logo

PARRANDALARNI ASRASH VA OZIQLANTIRISH

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

41.5048828125 KB
Mavzu: PARRANDALARNI  ASRASH VA  OZIQLANTIRISH
Reja:
1. Parranda kasalliklari  fanining predmeti va moxiyati.
2.  Parranda kasalliklari  fanining mazmuni va asosiy vazifalari.
3.  Parranda kasalliklari  fanining boshka fanlar bilan bo g’ likligi Parrandalar   odatda   katakli   qafaslarda   va   10-20   sm   qalinlikdagi   to’shamali
(yog’och   qipiq)   yerda   me’yoriy   mikroiqlim   sharoitida   asralishi   talab   etiladi.
Buning   uchun   bino   ta’mirlanishi,   oqlanishi,   dezinfeksiya   o’tkazilib,   isitish,
shamollatish va yetarli yoritish imkoniyati bo’lishi lozim.
Jo’jalarni  asrashda  dastlabki  5 kunda - xona harorati +32... +36 ° S   bo’lishi, 10
kundan keyin esa,  + 26 , + 28°S va so’nggi har haftada +2°S dan  pasaytirilib,  +18 …
+20°S   da   saqlanishi   lozim.   Harorat   me’yoridan   pasayganda   jo’jalar   kam
harakat   bo’lib,  bosilib  nobud  bo’lishi  kuzatiladi.   Haroratni  nazorat  qilish uchun
termometrlar yerdan 20 sm balandlikda  osib qo’yiladi.
Tovuqlar   uchun   esa,   xonadagi   o’rtacha   harorat   +16°   +18°+20°S   atrofida
bo’lishi   zarur.   Haroratning   pasayishi   yoki   ko’tarilib   ketishi   tovuqlar
mahsuldorligining kamayishiga sabab bo’ladi.
Parrandaxonaning   nisbiy   namligi   60-70%   atrofida   bo’lib,   yoritish   rejimiga
ham   rioya   qilinishi   zarur.   Xonalar   jo’jalarning   dastlabki   2   kunlik   yoshida   -
24   soat,   so’ngra   16-12   soat   davomida   yoritiladi.   Tuxumdor   tovuqlarning
xonasi esa o’rtacha 14-16 soat yoritiladi.
Jo’ja   va   tovuqlarni   me’yoriy   rasionlar   asosida   muvofiqlashtirilgan   oziqalar
bilan   boqish   muhim   o’rin   tutadi.   Chunki,   parranda   organizmi   oziqa
moddalarining yetishmovchiligiga juda sezgir  bo’lib,  ular organizmida biror oziqa
yoki   vitaminning   yetishmovchiligida   mo’ljaldagi   mahsuldorlikka   erishib
bo’lmaydi.
Shuning   uchun   parrandalarni   to’la   qiymatli   omixta   yemlar   bilan   oziqlantirish
maqsadga   muvofiqdir.   Oziqa   tarkibi   -   makkajo’xori   doni,   bug’doy   (yorma
holatda),   soya   shroti,   kepak,   baliq   uni,   go’sht- suyak   uni,   beda   uni,   o’simlik
yog’i,   osh   tuzi,   mineral   qo’shimchalar   va   boshqalardan   iborat   bo’lib,
mutaxassis   maslahati   bilan   parrandaning   mahsuldorligiga   moslab
muvofiqlashtirilgan   rasion   tuzilishi zarur. Bir kunda jo’jalar 6-3 marta , tovuqlar
3-2   marta   oziqlantiriladi,   Jo’jalarga   bir   kunda   5- 10   g,   tovuqlarga   -   110-140
grammgacha omixta oziqa beriladi. Oziqalardagi   to’yimli   va   biologik   faol   moddalar   parrandalar   organizmiga
energiya   manbai   va   qurilish   materiallari   sifatida   hamda   moddalar   almashinuvi
jarayonlarining  me’yorida  kechishi  uchun  zarur   bo’lib,  parrandalarning  yuqumsiz
kasalliklari   ko’pincha   oziqlantirish   va   saqlash   qoidalarining   buzilishi   oqibatida
kelib chiqadi. 
Parrandalar   organizmi   ehtiyojlarini   to’liq   qondirish   uchun   oziqalar   tarkibida
quyidagi oziqaviy va biologik faol moddalar bo’lishi zarur:
1. Organik moddalar.
1.1. Tarkibida azot saqlovchi moddalar;
1.1.1. Oqsillar, aminokislotalar;
1.2. Tarkibida azot saqlamaydigan moddalar;
1.2.1. Yog’lar (gliseridlar, yog’ kislotalari, mum, sterinlar va boshqalar);
1.2.2. Xom kletchatka (lignin, sellyuloza, pentozalar);
1.2.3.   Azotsiz   ekstraktiv   moddalar   (organik   kislotalar,   qand,   kraxmal   va
boshqalar);
1.2.4. Biologik faol moddalar (vitaminlar, garmonlar, fermentlar va boshqalar);
Rasion tarkibidagi oqsillar murakkab tuzilishga ega bo’lgan organik moddalar
bo’lib,   o’sish,   rivojlanish,   ko’payish,   himoyalanish   va   mahsulot   berishda   asosiy
ahamiyatga   ega.   Shu   sababli   parrandalar   rasionida   oqsillarning   yetarli   darajada
bo’lishi   zaruriy   omillardan   biri   hisoblanadi.   Aminokislotalar   oqsillarning   asosiy
strukturaviy  elementlarini  tashkil   etadi.  Shuning  uchun   ham,  rasionlar   tarkibidagi
oqsillarning to’la qiymatliligi ularning aminokislotalar tarkibiga ko’ra baholanadi.
Bugungi   kunda   100   dan   ortiq   aminokislotalar   aniqlangan   bo’lib,   ulardan   20   tasi
oqsillar sintezida qatnashadi. Aminokislotalardan lizin, metionin, triptofan, arginin,
gistidin,   leysin,   izoleysin,   fenilalanin,   trionin,   valin   va   glisin   tovuqlar   organizmi
uchun juda zarur hisoblanadi. 
Aminokislotalarning   yetishmasligi   tovuqlarda   ishtahaning   pasayishi,
jo’jalarning   o’sish   va   rivojlanishdan   qolishi,   tuxumdor   tovuqlarda   esa   tuxum
berishning   kamayishiga   sabab   bo’ladi.   Shuning   uchun   ham,   tovuqlarni oziqlantirishda   metionin,   lizin,   triptofan,   arginin   kabi   aminokislotalarning   yetarli
darajada bo’lishi asosiy ahamiyatga ega.
Tuxum   beradigan   tovuqlar   uchun   omixta   yemlarda   aminokislotalardan
metionin 0,30%, lizin - 0,70, triptofan - 0,16 hamda arginin 0,85% bo’lishi kerak.
Tovuqlar   organizmining   energiyaga   bo’lgan   ehtiyoji   asosan   uglevodlar   va
yog’lar   hisobidan   ta’minlanadi.   Tovuqlar   rasionining   65-80   foyizi   donli
oziqalardan iborat bo’lib, tarkibini kraxmal va kletchatka tashkil etadi. 
Kraxmal   -   donlarni   un   qismining   asosini   tashkil   etib,   ularning   70-84   foizi
kraxmaldan iborat bo’ladi.
Kletchatka   -   asosan   donlarning   po’stloq   qismini   tashkil   etib,   Kletchatka
oziqalarga   kerakli   hajm   beradi   va   ichaklar   faoliyati   hamda   shira   ajralishini
yaxshilaydi.   Lekin,   kletchatkaning   hazm   bo’lishi   qiyin   bo’lganligi   uchun   uning
oziqalar tarkibidagi miqdori me’yoridan ko’p bo’lmasligi kerak. 
Yog’lar   -   parrandalarni   oziqlantirishda   yog’larning   ahamiyati   katta,   chunki
yog’larning   energetik   qimmati   o’ta   yuqoridir.   Oziqaviy   yog’larning   1
kilogrammida   8500-8700   kkal   almashinuv   energiyasi   bo’lib,   uglevodlar
energiyasidan 2-3 marta ko’pdir. O’simlik  yog’lari  hayvonot  olami  yog’lari  bilan
1:1   nisbatda   aralashtirilgan   holda   rasionga   jo’jalar   uchun   2-3%,   katta   yoshdagi
tovuqlar   uchun   3-5%   gacha   qo’shiladi.   Yog’larning   rasionda   me’yordan   ko’p
bo’lishi tovuqlarning semirib ketishi va yog’ bosishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Parrandalarni   oziqlantirishda   rasionning   mineral   qismi   (makro-   va
mikroelementlar)   asosiy   ahamiyatga   ega.   Ularning   mineral   moddalarga   bo’lgan
ehtiyojlarini   oziqalar   tarkibidagi   makroelementlar   (kalsiy,   fosfor,   natriy)   va
mikroelementlar   (marganes,   rux,   mis,   temir,   kobalt)   to’liq   qondira   olmaydi.
Shuning uchun ham ular tovuqlarga qo’shimcha ravishda berilishi zarur.
Kalsiy   -   suyak   to’qimasining   asosiy   qismini   tashkil   etadi.   Organizm
tarkibidagi   99%   kalsiy   suyaklarda   to’plangan   bo’lsa,   faqatgina   1%   kalsiy   boshqa
to’qimalarda   uchraydi.   Oziqalardagi   kalsiyning   yetishmaydigan   qismi   tovuqlarga
bo’r, chig’anoq, suyak uni, tuxum po’chog’i kabilarni qo’shimcha ravishda berish
bilan qoplanadi.  Rasionda   kalsiy   yetishmasligi   yosh   jo’jalarning   o’sishdan   qolishi,   ona
tovuqlarda   tuxum   berishning   kamayishi,   tuxum   po’chog’ining   yupqalanishiga
sabab bo’ladi.
Rasion   tarkibida   kalsiy   elementining   ortiqcha   bo’lishi   ham   salbiy   oqibatlarga
olib   keladi.   Ya’ni   yog’larning   hazmlanishi   yomonlashadi,   fosfor   va
mikroelementlarning (marganes, temir, yod) almashinuvi buziladi.
Fosfor   -   parrandalar   organizmida   moddalar   va   energiya   almashinuvi
javrayonlarining me’yorida kechishida  asosiy ahamiyatga ega. Organizmda uning
80   foyizi   suyaklarda,   20   foyizi   esa   to’qimalar   va   biologik   suyuqliklar   tarkibida
bo’ladi.   Fosforning   yetishmasligi   kalsiy   yetishmovchiligiga   nisbatan   kam
uchraydigan holatdir. Chunki fosfor donlar, kunjara, kepak va hayvonot olamidan
olingan oziqalar tarkibida yetarlicha darajada bo’ladi.
Rasion   tarkibida   fosforning   ortiqcha   darajada   bo’lishi,   kalsiyning   so’rilishiga
to’sqinlik qiladi va uning yetishmovchiligini kuchaytiradi.
Natriy   -   donli   oziqalar   tarkibida   juda   kam   miqdorda   bo’lib,   parrandalarning
natriyga   bo’lgan   ehtiyojlari   hayvonot   olamidan   olinadigan   oziqalar   (go’sht-suyak
uni, baliq uni) va osh tuzi hisobiga qondiriladi. Rasionda natriyning yetishmasligi
oqibatida parrandalarning ishtahasi  pasayadi,  yosh  jo’jalar  o’sishdan  qoladi,  katta
yoshdagi tovuqlarning o’limi ko’payadi, bir-birini cho’qiydi (kannibalizm), tuxum
berishi kamayadi. 
Natriyning   ortiqcha   bo’lishi   esa   tovuqlarning   zaharlanishiga   sabab   bo’ladi.
Shuning   uchun   ham   osh   tuzi   rasionga   0,2-0,4%   gacha   qo’shilishi   mumkin.
Tovuqlarda   osh   tuzidan   zaharlanish   qonli   ich   ketishi,   chanqoqning   kuchayishi,
tuxumning po’choqsiz bo’lishi kabi belgilar bilan kechadi. 
Mikroelementlar   -   (marganes,   rux,   mis,   temir,   kobalt,   yod)   parrandalar
organizmida   moddalar   va   energiya   almashinuvida   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,
rasionga   ularning   tuzlari   qo’shiladi.   Mikroelementlarning   yetishmasligi   oqibatida
yosh   jo’jalar   yomon   o’sadi,   suyaklar   qiyshayib   qoladi,   oqsash   kuzatiladi.   Ona
tovuqlarda par va patlar sinuvchan, dag’al bo’lib qoladi, tushib ketadi, tuxumning
sifati va miqdori kamayadi. Parrandalarni   to’la   qimmatli   oziqlantirish   ularni   biologik   faol   moddalar
(aminokislotalar,   vitaminlar   va   fermentlar)   bilan   ta’minlanishiga   ko’p   jihatdan
bog’liq.
Biologik   faol   moddalar   parrandalar   organizmining   tashqi   muhit   ta’sirotlariga
chidamliligini   oshiradi,   oziqalardan   rasional   foydalanish   va   mahsuldorlikni
oshirish imkonini beradi.
Vitaminlar ning yetishmovchiligi moddalar almashinuvida chuqur o’zgarishlar
kuzatilishi,   o’sishdan   qolish,   mahsuldorlikning   pasayishi   hamda   parrandalar
orasida   ko’plab   o’limga   sabab   bo’ladi.   Parrandalarning   kasalliklarga   nisbatan
chidamliligi pasayadi.
Parrandalarning   yoshi   va   fiziologik   holatiga   qarab,   ularning   vitaminlarga
bo’lgan ehtiyoji turlicha bo’ladi. Masalan, tuxum beradigan tovuqlar uchun 1 tonna
oziqada  A  vitamini 10 mln XB, D
3  - 2 mln XB, Ye - 10 g, V
1  - 2 g, V
2  - 5 g, V
3  - 20
g, V
4  (xolin-xlorid) -500 g, V
12  - 0,025 g,  C  - 50 g bo’lishi me’yorlashtirilgan.
Tovuqlarni   oziqlantirish   ularni   saqlash   sharoitiga   qarab   turlicha   bo’ladi,
ayniqsa kataklarda saqlanganda oziqa rasionlarining to’yimli moddalar, minerallar
va vitaminlar bo’yicha to’la qimmatli bo’lishini ta’minlash lozim.
Tovuqlar   uchun   rasionlar   tarkibi   donli   oziqalar   yormasi,   soya   shroti,   paxta
shroti, masxar shroti, o’t uni (vitamin uni), oziqabop yog’lar (o’simlik moylari va
hayvonlar yog’i), oziqabop achitqilar, mineral moddalar (bo’r, saprofel, suyak uni,
go’sht - suyak uni, qon uni, baliq uni) va vitaminlardan iborat bo’ladi.
Makkajuxori doni  - parrandalar uchun to’yimli oziqa hisoblanib, tarkibida 4 -
6%   yog’lar,   8   -   10%   protein,   aminokislotalar,   sariq   makkajuxori   donida   10   -   20
mkg/kg   karotin   bo’ladi.   Shuning   uchun   rasionning   30   -   40   foizini   makkajuxori
doni tashkil etishi lozim.
Bug’doy   doni   - kaloriyasi  bo’yicha makka donidan yuqori  va ko’p miqdorda
(12 - 13,7%) protein saqlaydi. Parrandalarning yoshi va fiziologik holatini hisobga
olgan holda omixta yemlarga 15 - 25% gacha qo’shilishi mumkin.
Arpa   doni   -   donlar   ichida   tarkibida   ko’p   miqdorda   aminokislotalar   saqlashi
bilan   ajralib   turadi.   Lekin,   po’stlog’ining   borligi   uning   energetik   qimmatini pasaytiradi.   Arpani   po’stlog’idan   tozalab   ishlatish   uning   hazmlanishini
yaxshilaydi.   Arpadan   rasionga   maydalangan   holda   10   -   30%   gacha   aralashtirish
mumkin. Yuqorida keltirilgan donlardan tashqari suli, javdar donlari ham tovuqlar
rasioniga 6 - 15% gacha qo’shilishi mumkin. 
Sanoat     chiqindilari   -   (kunjara   va   shrotlar)   donlardan   yog’   olish   jarayonida
hosil bo’ladigan mahsulotlar bo’lib, tovuqlar uchun to’yimli oziqalar hisoblanadi. 
Shrotlar -   yog’-moy ekstraksiyalash zavodlarida donlardagi moylarni benzin,
dixloretan kabi erituvchilar yordamida olishdan hosil bo’ladigan chiqindilar bo’lib,
tarkibida 7% gacha yog’lar, 37 - 40% gacha protein bo’ladi.
Kungaboqar   kunjarasi   va   shrotidan  yosh   parrandalar   rasioniga   5  -   7%,   katta
yoshdagi tovuqlar rasioniga 15 - 17% gacha qo’shilishi mumkin.
Soya   shrotidan   12   -   20%   gacha   qo’shilib,   boshqa   kunjara   va   shrotlarga
nisbatan   to’yimligining   yuqoriligi   va   tarkibida   lizin,   arginin   aminokislotalarining
ko’pligi bilan ajralib turadi.
Paxta   shroti   tarkibida   43%   protein   saqlaydi,   lekin   sistin,   metionin
aminokislotalarining   kamligi   bilan   tavsiflanadi.   Paxta   shroti   tarkibida   gossipol
zaharli   moddasi   bo’lib,   uning   miqdori   0,02%   dan   oshmasligi   kerak.   Paxta
shrotidan   parrandalar   rasioniga   4%   gacha   qo’shish   mumkin,   uning   tarkibidagi
gossipol qizdirish yo’li bilan zararsizlantiriladi.
Hayvonot olamidan olinadigan oziqalar:  go’sht - suyak uni, yog’sizlantirilib
quritilgan   sut,   baliq   uni,   baliq   qiymasi   (farsh)   parrandalar   uchun   protein,
aminokislotalar   va   mineral   moddalarga   boy   bo’lgan   to’la   qimmatli   oziqalar
hisoblanadi. 
Baliq  uni   tarkibida  52  -  59  foizgacha  protein  va  shuningdek,   lizin,  metionin,
A,   V
2 ,   V
3 ,   V
12   vitaminlari,   xolin,   kalsiy,   fosfor,   yod   kabi   moddalar   bo’lib,   uzoq
muddat   saqlanganda   oksidlanishi   natijasida   buzilishi   va   oziqaviy   qimmati
pasayishi   mumkin.   Baliq   unidan   parrandalar   rasioniga   3   -   7%   gacha   qo’shish
tavsiya etiladi. 
Go’sht   -   suyak   uni   –   hayvonlarning   go’shti,   ichki   a’zolari   va   o’lgan   mollar
gavdasini   qayta   ishlash   yo’li   bilan   olinib,   tarkibida   30   -   50%   protein,   11   -   18% yog’lar, 25 - 40% mineral moddalar bo’ladi. Rasionga 3 - 7% hisobida qo’shilishi
mumkin. 
Go’sht   uni   -   go’sht   va   ichki   a’zolarning   iste’molga   yaroqsiz   qismidan
tayyorlanib,   tarkibida   64   -   74%   gacha   protein   bo’ladi   va   rasionga   3   -   7%   gacha
qo’shiladi. 
Parlardan tayyorlangan un   - par va patlarni maxsus qozonlarda gidrolizlash
yo’li bilan olinib, tarkibida oltingugurt saqlovchi aminokislotalar ko’p bo’ladi. 
Go’sht   -   par   uni   -   o’lgan   tovuqlarni   butunlay   maydalash   yo’li   bilan
tayyorlanib, 63% gacha protein saqlaydi. Rasionga 3 - 7% gacha qo’shiladi. 
Yog’i  olingan quritilgan sut   - tarkibida 2 -  3%  oqsil,  0,5 -1,5%  yog’lar, 7 -
8% kul moddasi bo’ladi. Rasionga 2 - 3% gacha qo’shiladi. 
Hayvonot olamidan olingan yog’lar   - juda energiyaga boy oziqa hisoblanib,
ochiq   havo   ta’sirida   tez   buzilishidan   hosil   bo’lgan   perikislar   vitaminlarning
parchalanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun hayvonot olamidan olingan yog’lar
ishlatilganda   vitaminlarni   buzilishdan   saqlovchi   moddalar,  ya’ni   antioksidantlarni
(santoxin,   diludin)   qo’llash   ehtiyoji   tug’iladi.   Yog’lar   rasionga   2   -   3%   hisobida
qo’shilishi mumkin.
Shirali   va   vitaminli   oziqalar   sifatida   ko’k   o’tlar,   ko’k   beda,   sabzi,   kartoshka,
qand   lavlagi,   qovoq,   karam   kabilar   tovuqlar   rasioniga   qo’shimcha   ravishda
berilishi mumkin. 
Vitaminli   o’t   uni   -   tovuqlar   rasioniga   qo’shilishi   shart   bo’lgan
komponentlardan   biri   hisoblanadi.   Chunki,   o’t   unlari   tarkibidagi   karotindan
parrandalarning   ichaklarida   retinol   sintezlanadi.   O’t   unlaridan   yosh   jo’jalarning
rasioniga   3   -   5%,   katta   yoshdagi   tovuqlar   uchun   5   -   10%   hisobida   qo’shilishi
shartdir.
1-16 haftalik jo’jalar rasioni
№ Oziqa turi Jo’jalar yoshi
1 
haftagacha, 
% 2 hafta, 
% 3-8
hafta, 
% 9-16
hafta,  % 1 makkajo’xori doni 30 29 25 27
2 Bug’doy 30 25 20 14
3 soya kunjarasi 30 23 13,5 4
4 quruq sut 10 4
5 baliq uni 6 4 2,8
6 «izvestnyak» 1,6 2 2
7 suyak uni 1 1,5 1,5
8 Kepak 8,9 32 46,7
9 maydalangan tosh 0,5 0,5 0,5
10 premikslar 1 tonnaga
(kg) 2 2 2
11 o’simlik yog’i 1 1,5 1,5
TUXUM BERADIGAN TOVUQLAR RASIONI  ( 1 BOSHGA 110-130 G.) 
Oziqa turi  10 kg omuxta
yemga, kg 100 kg omuxta
yemga, kg 1000 kg
omuxta yem,
kg
Makkajo’xori doni 3,1 31 310
Kepak 1,0 10,7 107
Bug’doy 2,0 20,0 200
Soya kunjara 1,7 17 170
Baliq uni 0,3 3 30
Go’sht-suyak uni 0,30 3,3 33
Beda uni 0,3 3 30
Yog’ 0,4 4 40
Primeks  0,03 0,25 2,5 Kalsiy fosfat 0,10 1,5 15
Chig’anoq 0,45 6 60
Tuz  0,02 0,2-0,5 2,0
Jami 10,0 100,0 1000,0 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Salimov X.S., Qambarov A. “Epizootologiya” darslik Toshkent-2016y.
2. Norboyev Q.N. boshq. “Ichki yuqumsiz kasalliklar”, darslik. 2007 y.
3. Bakulin V.A. “Bolezni ptis”, darslik, Sankt-Peterburg. VNIVIP 2006g.
4. Bessarobov i dr. “Bolezni ptis”, uchebnoye posobiye dlya VUZ ov. Moskva,
izdatelstvo “Lan” 2007 g.
Xorijiy adabiyotlar
1. David   E.   Swayne,   John   R.   Glisson,   Larry   R.   McDougald,   Lisa   K.   Nolan,
David   L.   Suarez,   Venugopal   L.   Nair,   «Diseases   of   Poultry»,   Wiley-
Blackwell; 13 edition, USA, 2013.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Ermatov Yu.A., Davlatov.R.B va boshq. “Parrandachilik fermer, dehqon va
yordamchi   xo’jaliklarida   tuxum   va   parrandalar   go’shti   ishlab   chiqarishni
takomillashtirish”, qo’llanma Samarqand-2016 y.
2. Davlatov   R.B.,   Eshbo’riyev   B.M.   “Parrandalarni   asrash,   oziqlantirish   va
ularning   kasalliklarini   oldini   olish   hamda   davolash   bo’yicha”   tavsiyalar,
Toshkent 2016 y.
3. Salimov   X.   va   boshq.   “Tovuq   eymeriozi   va   enterobakteriozlarini   oldini
olish, davolash hamda ularga qarshi kurashishning kompleks chora-tadbirlari
bo’yicha” tavsiyalar, “Optima print” nashriyoti. Toshkent-2014 y.
Internet  sayt lari :
1. www. Ziyo.net.uz.

Mavzu: PARRANDALARNI ASRASH VA OZIQLANTIRISH Reja: 1. Parranda kasalliklari fanining predmeti va moxiyati. 2. Parranda kasalliklari fanining mazmuni va asosiy vazifalari. 3. Parranda kasalliklari fanining boshka fanlar bilan bo g’ likligi

Parrandalar odatda katakli qafaslarda va 10-20 sm qalinlikdagi to’shamali (yog’och qipiq) yerda me’yoriy mikroiqlim sharoitida asralishi talab etiladi. Buning uchun bino ta’mirlanishi, oqlanishi, dezinfeksiya o’tkazilib, isitish, shamollatish va yetarli yoritish imkoniyati bo’lishi lozim. Jo’jalarni asrashda dastlabki 5 kunda - xona harorati +32... +36 ° S bo’lishi, 10 kundan keyin esa, + 26 , + 28°S va so’nggi har haftada +2°S dan pasaytirilib, +18 … +20°S da saqlanishi lozim. Harorat me’yoridan pasayganda jo’jalar kam harakat bo’lib, bosilib nobud bo’lishi kuzatiladi. Haroratni nazorat qilish uchun termometrlar yerdan 20 sm balandlikda osib qo’yiladi. Tovuqlar uchun esa, xonadagi o’rtacha harorat +16° +18°+20°S atrofida bo’lishi zarur. Haroratning pasayishi yoki ko’tarilib ketishi tovuqlar mahsuldorligining kamayishiga sabab bo’ladi. Parrandaxonaning nisbiy namligi 60-70% atrofida bo’lib, yoritish rejimiga ham rioya qilinishi zarur. Xonalar jo’jalarning dastlabki 2 kunlik yoshida - 24 soat, so’ngra 16-12 soat davomida yoritiladi. Tuxumdor tovuqlarning xonasi esa o’rtacha 14-16 soat yoritiladi. Jo’ja va tovuqlarni me’yoriy rasionlar asosida muvofiqlashtirilgan oziqalar bilan boqish muhim o’rin tutadi. Chunki, parranda organizmi oziqa moddalarining yetishmovchiligiga juda sezgir bo’lib, ular organizmida biror oziqa yoki vitaminning yetishmovchiligida mo’ljaldagi mahsuldorlikka erishib bo’lmaydi. Shuning uchun parrandalarni to’la qiymatli omixta yemlar bilan oziqlantirish maqsadga muvofiqdir. Oziqa tarkibi - makkajo’xori doni, bug’doy (yorma holatda), soya shroti, kepak, baliq uni, go’sht- suyak uni, beda uni, o’simlik yog’i, osh tuzi, mineral qo’shimchalar va boshqalardan iborat bo’lib, mutaxassis maslahati bilan parrandaning mahsuldorligiga moslab muvofiqlashtirilgan rasion tuzilishi zarur. Bir kunda jo’jalar 6-3 marta , tovuqlar 3-2 marta oziqlantiriladi, Jo’jalarga bir kunda 5- 10 g, tovuqlarga - 110-140 grammgacha omixta oziqa beriladi.

Oziqalardagi to’yimli va biologik faol moddalar parrandalar organizmiga energiya manbai va qurilish materiallari sifatida hamda moddalar almashinuvi jarayonlarining me’yorida kechishi uchun zarur bo’lib, parrandalarning yuqumsiz kasalliklari ko’pincha oziqlantirish va saqlash qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Parrandalar organizmi ehtiyojlarini to’liq qondirish uchun oziqalar tarkibida quyidagi oziqaviy va biologik faol moddalar bo’lishi zarur: 1. Organik moddalar. 1.1. Tarkibida azot saqlovchi moddalar; 1.1.1. Oqsillar, aminokislotalar; 1.2. Tarkibida azot saqlamaydigan moddalar; 1.2.1. Yog’lar (gliseridlar, yog’ kislotalari, mum, sterinlar va boshqalar); 1.2.2. Xom kletchatka (lignin, sellyuloza, pentozalar); 1.2.3. Azotsiz ekstraktiv moddalar (organik kislotalar, qand, kraxmal va boshqalar); 1.2.4. Biologik faol moddalar (vitaminlar, garmonlar, fermentlar va boshqalar); Rasion tarkibidagi oqsillar murakkab tuzilishga ega bo’lgan organik moddalar bo’lib, o’sish, rivojlanish, ko’payish, himoyalanish va mahsulot berishda asosiy ahamiyatga ega. Shu sababli parrandalar rasionida oqsillarning yetarli darajada bo’lishi zaruriy omillardan biri hisoblanadi. Aminokislotalar oqsillarning asosiy strukturaviy elementlarini tashkil etadi. Shuning uchun ham, rasionlar tarkibidagi oqsillarning to’la qiymatliligi ularning aminokislotalar tarkibiga ko’ra baholanadi. Bugungi kunda 100 dan ortiq aminokislotalar aniqlangan bo’lib, ulardan 20 tasi oqsillar sintezida qatnashadi. Aminokislotalardan lizin, metionin, triptofan, arginin, gistidin, leysin, izoleysin, fenilalanin, trionin, valin va glisin tovuqlar organizmi uchun juda zarur hisoblanadi. Aminokislotalarning yetishmasligi tovuqlarda ishtahaning pasayishi, jo’jalarning o’sish va rivojlanishdan qolishi, tuxumdor tovuqlarda esa tuxum berishning kamayishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham, tovuqlarni

oziqlantirishda metionin, lizin, triptofan, arginin kabi aminokislotalarning yetarli darajada bo’lishi asosiy ahamiyatga ega. Tuxum beradigan tovuqlar uchun omixta yemlarda aminokislotalardan metionin 0,30%, lizin - 0,70, triptofan - 0,16 hamda arginin 0,85% bo’lishi kerak. Tovuqlar organizmining energiyaga bo’lgan ehtiyoji asosan uglevodlar va yog’lar hisobidan ta’minlanadi. Tovuqlar rasionining 65-80 foyizi donli oziqalardan iborat bo’lib, tarkibini kraxmal va kletchatka tashkil etadi. Kraxmal - donlarni un qismining asosini tashkil etib, ularning 70-84 foizi kraxmaldan iborat bo’ladi. Kletchatka - asosan donlarning po’stloq qismini tashkil etib, Kletchatka oziqalarga kerakli hajm beradi va ichaklar faoliyati hamda shira ajralishini yaxshilaydi. Lekin, kletchatkaning hazm bo’lishi qiyin bo’lganligi uchun uning oziqalar tarkibidagi miqdori me’yoridan ko’p bo’lmasligi kerak. Yog’lar - parrandalarni oziqlantirishda yog’larning ahamiyati katta, chunki yog’larning energetik qimmati o’ta yuqoridir. Oziqaviy yog’larning 1 kilogrammida 8500-8700 kkal almashinuv energiyasi bo’lib, uglevodlar energiyasidan 2-3 marta ko’pdir. O’simlik yog’lari hayvonot olami yog’lari bilan 1:1 nisbatda aralashtirilgan holda rasionga jo’jalar uchun 2-3%, katta yoshdagi tovuqlar uchun 3-5% gacha qo’shiladi. Yog’larning rasionda me’yordan ko’p bo’lishi tovuqlarning semirib ketishi va yog’ bosishiga sabab bo’lishi mumkin. Parrandalarni oziqlantirishda rasionning mineral qismi (makro- va mikroelementlar) asosiy ahamiyatga ega. Ularning mineral moddalarga bo’lgan ehtiyojlarini oziqalar tarkibidagi makroelementlar (kalsiy, fosfor, natriy) va mikroelementlar (marganes, rux, mis, temir, kobalt) to’liq qondira olmaydi. Shuning uchun ham ular tovuqlarga qo’shimcha ravishda berilishi zarur. Kalsiy - suyak to’qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Organizm tarkibidagi 99% kalsiy suyaklarda to’plangan bo’lsa, faqatgina 1% kalsiy boshqa to’qimalarda uchraydi. Oziqalardagi kalsiyning yetishmaydigan qismi tovuqlarga bo’r, chig’anoq, suyak uni, tuxum po’chog’i kabilarni qo’shimcha ravishda berish bilan qoplanadi.

Rasionda kalsiy yetishmasligi yosh jo’jalarning o’sishdan qolishi, ona tovuqlarda tuxum berishning kamayishi, tuxum po’chog’ining yupqalanishiga sabab bo’ladi. Rasion tarkibida kalsiy elementining ortiqcha bo’lishi ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya’ni yog’larning hazmlanishi yomonlashadi, fosfor va mikroelementlarning (marganes, temir, yod) almashinuvi buziladi. Fosfor - parrandalar organizmida moddalar va energiya almashinuvi javrayonlarining me’yorida kechishida asosiy ahamiyatga ega. Organizmda uning 80 foyizi suyaklarda, 20 foyizi esa to’qimalar va biologik suyuqliklar tarkibida bo’ladi. Fosforning yetishmasligi kalsiy yetishmovchiligiga nisbatan kam uchraydigan holatdir. Chunki fosfor donlar, kunjara, kepak va hayvonot olamidan olingan oziqalar tarkibida yetarlicha darajada bo’ladi. Rasion tarkibida fosforning ortiqcha darajada bo’lishi, kalsiyning so’rilishiga to’sqinlik qiladi va uning yetishmovchiligini kuchaytiradi. Natriy - donli oziqalar tarkibida juda kam miqdorda bo’lib, parrandalarning natriyga bo’lgan ehtiyojlari hayvonot olamidan olinadigan oziqalar (go’sht-suyak uni, baliq uni) va osh tuzi hisobiga qondiriladi. Rasionda natriyning yetishmasligi oqibatida parrandalarning ishtahasi pasayadi, yosh jo’jalar o’sishdan qoladi, katta yoshdagi tovuqlarning o’limi ko’payadi, bir-birini cho’qiydi (kannibalizm), tuxum berishi kamayadi. Natriyning ortiqcha bo’lishi esa tovuqlarning zaharlanishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham osh tuzi rasionga 0,2-0,4% gacha qo’shilishi mumkin. Tovuqlarda osh tuzidan zaharlanish qonli ich ketishi, chanqoqning kuchayishi, tuxumning po’choqsiz bo’lishi kabi belgilar bilan kechadi. Mikroelementlar - (marganes, rux, mis, temir, kobalt, yod) parrandalar organizmida moddalar va energiya almashinuvida katta ahamiyatga ega bo’lib, rasionga ularning tuzlari qo’shiladi. Mikroelementlarning yetishmasligi oqibatida yosh jo’jalar yomon o’sadi, suyaklar qiyshayib qoladi, oqsash kuzatiladi. Ona tovuqlarda par va patlar sinuvchan, dag’al bo’lib qoladi, tushib ketadi, tuxumning sifati va miqdori kamayadi.