Eron, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikalari
Eron, Afg‘oniston, Pokiston Islom Respublikalari
Eron • Eron Islom Respublikasi Janubi-g'arbiy Osiyoning hududi, aholisi va iqtisodiy salo- hiyati jihatidan eng yirik davlatlaridan biri. Qirg'oqlari janubda Arabiston dengizi va Fors qo'ltig'i, shimoli-g'arbda Kaspiy dengizi suvlari bilan o'ralgan. Iqtisodiy geografik o'rni Janubi- g'arbiy, Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlarini bog'laydigan transport yo'llari o'tganligi hisobiga qulay. • Boshqaruv shakli teokratik (diniy) respublikadir. Davlat rahbari - Oliy rahbar, shia musulmonlarining oliy martabali ruhoniysi (Oyatullo). • Prezident esa Eronda davlatdagi ikkinchi shaxs hisoblanadi. Poytaxti - Tehron shahri mamlakatning shimoli-g'arbiy qismida, Elburs tog' tizmasining etagida joylashgan.
Hasan Ruhoni – Pokiston prezidenti
Tabiiy sharoiti va resurslari • Eron hududining relyefi bir nechta tog' tizmalari va ular orasidagi botiqlardan iborat. Iqlim shimoli-g'arbiy hududlarida nam subtropik, markaziy va sharqiy hududlarda quruq subtropik, Fors qo'ltig'i bo'yida esa issiq va quruq tropik tipiga mansub. Tog' oralig'idagi botiqlarda iqlim keskin kontinental va o'ta quruq bo'lganligi tufayli o'simlik va hayvonot olamiga juda kambag'al bo'lgan toshloq va sho'rxok cho'llar shakllangan. Kaspiy dengiziga yaqin hududlarida nam iqlim sharoiti tufayli o'rmonlar keng tarqalgan.