qonning shakliy elementlari qonning ivishi


QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI QONNING IVISHI REJA: 1. Qon tarkibiy qismlari 2. Qonning shaklli elementlari 3. Qonning ivishi
Qon aylanish sistemasi sirasiga yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi. Yurakning avtomatik qisqarib va kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to‘qima hamda hujayralariga tarqalib, so‘ngra mayda, o‘rta va yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi. Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar, kislorod, gormonlarga boy bo‘lgan arterial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan yirik, o‘rta, mayda arteriya tomirlari orqali to‘qima va hujayralar orasida joylashgan kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga o‘tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga o‘tib, so‘ngra o‘rta, yirik vena tomirlari orqali yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi. Shunday qilib, qon aylanish sistemasi tananing hamma to‘qima- hujayralariga oziq moddalar va kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo‘lgan qoldiq moddalarni qabul qilib, ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurak-qon tomir sistemasi «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi. Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak qisqa vaqt to‘xtab qolsa, odamning hayoti ham to‘xtaydi. Turli mamlakatlarida aholining qon gruppasi tekskirilganda quyidagi o‘rtacha ma’lumotlar olingan: I gruppa — 40% kishilar mansub, II gruppa – 39 %, III gruppa 15%, IV gruppa -6%.
Qon gruppalaridan tashqari podgruppalari ham aniqlangan. Masalan: A1, A2, A3, A4. Qon quyganda buni e’tiborga olish kerak. Qon guruhlari haqida man bu maqola orqali to‘liq ma’lumot oling: Qon guruhlari Qon tarkibi qanday qismlardan iborat? Qon ikki qismdan iborat: birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya’ni qon plazmasi; ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya’ni shaklli elementlaridir. Qon umumiy hajmining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning o‘rtacha miqdori katta odamda 5 litr bo‘lib, u tana og‘irligining o‘rtacha 7% ini tashkil qiladi. 1 kg tana og‘irligiga o‘rtacha 70 ml qon to‘g‘ri keladi. Bolalarda har 1 kg tana og‘irligiga to‘g‘ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi (80 100ml). Qon plazmasi Qon plazmasi qonning suyuq tarkibi bo‘lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo‘ladi. Qon plazmasi tarkibi organizmning hayoti-o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur barcha oziq moddalardan tashkil topgan bo‘ladi. U moddalar qonga ovqat hazm qilish organlaridan so‘riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o‘tadi va o‘zlashtiriladi.
Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qonga o‘tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar , fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o‘tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shunung uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo‘llaniladi. Bu qon va plazma sog‘lom odamlardan (donorlardan) olinadi. Donorlik qilish, uning afzalliklari haqida mana bu maqola orqali batafsil o qishingiz mumkin:ʻ Donorlik haqida. Donorlik qilish tartibi va uning afzalliklari Qonning shaklli elementlari Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qon tarkibining quyuq qismini tashkil etadi. Eritrositlar Eritrositlar (qizil qon tanachalari) — suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Eritrositlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq.