KOMBINATORIKA MASALALARI VA ULARNI YECHISH USULLARI
KOMBINATORIKA MASALARINI YECHISH USULLAR Formulalarsiz yechish. 1) Tanlash usuli 2) Daraxti usuli 3) Jadval usuli 4) Uchburchak usuli 5) Katakchalar usuli Formulalar yordamida yechish. 1) O‘rinlashtirish (P) 2) O‘rin almashtirish (A) 3) Guruhlash (C)
Tanlash (sanab topish) usuli Masala: 1,2,9 raqamlaridan tuzilgan 2 xonali sonlar nechta? Ye chish: 1)Raqamlari takrorlansa: 11,12,19, 21, 22, 29, 91, 92, 99 ( 9ta) 2) Raqamlari takrorlanmasa 12,19,21,29,91,92 (6 ta)
DARAXT USULI . Masala. 4, 7, 9 raqamlari yordamida nechta birinchi raqami 7 bo’lgan 3 xonali son hosil qilish mumkin? Izoh: Masala yechilishidagi hosil bo‘ladigan grafik daraxt shaklida bo’lganligi uchun shunday nomlangan. 4 744 4 7 747 9 749 4 774 7 7 7 777 9 779 4 794 9 7 797 9 799 Javob: 9 ta
Jadval usuli Jahongir onasiga sovg‘a uchun tabriknoma yasamoqchi. Unda pushti, qizil, sariq rangli qog‘ozlar va yozish uchun qora, ko’k, yashil rangli plamasterlari bor. Jahongir tayyorlamoqchi bo‘lgan tabriknomani necha xil ko‘rinishda tayyorlashi mumkin? Ye chish: Bu masalani jadval usulida bajarmoqchi bo‘lsak, unda shartdagilarni qisqacha belgilab olamiz. Pushti- p, qizil-q, sariq-sariq, qora-q, yashil-y, ko‘k-k. Javob: 9 xil Qora Ko‘k Ya shil Pushti P Q P K P Y Qizil Q Q Q K Q Y Sariq S Q S K S Y