YER SHARINING FAUNISTIK VA FLORISTIK OBLASTLARI











Y ER SHARINING FAUNISTIK VA FLORISTIK OBLASTLARI Reja: 1.Areal haqida tushuncha. 2.Yer sharinig floristik va faunistik jihatdan taqsimlaydigan asosiy taksanomik birliklar 3.Floristik oblastlar va ularning geografik tarqalishi. 4.Quruqlikning faunistik oblastlari.
1.AREAL HAQIDA TUSHUNCHA. H ar bir o’simlik yoki h ayvonlarning Yer yuzida egalagan maydoni o’sha turning areali deyiladi. Areallar ikki xil: uzliksiz va uzulgan (diz’yunktiv) bo’ladi. Uzliksiz areal deb shunday arealga aytiladi-kim, uning doirasida uni ayrim qisimlariga bo’ladigan, o’tib bo’lmaydigan to’siq kuzatilmaydi. Agar areal doirasida uni ayrim qismlariga bo’ladigan o’tib bo’lmaydigan to’siq bo’lsa, u uzulgan areal deb ataladi. Areallar uzilish xarakteri va sabablariga ko’ra bir necha tipga bo’linadi. 1. Kontinent ichi uzilgan areallar. Bunday areallarga bir kontinent doirasida yaxlid bo’lmagan arellar kiradi. Masalan, Yevroosiyo qat’asi doirasida Yevropa – Uzoq Sharq, O’rta yer dengiz, areallar bor. Amerika kontinentida arktika-alp, g’arbiy- sharqiy, bareal-antibareal uzilishlar bor. Avstraliyada esa janubi-g’arbi-shimoli-sharqi uzilish bor. 2. Kontinentara uzilish. Bu tipga bir necha kontinentda bo’lak-bo’lak joylashgan bir turning areali kiradi. Bu yerda pantropik, yevropa-shamoliy Amerika, Osiyo-Amerika, Janubiy Amerika-Afrika, Janubiy Amerika- Madagaskar va boshqalar kuzatiladi. 3. Okean uzilish. Bu yerda bipolyar va amfibareal h odisasi kuzatiladi. H amma uzilma areallar, yaxlit arealning uzilishdan kelib chiqqan. Yaxlit arealning uzilma areallarga bo’linish sabablari xilma-xildir. Masalan, hozirgi vaqtda Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydigan fillar, nosoroglar, pavlich (tovus) va maymunlardan iborat bo’lgan o’rmon hayvonlarining arealini uzilishi tropik o’rmonlari maydonini qisqarishi natijasida yuz bergan. Keng bargli o’rmonlar arealini uzilishi to’rtlamchi davrda iqlimni sovushi natijasida ro’y bergan. Iqlimni sovishi keng bargli o’rmonlarni arealini qisqarishga olib kelgan. Muzlik yaqinida muzlik oldi o’simliklari rivojlangan va ular muzlik
erigandan keyin qoramtir ninabargli o’rmonlar bilan almashingan. Undan keyin keng bargli o’rmonlar yashirinib qolgan joylaridan chiqqan, ularni yashiringan joylari Volino-Podolsk tepaliklari, O’rta-Russ balandliklarni janubiy qismi, Stavropol balandligi va Janubiy Ural bo’lgan. Keng bargli o’rmonlari ba’zi bir turlari ya’ni dub, lipa va yasen MDH yevropa qismida muzlik natijasida uzilib ketgan arelni yangitdan qo’shilishiga erishgan. Ammo boshka turlar masalan boshokli utloqlar va o’rmon betagasi areallari uzilganicha qolavergan. Amfiboreal uzilish deb dengiz organizimlarini Atlantik va Tinch okeanlarini shimoliy qismida tarqalganligi, ammo Shimoliy muz okeanida kuzatilmaganligiga aytiladi. Masalan xayvonlardan paltus va treska balig’i, seld, tyulen,o’simliklardan esa Laminariya va sargass suv o’tlari Atlantika va Tinch okeanlarda amfibareal areal h osil qilgan. Amfibareal arealini h osil bulishini L.S. Berg to’rtlamchi davr muzligi bilan bog’laydi. Uning ma’lumotiga ko’ra muzlik davridan oldin Shimoliy Muz okeanini suvi issiqroq bo’lgan va Tinch hamda Atlantik okeanida yashaydigan organizm Shimoliy muz okeanida ham yashab yaxlit areal xosil qilgan. Muzlik davrida Shimoliy muz okeanini suvi sovib qolgan va unda yashaydigan organizimlarni halok bo’lishiga olib kelgan. Bu esa o’z navbatida arealni uzulishiga sabab bo’lgan. Bipolyar areal uzilishlari o’simliklari o’rtasida ham, hayvonlar o’rtasida ham, keng tarqalgan. Shuni qayd qilish lozimki bipolyar tarqatish eng sovuqlik sevadigan arktik va antarktik dengiz organizimlarida kuzatilmasdan, balki sovuqlikni kamroq sevadigan bareal va antibareal organizimlarda kuzatiladi, Bipolyar areal uzilishing kelib chiqishini L. S. Berg okean suvlarini sovishini oqibati deb tushintiradi. Uning fikricha muzlik davri faqatgina to’rtlamchi davrda bo’lmasdan balki paleozoy va mezozoy davrlarida ham bo’lib o’tgan. Bu muzliklar faqatgina arktik va bareal
oblastlarda bo’lmasdan balki tropik suvlarini h am o’z ichiga olgan. Shu paytda shimoliy organizm turlari janubga tamon, janubiy turlar esa shimolga tomon ko’chib borgan. Ammo okeanni suvini uncha yetarli darajada sovuq bo’lmaganligi sababli arktik va antarktik organizm turlari tropik zonadan o’taolmagan. Tropik zonadan faqatgina bareal va antibareal organizimlargina o’taolgan. Uzliksiz va uzulgan areallardan tashqari, yana qo’ydagi xil areallar h am bor. 1.Lentali areal. Lentali areal deb, organizim turlarini daryo vodiysi bo’ylab va dengizni sayyoz qirg’oqlari bo’ylab lenta shaklida joylanishiga aytiladi. Masalan O’rta Yevropada botqoq malachayi daryolar bo’ylab lenta shaklida tarqalgan. 2. Aloqador areallar (sopryajenn ы ye). Bunday areallar bir biri bilan maxkam bog’langan o’simliklar yoki h ayvonlar uchun xosdir. Masalan o’simlik yoki hayvonlarni parazitlari odatda o’z xo’jayinlari areallari bilan bog’liq arealga ega. Parazitlar o’z xo’jayinlarini arellaridan tashqariga chiqolmaydilar. Maydonning katta yoki kichikligiga qarab kosmopolit va endemik va relikt areallar ajratiladi. Kosmopolit areallar. Kosmopolit areal deb quruqlikni katta qismini yoki dunyo okeaning katta qismini o’z ichiga oladigan arealga aytiladi. Kosmopolit arealga quruqlikni yoki okeanlarini uchdan bir yoki yarmini o’z ichiga oladigan turlar arealini kirgizish mumkin. Kosmopolitik formalar orasida eng avvalo odamlar bilan birga tarqaladigan h ayvonlar va o’simliklar ko’plikni tashkil qiladi. Bulardan tashqari odamlar bilan birga tarqaladigan hayvonlar uy sichqonni, kulrang kalamush, uy chivini, gang hamda o’simliklardan pastushaya sumka va dala yarutkasi o’simliklari ham kosmopolit arealga kiradi. Endemik areal. Endemik areal deb maydoni katta bo’lmagan joyni o’z ichiga oladigan oblastga aytiladi. Bunday areal ba’zan bir necha o’n kv.km
maydonni egallaydi xalos. Masalan Gavayi orollarida arim vodiylar uchun endemik bo’lgan to’qumshulluk, Irlandiyani chuchuk suvli qo’llarida yashaydigan endemik ko’l to’qumshulligi, Madrid atrofidagi o’rmonlarda (Ispaniyada) yashaydigan pilla shapalagi, Yangi Zellandiyadagi qanotsiz pastushok qushi, Katta Kavkaz tog’ida esa endemik prometyev sichqoni yashaydi. 2.YER SHARINIG FLORISTIK VA FAUNISTIK JIHATDAN TAQSIMLAYDIGAN ASOSIY TAKSANOMIK BIRLIKLAR. Yer sharinig floristik va zoogeografik jihatdan taqsimlaydigan taksonomik birliklar oblastlar, podoblastlar (kichik oblastlar), provinsiyalar, okruglar va uchastkalardan iborat. Turli xil kattalikdagi rayonlashtirish birligini ajratishda fauna va floralarni quyidagi xususiyati: fauna va floralarni umumiy tarkibi, endimik turlarini, avlodlarni, oilalarni va otryadlarni borligi, fauna va florada ma’lum hayvonlar yoki o’simliklar gruppasini yo’qligi va ma’lum xarakterli turlarni ya’ni o’sha territoriyani hamma joyida va ko’p miqdorda uchraydigan turlarni borligi hisobga olinadi. Yirik floristik yoki faunistik rayonlarni masalan oblastlarni ajratishda u yoki bu mamlakatlarni, materiklarni tarixi asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun har bir oblast tabiiy geografik sharoiti jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan biosenozlarni (organizmlar jamoasi) o’z ichiga olishi mumkin (masalan tropik o’rmonlar va saxrolarni). Shu bilan bir vaqtda o’z xususiyatlari bilan o’xshash bo’lgan biosenozlar, masalan sohro biosenozlari turli oblastlar tarkibiga kirishi mumkin. Ammo rayonlarni faunistik va floristik bo’linishini maydalashib borishi bilan, ularni ajratishda geografik muhitni xususiyatlari ko’proq ahamiyat kasb etadi. Dunyo okeaniga kelganda unda keskin chegarani yo’qligi, o’tib bo’lmaydigan to’siqlarni yo’qligi va sharoitni asta-sekin almashinishi shunga sabab bo’lmoqdaki, u yerda eng yirik taksonomik birlik bo’lgan oblast ham,