilyasiya   binolarning   havo   almashishini   ta’minlaydi   va   uni   nazorat   qilib
bo‘lmaydi.
Bir   soat   mobaynida   almashadigan   havo   hajmini   molxona   hajmiga
bo‘lgan   nisbatini   havoning   almashish   darajasn   deyiladi.   Agar   molxonaning
hajmi   4000   m 3
,   havo   almashish   darajasi   kiradigan   havo   4   marta   va   so‘rish
quvuri orqali 3 marta ko‘p bo‘lsa bir soatda molxonaga 16000 m 3
 havo kiradi
va   undan   12000   m 3
  havo   chiqadi.   Havoning   bir   soatda   almashinishi
hayvonlarni zarur bo‘lgan miqdorda toza havo bilan ta’minlaydi.
Mexanik     ventilyasiya   -   y irik       chorvachilik       binolarida   va
p arrandachilik fabrikalarida o‘rnatiladi. Buning uchun markazdan qochuvchi
va o‘ q li elektroventilyatorlar o‘rnatilib, havo o‘tkazadigan yo‘llar orqali havo
kiradi   va   chiqariladi.   Bunday   ventilyasiyalar   havoni   isitadigan   va   ba’zan
isitmaydigan bo‘ladi. Kiradigan havo suvli yoki elektr i s si q lik generatori va
kaloriferlar   yordamida   isitiladi.   Binolarga   kiradigai   havo   bir   xil   maromda
bo‘lishi,  ya’ni  kuch  bilan  tizillatib  kirishi  maqsadga  muvofiq  emas.  Bunday
vaqtda     hayvonlarning   mahsuldorligi   pasayadi,   shamollash   ka s al l i gi ga
chalinadi. Kira dig an havoning molxona ichida bir xil tarqalishi uchu n  har 15
m da bitta yoki 15  -  24 m da 2 ta havo kirish yo‘li bo‘lgani ma’qul. Mexanik   ventilyasiya   tizimlarining   quvvati   havoning   almashish   va
ventilyatorning   unumdorligiga   qarab   aniqlanadi.   Agar   molxonaning   havo
almashish   hisobi   36000   m 3
/soatga   teng   bo‘lsa,   xo‘jalikda   quvvati   4500   va
3600 m 3
/soatga teng ventilyatorlar bo‘lsa, u holda binoga 4500 m 3
/soatdan 5
ta va 3600 m 3
/soatdan 3 ta ventilyator zarur bo‘ladi.
Aralash   ventilyas i yalar   -   tabiiy   va   mexanik   ventilyatorlardan   iborat
bo‘ladi.   Masalan,   binoga   havo   elektroventilyator   yordam i da   beriladi   va
ventilyasiya   quvur lar i   yordam i da   tabiiy   qo‘zg‘atish   yo‘li   bilan   chiqariladi.
Aralash ventilya siyada   elektr o ventilyator, kalor i fer va kirituvchi-chiqaruvchi
quvur lar   tizimi   q o‘llaniladi .   Binolar   ichida   harorat   va   namlik   me’yorlarini
saqlab turishda  havo almashish va  harorat - namlik rejimini    har xil tur va
yoshdagi   hayvonlar   uchun   farqlab   berishda   ventilyasiya   -   isitish
agregatlarining   ishini   avtomatlashtirish   zarur.   Ventilyasiyaning   ishlashi   va
zarur   bo‘lgan   mikroiqlimni   saqlashda   chorvachilik   binolaridan   to‘g‘ri
foydalanish,   kanalizatsiya   jihozlarining   yaxshi   ishlashi,   vaqtida   siydik   va
tezakni tozalash katta ahamiyatga ega.
Chorvachilik   va   parrandachilik   binolarida   mikroiqlim
ko‘rsatkichlarini me’yorda saqlab turish uchun har xil turdagi ventilyasiya -
isitish   qurilmalari   ishlab   chiqarilgan.   Masalan,   Klimat   -   44,   Klimat   -   45,
Klimat   -   47   va   boshqalar.   Issiqlik   almaShuvchi   ventilyasiyalarning   har   xil
turlari mavjud. Bir xili borki (ATV – 801-2266) sun’iy yo‘l bilan isitilmasdan
binolardagi   mikroiqlim   ko‘rsatkichlarini   -25°S   gacha   bo‘lgan   hududlarda
me’yorda   saqlaydi.   Havo   kiritish   va   chiqarish   SCH   -   70   №   8   ventilyator
yordamida   bajariladi.   Mikroiqlim   ko‘rsatkichlarini   boshqarishda   harorat   va
namlik ko‘rsatkichlariga qarab ventilyasiyaning ochiq tizimi qo‘llaniladi.
Chorvachilik   bi n olarida   ishlatish   uchun   retsirkulya s iyali   ventilyasiya
tizim lari ham tavsiya etiladi. Bunga kirituvchi  -  chiqaruvchi qurilmalar PVU -
4,   PVU - 6,   PVU - 9   ishlatiladi.   Chorvachilik   va   p arra n dach i lik   binolarida mexa n ik   va   issiqlik   almaShuvchi   ventilyasiya   tizim lari   keng   qo‘lamda
i shlatiladi.   Chorvachilik   binolarida   mikroiqlim   ko‘rsatki ch larini   me’yor da
saqlab borishda ventilyasiya isitish   tizim lari n i boshqarishni avtomatlashtirish
maqsadga muvofiqdir.
Chorvachilik   binolarnni   isitish   -   b iz n ing   sharoit i mizda   chorvachilik
binolarining   hammasi   ham   isitilmaydi.   Buzo q xon a ,   cho‘chqa   bolalari
sa q lanadigan   binolar,   p arrandaxonalargina   isitilad i .   Isitilmaydigan   binolarda
havoning   harorati,   bino   i chida   saqlanayotgats   hayvonlar   ajratgan   erkin
holdagi issiqlik hisobiga saqlanadi.
Hosil   bo‘lgan   issiqlikni   aniqlash   uchun   issiqlik   balansi   yilning   eng
sovuq vaqtdagi oyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Q
j   =  dt  x   (L x 0,24 + EKF) + W
b
Bunda: 
Q
j   -   hayvonlar   tomonidan   1   soatda   ajratilgan   erkin   issiklik   miqdori,
kkal/s; 
dt  - binoning ichki va tashqi haroratlari farqi,  0
C ; 
  L  – bir soatda almashinadigan ventilyasiya havosining hajmi, kg; 
0,24  – 1 kg havoni 1 0
C  ga isitish uchun sarflangan issiqlik, kkal/s; 
EKF   –   bino   ichidagi   to‘siqlarni   isitish   uchun   sarflangan   issiqlik,
kkal/s; 
W
b   - poldan ko‘tarilgan namlikni isitishga sarflangan issiqlik, kkal/s.
Hisoblashda   issiqlik   balansi   salbiy   natija   bersa,   u   holda   qo‘shimcha
isitish tizimidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Ishlab   chiqarishda   kaloriferlar   bilan   havoni   isitib   berish   maqsadga
muvofiq.   Chorvachilik   binolarini   isitish   va   ventilyasiya   qilishda   KPS,   KPG
va   boshqa   ventilyasiya   -   isitish   agregatlarini   ishlatish   yaxshi   natija   beradi.
Binolarda   ma’lum   joyni   isitish   uchun   isitish   tizimini   polning   tagiga
o‘rnatiladi   yo ki  elektro gilam   q ilinadi. O‘stirilayotgan  buzoqlar  saqlanadigan buzoqxonalar,   cho‘chqaxonalar   va   bo‘rdoqi   cho‘chqalar   saqlanadigan
binolarda pollarni elektr  q uvvati bilan isitish mumkin. 
Hayvonlar   uchun   to‘shama   –   ko‘pchilik   xo‘jaliklarda   hayvonlar
quruq,   issiq   va   yumshoq   joyda   yotishini   ta’minlash   maqsadida   to‘shamalar
ishlatiladi.   Ishlatiladigan   to‘shamalar   quruq   bo‘lishi,   yumshoq   va   kam
issiqlik o‘tkazuvchi, namlikni yaxshi shimuvchi, zaharli o‘tlar aralashmagan,
mog‘orlamagan   bo‘lishi   kerak.   To‘shamalar   bulardan   tashqari   havodagi
zaharli gazlarni shimadigan, bakteriotsidlik va bakteriostatik xususiyatga ega
bo‘lishi hamda go‘ngning sifatini yaxshilashi kerak. 
To‘shamalar   og‘irligi   foiz   bilan   o‘lchanadi.   Masalan:   javdar   va
bug‘doy   poxoli   450,   archa   qirindisi   490,   qarag‘ay   qirindisi   370,   yog‘och
qirindisi  280, mox torfi   1000, torf ushoqlari 1210  % ga tengdir .
Ifloslangan,   siydik   bilan   ho‘llangan   to‘shamalar   tezda   chiqarilishi
kerak.   Chunki   ularda   tezak   va   siydik   chirishi   tufayli   ammiak   va   boshqa
gazlar   ajralib   chiqadi.   Hayvonlar   nam   to‘shamalarda   saqlansa,   tuyoq
kasalliklari   bilan   kasallanadi   (tuyoq   shox   qatlamining   yumshatishi,   chirishi,
nekrobakterioz   va   h.k. ).   To‘shamalarni   ishlatish   molxonalarni   tozalash
vaqtiga   bog‘liq;   har   kuni   go‘ng   chiqarilsa   to‘shamaniig   hammasi
almashtiriladi;   go‘ng   bir   necha   kunda   yoki   haftada   bir   chiqarilsa,
to‘shamalarni ifloslangani va siydik bilan ho‘llangan qismlari olinib, o‘rniga
yangi   to‘shama   solinadi;     hayvonlar   to‘shamasi   almashtirilmay   saqlansa,
molxonalarda saqlangan davrda 1 - 2 marta to‘shama almashtiriladi. Bunday
vaqtda har kuni toza, yaxshi to‘shama, ho‘llangan va ifloslangan to‘shamalar
ustiga solib boriladi.
Hamma   to‘shamalarda n   afzali   kuzgi   bug‘doy   poxoli   va   torf
hisoblanadi.   Kuzgi   poxol   go‘ngni   ko‘payt i rib   sifat i ni   yaxshilaydi.   Torf
to‘ sh ama  gaz   yutish   va  namlikni   shimishda   yuqori   xususiyatga  ega,  bundan
tashhari bakteriostatik va bakteri ots idlik xususiyatiga ham ega.  To‘shama   uchun   quruq   yog‘och   qirindisi   ham   ishlatiladi.   Ular
namlikni juda ham yaxshi yutadi, leki n  o‘g‘itlik xususiyati past. Otxonalarda
yog‘och   q irindilarini   ishlatish   maqsadga   muvofiq   emas,   qo‘yxonalarda   esa
umuman   mumkin   ema s .   Q uruq   yog‘och   qirindilari   qoramol   saqlanadigan
bi n olarda va cho‘chqaxonalarda ishlatiladi. To‘shama uchu n  kuruq barglar va
yog‘och  qirindisi  ham i sh latiladi. Ko‘pgina xo‘jaliklarda, ayniqsa,  i sitiladiga n
panjarali   pollar   bo‘lganligi   yo ki   ortiqcha   mehnat   sarflanmaslik   hamda
to‘shamalar n i n g   etishmasligi   tufayl i   h ayvonlar   to‘shamasiz   saqlanadi.
Bunday   va q tlarda   rezina   matlar,   plastmassadan   to‘shamalar   va   boshqalar
ishlatilishi kerak.
Quyidagi  jadvalda har xil turdagi hayvonlar uchun kuniga solinadiga n
to‘shamalar miqdori  quyidagi jadvalda  berilga n .
Hayvonla r ga ku n iga sol i nadigai to’shama  miqdori  (kg)
H ayvonlar  turi Poxol Torf
Ishchi ot 1,8   -   2,0 -
Naslli ot 2,5   -   3.0 -
Sog‘in sigir 2,0   –   4 , 0 3,0   -   9,0
C h o‘chqa 1,3  -  2,0 3,0   -   5.0
Qo‘y 0,3   -   0.5 -
Tovuq - 0,025  -  0,54
Molxonalardan go‘ng dan   tozalash   yo‘llari   -   g o‘ng   qimmatli orga n ik
o‘ g‘ it   bo‘lib,   tarkibida   hayvonlarning   tezagi,   to‘shamalar,   siydik   va   suv
bo‘ladi.   Go‘ n gni   tarkib i   va   sifati   hayvonlarni   turiga,   oziqa,   to‘shama,
y i g‘ishtirish usuli  va  uni  saqlashga bog‘liq.  Hayvonlarni  saqla sh   va go‘ngni
yig‘ishtirish   usuliga   qarab   go‘nglar   qattiq,   suyultirilgan   va   suyuq     bo‘ladi.
Q attiq go‘ng namli gi  70   -   75 %,  s uyuq go‘ng namligi 80   -   90 %, suyultirilgan
go‘ng namligi 90   -   95 % va suyuq go‘ng namligi 95   -   98 % bo‘ladi. Qattiq go‘nglar   to‘shamasi   almashtirilmaydigan,   s uyuq   go‘nglar   maydalangan
poxol, torf,  yog‘ och qirindisi, suyultirilgan go‘nglar tezak va  s iydik, suv bilan
ishlansa va suyuq go‘nglar esa panjara polli cho‘chqaxona va sigirxonalarda
to‘shama   ishlatilmaydigan   binolardan   chiqadi.   Hozirg i   kunda   chorvachilik
binolaridan   go‘ngni   chiqarish,   tozalash   juda   ko‘p   mehnat   talab   q iladi.
Molxonalarda n  ular xar xil usullarda chikariladi. Ko‘pgina kichik fermalarda
go‘ng go‘ngxonagacha erda yuradiga n   maxsus g‘altak larda tashiladi. Ba’zan
bu   maqsadda   arava   va   telejkalar   ham   i shlatilad i .   Molxonalarda n   go‘ng
shunday   chiqarilsa,   binoning   u z unasiga   go‘ng   yo‘li   bilan   0,01   –   0 , 015°
qiyalikda   go‘ng   -   siydik   ariqchasi   qilinadi   va   u n i   qabul   qiluvchi   joyga
gidravlik   to‘siq   o‘r n atilad i .   Tashqi   devordan   kamida   5   m   uzo q likda   go‘ng
sharbatxonasi quriladi. Sharbatxona nasos yordamida tez-tez tozalanib turishi
kerak.   Keyingi   yillarda   go‘ngni   chiqari sh da   lentali   transporterlar   keng
qo‘llan i lmokda.   Ular   mollar   t ur adigan   joydan   (stoyla)   pastda   ariqchalarga
o‘rnatiladi.   Bunda   tirnovchi   TS - 1,   TSN - 2,   TSN - 3,   TSN-9,   OB   va   shtangali
TSH - 30 - A,   TSHPN - 4,   SHTU   va   boshqa   transporterlar   qo‘llaniladi.
Hayvonlar   panjarali   pollarda   saqlanadigan   xo‘jaliklarda   go‘nglar   pol   tagida
saqlanadi.   Go‘ng   polning   yorig‘idan   tagidagi   chuqurga   tushadi   va   u   erdan
yiliga 1 - 2 marta olinib go‘ngxonaga yoki dalaga jo‘natiladi.
Almashmaydigan   qalin   to‘shamalarda   saqlangan   binolardagi   go‘ng
yiliga   1-2   marta   maxsus   surgichli   DT   -   75   traktori   yordamida   yoki   maxsus
jihozlangan mexanizmlar yordamida chiqariladi.
Go‘ngni chiqarishda har xil suv bilan haydash usullaridan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yuvish, retsirkulyativ, lotokda cho‘ktirish, retsirkulyasiya - cho‘ktirish
va   boshqalardan   foydalaniladi.   To‘g‘ridan-to‘g‘ri   yuvishda   go‘ngni   bosim
bilan oqadigan suv bilan yuviladi. Bu usuldan cho‘chqaxonalarda va yayrash
maydonlarida   foydalaniladi.   Molxonalarning   ichini   suv   bilan   yuvish maqsadga   muvofiq   emas,   chunki   binolar   havosida   namlik   miqdori   ortib
ketadi.
Go‘nglarni tozalash va zararsizlantirish hamda suyuq go‘nglarni qayta
ishlaydigan   qurilmalar   aholi   yashash   joylari   va   fermalardan   tashqarida
quriladi.   Qoramollarning   suyuq   go‘nglarini   zararsizlantirishda   6   -   8   oy,
cho‘chqalarnikini   12 - 14   oy   saqlash   kerak.   Go‘ngni   zararsizlantirish
korxonalari   ishi   doimo   sanitariya ,   bakteri o logik   va   kimyoviy   nazorat   ostida
borishi kerak.
Go‘nglar   ikki   xil,   ya’ni   aerob   va   anaerob   usullarda   saqlanadi.
Anaerob   usulda   (sovuq   usul)   go‘ng   birdaniga   zichlanadi   va   doimo   nam
saqlanadi.   Anaerob   bakteriyalar   ishtirokida   achish   jarayoni   boradi.   Go‘ n g
orasidagi harorat +25 0
  - 30°C ga etadi. Issiq usulda go‘ng avvalo bo‘sh qilib
70   -   90   sm   qalinlikda   solinadi.   Aerob   bakteriyalar   ishtirokida   4-7   kun
davomida   achish   jarayoni   boradi.   5   -   7   kun   o‘tgandan   keyin   go‘ng   yig‘ilib
zichlanadi va havoning kirishi to‘xtaydi. Go‘ngni harorati +60 0
 - 70°C gacha
ko‘tarilib, ko‘pgina mikroorganizmlar va gel’mintlarni tuxumi halok bo‘ladi.
Bu usulda go‘ng tarkibidagi ko‘p quruq moddalar yo‘qolsa   ham   uning sifati
yuqori   hisoblanadi.   Sanitariya-gigiena   tomondan   go‘ngni   xuddi   shunday
saqlash ancha afzalliklarga ega . Go‘ngxonalar hajmini hisoblashda hayvonlar
tomonidan ajratilayotgan go‘ng miqdori hisobga olinadi.
Veterinariya       qonunchiligiga       asosan           yuqumli     va         invazion
kasalliklardan   xavfli   hisoblangan   xo‘jaliklarda   go‘ng   biotermik   usul   bilan
zararsizlantiriladi.   Quyidagi,   qorason,   manqa,   qutirish,   infeksion       anemiya,
ensefalomielit,   bradzot,   paratuberkulyoz   kasalliklari   bilan   kasallangan
hayvonlarning go‘ngi dezinfeksiya qiladigan eritmalar bilan ho‘llanib, keyin
kuydiriladi.
Uyilgan go‘ng hamma tomonidan poxol, torf yoki tuproq bilan yozda
15 -20 sm, qishda 30 - 40 sm qalinlikda o‘raladi. Go‘ngni saqlash davri yoz paytlari   1   oy,   qishda   esa   2   oy   bo‘ladi.   Mana   s hunday   saqlangan   go‘nglarda
aerob   termofil   mikroblarning   rivojlanishiga   yaxshi   sharoit   yaratiladi.   Bunda
go‘ngning  h arorati 4 -  5 kundan keyin ot go‘ngida +75° C , qo‘y go‘ngida +60 0
-   65° C ,   cho‘chqa   go‘ngida   +55° C ,   sigir   go‘ngida   +40 0
  -   45° C   ga   etadi.
Qoramollarning   to‘shamali   go‘ngini   go‘ngxonada   saqlashda   biotermik
jarayonni ta’minlash uchun go‘ngning tagidan 1 m balandlikda poxol solinadi
va +100 0
-140° C  darajada termik yo‘l bilan quritiladi.
Chorvachilik fermalarida hasharotlarga   q arshi kurash   -   c horvachilik
binolari   va   ferma   hududida   pashshalarniig   ko‘payib   ketishi   antisanitariya
holatini   bildiradi.   Pashshalar   ko‘payish   uchun   go‘ng,   hojatxona,   yuvindi
chuquri,   chirigan   meva-sabzavot,   axlatxona   va   boshqa   iflos   erlarga   urug‘
qo‘yadi.   Molxonalarda   uy   pashshalari,   ferma   hududida   esa   ko‘k   pashsha   va
so‘nalar   ko‘p   bo‘ladi.   Pashshalar   oziqalarni   ifloslantiradi   va   c horvachilik
mahsulotlarini   (sut,   go‘sht   va   boshqa)   buzadi.   Ularning   tanasida   oyoq   va
tumShuqlarida   juda   ko‘p   miqdorda   mikroorganizmlar   bo‘ladi.   Pashshalar
ko‘pchilik   yuqumli   (kuydirgi,   tuberkulyoz,   brutsellyoz,   oqsil,   salmonellyoz,
kolibakterioz)   kasalliklarning   paydo   bo‘lishiga   sabab   bo‘ladi.   Pashshalar
invazion   kasalliklar   tuxumini   ham   tashishi   mumkin,   ammo   ba’zi   bir   turlari
esa   qoramollarda   telyazioz,   stafilofilyarioz,   otlarda   parafilyarioz   kasalliklari
qo‘zg‘atuvchilarining   oraliq   xo‘jayini   bo‘lib,   iyun   -   sentyabr   oylari
pashshalarning eng ko‘paygan davri hisoblanadi.
Pashshalar   va   ularning   lichinkalarini   yo‘qotish   uchun   dezinseksiya
ishlari  amalga oshiriladi . Buning uchun go‘nglar 0 , 1  %  li trixlormetafos ni   –  3
%   suv d agi   eritmas i;   0,5   %   karbofos,   0,2   %   metafos   emulsiyasi,   5   %
polixlor p in e nning   suvdagi   eritmas i   yoki   10   %   kr e olin   emulsiyasi   har   1   m 2
go‘ngning   ustiga   3   -   5   litr   hisobida n   insektitsidlar   bilan   ishlab   chiqiladi.
P anjarali pollar, go‘ngxonalar ,  sharbatxonalar yu qo ridagi dorilar bilan ishlov
berilad i   (har   1   m 2
  yuzaga   200   ml   hisobida n   har   15   kunda   bir   marta).   Bu maqsa dd a quruq ohak 1 kg 1 m 2
 yuzaga, kreolin fenol bila n   a ralashtirilib ham
ishlatvladi.  Devor, pol, shift, to‘siqlar, deraza, darvoza va eshiklarga o‘tirgan
pashshalarni o‘ldirishda 1 %li xlorofos eritmasi, 0,5 %li o‘yuvchi kaliy, 0,5
%li   karbofos   emulsiyasi,   5   %li   polixlorpinen   va   0,1   %li   DDBF   ning   suvli
emulsiyasi aralashtirilib, har 1 m 2
 yuzaga 50-100 ml sepiladi.
Pashshalarga   qarshi   kurashda   AG-L6   aerozol   generatori   yordamida
DD B F ning 1   %     eritmasi 1 m 2
   yuzaga 10 - 30 ml dan 2 soat ichida sepilsa
yaxshi samara beradi.
Sog‘in sigirlar turadigan bino, sut qabul qilinadngan xonalar va oziqa
sexlarida kuchli ta’sir qiladigan va yoqimsiz hidli iisektitsidlar ishlatilmaydi,
Bu   erda   yaxshisi   zaharlangan   oziqalar   ishlatilsa   bo‘ladi.   Masalan:   0,1   %
xlorofos   eritmasiga   shakar   va   qaymog‘i   olingan   sut   qo‘shiladi;   15   g
formalinga 30 g shakar va 500 ml suv qo‘shiladi: filtr yoki oddiy qog‘ozga 5
%   li   xlorofos   eritmasi   shimitilib   qorong‘i   joyda   quritiladi   va   qo‘yiladi.   Bu
zaharlangan   oziqalar   idishlarga   solinib,   pashsha   ko‘p   yig‘iladigan   joylarga
qo‘yiladi va vaqti-vaqti bilan qurishiga qarab suv quyib turiladi. Pashshalarga
qarshi   kurashda   yopishqoq   qog‘ozlar   ham   ishlatiladi.   Buning   uchun   2   qism
konifol   va   1   qism   kanakunjut   yog‘i   yoki   o‘simlik   yog‘i   olinib   aralashma
qizdirilib   qog‘ozga   yupqa   qilib   surtiladi   va   kerakli   joylarga   osib   qo‘yiladi.
Pashshalarga   qarshi   kurashda   elektrojihozlar   ham   ishlatiladi.   U   yorituvchi
lampochkadan   iborat   bo‘lib,   atrofiga   diametri   1   mm   lik   simni   5   -   6   mm
oraliqda o‘rab chiqiladi va kuchsiz transformator orqali elektr toki yuboriladi.
Elektr   lampasi   tagiga   oziqa   bilan   stakan   qo‘yiladi.   Pashsha   yorug‘lik   va
ozikaga   qarab   uchib   keladi   va   sim   to‘rga   o‘tiradi   va   elektr   toki   ta’sirida
pashshalar o‘ladi.
Kemiruvchilarga   qarshi   kurash   -   kemiruvchilar   ko‘pincha   ombor,
chordoq,   oxurlar   orqasida,   pol   tagida   va   boshqa   joylarda   ham   yashaydi.
Sichqon   va   kalamushlar   chorvachilikka   katta   zarar   etkazadi   va   sanitariya tomonda n   yomon holatlarni yuzaga keltiradi. Ular ozi q -ovqat mahsulotlar ini
buzadi va yo‘qotadi, oziqalar va idishlarnn   i shdan chi q aradi. Ko‘k kalamush
bir   yil   davomida   20   kg   gacha,   uy   sich q oni   esa   1,8   kg   gacha   g‘ alla   yoki
bosh q a mahsulotlarni iste’mol kiladi.
Sichqon   va   kalamushlar   iq tisodiy   zarar   keltirishdan   tashqari,
hayvonlarning   yuqumli   va   invaz i on   kasalliklari n i   tarqatuvchilar   ham
hisoblanadi   (sil,   kuydirgi,   vabo,   cho‘chqa   saramasi,   salmon e ll yo z,
pasterell yo z   va   bosh qalar ).   Kemiruvchilar   yuqumli   kasalliklarni   tashuvch i
bo‘lib   qolmay,   ular   oksil,   brutsell yo z,   Au e ski   kasalligi,   kuydirgi,   q ut i rish,
listerioz,   leptospiroz,   tulyaremiya,   toksoplazmoz   va   invazion   kasalliklarini
tarqatish manbalari bo‘lib ham hisoblanadi.
Kemiruvchilarga   qarshi   utkaziladigan   choralar   sanitariya-gigiena   va
sanitariya-tex n ik   ishlardan   iborat .   Sichqon   va   kalamushlarning   paydo
bo‘l i shi,   yashash i   va   ko‘payishi   uchun   ozi q alarni   sa q lash   qoidalar i ning
buzil i sh i , vaqt i da tozalamas lik   va boshkalar sabab bo‘ladi.   Sanitariya-texnik
sharoit   talabalariga   javob   berishi   uchun   ferma   binolarining   poydevorlari
kamida   70   sm   qalinlikda   pishiq   g‘isht   va   betondan   qilinadi.   Pol   taglarida
bo‘shliq   bo‘lmasligi,   kanalizatsiya,   ventilyasiya   va   boshqa   teshiklar   og‘ziga
sim to‘rlar tutilishi, eshik va darvozalar zich yopilishi kerak. Agar biror joyda
kemiruvchilarning   inlari   topilsa,   tezda   betonli   qorishma   yoki   shisha
siniqlarini loyga aralashtirilib teshiklarga quyiladi.
Kemiruvchilar   yo‘qotishda   kimyo viy,   biologik,   mexanik   va   aralash
usullardan   foydalaniladi.   Kemiruvchilarga   qarshi   kurashda   ularning   tabiiy
dushmanlari it, muShuk, tipratikan, boyo‘g‘li hamda har xil mexanik qopqon,
chetan,   bosib   qoladigan   qurilmalardan   foydalaniladi.   Chorvachilik
xo‘jaliklarida   kemiruvchilarga   qarshi   kurash   sanitariya-epidemiologik
stansiya bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida olib boriladi.  Asosiy adabiyotlar:
1. Suvonqulov Y. A. «Qishloq xo‘jalik hayvonlari gigienasi» Toshkent 1994 y.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.   Kuznetsov   A.F. ,   Demchuk   M.V.   -   « Gigiena   selskoxozyaystvenn ы x
jivotn ы x» Moskva, 1991
2. Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotn ы mi».  Minsk, 2007
3. Kochish I.I., Kalujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena»,
Moskva, 2008
4. Albom dlya   selskogo stroitelstva,  I - II  tom.   Moskva , 1990.

MOLXONALAR GIGIENASI. Reja: 1. Chorvachilik f erma si qurish uchun joy tanlash 2. Bino qismlari va uning ahamiyati . 3. Molxon a larda ventiliyasiya va isitish tizimi 4. Molxonalarni go‘ngdan tozalash va hashoratlarga qarshi kurash.

Hayvonlarni gigiena va sanitariya talablariga javob beradigan molxonalarda saqlash, etarlicha oziqalar bilan ta’minlash va ularga qarash, parvarish qilish, ulardan olinadigan mahsulotlarni ko‘paytiradi, sifatini yaxshilaydi. Shuningdek, hayvonlarning har xil kasalliklarga nisbatan tabiiy chidamliligini oshiradi hamda jinsiy sikllarning to‘g‘ri borishi, urug‘lanishni, tug‘ishni va yosh mollarni saqlab qolishni ta’minlaydi. Sovuq yoki issiq, nam, qorong‘i, iflos, ventilyasiyasi yomon molxonalarda yoki mollarni me’yordan ortiq zich saqlash chorva mollari mahsuldorligini kamaytiradi, har xil yuqumli-yuqumsiz kasalliklarni paydo qiladi. Ferma qurish uchun joy tanlash - ferma uchun joyni zooveterinariya mutaxassislari ishtirokidagi guruh tanlaydi. Qurilish uchun ajratilgan er gigiena, zooveterinariya, injenerlik va iqtisodiy talablarga javob berishi kerak. Tanlangan er oziqalarni keltirish, chorvachilik mahsulotlarini va chiqindilarni chiqarish yo‘llari hamda hayvonlarni yaylovga haydash uchun qulay bo‘lishi kerak. Tuproq har xil tuproq infeksiyasi (kuydirgi, qorason, qoqshol va x.k.) bilan ifloslanmagan bo‘lsin. Ayniqsa joy tanlashda tuproq tuzilishi, joylarning relefi va asosiy shamol yo‘nalishlariga e’tibor beriladi. Er quruq, er osti suvi kamida 5 m uzoq, havo va suvni yaxshi o‘tkazadigan va shimadigan bo‘lishi kerak. Organik moddalar, chiqindilar bilan kuchli ifloslangan, botqoq va suv bosadigan erlar yaramaydi. Qurilish qilinadigan joylar ochiq, deyarli tekis, janubga yoki janubiy- sharqqa qarab 5° ga qiya bo‘lishi kerak, Shuningdek kuchli shamoldan, qum va qorlarni uyub yuborishdan to‘silgan bo‘lishi zarur. Fermalar va yaylovlar oralig‘idan temir yo‘l, katta avtomobil yo‘llari, jarliklar, sel yo‘llari o‘tmasligi kerak. Qurilish uchun tanlangan erlarni aholi yashash joylaridan uzoqda bo‘lishi, bunda sanitariya oralig‘i talabiga to‘liq rioya qilinishi zarur. Chorvachilik va parrandachilik xom ashyolarini qayta ishlash korxonalari kamida 1500 m, pichan, poxol omborlari - 500 m, mineral o‘g‘it

va zaharli ximikatlar - 300 m, qurilish materiallari, asbob-anjomlar tayyorlash maydonlari 100 - 300 m uzoqlikda quriladi. Veterinariya inshoatlari bir necha shaxsiy, yordamchi va fermer xo‘jalik fermalariga xizmat ko‘rsatsa, asosiy xo‘jalikda yoki biror xo‘jalik hududida xizmat qilish qulay bo‘lgan joyda quriladi. Umumiy xo‘jalikka xizmat qiladigan veterinariya inshoatlari atrofi baland devor bilan o‘ralib, aholi yashash joylaridan ajratilgan bo‘ladi va veterinariya punkti binolari, karantin va izolyator joylari va qushxonalar kamida 200 m uzoqlikda quriladi. Chorvachilik fermalarini qurish uchun joy tanlashda xo‘jalikning tabiiy iqlim sharoiti, mollarning bosh soni va ularning oziqa bilan ta’minlanishi hisobga olinishi kerak. Y a ngi fermalarni loyihalash va qurish hamda qayta qurishda belgilangan me’yor va qoidalarga amal qilinadi. Loyihani o‘rganish va qo‘yilgan vazifalarni bajarishda zooveterinariya mutaxassislari faol qatnashishlari zarur. Avvalo, tanlangan loyiha joyning iqlim va tabiiy iqtisodiy sharoitiga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlash kerak. Loyiha ko‘rsatkichlari chorvachilik fermalari va veterinariya- sanitariya me’yorlariga to‘g‘ri kelish - kelmasligi diqqat bilan o‘rganiladi. Bunda ayniqsa bino qismlarining issiqlik-texnik sifati, mollarni saqlash texnologiyasi, joylashtirish me’yori, ventilyasiyasi, isitish yo‘llari, go‘ng va go‘ng suyuqligini chiqarish, tabiiy va sun’iy yoritish, oziqlantirish va sug‘orish usullari hamda atrof muhitni ifloslanish, yuqumli va invazion kasalliklardan saqlashga katta ahamiyat beriladi. Loyihada oqava suvlarni tozalash va dezinfeksiya qilish, maishiy xo‘jalik va go‘ng suyuqliklarini kanalizatsiya orqali chiqib ketishi ham ko‘zda tutiladi. Loyiha zoogigienik va veterinariya-sanitariya me’yor talablariga to‘g‘ri kelmasa, zooveterinariya mutaxassislari uni o‘zgartirishni tavsiya

etadi. Zooveterinariya mutaxassislari xo‘jalikda va tumanda qurilayotgan qurilishning sifatini nazorat qiladi. Agar loyiha o‘zgartirilgan yoki zoogigiena va veterinariya-sanitariya qoidalari qurilishda buzilgan bo‘lsa, qurilishni yoki qayta qurilayotgan binolardagi ishlarni to‘xtatishga yoki qurilgan inshoatni ishlatish uchun qabul qilmasliklariga haqlari bor. Chorvachilik va parrandachalik inshootlarini bitgandan so‘ng qabul qilishda hay’at tarkibida veterinariya-sanitariya nazorat vakili va zootexniya mutaxassislari bo‘lishi kerak. Yangi qurilgan yoki qayta qurilgan chorvachilik fermalariga chorva mollarini kiritish butun hudud, ishlab chiqarish va qo‘shimcha binolar yaxshilab tozalanadi va dezinfeksiya qilinganidan keyin ruxsat etiladi. Binolarning ayrim qismlariga bo‘lgan talab - qishloq xo‘jaligi binolarini kismlariga binoning asosi, poydevor, sokol, devor, pol, shift, tom usti, darvoza, deraza va boshqalar kiradi. Bino asosi - c horvachilik qurilishlarining asosi bo‘lib, tabiiy tuproq er hisoblanadi. U mustahkam, bir xil tarkibli, emirilmaydigan, quruq bo‘lishi va bino tagi cho‘kishi 2 smdan oshmasligi kerak. Binolarning asosi muzlaydigan qismdan 20 - 25 sm pastda bo‘lishi, er osti suvlari esa kamida 3 m chuqurda bo‘lishi kerak. Tabiiy asoslarning sifatlisi qoyali va yirik sinadigan tuproqlar hisoblanadi. Suv yuvish havfi bo‘lmasa qumoq tuproqlar ham ishlatiladi. Loyqa tuproqlar muzlagan vaqtda ko‘pchiydi va erigandan keyin o‘tiradi, natijada binolar poydevori, devorlari yorilib, cho‘kishi mumkin. Poydevor - binoning er osti qismi bo‘lib, uning hamma qismlarini ko‘taradi. Poydevor namlik, past harorat ta’sirida emirilmaydigan, mustahkam va uzoq muddat chidaydigan bo‘lishi kerak. Devor tagiga poydevor uzluksiz (lentasimon) perimetri bo‘yicha qo‘yiladi yoki alohida- alohida qurilib, xarsang toshlardan yoki g‘ishtdan teriladi. Hozirgi vaqtda

mahalliy materiallar ham ishlatiladi. Poydevorning chuqurligi ko‘pchiydigan tuproq bo‘lsa 50 - 70 sm bo‘ladi. Sokol - poydevorning ustki qismida bo‘lib, tuproqdan yuqorida turadi va uning ustiga devor tushadi. Devorni yog‘in-sochin va erning iamligidan saqlash uchun sokol va devor o‘rtalig‘iga nam o‘tkazmaydigan izolyasiyalar yotqiziladi (1,5 - 2 sm qalinlik qora qog‘oz, asfalt, bitum, polietilen va h.k.). Devor - b u binolarning aso s iy to‘sig‘i bo‘lib, u bino ustini ko‘tarib turadi. U molxo n alarni tashqi muhit ta’sirlaridan saqlaydi, bino ichida harorat va namlik rejimini hamda oynalar orqali tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlaydi. Devor etarli dara j ada mustahkam, yong‘inga chidamli, o‘rtacha o g‘ irlikda va arzon bo‘lishi kerak. Molxonalarning devorlari gigiena tomondan yaxshi is s iql i k saqlash xususiyatiga ega, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti past, termik qarshilik koeffitsienti yuqori, etarli issiqlikka chidaml i va o‘rtacha havo o‘tkazadigan bo‘lishi kerak. Devorlarda konden sat hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashqi harorat - 30°C dan past bo‘lmagan hudud larda devorlarni namlikdan saqlaydigan material bilan qoplash lozim (rezina , bitum , polietilen va h.k .). Devor uchun qurilish materiallari i q lim sharoitiga qarab tanlanadi. Shift - b inolarning chordog‘ini bino ichidan ajratadigan qismi bo‘lib, ma’lum darajada molxonalarni issiq tutadi, harorat ia namlik rejimini me’yor da saqlashga yordam beradi. Janubiy hudud larda esa molxon a lar ni isib ketishidan saqlaydi. Tug‘ruqxona - profilaktoriyalarda, buzoqxona va ona cho‘chqalar saqlash joylarida shiftning bo‘lishi shart. Molxonalarning shifti zoo gigieia va qurilish talablariga qarab quyidagicha bo‘ladi: shiftlarni issiql i k o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kam bo‘lishi (0,7 - 0,2 m 2 /c 0 /s kkal); quruq, suv o‘tkazmaydigan, havoni kam o‘tkazadigan, silliq, engil, mustahkam va yomon yonadigan materiallardan qilingani ma’qul. Shiftlarni muzlash va namlik shimishiga yo‘l qo‘ymaslik