logo

QORAMOLLAR GIGIYENASI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.140625 KB
QORAMOLLAR GIGIYENASI
Reja:
1. Qoramollarni saqlash usullari va molxonalar qurish gigiyenasi
2. Sigirlarni boqish, tug‘dirish, sog‘ish  va sutdan chiqarish gigiyenasi 
3. Qoramollarni burdoqiga boqish gigiyenasi
4. Qo‘ylarni saqlash usullari va qo‘yxonalar qurish gigiyenasi. 
5. Qo‘ylarni oziqlantirish va sug‘orish gigiyenasi
6. Qo‘ylarni junini qirqish gigiyenasi
7. Qo‘zilarni o‘stirish, qo‘chqorlarni burdoqiga boqish.         Qoramollarni saqlash usullari  – Qoramolchilik fermalari texnologiyani
loyihalash   me’yorlari   (TLM)   1-89   asosida   quriladi.   Mustaqil
mamlakatimizda   qoramolchilik   chorvachilikning   asosiy   tarmogi   hisoblanib,
hozirgi kunda 6,5 mln bosh qoramol, shundan 2,8 million sigir mavjud.
Qoramollar   molxona,   molxona-yayratish,   molxona-yaylov,   molxona-
lager,   yaylov-lager,   uzluksiz   sex   usulida   bog‘lab   va   bog‘lamay   boqiladi.
Qaysi   usulni   tanlash   xo‘jalikka   keladigan   foydaga   qarab   qabul   qilinadi.
Hayvonlar   yil   davomida   doimo   bog‘lashda   turishi   ham   mumkin   yoki   faqat
qish   paytida   bog‘lanadi.   Ammo   ularni   har   kuni   yayratish   maydoniga
chiqarish   lozim.   YOz   faslida   esa   hayvonlar   yozgi   yaylovlarga,   lagerlarga
chiqariladi.   Lagerlarda   maxsus   bostirmalar,   sug‘orish   joylari   va   yaylovlar
tayyorlanadi. YOzgi lagerlar ko‘k o‘t ekilgan va tabiiy o‘tlarga boy joylarga
yaqin joylarda quriladi. Ba’zi bir xo‘jaliklarda burdoqi mollar ham bog‘lanib
boqiladi.   Bunday   maxsus   burdoqichilik   xo‘jaliklarida   ular   uchun   alohida
binolar   qurilib,   molxonalar   panjarali   pollar   bilan   jihozlanadi.   Sug‘orish,
go‘ng yig‘ishtirish va ozuqa tarqatish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘ladi.
CHorva mollari bog‘lamay boqilganda maxsus jihozlangan molxonalar
quriladi.   Bunday   usulda   boqishda   mollar   orasida   yuqumli   kasalliklar
bo‘lmasligi   kerak.   Bog‘lamay   boqilgan   sog‘in   sigirlar   yil   davomida   yaxshi
dag‘al ozuqa, shirali va em ozuqa bilan hamda to‘shama bilan ta’minlangan,
yayratish maydoni jihozlangan, ozuqa tarqatish, go‘ng chiqarish, sug‘orish va
sog‘ish mexanizatsiyalashgan hamda elektrofikatsiyalangan bo‘lishi kerak.
Mamlakatimizning   iqlimi,   er   tuzilishi,   xo‘jalik   yunalishiga   qarab
qoramolchilik quyidagi xo‘jaliklarga bo‘linadi:
Naslchilik xo‘jaligi  – yangi zotlar yaratish va qimmatbaho  nasllik yosh
hayvonlarni etishtirish bilan shug‘ullanadi.
Tovar   xo‘jaligi     –   sut   -   go‘sht   hamda   go‘sht   –   sut   etishtirish   Bilan
shug‘ullanadi. Maxsus yosh mollarni etishtiruvchi xo‘jaliklar-  tovar xo‘jaliklari uchun
yosh mollarni etishtirib berish Bilan shug‘ullanadi.
Maxsus   burdoqichilik   xo‘jaliklari   –   Qishloq   xo‘jalik   mollarini   go‘sht
uchun semirtirish bilan shug‘ullanadi.
Har   bir   yo‘nalishdagi   xo‘jaliklarda   molxonalar   maxsus   Texnologiyani
loyihalash   me’yorlari   (TLM)   asosida   quriladi.   Sut   yo‘nalishdagi   fermalarda
qoramollar bog‘lab boqilsa TLM № 819 – 64, 65, 66; bog‘lamay boqilsa №
819   –   53;   sut   –   go‘sht   yo‘nalishida   bog‘lab   boqilsa   №   819   –   58;   go‘sht
yo‘nalishdagi burdoqi mollar uchun № 801 – 104, 105, 108 va 109   asosida
qurilishi zarur.
Bog‘lab       boqish       gigiyenasi   -     Qoramolchilik   madaniyatini   rivojlan-
tirish,   ozuqa   xarajatini   kamaytirish   va   hayvonlarning   mahsuldorligini
hisoblab   borishda   bog‘lab   boqish   yaxshi   hisoblanadi.   Bunda   hayvon   turlari
uchun     alohida   binolar   moslashtirib   quriladi,   ya’ni   sigirlar   uchun,   buqalar,
o‘sishdagi buzoqlar, bo‘rdoqi mollar uchun alohida molxona quriladi. Har bir
katta   yoshdagi   hayvonlar   uchun   tovar   xo‘jaligida   1,7   –   2,2   m 2
,   naslchilik
xo‘jaliklarda 2,1 – 2,4 m 2
  joy ajratiladi. To‘g‘riqxonada sigir uchun 3 m 2
  va
nasllik   buqalar   uchun   3   –   3,3   m 2
;   o‘sishdagi   yosh   mollar   va   bo‘rdoqilar
uchun 0,76 – 1,36 m 2
, yangi to‘g‘ilgan buzoqlar 10 – 15   kunlik yoshgacha
bir   boshdan  alohida  kataklarda,   keyinchalik  4   –  6   boshda  guruhlarda,   4  –   6
oyligida   20   boshdan   kataklarda   saqlanadi.   Agar   mollar   6   –   7   oylab
molxonada saqlansa, har bir sigir uchun  14 – 18 m 3
, buzoqga 8 – 10 m 3
; 4 –
5   oy   tursa   sigirga   25   m 3  
va   buzoqga   12   –   14   m 3
  hajmdagi   bino   ajratiladi.
Binoning balandligi 2,2 – 2,8 m dan kam bo‘lmasin.
Sigirlarni   sog‘ish   vaqti   yaqinlashsa   tinch,   keng   va   yorug‘   sog‘ish
binosiga   o‘tkaziladi.   Bu   erda   tug‘adigan   sigirlar   va   buzoklar   saqlanadigan
bo‘limlar   bo‘ladi.   Umuman   xo‘jalikda   to‘g‘riqxona   umumiy   sigirlar   bosh
soniga nisbatan 10 – 12% hisobidan quriladi. Sigirlarni   bog‘lab   boqishdan   bog‘lamay   boqishga   o‘tkazilganda   ularni
yaxshilab veterinariya ko‘rigidan o‘tkaziladi va keyinchalik ham xaftasiga bir
marta   tekshirilib   boriladi,   tuyoqlari   tozalanadi,   o‘sgan   shoxlari   kesiladi.
Buzoqlar   10–15   kunligida   kimyoviy   yo‘l   bilan   shoxsizlantiriladi.   Bunda
kuper   qaychisi   bilan   shox   joyidagi   juni   va   epidermisi   qirqilib,   tayyorlangan
joy 25 – 30 sekund davomida uyuvchi natriy yoki kaliy bilan hullangan paxta
bilan artiladi va yana 5 daqiqadan keyin ikkinchi marta qaytariladi. YAra 20
– 25 kunda tuzalib, yaxshi bo‘lib ketadi. 
           Bog‘lamay  boqish  gigiyenasi  -  Qoramollar bog‘lamay boqilganda yil
davomida erkin harakatda yayratish va oziqlanish maydonlarida yuradi, toza
havoda turib yoki yotib bemalol dam oladi. Yil davomida toza havodan nafas
olishi,   doimo   o‘zgarib   turuvchi   harorat,   namlik,   havoning   harakati,   quyosh
nuri   tufayli   organizmning   chidamliligi   oshadi,   modda   va   issiqlik   almashish
faollashadi.
CHorva   mollarini   bog‘lamay   boqishning   xo‘jalik   uchun   foydasi   juda
katta,   chunki   ularga   qarash   uchun   mehnat   kam   sarf   bo‘ladi,   Molxonada   har
xil   jihozlarni   ishlatishga   ehtiyoj   qolmaydi.   Ammo   hamma   xo‘jaliklarda
asosiy   va   qo‘shimcha   xonalar   bo‘lishi   shart.   Texnologiyani   loyihalash
me’yorlariga  asosan qoramollar bosh soni ko‘p bo‘lsa bino ichi seksiyalarga
bo‘linadi.   Buzoqlar   uchun   2   oylikdan   boshlab   20   boshdan   guruhlar   uchun
kataklar,   keyinchalik   to   50   boshgacha   guruh   qilinadi.   Bundan   tashqari
to‘g‘riqxona,   sut   sog‘ish   zali,   sutni   saqlash   va   qayta   ishlash   xonasi,   sut
laboratoriyasi,   sut   idishlarini   yuvish   xonasi,   vakuum   nasos   xonasi   va
boshqalar   bo‘lishi   kerak.   Ozuqa   tayyorlash   sexi   va   qo‘shimcha   binolar
bo‘ladi.   Yirik   fermalarda   sun’iy   qochirish   punktlari   ham   bo‘ladi.   Uni   sut
sog‘ish binosiga joylashtirish yoki alohida 8 – 10 bosh sigirga hisoblab, 1–2
stanokli   qilib,   texnologiyani     loyihalash   me’yorlari   (TLM)   asosida   qurish
mumkin   (№   807   –   6).   Ferma   o‘zining   sug‘orish   tarmog‘i,   markazlashgan isitish   inshooti,   kanalizatsiya,   yoritish   jihozlariga   ega   bo‘lib,   binolar   orasi
asfalt   yo‘llar   bilan   to‘tashtirilgan   bo‘lishi   kerak.   Bog‘lamay   saqlanadigan
buzoklar   va   sigirlarga   yoshiga   qarab   alohida   o‘lchamlarda   joy   ajratiladi.
Sog‘iladigan va sog‘ilmaydigan sigirlar saqlanadigan bo‘limlarda 50 boshdan
joylashtirilib, har biriga 4 – 5 m 2
 dan joy ajratilsa; 4 – 12 oylikkacha bo‘lgan
25 – 30 bosh  buzoqlar saqlanadigan bo‘limda 2,5 m 2
, naslli buzoqlar uchun
esa   2,5   –   3   m 2
    joy   ajratiladi.   Katta   yoshdagi   buzoqlar   50   –   100   boshdan
saqlanib   har   biriga   3   m 2
,   sigirlar   bo‘zog‘i   bilan   birga   saqlansa     7   m 2
  joy
ajratiladi. Yirik fermalarda 400 bosh  bog‘lamay saqlanadigan sigirlar uchun
bitta   bino   qurilib,   yil   davomida   qalin   to‘shamada   turadi.   Molxona   4   ta
bo‘limga   bo‘linib,   har   bir   bo‘limdan   alohida   eshik   orqali   yayratish
maydoniga   chiqariladi.   Sut   sog‘ish   xonasi,   sun’iy   qochirish   punkti,   40   –   50
boshga   to‘g‘riqxona,   40   –   50   bosh   buzoqga   profilaktoriya,   200   bosh   buzoq
uchun   buzoqxona   va   100   bosh   katta   yoshdagi   buzoqlar   uchun   alohida   joy
qilinib,   maishiy   xizmat,   sanitariya   kuzatuv   xonasi,   veterinariya   punkti   va
boshqalar bo‘lishi kerak.
Sigirlarni   boksda   saqlash.   Yirik   shoxli   hayvonlarni   saqlashda
ketadigan   harajatlarni   kamaytirish   maqsadida   Rossiya,   Ukraina,   Germaniya,
Angliya   va   mamlakatlarda   sigirlarni   boksda   saqlash   keng   qullanilmokda.
Boksda  saqlanganda  xuddi  bog‘lamay  boqiladigan   sigirlardek   mahsuldorligi
pasaymaydi, bog‘lash materiallari sarflanmaydi, elinlari ifloslanmaydi va har
biri o‘z o‘rnini topib joylashadi. Texnologiyani  loyihalash me’yoriga (TLM)
binoan har bir sigir uchun 1,7 – 2,2 m 2
  joy ajratiladi (kengligi 1 – 1,2 m va
uzunligi 1,7 – 1,9 m). Bokslar orasidagi to‘siq metalldan qilinib, pastki qismi
poldan 45 – 50 sm va orqa tomoni 15 – 20 sm balandlikda bo‘ladi. Sigirlar
tagiga to‘shama oyiga o‘rtacha 5 kg solinadi, ya’ni odatdagidan 3 marta kam
sarflanadi. Bunday sharoitda saqlangan sigirlar tagi quruq, issiq bulib, mastit
kasalliklari juda kam uchraydi. Bog‘lamay   boqiladigan   qoramollar   fermasi   bog‘lab   boqiladigan   ferma
binolariga  qaraganda  qisman  farq  qiladi.  Masalan,  5  -  bosh   sigir  uchun  380
m 2
  maydonga   ega   to‘g‘riqxona,   50   bosh   yangi   to‘g‘ilgan   buzoklar   uchun
kataklarga bo‘lingan profilaktoriya – 130 m 2
, 6 m 2  
lik yuvinish xonasi, 5 m 2
lik dag‘al ozuqa va to‘shama saqlash xonasi, 16 m 2 
lik sut, vakuum – nasos va
yuvish xonasi, ventilyasiya kamerasi, em ozuqalar saqlash xonasi va boshqa
joylar bo‘ladi.
                    Bog‘lab   va   bog‘lamay   boqiladigan   sigirlarni   saqlashda   o‘ziga   xos
foydali va zararli tomonlari mavjud. Quyidagi jadvalda har 100 bosh sigirga
hisoblaganda   quyidagi   (%)   miqdorda   yuqumsiz   kasalliklar   uchrashi
aniqlangan. 
            Kasalliklar  Saqlash usuli
Bog‘lab Bog‘lamay
Y o’ ldoshning tushmasligi 4,9 1,6
Mastit   8,6 9,8
Kon’yunktivit  2,7 1,6
Lat eyish  - 1
Oshqozon – ichak yallig‘lanishi 3,8 1,6
Tuyoq yallig‘lanishi                11 10
Kata qorinning damlashi  7 2,4
Tug‘ish parezi  4,3 -
Hammasi 42,3 28
Jadval   ma’lumotlaridan   ko‘rinib   turibdiki,   bog‘lamasdan   saqlash
usuliga   nisbatan bog‘lab saqlashda har 100 bosh sigirda uchragan yuqumsiz
kasalliklar miqdori 14,3 % ga ko‘p bo‘lgan.   Bu bog‘lamay saqlash usulining
o‘ziga xos afzalliklaridan dalolat beradi.
              Sigirlarni   boqish,   tug‘dirish,   sog‘ish   va   sutdan   chiqarish   gigiyenasi   -
Sigir   va   g‘unojinlardan   sog‘lom,   yuqori   mahsuldorli   va   yaxshi   nasl   olish ularni   birinchi   qochirish   yoshiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Tez   etiladigan   zotlar   16   –
18   oyligida,   kech   etilganlari   20   –   22   oyligida   birinchi   marta   qochiriladi.
Bug‘ozlikning   birinchi   yarmida   yosh   organizmda   qator   fiziologik
o‘zgarishlar bo‘lib, modda almashishi kuchayadi. SHuning uchun beriladigan
ozuqalarni   to‘yimliligi   va   sifatiga   e’tibor   qaratish   lozim.   Tuqqandan   keyin
ozuqa kamaytirilib, 8 – 10 kundan keyin me’yorga etkaziladi. Sog‘in sigirlar
sut bilan har daqiqada 0,66 g yog, 0,80 g laktoza va 0,60 g oqsil ajratadi.
Sigir sutining tarkibi: 87 % suv, 3,4% oqsil, 3,8% yog, 5% sut shakari,
0,7   %   tuz   va   vitamin   A,   E,   D,   V
1 ,   V
2 ,   V
6 ,   V
12   hamda   katalaza,   amilaza
fermentlari bo‘ladi. 
Sigirlarni   to‘yimli   ozuqalar   bilan   ta’minlash   ular   organizmining
fiziologik   holatiga   qarab   belgilanadi.   Bunda   xo‘jalik   qaysi     yo‘nalishda
ekanligi e’tiborga olinadi. Sog‘ishning birinchi yarmida ozuqa miqdori sutni
ko‘paytirishga   qaratiladi.   Ratsion   tarkibida   dag‘al,   shirali   (silos,   ildiz   meva,
ko‘k   o‘t)   ozuqalar,   kuchli   em   ozuqalar,   mineral   moddalar,   mikroelementlar
va   vitaminlar   etarli   darajada   bo‘lishi   kerak.   Ratsion   tarkibidagi   ozuqalar
miqdori hayvonlarning tirik vazni va mahsuldorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Kunlik   ozuqa   ratsionining   tarkibi   yilning   fasli   yoki   hayvonning
mahsuldorligiga   qarab   o‘zgartirilishi   mumkin.   Masalan:   Vologda   viloyati,
Damshinski xo‘jaligiga qarashli «Vena» laqabli sigirning kunlik suti 80 – 82
kg   bo‘lgan.   Kuniga   unga   69,3   ozuqa   birligi   berilib,   tarkibida   4,95   kg   oqsil,
184   g   natriy,   370   g   kaliy,     196   g   kalsiy   va   230   g   fosfor   bor.   Sigirlarni
oziqlantirish   bilan   bir   vaqtda   molxonalardagi   mikroiqlim   ko‘rsatgichlarini
ta’minlash,   yayratish   va   saqlash   sharoitini   yaxshilash   lozim.   Sigirlar   sutini
ko‘payishiga havoning almashinishi, harorati, namligi va gaz tarkibi sezilarli
ta’sir   etadi.   Havo   haroratining   +3 o
S   gacha     pasayishi   yoki   +25 o
S   darajadan
yuqori   bo‘lishi,   nisbiy   namlikni   90%   ga   etishi,   zararli   gazlarni   ko‘payishi
sigirlarning   sut   mahsuldorligini   25   –   30%,   xatto   50%   gacha   kamaytiradi. SHuning uchun sigirlar bog‘lab boqilsa harorat +10-12 o
S, bog‘lamay boqilsa
+4-5 o
S,   nisbiy   namlik   80   –   85%,   havoning   harakati   0,5   m/sek,   yorug‘lik
koeffitsienti   1:10   –   1:   15,   sun’iy   yorug‘lik   4   –   5     vt/m 2
,   SO
2   gazi   0,25%,
ammiak – 0,026%, havonig almashinishi bir bosh sigirga har soatda 80 – 120
m 3
 bo‘lishi kerak.
Sigirlarni   tug‘dirish   -   Bug‘oz   sigirlar   tug‘ishiga   7   –   8   kun   qolganda
kerakli   sanitariya   gigiyena   ishlovlaridan   keyin   to‘g‘riqxonaga   keltiriladi.
Ularni   toza,   yorug‘   va   dezinfeksiya   qilingan   stoylaga   joylashtiriladi,   hamda
quruq   yangi   toza   poxol   to‘shama   tushaladi.   To‘g‘riqxonaga   tajribali
sog‘uvchilardan yoki mutaxassislardan navbatchilar tayinlanadi. 
Sigirlarning   tug‘ish   jarayoni   bachadon   muskullarini   qisqarishidan
boshlanib 12 soatgacha davom etadi. Bu vaqtda sigir bezovtalanadi, harakat
qiladi,   ba’zan   hatto   mo‘ngraydi.   SHundan   keyin   tuqishning   ikkinchi   davri
ya’ni homilani  haydash boshlanib 1 – 6 soat davom etadi. Bu davrda hayvon
juda bezovtalanadi, turishga harakat qiladi. Buzoq tug‘ilgandan keyin sigirga
iliq   suv   beriladi.   Agar   egiz   tug‘iladigan   bo‘lsa   ikkinchi   buzoq   bir–ikki
soatdan keyin tug‘iladi. Tug‘ishning uch davri ya’ni homila pardasini tushishi
6 – 12 soat davom etadi, agar bu vaqtdan o‘tib ketsa veterinariya mutaxassisi
yordam berishi kerak. 
YAngi tug‘ilgan buzok toza, yangi poxolga o‘raladi. Tumshug‘i, og‘iz-
burni,   lablari   shilimshiq   moddalardan   tozalanadi.   Kindigi   10   –   12   sm
qoldirilib kesiladi va yod eritmasi surtiladi. Burniga puflanadi, chunki odam
chiqargan   havoda   SO
2   gazi   ko‘p   bo‘lganligi   sababli   buzoqning   nafas
yo‘llarini   qitiqlab   o‘pkani   yaxshi   ishlab   ketishiga   yordam   beradi.   Keyin
tuqqan   sigir   buzoqni   yalashga   qo‘yiladi.   Bu   homila   pardasini   ajralishiga
yordam beradi. 
Buzoqlar profilaktoriyada Ital’yan kataklarida (kengligi 0,8 m, uzunligi
1,05   m   va   poldan   balandligi   0,5   m   bo‘lishi   kerak)   joylashtiriladi.   Bir   soat o‘tgandan   keyin   og‘iz   suti   bilan   emiziladi.   Buzoq   kuniga   5   –   6   marta
emizilib, kamida 1 – 1,5 l   sut ichishi kerak. Buzoqlar profilaktoriyada yoki
maxsus kataklarda kuchli elektrolampalar yordamida quritiladi. Ammo kuchli
qizdirishga   yo‘l   qo‘yilmasligi   kerak,   chunki   kuchli   nur   buzoqlarni   ko‘rish
nervlarini charchatadi. Buzoqlar saqlanadigan xonaning harorati +18 – 20 0
S,
sun’iy yorug‘lik 50–70 lyuks, quruq, toza, issiq, kanalizatsiya va ventilatsiya
yaxshi   ishlashi   kerak.     Tug‘ruqxonada   ishlaydigan   chorvadorlar   toza   xalat,
tez va oson dezenfeksiya qilinadigan poyafzal kiyishadi. Bundan tashqari qul
yuvish   uchun   suv,   sovun,   toza   sochoq,   2   –   3   m   qoplik   material,     kerakli
asbob–anjomlar   va   dezenfeksiya   qiladigan   moddalar   bo‘lishi   zarur.   Dori
darmon qutisida (aptechka) 500 – 1000 l 5% li yod eritmasi, 10 – 20 g kaliy
permanganat, 10 – 20 g  5% li ixtiol mazi, 2 – 3 kg vazelin, 0,5% li uyuvchi
natriy,   paxta,   bint,   doka   va   boshqalar   bo‘lishi   kerak.     Tug‘ruqxonadagi
tuqqan   sigirlarga   qunt   bilan   qaraladi,   ayniqsa   sut   bezlarini   holati   kuzatilib
boriladi.   Tuqqangacha   va   tuqqandan   keyin   4   –   5   kun   tez   hazm   bo‘luvchi
to‘yimli   ozuqalar   berilib   turiladi.   Agar   buzoq   sog‘lom   tug‘ilsa,   sigir   elinida
kasallik   belgilari   sezilmasa   7   –   10   kundan   keyin   umumiy   sigirlar   guruxiga
qo‘shiladi.  
                    Sigirlarni  sog‘ish va uning  gigiyenasi   -    Sutni   hosil bo‘lishi  ovqat
hazm   qilish,   nafas   olish,   qon   va   yurak   -   tomir   sistemalarini   kuchli   ishlashi
ishtirokida bo‘ladi. Bir litr sutni hosil bo‘lishi uchun sigir elinidan 400-500 l
qon   o‘tishi   zarur.     V.N.Nikitin,   G.I.Azimovlar   ma’lumotiga   ko‘ra   15   l   sut
beradigan sigirni elinidan kuniga 6000 l qon o‘tadi.
            Sigirlarni sut berishi buzoq tug‘ilganidan bir oy o‘tgandan keyin eng
yuqori darajasiga etadi va keyin asta-sekin kamayib boradi. Sog‘ish davri 270
-   300   kun   davom   etadi.   Agar   sog‘ish   davrini   cho‘zib   yoki   tezlashtirib
kamaytirsa umumiy sut berishi 15% ga kamayadi hamda kelgusi nasl olishni
yomonlashtiradi.   Sog‘ish   kunining   uzoq   yaqinligi,   sutni   ko‘payishi organizmni   holatiga,   ozuqa   va   asrash   sharoitiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Sog‘ish
holati,   modda   almashinish   va   fiziologik   holati   ya’ni   hammasi   bir–biriga
bog‘liq bo‘ladi. YUqori  mahsuldorli hayvonlarda modda almashish o‘rtacha
mahsulotli hayvonlarga nisbatan 15 – 30% ga yuqori bo‘ladi.
Sog‘iladigan   yuqori   mahsuldorli   hayvonlarda   fermadagi   kun   tartibiga
maxsus   fiziologik   reflekslar   paydo   bo‘ladi,   agar   shularga   rioya   qilinmasa
kunlik sut mikdori kamayib boradi.   Bunga quyidagilarga: sog‘uvchilar tez–
tez   almashtirilsa,   tajribasiz   bo‘lsa,   ozuqalar   to‘yimli   bo‘lmasa,   vaqtida
sug‘orilmasa,   yayratilmasa,   ventilyasiya   yomon   ishlasa,   noto‘g‘ri   sutdan
chiqarilsa,   terini   parvarish   qilmasa,   to‘liq   –   oxirigacha   sog‘ib   olinmasa,
elinga  qaramasa,  qupol  muomala  qilinsa,  ichki  tartib  bo‘zilsa,  mutaxassislar
nazorat qilmasa va hokazolar.
Sog‘ish   gigiyenasi.   Sigirlarning   sut   berish   davri   sog‘ishga   bog‘liqdir.
G.I.Azimov   fikricha   «Sog‘ish   murakkab   reflektor   jarayon   bo‘lib,   unda
markaziy   nerv   sistemasi,   ichki   sekretsiya   bezlari   (gipofiz,   qalqonsimon),
mioepiteliyalar,   sut   bezlarini   muskullari   va   boshqa   organlar   ishtirok   etadi».
Sog‘in   sigirlarda   sog‘uvchilarni   ko‘rinishi,   sog‘ish   idishlarining   taraq–
turug‘idan ularda shartli refleks hosil bo‘ladi, ya’ni sut berishga tayyorlanadi.
Bunda   elin   alveolalari   qisiladi,   elin   sisternasini   silliq   muskullari   gipofizni
oksitotsin garmoni ta’sirida bo‘shashadi.             
Sut   berish   refleksini   buzilmasligi   uchun   kun   tartibiga   oziqlantirish   va
sog‘ish   rejimiga   qat’iy   rioya   qilish   zarur.   Birinchi   tug‘adigan   sigirlarni
to‘g‘riqxonaga   kelguncha   sog‘ishga   tayyorlash   kerak.   Bu   esa   xo‘jaliklarga
juda qulay bulib, ya’ni to‘g‘riqxonadan chiqqanidan keyin to‘g‘ridan–to‘g‘ri
guruhga qo‘shilib, sog‘ish maydoniga yoki xonasiga o‘tkazilib sog‘ilaveradi.
Bug‘oz  g‘unajinlar tug‘ushidan 2  – 3  oy oldin  tajribali  sog‘uvchilarga
berkitilib   quyiladi.   Ular   elinni,   elin   surg‘ichlarini   massaj   qiladi,   yuvadi, qashlaydi   va   asta–sekin   sog‘ishga   o‘rgatib   boriladi.   Bu   davrda   sog‘uvchilar
sut bezlarini o‘sishiga va ularni oziqlanishiga ahamiyat berib boradi. 
Mashina   bilan   sog‘ishga   elini   yaxshi   rivojlangan,   surg‘ichlari   to‘g‘ri
joylashgan, uzunligi 8 – 9 sm va yugonlik diametri 2 – 3 sm bo‘lgan sigirlar
tanlanadi. Uzun va ingichka  yoki  yug‘onva kalta surg‘ichli, elin kasali bilan
kasallangan   sigirlarni   mashina   bilan   sog‘ib   bo‘lmaydi.   Sigirlarni   sog‘ish
vaqtida sut berish tezligiga qarab guruhlarga ajratiladi. Sog‘ish apparati elin
yaxshilab   yuvilgach   sochiq   bilan   quruq   qilib   artilib,   1-2   daqiqa   massaj
qilingandan   keyin   surg‘ichlarga   kiygiziladi.   Sog‘ish   davri   6   –   7   daqiqa,
yaxshi uyushtirilgan xo‘jaliklarda esa 4 – 5 daqiqa davom etadi. Mashinaga
o‘rgangan sigirlar sutni juda tez, ya’ni daqiqada 1,5 – 2 litrgacha beradi. Sigir
sog‘ilgandan   keyin   tezda   mashinani   surg‘ichlardan   ajratish   kerak.   Agar
vaqtida   olinmasa   surg‘ichlar   og‘riqni   sezadi,   hatto   sutga   qon   aralashib
chiqardi   va   asta–sekin   kasalliklar   paydo   bo‘ladi,   sut   kamayadi,   sigirlar
sog‘ishga qo‘ymaydi.
Qo‘l   bilan   sog‘ish   yaxshi   usul   bo‘lib,   bunda   asosan   elinga   mushtlab
sog‘iladi.   Surg‘ichi   ingichka,   kalta,   kichik   bo‘lsa   barmoq   bilan   bosilib
sog‘iladi.   Bunday   sigirlarga   tajribali   sog‘uvchilar   berkitiladi.   Qo‘l   bilan
sog‘ilganda   toki   sut   tugaguncha   tez   harakat   qilish   kerak,   ya’ni   bir   daqiqada
80 – 90 marta surg‘ichni qisishga to‘g‘ri keladi.
Sog‘ish   xonasi   juda   toza   bo‘lishi,   sutni   chang,   go‘ng   bo‘laklari   va
mikroorganizmlar bilan ifloslanishidan saqlash lozim. Agar sutga 1 gr go‘ng
tushsa, sutning har bir millillitrida 100 mingtagacha mikroorganizm bo‘ladi.
SHuning   uchun   tozalikka,   sog‘ish   asboblarini   zararsiz   bo‘lishiga,
sog‘uvchilarni shaxsiy gigiyenasiga alohida ahamiyat berish lozim.
Bir   laktatsiyada   3   –   4   ming   kg   sut   beradigan   sigirlar   kuniga   2   marta,
yuqori mahsuldor sigirlar esa 3 - 4 marta sog‘ish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sutchilik   xo‘jaliklarida   sigirlar   sog‘ligiga,   sut   bezlarini   o‘sishiga     va
sersutligiga qarab baholanadi. Sut bezlarida juda ko‘p alveolalar, sut yo‘llari
bir–biriga   qo‘shilib,   elin  sesternasiga  tushadi.   Elinda   juda   ko‘p   nerv   va  qon
tomirlari   bo‘lib,   ularning   soni,   ko‘pligi   sut   mahsuldorligiga   bog‘liq   bo‘ladi.
A.K. Skoroxodko ma’lumotiga ko‘ra sersut sigirlarning sut bezini og‘irligi 15
– 18 kg va aylanasi 1,5 – 1,87 m gacha bo‘ladi. Sut bezlarida qon almashishi
ayniqsa  sog‘ish  davrida  juda  kuchli   kechadi.  Mexanik   va   termik   ta’sirlariga
juda sezgir bo‘lib, ko‘pincha terisi yoriladi, tilinadi, yara bo‘ladi, surg‘ichlar
yallig‘lanadi     mastit   va   boshqa   kasalliklarga   uchraydi.   Sog‘ishda   gigiyena–
sanitariya   talablariga   rioya   qilinmasa   yuqumli   masti   kelib   chiqadi.   SHuning
uchun   sut   bezlarini   kasal   bo‘lmasligi   uchun   doimo   muntazam   ravishda
parvarish   qilish,   ya’ni   har   kuni   asta   iliq   suv   bilan   yuvib,   tozalab,   massaj
qilinadi. Sog‘ish joylari toza, quruq, issiq, hamda quruq, yumshoq to‘shama
bilan ta’minlanishi kerak.
Sog‘in sigirlar turadigan molxonalar keng, yorug‘, toza, quruq, havosi
yaxshi   almashadigan   va   elvizak   bo‘lmasligi   zarur.   Ayniqsa   mikroiqlim
ko‘rsatkichlaridan   harorat   va   namlikka   alohida   e’tibor   beriladi.   Zoogigienik
me’yor   buyicha   xonaning   harorati   +3   +16 o
S,   havoning   harakati   0,25   m/sek,
nisbiy   namlik   70   –   75%,   havodagi   gazlar   me’yordan   oshmasligi   kerak.
Masalan, havoning harorati 0 o
S yoki +25 o
S dan yuqori bo‘lsa, nisbiy namlik
85% dan ko‘paysa sigirlarni sut mahsuldorligi 30% gacha kamayadi.
Sutdan   chiqarish   davri   (suxostoy)   -   Sigirlarni   sog‘ish   davri   tugagan-
dan   keyin   tuqqangacha   bo‘lgan   oraliq   vaqti   sutdan   chiqish   davri   deb
yuritiladi. U 45 – 60 kun bo‘ladi. Sog‘ish davrini oxirlariga kelib sut sezilarli
darajada kamayib boradi. Ammo tug‘ishi yaqinlashgan sari yana sut kuniga 2
– 3 litr ko‘payadi. U holda darrov sog‘masdan, ko‘yib yuborish kerak. Agar
suti   ko‘p   bo‘lsa   10   –   15   kun   davomida   asta–sekin   chiqarilishi   lozim.   Bu
vaqtda   ozuqa   me’yori,   sog‘ish   soni   kamaytiralid,   2   –   3   kunda   bir   sog‘ib tanaffus   beriladi.   Sigirlardan   olinadigan   buzoqlarni   sog‘lomligi,   tug‘ishni
osonligi   beriladigan   ozuqalar   sifati,   tarkibi,   miqdori   va   sigirlarni   parvarish
qilishga bog‘liq bo‘ladi.
               Qoramollarni bo‘rdoqiga boqish gigiyenasi - Qoramollarni burdoqiga
boqishni ng   asosiy  maqsadi,  hayvonlarni  go‘sht    mahsulorligini  ko‘paytirish.
Xo‘jalikning joylashishi, tabiiy iqlim sharoitiga qarab hayvonlarni   bir joyda
saqlab,   silos,   jom,   barda,   sheluxa,   kunjara,   shrot   va   boshqa   ozuqalar   bilan
boqish   mumkin   yoki   yaylovda   erkin   holida   boqilib   em   ozuqalar   ham   berib
boriladi.
Ixtisoslashgan   xo‘jaliklarda   go‘sht   etishtirish   uchun   buzoqlar
2   oyligidan   boshlab   bo‘rdoqiga   qo‘yiladi.   Bular   maxsus   binolarda   saqlanib,
oxur,   sug‘orish   qurilmasi,   quruq   pol,   to‘shama   va   go‘ngni   yig‘ishtirish
mexanizatsiyalashtiriladi.   YAyrash   maydoni   bo‘lishi   shart.   Oxurlarni   bino
ichida ham, yayrash maydonida ham mexanizatsiyaga muljallab qurish lozim.
Boshqa   xo‘jaliklardan   keltirilgan   buzoqlar   doimo   zoovetmutaxassislar
nazoratida   bo‘ladi.   Ularni   oziqlanishi,   yangi   sharoitga   moslashishi
ko‘zatiladi. Suvli ozuqalardan - jom, barda, ko‘k o‘t va boshqalarni berishga
birdaniga o‘tkazilsa, oshqozon-ichak faoliyati ishi buziladi.
Yaylovda   boqiladigan   bo‘rdoqi   hayvonlar   bir   xil   turdagi,   yoshdagi   va
tirik   vazndagilari   alohida   guruh   qilinadi.   Buzoqlar   2   oyligidan   boshlab
o‘stirishga   va   10-12   oyligidan   bo‘rdoqiga   ajratiladi.   O‘stirishga   ajratilgan
buzoqlarni   vazni   70-75   kg   bo‘lsa,   300   kundan   keyin   220-240   kg   ga   etadi,
bo‘rdoqilashda   esa   300   kg   bo‘ladi.   So‘qimga   boqiladigan   buzoqlarni   tirik
vazni kamida 300 kg bo‘lishi, kuniga 800-1000 gr semirishi va 90 kunda esa
350-400 kg ga etishi lozim. O‘stirilayotgan buzoqlar 6 oyligigacha sut, obrat
va   sutni   o‘rnini   almashtiradigan   ozuqalar   bilan   boqiladi.   Bundan   tashqari
kuniga 1-1,2 kg em va 1 kg gacha shirali ozuqa beriladi, 6 oyligidan boshlab
jom, barda, va boshqa sanoat chiqindilariga o‘rgatib boriladi. YOsh mollar 70 kun   boqiladi.   Qoramolchilikda   qari   va   puchak   sigirlar   va   ishdan   chiqqan
naslli buqalar ham bo‘rdoqiga boqiladi. 
Adabiyotlar
1. Suvonqulov Y.A. "Qishloq xo‘jaligi   hayvonlari gigiyenasi"   Toshkent,
1994 y.
Qo‘shimcha adabiyotlar.
1. Medvedskiy   V.I.   «Soderjanie,   kormlenie   i   uxod   za   jivotn ы mi».
Minsk, 2007
2. Kochish   I.I.,   Kalyujnыy   N.S.,   Volchkova   L.A.,   Nesterov   V.V.
«Zoogigiyena», Moskva, 2008 
3. Nosirov U.N. «Qoramolchilik», Toshkent 2004

QORAMOLLAR GIGIYENASI Reja: 1. Qoramollarni saqlash usullari va molxonalar qurish gigiyenasi 2. Sigirlarni boqish, tug‘dirish, sog‘ish va sutdan chiqarish gigiyenasi 3. Qoramollarni burdoqiga boqish gigiyenasi 4. Qo‘ylarni saqlash usullari va qo‘yxonalar qurish gigiyenasi. 5. Qo‘ylarni oziqlantirish va sug‘orish gigiyenasi 6. Qo‘ylarni junini qirqish gigiyenasi 7. Qo‘zilarni o‘stirish, qo‘chqorlarni burdoqiga boqish.

Qoramollarni saqlash usullari – Qoramolchilik fermalari texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) 1-89 asosida quriladi. Mustaqil mamlakatimizda qoramolchilik chorvachilikning asosiy tarmogi hisoblanib, hozirgi kunda 6,5 mln bosh qoramol, shundan 2,8 million sigir mavjud. Qoramollar molxona, molxona-yayratish, molxona-yaylov, molxona- lager, yaylov-lager, uzluksiz sex usulida bog‘lab va bog‘lamay boqiladi. Qaysi usulni tanlash xo‘jalikka keladigan foydaga qarab qabul qilinadi. Hayvonlar yil davomida doimo bog‘lashda turishi ham mumkin yoki faqat qish paytida bog‘lanadi. Ammo ularni har kuni yayratish maydoniga chiqarish lozim. YOz faslida esa hayvonlar yozgi yaylovlarga, lagerlarga chiqariladi. Lagerlarda maxsus bostirmalar, sug‘orish joylari va yaylovlar tayyorlanadi. YOzgi lagerlar ko‘k o‘t ekilgan va tabiiy o‘tlarga boy joylarga yaqin joylarda quriladi. Ba’zi bir xo‘jaliklarda burdoqi mollar ham bog‘lanib boqiladi. Bunday maxsus burdoqichilik xo‘jaliklarida ular uchun alohida binolar qurilib, molxonalar panjarali pollar bilan jihozlanadi. Sug‘orish, go‘ng yig‘ishtirish va ozuqa tarqatish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘ladi. CHorva mollari bog‘lamay boqilganda maxsus jihozlangan molxonalar quriladi. Bunday usulda boqishda mollar orasida yuqumli kasalliklar bo‘lmasligi kerak. Bog‘lamay boqilgan sog‘in sigirlar yil davomida yaxshi dag‘al ozuqa, shirali va em ozuqa bilan hamda to‘shama bilan ta’minlangan, yayratish maydoni jihozlangan, ozuqa tarqatish, go‘ng chiqarish, sug‘orish va sog‘ish mexanizatsiyalashgan hamda elektrofikatsiyalangan bo‘lishi kerak. Mamlakatimizning iqlimi, er tuzilishi, xo‘jalik yunalishiga qarab qoramolchilik quyidagi xo‘jaliklarga bo‘linadi: Naslchilik xo‘jaligi – yangi zotlar yaratish va qimmatbaho nasllik yosh hayvonlarni etishtirish bilan shug‘ullanadi. Tovar xo‘jaligi – sut - go‘sht hamda go‘sht – sut etishtirish Bilan shug‘ullanadi.

Maxsus yosh mollarni etishtiruvchi xo‘jaliklar- tovar xo‘jaliklari uchun yosh mollarni etishtirib berish Bilan shug‘ullanadi. Maxsus burdoqichilik xo‘jaliklari – Qishloq xo‘jalik mollarini go‘sht uchun semirtirish bilan shug‘ullanadi. Har bir yo‘nalishdagi xo‘jaliklarda molxonalar maxsus Texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) asosida quriladi. Sut yo‘nalishdagi fermalarda qoramollar bog‘lab boqilsa TLM № 819 – 64, 65, 66; bog‘lamay boqilsa № 819 – 53; sut – go‘sht yo‘nalishida bog‘lab boqilsa № 819 – 58; go‘sht yo‘nalishdagi burdoqi mollar uchun № 801 – 104, 105, 108 va 109 asosida qurilishi zarur. Bog‘lab boqish gigiyenasi - Qoramolchilik madaniyatini rivojlan- tirish, ozuqa xarajatini kamaytirish va hayvonlarning mahsuldorligini hisoblab borishda bog‘lab boqish yaxshi hisoblanadi. Bunda hayvon turlari uchun alohida binolar moslashtirib quriladi, ya’ni sigirlar uchun, buqalar, o‘sishdagi buzoqlar, bo‘rdoqi mollar uchun alohida molxona quriladi. Har bir katta yoshdagi hayvonlar uchun tovar xo‘jaligida 1,7 – 2,2 m 2 , naslchilik xo‘jaliklarda 2,1 – 2,4 m 2 joy ajratiladi. To‘g‘riqxonada sigir uchun 3 m 2 va nasllik buqalar uchun 3 – 3,3 m 2 ; o‘sishdagi yosh mollar va bo‘rdoqilar uchun 0,76 – 1,36 m 2 , yangi to‘g‘ilgan buzoqlar 10 – 15 kunlik yoshgacha bir boshdan alohida kataklarda, keyinchalik 4 – 6 boshda guruhlarda, 4 – 6 oyligida 20 boshdan kataklarda saqlanadi. Agar mollar 6 – 7 oylab molxonada saqlansa, har bir sigir uchun 14 – 18 m 3 , buzoqga 8 – 10 m 3 ; 4 – 5 oy tursa sigirga 25 m 3 va buzoqga 12 – 14 m 3 hajmdagi bino ajratiladi. Binoning balandligi 2,2 – 2,8 m dan kam bo‘lmasin. Sigirlarni sog‘ish vaqti yaqinlashsa tinch, keng va yorug‘ sog‘ish binosiga o‘tkaziladi. Bu erda tug‘adigan sigirlar va buzoklar saqlanadigan bo‘limlar bo‘ladi. Umuman xo‘jalikda to‘g‘riqxona umumiy sigirlar bosh soniga nisbatan 10 – 12% hisobidan quriladi.

Sigirlarni bog‘lab boqishdan bog‘lamay boqishga o‘tkazilganda ularni yaxshilab veterinariya ko‘rigidan o‘tkaziladi va keyinchalik ham xaftasiga bir marta tekshirilib boriladi, tuyoqlari tozalanadi, o‘sgan shoxlari kesiladi. Buzoqlar 10–15 kunligida kimyoviy yo‘l bilan shoxsizlantiriladi. Bunda kuper qaychisi bilan shox joyidagi juni va epidermisi qirqilib, tayyorlangan joy 25 – 30 sekund davomida uyuvchi natriy yoki kaliy bilan hullangan paxta bilan artiladi va yana 5 daqiqadan keyin ikkinchi marta qaytariladi. YAra 20 – 25 kunda tuzalib, yaxshi bo‘lib ketadi. Bog‘lamay boqish gigiyenasi - Qoramollar bog‘lamay boqilganda yil davomida erkin harakatda yayratish va oziqlanish maydonlarida yuradi, toza havoda turib yoki yotib bemalol dam oladi. Yil davomida toza havodan nafas olishi, doimo o‘zgarib turuvchi harorat, namlik, havoning harakati, quyosh nuri tufayli organizmning chidamliligi oshadi, modda va issiqlik almashish faollashadi. CHorva mollarini bog‘lamay boqishning xo‘jalik uchun foydasi juda katta, chunki ularga qarash uchun mehnat kam sarf bo‘ladi, Molxonada har xil jihozlarni ishlatishga ehtiyoj qolmaydi. Ammo hamma xo‘jaliklarda asosiy va qo‘shimcha xonalar bo‘lishi shart. Texnologiyani loyihalash me’yorlariga asosan qoramollar bosh soni ko‘p bo‘lsa bino ichi seksiyalarga bo‘linadi. Buzoqlar uchun 2 oylikdan boshlab 20 boshdan guruhlar uchun kataklar, keyinchalik to 50 boshgacha guruh qilinadi. Bundan tashqari to‘g‘riqxona, sut sog‘ish zali, sutni saqlash va qayta ishlash xonasi, sut laboratoriyasi, sut idishlarini yuvish xonasi, vakuum nasos xonasi va boshqalar bo‘lishi kerak. Ozuqa tayyorlash sexi va qo‘shimcha binolar bo‘ladi. Yirik fermalarda sun’iy qochirish punktlari ham bo‘ladi. Uni sut sog‘ish binosiga joylashtirish yoki alohida 8 – 10 bosh sigirga hisoblab, 1–2 stanokli qilib, texnologiyani loyihalash me’yorlari (TLM) asosida qurish mumkin (№ 807 – 6). Ferma o‘zining sug‘orish tarmog‘i, markazlashgan

isitish inshooti, kanalizatsiya, yoritish jihozlariga ega bo‘lib, binolar orasi asfalt yo‘llar bilan to‘tashtirilgan bo‘lishi kerak. Bog‘lamay saqlanadigan buzoklar va sigirlarga yoshiga qarab alohida o‘lchamlarda joy ajratiladi. Sog‘iladigan va sog‘ilmaydigan sigirlar saqlanadigan bo‘limlarda 50 boshdan joylashtirilib, har biriga 4 – 5 m 2 dan joy ajratilsa; 4 – 12 oylikkacha bo‘lgan 25 – 30 bosh buzoqlar saqlanadigan bo‘limda 2,5 m 2 , naslli buzoqlar uchun esa 2,5 – 3 m 2 joy ajratiladi. Katta yoshdagi buzoqlar 50 – 100 boshdan saqlanib har biriga 3 m 2 , sigirlar bo‘zog‘i bilan birga saqlansa 7 m 2 joy ajratiladi. Yirik fermalarda 400 bosh bog‘lamay saqlanadigan sigirlar uchun bitta bino qurilib, yil davomida qalin to‘shamada turadi. Molxona 4 ta bo‘limga bo‘linib, har bir bo‘limdan alohida eshik orqali yayratish maydoniga chiqariladi. Sut sog‘ish xonasi, sun’iy qochirish punkti, 40 – 50 boshga to‘g‘riqxona, 40 – 50 bosh buzoqga profilaktoriya, 200 bosh buzoq uchun buzoqxona va 100 bosh katta yoshdagi buzoqlar uchun alohida joy qilinib, maishiy xizmat, sanitariya kuzatuv xonasi, veterinariya punkti va boshqalar bo‘lishi kerak. Sigirlarni boksda saqlash. Yirik shoxli hayvonlarni saqlashda ketadigan harajatlarni kamaytirish maqsadida Rossiya, Ukraina, Germaniya, Angliya va mamlakatlarda sigirlarni boksda saqlash keng qullanilmokda. Boksda saqlanganda xuddi bog‘lamay boqiladigan sigirlardek mahsuldorligi pasaymaydi, bog‘lash materiallari sarflanmaydi, elinlari ifloslanmaydi va har biri o‘z o‘rnini topib joylashadi. Texnologiyani loyihalash me’yoriga (TLM) binoan har bir sigir uchun 1,7 – 2,2 m 2 joy ajratiladi (kengligi 1 – 1,2 m va uzunligi 1,7 – 1,9 m). Bokslar orasidagi to‘siq metalldan qilinib, pastki qismi poldan 45 – 50 sm va orqa tomoni 15 – 20 sm balandlikda bo‘ladi. Sigirlar tagiga to‘shama oyiga o‘rtacha 5 kg solinadi, ya’ni odatdagidan 3 marta kam sarflanadi. Bunday sharoitda saqlangan sigirlar tagi quruq, issiq bulib, mastit kasalliklari juda kam uchraydi.