logo

Hokimiyat ochiqligi va daxldorlik hissini ta’minlashda siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

32.8623046875 KB
. Hokimiyat ochiqligi va daxldorlik hissini ta’minlashda siyosiy-huquqiy
madaniyatning o‘rni
Reja
1. O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   odamlarning   ongi   va
dunyoqarashini ng  yuksalishi   bilan bog‘liq ligi.
2.I nsonda   befarqlikni   jilovlab,   daxldorlik   hissi ni   shakllantirishda
ma’naviyat ning o‘rni.
3.Demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishda   siyosiy   huquqiy
madaniyatning o‘rni.   1. O‘zbekiston   tanlagan   demokratik   taraqqiyot   yo‘li   odamlarning   ongi   va
dunyoqarashini ng  yuksalishi   bilan bog‘liq ligi.
O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li evolyusion tarzda amalga
oshirilmoqda,   chunki   demokratiyani   joriy   qilish   odamlarning   ongi   va
dunyoqarashini ng   yuksalishi   bilan   bog‘liq.   Odamlarning   dunyoqarashini
yuksaltirish esa ma’lum bir vaqtni   taqozo etadigan evolyusion jarayon   hisoblanadi.
Bugungi   kunga   qadar   amalga   oshirilgan   siyosiy   islohotlar   mamlakat i mizda
demokratiyaning shaklini   ta’min lab berdi, endigi vazifa ana shu shaklga  munosib
mazmunni yaratishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, demokratiyaning siyosiy
va   huquqiy   asoslari   yaratildi,   endi   ana   shu   asoslarga   tayanib   demokratiya
sharoitida   yashay   oladigan   siyosiy-huquqiy   madaniyati   yuksak   avlodni
shakllantirish   lozim.   Odamlar   demokratiya   sharoitida   yashashlari   uchun   faqat
siyosiy-huquqiy   madaniyatning   o‘zi   yetarli   emas,   buning   uchun   ma’naviy
yuksaklik   ham   lozimdir.   Chunki   ma’naviyat   insonda   befarqlikni   jilovlab,
daxldorlik hissi bilan yashashni anglatadigan fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi.
Fuqarolik   pozitsiyasi   demokratiyaning   shakllanishini   va,   xuddi   shunday,
demokratiya fuqarolik pozitsiyasi shakllanishining   muhim sharti hisoblanadi.
Bugungi kunga qadar mamlakatimizda demokratiyani joriy qilishga xizmat
qiladigan   ko‘plab   qonunlar   qabul   qilingan.   Bunday   qonunlar   ichida   “Davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligi   to‘g‘risida”gi   qonun
alohida ahamiyatga ega. Chunki demokratiya namoyon bo‘lishi uchun, eng avvalo,
jamiyat   davlat   faoliyatidan   xabardor   bo‘lishi   lozim.   Jamiyat   demokratiyaga
qanchalik   tayyor   ekanligini   aniqlash   zaruriyati   mazkur   qonun   yuzasidan   huquqiy
eksperement   o‘tkazishni   keltirib   chiqardi.   Agar   jamiyat   demokratiyaga   tayyor
bo‘lmasa,   ochiqlik   to‘g‘risidagi   qonun   demokratiyaning   oxlokratiyaga   aylanib
ketishini   keltirib   chiqarishi   mumkin.   Shuning   uchun   davlat   hokimiyati   faoliyati
ochiqligini ta’minlashda shoshma-shosharlikka   va ushbu jarayonni sun’iy ravishda
tezlashtirishga   yo‘l   qo‘yib   bo‘lmaydi.   Umuman,   mazkur   qonun   fuqarolarga
axborot   olish   huquqini   beryapti   va   ular   axborot   olish   zaruriyati   bo‘lganda   ushbu huquqdan   foydalanishlari   mumkin.   Huquqiy   eksperimentni,   kerakmi   kerak
emasmi,   albatta ,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyati   to‘g‘risida
axborot   olish   kerak   deb   tushunish   to‘g‘ri   emas.   Qochon   jamiyatda   biror - bir
muammo paydo bo‘lsa, o‘sha muammoni hal qilish uchun kerak bo‘lgan axborotni
olishga   qaratilgan   harakat   boshlanishi   va   bunday   har a katni,   eng   avvalo,   siyosiy
partiyalar   amalga   oshirishlari   lozim.   Chunki   bugungi   kunda   mamlakat i mizda
shakllanayotgan   nazorat   vositalari   ichida   siyosiy   partiyalar   asosiy   o‘rinni
egallamoqda.   Bundan   tashqari,   jamiyat   hokimiyat   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
muammolarni   hal   qilishda   siyosiy   partiyalar   orqali   harakat   qilishi   lozim,   chunki
siyosiy   partiyalar   hokimiyat   uchun   kurash   olib   boradigan   yagona   fuqarolik
jamiyati instituti   hisoblanadi. Shuning uchun hokimiyatning ochiqligi to‘g‘risidagi
huquqiy   eksperiment   siyosiy   partiyalarga   hokimiyat   uchun   kurash   olib   borishga
juda katta imkoniyat yaratdi deb aytish mumkin. 
Siyosiy   partiyalar   o‘z   dasturiy   maqsad   va   vazifalariga   erishishlari   uchun
hokimiyat   ochiqligi   to‘g‘risidagi   huquqiy   imkoniyatdan   samarali   foydalanishlari
lozim.   Hozircha   siyosiy   partiyalar   bunday   imkoniyatdan   yetarli   darajada
foydalanyaptilar deb ayta olmaymiz.   Chunki siyosiy partiyalarning siyosiy faolligi
ma’lum   bir   vaqtni   taqozo   etadigan   evolyusion   jarayon   hisoblanadi.   Bundan
tashqari, siyosiy partiyalar hokimiyat faoliyatining qaysi sohalari bo‘yicha axborot
olishlari kerakligi to‘g‘risida ye tarlicha va   aniq tushunchaga ega emaslar. Bizning
nazarimizda,   ular   ijtimoiy   hayotning   qaysi   sohasida   huquq   va   axloq   normalari
bo‘zilish   holatlari   ro‘y   bersa,   o‘sha   sohalardan   axborot   olishlari   lozim.   Masalan,
“Adolat” SDP qonun ustuvorligi va adolatni qaror toptirish maqsadida sud -  huquq
tizimining   faoliyatidan   xabardor   bo‘lishga   intilishi   lozim.   Tadbirkorlar   va
ishbilarmonlar   harakati   O‘zLiDeP   tadbirkorlarning   huquqlari   paymol   qilinishi
holatlari   to‘g‘risida   axborot   olishga   harkat   qilishlari   maqsadga   muvofiqdir.
O‘zbekiston   XDP si   aholining   ijtimoiy   himoyasini   amalga   oshirish   borasidagi
muammolar   to‘g‘risda   axborot   olishga   intilishi   lozim.   O‘zbekiston   MTDP si   o‘z
e’tiborini   milliy   qadriyatlarimizning   poymol   qilinishi   va   ommaviy   madaniyat
niqobi ostida ma’naviyatimzga zid bo‘lgan   axloqsizliklarning kirib kelish holatlari to‘g‘risida   axborot   olishga   qaratishlari   lozim.   Bundan   tashqari,   demokratik
taraqqiyotda milliy mentalitetimizning asosi bo‘lgan jamoaviylik tuyg‘usi negizida
shakllangan   sharqona   demokratik   tamoyillarning   inobatga   olinayotganligi
to‘g‘risida   axborot   olishga   harakat   qilishlari   lozim.   Chunki   O‘zbekiston
umumjahon e’tirof etgan G‘arb demokratiyasini tan olgan holda o‘ziga xos yo‘ldan
borib ,  demokratiyani ijodiy joriy qilmoqda.
Huquqiy eksperementni samarali amalga oshirish va, umuman, ochiqlik va
oshkoralikni   ta’minlash   uchun   axborot   olish   mexanizmining   to‘liq
shakllanmaganligi   to‘siq   bo‘l di .   Bunda   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlarini   matbuot   xizmati   faoliyati   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmaganligi   sabab   bo‘l di .
Chunki   axborot   olish   uchun   axborot   berishga   xizmat   qiladigan   mexanizm
elementlari   ishlab   turishi   lozim,   agar   axborot   olish   mexanizmining   bir   elementi
ishlamasa,   bu   mexanizm   faoliyatiga   salbiy   ta’sir   etadi.   Shuning   uchun   matbuot
xizmati   faoliyatini   kuchaytirish   choralarini   ko‘rish   hamda   siyosiy   partiyalarni
ommaviy   axborot   vositalari   bilan   hamkorlikni   takomillashtirish   muhim   vazifa
bo‘lishi   lozim.   Chunki   hokimiyat   faoliyati   ochiqligini   ta’minlash,   eng   avvalo,
ommaviy   axborot   vositalarining   vazifasi   hisoblanadi.   Ommaviy   axborot
vositalarisiz   nafaqat   hokimiyat   ochiqligini   ta’minlab   bo‘lmaydi,   balki   umuman
demokratiyaning o‘zi ham   namoyon bo‘lmaydi. 
Huquqiy eksperement samarali o‘tishi va ochiqlik, oshkoralik ta’minlanishi
uchun  siyosiy   partiya,   ommaviy  axborot  vositalari  va  davlat   hokimiyati  organlari
birgalikda   harakat   qilishlari   lozim.   Buning   uchun   ularni   birlashtirib   turadigan
umumiy   maqsad   bo‘lishi   lozim   va   bunday   maqsad   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish
vazifasi   hisoblanishi   lozim.   Chunki   ijtimoiy   tartib   o‘rnatilmagan   joyda   davlat
xodimi ham, jamiyat a’zosi ham erkin bo‘la olmaydi. Erkin bo‘lmagan odam esa,
baxtli ham bo‘la olmaydi, chunki inson baxtliligining muhim sharti bu-qo‘rquvsiz,
erkin   yashash   hissining   mavjudligidir.   Inson   baxtliligining   muhim   sharti   bo‘lgan
ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat tizimiga bog‘liq, nazorat tizimini ng  samarali
ishlashi esa jamiyatning xabardorligiga   bog‘liq.  Ag ar jamiyat xabardor bo‘lmasa ,  u
nazorat   tizimida   ishtirok   eta   olmaydi   va   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   ham   gumon bo‘lib   qoladi.   Chunki,   ijtimoiy   tartibni ng   o‘rnatilishi   faqat   yuqoridan   amalga
oshiriladigan   davlat   nazoratigagina   bog‘liq   emas,   buning   uchun   quyidan   amalga
oshiriladigan jamiyat nazorati ham lozim. Jamiyat o‘z nazoratini amalga oshirishi
uchun   kuchli   bo‘lishi   kerak,   kuchli   bo‘lishi   uchun   esa   u   xabardor   bo‘lishi   kerak.
Davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyati   to‘g‘risdagi   qonun   jamiyatni
kuchli   qilishga   xizmat   qiladi.   Bizda   kuchli   davlat   va   nisbatan   kuchsiz   jamiyat
bo‘lganligi   uchun hokimiyat ochiqligini ta’minlash qiyinchilik bilan kech di . 
2.I nsonda   befarqlikni   jilovlab,   daxldorlik   hissi ni   shakllantirishda
ma’naviyat ning o‘rni.
Bu   jarayonni   yumshatish   uchun   ma’naviy   yuksalishga   ko‘proq   e’tibor
qaratish muhim ahamiyatga ega.   Davlat bilan jamiyat o‘rtasida o‘zaro tiyib turish
tizimi shakllanishi uchun   ular teng bo‘lishlari   va ularda ma’naviyat yuksak bo‘lishi
lozim, chunki ma’naviyat insonga o‘zini tiyib turish imkoniyatini beradi. Hozircha
bizda   kuchli   davlat   va   nisbatan   kuchsiz   jamiyat   bor   ekan,   bunday   holatni
yumshatish   uchun   davlat   va   jamiyatda   ma’naviyatni   yuksaltirishni   yanada
kuchaytirish   lozim.   Bugungi   kunga   qadar   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   bilim   bilan
bog‘lab   kelindi,   endi   ijtimoiy   tartibni   o‘rnatish   faqat   bilimga   bog‘liq   bo‘lmay,
yuksak ma’naviyatni ham talab etmoqda. Ma’naviyat insonda befarqlikni jilovlab,
daxldorlik   hissi   va   nazorat   mexanizmining   ishlab   turishini   ta’minlaydigan   ichki
nazoratni   shakllantiradi,   chunki   ma’naviyat   insonga   o‘z   ustidan   bo‘lgan
hokimiyatni  kuchli  qiladi. Ichki  nazorati  kuchli  bo‘lgan odam  o‘zini  tartibga sola
oladi   va   o‘zgalarni   ham   tartibga   chaqirishga   qodir   bo‘ladi.   Bunda   davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risidagi qonun fuqaroga
o‘z   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirish   uchun   kerak   bo‘lgan   axborotni   olishga
yordam beradigan huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda   “Kuchli   davlatdan   –   kuchli   fukarolik   jamiyati   sari ”
tamoyili   asosida   fukarolik   jamiyati   shakllanib   va   rivojlanib   bormoqda.   Fu q arolik
jamiyatining   iqtisodiy,   siyosiy,   ma’naviy   va   huquqiy   asoslari   yaratilib
borayotganligiga   karamasdan   ushbu   jarayonda   ayrim   muammolar   ham   uchrab turibdi.   Bu   muammolar   fuqarolik   pozitsiyasining   shakllanishi   bilan   bog‘lik.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining eng muhim sharti –  bu fuqarolik pozitsiyasidir.
Fuqarolik   pozitsiyasisiz   fuqarolik   jamiyati   to‘g‘risida   gapirishga   hojat   yo‘q.
Fuqarolik  pozitsiyasi  deganda   bir  fuqaroning  ikkinchi  fuqaroga  befarq  emasligini
tushunish lozim. Demak, fuqarolik jamiyatining shakllanishiga befarqlik kayfiyati
to‘siq bo‘ladi. Befarqlik kayfiyati kuchli bo‘lgan joyda fuqarolik jamiyati o‘zining
funksiyalarini   va,   eng   avvalo,   nazorat   funksiyasini   amalga   oshirishi   muammo
bo‘lib   qoladi.   Shuning   uchun   befarqlikning   sababini   topib,   uni   bartarf   kilish,
daxldorlik hissini shakllantirish ustuvor vazifalardan bo‘lishi lozim.
Insonda   ijtimoiy   ong   shakllangandan   buyon   u   baxtli   hayot   kechiradigan
farovon jamiyatni orzu qilib kelyapti. Bunday jamiyat qurishning eng muhim sharti
–   bu   adolatli   ijtimoiy   tartibning   o‘rnatilishidir.   Bunday   tartibni   o‘rnatish   uchun
insoniyat   huquq va axloq me’yorlariga tayanadi. Jamiyatda tartib o‘rnatilishi uchun
huquq   va   axloq   me’yorlariga   rioya   qilish   ta’minlangan   bo‘lishi   lozim.   Buning
uchun   ularga   rioya   qilish   nazorat   ostiga   olinishi   kerak.   Faqat   davlat   nazorati
tartibni   o‘rnatish   uchun   yetarli   emasligini   tarix   ko‘rsatib   turibdi.   Tartib   bo‘lishi
uchun   davlat   va   jamiyat   ijtimoiy   sherikligiga   asoslangan   nazorat   tizimi
shakllangan   bo‘lishi   lozim.   Nazorat   tizimining   manbai   har   bir   odamdagi   ichki
nazoratdir.   Bunday   ichki   nazoratning   shakllanishiga   odamlardagi   befarqlik
kayfiyati to‘siq bo‘lmoqda. 
Befarqlik   illati   insoniyat   jamiyatidagi   tartibsizlik   yoki   adolatsizlikning
sababi   hisoblanadi.   Shuning   uchun   tartibsizlikni   keltirib   chiqaradigan   befarqlikni
bartaraf   etib,   daxldorlik   hissini   shakllantirish   eng   muhim   vazifalardan   biri
hisoblanadi .   Buning   uchun,   eng   avvalo,   befarqlikning   sababini   topish   va   uni
bartaraf qilish choralarini ko‘rish lozim. Sabab bartaraf  qilinmasa, oqibat bartaraf
qilinmaydi.   Eng   avvalo,   shuni   aytish   kerakki,   ushbu   savol   barcha   vaqtlarda
donishmandlarni   o‘ylantirib   kelgan   va   unga   har   xil   javoblar   berilgan.
Befarqlikning quyidagi sabablarini ko‘rsatish mumkin: nodonlik, egoizm, kolonial
davr, afsonaviy qahramonlar to‘g‘risidagi ertaklar va irratsional protest. Nima   uchun   nodonlik   befarklikning   sababi   hisoblanadi?   Buning   uchun
oldin nodonlik o‘zi nima ekanligini bilish kerak. Nodon deganda tarbiyasi past   va
o‘z harakatining oqibatini o‘ylamaydigan, ma’naviyati qashshoq odam tushuniladi.
Inson   oliy   ma’lumotli   va   h atto   professor   b o‘ lishi   mumkin,   lekin   nodon   b o‘ lib
q olishi   mumkin.   Nodonlikni   tushunish   uchun   hadislarga   murojaat   qilsak   bunga
misollar ko‘p. Hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning sahih   hadislaridan birida
shunday   deyiladi:   “Agar   bir   musulmon   ikkinchi   bir   musulmonga   tuhmat   kilsa,
uchinchi   bir   musulmon   shuni   ko‘rsayu   indamasa,   befark   bo‘lsa,   ana   shu   tuhmat
gunohi   uning   yelkasiga   tushadi” 1
.   Bu   bilan   befarqlik   gunohi   azim   bilan
tenglashtiriladi, chunki tuhmat qilish, yolg‘on gapirish gunohi azim  h isoblanadi.
Befarqlikning   sababi   nodonlik   bo‘lsa   va   nodonlik   bilmaslikni   anglatsa,
o‘sha befarq bo‘lgan musulmon nimani bilmaganligini anglab olishi lozim. U shu
narsani   bilmayaptiki,   ertaga   shu   tuhmat   uning   o‘zi   bilan,   yaqinlari   bilan   va,
umuman,   boshqalar   bilan   takrorlanishi   mumkinligini   bilmayapti.   Nodonlik
tarbiyaning pastligi oqibatida kelib chiqqan ekan, uni bartaraf kilish uchun axloqiy
tarbiya   negizida   ma’naviyat   yuksalishi   lozim.   Ma’naviyat   yuksalishi   uchun,   eng
muhimi,   h ar  bir  inson o‘ziga “Men  kimni ng   izmida yuribman, Shayton izmidami
yoki   Raxmon   izmida”   degan   savolni   bera   olishiga   erishish   lozim.   Chunki   befarq
odam Shayton izmida yurgan bo‘ladi.
3.   Demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishda   siyosiy
huquqiy madaniyatning o‘rni.
E goizm   befarqlikni ng   sababi   ekanligini   nimada   ko‘rish   mumkin?   Buning
uchun   egoizm   nima   ekanligini   bilish   kerak.   Egoizm   o‘z   manfaatini   o‘zgalar
manfaatidan   ustun   qo‘yish   va   o‘zgalar   manfaatiga   bepisandlik   bilan   qarashni
anglatadi. Befarqlikning sababi egoizm  ekanligini shunda ko‘rsa bo‘ladiki, befarq
bo‘lmay   haqni   haq,   nohaqni   nohaq   deb   aytish   razolatning,   yovuz   kuchlarning
q arshiligiga   uchrashni   va   uning   natijasida   tinchligi   buzilishini   anglatadi.   Shuning
1
  Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил ал- Бухорий. Ҳадис. Т.4. –Тошкент, 1992 йил. 72-бет. uchun   egoizmi   kuchli   odam   o‘z   tinchligi   buz i lishidan   qo‘rqib ,   befarq   bo‘ladi.
Inson o‘z egoistik manfaatlarini jilovlashi  uchun va o‘z tinchligining buz i lishidan
qo‘rqmasdligi   uchun   unda   iroda   kuchli   bo‘lishi   kerak.   Iroda   esa   ma’naviyat
negizida shakllanib, kuchayib boradi. Shuning uchun befarqlikning sababi bo‘lgan
egoizmni   bartaraf   qilish   axloqiy   tarbiya   negizida   ma’naviyat   yuksalib   borishini
taqozo etadi.
Kolonial   davr   befarqlikning   sababi   ekanligini   nimada   ko‘rsa   bo‘ladi?
Mustaqil   bo‘lmagan ,   ya’ni   mustamlakachilik   davrida   jamiyatda   mavjud   bo‘lgan
muammolar   metropoliya   tomonidan   hal   qilinadi,   degan   tushuncha   shakllanadi.
Masalan,  qariyb bir  yarim  asrlik mustamlakachilik  yillarida   podshoh va sho‘rolar
zamonasida   muammolarni   Moskva   hal   qiladi   degan   tushuncha   shakllangan   edi.
Chunki o‘sha zamonlarda biz o‘z taqdirimizga o‘zimiz egalik qilish huquqiga ega
emas   edik.   Endi   biz   mustaqil   bo‘ldik   va   o‘z   taqdirimiz   o‘zimizga   bog‘liq
ekanligini   anglab   olish   qiyin   kechmoqda.   O‘ zbekiston   Respublikasi   Birinchi
Prezidenti   Islom   Karimov   buni   mustaqillikka   erishishdan   oldinroq   anglab
“O‘zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida”   kitobida   shunday   yozadi:   “Biz
bundan   buyon   eskicha   yasholmaymiz   va   bunday   yashashga   zamonning   o‘zi   yo‘l
qo‘ymaydi”,   “faqat   o‘z   kuchimiz,   o‘z   salohiyatimizga   tayanib   ish   ko‘rishimiz
kerak”,   “o‘zimiz   harakat   qilmasak,   chetdan   kelib   bizga   birov   yordam   bermaydi”.
Bu   da’vatkor   so‘zlar ,   odamda   befarqlikni   yo‘qotib   daxldorlik   hissining
shakllanishiga xizmat qiladi.
Afsonaviy qahramonlar to‘g‘risidagi ertaklarning befarqlikka nima aloqasi
bor?   Ma’lumki ,   barcha   xalqlarda   afsonaviy   qahramonlar   to‘g‘risida   ertaklar   bor
bo‘lib,   odamlar   ana   shu   ertaklarni   eshitib   ulg‘ayishgan.   Masalan,   yunonlarda
Gerakl,   kadimgi   Rimda   Gerkules,   forslarda   Rustami   Doston,   turkiy   xalqlarda
Alpomish va boshqa afsonaviy qaxramonlar to‘g‘risida ertaklar, dostonlar mavjud.
Demak, barcha xalqlarda odamlar ana shunday ertaklarni tinglab  v oyaga yetadi. Bu
ertaklardagi   g‘oyalar   ular   ongida   saqlanib   qolib   va   nasldan   naslga   genetik   tarzda
o‘tib kelmoqda. Ertaklarda esa shunday g‘oya bor. Ma’lum hududda yashayotgan
odamlarning   hayoti   yomon   va   buning   sababi   tog‘da   bir   ajdaho   bor   va   biz   unga qurbonlik   qilib   turishga   majburmiz,   shuning   uchun   hayotimiz   yomon   va   barcha
kulfatlarning   sababi   shunda,   ana   shu   ajdaho   o‘ldirilmasa,   h ayotimiz   yaxshi
bo‘lmaydi,   deyiladi   va   ana   shunda   bir   afsonaviy   qahramon   paydo   bo‘ladi,   sehrli
uchar   otga   minib,   sehirli   qilichini   yalang‘ochlab ,   toqqa   borib   ajdahoni   o‘ldirib
keladi   va   shundan   keyin   hayot   yaxshi   bo‘ladi.   Bu   g‘oya   odamlar d a   shunday   bir
yolg‘on, soxta fikrni shakllantiradi, ya’ni agar biror-bir muammo paydo bo‘lsa,   uni
kimdir kelib hal qilib berishi kerak, degan   tushunchani keltirib chi q aradi. Bu esa,
o‘z   navbatida,   befarqlikni   keltirib   chiqaradi.   Hozirgi   kunda   hayotimizni   yomon
qilayotgan   narsa   yoki   ajdaho   bu   poraxo‘rlik,   korrupsiya   va   bu   “ajdahoni”   kimdir
kelib   o‘ldirmaydi.   Buni   biz   o‘zimiz   hal   qilishimiz   kerak,   o‘sha   afsonaviy
qahramon biznining har birimizning qalbimizda bo‘lishi kerak.
  Irratsional   protest   befarqlikning   sababi   ekanligini   qanday   anglab   olish
mumkin?   Protest   befarqlikni   emas,   balki   daxldorlik   hissini   anglatadi,   chunki   u
e’tiroz bildirish bilan bog‘liq, befarq odam esa e’tiroz bildirmaydi. U “Sen   menga
tegma,   men   senga   tegmayman”   qabilida   yashaydi.   Lekin   bu   yerda   gap   ochiq
protest   qilish   to‘g‘risida   bormayapti,   balki   o‘zi   anglamagan   holda   e’tiroz
bildiryap t i   va bu e’tiroz befarqlikda ifodalanyapti. Boshqacha qilib aytganda,   nima
bo‘lsa   bo‘laversin,   yonib   ketmaydimi,   menga   farqi   yo‘q,   menga   bari - bir   qabilida
munosobatda bo‘lish   bilan o‘z noroziligini, e’tirozini anglamagan holda ifodalash
tushuniladi. Aniqroq   qilib aytganda, befarqlik irratsional protest shaklida namoyon
b o‘ ladi. Adolatli ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan   joyda odamlar o‘z e’tirozlarini ochiq
namoyon qila olmaydilar, chunki qo‘rqadilar   va natijada o‘z e’tirozlarini befarqlik
orqali irratsional tarzda ifodalaydilar.
Fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   va   rivojlantirishga   to‘siq   bo‘lgan
befarqlik   kayfiyatini   bartaraf   qilib,   daxldorlik   hissini   shakllantirish   uchun   ta’lim-
tarbiya va targ‘ibot jarayonida asosiy e’tibor fuqarolik pozitsiyasini  shakllantirish
masalalariga  qaratilishi  lozim.  Buning   uchun  odamlarga  fuqarolik  pozitsiyasining
shakllanishiga   asosiy   to‘siq   befarqlik   ekanligini   tshuntirish   va   uni   bartaraf   qilish
uchun   befarqlikning   sababini   ochib,   uni   bartaraf   qilish   yo‘llarini   ko‘rsatib   berish
lozim.   Befarqlik   insoniyat   jamiyatidagi   shunday   viruski,   uning   antivirusi topilmasa,   ertami-kechmi   bu   virus   insoniyat   jamiyatining   faoliyat   olib   borishi   va
mavjud   bo‘lishini   gumon   ostiga   qo‘yishi   mumkin.   Ushbu   muammoni   hal   qilish
uchun   nafaqat   ta’lim-tarbiya   tizimida,   balki   ma’naviy-ma’rifiy   targ‘ibotlarda
befarqlik   kayfiyatini   jilovlab,   daxldorlik   hissini   shakllantirishga   e’tibor   qaratish
lozim.   Daxldorlik   hissini   shakllantirish   uchun   ommaviy   axborot   vositalarida   va,
eng avvalo, uning eng ta’sirli vositasi  bo‘lgan televidenieda befarqlikning qanday
dahshatli  virus ekanligini  o‘rganuvchi  ko‘rsatuv  joriy qilish lozim. Buning uchun
ko‘rsatuv jarayonida befarqlikning sabablari va motivi ochib berilishi lozim. 
Xulosa   qilib   shuni   aytish   kerakki,   jamiyatda   ochiqlik   va   oshkoralikni
ta’minlashda   hamda   befarqlikni   jilovlab,   daxldorlik   hissini   shakllantirishda
siyosiy-huquqiy   madaniyat   muhim   ahamiyatga   ega.   Siyosiy-huquqiy   madaniyati
yuksak   jamiyat   ochiqlik   va   oshkoralikni   ta’minlashga   qodir     bo‘ladi.   Xuddi
shunday,   siyosiy-huquqiy   madaniyati   yuksak   jamiyatda   befarqlik   kayfiyati
jilovlanib, daxldorlik hissi  shakllangan bo‘ladi. Umuman, yana shuni  e’tirof etish
kerakki,   siyosiy-huquqiy   madaniyat   nafaqat   ochiqlik   va   oshkoralik   hamda
daxldorlik   hissini,   balki   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirishning
muhim sharti hisoblanadi. Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

. Hokimiyat ochiqligi va daxldorlik hissini ta’minlashda siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘rni Reja 1. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li odamlarning ongi va dunyoqarashini ng yuksalishi bilan bog‘liq ligi. 2.I nsonda befarqlikni jilovlab, daxldorlik hissi ni shakllantirishda ma’naviyat ning o‘rni. 3.Demokratiya va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda siyosiy huquqiy madaniyatning o‘rni.

1. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li odamlarning ongi va dunyoqarashini ng yuksalishi bilan bog‘liq ligi. O‘zbekiston tanlagan demokratik taraqqiyot yo‘li evolyusion tarzda amalga oshirilmoqda, chunki demokratiyani joriy qilish odamlarning ongi va dunyoqarashini ng yuksalishi bilan bog‘liq. Odamlarning dunyoqarashini yuksaltirish esa ma’lum bir vaqtni taqozo etadigan evolyusion jarayon hisoblanadi. Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan siyosiy islohotlar mamlakat i mizda demokratiyaning shaklini ta’min lab berdi, endigi vazifa ana shu shaklga munosib mazmunni yaratishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, demokratiyaning siyosiy va huquqiy asoslari yaratildi, endi ana shu asoslarga tayanib demokratiya sharoitida yashay oladigan siyosiy-huquqiy madaniyati yuksak avlodni shakllantirish lozim. Odamlar demokratiya sharoitida yashashlari uchun faqat siyosiy-huquqiy madaniyatning o‘zi yetarli emas, buning uchun ma’naviy yuksaklik ham lozimdir. Chunki ma’naviyat insonda befarqlikni jilovlab, daxldorlik hissi bilan yashashni anglatadigan fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Fuqarolik pozitsiyasi demokratiyaning shakllanishini va, xuddi shunday, demokratiya fuqarolik pozitsiyasi shakllanishining muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunga qadar mamlakatimizda demokratiyani joriy qilishga xizmat qiladigan ko‘plab qonunlar qabul qilingan. Bunday qonunlar ichida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun alohida ahamiyatga ega. Chunki demokratiya namoyon bo‘lishi uchun, eng avvalo, jamiyat davlat faoliyatidan xabardor bo‘lishi lozim. Jamiyat demokratiyaga qanchalik tayyor ekanligini aniqlash zaruriyati mazkur qonun yuzasidan huquqiy eksperement o‘tkazishni keltirib chiqardi. Agar jamiyat demokratiyaga tayyor bo‘lmasa, ochiqlik to‘g‘risidagi qonun demokratiyaning oxlokratiyaga aylanib ketishini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun davlat hokimiyati faoliyati ochiqligini ta’minlashda shoshma-shosharlikka va ushbu jarayonni sun’iy ravishda tezlashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Umuman, mazkur qonun fuqarolarga axborot olish huquqini beryapti va ular axborot olish zaruriyati bo‘lganda ushbu

huquqdan foydalanishlari mumkin. Huquqiy eksperimentni, kerakmi kerak emasmi, albatta , davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olish kerak deb tushunish to‘g‘ri emas. Qochon jamiyatda biror - bir muammo paydo bo‘lsa, o‘sha muammoni hal qilish uchun kerak bo‘lgan axborotni olishga qaratilgan harakat boshlanishi va bunday har a katni, eng avvalo, siyosiy partiyalar amalga oshirishlari lozim. Chunki bugungi kunda mamlakat i mizda shakllanayotgan nazorat vositalari ichida siyosiy partiyalar asosiy o‘rinni egallamoqda. Bundan tashqari, jamiyat hokimiyat bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishda siyosiy partiyalar orqali harakat qilishi lozim, chunki siyosiy partiyalar hokimiyat uchun kurash olib boradigan yagona fuqarolik jamiyati instituti hisoblanadi. Shuning uchun hokimiyatning ochiqligi to‘g‘risidagi huquqiy eksperiment siyosiy partiyalarga hokimiyat uchun kurash olib borishga juda katta imkoniyat yaratdi deb aytish mumkin. Siyosiy partiyalar o‘z dasturiy maqsad va vazifalariga erishishlari uchun hokimiyat ochiqligi to‘g‘risidagi huquqiy imkoniyatdan samarali foydalanishlari lozim. Hozircha siyosiy partiyalar bunday imkoniyatdan yetarli darajada foydalanyaptilar deb ayta olmaymiz. Chunki siyosiy partiyalarning siyosiy faolligi ma’lum bir vaqtni taqozo etadigan evolyusion jarayon hisoblanadi. Bundan tashqari, siyosiy partiyalar hokimiyat faoliyatining qaysi sohalari bo‘yicha axborot olishlari kerakligi to‘g‘risida ye tarlicha va aniq tushunchaga ega emaslar. Bizning nazarimizda, ular ijtimoiy hayotning qaysi sohasida huquq va axloq normalari bo‘zilish holatlari ro‘y bersa, o‘sha sohalardan axborot olishlari lozim. Masalan, “Adolat” SDP qonun ustuvorligi va adolatni qaror toptirish maqsadida sud - huquq tizimining faoliyatidan xabardor bo‘lishga intilishi lozim. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zLiDeP tadbirkorlarning huquqlari paymol qilinishi holatlari to‘g‘risida axborot olishga harkat qilishlari maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston XDP si aholining ijtimoiy himoyasini amalga oshirish borasidagi muammolar to‘g‘risda axborot olishga intilishi lozim. O‘zbekiston MTDP si o‘z e’tiborini milliy qadriyatlarimizning poymol qilinishi va ommaviy madaniyat niqobi ostida ma’naviyatimzga zid bo‘lgan axloqsizliklarning kirib kelish holatlari

to‘g‘risida axborot olishga qaratishlari lozim. Bundan tashqari, demokratik taraqqiyotda milliy mentalitetimizning asosi bo‘lgan jamoaviylik tuyg‘usi negizida shakllangan sharqona demokratik tamoyillarning inobatga olinayotganligi to‘g‘risida axborot olishga harakat qilishlari lozim. Chunki O‘zbekiston umumjahon e’tirof etgan G‘arb demokratiyasini tan olgan holda o‘ziga xos yo‘ldan borib , demokratiyani ijodiy joriy qilmoqda. Huquqiy eksperementni samarali amalga oshirish va, umuman, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun axborot olish mexanizmining to‘liq shakllanmaganligi to‘siq bo‘l di . Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini matbuot xizmati faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi sabab bo‘l di . Chunki axborot olish uchun axborot berishga xizmat qiladigan mexanizm elementlari ishlab turishi lozim, agar axborot olish mexanizmining bir elementi ishlamasa, bu mexanizm faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun matbuot xizmati faoliyatini kuchaytirish choralarini ko‘rish hamda siyosiy partiyalarni ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni takomillashtirish muhim vazifa bo‘lishi lozim. Chunki hokimiyat faoliyati ochiqligini ta’minlash, eng avvalo, ommaviy axborot vositalarining vazifasi hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalarisiz nafaqat hokimiyat ochiqligini ta’minlab bo‘lmaydi, balki umuman demokratiyaning o‘zi ham namoyon bo‘lmaydi. Huquqiy eksperement samarali o‘tishi va ochiqlik, oshkoralik ta’minlanishi uchun siyosiy partiya, ommaviy axborot vositalari va davlat hokimiyati organlari birgalikda harakat qilishlari lozim. Buning uchun ularni birlashtirib turadigan umumiy maqsad bo‘lishi lozim va bunday maqsad ijtimoiy tartibni o‘rnatish vazifasi hisoblanishi lozim. Chunki ijtimoiy tartib o‘rnatilmagan joyda davlat xodimi ham, jamiyat a’zosi ham erkin bo‘la olmaydi. Erkin bo‘lmagan odam esa, baxtli ham bo‘la olmaydi, chunki inson baxtliligining muhim sharti bu-qo‘rquvsiz, erkin yashash hissining mavjudligidir. Inson baxtliligining muhim sharti bo‘lgan ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi nazorat tizimiga bog‘liq, nazorat tizimini ng samarali ishlashi esa jamiyatning xabardorligiga bog‘liq. Ag ar jamiyat xabardor bo‘lmasa , u nazorat tizimida ishtirok eta olmaydi va ijtimoiy tartibni o‘rnatish ham gumon

bo‘lib qoladi. Chunki, ijtimoiy tartibni ng o‘rnatilishi faqat yuqoridan amalga oshiriladigan davlat nazoratigagina bog‘liq emas, buning uchun quyidan amalga oshiriladigan jamiyat nazorati ham lozim. Jamiyat o‘z nazoratini amalga oshirishi uchun kuchli bo‘lishi kerak, kuchli bo‘lishi uchun esa u xabardor bo‘lishi kerak. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risdagi qonun jamiyatni kuchli qilishga xizmat qiladi. Bizda kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat bo‘lganligi uchun hokimiyat ochiqligini ta’minlash qiyinchilik bilan kech di . 2.I nsonda befarqlikni jilovlab, daxldorlik hissi ni shakllantirishda ma’naviyat ning o‘rni. Bu jarayonni yumshatish uchun ma’naviy yuksalishga ko‘proq e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Davlat bilan jamiyat o‘rtasida o‘zaro tiyib turish tizimi shakllanishi uchun ular teng bo‘lishlari va ularda ma’naviyat yuksak bo‘lishi lozim, chunki ma’naviyat insonga o‘zini tiyib turish imkoniyatini beradi. Hozircha bizda kuchli davlat va nisbatan kuchsiz jamiyat bor ekan, bunday holatni yumshatish uchun davlat va jamiyatda ma’naviyatni yuksaltirishni yanada kuchaytirish lozim. Bugungi kunga qadar ijtimoiy tartibni o‘rnatish bilim bilan bog‘lab kelindi, endi ijtimoiy tartibni o‘rnatish faqat bilimga bog‘liq bo‘lmay, yuksak ma’naviyatni ham talab etmoqda. Ma’naviyat insonda befarqlikni jilovlab, daxldorlik hissi va nazorat mexanizmining ishlab turishini ta’minlaydigan ichki nazoratni shakllantiradi, chunki ma’naviyat insonga o‘z ustidan bo‘lgan hokimiyatni kuchli qiladi. Ichki nazorati kuchli bo‘lgan odam o‘zini tartibga sola oladi va o‘zgalarni ham tartibga chaqirishga qodir bo‘ladi. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi to‘g‘risidagi qonun fuqaroga o‘z nazorat funksiyasini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan axborotni olishga yordam beradigan huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda “Kuchli davlatdan – kuchli fukarolik jamiyati sari ” tamoyili asosida fukarolik jamiyati shakllanib va rivojlanib bormoqda. Fu q arolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va huquqiy asoslari yaratilib borayotganligiga karamasdan ushbu jarayonda ayrim muammolar ham uchrab