Polimerlarning tibbiyotda ishlatilishi
Polimerlarning tibbiyotda ishlatilishi Reja : ■ Inson organizmining murakkab sistemalariga ta’sir etuvchi sun’iy makromolekulalami o‘rganuvchi umumbiologik yo’nalish ■ Yo‘naltirilganta’sirgaega bo‘lgan fiziologik faol va dorivor polimerlar; ■ Dori moddalari berilishini nazorat qiluvchi makromolekulyar terapevtik sistemalar; ■ Organlar va to‘qimalami endoprotezlash uchun mo‘ljallangan va qon bilan kontaktlashuvchi polimer material ■ Tashqi protezlash uchun hamda yordamchi materiallar vazifasini o‘tovchi polimer materiallarar va konstruksiyalar
Inson organizmining murakkab sistemalariga ta’sir etuvchi sun’iy makromolekulalami o‘rganuvchi umumbiologik yo’nalish ■ Fanning mazkur sohasi kompleks sohadir va u organik hamda polimerlar kimyosi, kimyoviy texnologiya, biokimyo, biofizika, fiziologiya va tibbiyot fanlarining mushtarakligiga asoslanadi. ■ 70-yillar oxirida shunday ma’lumotlar paydo bo‘ldiki, bunda sun’iy makromolekulalar, xususan, ayrimpolielektrolitlar, о‘ z kimyoviy tuzilishi bo‘yicha issiq qonli jonzotlar organizmiga yot bo‘lishiga qaramay, kam miqdorda oqsil moddalar bilan kombinatsiyada organizmga kiritilganda organizmning immunologik xususiyatini juda ham oshirib yuborishi aytiladi.
■ Vaholanki, o’sha oqsillarning o‘zi bu xususiyatni kam o‘zgartiradi. Organizmning immunologik sistemasi faolligi 100—1000 barobar ortib ketadi, ammo buning mexanizmi hali to ■ Bu ma’lumotlar sun’iy antigenlar, effektiv vaksinalar vaboshqa dorivor hamdabiologik aktiv birikmalarning yaratilishiga olib keladi.‘.
Yo‘naltirilganta’sirgaega bo‘lgan fiziologik faol va dorivor polimerlar ■ Yo‘naltirilgan ta’sirga ega bo‘lgan makromolekulyar dorivor moddalarpolimer olib yuruvchi va unga birikkan faol dorivor moddadan iboratdir. Bunday moddalardan birinchi bo‘lib makromolekulyar trombolitikpreparat, ya’ni ferment asosiga ega bo’lgan streptodekaza va polisaxarid hosilasi bo‘lgan dekstrandan olingan preparatni misol qilib keltirish mumkin. ■ Bunday moddalar k о‘ pgina kasalliklarni davolashda muhim rol o‘ynaydi
■ Kichik molekulyar massaga ega bo‘lgan dorivor moddalar ning organizmdagi ta’sir muddatini uzaytirish maqsadida ular polimer moddalarga bog’lanadi va bu usul dorivor modda ta’sirini prolongatsiyaqilishdsb ataladi. Bunda yuqori molekulyar birikmaga tikilgan dori moddasining organizmda erib so‘rilish muddati uzayadi, dori moddasi organizmda uzoqroq turib qoladi va o‘z ta’sirini uzoq vaqt davomida yo‘qotmaydi. Shuning uchun kasallik davomida dori moddasini kam qabul qilib, uning samaradorligini oshirishga erishiladi.