SANOAT BINOLARI QURILISHNI TASHKIL ETISH VA TAVQIMLI REJALASH
MAVZU: SANOAT BINOLARI QURILISHNI TASHKIL ETISH VA TAVQIMLI REJALASH RE’JA 1- SANOAT BINOLARI QURILISHNI TASHKIL ETISH 2- SANOAT BINOLARI VA TAVQIMLI REJALASH 3- S A N O A T B I N O L A R I H A Q I D A U M U M I Y M A ‘ L U M O T L A R
Bir qavatli sanoat binolarining tashkiliy-texnologik tavsifi. Sanoat qurilishida asosiy hajmiy-rejalashtirish yechimi sifatida sex bloklari ko‘rinishidagi bir qavatli binolar xizmat qilib, ular korxona aksariyat ishlab chiqarishlarini birlashtirib turadi. Qurilayotgan barcha sanoat binolarining 2/3 qismi ular ulushiga to‘g‘ri keladi. Ko‘p qavatli sanoat korpuslari qurilishini tashkillashtirish xususida esa shuni aytish mumkinki, ularni qurish xususiyatlari yuqorida ko‘rib chiqilgan turar-joy va fuqarolik maqsadidagi ko‘p qavatli binolariga o‘xshaydi. Muayyan sanoat ob’yektini tashkil etishni loyihalashda yuqorida aytib o‘tilgan ko‘p sonli omillarni turar-joy binolariga nisbatan hisobga olish zarur. Ularni takrorlamagan holda, faqat hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlarning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz. Sanoat binolari prolet(oraliq)lar kattaligi, binolar balandligi, ko‘priksimon kranlar turi va ularning yuk ko‘tarish imkoniyati, yig‘ma elementlarning maksimal massasiga bog‘liq omillari bo‘yicha yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir binolarga ajratiladi. Yengil turdagi bir qavatli binolarga mexanika-yig‘ish sexlari, to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarish sexlari, omborxona binolari kiradi. Bunday binolardagi prolet (oraliq)lar 12...18 m chegarasida bo‘ladi. 5 t gacha yuk ko‘taradigan ko‘priksimon kranlar mavjud bo‘lganida kolonnalar 5 t, ferma va balkalar 11 t va yopma plitalar – 7 t gacha og‘irlikni tashkil etadi. Binolar tuzilishi va konstruktiv yechimlarning o‘ta bir turdaligi bilan ajralib turadilar. 77 O‘rta turdagi binolarga mashinasozlik, quyuv, temirchilik-presslash, qurilish sanoatining turli tarmoqlari sexlariga oid hisoblanadi. Bu turdagi binolarda proletlar oralig‘i 18...30 m, balandligi 18 m, ko‘priksimon kranlar – 50 t gacha yuk ko‘taradilar. Kolonnalar og‘irligi – 12 t, fermalar – 30 t gacha. Bunday binolarni nisbatan bir turli deyish mumkin, ammo turli balandlikka ega proletlari va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega kranlar, bu yig‘ma konstruksiyalar to‘plamida muayyan turli-tumanlikka sabab bo‘ladi. Sanoat ishlab chiqarishda texnologiyani o‘zgarishi, taraqqiyoti vaqti-vaqti bilan jixoz va
uskunalarni yangilab turish zaruratini taqozo qiladi, bu, o‘z navbatida, binolarni loyihalash nuqtai nazaridan ular moslashuvchan bo‘lishini talab etadi. Yengil va o‘rtacha turdagi sanoat binolarda bu maqsadga kolonnalararo masofalarni yiriklashtirish, fermalararo texnik qavatlar va osma o‘tish qavatlarini joriy etish bilan erishiladi. Pavilyon, zal va antresol turidagi katta proletli, texnologiya o‘zgargan holatida bino chegarasida yig‘ish va qismlarga ajratish mumkin bo‘lgan qo‘shma ko‘p qavatli (ko‘p yarusli), etajerkasiga ega bo‘lgan, o‘zgarmas qurilish hajmini tashkil etgan binolar maksimal darajadagi moslanuvchan hisoblanadi. Bunday binolardagi uskunalar alohida poydevor yoki etajerkalarga o‘rnatiladi. Og‘ir turdagi binolarda og‘ir temirchilik-presslash uskunali sexlar, og‘ir mashinasozlik korxonalari, tog‘-boyitish kombinatlari, TES, GRES, metallurgiya sanoati binolari (konverter, prokat sexlari) kabilar joylashtiriladi. Bu binolarning o‘ziga xos xususiyati ularning proletlari, balandligi, kran yuklamasida o‘zaro katta farq qilishi hisoblanadi. Shundan konstruksiyaning material va massasiga ko‘ra turli tumanligi, ish hajmlarining bir tekis taqsimlanmaganligi kelib chiqadi. Og‘ir turdagi bino proletlari 24...48 m ga teng bo‘lib, balandligi 18 dan 65 m gacha, kranlarni yuk ko‘tarish qobiliyati – 300 t va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ana shu turdagi binolar og‘ir texnologik uskunalarga ega bo‘lib, ular uchun yirik, odatda yaxlit poydevorlar, texnologik yerto‘lalar, tonnellar, o‘ralar jihozlanib, bularning bari sexning kattagina qismini egallaydi. Binoning taxminan 4000 t yukni o‘ziga oladigan (metallurgiya ob’yektlari), GRES ning bosh korpuslarida esa 10000 t 78 ga yetadigan og‘irlikdagi konstruksiyalari turli katta hajmli va kattagina chuqurlikda joylashgan poydevorlar jihozlanadi. Shunday qilib, og‘ir turli bino yer osti qismini barpo qilish yer usti qismini qurish kabi murakkab vazifa hisoblanadi. Sanoat binolari qurilishini tashkil etishni loyihalash prinsiplari. Sanoat binolari qurilishini tashkil etishning asosiy xususiyati qurilish ishlarining texnologik va muhandislik uskunalari va kommunikatsiyalari montaji bilan murakkab
bog‘liqlikda amalga oshirishdan iborat. Bino qismlari qurilishini ketma-ketligi ob’yekt qurilishining eng qisqa muddatiga erishish kerakligidan kelib chiqib tashkil etiladi. Bu maqsadga uskunalari, kommunikatsiyalarini montaj qilish eng ko‘p vaqt talab qiladigan sexlar, bo‘linma va proletlarni birinchi navbatda amalga oshiriladigan montaj orqali erishish mumkin. Qurilish konstruksiyalari va buyumlarining montaji gorizontal, vertikal va aralash yo‘nalishlarda rivojlanishi mumkin. Uskunalar va o‘tkazish quvurlarini montaj qilish sxemasini tanlashda bir texnologik o‘zgartirish, sex miqyosida ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun shart-sharoit yaratib beradigan yo‘nalishni tanlagan ma’qul. Gorizontal sxema bo‘yicha bino montaji va uskunalarni uzatish ishlari rivojlanishi mumkin. Ob’yektni alohida qismlarga ajratish – ishni oqimli tashkil etishning zarur sharti bo‘lib, bu keyingi ixtisoslashgan oqimlarga zarur ish ko‘lami taqdim etilishini ta’minlaydi. Ob’yektlar montaj uchastkalari va ishlab chiqarish majmualariga bo‘linadi. Uchastka sifatida binoning bir xil shart-sharoitga ega bo‘lgan, ishning bir xil uslublari qo‘llanib, qurilish va montaj jarayonlari o‘zaro bog‘lanadigan qismi qabul qilinadi. Ishlab chiqarish o‘zgartirishi – texnologik uskuna va kommunikatsiyalarning o‘zaro bir xil xom ashyo yoki olinadigan mahsulot (yakuniy yoki keyingi ishlov berish uchun zarur yarim fabrikat) orqali bog‘langan birligi hisoblanadi. Ishlar jadalligi boshqa maqsadga mo‘ljallangan ob’yekt uchun bo‘lgani kabi ehtimoliy minimal va maksimal qiymatlar orasidagi intervaldan qabul qilinishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan jarayonlar uchun eng kam jadallik sifatida bir smenada ishlaydigan mashinalarning ish unumdorligi, qo‘l ishlari uchun esa – 79 ishchilar zvenosi bajargan ish olinadi. Maksimal jadallikka ish fronti mashina komplektlari bilan to‘liq ta’minlanib, uch smenada ishlash tashkil etilganida erishiladi. Qurilish (ishlarini bajarish) davrlari ob’yekt turi, tusiga bog‘liq ravishda belgilanib, alohida ob’yektlar uchun soni va tarkibiga ko‘ra turlicha qilib olinishi mumkin. Biroq, odatda, sanoat qurilishida barcha ishlarni
to‘rtta davrga ajratish qabul qilingan: I davr – yer osti qismini barpo qilish; II davr – yer usti qismini barpo qilish, shu jumladan isitish tizimini ishga tushirish; III davr – pardozlash va montaj ishlarining barcha turlarini o‘z ichiga olgan qurilish ishlari; IV davr – uskunalarni individual sinovdan o‘tkazish va kompleks tarzda ishlatib ko‘rish, ishga tushirish-sozlash ishlari. Binolarni qurish va texnologik uskunalarni montaj qilish uslublari (eng murakkab binolar – pavilyon turidagi binolarga nisbatan olinganida) bino ostiga poydevor barpo qilish ishlarini uskunalar va etajerkalar uchun poydevor yasash ishlari (qurilishning ochiq va yopiq uslublari) bilan qo‘shib olib borilishiga hamda bino va etajerkalar montajini texnologik uskunalar montaji (montaj qilishning alohida va birlashgan uslublari) bilan birga yuritilishiga bog‘liq ravishda farqlanadi. Ochiq uslub, yoki tugallangan nolinchi davr uslubi bino karkasi ostiga mo‘ljallangan poydevorlar uskunalar va etajerka ostiga mo‘ljallangan poydevorlar bilan birga bajarilishini ko‘zda tutadilar. Xuddi shu davrda barcha kanallar, o‘rachalar, yer osti kommunikatsiyalari ham quriladi. Yopiq uslub uskunalar va etajerka ostiga mo‘ljallangan poydevorlar binoning yer usti qismi qurib bo‘lingandan so‘ng barpo qilinishini ko‘zda tutadi. Birlashgan uslub bo‘yicha quriyatgan sanoat korxonasining uskunalarini montaj qilish bino qurilishi konstruksiyalari va etajerkalari montaji bilan birga bir vaqtda (yagona ixtisoslashgan oqim bilan) bajarilishini nazarda tutadi. Bunday qurilish 80 uslubida bir qurilish brigadasi (oqimi) qurilish konstruksiyalarini montaj qilib, ikkinchisi texnologik uskunalarni montaji bilan mashg‘ul bo‘ladi. Montajning alohida uslubi qurilish konstruksiyalari montajining yagona ixtisoslashgan oqim (qurilish brigadasi) tomonidan, uskunalar montaji, shu jumladan takelaj ishlari, o‘rnatish va mexanomontaj ishlarini ixtisoslashtirilgan oqim (chilangar- montajchilar brigadasi) tomonidan to‘liq qurib bitirilgan binoda bajarilishini nazarda tutadi. Kombinatsiyalashgan uslub birlashgan uslubdan farqli ravishda uskunalar montaji bo‘yicha ishlarning bir qismi qurilish konstruksiyalari