logo

Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.2705078125 KB
MAVZU:   S inf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha
Reja
1. Sinf tarbiyaviy soatlarining tarkibiy qismlari.
2. Sinf tarbiyaviy soatlarni tashkil etish, uyuushtirish va o‘tkazishning tartib va
uslublari.
3. Sinf tarbiyaviy soatlarini rejalashtirish. Maktablarda   haftaning   bir   kunida   har   bir   sinf   jamoasining   ishi   uchun   bir
vaqt belgilanadi, bu odatda sinf tarbiyaviy soati deb ataladi. Bu vaqtda jamoa nima
qiladi-o’quvchilar va sinf rahbari qaror qabul qiladi.
Muayyan   vaziyatdan,   vaziyatdan,   jamoaning   ehtiyojlaridan   kelib   chiqib   bir
hafta   sinf   majlisi,   ikkinchisida   -   sinf   rahbari   soati   (tarbiya   soati),   uchinchi
uchrashuv, ekskursiya shakllarida tashkil etiladi. Sinf soati favqulodda masalalarni
hal   qilishda,   ob’ektiv   sabablarga   ko’ra   turli   shakllarda   (o’quvchilar   yig’ilishi   va
ota-onalar   yig’ilishi,   sinf   rahbari   soati   va   o’quvchilar   yig’ilishi   va   boshqalar)
amalga oshirish mumkin.
Sinf   tarbiyaviy   soati   o’quvchilar   bilan   o’qituvchilarning   darsdan   tashqari
tarbiyaviy   ish   shakli   hisoblanadi.   Sinf   o’quvchilari   yig’ilishidan   farqli   o’laroq,
tarbiya   soati   jamoa   hayotining   muhokama   qilinadigan   masalalari   bo’yicha   qaror
qabul qilishni nazarda tutmaydi.
Shu   bilan   birga,   sinf   soatining   shakllari   bir-biri   bilan   chambarchas
bog’liqligini   yodda   tutish   kerak.   Shunday   qilib,   ko’pincha   tarbiya   soatidagi
muammoni   muhokama   qilish   sinf   yig’ilishida   ushbu   masala   bo’yicha   aniq   qaror
qabul qilish bilan yakunlanadi.
Sinf   tarbiyaviy   soati   -   bu   o’qituvchi   rahbarligida   maktab   o’quvchilari
bo’lgan tarbiyaviy ish shaklidir
Ma’lumki, sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya
jarayoni,   ya’ni   darslar   davomida   hamda   darsdan   keyingi   faoliyatini   nazorat
qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy   o’rta   ta’lim   muassasalarida   sinf   rahbari   faoliyati   O’zbekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   Qonuni,   O’zbekiston   Respublikasi
Vazirlar   Mahkamasining   ta’lim   sohasidagi   qarorlari,   Xalq   ta’limi   vazirligi
tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining
2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari
sinf rahbari to’g’risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi.
Tarbiyaviy   soatlarni   mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalariga   asoslangan   holda   tashkil
etish,   zamon   talablariga   javob   beruvchi,   ma’naviy   barkamol,   faol   fuqarolik
pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir.  
Tarbiyaviy soat vazifalari:
 milliy,   umuminsoniy   va   ma’naviy   qadriyatlar   asosida   o’quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
 tarbiya   jarayoniga   pedagogik   va   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish;
 o’quvchilarni   ijtimoiy   hayotga   tayyorlashda   ta’lim,   fan   va   ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.
Bugungi   kunda   axborot   oqimining   tezligi   natijasida   hayotimizga   ommaviy
madaniyatni   salbiy   ta’sirlari   ham   sezilmoqda.   Bu   masalani   o’quvchilarning
ijtimoiy   hayotlari   misolida   ko’rishimiz   mumkin.   Ba’zida   ota-onalar   tomonidan
bolalarning   beodobligi,   o’z   fikrini   og’zaki   yoki   yozma   tarzda   aniq   ifodalay
olmasligi,   mas’uliyatning   yetishmasligi,   atrofidagilar   bilan   kelisha   olmasligi,
o’ziga tegishli bo’lgan mablag’largni to’g’ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni
eshitib   qolamiz.   Shuning   uchun   ham   dasturni   ishlab   chiqishda   xaqlaro   va   milliy
tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o’tish joizdir.
“ Ta’lim   muassasalari   sinf   rahbari   to ’ g ’ risidagi   Nizom” ga   asosan   “Sinf
rahbari   -   ta’lim   muassasasining   tarbiyaviy   tizimidagi   tayanch   pedagoglardan   biri
bo’lib,   o’ziga   biriktirilgan   sinf   o’quvchilarining   amalda   belgilangan   ta’lim   va
tarbiya   olishlarini   tashkil   etadi.”Shu   nuqtai   nazardan   olib   qaraganda   bugungi
kunda   ta’lim   muassasalari   sinf   rahbarlari   faoliyatida   quyidagilarga   o’xshash
muammolar ko’zga tashlanmoqda:
-   Ayrim   sinf   rahbarlari   tomonidan   o’quvchilarni   tarbiyalash   jarayonida   o’z
oldilariga qo’ygan maqsad va vazifalarining to’g’ri  tashkil etilmaganligi ;
-   Tarbiyaviy   soatlarning   aniq   o’quv-mavzu   reja   asosida   tashkil
etilmayotganligi; -   Ta’lim-tarbiya   va   ma’naviy-ma’rifiy   sohaga   oid   qonunlar   va   qonunosti
hujjatlarning   ko’pchiligidan   o’qituvchi   va   sinf   rahbarlarining   yetarli   darajada
xabardor emasligi;
-   Ba’zi   sinflardagi   muhitning   qoniqarli   emasligi,   ahil   va   mustahkam
jamoaning shakllanmaganligi;
-   Ayrim   ta’lim   muassasalarida   davomatning   pastligi,   muntazam   dars
qoldiruvchi o’quvchilar mavjudligi;
-   Ba’zi   sinflardagi   o’quvchilarda   kundalik   daftarlarining   mavjud   emasligi,
borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;
-   Ayrim   o’quvchilarning   darslarga   tayyorgarliksiz,   hatto   darsliklarsiz
ishtirok etishlari;
-   O’quvchilar   internet   va   mobil   telefon   qaramligining   jismoniy   va   ruhiy
xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;
-   Voyaga   yetmaganlar   o’rtasida   turli   zararli   oqimlar   ta’siriga   tushib   qolish,
jinoyatchilik va huquqbuzarlik  holatlarining uchrayotganligi ;
-   Ba’zi   o’qituvchi   va   tarbiyachilarimizda   kasbiy   kompetensiyalar
yetishmasligi;
- Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;
- Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo’lga qo’yilmaganligi;
-   Huquqbuzarlik,   mobil   telefon   va   internet   qaramligi,   narkomaniya,   tamaki
va   alkogol   mahsulotlarini   iste’mol   qilishga   qarshi   kurash   hamda   oldini   olish
bo’yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.
Bugungi   kunda   umumta’lim   maktablarida   tarbiyaviy   soatlar   amalda
qanday tashkil qilinmoqda?
-   Bugungi   kundagi   aksariyat   hollarda   tarbiyaviy   soatlar   quruq   gaplardan
iborat bo’lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;
- Qaysidir o’quvchining xulqi muhokamaga qo’yiladi;
-   O’quvchilarning   fanlarni   o’zlashtirishlari   va   davomatlari   muhokama
qilinadi; -   Qandaydir   tadbirlarga   tayyorgarlik   va   sinf   muammolarini   hal   etish   kabi
masalalar xususida so’z boradi.
Tarbiyaviy soatlar aslida qanday bo’lishi kerak?
- Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy
soatlar   ham   yaxlit   tarbiyaviy   usullar,   ta’sirchan   vositalar   yordamida   amalga
oshiriladi;
- Sinf rahbari ushbu tarbiyaviy soatni o’tkazishga doir aniq ish rejasiga ega
bo’lishlari lozim;
-Yuqori   tashkilotlardan   tavsiya   asosida   berilgan   “Tarbiyaviy   soatlar”
mavzularining namunaviy rejasini asos qilib olish;
Bugungi   shiddatli   davr   barchamizdan   axloqiy   va   ma’naviy   jihatdan
tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo’q
ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo’la olmaydi. Shuning uchun ham sinf rahbarlari
va   butun   o’qituvchilar   jamoasi   oldida   o’quvchilarga   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlar   asosida   hayot   kechirishni   o’rgatishdek   muhim   vazifa   turadi.   Hozirgi
globallashuv   jarayonlari   kuchaygan ,   turli   g’oyalar   o’rtasidagi   kurash
keskinlashgan,   “ommaviy   madaniyat”   xurujlari   butun   dunyoga   tarqalib
borayotgan,   internet   tarmog’i   orqali   uzatilayotgan   buzg’unchi   axborotlar   inson
qalbi   va   ongini   o’ziga   qaram   qilishga   urinayotgan   tahlikali   zamonda   kelajagimiz
bo’lgan   yosh   avlodni   hayotga   tayyorlashning   samarali   shakl   va   uslublarini   izlash
davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Tarbiyaviy   ishlarni   davr   talabiga   javob   beradigan   holga   keltirish   uchun
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor
bola   shaxsiga   qaratilishi,   yillar   davomida   to’plangan   ijobiy   tajribadan   unumli
foydalanish   zarurligini   taqozo   etadi.   Inson   shaxsining   kamol   topishi   esa   juda
murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi,
maktab,   mahalla,   do’stlari,   jamoat   tashkilotlari,   atrof-muhit,   internet,   ommaviy
axborot   vositalari,   san’at,   adabiyot,   tabiat   va   hokazolar   bevosita   ta’sir   ko’rsatadi.
Shuning   uchun   ham   barcha   sinf   rahbarlari   o’z   tarbiyaviy   faoliyatlarida   ana   shu
mezonlarni hisobga olishlari shart. Tarbiyaviy   soatlar   o’quvchilarda   shakllangan   qobiliyatlarni   amaliyotga
tadbiq   etish   maydoni   hisoblanadi.   To’g’ri   tashkil   etilgan   tarbiyaviy   soatlar
o’quvchilarda   fanlar   orqali   shakllangan   tayanch   kompetensiyalarni   ijtimoiy
hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.
O’quvchilarda   hulq-odob   madaniyatiga   rioya   qilish,   fikrini   erkin   ifodalash,
notiqlik  qobiliyatini yuksaltirish , axborotlardan to’g’ri va samarali foydalanish, shu
bilan   birga   bu   boradagi   xalqaro   hamda   milliy   qonunchilik   qoidalariga   rioya
qilishni   tarbiyalash   tarbiyaviy   soatlarning   asosiy   maqsadlaridan   birdir.
Shuningdek,   tarbiyaviy   soatlar   orqali   o’quvchilarda   to’g’ri   kasb   tanlash,
kitobxonlik   madaniyatini   shakllantirish,   bo’sh   vaqtini   to’g’ri   taqsimlash,   o’z
iqtidorini rivojlantirish uchun turli to’garaklarni to’g’ri tanlash, tayyor ish joylarida
ishlash emas, balki o’zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.
Tarbiyaviy   soat   dasturlari   oddiydan   murakkablikka   tamoyili   asosida
shakllantirilgan   bo’lib,   quyidagi   yo’nalishlarni   o’z   ichiga   oladi.   Vatanparvarlik
axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigiyenik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek,
o’quvchilarni   to’g’ri   kasb   tanlashga   yo’naltiradi.   Tarbiyaviy   soatlarning   mazkur
yo’nalishlari   O’zbekiston   Respublikasida   ta’limning   uzluksizligi,   uzviyligi,
o’quvchi   shaxsi   va   qiziqishlari   ustuvorligidan   kelib   chiqib ,   ularda   yosh
xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ   kompetensiya   -   ijtimoiy   vaziyatlarda   ona   tilida   hamda
birorta   xorijiy   tilda   o’zaro   muloqotga   kirisha   olishni,   muloqotda   muomala
madaniyatiga   amal   qilishni,   ijtimoiy   moslashuvchanlikni,   hamkorlikda   jamoada
samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar   bilan   ishlash   kompetensiyasi   -   media   manbalardan   zarur
ma’lumotlarni   izlab   topa   olishni,   saralashni,   qayta   ishlashni,   saqlashni,   ulardan
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga
ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O’zini-o’zi   rivojlantirish   kompetensiyasi   -   doimiy   ravishda   o’z-o’zini
jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual  va kreativ rivojlantirish , kamolotga intilish,
hayoti   davomida   mustaqil   o’qib-o’rganish,   kognitivlik   ko’nikmalarini   va   hayotiy tajribani   mustaqil   ravishda   muntazam  oshirib  borish,  o’z xatti-harakatini  muqobil
baholash   va   mustaqil   qaror   qabul   qila   olish   ko’nikmalarini   egallashni   nazarda
tutadi.
Ijtimoiy   faol   fuqarolik   kompetensiyasi   -   jamiyatda   bo’layotgan   voqea,
hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining
fuqarolik   burch   va   huquqlarini   bilish,   unga   rioya   qilish,   mehnat   va   fuqarolik
munosabatlarida   muomala   va   huquqiy   madaniyatga   ega   bo’lish   layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy   va   umummadaniy   kompetensiya   -   vatanga   sadoqatli,   insonlarga
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy
va   san’at   asarlarini   tushunish,   orasta   kiyinish,   madaniy   qoidalarga   va   sog’lom
turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish
hamda   foydalanish   kompetensiyasi   -   aniq   hisob-kitoblarga   asoslangan   holda
shaxsiy,   oilaviy,   kasbiy   va   iqtisodiy   rejalarni   tuza   olish,   kundalik   faoliyatda   turli
diagramma, chizma va modellarni o’qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan,
mehnat   unumdorligini   oshiradigan,   qulay   shart-sharoitga   olib   keladigan   fan   va
texnika   yangiliklaridan   foydalana   olish   layoqatlarini   shakllantirishni   nazarda
tutadi.
Shuningdek,   mazkur   kompetensiyalar   har   bir   tarbiyaviy   soatning
mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumta’lim   maktablarining   1-11-sinf   o’quvchilari   uchun   tuzilgan
“Tarbiyaviy   soatlar   uchun   namunaviy   mavzular   rejasi”   mazmunan   tarbiyaviy-
axloqiy   hislatlarni   shakllantirish   bilan   bir   qatorda   yurtimizda   nishonlanadigan
umumxalq   bayramlari   va   muhim   tarixiy   sanalar   asosida   tuzildi.   Bundan   tashqari
mazkur rejada fan oyliklari davomida o’quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini
o’tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.
Mazkur dastur va qo’llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va
uslubiy   yordam   sifatida   Respublika   Ta’lim   markazi   mutaxassislari   va amaliyotchilar   hamkorligida   “Tarbiyaviy   soat”larning   mashg’ulot   ishlanmalari
tavsiya etiladi.
“Tarbiyaviy   soat”lar   rejasidagi   8   soatlik   “Yo’l   harakati   qoidalari”ga   doir
mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo’llanmada aks ettirilmagan.
Umumta’lim   maktablarining   5-sinf   o’quvchilari   uchun   ishlab   chiqilgan
“Tarbiyaviy soat” mashg’ulot ishlanmalarida mazmunan o’quvchilarda tarbiyaviy-
axloqiy   xislatlarni   shakllantirish   va   mustahkamlash   maqsadida   donolar
hikmatlariga   va   milliy   qadriyatlarimizga   hurmat,   vatanparvarlik,   insonparvarlik,
jismoniy   tarbiya,   shaxsiy   gigiyena,   ozodalik,   kiyinish   odobi ,   bola   huquqlari,
tabiatni   asrash,   iqtisodiy   tarbiya,   salomlashish   va   muomala   odobi,   kitobni   sevish
kabilar   bilan   bir   qatorda   yurtimizda   o’tkaziladigan   umumxalq   bayramlari   va
muhim   sanalarni   nishonlashda   nimalarga   e’tibor   berish   lozimligi   to’g’risida
tavsiyalar berilgan.
Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:
Kun shiori:
Kirish;
Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;
Yakuniy qism.
Tarbiyaviy   soatlarda   foydalahish   uchun   mavzuga   doir   adabiyotlar
ko’rgazmasi   tashkil   etiladi.   Jarayonni   ochiq   muloqot,   davra   suhbati,   bahs-
munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.

MAVZU: S inf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha Reja 1. Sinf tarbiyaviy soatlarining tarkibiy qismlari. 2. Sinf tarbiyaviy soatlarni tashkil etish, uyuushtirish va o‘tkazishning tartib va uslublari. 3. Sinf tarbiyaviy soatlarini rejalashtirish.

Maktablarda haftaning bir kunida har bir sinf jamoasining ishi uchun bir vaqt belgilanadi, bu odatda sinf tarbiyaviy soati deb ataladi. Bu vaqtda jamoa nima qiladi-o’quvchilar va sinf rahbari qaror qabul qiladi. Muayyan vaziyatdan, vaziyatdan, jamoaning ehtiyojlaridan kelib chiqib bir hafta sinf majlisi, ikkinchisida - sinf rahbari soati (tarbiya soati), uchinchi uchrashuv, ekskursiya shakllarida tashkil etiladi. Sinf soati favqulodda masalalarni hal qilishda, ob’ektiv sabablarga ko’ra turli shakllarda (o’quvchilar yig’ilishi va ota-onalar yig’ilishi, sinf rahbari soati va o’quvchilar yig’ilishi va boshqalar) amalga oshirish mumkin. Sinf tarbiyaviy soati o’quvchilar bilan o’qituvchilarning darsdan tashqari tarbiyaviy ish shakli hisoblanadi. Sinf o’quvchilari yig’ilishidan farqli o’laroq, tarbiya soati jamoa hayotining muhokama qilinadigan masalalari bo’yicha qaror qabul qilishni nazarda tutmaydi. Shu bilan birga, sinf soatining shakllari bir-biri bilan chambarchas bog’liqligini yodda tutish kerak. Shunday qilib, ko’pincha tarbiya soatidagi muammoni muhokama qilish sinf yig’ilishida ushbu masala bo’yicha aniq qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Sinf tarbiyaviy soati - bu o’qituvchi rahbarligida maktab o’quvchilari bo’lgan tarbiyaviy ish shaklidir Ma’lumki, sinf rahbari o’z sinfidagi o’quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to’g’risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi. Tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalari hamda ilm-fan va

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Tarbiyaviy soat vazifalari:  milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;  tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;  o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko’rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o’ziga tegishli bo’lgan mablag’largni to’g’ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. Shuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o’tish joizdir. “ Ta’lim muassasalari sinf rahbari to ’ g ’ risidagi Nizom” ga asosan “Sinf rahbari - ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo’lib, o’ziga biriktirilgan sinf o’quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.”Shu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o’xshash muammolar ko’zga tashlanmoqda: - Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o’quvchilarni tarbiyalash jarayonida o’z oldilariga qo’ygan maqsad va vazifalarining to’g’ri tashkil etilmaganligi ; - Tarbiyaviy soatlarning aniq o’quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;

- Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko’pchiligidan o’qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi; - Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi; - Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o’quvchilar mavjudligi; - Ba’zi sinflardagi o’quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi; - Ayrim o’quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari; - O’quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari; - Voyaga yetmaganlar o’rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi ; - Ba’zi o’qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi; - Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi; - Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo’lga qo’yilmaganligi; - Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo’yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda? - Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo’lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi; - Qaysidir o’quvchining xulqi muhokamaga qo’yiladi; - O’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;

- Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so’z boradi. Tarbiyaviy soatlar aslida qanday bo’lishi kerak? - Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi; - Sinf rahbari ushbu tarbiyaviy soatni o’tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo’lishlari lozim; -Yuqori tashkilotlardan tavsiya asosida berilgan “Tarbiyaviy soatlar” mavzularining namunaviy rejasini asos qilib olish; Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo’q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo’la olmaydi. Shuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o’qituvchilar jamoasi oldida o’quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o’rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan , turli g’oyalar o’rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog’i orqali uzatilayotgan buzg’unchi axborotlar inson qalbi va ongini o’ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do’stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o’z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.