OZIQA VA OZIQLANTIRISH GIGIENASI
OZIQA VA OZIQLANTIRISH GIGIENASI Reja: 1. To‘yimli oziqalarni gigiena tomondan ahamiyati 2. Oziqa ratsionida oqsil, mineral moddalar va vitaminlar etishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar 3. Sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar 4. Oziqalar sifatini sanitariya tomondan nazorat qilish
To‘yimli oziqalarning gigienik ahamiyati - Chorvachilikda hayvon va parrandalar bosh so nini ko‘payt i ri sh , ular n iig mahsuldorligpni osh i rishda mustaxkam ozi q a bazasin i yaratish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki har bir Chorvachilik xo‘jaligi chorva mollari uchun yuqori si fatdagi da g‘ al, kuchli, shirali , o m u xta e m , hayvonat olamidan olinadigan va sanoat chi q indilar i da n tayyorlanadigan oziqalari ni g‘amlashga harakat qiladi. Hayotning asosiy omili bo‘lmish moddalar almashinuvining to‘g‘ri davom etib turishi uchun chorva hayvonlariga to‘la qimmatli oziqalar berib turish kerak. Oziqlantirishni to‘g‘ri tashkil etish va oziqlantirish rejimiga amal qilish chorva mollari mahsuldorligini ko‘paytirish va ular sog‘ligini saqlashning garovidir. Hayvonlarning kunlik ratsioni organizmning energetik sarflarini qoplash uchun zarur miqdordagi asosiy oziqa moddalarga ega bo‘lishi lozim. Kunlik ratsionning kaloriyalari umumiy modda almashinuvi miqdoriga to‘g‘ri keladigan bo‘lishi lozim. Hayvonlarni to‘yimli oziqalar bilan oziqlantirish deganda, oziqa ratsioni hayvonlar organizmi talabini to‘liq ta’minlashi, oziqada har xil to‘yimli va biologik aktiv moddalar zarur miqdorda bo‘lishi tuShuniladi (oqsil, karbon suvlar, yog‘lar, makro va mikroelementlar va vitaminlar). Shu bilan birga mollarning maksimal darajada mahsulot berishi, ko‘payish xususiyatini oshirish va mustahkam sog‘ligi uchun sharoit yaratishga erishish lozim. To‘yimli oziqa hayvonlar organizmini har xil kasalliklardan saqlash, ya’ni tabiiy chidamlilikni oshirishning asosiy omilidir. Hayvonlarni sifatli to‘yimli oziqalar bilan ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Bu ayniqsa zararli va zaharli oziqalardan kelib chiqadigan kasalliklardan xalos bo‘lganda kerak. Ko‘pchilik tekshirishlar va Chorvachilik amaliyotining tasdiqlashicha, to‘yimli bo‘lmagan va sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirish ko‘pincha ichki
yuqumsiz kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlar organizminiig immunologik reaktivligini ya’ni xar xil yuqumli kasalliklarga nisbatan organizm chidamliligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Veterinariya statistikasi tahlili ko‘rsatadiki, Chorvachilikda asosiy iqtisodiy zararning qariyb 70% i ichki yuqumsiz kasalliklar ya’ni oziqlantirishning buzilishi, modda almashish to‘yimli bo‘lmagan oziqa berish, sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirishlar tufayli etkaziladi. Hayvonlar uchun asosiy energiyaning manbai oqsil, karbon suvlar va yog‘lar hisoblanadi. Oziq me’yorlarini tuzishda parrandalardan tashqari hosil bo‘lgan energiya suli oziqa birligi bilan baholanadi (1 oz. birligi 1416 kkal yoki 5,29 MDJ sof energiyaga teng bo‘ladi), parrandalarni oziqlantirishda almashish energiyasi kilojoul yoki kilokaloriya bilan tenglashtiriladi. Oziqa energiyasi etishmasa hayvonlarning sut, go‘sht, tuxum mahsuldorligi pasayadi, ular oriqlaydi, yosh mollar o‘sishi sekinlashadi yoki to‘xtaydi, nasldorlik pasayadi, urg‘ochi mollarni kuyikishi, bola berishi kamayadi. Shuningdek. mollarni jinsiy etilishi kschikadi, bo‘g‘oz sigirni tuqqandan keyin kuyga kelish sikli buziladi. Hayvonlarni to‘yib ovqat emasligi ularning har xil kasalliklarga chidamliligini pasaytiradi va mahsulotlar uchun oziqa sarfi ortadi. Ratsionda protein etishmasligi yoki ko‘p bo‘lishidai kelib chiqadigan asoratlar - organizm hujayra va to‘qimalarining asosiy qismi oqsil va proteinlardan iboratdir. Oziqalar proteini o‘sadigan hayvonlar tanasining o‘sishi, o‘lgan to‘qima oqsillarining tiklanishi va mahsulotni hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Hamma fermentlar, gormonlar va immunitet tanachalari oqsildan tashkil topgan. YUqumli kasalliklarga organizmning qarshiligi oqsillarni antitelalarga o‘zgarishi tufayli boradi.
Hayvonlarning o‘sishi, hayotini saqlash va mahsulotlarni hosil qilishda proteinning biologik xususiyati juda ahamiyatlidir. Oziqa proteinlarining biologik ahamiyati tarkibidagi aminokislotalar tarkibiga bog‘liqdir. Aminokislotalar almashadigan (alanin, glitsin, aspargin va glutamin kislotalari, oksiprolin, yarolin, porlayzin, serin, tirozin, sistin, sistein, sitrullin va boshqalar) va almashmaydigan (lizin, metionin, triptofan, leysin, izoleysin, treonin, fenilalanin, gistidin, valin, arginin) aminokislotalarga bo‘linadi. Almashadigan aminokislotalar organizmda sintez bo‘ladi, almashmaydigan aminokiislotalar esa sintez bo‘lmaydi. Oziqalar ratsionida ko‘pincha lizin, metionin, sistin va triptofan aminokislotalari etishmaydi. Kavshovchi hayvonlarda aminokislotalarga bo‘lgan talabni 60% ini bakteriya oqsillari qoplaydi ya’ni qorin oldi bo‘limlarida bakteriyalar sintez qiladi. Tarkibida almashmaydigan aminokislotalari bo‘lmagan oziqalarga to‘yimsiz oziqalar deyiladi. Hayvonlar ratsionida almashmaydigan aminokislotalar yo‘q bo‘lsa yoki etishmasa hayvonlarnipg ishtahasi pasayadi, azot balansi buziladi, asab, endokrin, qon va ferment tizimlarida morfofiziologik buzilishlar va boshqa o‘zgarishlar bo‘ladi. To‘yimli protein etishmasligidan qon tarkibida oqsil sintezi pasayadi, to‘qima va hujayralarni qayta tiklanishi va organizmni qo‘riqlash funksiyasi tormozlanadi. To‘yimli bo‘lmagan protein cho‘chqa va parrandalarda oshqozon-ichak va nafas olish a’zolarining yuqumli kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hayvonlarni ratsioniga ortiqcha miqdorda protein qo‘shilsa aminokislotalarning emirilish jarayonini kuchaytiradi, mochevina sintezini ko‘paytiradi va oksidlar parchalanishidan hosil bo‘lgan oxirgi mahsulotlarni chiqaradi. Bundan tashqari organizmni hayot faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. O‘sayotgan yosh mollar o‘sishdan qoladi, katta hayvonlarni mahsuldorligi va
kupayish xususiyati pasayadi, jigarda yog‘ yig‘ilishi bo‘ladi, nerv quzg‘atuvchanligi pasayib, ichki endokrin bezlarining ish faoliyati buziladi. Ratsionda protein me’yordan ko‘p yoki etishmasa hayvonlar autointoksikatsiya natijasida og‘ir kasalliklarga chalinadi. Kasallik davrida hayvonning vazni va suti kamayadi, hayvonning harakati buziladi, bo‘g‘inlarni og‘rishi, nerv va yurak-tomir a’zolarining o‘zgarishi, ovqat hazm kilish va jinsiy a’zolar funksiyasini buzilishi hamda boshqa patologik jarayonlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hayvonlarni ozika ratsionida protein va karbon suvlarni ko‘p yoki etishmasligi tufayli atsetonemiya kasalligi kelib chiqadi yoki alimentar toksemiya bo‘ladi. Sersut sigir va naslli buqalar, qo‘ylar ketonuriya, ona cho‘chqalar ketoz va boshqa kasalliklarga mubtalo bo‘ladi. Kavshovchi hayvonlarga oziqa ratsioni tuzishda etarli darajada engil hazm bo‘ladigan karbon suvli yoki shakar-proteinli oziqalar talab darajasida bo‘lishi zarur (80 - 140 g shakarga 100 g hazm bo‘ladigan protein). Naslli bu q alar rats i onida q i sh da 125 - 150 g va yo z da 70 - 110 g shakar 100 g proteinga to‘ g‘ ri kelishi kerak. Engil h azm bo‘ladigan k arbo n suvlar shakar lavlagi , sabzi, xashaki sholg‘om, jom, makkajo‘xorining ko‘k poyasi, dukkakli o‘simliklar pichani va bosh q alarda ko‘p bo‘ladi. Kavshovchi hayvonlar ratsionida protein etishmasa (25% gacha) o‘r n i ni qi sman karbamid bilan q oplash mumkin. Karbamid n i ratsionga qo‘ sh i bgina q olmay granula q ilingan ozi q a l arga , ko‘k ma s salarni silos qilganda, jom va tuzlangan sabzavotlarga ham qo‘ sh ish mumki n . Tajr i balar Shuni ko‘rsatadiki, hayvonlarni har x i l oz iqa lar bilan oz iq lantirilsa oqsil o‘r n i to‘ldir i lib boradi. CHo‘ch q a va parrandalar ratsio ni ga hayvonot olam i dan olinadigan oziqalar q o‘shib beriladi.